Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Download 0.5 Mb.
bet12/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#244742
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131
Bog'liq
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari

Tarjima maktablari. Antik davrdek ilk tarixiy bosqich, asosan tarjima orqali qadim yunon va rim madaniyatlari bir-biri bilan aloqa o’rnatganliklarini ko’rsatadi. Qadim yunonlar yuksak madaniyat sohibi ekanliklari hech kimga sir emas. Bu madaniyat yunonlarning tili va adabiyotida barq urgan, chunki til adabiyotsiz madaniyat qaqrab yotgan cho’l kabidir. Buni yaxshi anglash rimliklar o’z madaniyatini boyitish maqsadida juda ko’p narsalarni yunonlardan meros qilib olishadi. Shu kabi meroslarning eng asosiysi – adabiy asarlar tarjimasi, u misoli ko’prik bo’lib ikki xalq o’rtasida beminnat xizmat qilgan. Bu o’rinda o’z madaniy boyliklarini berayotgan davlat – Yunoniston – juda yuqori madaniy darajada bo’lgan. Yunoniston jahon tsivilizatsiyasining beshigi bo’lgan. Qadimgi yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan yakkayu yagona yozma namunalari “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Bu dostonlar qadim yunonlarning ulug’ shoiri Gomer nomi bilan bog’liq. Shuni ko’ra bilgan rimliklar yunon yozuvchilari yaratgan asarlarni o’z til va adabiyotini boyita oladigan sabab yoki manba deb bilishgan. Xuddi shu nuqtai-nazarda kelib chiqib badiiy tarjima masalalari nazariy jihatdan Tsetseron, Goratsiy va Kvintilan fikrlarida o’z aksini topadi. Qadim yunonlar yaratgan madaniy merosdan bahramand bo’lish hissi rimliklardan so’ng asta-sekin sharqda ham keng tarqaldi. Gomer dostonlaridagi badiiy usullarni boshqa xalqlar jangnomalarida ko’rishimiz mumkin. Qirg’iz xalqining “Manas”, nemis xalqining “Nebelunglar haqida qo’shiq” (“Nebelungslied”), o’zbeklarning “Alpomish” dostonlari shular jumlasidandir. Gomer poemalari bilan “Alpomish” dostoni o’rtasida faqat badiiy vositalarning yaqinligi jihatidangina emas, hatto mazmunning o’xshahsligi jihatdan ham mushtaraklik bor.

Mashhur rim yozuvchisi va dostonchisi (eramizdan avvalgi I asr) Tsitseron yunon dostonchilari Esxil va Demosfenning nutqlarini lotin tilga tarjima qildi. U tarjima qilar ekan, original matn tili me’yorlarini buzmaslikka harakat qildi. Uning fikricha, u original tilda yozilganlarning tuzilishi va ma’nosini, ular xususiyatlarini saqlab qolgan, biroq so’z tanlashda lotin tili xususiyatlarini ham unutmagan. Shu bois bo’lsa kerak, u matnlarni so’zma-so’z tarjima qilmadi, balki so’zlarning to’liq ma’nolarini hamda ayrim qiyin so’zlarning umumma’nolarini izohlagan holda berdi. “O’quvchi, deydi Tsitseron, - mendan sanoq bo’yicha aniqlikni emas, balki ta’bir joiz bo’lsa, “og’irlikni so’raydi” deb o’ylayman”. Shuning uchun ham, uning ta’biricha “Tsitseron yunon mualliflari asarlari, nutqlarini tarjima qilarkan, asarlar va nutqlar xususiyatlarini (ya’ni shakli, mazmuni va fikrlar ketma-ketligini) tarjimada saqlab qolishga harakat qilgan.

1167 yilda Oksford universitetining tashkil topishi olamshumul yangilik bo’ldi. Unga asos solganlar chuqur ta’lim berish, ajdodlar qoldirgan meros, qo’lga kiritilgan tajriba va albatta yunon va lotinchada bitilgan asarlarni o’rgatishni o’z oldilariga maqsad qilib belgilashdi.

Antik davr merosi Misr, Suriya va Kichik Osiyoda hiyla sof holda saqlangandi. Eramizning birinchi asrlarida ellinizm sharqida ikki ilmiy maktab keng shuhrat to’di. Bularning biri Iskandariyada, ikkinchisi Edessada bo’lib ularning huzurida katta-katta kutubxonalar ochilgan, Mashhur olimlar faol ish olib borar edilar. Biroq xristianlar makoni Vizantiyada majusiylar quvg’in ostiga olinishi natijasida VI asrga kelib Iskandariya maktabi tor-mor bo’ldi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, nestorianlik mazhabi kufr deb e’lon qilinishi bilan Edessa maktabi ham barham to’di. Nestorianlar mazhabida bo’lgan ko’p olimlar boshpana izlab Eron va O’rta Osiyoga qocha boshladilar. Nisibin shahrida ular maktab yaratib, unda tabiiy fanlarni o’rganishga alohida e’tibor berishdi. 529-yilda yopilgan Afina akademiyasining quvg’inga uchragan olimlari Eronning Jundishopur shahrida boshqa bir yirik ilmiy maktabga asos soldilar.

Arablar istilosidan keyin, markazlashgan davlatning barpo etilishi, oldingi parokanda hududlarni yagona din va til bilan bog’langan holda siyosiy hamda iqtisodiy tomondan birlashuvi Yaqin va O’rta Sharq xalqlariga ma’naviy boyliklarni o’zaro erkin almashish imkonini berdi. Bu davrda arab tili davlat, fan va madaniyat tiliga aylangan edi. Qisqa davr ichida halifalik hududida ko’plab ilmiy o’choqlar paydo bo’ldi. Shaharlarda rasadxonalar qurila boshladi, saroylar, machit va madrasalar qoshida kutubxonalar barpo etildi. Ilmiy bilimlarning tarqalishida savdo-sotiq ishlarining yo’lga qoyilishi katta ahamiyat kasb etdi.

Jahon madaniyati tarixida ikkitata buyuk tarjima maktabi bo’lganligi ma’lum. Ulardan biri qadimgi yunon olimlari yaratgan mumtoz fan asarlarini arab tiliga o’girgan, sharhlagan va ko’chirish ishlari bilan shug’ullangan Bog’dod tarjima maktabi (arab halifachiligining ilmiy markazi, VIII asrning oxiri, IX asrning boshi), ikkinchisi –arab tilida yaritilgan boy ilmiy merosni G’arbiy Ovro’pa tillariga o’girish ishi bilan mashg’ul bo’lgan Toledo tarjima (Ispaniya, XII-XIII asrlar) maktabidir. Toledo tarjima maktabi tarjimon, sharhlovchi va quramachilardan iborat katta bir maktab bo’lib, arab tilida bitilgan sharq mutafakkirlarining asarlarini yoki arab tiliga o’girilgan yunon olimlarining kitoblarini lotin tiliga tarjima qilish, va mazmunin bayon qilish hamda qayta ishlash orqali Ovro’pada fan, texnika va madaniyatning gurkirashiga katta hissa qo’shdi. Har ikkala tarjima maktabi ham jahon fani taraqqiyotida misli ko’rilmagan buyuk rol o’ynagan. Ko’p hollarda hatto olimlar yaratgan asarlarning asl nusxalari beiz yo’qolib ketganida ham, ular ana shu ikki tarjima markazining namoyondalari tomonidan qilingan tarjimalarda saqlanib qolgan.

Tarixda bo’lib o’tgan har-xil urush va alg’ov-dalg’ovlar sababli qadimgi yunon olimlari bunyod etgan juda ko’p kitoblar yo’qolib ketgan. Ammo ular arab tiliga qilingan nusxalar - tarjimalar va sharhlarda qolgan. Shu bilan birga, Yaqin va O’rta Osiyoda arab tilida ijod qilgan mutafakkirlarning ham allaqancha noyob ishlari Toledo maktabi tarjimonlarining hizmati tufayli lotin va yunon hamda keyingi davrlarda boshqa G’arbiy Ovro’pa xalqlari tillariga qilingan tarjimalarda bizning davrimizgacha saqlanib qolgan.

Xalifalikning birinchi ilmiy markazi Bog’dod edi. VIII asrning oxiri, IX asrning boshlarida Bog’dodda juda ko’p olimlar, tarjimonlar va kopchilik yozuvchilardan iborat ziyolilar tashkil topgan. Ularning aksariyati O’rta Osiyo (Xuroson, Movaronnahr, Baqtriya va Farg’ona) va Erondan chiqqan. Shaharda kattakon kutubxona tinimsiz ishlab turgan. Xalifa al-Ma’munning homiyligi ostida (813-833) Bog’dodda “Bayt al Hikma” (Dorul hikmat) atalmish o’ziga hos akademiya qaror topadi. U yerda asosan astronomiya, matematik jug’rofiya bilan bir qatorda O’rta Osiyo va Eron ilmiy adabiyotlari natijalarini o’rganish bilan ham mashg’ul bo’lingan. Ma’mun akademiyasi -“Dorul Hikma”-da Sharq tarjimonlik maktabi faoliyat ko’rsatgani tarixdan ma’lum. Unda arab, fors, hind, yahudiy, turk, yunon olimlari birgalikda ish olib borib, ularning tarjimonlik faoliyatiga O’rta Osiyodan borgan olimlar rahbarlik qilganlar. Mazkur Sharq tarjimonlik maktabi sa’y-harakatlari tufayli antik madaniyat namunalari arab tiliga o’girilib, butun Sharqda mashhurlik topdi. Ayniqsa Aristotel va Platon asarlari faqat Ibn Sino, al Farg’oniy tarjimalari orqali bizgacha yetib kelgan.

Bu “Donishmandlar uyi” o’ziga xos ilmiy markaz bo’lib hizmat qilgan. Bu yerda o’z davrining fan olami uchun kerakli bo’lgan barcha shart-sharoitlar, ilmiy laboratoriyalar, majlislar zali, yosh toliblar ta’lim oladigan madrasa, rasadxona, qo’lyozmalarni ta’mirlaydigan va muqovalaydigan ustaxona, 400 mingga yaqin qo’lyozma kitoblari, katta kutubxona ham mavjud bo’lgan. Bundan tashqari yuzlab sharq olimlari ishlagan bo’lib, avval Yahyo ibn Abu Mansur tomonidan, keyinchalik Muhammad al- Xorazmiy tomonidan boshqarilgan.

Bu akademiyaning asosiy ilmiy yo’nalishlaridan biri tarjimonlik faoliyati hisoblangan. Kutubxonadagi asosiy kitob va qo’lyozmalar, jumladan qadimgi Bobil, rum, yahudiy, yunon, misriy, hind, forsiy va boshqa tillardan arab tiliga ag’darilgan.

Tarjima ishlarida al-Xorazmiy boshliq Ahmad Farg’oniy, Abbos al-Javohiriy, Ahmad ibn Muhammad Sog’aniy kabi iste’dodli buyuk olimlar qatnashgan. Bu olimlarning asosiy maqsadi yunon olimlari Gipokrat va Ptolemey yozgan, asarlarida bayon etilgan quyoshning eng katta og’ishini qaytadan tekshirib aniqlash va yer yuzining diametrini o’lchab, qaytadan ilmiy tadqiqot olib borishdan iborat edi.

Bir necha tillarni bilgan vatandoshimiz ulug’ Beruniy hind tilidan arabchaga bir qancha kitoblarni tarjima qilgan. Uning maqsadi o’z xalqini ilmga, madaniyatga, ma’rifatga chorlash, qo’shni xalqlardagi durdona asarlar bilan tanishtirish edi.

Badiiy tarjima san’atiga dastlabki fikrlar Sharqda IX-X asrlarda bildirilganligi ma’lumdir. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan Bog’dod (Bundan tashqari Kufa shahrida ham tarjima maktabi tashkil etilganligi tarixdan ma’lum) tarjima maktabi vakillari ijodning mazkur sohasini rivojlantirishgan. Bu borada buyuk entsiklopedist olim, mutafakkir, shoir va tarjimon Abu Rayhon Beruniyning fikrlari ham o’ta muhimdir. Beruniyning tarjima qilingan asarlari, tarjima qiyinchiliklari, badiiy tarjima xususiyatlari tog’risidagi fikrlari uning umumiy ilmiy-ma’rifiy va falsafiy qarashlari bilan hamohang bo’lib kelgan. Beruniy o’zining “Hindiston” nomli kitobida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridan parchalar tarjima qilib ilmiy dalil sifatida keltiriladi. Beruniyning boshqa asarlarida yunon, rim va hind adiblarining asarlaridan qilingan tarjimalar ham uchraydi. Badiiy tarjima Beruniy hayotida muhim rol o’ynagan. U arab, fors, so’gdiy, xorazmiy, suryoniy, yahudiy, hind va yunon tillarini yaxshi bilgan va tarjima bilan ham keng ko’lamda shug’ullangan. Bundan ko’rinib turibdiki Beruniy nafaqat yunon, rim adiblari kitoblaridan balki Markaziy Osiyo xalqlari asarlaridan ham tarjimalar qilgan.

Bog’doddan tashqari, o’rta asr Sharqida turli davrlarda Qohira, Damashq, Rey, Gurganj, Buxoro, Gazna, Samarqand, Isfahon shaharlari ham ilmiy markaz bo’lib hizmat qilgan. Yunon va suriya tillaridan arabchaga o’girilgan kitoblar orqali islom mamlakatlari olimlariga antik davr ilmiy adabiyotining boy asarlari yetib bordi. Keyinchalik bu tarjimalar ko’p hollarda G’arbiy Ovro’paning antik davr ilmiy va madaniyati asarlari bilan tanishishning yagona manbaiga aylanib qoldi.

929-yilda Qurdoba amirligi Bog’dod halifaligina mustaqil bo’lib u yerda Abdurahmon III tomonidan Qurdoba maktabi, X asrning oxiri XI asrnin boshida Xorazmda Ma’mun akademiyasi, XV asrda Ulug’bek davrida Ali Qushchi, al-Koshiy, ar-Rumiylardan iborat Samarqand astronomiya maktabi, XV-XVI asrda Hirotda Alisher Navoiy boshchiligidagi she’riyat maktabi. XIX asrda Xivada Feruz saroyida Ogahiy, Munis, Haydar Xorazmiylardan iborat she’riyat va tarjima maktablari faoliyat ko’rsatdilar. Tarjimachilik borasida Ogahiy “Ravzatus-Safo”, “Nodirnoma”, “Zafarnoma”, “Zubdit ut-Hikoyat”, “Nasihatnomai Kaykovus” va boshqa asarlarni yuksak mahorat bilan tarjima qiladi (jami 20 ta asar, shundan 18 tasi bizgacha yetib kelgan). Bundan tashqari, olim, f.f.d., prof. N.Komilov Xorazm maktabi, uning namoyondalari va ularning ishlari haqida ham ish olib bordi. Xorazm tarjima maktabi tarjimonlarining hayoti, turmush tarzi, tarjima printsiplarini izohlab yoritib berdi.

1919 yilda Petrogradda ochilgan “Vsemirnaya literatura” (“Jahon adabiyoti”) nashriyoti Sharq va G’arb adabiyotining yirik namunalarini, shuning bilan birga qo’shni xalqlar adabiyotidagi ko’zga ko’ringan asarlarni rus tiliga tarjima qilib bosishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Nashriyot ishiga o’z davrining yirik shoir, yozuvchi va olimlari jalb qilindi. Bular orasida A.Blok, V.YA.Biryusov, M.L.Lozinskiy, K.I.Chukovskiy, K.N.Batyushkov, V.A.Smirnov, akademiklardan S.F.Oldenburg, V.M.Alekseev va boshqalar bor edi. Bu nashriyot 1927 yilgacha o’z faoliyatini davom ettirib, keyin moddiy qiyinchiliklarga uchrab, yopilib qoldi. Bu davr ichida 120 ta kitob nashr qilindi. Bular orasida Onore de Balzak, Gi de Mopassan, Viktor Gyugo, Romen Rollan, Genrix Geyne, Fridrix Shiller, Djordj Bayron, Mark Tven, Djek London va boshqa xorijiy yozuvchi va shoirlarning asarlari bor edi.

“Vsemirnaya literatura” nashriyoti hammasi bo’lib sakkiz yil ishlagan bo’lsada, ammo uning tarixiy tajribasi katta ijodiy maktab bo’lib qoldi.

Rus adabiyotining namoyondasi B.Pasternak ham badiiy tarjimaning ajoyib namunalarini ko’rsatdi. U Yevropa klassiklarining, shu jumladan Uilyam Shekspir va Iogann Volfgang Gyote asarlarini tarjima qilar ekan, harfma-harf, so’zma-so’z tarjima qilish printsipiga qarshi chiqdi.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling