Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet77/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135
Bog'liq
B majmua

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Piramida savol – javob, aqliy hujum, kichik guruhlarda
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan suvni isitish uchun turli suv isitgichlar: KGI - 56, AGV - 80 va AGV - 120 qo'llaniladi.
KGI - 56 avtomatik oqova gaz suv isitgichi xonadonni issiq suv bi­lan ta'minlash uchun mo’jallanadi. U orqali bir yoki bir necha qo'shni xonalarda joylashgan nuqtalardan suv olish mumkin. Suv isitgich (issiqlik ajratuvchanligi, har minutda) 10 litr suvni 17 dan 45° S gacjia yoki 6 litr suvni 5 dan 52°C gacha isitishni ta'minlaydi.
K GI - 56 isitgichi gaz gorelkasini ma'lum masofadan turib boshqarishga imkon beradigan va suv kelishi tasodifan to'xtab qolgan yoki suv tarmog'i tarmog'idagi bosim ancha pasaygan hollarda suv tasodifan to'xtab qolganda gaz klapanini berkitadigan qurilma bilan ji-hozlangan. Issiq suv olish to'xtagan hollarda gorelka o'chadi, suv olish tiklanganda esa yonib turgan pilikdan o'z-o'zidan o't oladi. Sanitariya jihozlaridagi issiq suv kranlari ochilganda yoki yopilganda suv isit­gich o'z-o'zidan ulanadi yoki uziladi. Suv isitgich yaxshi shamollatib turiladigan va yaxshi tortadigan dudbroni bo'lgan xonaga o'rnatiladi.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling