Yusupbekov N. R., Muxitdinov D. P bazarov M. B., Xalilov


Download 2.28 Mb.
bet30/88
Sana03.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1691015
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
Bog'liq
boshqarish sistemalarini kompyuterli modellashtirish asoslari

Okno(Window) menyusi
Mathematica tizimi ham ko’p oynali dasturlar sinfiga tegishli bo’lib, bir vaqtning o’zida bir necha hujjatlar bilan ishlash mumkin.
Okno menyusidagi qism menyular ro’yxati bilan tanishamiz:

      • Vыstroit okna (Stack Windows) – oynalarni kaskadli joylashtirish;

      • Razmnojat v Shirinu (The Windows Wide) – oynalarni balandlik bo’yicha ustma-ust joylashtirish;

      • Razmnojit v vыsotu (The Windows Tall) – oynalarni yonma-yon joylashtirish.

Har bir hujjat o’zining oynasiga ega bo’lishi tabiiydir. Foydalanuvchi o’ziga qulay shaklda oynalarni joylashtirib ularda kerakli amallarni bajarishi mumkin.


Pomosh(Help) menyusi
Mathematica tizimi juda ham boy ma’lumotlar tizimiga egadir.
Pomosh menyusida juda qulay usulda kerakli ma’lumotlarni topish mexanizmi ishlab chiqilgan.
Bu menyuning ishlash prinsipi hamda Mathematica da ma’lumotlar tizimi haqida keyingi paragrafda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.


§3. Mathematicada ma’lumotlar tizimi.


Pomosh(Help) menyusi dagi eng ko’p ishlatiladigan qism menyularni qarab chiqaylik (1.4-rasm)

1.4- rasm


  • Obozrovatel pomoshi (Help Browser – Shift+f)

  • Nayti funksii (Find Selection function) – bu ikkala qism menyularda ma’lumotlarni izlash prinsipi deyarli bir xildir. Ma’lumotlar tizimining sharhlovchisi (Brouzer) ning oynasinida, quyidagilarni ko’rish mumkin:

  • Built- in Functiuons – tizim Yadrosiga biriktirilgan funksiyalar;

  • Add – Ons – amaliy dasturlar majmuasi;

  • The Mathematica Book – S. Volfram tomonidan yozilgan kitobning elektron varianti;

  • Getting Started/Demos – boshlovchilar uchun qo’llanma va misollar;

  • Other information – boshqa kerakli ma’lumotlar;

  • Master Index - ko’rsatkichlar alfavit bo’yicha.

Boshlovchilar uchun qo’llanmada tizimning barcha imkoniyatlari misollar yordamida batafsil yoritilgan.
Ma’lumotlar tizimining Matematicheskaya kniga (The Mathematica Book) bo’limida esa katta hajmdagi ma’lumotlar (formulalar, grafiklar, turli xarakterdagi hisoblashlarning namunalari) jonli misollar yordamida keltirilgan. Boshqa ma’lumotlar bo’limida esa tizimning interfeysi haqidagi barcha ma’lumotlar va h.k. lar keltirilgan.



Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling