Frazema tarkibidagi so`zlarning tushib qolishi
Ellipsis hodisasi frazemalarda ko`p uchraydigan tashqi formani takomillashtiruvchi vosita
sanaladi. Masalan, “o`ylab, o`yiga yetolmaslik” frazemasining “o`yiga yetolmaslik” varianti ham
ellipsis asosida yuzaga kelib, shakily o`zgaradi, xolos. Bu hodisa umumtil frazemasiga semantik
jihatdan ham, grammatik jihatdan ham ta`sir o`tkazmaydi: “Yusuf alamli o`ylarining tagiga
yetolmasdi” [44;289]. Gapdan frazemaning tushib qolgan “o`ylab” qismi anglashilib turibdi.
Frazemalarning hatto birikmadan iborat komponenti ham ellipsisga ham uchrashi mumkin.
Masalan, yozuvchi umumtildagi “yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim” frazemasini shaklan
o`zgartirib, “Uyatdan yerga kirib ketmaymanmi?”[89;125] tarzida qo`llagan. Bunday holda
frazemaning birinchi qismi transformatsiyaga uchragan va bunda yozuvchi qaysi frazemaga
ishora etayotganini tashlangan komponentsiz ham anglab olish mumkin. Frazemalarning bu
tarzdagi transformatsiyasida til elementlarining tushib qolishi ularning ma`nolariga putur
yetkazmaydi, balki stilistik mahsuldorlikka erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |