Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti
Davr sharoiti va ota obrazi talqinidagi o’zgarishlar
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon adabiyoti va ozbek adabiyotida ota talqini
Davr sharoiti va ota obrazi talqinidagi o’zgarishlar.
XX asrga kelib davr sharoiti tufayli ota obrazi talqinida ham bir muncha o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunga sabab jadidchilik harakatidir. Ular millatni ma’rifat orqali uyg`otsa bo`ladi deb bilishardi. Jadidlar o`zbek adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o`rin tutadi. XX asrning boshlarida xalqimizning ko`p qismi ma’rifatsiz, ma’nan qashshoq edi. Boylarning zulmlari kuchaygan, ilmsizlik avjiga chiqqan edi. Buning natijasida ota obrazida ham anchagina evrilishlar sodir bo`ldi. Jamiyatda ularning salbiy jihatlari ko`rila boshladi. Otalarning ma’rifatsizligi farzandlarining hayotiga ham o`z ta’sirini o`tkazmay qolmagan. Jadidchilik adabiyotida bu qattiq qoralangan. Ayniqsa, ko`pchilik ayollarning qadr- qimmati oyoq osti qilinganligiga alohida to`xtalib o`tilgan, bunga ularning otalari qisman sababchi ekanligi badiiy asarlardan ayon. Buni Hamza Hakimzoda Niyoziy, Behbudiy, A.Qodiriy, Cho`lpon asrlari ham tasdiqlaydi. O`sha davrdagi siyosiy va ijtimoiy qarashlar tufayli otalar o`z qizlarini ko`p xotinli eshon va amaldorlarga uzatishga majbur bo`lishgan. Buning yorqin dalili sifatida Cho`lponning “Kecha va kunduz” romanini olishimiz mumkin. Bu roman milliy ruhi, jo`shqinligi, chuqur badiiy saviyasi bilan ajralib turadi. Adibning har bir satridan millatga muhabbat ufurib turadi. Asarda asosiy qahramonlardan biri hisoblangan Zebining hayotida keskin o`zgarishlar yuz beradi. U erini qasddan o`ldirishda ayblanib, 7 yilga Sibirga surgun qilinadi. Zebining bunday fojiali taqdiriga asosiy sabab ijtimoiy tengsizlik bo`lsa, keyingi sabab otasining o`ta xurofotchi, johil odam ekanligidir. U boshliq uy – qizi va xotini uchun zindon, uning o`zi esa shu zindonning ko`zi ko`r, qulog`i kar qarovuli. Razzoq so`fi – ziqna odam, ishlamay tishlovchi, ta’magirlik va tekinxo`rlik orqasida kun ko`ruvchi inson. U yakka-yu yolg`iz qizi Zebining taqdirini barbod qiladi. Uning orzu-havaslarini yanchib, Akbarali mingboshiga tutqazadi. Zebining boshiga balo toshlari otasining mutaassibligi, farzandi taqdiriga mutlaqo loqayd bo`lganligi sababli yog`iladi. Romanda berilgan ta’rifga ko`ra, u “ko`rgazmaga qo`yilaturgan antiqa maxluqlardan”dir. Bu hol xatto uning ilk bor yo`rgaklangan paytida ham
32
ma’lum bo`lgan. Uning hali odam kepatasiga kirmagan yuzlariga tikilib, Xamro ena bunday so`zlar bilan uni erkalatgan ekan: “- Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo`lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting. Qovog`ingizni ochsangiz-chi! Yorug` dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling!...” 1
va yig`lash orasida katta farq bor. Razzoq So`fining kulishlarini kulish deb bilmaydi. Uning kulishi kasal odamning kulishiday og`ir. Shundanmi, Zebi ham jiddiy chexra bilan: “-Otam kulmasa ekan-da!” deydi. Bir paytlar qishloqda yashagan So`fi akasi bilan “bir shapaloq yerni talashib” qochib, ota uyini tark etadi. Shundan beri u shaxarda yashaydi. Uning ichki olami va tashqi qiyofasi bir xil; har ikkisida ham biror fazilatni topish bo`lgan boqimanda kishilardan. Shunga qaramay, to`g`rirog`i shu sababdan u na xotinini sariq chaqaga oladi, na yolg`iz qizini orzu-havaslari bilan hisoblashadi. Zebini olib ketishga kelgan dugonasi Salti ikkisining shovqin va qiytqirishlari ustiga kirib kelgan Razzoq So`fi o`z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o`z ko`ngli qadar tund va xo`mraygan bo`lishini istaydi. Otasi kirib kelganidan keyin Zebining ko`nglida o`ynagan iztirob va hayajonlar Razzoq So`fining “nima bu qiyomat!” degan qiyomatidan qo`rqinchroq edi. Sovuq bir so`fining nazdida bu qadar vahimali bo`lib ko`ringan oddiy va tabiiy bir bolalik o`yini qafas darichasini kutgan vaqtida darichaga kattakon bir qulf urilayotganini ko`rgan bir qushning iztirobidan kam bo`larmidi?!So’fi o’z qizining hayotini johilligi ustidan qurbon qiladi.
So`fining baqirishidan bir oz shoshib turgach, ular yugurgancha uyga kirishadi.,,So`fi bular uyga kirguncha eshik oldida bo`zarib-gezarib turadi. So`ng o`zining oddiy ovozi bilan: “Qanjiqlar!” deb baqiradi.” 1
1 Чўлпон. Кеча ва Кундуз. Асарлар -Т.: ,Академнашр , 2012йил 280-бет. 1 Чўлпон, Кеча ва Кундуз. -Т.: Академнашр 2012-йил, 17-бет. 33
Xo`sh, 16-17 yosh, ayni o`ynab-kuladigan payt emasmi. Otasi buni tushunmaydi. Asarni o`qir ekanman So`fining o`zini ham go`ristonday sovuq tasavvur qildim. Qora, jirkanch maxluqday oldiga tashlangan narsalarni yamlamay yutadigan, atrofga ilonday zaxrini sochadigan maxluq. Otaning bunday qiliqlari farzandning baxtsizligiga olib kelmaydimi? O`zi So`fi bo`la turib, og`zidan chiqayotgan kurakda turmaydigan so`zlar ham uning ma’naviyati qanchalar qoloqligini ochib bergan. Farzandini tiriklayin yo’qotgan so’fi vujudida ,,ota” uni qutqarishga undaydi. U adashganini tushunib yetadi. So’fining hayoti izdan chiqishida eshonning ham ayblari bisyor. Darhqiqat, So`fining o`z qizini baxtsiz qilishida odamlarning borini talovchi, devonadan farqi yo`q, o`zini eshon qilib ko`rsatuvchi aslida esa rus bosqinchilaridan ham xavfli bo`lgan uning piri sababchi. So`fi eshondan maslahat so`raganda u shunday deydi: “-Odam o`ldirgan bolaning otasiga qanday maslahat bo`ladi, so`fi? Bolaning yoniga otasini jo`natmaydi bu ahmoq o`rus? Adolat bormi kofirda?!” 2 Shu paytdagi So`fining ahvoli bizga uning ham zamona qurboni ekanligini ko`rsatib beradi. mana shu lahzadan boshlab, So`figa munosabatimiz o`zgaradi. Unga nisbatan achinish payida bo`ladibizda. Piriga biror marta ters gapirmagan bo`lsa, endi uning vujudini nafrat egallaydi. So`fi bir mute odam. Eshon nimani gapirsa ma’qullayveradi. Biroq qizining hayoti uni bu mutelikdan ozod qiladi. Qancha jabr ko`rishiga qarmay, qizinii qutqarishga harakat qiladi. Uni ming qiynoqqa soladilar. Bilamizki, romanning “kunduz” qismi topilmagan. Davomi bizga noma’lum. Biroq roman so`nggida eshonni o`ldirib, uning joniga ham, moliga ham qasd qilishadi. So’fining vujudida ,,ota” g’olib kelganki, ,,eshonning ham moliga, ham joniga qasd qilgan”, ehtimol, pulni olib Zebini qutqarmoqchi bo’lgandir..Beixtiyor ko`nglimizga “ajab qilibdi” bu ishni degan fikr keladi. Ota qizini baxtidan judo qiladi, o`zining ham, oilasini ham baxtsizligiga
2 ўша китоб 268-бет, 34
sabab bo`ladi. Qiz sharq ayollariga xos ota-ona rizoligi uchun o`zini qurbon qiladi. Garchi buni yozuvchi alohida ta’kidlab o`tmagan bo`lsa-da, o`z navbatida, ota ham qizi uchun jinoyatga qo`l uradi. Roman eng qaltis ijtimoiy masalalar talqini orqali davr sharoitini ochib bergan.So’fi obrazi – o’lkamizdagi minglab ,,omi”lar taqdirini umumlashtirib, e’tiqodining mohiyatiga ko’pda yetmasdan, faqat ,,omin” deb turishgagina yaragan, bu bilan bid’atu xurofotga yo’l ochib bergan xalq fojiasini ko’rsatib bergan. Cho’lponning ko’pgina hikoyalarida ham johil otalar obrazi ochib beriladi. Ularning deyarli barchasida davr sharoiti tufayli farzandini jaholat qurboniga aylantirgan otalar obrazi mavjud. Masalan ,,Qurboni jaholat”dagi Eshmurod ham mana shu jaholatning ayovsiz qurboniga aylanadi.U o’zida jamiyatga qarshi kurashish uchun kuch topolmaydi. U otasidan yegan kaltaklardan so’ng bir oy betob bo’lib yotadi. Eshmurodning otasi ilmsizligi tufayli farzandini nohaq ayblaydi.O’z o’g’liga ishonmaydi. Uning yana bir hikoyasi ,,Qor qo’ynida Lola”da esa xuddi ,,Kecha va kunduz” singari Samandar aka ham guldek qizi Sharofatxonni bobosi tengi eshonga uzatadi. Hikoyani o’qib, o’zbek qizlarining ota so’zini hech ham ikki qilmasligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Samandar aka esa yakka-yu yolg’iz ,endigina 17yoshga kirgan qizini ikki xotinli eshonga nazr qilib yuboradi. So’figa o’xshab xurofotga berilib, farzandini yosh umrini xazon qilishi uning ham eshonga mute ekanligini ko’rsatib turibdi.Cho’lpon bularning barchasiga ularning ilmsizligi, millatimizning bir yoqadan bosh chiqarmasligi, xalqning bemaqsad ekanligini sabab biladi. Uning mana shu illatlarga qarshi yozgan hikoyalaridan biri ,,Do’xtur Muhammadiyor”dir.Muhammadiyorning otasi Hoji Ahmad kambag’algina sartarosh bo’lishiga qaramay, juda ilmli, bir necha tillarni biladigan, ko’p joylarga borgan, qiyinchilik ko’rgan kishilardan edi.Mana shu sababmi u o’g’lini ilm olishi uchun qo’lidan kelgancha harakat qiladi.Lekin ko’p narsa albatta pulga borib 35
taqaladi.U o’g’lini bir muallimga berib, saboq oldiradi.O’g’il ham o’z navbatida bilimga chanqoq edi.Ota uni hukumat maktablarida o’qitmoqchi bo’ladi, faqat pul yo’qligi tufayli bu orzusiga erisholmaydi.Hoji Ahmad mana shu yo’lda qurbon bo’ladi.Ular boy kimsalardan yordam so’rashadi, biroq hech qanday natija yuz bermaydi.Ular muallimni o’z yurtiga kuzatish uchun chiqqanlarida, ota qimorbozlar tomonidan o’ldiriladi.Hoji Ahmad o’lar vaqtda: ,, -o’g’lim!..Meros sen…ga…o’lturgan …joy…Vasiyatim…o’qu…o’…qu.. o’qu…o’qu…Men… r-r-r…zomen,-deb jon taslim qiladi.” 1
Muhammadiyor”ga aylanadi.U o’z yurtida topmagan yordamni boshqa yurtlardan topadi.U Bokuda do’xtur darajasiga yetadi,Shvetsariyada tajriba orttiradi. Yuksak bilimi orqali otasining orzularini ro’yobga chiqaradi.O’z yurtiga qaytgach, vatani uchun ko’pgina xizmatlar qiladi. Uyg’onish davrining mashxur namoyondalaridan biri Vilyam
Shekspirdir.Uning mashxur Qirol Lir asarida ikki otaning fojiasi qalamga olinadi.Ulardan biri Qirol Lir bo’lsa ,ikkinchisi Graf Glosterdir.Bu asar bir qarashda bizning tariximizga oid Ulug’bek fojiasini eslatib yuboradi.Chunki, bu asarda ham toj-u taxt yo’lida nobakor farzandlar o’zining padarini quvg’in qiladi.Mashxur tragediyanavis asarda hissiyotlarni birinci planga qo’yadi.Bosh qahramon Qirol Lirning uch qizi bo’lib, ular Gonerilya, Regana va Kordeliya . Ota ikki qizi Gonerilya va Regananing maqtovlariga uchib, toj-u taxtni ikkisiga bo’lib beradi.Kenja qizi Kordeliyani esa jahl ustida barcha narsadan mahrum qiladi.U fransuz qiroliga turmushga chiqib, Fransiyaga ketadi. Asarda jahlning aql ustidan hukmronligi g’olib keladi.Yana bir makr-hiylaga asir tushgan, o’z farzandi qurbon qilmoqchi bo’lgan otalardanbiri Glosterdir. U ham nikohsiz, kenja o’g’li Edmund
Чўлпон. Асарлар. Дўхтур Мухаммадиёр.- Т.: Akademnashr , 2012йил 280-бет.
36
so’zlariga ishonib, katta farzandi Edgarni o’ldirishga buyuradi.Biroq u yashirinishga muvaffaq bo’ladi. O’zini jinnilikka solib cho’lda yashay boshlaydi. Asarda vafo, mehr-oqibat, otaga hurmat, sadoqat kabi g`oyalar ustuvor. Kordeliya timsolida o`z otasini qattiq hurmat qiluvchi, biroq buni ko`z-ko`z qilmaydigan, boylik yo`lida nafaqat otasini, balki boshqalarni hm aldamaydigan, rostgo`y, kerakli paytda yordam qo`lini cho`zuvchi, sofdil qiz obrazi ochib berilgan. Uni ushbu so`zini jasurlik namunasi deya olamiz: Afsus kuchsizman, Yuragimni til uchiga qo`ya olmayman… Sizga mening juda qattiq muhabbatim bor, Bu muhabbat farzandligim burchidir holos, Ana shundan yo ziyoda va kam emas. 1
uning haqiqiy chin muhabbat tilida emas, dilida barq uradi. Va buni u farzandlik burchi deb ataydi. Darhaqiqat, otasi uni juda yaxshi ko`radi. Ammo uning bu so`zlari Lirni taajjubga soladi. Bu paytda otaning qalbida kechayotgan tug`yonlar bizga ayon: Ortiq ko`rib sevar edim, uning mehriga Takiya qilish menga hordiq berar berar deyardim. Jo`na, yo`qol! Qora go`rda nasib bo`lajak Istirohat hurmatiga qasam ichaman: Men bu qizni yuragimadan yulqib tashlayman. 2
Qirol lir jahldor, qo`rs, himmati keng, adolatpesha, shu bilan birga qirollarga xos salobatli, viqorli, maqtovni xush ko`radigan, to`g`riso`z, boyga ham gadoyga bir xil muomulada bo`luvchi ijobiy obraz. U o`z qizlari orasida Kordeliyani juda
1 Шекспир. Қирол Лир-.Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти 1981-Йил13-бет 2 Ўша китоб 15-бет 37
yaxshi ko`radi. Lekin uni bir og`iz so`zi uchun o`z yurtidan badarg`a qiladi. Fransuz qiroliga turmushga chiqib, fransiyaga ketadi. Biroq ketar oldidan opalari bilan bilan hayrlasharkan: Siz otamning qimmatbaho xazinalari, Kordeliya sizni tashlab ketar, ko`zi yosh, Men sizlarni juda yaxshi taniyman, ammo… Bir tug`ishgan opalarim bo`lganingiz-chun Sizda bo`lgan nuqsonlarni aytib turmayman. Otamizni yaxshi ko`ring, uni sizlarning Mahmadona qalbingizga topshirmoqdaman. Attaginang, nazaridan tushmagan bo`lsam, Uning uchun zo`r boshpana topgan bo`lardim. 1
bo`lmagan qiz ekanligi ko`rinib turadi. Buni qarangki, otasi uni sariq chaqasiz ko`chaga haydasa ham, u otasi uchun jon kuydirib qayg`uradi. O`zining tug`ishgan opalari esa buning aksini qilishadi. Mana necha yil-u, asrlardan buyon boylik uchun o`z jigarlarini o`ldirish, ming azoblarga duchor qilish uchun jon kuydirib qayg`uradi. O`zining tug`ishgan opalari esa buning aksini qilishadi. Mana necha yil-u, asrlardan buyon boulik uchun o`z jigarlarini o`ldirish, ming azoblarga duchor qilish davom etib kelmoqda. Ko`pgina asarlarni o`qir ekanman ularning deyarli barchasida ota va farzand o`rtasiga rahna soluvchi narsa bu – boylikdir. Boylik tufayli ko`p oilalar barbod bo`ladi. Bu asarda qizlarning ko`zini boylik ko`r qiladi. O`z otasiga qarshi qurol ko`tarishadi. Asarda otasining o`limini xohlaydigan yana bir qahramon bu Edmunddir. Nikohsiz tug`ilgan bu bola nafaqat otasiga, balki hech bir g`ayrligi bo`lmagan o`gay akasining boshiga ham ko`pgina azoblar soladi. Graf Glosterning o`g`li
1 Шекспир. Қирол Лир. -Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти 1981-Йил 23-бет, 38
Edmund otasining o`limini istaydi. Asarning g`oyasi o`sha davr uchun to`g`ri tanlangan. Chunki hali demokratiya vujudga kelmagan bu davrda jigarlarning pul va mansab uchun bir-birini o`ldirishi oddiy holga aylangan. Siz xoinlar, siz qotillar! Vaboga uchrang! Uni olib qolar edim… halal berdingiz, Olib qoldi! Kordeliya, Kordeliya, Muncha shoshasan! Ax Nimadi? Nima deding? Uning ovozi Xotinlikning latofati anqib turguvchi Juda yuvosh, juda nozik, muloyim edi, Qizginamni dorga osgan qulvachchani-chi, Men o`ldirdim. 1
Turli zamon va makon bo`lishiga qaramay, barcha davrlarda va davlatlarda farzand dog`i ota-onani bir xil qayg`uga soladi. Qirol lir ham ota. Qayerlik bo`lishidan, qanday unvonga ega ekanligidan qat’iy nazar u otadir. U ham farzand dog`ini ko`tara olmaydi. Osildingmi, sho`rlik bolam… hayoting yo`qmi! Nega axir itlar, otlar va kalamushlar Yashaydi-ku sen bechora nafas olmaysan? Yana qaytib kelmaysanmi, endi hech qachon? Hech qachon-a! Hech qachon-a! Shu yerimning tugmasini yechib yuboring… Raxmat sizga ko`ryapsizmi? Unga bir qarang: Ko`rsangiz-chi…lablariga…qarasangiz-chi… Qarasangiz-chi… 2
1 Шекспир. Қирол Лир.- T.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти, 1981-йил 198-бет, 2 Ўша китоб 200-бет 39
O`lim otani o`zi bilan olib ketadi. Uning so`nggi so`zlari ham farzandi madhi bilan yakunlanadi. Adabiyot hayotni o`zgartirishga yordam beruvchi asosiy manbaadir. Bu asar ham o`sha davrning zulmkor odamlari bag`rini, muz bosgan ko`nglini erita olgan bo`lsa ajab emas. Asarning ilk sahifalarida Lirni salobatli, yengilmas, bir so`zli odam tarzida tasavvur qilamiz. Lekin asar oxirlagani sari munkayib qolgan qari, bechorahol holda ko`z oldimizda gavdalanadi. Go`yoki, o`sha salobatli inson o`rnini kasalmand, hech narsaga yaramay qolgan dardmand chol egallaydi. Asarning eng fojiali qismi uning so`nggidadir. Qizining o`limidan qayg`uga botgan ota ko`z oldiizda, dardli, o`kinchli so`zlarini aytib jon beradi.
Oh-voh torting! Uvvos torting! Toshdil odamlar, Daryolarcha yosh oqizgan ko`zim bo`lsaydi,
Osmonni qo`porguday so`zim bo`lsaydi, Hayot qayda, o`lim qayda ajrata olaman, Nafas olmay yotibdi bu. Yer kabi o`lik. Bitta ko`zgu topib bering, qo`yib ko`ramiz. Agar ko`zgu xiralansa, demak, bu hayot. 1
o`ldirganlarni qoralaydi. Vaholangki, uning boshqa qizlari o`z singillari o`limiga sababchi bo`ladi.
1 Шекспир. Қирол Лир.- Т.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти, 1981-йил, 197-бет, |
ma'muriyatiga murojaat qiling