«yangi materiallar texnologiyalari»


Kompozitsion materiallar armirlovchi komponentning mustah- kamlavchiga nisbatan joylashishiga ko'ra: izotropik va anizatropik turlarga bo 'linadi


Download 6.42 Mb.
bet7/13
Sana13.11.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1771505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
YaMT amaliy mashg\'ulot 2022-2023 yil

Kompozitsion materiallar armirlovchi komponentning mustah- kamlavchiga nisbatan joylashishiga ko'ra: izotropik va anizatropik turlarga bo 'linadi.
Izatropik xossaga ega bo‘lgan KM - ta’sir qilayotgan yuklamalarga barcha materialning kristallografik yo‘nalishlari bo'yicha bir xil qarshilik ko‘rsatish qobilyatiga ega boMib ularda mustahkamlovchi va armirlovchi matritsaning butun hajmi bo'ylab tartibsiz yoki teng tarqalgan boMadi.
Anizatropik KM - material matritsasida mustahkamlovchi va armirlovchi ma’lum tartib va yo‘nalishga ega boMib ularga: qisqa qirqilgan tolali armirlovchiga ega bolgan KM, dispersion- mustahkamlavchiga ega boMgan KM va evtektik KM kiradi.
Bu KM yuqori mustahkam po‘latlarga qaraganda mustahkam material hisoblanadi. Chunki an’anaviy materiallarda deformatsiyadan sodir bo‘ladigan nuqsonlaming harakatga kelish mexanizmi tubdan farq qiladi. Masalan, po‘lat materiallarning deformatsiyalanish natijasida undagi mikro darslar harakatga kelib hech qanday qarshiliksiz bir-biri bilan ulanib yirik dars ketishni hosil qiladi. Buning natijasida po‘lat material sinadi. KM da esa mayda mikrodarslaming harakatga kelishiga to‘siqlar bo‘lib ular darslami bir-biri bilan ulanishga to‘sqinlik qiladilar, bu esa materialga berilayotgan yuklamani yanada oshirishga imkon tug‘diradi.
KM dagi / - uzunlikka ega bo‘lgan tolalarga kuchlanishning taqsimlanishini va materialning mustahkamlanish mexanizmini aniqlaymiz. Materialda quyidagi shartlar mavjud: 1 - tola va matritsa chegaralangan bikrlik hududida ishlaydi; 2 - tolaning bikrlik moduli matritsaning bikrlik modulidan katta (yet> yem), bu esa matritsani qo‘shni tola hududida erkin cho‘zilishini chegaralaydi; 3 - matritsa va tola bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, kuchlanish tolaning torets.


7- AMALIY MASHG’ULOT
Yangi materiallar xossalarini an’anaviy materiallarning xossalariga nisbatan aniqlash tenglamalarini tuzish.
Plastmassa, polemer materiallar, reaktoplast, termoplast, to`ldirgich, termik ishlov berish, po`latni yumshatish, po`latni toblash.
Oxirgi o`n yillar ichida plastmassalar, rezinalar, yelimlar, laklar va boshqa sintetik materiallar texnikada juda ko`p qo`llaniladigan bo`ldi.
Barcha materiallarning asosini polimerlar tashkil etadi. Polimerlar – bu ulkan molekulalari uzun chiziqli yoki tarmoqlangan zanjirarga kimyoviy birikkan monomer molekulalaridan – ko`p sonli zvenolardan tashkil topgan moddalardir.(polimerlarning molekulyar og`irligi 10000 dan 1000000 gacha va undan ham yuqori bo`ladi).
Hozirgi vaqtda mashinasozlik va qurilishda plasmassalar juda keng miqyosda ishlatilmoqda.
Plastmassalarni qoliplash temperaturasi 200 oC dan (eloksididoplastlar, efiroplastlar uchun ) 250-350 oC gacha (polipropilen, fotoplastlar uchun) yetadi.
Reaktoplastlar deb, qotish jarayonida o`zgarmaydigan (qaytmaydigan) xossalar oladigan plastmassalarga aytiladi. Odatda bu plastmassalarning elastiklik moduli katta bo`lib, cho`ziluvchanligi kichikdir.
(masalan, fenoplastlarda E=(30-250)* 103 KGKsm (3-25)*103 MPa, =0,1-1,5 %; epoksidoplastlarda E=(30-40)* 103 KGKSM (3-4)* 10* MPa, = 2,5-8 % ga teng)
Termoplastlar deb, qotish jarayonida o`zgaruvchan xossalar hosil etuvchi plastmassalarga aytiladi. Ularni qayta suyuqlantirib qoliplash mumkin. Odatda, bunday plastmassalarning elastiklik moduli kichik cho`ziluvchanligi esa katta bo`ladi. E= (1,5-2,5) 102 MPa, polietilenda =150-600) ; E= (9-12) 102 MPa, polietilenda =500-700 %ga).
Plastmassalar ayrim komponenlarning murakkab aralashmasidan iborat bo`lib, unda biror polimer ko`proq bo`ladi. Ba'zi plastmassalar bitta polimerdan tashkil topadi (masalan, politelin, polistirol).
Plastmassalar tarkibida to`ldirgichlar plastifektorlar va buyoqlar ham bo`ladi.
Plastmassalarning xossasi to`ldirgichlarga bog`liq. 7.1-jadvalda to`ldirgichlari turlicha bo`lgan fenoplastning cho`zilishdagi mustahkamlik chegaralari keltirilgan.



Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling