Yunoncha: ontos borliq va genez organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "Ontogenez" terminini nemis olimi E


Download 1.81 Mb.
bet2/3
Sana10.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1348331
1   2   3
Bog'liq
filoginizi

Nafas organlari - organizm bilan tashqi muhit (suv yoki havo) oʻrtasida gaz almashinuvi uchun ixtisoslashgan organlar. Hayvonlarda tana qoplagʻichi yoki ichagi devorining botib kirishi yoki boʻrtib chiqishi tufayli vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da Nafas organlari boʻlmaydi. Umurtqalilar orasida teri orqali nafas olish kam harakatlanadigan va mayda hayvonlar — ayrim baliqlar, suvda va quruklikda yashovchilar uchun xos. Nafas organlari dastlab chuvalchanglarda jabralar shaklida paydo boʻlgan. Kislorod tanqis boʻlgan, oqmaydigan loyqa suvlarda yashaydigan ayrim baliklarda atmosfera havosi bilan nafas oladigan organlar — oʻpkalar, labirint apparat rivojlangan. Orqa ichakning ayrim qismlari orqali sodir boʻladigan gaz almashinuvi ichak orqali nafas olish deyiladi (ayrim laqqasimon va boshqa baliklar).
Quruklikda yashaydigan hayvonlarning asosiy Nafas organlari traxeyalar yoki oʻpkalar hisoblanadi. Ontogenezda Nafas organlari oʻzgarishi mumkin. Mas, koʻpchilik baliklar embrionlari dastlab tana yuzasi orqali nafas oladi; keyinroq ularda sariqlik xaltasida sariklik nafas olish sistemasi yoki suzgichlar (anal, orqa, dum) nafas olish sistemasi paydo boʻladi. Keyinchalik lichinkalarda tashqi jabralar, soʻngra jabra apparata rivojlanadi. Amniotlar embrionida nafas olish vazifasini dastlab sariklik xaltasi, keyinroq allan-tois bajaradi.
Odamda Nafas organlari havo oʻtkazuvchi yoʻllar (burun boʻshligʻi, hiqildoq, kekirdak va bronxlar) hamda oʻpkadan iborat.[1]
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
  • Fiziologik nafas va hujayra nafasi bir xil emas. Baʼzan “nafas olish” atamasi uglevodlar energiyaga aylantiriladigan hujayra nafasiga nisbatan qoʻllanadi. Bu ikkala jarayon bir-biriga aloqador, ammo ular boshqa-boshqa tushunchalar.
  • Biz faqatgina kislorodni yutmaymiz yoki faqatgina uglerod dioksidni ajratib chiqarmaymiz. Baʼzida “kislorod” va “havo” atamalari bir-birining oʻrnida qoʻllanadi. Shunisi maʼlumki, biz nafas oladigan havodagi kislorod biz chiqaradigan havodagi kisloroddan koʻproq boʻladi, karbonat angidridda teskarisi: nafas bilan chiqarilgan havoda uning miqdori olingan havodagidan koʻproq. Biroq biz nafas oladigan havoda kislorod aniqlangan gazlardan bittasi, xolos. (Aslida havoda kisloroddan koʻra azot koʻproq!)

  • Nafas olish tizimi kislorodning tana boʻylab tashilishida yolgʻiz oʻzi faoliyat yuritmaydi. Nafas olish tizimi tanani kislorod bilan taʼminlashda qon aylanish tizimi bilan bevosita bogʻliqlikda ishlaydi. Nafas tizimidan olingan kislorod kislorodga boy qontomirlarda toʻqima va hujayralarga yetkaziladi.


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling