Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Globulalar
- Damlama va qaynatmalar
- Deratizatsion vositalar
- Dozator
- Dustlar (Dusta, -ae, -ae)
- Ekstragent
- Empirizm
- Emulsiya hosil kilish
- Eritmalar
- Himoya surtmasi - sin. profilaktik surtma
- Husnbuzar (sin. ugri )
- Ingalyasiya
- Keratolitik vositalar
- Korrigent modda
- Kosmetik vositalar
- Kraxmal (ohor)
- Ko‗p terlash
- Lyubrikant
- Mikstura
- Organizmning suvsizlanishi
- Priparkalar, bug‘lash, issiq suv, bug‘ bilan ta‘sir ko‗rsatish
Geriatrik vositalar – qari, keksa, yoshi ulug‗ organizmning a‘zo va to‗qimalari faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatib, uning moslashuv imkoniyatlarini kuchaytiradigan moddalar. Geriatriya – keksalarda uchraydigan kasalliklar hakidagi ta‘limot bo‗lib, barvaqt qarishning oldini olishga doir masalalarini ham o‗rganadi. Gerontologiya – odam organizmining qarish jarayonini o‗rganadigan fan. Glitserin – uch atomli spirt, og‘ir moysimon suyuqlik; suvda yaxshi eriydi, yoq‘lar tarkibiga kiradi; g. terini yumshatish va ba‘zan dorilarni eritish uchun qo‘llaniladi. Globulalar — shakli yumalok suppozitoriylar, asosan ayollar jinsiy organiga davo kilish uchun ishlatiladigan yumshoq dori shakli. Granula – og‘iz orqali qabul qilishga mo‘ljallangan bir hil dumaloq, silindrsimon yoki noto‘g‘ri shakldagi donachalar donachalar (kattaligi 0,2 mm) bo‘lib, ofitsinal qattiq dori shakllari guruhiga kiradi. Veterinariyada ishlatiladigan granulalar o‘lchami 0,2-3 mm bo‘ladi. Ular korxonalarda tayyorlanadi. Damlama va qaynatmalar – o‗simlik xom ashyosidan ajratib olingan yoki ekstraktlarni suvdagi eritmasidan tashkil topgan suyuq dori turi. Dekorativ kosmetologiya - izlanishli kosmetologiya asosan chiroyni bo‗rttirib ko‗rsatishga va tashqi ko‗rinishdagi kamchiliklarni berkitishga qaratilgan. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: dekorativ kosmetika, sartaroshlik san‘ati, manikyur, pedikyur, rasm-udumni yaratish. Depilyatoriy – soch va tuklarni vaqtincha tushirish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar; ko‘proq zamburug‘lar bilan zararlangan tirnoqlarni eritishda va kosmetikada qo‘llaniladi. Deratizatsion vositalar – kemiruvchilarni yo‘qotish uchun q‘o‘llaniladigan vositalar. Derma – teri – xususiy teri qavati; teri gistologik tuzilishi nuqtai nazaridan uch qismga bo‘linadi; 1) epiderma–teri usti muguz qavati; 2) derma – xususiy teri qavati va 3) gipoderma – teri osti yog‘ qavati. Dozator - aniq dozalarga bo‗lib beruvchi asbob. Draje – ichish uchun mo‘ljallangan qand ustiga (massasi 0,025 g) dori va yordamchi moddalarni obakilash yoli bilan olinadigan va dozalarga bo‘lingan qattiq dori turi. Drajelar to‘g‘ri sfera shaklda bo‘ladi, qoplangan qoiq massasi drajening umumiy massasini 20% tashkil etedi. Draje olishda qand, kraxmal, patoka, asosli magniy karbonat, bug‘doy uni, kakao, etiltselluloza, bo‘yovchi va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi. Drajelar tarkibi bo‘yicha odiy va murakkab tarkibli bo‘lishi kerak. Drajelar tarkibida 10 ta va undan ko‘p dori moddalar berilishi mumkin, ular bir-biridan yordamchi moddalar bilan ajralib turadi. Dustlar (Dusta, -ae, -ae) – changga o‘xshash poroshok holdagi dori turi bo‘lib, tarkibida dori va to‘ldiruvchi moddalar saqlaydigan - oson 168 adsorbtsiyalanadigan moddalar (talk, oq gil, bentonit va b.). Dustlar tarkibida antiparazitar, insektitsid vositalar va repellentlar beriladi. Efir moylari (Olea aetherea) – bu xushboy moddalar aralashmasi bo‗lib, ular turli sinflarga mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo‗ladi, ko‗p hollarda terpenoidlar, ayrim hollarda aromatik va alifatik birikmalar. Ekstrakt (-lar) – o‗simlik (ayrim hollarda hayvon) xom ashyosidan suv, spirt va boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olinadigan konsentrlangan ajratmalar. Suyuq, quyuq va quruq ekstraktlar hamda ekstrakt-konsentratlarni farqlashadi: suyuk e. — oson qo‗zg‗aluvchan, spirt-suvli ajratmalar. Ular 1:1 nisbatda tayyorlanadi; kuyuk e. — kuyuk asalsimon chuziluvchan modda, tarkibida 25% gacha namlik bo‗ladi; kuruk e. — sochiluvchan talkonsimon massa bulib, 5% gacha namlik tutadi; e.- konsentratlar — damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun ishlatiladi, suyuq ekstrakt-konsetratlar (1:2 nisbatda) va quruq ekstrakt- konsentratlar (1:1 nisbatda) 20-40% etil spirti yordamida ajratib olinadi. Ekstragent – ekstragent, ajratma oluvchi sifatida tozalaangan suv, turli konsentratsiyadagi etil spirt, tibbiyot efiri, xloroform va b. ishlatiladi. Eliksir – bu tarkibida biofaol dori moddalar, qand yoki qand o‘rnini bosuvchi ingredientlarni saqlaydigan, shirinlashtirilgan va xushbo‘ylashtirilgan suvli-spirtli tiniq shirin mazali suyuq dori turi. Eliksirlar tarkibida qand yoki sorbitning mo‘tadil konsentratsiyasi - 40%, shuningdek erituvchi va konservant sifatida eliksirlar tarkibiga 20-30% etil spirti qo‘shiladi, undan yuqori konsentratsiyadagi etil spirti qand va sorbitni erishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Empirizm — bilimni faqat sezgi tajribasi bilan egallash mumkin deb davo qiladigan mexanik ta‘limot. Emulgator — ikki xil suyuqlikni bir-biri bilan qo‗shib, emulsiya hosil qilish uchun ishlatiladigan modda. Emulgatorga sovun, jelatina kabi moddalar kiradi. Emulsiya — farmatsiyada bir-birida juda kam yoki tarkibida mutlaqo erimaydigan suyuqliklarni maxsus ishlash yo‗li bilan olingan dori turi. Har qanday emulsiya dispers muhit (odatda suv) va dispers faza (odatda yog‗, balzam)dan iborat bo‗ladi. Tibbiyotda ishlatiladigan emulsiyalar suv bilan yog‗ aralashmasidan tayyorlanadi va tashqi ko‗rinishi sutni eslatadi. Masalan, suv va ba‘zi suyuk dorilar. Emulsiya hosil kilish - emulsiyaga aylantirish. Epidermis – ko‗p qatlamli yassi epiteliydan tashkil topgan terining yuqori qavati. Epilyasiya – soch va tuklarni sun‘iy yulib olish, rentgen nurlari bilan ishlov berish, mum yoki epilin malhamini qo‗llash yordamida yo‗qotish. Eritmalar – syuq, qattiq va gaz holdagi bir yoki bir nechta dori moddani erituvchida eritib tayyorlangan suyuq dori turi. Ichish, sirtga va parenteral qo‘llanadigan eritmalarni farqlash mumkin. 169 Erituvchi — biror moddani o‘zida eritadigan suyuqlik. Erituvchilarga suv, spirt, efir, xloroform, o‘simlik moylari, toluol, ksilol, benzol va b. misol bo‘la oladi. Hab dorilar, pilyulalar — dozalarga bo‘lingan, ichishga mo‘ljallangan, dumaloq shaklli qattiq dori turi, og‘irligi 0,1-0,5 g gacha bo‘ladi. Hab dorilar yordamchi va dori moddalar aralashmasidan cho‘ziluvchan zuvala holiga keltirilgan massadan tayyorlanadi. Himoya surtmasi - sin. profilaktik surtma – ish jarayonida qo‗l va yuz terisiga ziyon-zahmat etkazadigan moddalar yoki ommaviy qirg‘in qurollari ta‘siridan saqlanish yoxud ular ta‘sirini kamaytirish maqsadida teriga surtishga mo‗ljallangan surtmalar. Husnbuzar (sin. ugri) — seboreya va teri yog‘i kimyoviy tarkibining buzilishi natijasida kelib chikadigan soch follikullarining va yog‗ ishlab chiqaruvchi bezlarining yallig‗lanishidan terida yiringli pufakchalar hosil bo‗lishi. Ingalyasiya – maxsus apparat – ingalyator yordamida purkalgan dori moddalarni hidlash yo‗li bilan davolash usuli. Insektitsid qalamchalar — hasharotga qarshi qo‘llaniladi; qon to‘htatuvchi qalamchalar — qon to‘htatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi; to‘tiyo qalamchalari tarkibida mis sulfat va jelatin saqlaydi. Traxomada kuydirish uchun ishlatiladi; qalamcha dorilar, oddiy yoki murakkab dorilardan silindr shaklida tayyorlangan dori qalamcha; kumush nitrat qalamchasi — yaralar (sugal)ni kuydirish uchun ishlatiladi; mentolli qalamcha — migrenda teriga surtiladigan mentol saqlovchi qalamcha. Izotonik eritmalar — osmotik bosimi qon bosimining osmotik bosimi bilan teng bo‘lgan eritmalar (mas. natriy xloridning 0,9% li, glyukozaning 5% li suvli eritmalari). Instillyasiya — suyuq dori vositalarini tomchilab yuborish; mas. siydik chiqarish kanali yoki qovuqqa biror modda eritmasini instilyator yordamida tomizish. Karamellar (ledensы) – og‗izda so‗riladigan, og‗iz bo‗shlig‗i tomoq va oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolash uchun mo‗ljallangan, tarkibida dori modda (asosan antiseptik, mikrob va zamburug‗larga qarshi ta‘sirga ega dori moddalar) va ko‗p miqdorda invertlangan qand saqlovchi yoki saqlamaydigan, (qand o‗rnini bosuchi moddalar bilan tayyorlangan), xushbo‗ylashtiruvchi essensiyalar va efir moylari qo‗shilgan dozalarga bo‗lingan qattiq qandolat dori turiga aytiladi. Keratolitik vositalar – epidermisning gipertdori gipertrofiyaga uchragan muguz qatlamini yumshatish va ko‗chini chaqiradigan dori moddalar. Klizma – xukna – davolash yoki diagnostik maqsadlarda durvaza (ortki chiqaruv teshigi)dan to‗g‘ri ichakka suyuqlik (dori modda, aralashma va b.) yuborish muolajasi. 170 Koldkrem – (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug‗lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta‘sirini ko‗rsatadi. Korrigent modda – dori preparatning organoleptik xarakteristikalari (ta‘mi yoki hidi)ni yaxshilovchi modda. Kosmetika (kosmetike) - grek so‗zidan olingan bo‗lib, pardozlash, bezash, chiroy berish san‘ati va pardozlash uchun ishlatiladigan vositalar va usullar degan ma‘noni beradi. Kosmetologiya (kosmetike+logia) – tibbiyot fanining bir bo‗limi bo‗lib, pardozlash san‘ati yoki inson chiroyni turli-tuman usullar va vositalar yordamida saqlash haqidagi ilm-fan deganidir. Kosmetsevtika - "Kosmetika" va "Farmatsevtika" so‗zlardan hosila bo‗lgan so‗z. Turli kasalliklarni oldini olish maqsadida kosmetik vositalarga sekin-asta davolovchi-profilaktika hossalari berila boshlandi va XX asr ohirida "Kosmetsevtika" yo‗nalishi paydo bo‗ldi. Kosmetik vositalar — kosmetologiyada ishlatiladigan dori moddalar. Kosmetik gellar (lotin. gelare – yaxlash, qotish) - bu to‗rsimon strukturaga ega kolloid sistema bo‗lib, qattiq va suyuq yoki ikkita suyuqlikdan ya‘ni qovushqoq (yopishqoq) fazalardan hosil bo‗lgan jelesimon kosmetik vosita. Kraxmal (ohor)- polisaxarid bo‘lib, u hidsiz, mazasiz, mayin oq kukun, barmoq orasiga olib ishqalansa g‘ichirlaydi. Sovuq suv, spirt va b. organik erituvchilarda erimaydi, issiq suvda donachalari shishib yoriladi va quyuq, yopishqoq suyuqlik — kleyster, (kraxmal elimi) hosil bo‘ladi. Tibbiyotda kartoshka, bug‘doy, makkajo‘xori, guruch kraxmali qaynatma holida me‘da va ichak kasalliklarida, kleysteri shimdirilgan bint jarrohlikda suyakning singan erini yoki chiqqan bo‘g‘inlarni qimirlamaydigan qilib bog‘lash uchun, kukun holida chaqaloklarga sepish uchun, kukun dori va teriga surtiladigan surtmalar hamda ba‘zi dori shakllari tayyorlash uchun ishlatiladi. Krem (fr. krem – qaymoq asosida tayyorlanadigan desert taom) - yumshoq, mayin konsistensiyaga ega kosmetik maqsadda qo‘llaniladigan surtma. Ko‗p hollarda kosmetik kremlar emulsion asosda tayyorlanadi, shuningdek ularni tayorlashda lanolin, spermatset, mum, glitserin, bodom, kokos va boshqa o‘simlik hamda turli xushbuy efir moylari ishlatiladi. Kremlar mayin bo‗lib, ular qo‗l, bosh va yuz terisini parvarishi uchun keng qo‗llaniladigan kosmetik vosita. Koldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug‗lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta‘sirini ko‗rsatadi. Konservalar (Conservae) – yangi terib olingan o‗simlik maydalanib, unga 2-5 barobar qand qo‗shilib aralashtirilib tayorlanadigan qandolat dori turi. Bunda qand konservant vazifasini bajarardi. 171 Konfektlar – (Confectiones) yangi yig‗ilgan dorivor o‗simliklar ildiz – poyasi, gullari yoki boshqa qismlarini qaynoq qand qiyomiga botirib olinadigan va quritilgan qandolat dori shakli. Masalan, achchiq ermon gullaridan konfektalar yuqorida keltirilgan usulda olinardi. Tashqi ko‗rinishi bo‗yicha oppoq, mayda tariqdek achchiq ermon konfektalari yosh bolalarga gijja haydovchi vosita sifatida ishlatilardi. Ksilit — shirin mazali, suvda yaxshi eriydigan modda, besh atomli spirt; qandli diabet, semizlikka duchor bemorlar uchun ovqat tayyorlashda qand o‘rniga ishlatiladi. Kulchalar (Trochisici) konsentrlangan yarim tayyor mahsulot bo‗lib, ulardan ichish va sirtga qo‗llanadigan dori turlari tayyorlangan. Kulchalar to‗g‗risida Gippokrat (miloddan avvlgi V-IV asr), masalan, xushbo‗y aromatik kulchalar quruq dorivor moddalar kukuni, vino yoki sirka bilan tayyorlangan bo‗lib, ulrni ishlatishdan oldin ushbu suyuqlikda yoki biron bir surtma bilan arlashtirib tanaga surtish kerak edi. 1802 yilda nashr etilgan Rossiya III- Farmokapeyasida ko‗krak kulchalari (―Pryaniki proskuriyachnыe grudnыe‖ - Trochisici althaeae compositi) uchun maxsus maqola bor edi. Ushbu kulchalar gulhayri ildizi, binafsha ildizi kukuni, qand kukuni va arab elimidan tayyorlanar edi. Kulchalar yumshatuvchi, surgi, balg‗am ko‗chiruvchi, og‗riq qoldiruvchi va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatilar edi. Kulchalar qand, shokolad, arab elimi yoki jelatina qo‗shib tayyorlanari. Kulchalar – bugungi kunda pastilkalargan juda yaqin bo‗lgan dori turi. Ko‗p terlash (gipergidroz) — ba‘zi odamlarning ko‘p terlashi, vegetativ nerv tizimi faoliyatining buzilishi tufayli yuz beradi. Laktoza — sut qandi — D-galaktoza va D-glyukozadan tuzilgan disaxarid. Ona suti tarkibida 6,5% miqdorida bo‘ladi. Lamella — yupqa pilikchalar ko‘rinishidagi fiziologik faol moddaga jelatina qo‘shib tayyorlanadigan qandolat dori turi. Ba‘zi chet mamlakatlarda ko‘z muguz pardasiga ko‘yish rasm bo‘lgan, bizda bunday dori ishlab chikarilmaydi. Lanolin – qo‘y junini yuvgan suvdan maxsus usul bilan olinadigan, qo‘ng‘ir sariq rangli, yumshoq, o‘ziga xos hidli yog‘simon modda. Lanolin suvda erimaydi, spirtda qisman, efir, xloroform, atseton va benzolda yaxshi eriydi. Ko‘p miqdordagi suv bilan aralashsa ham moysimon xossasini o‘zgartirmaydi. Tibbiyotda ikki xil: suvsiz lanolin va suvli lanolin ishlatiladi. Lanolin surtmalar tayyorlashda asos, kakao moyi bilan shamchalar tayyorlashda biriktiruvchi sifatida qo‘llaniladi. Undan parfyumeriyada keng foydalaniladi. Linimentlar (lot. linere – surtish, surtib ishыalash) – sirtga qo‗llash uchun mo‗ljallangan, turli konstitensiyaga ega oquvchan quyuq eritmalar yoki suyuq surtmalar, ayrim hollarda dirildoq (jelesimon) massa holidagi yumshoq dori turi. Loson (fr. lotion – namlash, yuvish) - bu teri parvarishi uchun mo‗ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vosita bo‗lib, u turli xil faol moddalarning (organik 172 kislotalar, vitaminlar va boshqalar) suv-spirtli eritmalari. Loson - teri parvarishi uchun mo‗ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vositasi bo‗lib, tarkibida faol ta‘sir etuvchi moddalar (organik kislotalar, vitaminlar, shira, dorivor usimliklar ajratmalari va h.k.) saklaydigan, tabiati bo‗yicha suv yoki suv-spirtli eritma, yoki oquvchan xususiyatga ega bo‗lgan mikrogeterogen sistema. Lyubrikant – sun‘iy surtish uchun mo‗ljallangan moy, poroshok kabi moddala. Melanin – sochlar, teri va ko‗zning to‗r pardasining rangini belgilaydigan, oqsillar bilan komleks hosil qilgan qora va to‗q jigarrangli pigmentlar nomi. Albinoslarda ushbu pigment hosil bo‗lmaydi. Mikstura — tarkibi murakkab, ichishga mo‘ljallangan va qoshik bilan miqdorlarga bo‘linadigan suyuq dori turi. Morsyuli – qaynoq quyuq qand qiyomiga maydalangan dorivor moddalar hamda dolchin, bodom, va boshqa moddalar qo‗shib arlashtirilardi, so‗ng suv bilan namlangan yog‗ochdan tayyorlangan qoliplarga qo‗yib, shakl berilgan va massa qotganidan so‗ng, pichoq bilan kesiladigan qandolat qattiq dorilar. Mum - asalarilarning inini suvda qaynatib (asali olingandan so‘ng) olinadigan moysimon modda. Tabiiy holda mum sariq bo‘ladi (S. flava). Uni maxsus usul bilan oqartirib oq mum (S. alba) olinadi. Mum suvda, spirtda erimaydi, efir va benzolda chala, xloroform, skipidar va moylarda tula eriydi. Mum ikki qismdan — serin (issiq spirtda eriydi, sovutsa cho‘kadi) va miritsindan (issik spirtda ham erimaydi) iborat. Mum surtmalar va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Namlama (primochka) — turli dori eritmalarini salfetkaga shimdirib, kasallangan joyga qo‘yish; namlama teridagi o‘tkir yallig‘lanish jarayonini kamaytirish uchun ishlatiladi. Bunda qon tomirlari torayib zardob chiqishi to‘htaydi, teri oqaradi, qichishish yo‘qoladi. Nastoykalar (lot. «tinctio» - bo‗yash) – o‗simlik xom ashyosidan spirt yoki suv-spirt yordamida biologik faol moddalarni qizdirmasdan va ekstragentni ketkazmasdan olinadigan yoki ekstraktlarni tegishli erituvchilarda eritib taryorlanadigan rangli tiniq ajratmalarga aytiladi. Har bir xom ashyodan nastoyka olish uchun ishlatiladigan ekstragent konsentratsiyasi Farmakopeya maqolasida belgilanadi. Niqoblar (fr. masque) – qo‗zlar uchun teshigi bor, yuzni berkitishga mo‗ljallangan qoplama. Kosmetik niqoblar – teri parvarishida tozalash, yumshatish, oziqlantirish, mustahkamlash, oqartirish maqsadida ishlatiladigan samarali kosmetik vositalar majmuisidir. Oksidlovchilar — oksidlash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar, jumladan vodorod peroksid, kaliy permanganat, nitrat, nitrit kislotalar, Bertole tuzi, kaliy bixromat va b. 173 Organizmning suvsizlanishi - organizmga kam suyuqlik tushishi yoki suyuqlik ko‘p yo‘qotilishi tufayli uning keskin suvsizlanishi. Pasta —tarkibida 25% dan ko‘p talqonsimon dori moddalar saqlagan quyuq surtma dori. Pastalar konsistensiyasi buyicha xamirga yakin turadigan sirtga ishlatiladi surtma dorilar. Pastilkalar (lot. pastillae) – plastik holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, arab elimi va qand va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan olinadigan va og‘iz bo‘shlig‘ida so‘rish yoki ichish uchun mo‘ljallangan qandolat qattiq dori turi. Pediatriya – bolalar organizmining o‗ziga hosligi, bolalarda kasalliklarni kelib chiqish sabablari va mexanizmini o‗rganadigan va ularni davolash usullarini ishlab chiqadigan tibbiyot fan sohasi. Pessariy — yassi yumaloq uhli shakldagi suppozitoriysi; p.Leleyna — Leleyn pessariysi — bachadon rakini radiy nuri bilan davolaganda qovuq va to‘g‘ri ichakni nur ta‘siridan saqlash uchun qo‘llaniladigan p.; bachadon pessariysi — (halqasi) — ko‘pincha kauchukdan yasalgan va "8" raqamiga o‘xshagan halqa, yallig‘lanish natijasida yoki tos suyagi muskullari bo‘shashib ketganda bachadon qiyshayib qolsa, uni to‘g‘rilab ushlab turish uchun bachadon bo‘yniga kiyg‘izib qo‘yiladi; Meyer pessariysi — ko‘pincha rezina, kauchuk, sellyuloid, plastmassalardan yasaladigan uzuk shaklidagi halqa; Shats pessariysi — bachadon va qin devorlari pastga tushib ketganda, uni ko‘tarib turish uchun ishlatiladigan likopchasimon p. Pertussin — tarkibida tog‘jambil suyuq ekstrakti saqlaydigan kompleks preparat. Bronxit va b. yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida yo‘talni yumshatish va balg‘am ko‘chirish uchun ishlatiladi. Plastir, malham — sirtga ishlatiladigan yumshoq dori turi. Turli teri kasalliklarini davolashda, jarrohlik bog‘ichlarini mahkamlashda ishlatiladi. Uning tarkibida tabobatda ishlatishga ruhsat etilgan tabiiy yoki sun‘iy kauchuklar, polimerlar, yogsimon moddalar, moylar, antioksidantlar, metall oksidlari va tuzlari, dori moddalar bo‘lishi mumkin. Malhamlar silindr yoki konus shakldagi qattiq surtma dori konsistensiyasidagi massa holida, matoga surkalgan yoki suyuq bo‘lishi mumkin. Poroshoklar (elaki dorilar, kukun, tolqon) – ichish yoki sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan, bir yoki bir nechta maydalangan, sochiluvchan xossaga ega dorivor kukunlardan tashkil topgan qattiq dori turi; p. kimyoviy moddalar, o‘simlik qismlarini maydalab tayyorlanadi. Yirik poroshoklar ichiladi, juda mayda poroshoklar burun, ko‘z, hiqildoq shilliq pardalariga sepiladi. In‘eksiya uchun ishlatiladigan poroshoklar. In‘eksiya uchun ishlatiladigan eritma yoki suspenziyalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan qattiq dori vositalari. Priparkalar, bug‘lash, issiq suv, bug‘ bilan ta‘sir ko‗rsatish - badanning ayrim joylariga issiq suv, bug‘ bilan ta‘sir ko‘rsatish. 174 Rektiolalar (rektal pipetkalari yoki mikroklizmalarda deb ham yuritiladi) – hajmli 3-5 ml, plastmassadan yasalgan elastik idishchalarga jihozlangan va bir marta ishlatish uchun mo‗ljallangan dori vositalar. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlash imkoniyatini, shamchalarga ko‗ra tezrok ta‘sir ko‗rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‗lishi, ishlatilishi qulay. Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har xil surgi dorilarni kiritish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling