Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази
Gazlarning fizikaviy xususiyatlari
Download 4.59 Mb.
|
B majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo n u v i s s i q l i g i
- Aseitelin
Gazlarning fizikaviy xususiyatlari.
1.2- jadval.
Tabiiy gazlar xidsiz va rangsizdir. Agarda – gazlarni uzoq masofaga yetkazib berish talab etilsa, ular oldindan quritiladi. Ko’pgina xolda sun’iy gazlar tez tarqaluvchi noxush xidga egadir, bu esa gazdan foydalanishda, gaz quvurlari va boshqaruv uskunalaridan gaz chiqqanda zudlik bilan aniqlashni yengillashtiradi. Tabiiy gazlar gaz tarmoqlariga uzatilishdan oldin o d a r i z a s i ya qilinadi, ya’ni tez noxush xid tarqatuvchi odarant qo’shiladi. Toza yonuvchi gazlarning yonuv issikligi. 1.3-jadval
Misol 1.1. Quyidagi tarkibga ega bo’lgan: CH 4 = 93%; C2 H6 = 2,8%; C3H 8 = 1,8%; C 4H 10 = 0,8%; CO 2 = 0,2%; O 2 = 0,1%; N 2 = 1,3%; gazlar uchun yuqori va past miqdordagi yonuv issiqligini, zichligini va havoga nisbatan nisbiy zichligini xisoblang. Yechish: Gazlarning yonuv issiqligini xisoblashda yoqilg’ining tarkibidagi yonuvchi komponentlarning qiymatini xar bir gaz uchun berilgan xajmiy qiymatga ko’paytirib ularning yig’indisi deb xisoblanadi. Yuqori miqdordagi yonuv issiqligini xisoblaymiz: Qyuk ishchi = 0.01[93·39860+2,8·70420+1,8·101740+0,8·133980] = 41945 kJ/m3 Past miqdordagi yonuv issiqligini aniqlaymiz: Qpastishchi = 0.01[93·35840+2,8·63730+1,8·93370+0,8·123770] = 37783 kJ/m3 Gazlarning zichligi ularni tashkil etgan xar bir gaz zichligi qiymatini, berilgan xajmiy qiymatga (foiz xisobida) aloxida ko’paytirilib, umumiy yig’indisi orqali topiladi: ρgaz = 0.01[93·0,777+2,8·1,357+1,8·2,019+0,8·2,703+0,2·1,977+0,1·1,429+ +1,3·1,251] = 0,784 kg/m3 Havoga nisbatan zichligini hisoblaymiz: S = ρgaz |ρhavo = 0,784/1,293 = 0,606 Tayanch so’z va iboralar: t a b i i y gazlar va s u n ‘ i y gazlar, Gazlarning fizikaviy xususiyatlari, Gazlarning ximiyaviy xususiyatlari, to’yingan gaz nam saqlanmasining harorati. Yangi mavzuni mustahkamlash (15 minut): O’quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish, fanning mohiyati, xalq xo’jaligini rivojlantirishda tutgan o’rni, fanning maqsad vazifalari,tarixi haqida kim ko’p narsa biladi tarzida qisqa muddatli bahsli musobaqa o’tkazish. Tekshirish uchun nazorat savollari. Gazlarning fizikaviy xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? Yonuvchi gazlarning issiqligi? Tabiiy gazlar nima uchun odarizasiya qilinadi? Gazlarning yonuv issiqligini qanday hisoblab topamiz? Yakuniy qism. (5 minut): Dars davomida faol ishtirokchilar xolisona baholanadi. Darsda passiv o’quvchilarni yanagi darsga faol ishtirok etishlarini aytilib, uyga vazifa beriladi: O’tilgan mavzuni o’zlashtirib, konspektlashtirib, tushunmagan joylarini belgilab kelish “Tasdiqlayman” O`quv ishlar bo`yich Direktor o`rinbosari ________________ “___”_______201_ yil DARS REJA № 3
O`quv fanining nomi: Gaz ta`minoti tizimlari Mavzu nomi: Gazlardagi zaharli moddalar.Gazlarning normal va standart holatlari Darsning maqsadlari: Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o`zlashtirgandan song o`quvchilar quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladilar: Gazlardagi zaharli moddalar. Gazlarning normal holatlari. Gazlardagi standart holatlar. Ta`lim metodlari: Baliq skaleti, Aqliy hujum Baholash metodi: O’quvchilarni olgan bilimlariga qarab 2.3.4.5 baxolar bilan baxolash. Axborot manbalri va texnik vositalari: kompuyter, proektor, kodoskop, sirkul, chizg’ich, kronsirkullar, planshet, ko’rgazmali vositalar, tarqatma materiallar. Dars turi: nazariy Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 90 minut Uyga vazifa: a) O’tilgan mavzuni o’qib kelish. O`qituvchi: ____________ B Turapov “GAZLARDAGI ZAHARLI MODDALAR.GAZLARNING NORMAL VA STANDART HOLATLARI” MAVZUSI UCHUN TEXNOLOGIK XARITA
Download 4.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling