Urganch davlat universiteti transport tizimlari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/68
Sana09.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#267993
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
uslibiy qo'llanma 2019

K = v



/ v

m

= w



R/ v

m   

O‘zish  koeffitsiyenti  amalda  K  =  1,3…1,6  qabul  qilinadi.  K  ning 

qiymati  kattalashishi  bilan  g‗o‗za  tuplarining  old  tomonga  og‗ishi 

kamayadi, ayni vaqtda paxtani tuplardan yig‗ish to‗liqligi oshadi. Lekin 



K=1,6  dan  kattalashganda  xom  ko‗saklarning  uzilib  yerga  to‗kilishi 

ortadi. Tuplar odatda 35

0

…50


0

 ga og‗adi.  

PTM  ikki  xil  rostlanadi:  1)  paxta  terishda  qatna-shadigan  ish 



organlarini va mexanizmlarni rostlash va 2) mashinaning ish qobiliyatini 

ta‘minlaydigan mexanizmlarni rostlash.  

1.Yondosh  barabanlarning  shpindellarini  shaxmat  tartibida 

o‗rnatish va ish tirqishining kengligini rostlash. Ish tirqishining kengligi 

22…32  mm  apparatlarning  ham  o‗ng,  ham  chap  qismlari  uchun 

tashqariga chiqarilgan rostlash vinti orqali o‗zgartiriladi. Vint barabanlar 

diskiga ta‘sir etadi. Disk bir marta aylantirilganda tirqishning kengligi 1 

mm  ga  o‗zgaradi.  Old  barabanlar  o‗rtasidagi  ish  tirqishining  kengligi 

ketingi  barabanlar  orasidagi  tirqishidan  2  mm  ga  kengroq  qilib 

o‗rnatilgan.  Oldingi  va  ketingi  kulachoklarni  birlashtiruvchi 

tortqilarning uzunlini o‗zgartirib, old va ketingi ish tirqishlari o‗rtasidagi 

farqni  o‗zgartirish  mumkin.  Ish  tirqishining  kengligi  shpindellarning 

yuqorigi  va  pastki  qismlarida  masus  shchup  bilan  o‗lchanadi. 

Tirqishning  pastki  qismida  2  mm  gacha  kengroq  bo‗lishiga  yo‗l 

qo‗yiladi.  Ish  tirqishini  o‗lchash  vaqtida  shpindellar  shaxmat  tartibida, 

ya‘ni bir-biridan yarim qadam narida turishi kerak. Shunda faqat bir juft 

barabanlar  o‗rtasidagi  ish  tirqishining  kengligi  o‗lchanadi,  ikkinchi  juft 

barabanlar o‗rtasidagi tirqish esa avtomatik tarzda o‗rnatiladi.  

2.Ajratkichlarning  shpindellarga  nisbatan  holatini  rostlash. 

Cho‗tkaning  qillari  shpindellarning  tishlari  ko‗pi  bilan  1,5  mm  botib 

turishi  lozim,  chunki  bundan  ortiq  botib  tursa,  cho‗tka  tezda  ishdan 

chiqadi.  Ajratkichlarning  xolatini  rostlashda  ajratkichning  yuqorigi 

korpusini  maxsus  bolt  atrofida  aylantirib,  cho‗tkalar  shpindellarga 

yaqinlashtiriladi.  Cho‗tkaning  pastki  qismidagi  qillari  ko‗proq  yeyilgan 

bo‗lsa,  cho‗tkani  aylantirib  qo‗yish  kerak;  oldingi  va  ketingi 

ajratkichlarning  to‗g‗ri  rostlanganligini  tekshirish  oson  bo‗lishi  uchun 

oldingi barabanda ajratkichlar o‗rtasidagi joylashgan taranglovchi tortqi 

tez olinadigan qilib o‗rnatilgan.  

3.Kamera  darchasini  holatini  rostlash.  Shpindelli  barabanlardagi 

paxtani  ajratkichlar  yordamida  qabul  kameraga  to‗g‗ri,  to‗xtovsiz 

uzatish hamda kameraning ishonchli ishlashi uchun kameraning darchasi 

bilan oldingi ajratkich o‗rtasidagi tirqish 5…7 mm saqlanadi. Bu tirqish 

oraliq  to‗siqning  yuqori  qismida  joylashgan  boltlar  yordamida 

rostlanadi.  

4.Apparatlarni  mashinaning  bo‗ylama  o‗qiga  nisbatan  to‗g‗ri 

joylashtirish. Buning uchun a) yetakchi g‗ildiraklarning orasi (koleyasi) 

2400  mm  ekanligi  va  ularning  traktor  bo‗ylama  o‗qiga  nisbatan 

simmetrik joylashgani tekshiriladi, b) g‗ildiraklarning shinalardagi havo 

bosimining  normaga  mos  ekanligi  tekshiriladi;  v)  apparatlar  ish 



tirqishlarining  mahsus  maydonchadagi  reja  chiziqlariga  nisbatan 

paralelligi  tebratkichlar  vallarining  podshipniklari  bilan  ramaning 

ko‗ndalang  brusi  orasiga  vertikal  tekislikda  qistirmalar  o‗rnatib 

rostlanadi. 

5.Apparatlarning 

tortqisini 

rostlash. 

Apparatlar 

o‗rnatilgan 

ramkalarning  parallelligi  apparat  tortqisining vinti  va kontrgayka  orqali 

rostlanadi. 

6.Shpindelli  barabanlarning  parallelligini  rostlash.  Barabanlarning 

yuqori va pastki qismlarida ish tirqishlarining kengliklaridagi farq 2 mm 

dan  ortiq  bo‗lmasligi  kerak.    Rostlash  karkas  ramasi  brusining  ostiga 

qistirmalar qo‗yib tuzatiladi. 

7.Apparatlar  reduktorining  va  tarqatish  reduktorining  konus 

shesternyalarini  rostlash.  Shesternyalar  tishlari  orasidagi  yon  zazor 

0,15….0,50  mm  bo‗lishi  lozim.  Tishlar  bir-biriga  uringanda 

qoldiradigan  izi  tishning  o‗rtasida,  konusning  cho‗qqisiga  yaqinroqda 

kamida 50…60% joyda bo‗lishi kerak. 

8.Apparatlar  osmasining  muvozanatlovchi  prujinalarini  rostlash 

apparatlarni yuqoridagi salt holatga ko‗tarilib qo‗yilgan holda markaziy 

vintni burab taranglanadi. 

9.Ventilyatorlarni, ularning tasmalarining tarangligini, shkivlarning 

va taranglash qurilmasi roliklarining holatini rostlash.    

PTMning asosiy parametrlari: 

1.  Shpindelning aylanish tezligi: 


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling