Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/79
Sana09.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#263521
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Bog'liq
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)

Newcastle”  iborasi  “Surhandaryoga  xurmo  olib  bormoq”,  “Marg`ilonga  atlas  tashimoq”, 

“Chinozga  baliq  tashimoq”  deb  emas,  balki  neytral  ma’noga  ega  “daryoga  suv  tashimoq”, 

“o`rmonga  o`tin  olib  bormoq”  kabi  neytral  birikmalar  topish,  zarur  bo`lsa,  yangi  erkin 

frazeologik  birikmalar  yaratish  tavsiya  etiladi.  Ingliz  tilidan  o`zbek  tiliga  tarjima  qilingan 

frazeologik birikmalar o`zbekchalashtirilishi lozim, lekin bu bilan tarjimaning o`zini oqlamagan 

usullardan  foydalanish,  uni  suiiste’mol  qilish  nafaqat  tarjima  usuliga,  balki  mazmuniga  ham 

putur yetkazadi, tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. 

 

Belgilar  umumiy  va  maxsus  bo`lishi  mumkin.  Har  qanday  tilda  oq  rang  soflik,  adolat 



belgisidir. Shuningdek, qora - qayg`u, o`lim;  gul - chiroyli, sevgi; bulbul-chiroyli ovoz; bo`ri - 

hasislik, ochlik; tulki – makkorlik; iymon - donolik va hokazo. Bu belgilar umumiy belgilardir. 

Har xil geografik iqtisodiy, ijtimoiy, insonlarning siyosiy holatlari bilan bog`liq maxsus belgilar 

ham  mavjud.  Shunga  ko`ra  bir  frazeologik  birikmalarni  tarjimada  turli  hil  so`zlar  bilan 

solishtiramiz. M: as red as a cherry - olmaday qizil; as harmless as a dove - musichaday beozor. 

 

Har bir tilda o`zining milliy, madaniy xususiyatlariga ega bo`lgan frazeologik birikmalar 



mavjud. Frazeologik birikmalarning tarjimasi milliy, madaniy hususiyatiga chuqur e’tibor bergan 

holda qilinishi lozim. 

 

Frazeologik  birikmalar  har  bir  tilda  tashkil  topishi  jihatidan  ijtimoiy-tarixiy  hodisalar, 



aqliy  va  ruhiy  holatlar,  din,  milliy  an’ana  va  urf-odatlarni  o`z  ichiga  oladi.  Turli  xil  geografik 

nomlar  frazeologik  birikmalarning  tarkibiy  qismi  bo`lishi  mumkin.  M:  Do  in  Rome  as  the 




 

 

 



78 

 

 



 

Romans  do.  -  Onasini  uchqo`rg`ondan  ko`rsataman.  Frazeologik  birikmalar  milliy  xususiyatga 

ega bo`lganda boshqa tilga kalka orqali tarjima qilinadi. M: Golden wedding – oltin to`y. 

 

Ingliz tilida inson tana a’zolariga ko`z, qovoq, bosh va xokazolarga asoslangan bir necha 



iboralar mavjud.  Ba’zida notasviriy  ifodaviy, iboralar bilan tarjima qilish  muhim  bo`lib qoladi, 

lekin  ba’zida  tillarda  ishlatilishi  mumkin.  Tarjimon  iboralarni  va  asliyat  tilidagi  boshqa 

idiomalarni  yodda  saqlab  qolishni  o`rganishi  shart.  Haqiqiy  qiyinchilik  iboralarni  badiiy 

tomondan  tarjima  qilinayotganda  tug`iladi.  Tarjimon  tarjima  tilidagi  iboralarni  qo`llanilishiga 

sezgirligini  oshirish  va  ularning  jonliligini  ta’minlash  uchun  tabiiy  qo`llashi  va  asliyat  tilidagi 

usulini  saqlab  qolishi  kerak.  Asliyat  tilida  ibora  hisoblanmagan,  lekin  iboralar  bilan  yaxshi 

tarjima  qilinadigan  so`zlar  bo`lishi  mumkin.  M:  Dutch  courage    iborasi  o`zbek  tiliga  kayf, 

mastlik so`zlari bilan tarjima qilinadi. 

 

Evfemizm - bir so`z, iboraning boshqa so`z yoki ibora o`rniga qo`llanilishi. 



 

Lekin  efemizm  yoki  qog`ozga  o`rab  gapirish  nojoya  iboraning,  ijtimoiy  qabul 

qilinmagan, yoqimsiz bo`lgan so`zlardan qochish maqsadida qo`llaniladi. Hamma tillarda boshqa 

so`z  o`rnida  qo`llaniluvchi  ayniqsa  jinsiy  aloqa,  o`lim  va  g`ayritabiiy  holatlar  doirasida 

qo`llaniladigan evfemizmlar frazealogik birliklari mavjud. Yahudiylar Xudo so`zi o`rnida jannat 

so`zini  qo`llashgan.  Ko`plab  tillarda  o`lim  so`zining  o`rniga  boshqa  so`zlarni  qo`llash  qabul 

qilingan. Inglizlar pass away – (narigi dunyoga ketmoq) va boshqa ifodalarni qo`llashadi. Jinsiy 

aloqa ko`p tillarda pardalab gapirish as to know, to touch, to come together, to sleep with singari 

frazeologik  birikmalari  orqali  qo`llaniladi.  Qo`shma  Shtatlarda  qari  odamlarni  katta  yoshdagi 

shaxslar  (senior  citizens)  deb  atashadi.  Evfemizmlar  tarjima  tiliga  mos  keladigan  evfemizm 

so`zlar  bilan  qo`llanilishi  kerak.  Tarjimon  uchun  eng  muhim  narsa  shuki,  asosiy  tildagi 

evfemizmning tabiiyligini eslab qolish va so`ng tarjima tilida qabul qilingan va to`g`ri keladigan 

so`zga  tarjima  qilish  kerak.  Misol  uchun:  He  is  sleeping  with  his  father  iborasi:  U  qishlog`iga 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling