Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom
- Bu sahifa navigatsiya:
- JK 31-moddasi 1-qismi
- Tayyorlanayotgan jinoyat
- Sodir etilayotgan jinoyat
- Oldindan va’da bermagan holda jinoyatni yashirganlik
- JK 31-moddasi 3-qismiga
- Oldindan va’da bermagan holda yo‘l qo‘yib berish
- «Jinoyatda ishtirokchilik» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
- Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar
- Bir qancha jinoyat sodir etish
6-§. Jinoyatga daxldorlik NOTA BENE ! Jinoyatga daxldorlik – bu jinoiy daxldorlikning jinoyat haqida oldindan va’da bermagan holda xabar qilmaslik, oldindan va’da bermagan holda jinoyatchini yashirganlik va oldindan va’da bermagan holda jinoyatga yo‘l qo‘yganlikda ifodalanuvchi bajaruvchining qilmishi bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmagan shaklidir.
Daxldorlik ishtirokchilikdan shu bilan farqlanadiki, bunda jinoyatga daxldor shaxslar sodir etilgan jinoyatga muayyan munosabatda daxldor bo‘lsalar-da, u bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmaydilar, jinoiy natijaning kelib chiqishiga ko‘maklashmaydilar. Jinoyatga daxldorlik jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan bo‘lishi mumkin. Jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradiganlarga oldindan va’da bermagan holda jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda hokimiyat organlariga xabar 336
qilmaslik yoxud jinoyat sodir qilishga yo‘l qo‘yib berish 1 (JK 205-, 208- moddalari va boshqalar), oldindan va’da bermagan holda xabar qilmaslik va oldindan va’da bermagan holda yashirganlik, agar mazkur holatlar o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa (JK 241-moddasi), kabilarni aytish mumkin. Jinoyatga daxldorlikning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, u huquqni muhofaza etish organlariga o‘z faoliyatini, xususan, jinoyat sodir etishning oldini olish faoliyatini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Jinoyat haqida xabar qilmaslik, jinoyatni yashirish singari, jinoyatchilarda yoki jinoyat sodir etish niyatida bo‘lgan shaxslarda jazosiz qolish hissini vujudga keltiradi, ongda salbiy tasavvurni shakllantiradi, muayyan hollarda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan aybdor shaxslarning javobgarlikdan va jazodan qutulib qolishiga yordam beradi. JK 31-moddasi 1-qismi tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida oldindan va’da bermagan holda xabar qilmaslik shaklini ko‘rib chiqadi. Oldindan va’da qilinmagan xabar bermaslikning obyektiv tomoni harakatsizlikdan, ya’ni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib xabar bermaslikdan iborat passiv xulq-atvorda ifodalanadi. Ko‘p hollarda, jinoyat haqida xabar berish, avvalambor, fuqaroviy burch bo‘lganligi sababli xabar qilmaslik axloqiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilishi lozim. Biroq ba’zi hollarda, ayniqsa, qonun chiqaruvchi tomonidan eng xavfli deb belgilangan hollarda (ular tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasida ifodalanadi) Jinoyat kodeksining 241-moddasi mazmunida jinoiy jazoga sazovor qilmish sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Tayyorlanayotgan jinoyat – jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ifodalanadigan tugallanmagan jinoyat bosqichidir. U jinoyat sodir etish sharoitlarini yaratish, jinoyat sodir etish rejalarining ishlab chiqilishi, ishtirokchilarning qidirib topilishiga qaratilgan harakatlarda va ijtimoiy 1
предусмотрена (ст. 31), однако она выделяется в теории уголовного права, в связи с чем, ее отдельное рассмотрение представляется целесообразным. 337
xavfli qilmish sodir etishga bo‘lgan boshqa shu kabi tayyorgarlik harakatlarida ifodalanadi. Bundan tashqari, jinoyatga tayyorgarlik zarur qurolga ega bo‘lish, atrofni o‘rganish, ishtirokchilarni qidirish va hokazolarda ifodalanishi mumkin. (Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish haqida batafsilroq mazkur tom IX bobining «Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik» deb nomlanuvchi 2-§ ga qarang.)
jinoyat bosqichidir. Amaliyotda har xil maxsus akt jinoiy jazoga sazovor qilmishni tashkil etadigan, ammo umuman olganda tugallangan jinoyat tarkibini tashkil etmaydigan davomli jinoyatlar ham uchraydi. Bu kabilar ham sodir etilayotgan jinoyat deb topilishi lozim. (Jinoyat sodir etishga suiqasd haqida batafsilroq mazkur tom IX bobining «Jinoyat sodir etishga suiqasd» deb nomlanuvchi 3-§ ga qarang.)
konstruksiyalaridan kelib chiqib, tugallangan jinoyatdir. U JK Maxsus qismi aniq moddalari konstruksiyalari bo‘yicha tugallangan jinoyat tarkibini tashkil qiladigan harakatlarda o‘z ifodasini topadi. Xabar bermaslikni tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida aniq bila turib aybdorning huquqni muhofaza qilish organlari: surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sudlarga ma’lum qilmaganligida qayd etish mumkin. Mazkur organlarni xabardor qilishlik og‘zaki yoki yozma; shaxsan yoki boshqa shaxslar yordamida; ma’lumot kim tomonidan berilayotganligini ko‘rsatib yoki anonim tarzda va hokazo ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin, bunda ma’lumot berish shakli va turi ahamiyatga ega emas. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilayotgan ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan jinoyat, sodir etilayotgan jinoyat yoki sodir etilgan jinoyatlar haqidagi ma’lumotlar to‘liq va o‘z vaqtida yetkazilishi darkor. Ya’ni, shaxs jinoyat bilan bog‘liq unga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni juda tez vaqt ichida xabar berishi shart. Tugallanmagan yoki tugallangan jinoyat haqida xabar bermaslik jinoyat faktining mavjudligi uchun asosiy shartlardan biri – aybdor shaxs xabardorligining haqiqiyligidir. 338
Jinoyatchi xabardorligining haqiqiyligi shuni anglatadiki, unga ayon bo‘lgan faktlar, boshqa shaxs yoki shaxslar tomonidan sodir etilayotgan qilmishning jinoyatligi unda hech qanday shubha-gumon uyg‘otmaydi. Bunda, aybdor shaxs shuni tushunib yetishi kerakki, tayyorlanayotgan jinoyat, sodir etilayotgan jinoyat yoki sodir etilgan jinoyatlar o‘zining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar kategoriyasiga kiradi.
etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatni aniq bila turib xabar bermayotganligini biladi, o‘z harakatlari xarakterini anglaydi, bu harakatlar oqibatini oldindan ko‘ra biladi hamda istaydi yoxud shunga ongli ravishda yo‘l qo‘yadi. Bunda motiv va maqsad jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega emas. JK 31-moddasi 2-qismi daxldorlikning oldindan va’da bermagan holda yashirganlik shaklini belgilaydi. Uning ijtimoiy xavfliligi jinoyatni fosh etishda qiyinchiliklar tug‘dirishidadir.
tugallanishigacha bajaruvchiga va’da berilmagan yashirishdir. U jinoyat bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lmaydi, shu holat bilan oldindan va’da bergan holda yashirish shaklidagi yordamchilikdan farq qiladi. Oldindan va’da bermasdan jinoyatni yashirish obyektiv tomondan aynan harakatlarda, ya’ni jinoyatchiga jismoniy ko‘mak berish, u yashirinishi mumkin bo‘lgan turar joyni taqdim etish orqali uni odil sudlov organlaridan yashirish, uni qalbaki yoki o‘zga shaxslarga tegishli hujjatlar bilan ta’minlashda ifodalanadi. (Jinoyatchini, jinoyat vositalari va qurollari, jinoyat izlari, jinoiy yo‘l bilan topilgan narsalarni yashirish tushunchasi haqida batafsilroq mazkur bobning «Jinoyat ishtirokchilarining turlari» deb nomlanuvchi 2-§ ga qarang.) Jinoyatda yordamchilikdan farqliroq, uni yashirganlik jinoyatga daxldorlikning shakli sifatida shundan kelib chiqadiki, yashirishga rozilik jinoyat tugallanganidan keyin beriladi va shuning uchun u jinoyat bilan sababiy-oqibat bog‘liqlikda bo‘lmaydi. Oldindan va’da bermagan holda 339
yashirishni uning obyektiv tomoniga kiradigan harakatlardan biri bajarilgan paytdan boshlab tugallangan deb hisoblash lozim. Oldindan va’da qilmagan holda jinoiy yo‘l bilan topilganligi aniq ayon bo‘lgan mulkni olish oldindan va’da bermagan holda yashirish deb qaralishi mumkin emas, chunki bu qilmish JK 171-moddasida javobgarlik belgilangan jinoyatning mustaqil tarkibini tashkil qiladi. Yashirish subyekt tomondan faqat to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi. Yashiruvchi, birinchidan, o‘ta og‘ir yoki og‘ir jinoyatni yashirayotganligini, ikkinchidan, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglaydi. Shaxs jinoyatni yashirganlik uchun faqat o‘zi bilgan jinoyat uchungina javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyatni yashirish jinoyatining tarkibi formal bo‘lganligi sababli aybdor o‘zi amalga oshirayotgan harakatlarning sodir etilishini xohlaydi. Faqat 16 yoshga yetgan shaxslar oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Bunda JK 31-moddasi 3-qismiga ko‘ra, oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi. JK Maxsus qismining sakkizinchi bo‘limida izohlanishicha, yaqin qarindoshlarga qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa- singillari kiradi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat haqida xabar bermaganlik va uni yashirganlik bilan birga, jinoyatga daxldorlikning JK Umumiy qismida nazarda tutilmagan uchinchi shakli – jinoyatga yo‘l qo‘yib berish ham ajratib ko‘rsatiladi. Oldindan va’da bermagan holda yo‘l qo‘yib berish jinoyatga to‘sqinlik qilishi shart bo‘lgan va bunga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan shaxsning jinoyat sodir etilishga to‘sqinlik qilmaganligidan iboratdir. Oldindan va’da qilingan holda jinoyatga yo‘l qo‘yib berish yordamchilik ko‘rinishida jinoyatda ishtirokchilikni tashkil qiladi. 340
Jinoyatga yo‘l qo‘yib berish obyektiv tomondan biror shaxs zimmasida xizmat yoki mansab holatiga ko‘ra, qonun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramay, harakatsizlik, tayyorlanayotgan jinoyatni bartaraf etish, sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish yoki jinoyat sodir etgan shaxsning kelgusi jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish choralarini ko‘rmaslikda namoyon bo‘ladi. Yo‘l qo‘yib berish subyekt tomondan to‘g‘ri qasd bilan tavsiflanadi. Aybdor o‘z passiv xulq-atvorining (harakat qilishning real imkoni bo‘lgani holda) ijtimoiy xavfini tushunadi va shuni xohlaydi. Aytish lozimki, oldindan va’da bermay jinoyatga yo‘l qo‘yib berish xavf ostida qoldirish (JK 117-moddasi), mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish (JK 172-moddasi), hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 205-moddasi), hokimiyat harakatsizligi (JK 208- moddasi) kabi jinoyatlarning alohida tarkibi sifatida nazarda tutilgan. «Jinoyatda ishtirokchilik» mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 1. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatning yuqoriroq ijtimoiy xavfliligi nimada? 2. Ishtirokchilikning obyektiv belgilari nimalardan iborat? 3. Ishtirokchilikning subyekt belgilari nimalardan iborat? 4. Javobgarlik kelib chiqadigan yoshga to‘lmagan, aqli noraso yoki aybsiz holda harakat qilgan shaxs bilan ishtirokchilik vujudga kelishi mumkinmi? 5. Jinoyat ishtirokchilarining qanday turlari mavjud? Jinoyat ishtirokchilarining qanday turi eng xavfli ko‘rinadi va nima uchun? 6. Jinoyatni bilvosita sodir etish nima? 7. Boshqa shaxsning jinoyatni sodir etish maqsadini qo‘llab- quvvatlagan shaxs dalolatchi deb topiladimi? 8. Dalolatchilik intellektual yordamchilikdan nima bilan farqlanadi? 9. Jinoyat sodir etilishini kuzatgan va uning oldini olish bo‘yicha hech qanday choralarni ko‘rmagan shaxs yordamchi deb topilishi mumkinmi? 341
10. Ishtirokchilikning qanday turlari va shakllari ajratiladi? Amaldagi qonunchilikka muvofiq ishtirokchilikni shakllarga tasniflashning qanday mezonlari bor? 11. Birgalikdagi bajaruvchilik nima? Rollar taqsimoti bilan ishtirokchilik nima? 12. Birgalikdagi bajaruvchilik (oddiy ishtirokchilik) va rollar taqsimoti bilan ishtirokchilik (murakkab ishtirokchilik) mavjudligida ishtirokchilarning xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday? 13. Jinoyat sodir etishda oddiy ishtirokchilik deganda nima tushuniladi? Bunda kvalifikatsiya qilishning qoidalari qanday? 14. Murakkab ishtirokchilik nima? Uning jinoyat-huquqiy ahamiyati nimada?
15. Uyushgan guruh deganda nima tushuniladi? 16. Jinoiy uyushma deganda nima tushuniladi? 17. Bir guruh shaxslar deganda nima tushuniladi? Agar ikkinchi jinoyat ishtirokchisi aqli noraso shaxs bo‘lgan bo‘lsa, guruh mavjud bo‘ladimi? 18. Uyushgan guruh va jinoiy uyushma o‘rtasidagi hamda uyushgan guruh va oldindan til biriktirgan bir guruh shaxslar o‘rtasidagi farq nimadan iborat? 19. Jinoyat ishtirokchilarining javobgarligi asoslari va doirasini ta’riflab bering. 20. Bajaruvchi eksessi nima, uning qanday turlari mavjud? 21. Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilik deganda nima tushuniladi? Muvaffaqiyatsiz ishtirokchilikda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchining xatti-harakatlarini kvalifikatsiya qilish qoidalari qanday? 22. Jinoyat ishtirokchilari jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytishining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering. 23. Maxsus subyektli jinoyatlarda ishtirokchilik uchun javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? 24. Jinoyatga daxldorlik nima? Jinoyatga daxldorlik va ishtirokchilik o‘rtasidagi farq nimada? 342
25. Jinoyatga daxldorlikning qanday turlari mavjud, ularning jinoyat- huquqiy ahamiyati nimadan iborat? Qo‘shimcha adabiyotlar O‘quv qo‘llanmalar, maxsus adabiyotlar Абдумажидов Г.А., Абдурасулова К.Р. Правовой анализ организованной преступности и наркомании // Ж. Научные Труды Академии финансовой полиции. Вып.2. – Алматы.: Жеты жаргы. 2001. – 144–147- б.
Вопросы квалификации. – Кубань: Кубанский государственный аграрный университет, 2000. – 200 Б.
«Юридический центр Пресс», 2001. – 362 Б. Топильская Е.В. Организованная преступность. – СПб.: «Юридический центр Пресс». 1999. – 256 Б. Ilmiy maqolalar Зуфаров Р.А. Институт соучастия в уголовном праве зарубежных стран // Иштирокчиликда содир этиладиган жиноятларга қарши курашнинг миллий тажрибаси: бугунги ҳолати ва қонунчиликни такомиллаштириш истиқболлари. Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами (2016 йил 25 апрель). – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 45-54.
содир
этганлик учун
жавобгарлик масалалари ҳамда жабрланувчининг хулқ-атворига доир айрим мулоҳазалар // Иштирокчиликда содир этиладиган жиноятларга қарши курашнинг миллий
тажрибаси: бугунги
ҳолати ва
қонунчиликни такомиллаштириш истиқболлари. Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами (2016 йил 25 апрель). – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 134-143. 343
Рустамбаев А.М. Общие черты и различия уголовно-правовых признаков групповой и организованной преступности // Ж. Давлат ва ҳуқуқ. 2005. № 5 (27). – 39-43-б.
уголовной ответственности лидеров, организаторов преступных группировок // Вестник ТГЮИ, 2-ой выпуск. 2006. – 55–58-б.
правовое значение «простейших» форм соучастия // Конституция – ҳуқуқий давлат қуришнинг асоси. – Т.: 1996. – 163–166-б.
преступлениях со специальным субъектом // Ж. Российский следователь. 2003. № 7. – 36–38-б.
қилганлик учун жавобгарлик // Иштирокчиликда содир этиладиган жиноятларга қарши курашнинг миллий тажрибаси: бугунги ҳолати ва қонунчиликни такомиллаштириш истиқболлари. Республика илмий- амалий конференция материаллари тўплами (2016 йил 25 апрель). – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 143-150. Якубов А.С. Уголовно-правовые основы борьбы
с организованными формами преступной деятельности в Республике Узбекистан // Ж. Маяк Востока. 1995. № 2. – 55–58-б.
344
XI BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH 1-§. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi va turlari Bir shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida yoki turli vaqtda bir qancha jinoyatlarni sodir etilishi tergov-sud amaliyotida ko‘p uchraydigan hodisadir. Jinoyat huquqida bu hodisa bir qancha jinoyat sodir etish deb nomlanadi.
huquqiy oqibatlarga olib keluvchi jinoyatning muayyan shakllarini aks ettiruvchi jinoiy-huquqiy atama sifatida tavsiflanishi lozim.
o‘zida yoki ketma-ket tamomlangan yoki tamomlanmagan bo‘lishidan, shaxsan o‘zi yoki ishtirokchilikda sodir etilgan yoki etilmagan bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy-huquqiy oqibatlar mavjudlik sharti bo‘lganda, ikki yoki undan ortiq har biri jinoyatlarning mustaqil tarkibini tashkil etuvchi jinoiy qilmish sodir etishdan iboratdir.
Quyidagi belgilar bir qancha jinoyat sodir etishga xosdir: – JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, turli moddalarida yoki moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning shaxs tomonidan sodir etilishi; – bir qancha jinoyatni tashkil etuvchi qilmishlarning har biri alohida jinoyat bo‘lishi; – shunday jinoiy qilmishlarni sodir etish faktidan kelib chiqadigan jinoiy-huquqiy oqibatlarning mavjudligi (jinoyatlar bo‘yicha sudlanganlik tugallangan yoki olib tashlangan bo‘lsa yoxud ular uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi istisno qilinadigan bo‘lsa, bu bir qancha jinoyat sodir etishni tashkil qilmaydi). Aybdorning biri JK 14-moddasiga muvofiq, jinoyat deb hisoblanmaydigan va ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik sifatida 345
yoxud axloqqa xilof harakat sifatida kvalifikatsiya qilinadigan, ikkinchisi esa jinoyat bo‘lib hisoblanadigan qilmishlari takroran jinoyat sodir etishni tashkil etmaydi. Masalan, mayda bezorilik (MJtK 183-moddasida ko‘zda tutilgan) va bezorilik (JK 277-moddasi) takroran jinoyat sodir etish (shu jumladan, bir qancha jinoyat sodir etish)ni tashkil etmaydi. Bir qancha jinoyat sodir etish aybdor shaxsining ham (shaxsning jinoyatlar sodir etishga, ko‘pincha professional jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ko‘proq moyilligini namoyon qiladi), umuman sodir etilgan qilmishning ham (natijada jinoyat huquqi tomonidan qo‘riqlanadigan munosabatlarning kengroq doirasi zarar ko‘radi, jamiyatning boshqa beqaror a’zolarida jazolanmay qolish mumkin degan xomhayol uyg‘otadi, jinoyatlar buzilishi va dinamikasida keng tarqalgan hodisaga aylanadi) ijtimoiy xavfliligi kattaroq ekanligidan dalolat beradi. Bu JK Maxsus qismining ko‘p normalarida aks etgan bo‘lib, bu moddalar sanksiyalarida bir qancha jinoyat sodir etishning turli ko‘rinishlari (shakllari) uchun ko‘proq javobgarlik nazarda tutilgan. Bir qancha jinoyat sodir etishning yuridik mazmuni shundan iboratki, u jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazadi, jazo tayinlashning maxsus qoidalarini (bir necha marta sodir etilganda jazo tayinlash va bir necha hukm bo‘yicha jazo tayinlash) keltirib chiqaradi, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini hal qilishga, xususan, yarashuvga (JK 661-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), jazoni o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish (JK 73- moddasi)ga ta’sir ko‘rsatadi. JKning Umumiy qismida bir qancha jinoyat sodir etishning uchta ko‘rinishi (shakli) ajratib ko‘rsatiladi: takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat. Bunda mazkur ko‘rinishlarning tasnifi va nisbati to‘g‘risida yuridik adabiyotlarda turli nuqtai nazarlar mavjud. Biroq ularni tadqiq etish mazkur ishimiz doirasidan chetga chiqib ketgan bo‘lar edi. Ta’kidlab o‘tamizki, biz qonun chiqaruvchi tomonidan JKning VIII bobida taklif etilgan tasniflashga qo‘shilamiz. Bunday tasniflash qoidalariga binoan, bir qancha jinoyat sodir etish shakllari takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyat hisoblanadi. Jinoyat huquqi 346
tegishli huquqiy oqibatlarni, ya’ni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash xususiyatlari, javobgarlik va jazodan ozod qilish xususiyatlarini aynan shu huquqiy tushunchalar bilan bog‘laydi. Bir qancha jinoyat sodir etish turlarining shakllanishiga jinoyatlarning bir xil, turdosh va har xil turlari birlashib ketishi ta’sir o‘tkazadi. Asosiy yoki kvalifikatsiya qilinuvchi muhim yuridik belgilari bo‘yicha to‘la mos tushadigan jinoyatlar bir xil jinoyatlar deb tan olinadi
1 . Masalan, qasddan odam o‘ldirish va o‘ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan xuddi shunday odam o‘ldirishni bir xil jinoyat deb topish lozim. Qilmishning kvalifikatsiya qilinishga ta’sir etadigan ikkinchi yo‘l bilan alohida usulda odam o‘ldirish bu jinoyatlarning bir xil ekanligini o‘zgartirmaydi, chunki har ikkala holatda ham jinoyat sodir etish usuli (boshqa odamni hayotdan mahrum qilish), shuningdek, qilmishning boshqa muhim yuridik belgilari (tajovuz obyekti, ayb shakli, subyektning belgilari) bir xildir. Tajovuz obyekti, ayb shakllari bo‘yicha o‘xshash, lekin qilmishning obyektiv tomoni belgilari, uning motivlari va maqsadlariga ko‘ra farqlanadigan jinoyatlar turdosh jinoyatlar hisoblanadi. Masalan, nomusga tegish (JK 118-moddasi) bilan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-moddasi), talonchilik (JK 166- moddasi) bilan o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) turdosh jinoyatlardir. Muhim yuridik belgilari bo‘yicha to‘la farq qiladigan jinoyatlar har Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling