Korpus stoykasi po‗latdan quyiladi yoki shtamplab tayyorlanadi.
Unga lemex, ag‗dargich va dala taxtasi biriktiriladi.
Chimqirqar ham lemex-ag‗dargichli sirtdan iborat. Uning lemexi
silindrik, ag‗dargichi esa silindroidal sirtga ega. Chimqirqar tuproq
palaxsasining 8...12 sm li chimli qatlamini qirqib, egat tubiga tashlaydi.
Uning qamrash kengligi asosiy korpus qamrash kengligining 2/3 qismini
tashkil etadi.
Chimqirqar ketidan kelayotgan asosiy korpus tuproq qatlamining
qolgan qismini qirqib, aylantirib, ilgari tashlangan chimli qatlamni
ko‗mib ketadi.
Plug pichog‘i oxirgi qatlamni vertikal tekislikda qirqib, egat
devorining tekis va egat tubining toza bo‗lishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |