1. Og`zaki nutq uslubi.
Og`zaki nutq, ma’lum bir modal munosabatlarni ifodalash uchun asos bo`lsa,
uslub fanining ob’yekti bo`ladi. Bu holat – gap bo’laklari tartibining “buzilishi”
bilan, soda gap, to`liqsiz gaplarning bo`lishi, dialog nutqning mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, og`zaki nutqning ba’zi shakllari yozma
nutqda o`z o`rnini topadi: (keluvdi, kelardi). Og`zaki nutq uslubida qisqa hajmli
bog`lovchisiz qo`shma gaplar ko`p ishlatiladi, badiiy vositalar kam qo`llaniladi.
Ayniqsa, ko`p ma’noli so`zlar ko`proq ishtirok etadi. Og`zaki nutqda qochirma,
piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng imkoniyat mavjud bo`ladi. Og`zaki
nutq rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda qo`llanilmaydi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:
1. Adabiy so`zlashuv uslubi
2. Oddiy so`zlashuv uslubi.
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan
va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa
qilish xarakterli xususiyatdir.
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Fonetik xususiyatlar.
2. Leksik-frazeologik xususiyatlar
3. Grammatik xususiyatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |