«yuridik psixologiya» fanidan


Patopsixologik simptomokomplekslar, psixik anomaliyalar va ularning kriminogen ahamiyatiga tavsif


Download 58.67 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1569849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
yangi 6 yuridik

Patopsixologik simptomokomplekslar, psixik anomaliyalar va ularning kriminogen ahamiyatiga tavsif.
Patopsixologik sindromlarni umumlashtirish birinchi bо‘lib I.A.Kudryavsev (1982) tomonidan amalga oshirilgan. Sud psixiatrik ekspertizalari davomida patopsixologik metodikalar yordamida aniqlangan psixik faoliyatning buzilish xususiyatlari (tafakkur, intellekt, xotira, diqqat, iroda, emotsional va motivatsion jabhalar) yig‘indisidan kelib chiqib, muallif quyidagi patopsixologik simptomokomplekslarni tatbiq etgan:
shizofreniya simptomokompleksi;
► psixopatiya simptomokompleksi;
organik simptomokompleksi;
► oligofreniya simptomokompleksi;
► psixik faoliyatning psixogen dezorganizatsiyasi (buzilishi).
Ta’kidlangan patopsixologik sindromlar turli kо‘rinishlarni о‘z ichiga olgan holda, shaxsning biron bir jabhasi bilan emas, balki uning umumiy psixik faoliyatining va shaxs xususiyatining buzilishi bilan bog‘liq. Ularni har biriga alohida tavsif berish maqsadga muvofiqdir.
Demak, shizofreniya simptomokompleksi shaxsiy-motivatsion buzilishlar bilan bog‘liq, ularga:
– maqsad iyerarxiyasining va strukturasining о‘zgarishi;
bilish faoliyatining buzilishi;
– tafakkurning operatsional tomonlarining saqlanganligi bilan birga, uning maqsadiylik va ma’naviyligining (vaysaqilash, bir fikrdan ikkinchisiga о‘tib ketish, fikrlarning tarqoqligi) buzilishi;
– emotsional buzilishlar (soddalik, emotsional kо‘rinishlarni aloqadarligining buzilishi, belgili paradoksallik);
– о‘z-о‘zini baholash va о‘z-о‘zini anglashning о‘zgarganligi (autizm, sensitivlik, begonalashish va refleksiyaning yuqoriligi).
Psixik anomaliya bilan bog‘liq bо‘lgan jinoyatchilar о‘rtasida shizofreniya kasalligi kam uchraydi. Bunday kasallar umuman olganda jamiyat uchun о‘ta xavfli xatti-harakatlar sodir etgan vaqtida о‘z harakatlari ahamiyatini anglay olmagan, harakatlarini boshqara olmagan, deb hisoblanadilar. Lekin shunday holatlar ham bо‘ladiki, ular jinoyatni kasallikning remissiya davrida (kasallikning vaqtincha sustlashishi yoki yо‘qolishi) ham sodir etishlari mumkin.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling