Xalq og’zaki ijodida axloq-odob tarbiyasi masalalarining aks etishi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
$. Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining aks etishi (ona allasi)
Download 50.85 Kb.
|
XALQ OG’ZAKI IJODIDA AXLOQ-ODOB TARBIYASI MASALALARINING AKS ETISHI
3$. Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining aks etishi (ona allasi).
Dunyoda shunday baxt borki, uni biror so‘z bilan ta’rif keltirish qiyin. U baxtning eng cho‘qqisi bo‘lmish ota-onalik baxtidir. Bolasini yelkasida ko‘targan ota, bolasini bag‘rida erkalayotgan onadan baxtliroq odamni uchratmasak kerak. Ota - ona uchun boladan azizroq ne’mat yo‘q. Lekin, xalqimizda "Bola aziz - odobi undan aziz" - degan naql bor. Negaki, farzand o‘z odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ota - onasiga olqishlar, rahmatlar yetkazishi yoki aksincha o‘z odobi bilan ota-onasining yo‘zini yerga qaratishi mumkin. Har bir ota-ona borki, o‘z farzandining yaxshi tarbiya topishini, yaxshi kamol topib el yurt ardoqlaydigan hurmat qiladigan farzand bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Bu esa o‘z -o‘zidan emas yaxshi tarbiyaning mahsuli sifatida nomoyon bo‘ladi. Yaxshi tarbiya esa avvalo ota-onaning o‘zidan boshlanishi kerak. Abdurauf Fitrat aytganidek: "Uylanishning birinchi maqsadi farzanddir. Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi. Kimki, badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo‘ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo‘ladi. Xush va yaxshi axloqqa ega bo‘lgan farzand, imon sohibi bo‘lgan ota-onadan bo‘ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo‘lsalar, ularning tarbiyalari soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq bo‘ladi”. 4 Tarbiya qilishda kichik narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Bola tarbiyasi ona qornidayoq boshlanishi kerak degan donishmandlarimiz. Bu esa hozirgi zamon tarbiyasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Buni bugun tibbiyot xodimlari, psixologlarimiz ham jonli misollar bilan ko‘rsatib bermoqda. Tashqi har qanday ta’sirlar bolaning jismoniy va ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatishi va o‘z izini qoldirishi aytilmoqda. Avvalo bola kutayotgan ona go‘zallikka oshno bo‘lishi, o‘ylasa o‘yini go‘zal qilishi, yursa yo‘liga, ushlasa qo‘liga e’tibor bermoqligini, umuman farzandi qanday bo‘lmoqni istasa o‘zida ham shu xususiyatlarni mujassam etishi kerakligini esdan chiqarmasligi lozim. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy muhit, xushmuomalalik, xursandchilik, bolaning bexavotir, sog‘lom tug‘ilishiga garov bo‘ladi. Ba’zan oilada uchraydigan erxotin, qaynona-kelin, va boshqalar o‘rtasida uchraydigan hurmatsizlik, o‘zaro nizo, urush janjallar, homilador ayolni avaylab asrash o‘rniga og‘ir mehnatga majburlash, xo‘rlash hatto unga qo‘l ko‘tarish bolaning kasalmand, nogiron, jizzaki bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi. Ota-onadagi eng yaxshi xususiyatlar ham yomon xususiyatlarga qo‘shilib, irsiy yo‘l bilan bolaga o‘tishi tabiiydir. Bolaning sog‘lom dunyoga kelishi bo‘lajak ota-ona oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi. Bola dunyo yo‘zini ko‘rar ekan, tarbiya o‘chog‘i bo‘lmish oilada ulg‘aya boradi. Bola hali yosh nihol, ota-ona esa uning bog‘bonlari sanaladi. Mevasini olaman degan bog‘bon niholning o‘sib ulg‘aygunicha uni parvarishlaydi, to tomir otib baquvvat daraxt bo‘lib mevaga kirgunicha o‘z vaqtini, mehnatini ayamaydi. Bog‘bon uni to‘g‘ri o‘shini ta’minlab shakl beradi, keraksiz shoxlarini qirqib, keraklilarini qoldiradi. Mevaga kirganda esa bitta bog‘bonning oilasini emas, ko‘plab oilalarni mevalari bilan ta’minlaydi. Bundan bog‘bonga faqat rahmatlar yog‘iladi. Ana bu bog‘bonning haqiqiy baxtidir. Ota-ona ham farzandini parvarishlab, chiroyli xulqli zehnli etib tarbiyalab o‘z mehnati va vaqtini ayamasagina, uning "ota onagga rahmat" kabi shirin mevalaridan baxramand bo‘lishi mumkin. Bu ham ota onaning haqiqiy baxtidir. Bolaning asosiy vaqti oilada kechadi. Uning ongiga tarbiya tushunchalari oilada singdirib boriladi. Bola esa asosiy tarbiyani oilada olar ekan, demakki har bir otaona o‘z yo‘zini yorug‘ qiladigan farzandlarning tarbiyasiga befarq qaramasliklari lozim. Bugungi kunda bolani qanday qilib ertangi kunda o‘z yo‘zini yerga qaratmaydigan, o‘z o‘rnini topib keta oladigan, el-u yurtga munosib farzand qilib tarbiyalash muhimligi, har bir ota-ona istagi deyishimiz mumkin. Bola asosiy tarbiyani o‘z ongiga oilada singdirib borishini ta’kidladik. Bolani tarbiya qiladigan ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli bo‘lishi, namuna va ibrat ko‘rsata olishi zarur. Chunki otaning axloqi, odobi, onaning fazilatlari bolaga o‘tishi 39 isbot talab qilmas haqiqatdir. Insonning shakllanishida hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak odob axloq qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi. Bo‘lajak ota-ona farzandining tarbiyali komil shaxs bo‘lib voyaga yetishi uchun, barcha zarur imkoniyatlardan foydalanib, tarbiyaviy fazilatlarni o‘zida to‘laqonli shakllantirib olgan bo‘lishi zarur. Axloq va tarbiya haqida gapira turib, o‘zlari amal qilmasa, farzand tarbiyasida katta kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Ota-ona ko‘rsatmalari, ibrat namunalari asosida, kattalar pand nasixati o‘gitlari bilan tarbiya shakllanib borar ekan, farzand tarbiyasida ajdodlarimiz qoldirgan tarbiyaviy buyuk merosimiz, xalq og‘zaki ijodining ajoyib namunalari ishtirokida o‘z tarbiyalarini olib borsalar, orzularidagi barkamol farzandni tarbiyalashga zamin yaratgan bo‘lardi. Farzandning barkamol voyaga yetishida ajdodlarimiz qoldirgan muhim merosimizdan foydalanib tarbiyalasak, bugungi talab qilinayotgan yuksak ma’naviyatli yoshlarni voyaga yetkazishda o‘z hissamizni munosib ravishda qo‘shgan bo‘lamiz. Yaqin o‘tmishda alla bilmaydigan kelinlarni, doston eshitmagan yigitlarni, ertaklar olamida yashamagan bolalarni, umuman xalq og‘zaki ijodi namunalaridan baxramand bo‘lmasdan ulg‘aygan biror kishini topish mushkul bo‘lgan. Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida, xalqimizning boy tajribalari, farzand kamolotidagi o‘ziga xos tarbiya usullari, yo‘l yo‘riqlari, aql zakovatlari bilan yaratilgan. Xalq doimo bolalarni to‘g‘ri xulq atvorli qilib tarbiyalashni, bunga erishish uchun o‘ziga xos usullarni o‘ylab topgan. Vaxolanki, xalq og‘zaki ijodining namunalari bolaning aqliy, axloqiy jismoniy kamolot, hunarga muhabbat, insonparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, mardlik kabi tarbiyaning hamma tarkibiy qismlarini mujassam etgan. Abdulla Avloniy o‘zining "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq kerakligini, tanini pok tutmoq, yosh vaqtidan maslakini tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmog‘-u, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoq lozimligini ta’kidlab o‘tgan. O‘zbek xalqining o‘ziga xos ma’naviy qarashlarini farzand ulg‘ayib kamol topishidagi o‘zbekona milliy ruhdagi tarbiyalash mezonlarini, orzu umidlarini ifoda etgan, ajoyib xalq og‘zaki ijodi durdonalari borki, ular bizning bebaho milliy boyligimiz sanaladi. Hozir shu durdona xazinalardan biri ona allasi haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ona bolasini suyib erkalab beshigini tebratar ekan alla xirgoya qiladi. Bolani oq yuvib oq tarab o‘z allalarida orzu-umid istaklarini aytib, jonimga jon bo‘ladi, el-u yurtim suyanchi bo‘ladi deya, beshigini tebratadi. Alla bolani uxlatishda, tarbiyaviy estetik ta’sir qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Bu bolaning emotsional ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo‘lib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashiga yo‘l ochish, shu zaylda estetik didini shakllantirish maqsadiga qaratilgandir. Abu Ali Ibn Sino allaning xususiyatlari haqida to‘xtalib, "Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri-bolani sekin asta tebratish, ikkinchisi - uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqa bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi " -deya ta’kidlaydi. 6 Allalar bolaning beshik qo‘shig‘i sifatida xarakterlanadi. Allalar onalarning minglab avlodidan bir -biriga o‘tib, sayqal topib kelayapti. O‘zbek folklorshunosligida qachon paydo bo‘lganligi hozircha aniqlangan emas. Ammo uning qanday ma’naviy extiyoj tufayli paydo bo‘lganligini A. Vetuxov shunday izohlaydi: "Ona o‘zining tug‘ma sezgirligi bilan bola uchun faqat qo‘shiq kerakligini, tinchlantiruvchi yorqin va monoton qo‘shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla shakli yuzaga keldi. O‘sha onalik sezgilari allalarning qanday mazmunga ega bo‘lishini aytib turdilar: unda ona qalbida qanday ko‘tarinkilik bo‘lsa hammasi bor". 7 Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish mumkin emas. Biroq alla ohanggi onaning ijro paytidagi holati va kayfiyati bilan chuqur bog‘liq. Ona kayfiyati ko‘tarinki bo‘lsa ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik sezilib turadi. Iztirob chekayotganida mayus tortuvchi xazinlikka moyil ohang bo‘ladi. Ona har doim bolasiga yaxshi kayfiyat va ochiq chehra bilan qarashga harakat qilgan. Hattoki ko‘nglidagi dardlar o‘zini emas, balki bolasining taqdirini o‘ylash qiynoqlari ostida kechgan. Birinchi holatda bolaning serzavq bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlansa, ikkinchi holatda uning ruhan mayuslashuviga asos solinadiki, bu bola ulg‘ayganda harakterida o‘z asoratini, albatta qoldiradi. Allalar davr va zamon bilan muhit va sharoit bilan o‘zgarib sayqal topib shakllanib borgan. Bolaning uyqusini tilab aytgan allalarda ham, orzu istak, dilda bor hislarini qo‘shib aytayotgan onaning alla so‘zlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Bola uchun allaning so‘zi emas, kuyi yoqimli va muhimdir. Chunki u hali so‘zni anglamaydi. Alladagi so‘zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari. Bu kuy bola ma’naviy extiyoji qondirilishining dastlabki ta’minlovchi kuchi sifatida nomoyon bo‘ladi. Chunki allalar har qanday holatda, ham jismoniy harakat, ham psixik faoliyat bilan uzviy bog‘liqlikda ijro etiladi. Jismoniy harakat bolaning muttasil o‘sishini, organizmning chiniqishiga imkon beruvchi muhim vosita bo‘lsa, allalarning ohangi shu jismoniy rivojlanishni ma’naviy ulg‘ayishga undaydigan vosita bo‘lib, bola psixik faoliyatini harakatga solishga va aktivlashtirishga xizmat qiladi. Allalarning kompozitsion butunligini, so‘z, ohang va harakat birligi, ularning mantiqiy aloqadorligi nuqtayi nazaridan tekshirish kerak. Bolalarning harakterlarini ochishda doimo tiniqlik va quvnoqlik bilan bog‘liq tuyg‘ularini teran ko‘rsatishga xizmat qiluvchi epitetlarga murojaat qilinadi. Shu niyatda qo‘zichoq, qo‘chqor olqor, toychoq, saman, toyloq, bo‘toloq, kiyik, serka, bulbul, qizil gul obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos fazilatlarni umumlashtirib e’zozlaydilar. Allalardan namunalar: Sen bog‘imning bahori, Sen umrimning nahori. Sen qalbimning oxori, Onajoning shunqori, alla-yo, alla. 42 *** Baxmal po‘stin kiyasan, alla-yo, alla, Zo‘r pahlavon bo‘lasan alla-yo, alla. Tezroq voyaga yetgin alla-yo alla, Mehriboning boqasan, alla-yo alla. Shirin erkam, oppog‘im alla, Jon dilim ko‘z qarog‘im alla. Oy ham botdi chirog‘im alla, Qo‘zichog‘im, alla. *** Ulg‘ay bolam gul vatanda, alla, Botir bo‘lib o‘sgin qo‘zim alla. Seni ko‘rib bu chamanda alla, Yayray quvonay, yulduzim, alla. Ko‘z tutar xalq butun o‘lka alla, Kelajagim orzuim deb alla. O‘sib burka uni gulga alla, Katta bo‘lgach shu qarzim deb, alla. Alla o‘zbek xalqining qadimiy muhim tarbiyaviy harakterga ega qo‘shiq turlaridan hisoblanadi. Ona allasidan baxra olmagan bola qalbida ota-onaga, vatanga nisbatan mehr muhabbat hissi bo‘lishi qiyin. Alla aytish onalarga xos xususiyat bo‘lib, u farzandiga nisbatan, butun mehr-muhabbatini, qalb haroratini, orzu -o‘ylarini shu qo‘shiq orqali bola qalbiga yetkazadi va shu ruhda uni tarbiyalab boradi. Alla tinglab katta bo‘lgan bolada ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, hurmat hissi shakllanadi. Beshikda yotgan chaqaloq alla so‘zlarini tushunmasa-da, uning qalb va ruhini uyg‘otadi. Alla xalq tarbiyasining eng buyuk yutug‘idir. Onalar kuylayotgan allani nafaqat bola, balki uni eshitib qolgan katta yoshdagi kishilar holatida ham, bir zumga bor shuurini ta’momila bir kuch egallab, jon qulog‘i bilan tinglashga tushganini ko‘rishimiz mumkin. U balki bolaligini eslatar, balki uning qalb va ruhiyatini yana bir bor uyg‘otar, balki ilohiy kuchi bordir, alla insonni o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. 43 Alla shundayki, u qaysi tilda kuylanmasin u bola uchun tushunarli, ta’sir kuchi yo‘qolmas va ijobiydir. Uni buvi va momolarimiz ta’riflaridan ham bilsak bo‘ladi. Ular allani tinglagan bola tinch uxlaydi, onasiga mehri ortadi. Onaning pahlovonim, toychog‘im, yurtim tayanchi deya alqab erkalashlari asnosida bolaga o‘g‘il bolaga xos xususiyatlar shakllana boradi. Qiz bolani allalash chog‘ida gul-u lolaga o‘xshatilib erkalashlarida ham noziklik bo‘lishi, qiz bolaga xos tuyg‘u va hislarni uyg‘otadi - deya ta’kidlaydilar. Alla eshitgan bolaning qalbida mehr hissi paydo bo‘ladi. Keng dala-yu bog‘larning ta’rifini keltirib, yurtning jamolini allalarda aks ettirilishi tabiat bilan, ona vatan bilan ilk tanishtiruv jarayonidir. Baxt va shodlikkni kuylagan ona o‘z bolasida ham shu kayfiyatni ko‘radi. Horg‘inlik hayot tashvishlaridan norozilik kayfiyati chaqaloq qarashlarida o‘zini tutishlarida sezilganday bo‘ladi. Ushbu jarayonlar bolaning chaqaloq paytlaridagi holatlar bo‘lsada uning ertangi yetuklikka erishish ostonalarida ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Bolasini ertangi kunda qanday bo‘lishini, kim bo‘lishini istagan orzu qilgan ona o‘z qalbida shunga ishonch hissini tuyadi. Uni o‘z allalarida aytib o‘tadi. Avvalo tarbiya ona suti ona allasi bilan qalbimizga singgar ekan, ona allasining nechog‘lik muhim ekanligi ko‘zga tashlanmasdan qolmaydi. Aziz onalar bolangizga alla aytib berishdan charchamang. Ularning quloqlarini ochib qalb va ruhiyatini uyg‘oting. Allangizda ezgu niyat istaklaringizni bildirib orzu qilishdan charchamang. Bolangizga yaxshi tarbiyalar yetkazish alladan boshlansin. Download 50.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling