Zaxiralarning mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘qotishlar
Tovar assortimenti va tovar nomenklaturasi tushunchalari
Logistikada “tovar” tushunchasi o‘z ichiga xaqiqiy tovarni moddiy shaklda oladi, “xizmat” deganda, esa tovarning xarakatlanishi usullari sotish, rag‘batlantirish, mahsulo sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlari tushuniladi.
Tovar birlamchi, ya’ni mahsulotning aniq mahsus turida ko‘rinishi mumkin. “Tovar assortimenti” va “tovar nomenklaturasi” tushunchalari mavjud. Tovar assortimenti – o‘zaro bir yoki undan ko‘p belgi bo‘yicha bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan tovar guruhidir: umumiy xaridor guruhi, umumiy taqsimlash kanali, narxlarning o‘xshash kengligi. Tovar nomenklaturasi-savdoga taklif etiladigan barcha tovar assortimenti guruhlari tovar birliklarining yg‘indisidir.
Tovar nomenklaturasi uch ko‘rsatkich bilan xarakterlanadi:
kenglik;
chuqurlik;
ketma-ketlik.
Tovar nomenklaturasining kengligi-har bir assortiment guruhining umumiy yg‘indisi.
Tovar nomenklaturasining guruhliligi-har bir assortiment guruhida aloxida tovar turining soni.
Tovar nomenklaturasining ketma-ketligi – oxirgi istemol, taqsimlash kanallari va boshqa ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan har-xil assortiment guruh tovarlar o‘rtasidagi yaqinligi darajasini belgilaydi.
Tovar nomenklaturasi ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |