„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Viloyatning joriy yildagi iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish ko„rsatkichlari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/77
Sana05.01.2022
Hajmi1.89 Mb.
#212578
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xojalik yerlaridan samarali foydalanish yollari mirishkor tumani turdialibobo fermer xojaligi misolida

Viloyatning joriy yildagi iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish ko„rsatkichlari. 

2014  yilda  yalpi  hududiy  mahsulot  hajmi  oldingi  yilga  nisbatan  107,9 

foizga,  sanoat  mahsulotlari  hajmi  106,7  foizga,  xalq  iste‘moli  mollari  ishlab 

chiqarish  105,8  foizga,  qishloq  xo‗jaligi  yalpi  mahsuloti  106,2  foizga,  pudrat 

ishlari  120,1  foizga, chakana savdo aylanmasi 116,2  foizga,  pulli  xizmatlar  111,7 

foizga, jami xizmatlar 118,1 foizga oshgan. Tashqi savdo operatsiyalarida eksport 

hajmi 323,5 mln dollarini tashqil etmoqda.  

2014 yilda bilan aholi jon boshiga yalpi hududiy  mahsulot 3,6 mln so‗mni, 

sanoat  mahsulotlari  2,2  mln  so‗mni,  xalq  iste‘moli  mollari  ishlab  chiqarish  380 

ming so‗mni, jami ko‗rsatilgan xizmatlar 1,5 mln so‗mni, pullik xizmat ko‗rsatish 

439,5 ming so‗mni, chakana tovar aylanmasi 1,5 mln so‗mni tashqil etdi. 

Barcha manbalar hisobidan 3,9 trln so‗mlik kapital mablag‗lar o‗zlashtirildi.  

2014  yilda  281  ta  sanoat  korxonasi  ishga  tushirilib,  ularning  faoliyatini 

tashqil etish uchun 61,8 mlrd so‗m investitsiyalar jalb etildi. 

2014-2016  yillarda  sanoat  kooperatsiyasi  asosida  tayyor  mahsulotlar, 

butlovchi  buyumlar  va  materiallar  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  Dasturiga 

asosan 7 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. 



Ushbu loyihalar tomonidan 2014 yilda 10 mlrd so‗m miqdorida mahsulotlar 

ishlab  chiqarildi  yoki  belgilangan  prognoz  (1,7  mln  so‗m)  ko‗rsatkich  6  marta 

ko‗pga bajarildi.  

Misol  uchun,  Qarshi  tumanidagi  ―Santexyig‗majihoz‖  mas‘uliyati 

cheklangan  jamiyatning  polimer-marmar  vannalar  ishlab  chiqarish  loyihasi 

bo‗yicha  1900  dona  475,8  mln  so‗mlik,  Qarshi  shahridagi  ―NASAF  TOZA 

SIFAT‖  mas‘uliyati  cheklangan  jamiyatning  sintetik  yuvish  moslamalari  loyihasi 

bo‗yicha 128 tonna 397 mln so‗mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. 

2014  yilda  mahalliylashtirish  loyihalari  tomonidan  41,2  mln  dollar 

miqdorida  erkin  ayirboshlanadigan  valyuta  iqtisod  qilib  qolindi  hamda  24,3  mln 

dollar miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. 

Viloyatda  xizmatlar  sohasi  va  servisni  rivojlantirish  dasturida  belgilangan 

ko‗rsatkichlarni amalga oshirilishi natijasida ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi 4,5 trln 

so‗mga yetdi.  

Jami  xizmatlarning  qishloq  joylardagi  ulushi  1,5  trln  so‗mni  (32,1  foiz) 

tashqil etdi. 

2014 yilda 1147 ta xizmat ko‗rsatish va servis shoxobchalari tashqil etildi va 

ularning 544 tasi qishloq joylarida faoliyat ko‗rsatmoqda.  

Xususan,  315  tasi  chakana  savdo  va  umumiy  ovqatlanish,  52  ta  moliya 

xizmatlari,  124  ta  tikuvchilik,  123  ta  sartaroshxona  va  go‗zallik  salonlari,  29  ta 

suratxona,  55  ta  poyafzal  ta‘mirlash,  17  ta  maishiy  texnikalarni  ta‘mirlash,  63  ta 

avtomobil  va  boshqa  texnikalarni  ta‘mirlash  ustaxonalari,  7  ta  ta‘lim  va  10  ta 

sog‗liqni saqlash xizmatlari ko‗rsatuvchi subyektlar tashqil etildi. 

Shuningdek,  viloyatda  36  ta  sun‘iy  qoplamali  stadionlar  foydalanishga 

topshirildi.  (Qarshi  shahrida  21  ta,  Shaxrisabz  tumanida  7  ta,  Muborak,  Koson, 

G‗uzor tumanida 2 tadan, Qarshi, Nishon tumanlarida 1 tadan). 

Yaratilgan  imkoniyat  va  imtiyozlardan  foydalangan  holda  ishbilarmonlik 

muhitini yanada yaxshilash yuzasidan ko‗rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2014 

yilda  kichik  biznesning  1578  ta  yangi  subyektlarini  tashqil  etishga  ko‗maklashdi 

hamda  ularning  jami  soni  17492  taga  yetdi.  Ularning  15808  tasi  yoki  90,4  foizi 

faoliyat ko‗rsatmoqda.  

Kichik  biznes  subyektlari  tomonidan  1,1  trln  so‗mlik  sanoat  mahsulotlari 

ishlab chiqarilidi, 551 mlrd so‗mlik qurilish ishlari bajarildi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  10535  ta  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlariga 500 mlrd so‗m kredit mablag‗lari ajratildi.  

Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat mahsulot-laridagi 

ulushi  2013  yildagi  10,1  foizdan  16,9  foizga  (6,8  bandga),  qurilish  ishlaridagi 

ulushi 73,9 foizdan 74,9 foiz (1,0 bandga) o‗sishga erishildi.  




2014 yil viloyat qishloq xo‗jaligi  uchun ijobiy natijalar yili bo‗ldi. Qishloq 

xo‗jaligida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  natijasida  viloyatda  joriy 

yilda 1035,4 ming tonna g‗alla, 421,5 ming tonnadan ortiq paxta yoki 2013 yilga 

nisbatan 27,8 ming tonna ko‗p g‗alla hosili yetishtirildi. 

Hosildorlik  g‗allachilikda  suvli  maydonlarda  54,4  sentnerni,  paxtachilikda 

26,3  sentnerni  tashqil  etib,  2013  yilga  nisbatan  mos  ravishda  2,4  sentner  va  0,7 

sentnerga ortdi. 2013 yilda g‗alla va paxta yetishtirishdan 171,6 mlrd so‗m foyda 

olingan bo‗lsa, 2014 yilda 215,6 mlrd so‗m foyda olinmoqda. 

Bundan  tashqari,  2014  yilda  110,7  ming  tonna  meva,  467,3  ming  tonna 

sabzavot, 150,2 ming tonna kartoshka, 130,6 ming tonna poliz mahsulotlari ishlab 

chiqarildi, ushbu mahsulotlarning yetishtirish ko‗rsatkichi o‗tgan yilga nisbatan 10-

15 foizga ko‗paydi. 

 


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling