mumkin. Bolaning emotsional qo‘llab quwatlashiga bo‘lgan ehtiyoji
atrof-olamga bo‘lgan munosabati va unga berayotgan bahosi
kattalaming munosabat va bahosiga mos kelishiga intilishi shaxsiy
muloqotning asosini tashkil etadi. M.I.Lisinaning fikricha, aynan
shu narsalar bolaning ijtimoiy ehtiyojlari tarkibida markaziy o‘rinni
egallaydi.
12.4.
B o g ‘c h a yoshidagi b o la sh ax sin in g
rivojlanishiga oilaviy
m uhitning ro li
Oila bolani o ‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim
bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri
benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘pjihatdan
kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-orianing fikri
va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega
bo‘ladiki, u xulq-atvoming regulyatori va psixik rivojlanishning
stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: