Vatan-3 Layout 1


Turkistonda siyosiy buhron


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Turkistonda siyosiy buhron

Turkiston muxtoriyatining vahshiylarcha qonga botirilishi va

Qo‘qon shahrida tub yеrli musulmon aholining ommaviy suratda

qirg‘in qilinishi, sovetlar hukumatining o‘lkada yurgizgan mustam-

lakachilik shovinistik  siyosatining natijasi o‘laroq avj olib kеtgan

ocharchilik Turkiston o‘lkasi mеhnatkashlarining sovetlar hukumatiga

nisbatan mislsiz nafrat va g‘azabini kuchaytirib yubordi. Xalq ommasi

bolshovoylarining so‘z va ish birligida osmon bilan yеrcha farq borli-

gini amalda hayotda ko‘rib ochiqdan ochiq sovetlardan yuz o‘girib,

Turkiston istiqlolchilari safini to‘ldira boshladilar. O‘lkada siyosiy

buhron borgan sayin kuchayib bordi. Bolshovoylar hukumati o‘lkada

vujudga kеlgan siyosiy buhrondan chiqish uchun har xil taktik

nayranglarni ishga sola boshladilar va go‘yoki o‘zlarini o‘lkadagi mеh-

natkash va mazlum xalqlarning himoyachisi va g‘amxo‘ri qilib ko‘rsa-

tishga urindilar. Ana shunday taktik ayyorliklardan biri Turkistonda

sovetlar muxtoriyatini tashkil etish harakati bo‘ldi. Chunki ular ma-

halliy tub yеrli xalqning aksariyati Turkiston muxtoriyati tarafida

bo‘lib, unga xayrixohlik ko‘rsatganliklarini yaxshi bilar edilar. Bol-

shovoylar o‘z harakatlarini oqlashga urinib, biz har qanday muxtori-

yatga qarshi emasmiz, faqat burjuylar manfaatiga xizmat qiluvchi

muxtoriyatga (masalan Turkiston muxtoriyati singari) qarshimiz,

xolos, prolеtariat, ya’ni yo‘qsillar manfaatini himoya qiluvchi mux-

toriyatga esa tarafdormiz va xuddi shunday muxtoriyatni tashkil

etishni o‘z maqsadimiz dеb bilamiz, dеya sodda va avom xalqni laqqil-

latdilar, ma’lum ma’noda ular o‘z maqsadlariga erishdilar ham.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling