Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


 0 ‘sha yerda,  3 1 2 - bet.  (A slida bu voqea  Baqtriyada yu z beradi)


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet10/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34

1 0 ‘sha yerda,  3 1 2 - bet.  (A slida bu voqea  Baqtriyada yu z beradi).
2  Patanin  G .N .  K azak  -  kirgizskiye  i  altayskiye  predaniye.  L egen d i skazki.  Jurnal 
«Jivayastarina»,  №   9 0 2 ,  v ip .I I -I I I ,  1896,  str. 172.
106

Arrian  esa,  «Aleksandrning  yurishi»  rom anining  to ‘rtinchi  kitobi 
avvalida shunday fikrni aytadi. «Yevropada yashovchi bu elat juda katta edi. 
Aleksandr ular bilan  d o ‘stlik aloqalarini bog‘lash uch un   o ‘z  odam larini 
yuboradi.  Bu elchilaming asosiy maqsadi ularning tabiati bilan tanishish, 
urf-odatlarini  bilish  qanaqa  qurol  bilan  jang  qilishlarini  o ‘rganishdan 
iborat ed i1.
Aynan  m ana  shunga  yaqin  bo'lgan  epizodni  Kvint  Kursiy  Rufning 
«Aleksandr M akedonskiy tarixi» rom anida ham  uchratam iz.  «Shoh ular 
hilan juda muloyim gaplashadi.  Bu Yevropa skiflariga o ‘zining yaqin kishisi 
Pendani  elchi  qilib  yuboradi.  Shohning  elchi  yuborishidan  maqsadi, 
yevropaliklarni  Tanais  (D o n )  daryosidan  beruxsat  o ‘z  chegarasiga 
o4masliklari to ‘g‘risida ogohlantirish edi»2.
Ko'rinib turibdiki, uchala rom anda keltirilgan epizodlar qaysidir qirrasi 
hilan bir-biriga yaqin turadi,  qaysi tom oni bilandir bir-biriga o ‘xshashligi 
scziladi.
Boshqa grek va Rim nasriy asarlarida So‘g‘diyonaning milliy qahramoni 
Spitam enning  o ‘limi  haqida  turlicha  hikoya  qilinadi.  U larning  birida 
S p itam en n i  x o tin i  o ‘ldirgan  deyilsa,  b o sh q a  b irid a  A lek san drnin g  
sodiq  kishilari,  ayg‘oqchilari o ‘ldirgan degan fikr olm a suriladi.  D iodor 
rom anida  esa  Satibarzon  (yozuvchi  Spitam enni  shunday  nomlaydi) 
m a k e d o n iy a lik   s a rk a rd a si  E rig iy   b ila n   y a k k a m a -y a k k a   ja n g d a  
inardlarcha olishib  halok  b o ‘ladi3.  Albatta, bu voqeaning tarixiy asos- 
lari haqida biror narsa deyish qiyin.  Ko‘rinib turibdiki, grek va rim  adiblari
i jodida  Spitam enning о  limi haqida turli xil epizodlar yaratilgan.  Shular 
ichida  D iodor  asarining  badiiy  um um lashm asi  ko‘p   jih atd an   hayotiy 
chiqqan va uning estetik ham da tarbiyaviy ta ’siri kuchi kattadir.
D io d o r  o ‘z  q a h ra m o n i  S a tib arzo n n in g   x o tin i  yoki  q an d ay d ir 
nom a’lum  shaxs tom onidan o'ldirilishini xohlam agan b o ‘lishi m um kin. 
Shuning uchun ham ,  Satibarzonning yakkama-yakka jangda m ardonavor 
o'lim i bilan bog‘liq voqealar ancha ta ’sirli chiqqan.
Ayrim  tarixiy  m anbalarda  Spitam en  qaroqchi,  isyonkor,  behayo, 
g'alayonchi sifatida tasvirlanadi4.
1 Arrian.  Poxod Aleksandra.  Izd -v o  A N   S S S R ,  M -L .,  1962,  str.  33.

  Kvint  Kursiy Ruf.  Istoriya Aleksandra M akedonskogo.  Izd.  M G U ,  1963, str.  273.
1 D iodor.  Istoricheskaya biblioteka, str.  114.
1 N .G.  D rayzen.  Istoriya ellinizm a,  М .,  1896, str.  136.
107

Bundan  ko‘rinadiki,  ayrim  tarixchilar  Spitam en  q o ‘zg‘olonining  va 
uning vatanparvarlik kurashining mohiyatini to ‘liq yoritib bermaydi.  0 ‘rta 
Osiyo  haqida  o ‘z  asarlarida  ancha  keng  m a’lum ot  keltirgan  A rrian  va 
Kursiy  R uf ham   Spitam en  harakatiga  keng  to ‘xtalib  o ‘tmaydi.  D iodor 
asarida  esa  boshqacha  bir  holatni  ko‘ramiz.  Y ozuvchining  fikricha, 
Satibarzon  (ya’ni  Spitam en)  m ohir sarkarda va jasoratli  inson1  edi.
M akedonlar bilan  so‘g‘diyonaliklar o ‘rtasida  keskinjang  ketadi.  0 ‘z 
vatanini qattiq turib himoya qilgan so‘g‘diyonalik qullar b o ‘sh kelishmaydi. 
Biroq makedoniyaliklarning harbiy qurollari ustun bo ‘lib, Aleksandrning 
jangchilari  qirg‘in  urushlarni  ko‘raverib  pishib  qolgan,  harbiy  m ashq- 
lami puxta o ‘tagan, janglarda chiniqqan edi.  Spitamen qo‘shinlari orasida 
hali  jang  k o ‘rmagan,  q o ‘liga  ilk  bor  qurol  ushlagan  oddiy  dehqonlar, 
kosiblar  ham   bor  edi.  Buning  ustiga,  so‘g‘diyonaliklarning  qurollari 
ham   oddiy  edi.  H atto jang  qilish  uchun  qurol  yetishmaganligidan  ay­
rimlari qo‘llariga belkurak va tayoq, panshaxa ushlab chiqishgandi.  Shun­
day  b o ‘lsa  ham ,  ular  m ardonavor jang  qilib,  ona-V atan  uchun  hatto 
o ‘limga  ham   q o ‘rqm asdan  tik  borar  edilar.  Spitam en  jangchilarining 
m ardonavor jang qilayotganidan quvonsa ham  qurol-yarog‘larining zaif 
ekanligidan  achinadi.  Shuning  uchun  ham ,  u  «boshidan  quloqchinini 
yechadi-da,  makedoniyaliklarning  sarkardasini  yakkam a-yakka jangga 
chaqiradi. Aleksandr sarkardalari orasida ancha dong‘i ketgan,  katta har­
biy taktikaga  ega  b o ‘lgan,  qilichbozlik  m ahoratini  yaxshi  bilgan  Erigiy 
m aydonga  tushadi.  Ikki  o ‘rtadagi  yakkam a-yakka  olishuv  uzoq  davom 
etad i.  0 ‘zin in g   jism o n a n   baq uv v at  ek an lig in i  sezgan  S p ita m e n  
g ‘alab a  qilishi  m uqarrar  ekanligiga  ishonch  hosil  qiladi.  Biroq  Erigiy 
o ‘zining  g‘olib  raqibiga  chap  berib,  og‘ir  janglarda  ishlatadigan  sirli 
hunarini  ishlatadi-da,  Spitam enning  ko‘ksiga  xanjar soladi»2.
D io d o r  asarining  yana  bir  m uhim   to m o ni  shundaki,  S pitam en 
o ‘lim idan  so ‘ng  S o‘g‘diyonada  vatanparvarlik  harakatining  to ‘xtab 
qolmaganini to ‘g‘ri ko‘rsatadi.  Boshqa asarlarda esa Spitam en o ‘limidan 
so‘ng So‘g‘diyonada go‘yo jang tugaydi. Aleksandr xotiijam b o ‘lib,  Hind 
m am lakati  to m o n   yo‘l  oladi.  D iodor  rom anida  esa,  Spitam enning 
o ‘limidan so‘ng So‘g‘diyona vatanparvarlarining kurashi avjiga chiqadi.
1 D iodor.  Istoricheskaya  biblioteka, str.  114.
2  O 'sha  asar,  114-  bet.
108

D iodor  vatanparvarlik  mavzusini  o ‘z  rom anida  ancha  keng  tasvir- 
laydi.  M uhim i  shundaki,  yozuvchi  S o‘g‘diyonadagi  vatanparvarlik 
kurashini yoqlab chiqadi.  H atto yozuvchining ularga bir qadar xayrixohlik 
bilan  qaraganligini  ham   sezish  mumkin.
Kitobda tasvirlanishicha,  Aleksandr  So‘g‘diyona  yerlaridan  qul  qilib 
olingan  kishilarga  o ‘ta  dushmanlik  ko‘zi  bilan  qarab,  ularni  shafqatsiz 
jazolay boshlaydi.  So'ngra  vatanparvarlar izidan  borib,  to ‘satdan  ularga 
hujum qiladi.  Bu jangda ko‘plari o ‘ladi.  Qolganlari  esa, hujum  qilmaslik 
haqidagi shartnomani buzganligi uchun xudoni o ‘ rtaga q o ‘yib Aleksandrni 
haqorat  qiladi.  A leksandr  ularga  qarab,  varvarlar  m akedonlarning 
ashaddiy dushm anlari  ekanliklarini,  shuning  uchun  ular shaharni  tash- 
lab  chiqib  ketishlarini  qattiq turib talab  qiladi.  Varvarlar Aleksandrning 
do‘q -p o ‘pisasidan qo‘rqmaydilar.  Shahar himoyachilari jalka shaklida saf 
lortadilar-da, o ‘rtaga xotin-qizlar va bolalarni olib, jangga shaylanadilar. 
Turli  to m o n d an   hujum   qilgan  d u shm anlar  bilan  y uzm a-yuz  turib 
mardonavor jang qiladilar jang nihoyatda dahshatli tus oladi.  Ikki o ‘rtada 
qilich-nayza  bilan  olishuv,  hatto  mushtlashish  avjiga  chiqadi.  Ko‘plari 
qirilib  ketadi,  yarador  b o ‘ladi.  Ayollar  erkaklar  bilan  bir  safda  turib, 
m atonat  bilan  jang  qiladilar.  K o‘p  ayollar  halok  b o ‘lgan  erlarining 
q u ro llarin i  olib  jan g g a  kiradilar.  K o ‘plari  qu ro lsiz  jan g g a  kirib, 
dushm anlarning qurollarini  tortib oladilar.  Ayollar turli  xil  yoMlar bilan 
makedoniyaliklarning  hujum iga qarshilik qila boshlaydilar.  Erkaklar va 
ayollar  m ardonavor jang  qilib,  dushm an  qo'lida  halok  b o ‘lishini  bilsa 
ham ,  bu  o ‘lim  ular  uchun  sharafli  ekanini  sezib  turishardi.  Jangda 
ay o llarn in g   k o ‘payib  ketganligin i  k o 'rg a n   A lek san d r  u ru sh n in g  
befoydaligini aytib, jangchilariga orqaga chekinishni b uy urad i1.
Bu voqea So‘g‘diyonaning qaysi shaharida yuz berganligi n o m a’lum. 
Am m o bundan  ilgari tasvirlangan  epizod bevosita  Spitam en  harakatiga 
tegishli ekanligini hisobga olsak va yozuvchining katta shahar haqida hikoya 
qilayotganini  nazarda  tutsak,  voqeaning  M aroqandda  ro ‘y berganligini 
aniqlash  qiyin  emas.
D iodor  so‘g‘diyonaliklami  m atonatli  kishilar  deb  ataydi.  M akedo- 
niyaliklarni  esa dushm anlar deb ta ’riflaydi.  Shu jih atdan  olib qaraganda 
ham,  Diodor asari boshqa adiblaming asarlaridan ustun turadi.  Haqiqatan 
ham ,  m akedoniyaliklarning  tu tg an   pozitsiyasi  so ‘g ‘diyonaliklarga
1 0 ‘sha  asar,  115-  bet.
109

nisbatan  dushm anlik,  bosqinchilikdan  iborat.  So‘g ‘diyonaliklarning 
harakati esa vatanparvarlik mardlik va matonat namunasidir.  Biroq ko‘plab 
grek va  Rim tarixiy nasriy nam unalarida,  masalan A rrian,  R u f asarlarida 
o ‘zgacha holatlami ko'ramiz.  Bu adiblar ijodida ham  so‘g‘diyonaliklaming 
h arak atig a  berilgan  b irm u n c h a   obyektiv  b ah o n i  k o 'ra m iz .  Biroq 
so'g'diyonaliklam ing  vatanparvarlik  harakatiga  D iodorda bo'lgani  kabi 
obyektiv  m u n o sa b a tn i  sezm aym iz.  D io d o r  s o 'g 'd iy o n a lik la m in g  
vatanparvarlik  harakatini  yoqlaydi,  hatto   bu  y o 'ld a  kurashib  halok 
bo'lganlam i  ta ’riflab,  «ular  sharafli  o'lim ga  borayotganliklarini  payqab 
turishardi1»,  deb  yozadi.
Hali biz D iodom ing «Tarixiy kutubxona» asariga to 'liq  to'xtalganim iz 
yo'q.  K o 'p  jihatdan qadim So'g'diyonaga tegishli bo'lgan ayrim xarakterli 
epizodlarni  bayon  qilib  o'tdik,  xolos.  Aslida  asardagi  So'g'diyona bilan 
bog'liq Baqtriya va H ind tuprog'ida bo'lib o'tgan voqealar, qonli uaishlar 
tasviri,  qirg'in  janglar  t a ’rifi,  shahar  va  daryolar  haqidagi  hikoyalar 
ham  o'quvchilarning e ’tiborini beixtiyor o'ziga jalb etadi.
POLIEN
Polienning  ijodi  jah o n  madaniyati  xazinasida  alohida  yuksak  o'rin 
egallaydi.  Uning asarlarining tarixiy va badiiy qim mati hali tadqiqotchilar 
tom onidan chuqur o'rganilgan emas.  Shuningdek, hayotiga oid  manbalar 
ham  tiklanganicha yo'q.  «Harbiy hiylalar» (strategem») deb nomlanuvchi 
sakkiz  kitobdan  iborat  nodir asar  Polien  nom ini jahonga tanitdi.
Polienning  «Harbiy  hiylalar»  nomli  shoh  asarining  m ohir taijim oni 
Dimitriy  Pappadopulo yozuvchi ijodini o'rganishning aham iyati haqida 
va  um um an  yodgorlik  bo'lib  qolgan  asarlarni  asrashning  muhimligini 
ta ’kidlab shunday degan edi:  «Qadimiy qim m atbaho  (bu o 'rin d a asosan 
«Harbiy hiylalar»  asarini  nazarda tutm oqda)  qoldiqlarini  asrash  keyingi 
avlodlarning  Polien oldidagi burchidir»2.
Xuddi  shu  nuqtayi  nazardan  olib  qaraganim izda,  qadimgi  muarrix 
yozuvchi  ijodi  bilan  o'zbek  kitobxonlarini  tanishtirishni  o'zim izning 
sharafli  burchim iz deb bilamiz.
1 0 ‘sha  asar,  115-  bet.
2  0 ‘sha joyda.
110

Polien  b u tu n   ijodiy  faoliyati  d av o m id a  h arb iy   m av zu d a  t o ‘qqiz 
vuzta  asar yozgan.  S h u lard an  bizgacha sakkiz  yuz  qirq   oltitasi  yetib 
kelgan.  G a rc h i  harbiy  m avzuga b ag ‘ish langan  b o ‘lsa-d a,  b u   asarlar 
grek  tarixiy  nasrin in g  yorqin  n am un asi  h isob lanad i.
Biz  Polienning hayotiga oid juda oz m a’lum otga egamiz.  Olimlaming 
aytishicha, u taxminan eramizdan awalgi II asrda Makedoniyada tug‘ilgan. 
Ma’lumki,  Makedoniya davlati bu davrda jahondagi eng gullab yashnagan, 
markazlashgan  m adaniyat  o‘choqlaridan  biri  edi.  G archi  Aleksandr 
vafotidan  keyin  m am lakatda  ichki  nizolar  kuchayib  ketgan  b o isa -d a , 
ilm-fan, san’atining ravnaqi borasida hali o ‘z mavqeyini yo‘qotmagandi. 
Polien bu madaniyat markazida chuqur bilim oladi. M ashhur Aleksandriya 
maktablarining  birida  bilim  o'rganadi.  Jahon  tarixiga  oid  manbalarni 
to'playdi.  Ba’zi bir olimlar Polienning yoshligidanoq harbiy kishi bo'lgan- 
ligini  qayd  qilsalar,  boshqa  birlari  bu  fikrni  inkor  etadilar.  Polienning 
harbiy  m avzuda  asar  yozganligini  asos  qilib,  ayrim  m anbalarda  uning 
mashhur  sarkarda  b o ‘lganligi  ham   qayd  etib  o ‘tiladi.  Polienning  ijodi 
hilan yaqindan tanish b o ‘lgan  Dimitriy Pappadopuloning qayd etishicha, 
aclib  o ‘z  davrining  m ashhur  huquqshunos  (advokat)laridan  b o 'lg an 1.
M a’lumki,  huquqshunoslik  antik  davrlarda,  ayniqsa,  M akedoniya, 
( irctsiya,  Rim kabi yirik davlatlarda oliy imtiyozlardan biri edi.  Bu imtiyoz 
kamdan-kam kishilarga nasib qilardi. Chunki huquqshunoslar, eng aw alo, 
iiida bilimdon, ayni chog'da,  notiqliksan’atid an ch u q u r xabardor kishilar 
bo'lgan.  Polien  ham   notiqlik  san’ati,  falsafa  va  tarixdan  chu qu r  bilim 
olgan. Agar Polien ijodining mahsuli b o ‘lgan sakkiz kitob bilan yaqindan 
lanishsak,  uning juda keng dunyoqarashga ega bo'lganligiga, jahon tarixini 
chuqur  bilganligiga  guvoh  bo'lam iz.  Bu  kitobda  faqat  M akedoniya, 
(iretsiya  va  Rim   tarixigina  em as,  balki  ja h o n   tarixiga  oid  m uhim  
m a’lum otlar  berilgan.  Zam onasining  donishm andi  Sundasning  xabar 
herishicha,  u  notiqlik  san’atidan  dars bergan.
Polien juda yirik sakkizta kitob yozgan.  Bu kitoblar majmuasini umumiy 
nom ostida «Harbiy hiylalar» deb nomlaydi.  Bu asarlam i o ‘qir ekanm iz, 
imda faqat harbiy m ahoratga oid dalillar majmuasi yoki jang-u jadallarga 
oid  raqam lar yig'indisi  o ‘rin  egallab  qolm asdan,  balki  o'ziga  xos badiiy 
go'zalliklarga  ham   duch  kelamiz.  K o'pgina  xalqlam ing  urf-odatlari, 
yashash tarzi, tashqi va ichki dushmanga m unosabatini o'rganam iz. Adib
1 O 'sh a  asar,  8-  bet.
I l l

o'zidan  aw al  b o ‘lib o ‘tgan yaqin va uzoq o ‘tmishdagi tarixiy voqealarni 
qalamga  olar  ekan,  vatanparvarlik  va  m atonat  kabi  yuksak  fazilatlarni 
ulug‘laydi.  Shu  tufayli  Polien  ijodi  faqat  harbiy  faktlar  yig‘indisidan 
iborat deb qarash  m utlaqo noto‘g‘ridir.  Polien ijodini o'rganar ekanm iz, 
undan  tarix,  jug'rofiya,  etnografiyaga  oid  juda  k o 'p   m anbalarni  bilib 
olamiz.  Polien  ijodiga  xos  badiiy  tasvir  vositalarini  o'rganishning  ham  
ahamiyati kattadir.  Darhaqiqat, antik davrlarda huquqshunoslar va notiqlik 
san’atini  egallagan  kishilar  o ‘z  zam onasining  o'qim ishli  va  savodxon 
kishilaridan  biri  bo'lgan;  Sakkiz kitob  majmuasi bilan tanishar ekanmiz. 
Polien,  eng  avvalo,  badiiy  nasr  ustasi  bo'lganligini  bilib  olamiz.
Bizgacha  Polien asarlari to'liq holda yetib kelmagan.  Ko'pgina sahifalar 
turli  xil sabablarga  ko'ra yo'qolib  ketgan.  Bizga m eros bo'lib qolgan boy 
adabiy  merosni  varaqlab  k o 'rar  ekanmiz,  adibning  jah o n   tarixiga  oid 
juda  k o 'p  narsalarni bilganligiga guvoh  bo'lam iz.
Polien  to'plagan  harbiy  sarkardalar  hayotiga  oid  asarlarni  sakkizta 
kitob qilib,  ularning oltitasida greklar,  yettinchisida eronliklar yurishi  va 
Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar, sakkizinchisida esa rimliklar va buyuk 
ayollar haqida yozgan edi.  Birinchi kitob so'zboshisida m a’lum bo'lishicha, 
u  900  ga  yaqin  harbiy  hiylalarga  oid  novellalar  yozgan.  Polien  adabiy 
merosidan bizgacha 846 tasi saqlanib, qolganlari turli xil sabablarga ko'ra 
yo'qolib ketgan.
Birinchi  grek  m atnini  Isaak  Kazavbon  nashrga  tayyorlaydi  va  lotin 
tilida b a’zi  bir o'zgartirishlar kiritib,  Yusta Vulteya chiqardi.  Yuz yildan 
keyin  Delfiya m aktabining rektori  Pankratiy  Massvitskiy ikki qo'lyozm a 
yordam ida  Polien  asarlarini  eng  yaxshi  variantda  nashr  qiladi.  Bu 
qo'lyozm alarning  biri  Florensiya  kutubxonasida,  ikkinchisi  esa  Troits 
kengashining  K ontabriy  kutubxonasida  saqlanm oqda.  Bu  nashrda 
muallifning  k o 'p   xatolari  tuzatilgan,  to'ldirilgan  va  tushuntirish  uchun 
eslatmalar berilgan.  Shu  nashrga asoslanib  Samuil  Mursii  o'zining  lotin 
tili taijim asida so'zlar katalogini kiritib,  uning yangi  nashrini tayyorlaydi.
U m um an olganda,  Polienning «Harbiy hiylalar» kitobi badiiy jihatdan 
o'qim ishli, tarixiy jihatdan  m uhim  ahamiyatga molik asardir.
HARBIY  HIYLALAR
Polienning «Harbiy hiylalar» asarida biz uchun ahamiyatli sahifalardan 
biri  sharqda  Faylaqus  nom i  bilan  m ashhur  bo'lgan  F ilipp  haqida
112

qimmatli  fikrlar  berilgandir.  Yozuvchi  Filippning  harbiy  taktikasi  ha­
qida  to'xtalar  ekan,  eng  avvalo,  uning  xarakteri,  ruhiy  dunyosi  haqida 
muhim  fikrlarni  aytib  o ‘tadi.  Bu  Polien  ijodining  o'ziga  xos  xusu- 
siyatlaridan biridir.  Ya’ni  Polien  ko'proq tarixiy shaxslarning xarakterini 
ochib berishga  e ’tibor beradi.  Bu jihatdan  Polien  ijodi boshqa grek-rim 
tarixchilari  ijodidan ajralib turadi.Masalan,  yozuvchi  Filipp  xarakieridagi 
bir  muhim   xususiyat  haqida  to'xtalib  shunday  deydi.
F ilip p   M eneget  bilan  gim nastika b o 'y ich a  m usobaqalashayotgan 
paytdajangchilar  und an   pullarini  berishni  talab   q ilad i.S h u n d aF ilip p  
terini  ailib ,  kulim sirab  puli  yo'qligini  bildirm ay  deydi:  «Talabingiz 
lo 'g 'ri,  axir  m en  ham   sizlarni  yaxshi  m ukofotlash  uch u n   d u sh m a n ­
lar  bilan  urishyapm an  deb  qo'llarini  k o 'tarib ,  ular  ishiga  aralashadi, 
so'ngra,  hazil-m u to yib a  bilan  ularni  k o 'n d irad i.  Keyin  jan g ch ilar 
chaqchaqlashib qaytib  k etish adi.K o'pinchaF ili pp  obrazli  kulgi  bilan 
m ana  shunday  qilib  ular  qo'ygan  talabni  u n u ttirar  edi.
Filipp  dushm anni  chalg'itish  niyatidaM akedoniyadagi  A ntipatrga 
yolg'on  m azm undagi,  ya’ni  Amfissiyaga  yurishi  boshqa  kunga  qolgani, 
iio/.ir esa  qo'zg'olonni  bostirish  uchun  Frakiyaga  yurishi  to ‘g‘risida  xat 
yuboradi.  X atni  olgach,  am fissiyaliklarning  xo tirjam   b o 'lg an id an  
loydalanib,  Filipp  to'satdan  hujum  boshlaydi-da,  harbiy  boyliklarini 
lalab,  Amfissiyani  zudlikbilan  egallaydi.Bu  o'rin d a  Filippning  o'ziga 
xos harbiy taktikasi haqidato'xtalib,  shunday deydi:  «Filipp  dushm anni 
necha  marta qurol kuchi bilan yenggan bo'lsa, shuncha m arta chalg'itish 
va so'/, bilan yenggan.  IJ  ko'proq so'z orqali chalg'itish yo'li bilan bo'lgan 
H'alabani  yaxshi  ko'rardi.  C hunki  bunda  ko'proq  o'zining  hissasi  b o 'lar 
edi».
Yozuvchining  ta ’kidlashicha,  Filippning  harbiy  muvaffaqiyatlarga 
erishuvida  uning  faqat  so'z  ustasi  bo'lganligi  kifoya  b o'lib  qolmay, 
jangchilarni  muttasil  ravishda  jism oniy jihatdan  chiniqtirib  borganligi 
ham ta’kidlanadi.
Polienning asarida,  ayniqsa,  Aleksandr M akedonskiy haqida bergan 
m a’lum otlari  diqqatga  sazovordir.  Otasi  F ilipp  kabi  A leksandrning 
ham  harbiy  m ahorat  egasi  bo'lganligi,  h atto   k o 'p   jih atd an   otasidan 
ham   ustun  ekanligi  h aq id a  s o 'z   yuritadi.  S hu n in g d ek ,  yozuvchi 
Aleksandr bosib  olgan  o'lk alar va  u  yerlarda joriy  qilingan  intizom   va 
qonunlar,  sarkardaning  o'ziga xos salbiy va  ijobiy xususiyatlari  haqida 
qim m atli  m a ’lum otlar  beradi.
113

A leksandr  b u tun  dunyoni  o 'z   hokim ligiga  bo'ysundirish  uchun 
odam lam ing  sharaf bilan  oMganlarini,  hatto  b a’zi  bir  aqlli  hayvonlarni 
Alcksandritlar deb atash  lozimligi  haqida  hukmini joriy qiladi. Aleksandr 
urush  vaqtida jangchilarning soqollarini oldirib, so‘ngra jangga chorlardi, 
chunki dushm an soqollaridan osongina ushlabg'olib bo'lmasligi  uchun, 
deb yozadi  Polien.
Yozuvchining  ta ’kidlashicha,  Aleksandr  boshqa  sarkardalar  singari 
ehetd an   tu rib   buyruq  berish  yoki  u zoqdan  jangni  kuzatish  bilan 
kifoyalanib qolmasdan, gohida o‘zi jangga kirib ketardi.  Hatto o ‘zjangchilari 
bilan  ogLir  yumushlarni  ham   qilib,  jasurlik  bilan  eng  xatarli  yo‘llarga 
ham  borardi.  Bu jangchilar uchun  katta ruhiy m adad bo‘lib qolm asdan, 
ibrat  maktabi  ham  sanalardi.
Aleksandr Tirni  qurshov qilayotganida  qal’a devorlarga  chiqish  qiyin 
edi,  shuning  uchun  qum dan  chiqish  zinapoyasi  qilishni  buyurib,  o ‘zi 
birinchilardan  boMib  qum   tashiy boshlaydi.  Buni  ko‘rgan  ayrim  yalqov 
jangchilar  ham  ishga  tushib  ketishadi.  Polien  asarida  m akedonlar bilan 
eronliklar o'rtasidagi jang epizodlari  haqida ham qiziqarli sahilalar mavjud. 
Ularning  birida  aytishicha,  Doro  bilan  b o la ja k   og'ir  jangdan  oldin 
A le k s a n d r  ja n g c h ila rg a   s h u n d a y   b u y ru q   b e rd i.  « E ro n lik la rg a  
yaqinlashganingizda tiz cho'kib qollaring bilan yer kovlay boshlaysizlar, 
signalni  eshitib,  birdaniga turib dushm anga hujum qilasizlar».  Jangchilar 
xuddi shunday qilishadi.  Buni  ko'rgan eronliklar, jangsiz taslim boMyapti 
deb  o ‘ylab  xursand  b o lg a n id an   jangni  to ‘xtatishadi.  M akedonliklar 
to'satdan  hujum  qilib,  ularni  yengadi va qochishga  m ajbur etadi.
Asarda ta ’kidlanishicha, Aleksandr Doro bilan oxirgi  m arta Arbellada 
jang qiladi.  Eronliklarning bir otryadi  makedoniyaliklarni  aylanib o ‘tib, 
ular tomoniga hujum qiladi.  Parmenion Aleksandiga shu karvonga yordam 
qilishni  maslahat  beradi.  Shunda  Aleksandr  shunday  deydi:  «Agar  biz 
karvondan ajrasak ham  qo‘shinni  ikki qismga boMmay, dushm anni ta ’qib 
qilishda davom  etamiz.  Shunda biz ham   karvonni  saqlab qolam iz,  ham  
dushm an  narsalari qo ‘limizga tushadi».
Eronliklar  bilan  bo'lgan jangda  g‘alaba  qozongan  makedoniyaliklar 
muvafTaqiyatlar  oldida  esankirab,  m aqtana  boshlashadi.  Bundan  xabar 
topgan  Aleksandr tadbirkorlik bilan  ularni  tinchitadi.
Osiyoni egallashda g‘alaba  ustiga g‘alaba qilayotgan jangchilar A lek­
sandrga  shunday  deb  m aqtanishadi:  «H am m asi  biz  tufayli,  shuning 
uchun  bizning  aytganimizni, talabimizni bajarasan».  Shunda Aleksandr
114

uuikedoniyaliklarni  ajratib,  o'zi  forslar tom onga  o 'tib ,  shunday deydi: 
«•Agar  o 'zlaring ga  xohlagan  o d am laringni  boshliq  qilib,  forslarni 
yengsalaring,  unda  m en  talablaringni  bajarishga  rozim an».  Shunda 
langchilar o'zlariga  ishonmay,  qo'rqqanlaridan bu likrlardan  qaytadilar. 
Bu  o 'rin d a  yozuvchi  janglar  davomidagi  g'alabalarda  A leksandrning 
m uhim   o 'rin   tutganligini  t a ’kidlaydi.  Y ozuvchi  A leksandrning  o 'z  
jangchilarini jangga  undash  qobiliyati bo'lganligini  aytib o'tadi.
Aleksandr  forslar  bilan  birinchi  jangda  chekinayotgan  jangchilariga 
qarab:  «M akedoniya  yigitlari  yana  bir  qadam   olg'a,  yana  bir  marta 
dushm anga  zarba  bersak  bo'ldi»  deb  ularni  ruhlantirdi.  Ruhlangan 
langchilar  chekinishdan  to'xtab,  birdaniga  hujum ga  o'tib,  dushm anni 
quva boshlaydi.
Yozuvchi  o 'sh a davrdagi  qirg'in  urushlarning bo'lishiga  sabab boy­
lik  orttirishdan  iboratligini  uqtiradi.  Jang ch ilar  ham   boylik  oiltirib  
o '/   ona  yurtlariga  qaytish  niyatida bo'lgan.
I lindistonga kirgandan  keyin Aleksandr qarasaki, jangchilar forslardan 
qo'lga kiritgan o'ljalarini zo'rg'a ko'tarib, hindlaiga qarshi yurishga unchalik 
lobi  yo'qday.  Shunda u birinchi  bo'lib o'zining shohlik o'ljalarini,  keyin 
esa  jangchilarinikini  yoqib  yuboradi.  Yengillashgan,  jangchilar  yangi 
o'ljani  qo'lga kiritish  uchun jangga  kiradilar.
Hehisob boylik to'plagan jangchilar jonlarini  saqlashga  harakat  qilib, 
lang qilishga xohishlari so'ngan.  Buni sezgan Aleksandr tadbirkorlik bilan 
shunday  yo'l  tutgan  ed i1.
Polien  ijodidagi  hikoyatlarning deyarli  barchasi  qadim gi  davr grek 
va  Rim  tarixiy  nasrida  o'ziga  xos  ravishda  bayon  etilgan.  M ana  shu 
laktning  o'z.iyoq,  P olienning  realist  yozuvchi  b o'lganligidan  dalolat 
beradi.  Adib  turli  xil  yolg'on-yashiq  gaplardan  qochib,  haqiqatd an  
so'/,  ochishga  intiladi.  Shu  jih a td a n   quyida  Kursiy  R u f  asaridan 
keltirilgan parcha yuqorida biz bayon etgan  Polien asariga juda o'xshash. 
B unday  o 'x sh ash   tarix iy  sujetlarn i  q o 's h ib ,  undagi  tasvirlang an  
voqealarning tarixda b o 'lib o'tganligiga yana bir karra  ishonasan  kishi. 
Aleksandrga  lashkar  o g 'ir  yukli  bo'lganligi  tufayli  oldinga  qarab  tez 
harakat qila olmasligi  haqida  Satibarzon tom onidan xabar yetib keladi. 
Buni  sezgan  shoh  avval  o 'zin in g   yukini,  boyligini,  keyin  lashkar- 
larinikini  bir joyga  to 'p lashg a  buyruq  beradi.
1 ( ) ‘sha asar.  233-  bet.
115

Hayvonlarni  saqlab qolib,  eng zarur narsalardan tashqari  ham m asini 
yoqib yubordi.  Boshqalarga ibrat bo'lsin uchun birinchi bo'lib o'zinikini 
yoqadi.  Yoqilgan  narsalar ichida qim m atbaholari b o ‘lsa-da, am m o hech 
kimga  alam  qilmaydi,  chunki  shohning boyligi  ham   yondirilgandi.  Shu 
dam da  shohning  qisqa  va  hayajonli  nutqi  ham m ani  tinchlantiradi  va 
jangchilar xizmatga tayyorligini aytadilar, ortiqcha yukdan xalos bo'ldik, 
lekin tartib-intizom  joyiga tushdi,  deyishadi  u lar1.
FessaliyaliklarTempeydaryosidan o lish  yo'lini to‘sib turadilar.  Shunda 
Aleksandr Ossey tog'i  cho'qqilarini  kesib,  zinapoya  qilib tog‘dan  o'tadi 
va  Fessaliyani  egallaydi.  Bu  Aleksandr  zinapoyasi  hozir  ham   saqlanib 
qolgan  va  u  yerga borgan  sayyohlar buni  ko'rishlari  m um kin.
Yozuvchi  Aleksandrning  o 'z  jangchilari  va  dushm anga  m unosabati 
xususida ham  qiziqarli  faktlami  keltirib o'tadi.
Aleksandr,  adolatli  yo‘1  tutib,  makcdoniyaliklarni  va  greklarni  juda 
oddiy yoll  bilan,  lekin vahimali,  ham m ani titratadigan dahshatli  holatda 
sud  qilardi.
D ushm anni  esa  tantana  bilan.  ya’ni  chodir ichida  o 'rtad a  sudya,  bir 
tom onda shohning o'zi qo'riqchilari bilan, boshqa tom onda alvon kiyimda 
forslar Ja n g c h ila r ham m asi oltinlar bilan bezatilgan  kiyimda, tashqarida 
minglab  makedoniyaliklar turar edi.  C hodir juda katta bo'lib,  50 ta oltin 
ustunga tortilgan edi.
Polien  Aleksandm i  faqat  bosqinchi  sifatida  ta ’riflab  qolm ay,  balki 
uning  insonparvar  bo'lganligi,  adolatli  hukm lar  chiqarganligi  haqida 
ham to'xtaladi.
Polien  A leksandrning  ikki  tom o n lam a  hujum   qilish  m ahoratini 
quvvatlaydi.  Bu  haqda  boshqa  tarixiy  m anbalarda  ham   ko'pgina  jang 
tafsilotlari berilgan.
Aleksandr bir tom ondan  shiddatli jang  boshlab,  ikkinchi  to m o n d an  
dushmanning orqasiga sezdirmasdan pinhona o'tib to'satdan hujum qiladi. 
Ikki  tom ondan  qilingan  hujum  zarbidan  dushm an  sarosimaga  tushib 
qolib osongina taslim b o 'lar edi. Aleksandrning bunday ikki tom onlam a 
hujum taktikasi  haqida  Polien shunday yozadi:
«Aleksandr Arbelda  Doro ustidan g'alaba qozonadi.  Shunda  Doroning 
eng  yaqin  qarindoshi  Frassaort  k o'p   minglik  forslar  qo'shini  bilan  Suz 
daryosini  egallab oldi.  U lar tog'  ustida turib pastdagi  m akedoniyaliklar
1  K ursiy  Ruf.  O 'sh a asar,  233-  bet.
116

uslidan  toshlar  otadi.  Shunda  Aleksandr jangchilarni  bir joyga  yig'ib, 
mustahkam qo'ig'on quradi.  Lik ismli cho‘pon kelib ularga yo'l ko'rsatishini 
aytadi.  Bu haqda Aleksandrga Apollon  iigari aytgan edi.
Aleksandr  Likka  ishonib,  uning  orqasidan,  q o ‘shinning  bir  qismini 
qoldirib,  qolgani  bilan  tog‘dan  o ‘tadi  va  aylanib  kelib  kechasi  forslarga 
hujum qiladi.  Pastdan esa Gefestion va Filot boshliq  makedon qo'shinlari 
hujum  boshlaydi.  Shunday  qilib.  ikki  to m o n d an   qurshab  olingan, 
log'liklarning  bir  qismi  asirga  olinadi,  qolganlari  jangda  halok  b o ‘lib, 
ayrimlari  cho'qqidan  tushib  ketadilar»1.
Bu  o'rind a  yana  bir parchaga e ’tiborni jalb  qilish  kerakki,  bu  parcha 
uehala voqea tasvirida  m a ’lum darajada o'xshashlik borligidan tashqari, 
larixiy  voqealarning  Parfiya,  Girkaniya  va  So'g'diyona  yerlarida  bo'lib 
o'tganligidan dalolat beradi.  Bundan tashqari uchala voqea bayonida ham, 
agar  diqqat  bilan  e ’tibor  bcrsak,  Aleksandrga  tog'ning  orqa  tom oniga 
o'tish  yo'lini  mahalliy  qabila  vakillari  ko'rsatadi.  Bundan  ko'rinadiki, 
Aleksandr  O 'rta  Osiyo  yerlarini  yaxshi  bilmagani  uchun  mahalliy  xalq 
iehidan  o'zi  uchun  sadoqatli  kishilarni  topib,  ulardan turli  m aqsadlarda 
Ibydalangan.  Mahalliy kishilar bilan yaqinlashish yoilarini qidirgan.  Polien 
hatto  bunday  yo'l  ko‘rsatuvchi  kishi,  Lin  degan  odam   bo'lganligini 
ham aytib o'tadi.
O 'rta Osiyo tasvirini beruvchi grek va  Rim tarixiy nasrida voqealar bir- 
biriga  ju d a  bog'lanib  ketgan.  O 'z   navbatida,  bunday  voqealarning 
bog'lanish  nuqtasini  topish  ko'p jihatdan  ahamiyatlidir.
Polien asarida Girkaniya va So'g'diyona haqida ayrim m a’lumotlar berib 
o'tiladi.  M asalan,  m akedon-grek jangchilari  Girkaniyaga  kelganlaridan 
keyin  uylariga  qaytish  niyatida  g'alayon  ko'taradilar.  A leksandr  bu 
g'alayonni tadbirkorlik bilan osongina bostiradi, Adib bu haqda shunday 
yozadi:
"Aleksandr Girkaniyaga kelganida bu yerda makedoniyaliklar va greklar 
o'rtasida u haqda yom on  m ish-m ishlar borligini biladi.
So'ngra  u  yaqin  odam larini  yig'ib,  uyiga  3  yildan  keyin  borishligi 
haqida  xat  yozishini  buyuradi,  Xat  olib  ketuvchilarni  yo'lda  to'xtatib, 
xatlami  birm a-bir  o'zi  ochib  o'qiydi.  Bu  xat  orqali  jangchilarning  o'z 
shohi  haqidagi  fikrlari  qanday ekanligini  bilib oladi2 ” .
1 O 'sh a  asar,  231-  bet.
'
  Polien.  O 'sh a asar,  228- bet.
117

Polien keltirib o ‘tgan bu lavha, haqiqatan ham, tarixda bo‘lib o ‘tganligiga 
ishonch  hosil  qilishim iz  m um kin.  Fikrim izning  isboti  uchun  tarix 
sah ifalarig a  m u ro ja a t  q ilam iz.  K ursiy  R uf  o 'z in in g   «A leksandr 
Makedonskiy  tarixi»  asarida  xuddi  shunday  bir  tafsilot  bayonini  berib 
o'tadi.  Unda  hikoya qilinishicha,  ayrim jangchilar shohdan  norozi bo'lib 
yurganligi  haqidagi xabarni eshitib ularning huzuriga keladi.  Agar uylariga 
xat  yozsa,  xatni  shohning  tayinlagan  chopariga  bersalargina,  bunday 
xat,  albatta,  yetib borishini,  o'zga kishilarga berilgan xatning yetib borishi 
gumonligini  aytadi.  H ar bir jangchi  o'zining qarindoshiga yoki  uyiga  bu 
uzoq ellarda bo'lgan voqealarni, shohga nisbatan munosabatlarini ochiq- 
oydin  yozardi.  Bu  xatlar shohning  sodiq  choparlari  orqali  Aleksandrga 
yetkazilar va shoh shunga qarab xulosa qilardi. Agar kimda kim xizmatidan 
nolib  yoki  shohning  sh a’niga  haqoratlar  aytib  yozsa,  albatta,  qattiq 
jazolanardi.  G ohida  norozi jangchilar birinchi bo'lib jangga yuborilardi. 
Bunday  g unohkor  jangchilar  esa  o'zlarini  oqlash  uchun  z o 'r  berib 
jang qilishardi.
Bunday bir xil  mazmundagi tarixiy dalillarni qiyosiy o'rganishda davom 
etamiz.  Bunday o'xshash mazmunli dalillar qanchalik ko'p b o isa , tarixiy 
voqelikning  haqiqatga  yaqinligi  shunchalik  ravshan  bo'ladi.  Yustinning 
«Pompey Trog epitomi» asarida ta ’kidlanishicha, Aleksandr o 'z  vataniga 
g'alaba  elchilarini  yuborib,  o'zining  jangda  qo'lga  kiritgan  muvaf- 
faqiyatlari  haqida vatandoshlariga so'zlab berishni buyuradi.  So'ngra o 'z 
vatanidan tobora uzoqlashib borayotgan jangchilarga qarindoshlariga xat 
yozishga  ruxsat  beradi.  Yig'ilgan  xat  to 'plam larin i  esa  pinhona  shoh 
qabuliga  olib  kclishni  buyuradi.  Bu  xatlarni  o'q ib ,  o'zin in g   sh a’niga 
aytilgan  haqorat  fikrlarni  bilib olib,  shoh  haqida eng yom on  fikrga ega 
bo'lgan jangchilarni qarorgohiga yig'adi.  Keyinchalik ularni o'lim jazosiga 
m ahkum   etib,  ayrim larini  eng chekkadagi  o'lkalarga  b o 'lib  y ub orad i1.
S h u n d a n   s o 'n g   g r c k - m a k e d o n la r   o 'z   y u r tla r ig a ,  y a q in   va 
qarindoshlariga um um an xat  yozmay qo'yadilar.  Ayrim yozganlari ham  
Aleksandrni  ulug'lab,  uning  haqiga  duo  o'qib,  uzoq  ellarda  baxtiyor 
yurganliklariga  shukrona  bayon  qilishardi.  Bunday  m azm undagi  xatlar 
albatta,  yetib borardi.  G archi  keyinchalik Aleksandr bunday  m aktublar 
m azm uni  bilan  um um an qiziqmay qo'ygan bo'lsa-da,  uning jangchilari 
endi  o'ylab xat  yozishga odatlanadilar.
1 Yustin.  P om pey T rog epitom i  Vestnik drevniy istorii,  1954.  №   3,  str.  21.5.

Yozuvchi  o 'z   asarida  Aleksandr  davridagi  va  hatto   Eron  shohi  Kir 
(eram izdan  avval  V  asp)  zamonasidagi  taom lar  haqida  ham   to'xtalib 
o'tadi.
Bir  kuni  A leksandr  Eron  shohi  saro y id a  sh o h n in g   tu shlik   va 
kechqurungi  ovqatlari  ro'yxatini  ham da  Kirning  farmoyishlarini  ko'rib 
qoladi.  R o'yxatning  m azm uni bunday edi:
«Toza bug'doy uni 400 aitab,  11-111  sortidan  300 artabdan,  ham masi 
bo'lib  1000  artab.  Eng  toza  arpa  uni  200  artab,  11  va  111  sortidan  400 
artabdan,  ham m asi  bo'lib  arpa  uni  ham   1000  artab.  Krupali  undan 
tayyorlangan  nondan  200 artab,  eng  rnayda,  ya’ni  pivo tayyorlanadigan 
arpa  aralash  undan  10  artab,  400  ta  qo'y,  100  ta  ho'kiz,  30  ta  yilqi, 
400  ta  boqilgan  g'oz,  600  ta  har  xil  qushlar,  300  ta  qo'zichoq,  30  ta 
vovvoyi  echki.  Toza  sutdan  10  mariy,  achitilgan  sutdan  10  mariy,  bir 
talant  sarim soq  piyoz,  yarim   ta lan t  piyoz,  silfiya  sh arb ati,  olm a 
m urabbosidan  yarim  artaba,  qora  uzum dan  3  talant,  ukrop  3  mina, 
vino 5 mariy.
Tuz  10  artab,  quruq  ukrop  300  min,  petrushka  o'rindi  4  kapotin, 
mol  vog'i  5  mariy,  shirin  m indaldan  3  mariy,  shirin  quruq  m indaldan  3 
artab,  vino  500  mariy,  Bobil  yoki  Suzdagi  kechki  ovqatga  yarmi  funikli, 
yarmi  uzum   vinosidan  olib  kelar  edilar1.
Ikki  yuz  arava  o'tin ,  boshqa  materiallar  100  arava,  sut  asaldan  100 
yashik.  Midiyadagi  kechki  ovqatga quyidagilar:  «krapiva o'rindi  3  artab, 
shafran  2  min,  bug'doy  uni  500  mariy,  а ф а   uni  1000  artab,  eng  toza 
krupa  uni  500  artab,  shu  undan  tayyorlangan  non  500  mariy,  mol 
uchun  arpa  20000  artab,  hashak  5000 arava.
100
  mariy uksus,  yuqoridagi oziq-ovqatlarning bir qismi jangchilarga 
Ixrilsa, qolgan qismi, shohga va sarkardalarga berilar edi.  Makedoniyaliklar 
bunday  ulkan  tushki  va  kechki  ovqatdan  hayron  bo'ladilar.  Aleksandr 
esa  ular  ustidan  kuladi.  «C hunki,-  dedi  u,  -  bunday  ovqatlangan jang­
chilar va shoh yaxshi jang qila olmaydi va osongina yengiladi»2.
«Harbiy  hiylalar»  asaridan  o 'rin   olgan  Eron  shohlari  Kir  va  Doro 
haqidagi hikoyatlar,  ularning harbiy m ahoratlari haqida qaydlar diqqatga 
sazovordir.
1  I’olien.  O 'sh a asar,  239-  bet.
1
  O 'sh a   asar,  240-  bet.
119

Uch  m arta  hujum   qilib  M idan  shahrini  qo'lga  kirita  olm agan  Kir, 
to'rtinchi  marta yana hujum qiladi. Jangchilar ham  bunga rozi bo'lishadi. 
Chunki  u  yerda  ularning xotinlari,  bola-chaqalari  bor edi.  Bu  safar  Kir 
shiddat  bilan  M idanni  egallaydi.
Kir tadbirkorlik qilib  Krez bilan yarash bitimini tuzib, orqaga qaytadi. 
Lekin  kechasi  yana kelib,  Krez qo'shinining xotirjamligidan  foydalanib, 
to 'satd a n   hujum   qiladi.  Kir  ularning  q al’asini  qurshab  olib,  q a l’a 
him oyachilarining qarindosh-urug‘larini  asir oladi-da,  agar ular qal’ani 
topshirm asa asirlarni osish  va og'ir jazoga hukm qilishini aytadi.
Shundan  so'ng  ular qal’ani  o 'z   ihtiyorlari  bilan  topshiradilar.
Kir  Krezni asirga olganidan keyin  Bobilga jo'naydi.  Mazar  Midiyskiyni 
esa Lidiya viloyatini egallashga yuboradi. So'ngra Lidiya viloyatidagi erkaklami 
o'q  otish,  otda  yurish,  jang  qilishni  unutishlari  uchun  ayollar  ishini 
bajarishga  majbur qiladi.  Haqiqatan  ham ,  iigari  nihoyatda  urushqoq  va 
jangovar bo'lgan  Lidiya  xalqi  harbiy  yumushlarni  unutadi.
Kir  yangi  bir  harbiy  hiyla  o ‘ylab  chiqib,  Krezga  hujum   qilar  ekan. 
Krezda otliq  askar  ko'p ekanligini  ko'rib,  ularga  qarshi  tuyalarni  qo'yib 
yuboradi.  C hunki  otlar tuyalardan  qo'rq ar edi.  Shuning  uchun tuyadan 
hurkib,  otlar askarlarini  viqitib  orqaga  burilib boshqa jangchilarni  ham  
bosib-yanchib  qocha  boshlaydi.  Shunday  qilib,  Kir  jangsiz  g'alabaga 
erishadi.
Kir forslarni  midiyaliklardan olib o ‘ziga bo'ysundirish  uchun  forslarga 
yer  beradi  va  ishdan  keyin  ularni  yaxshilab  m ehm on  qiladi,  so'ngra 
ulardan so'raydi:  «Kimning qo'l  ostida ishlash  yaxshidir?» shunda forslar 
Kir  tom onga  o 'tib  uni  o'zlarining  shohi  deb  tan  oladilar.  Keyinchalik 
Kirning  sarkardaligida  ular  Midiyani  yengadi  va  Osiyoning  b ir qancha 
viloyatlarini  bo'ysundiradilar.
Keyinchalik  M idiyadan  yengilgan  Kir  Pasargad  to m o n   chekinadi. 
Buni  ko'rgan  forslar  esa  midiyaliklar tom onga  o ‘ta  boshlaydi.  Bundan 
tashvishga  tushgan  Kir  ularga  qarab  shunday  dedi:  «Lrtaga  bizga  100 
ming  kishilik  qo'shin  yordamga  keladi.  Shundan  so'ng  Kir  kechasi 
jangchilarga ham m a tom onga gulxanlar yoqishini buyuradi.  Buni ko'rgan 
m idiyaliklar  Kirga  q o 'shinlar  yordam ga  kelgan  deb  o'ylab,  qochib 
ketadilar.
Saitlam i  qurshab  olgan  Kir,  qal’a  devorlariga  yog'ochdan  yasama 
jangchilarini qo'yib o'zi shaharning boshqa tom oniga ketadi.  Ertalab fors 
jangchilari  ko'rsaki,  qal’a devorlariga  Kirning jangchilari chiqib olishgan.
120

Yasama  jangchilar  ekanligini  sezmay  vahim aga  tu shgan  K rezning 
jangchilari darbozalarni ochib qocha boshlaydi.  Kir esa osongina sartlaming 
iistidan g'alaba qiladi.
Tang  ahvolda  qolgan  Arpang  bir  kuni  Kirga  mahfiy  ravishda  xat 
vuborish  uchun  xatni  quyonning  qorniga  soladi  va  yo'lda  hech  kirn 
sezmasligi  uchun bu quyonni  olib boradigan odam ga ovchining kiyimini 
kiydiradi.
Krez  greklardan  keladigan  yordam  kechikayotganidan  tashvishga 
tushadi.  Kirning  xavf  tug'dirayotganini  sezib  eng  kuchli,  bo'yi  uzun 
jangchilarigagreklarningkiyimlarini kiydirib,  qurol-aslahalarini taqdiradi. 
( Irek jangchilarini  ko'rgan  Kir yordamchi  kuch  yetib kelgan bo'lsa kerak 
deb  vahimaga  tushadi.  Shuning  uchun  Kir  uch  kunga  Krez  bilan  sulh 
tuzishga  majbur bo'ladi.
Polien  asarida  O 'rta  Osiyoda  yashagan  skiflar  va  sak  qabilalarining 
tadbirkor  bo'lganligi  haqida  ham   m a’lum otlar  bor.  D oro  skiflar  bilan 
jang  qilayotgan  vaqtda  ularning  oldidan  bir  quyon  chopib  o'tadi.  Shu 
mahal  skiflar quyonni beparvogina quvib ketadi.  «Demak,  - deb o'ylaydi 
Doro,  -  skiflar  kuchli  ekan.  chunki  bizga  e ’tibor  ham   qilmay  quyonni 
quvib yuribdi. Tezda bu yerdan qaytish  kerak» degan qarorga keladi.
Doro  birinchi  bo'lib,  qo'l  ostidagi  xalqlarga  soliq  solishga  kirishadi.
( )'zini yomon ko'rsatmaslik uchun soliq hajmini aniqlash va  uni yig'ishni 
hokimlarga topshiradi.  Ular qo'l ostidagi  xalqqa katta soliq soladi.  Doro 
vig'ilgan  soliqlarning  yarmini  xalqqa  qaytarib  beradi.  Bundan  xursand 
bo'lgan  xalq endi  yarmini o'zlari  olib  keladigan  bo'ladi.
Doro  skiflarni  ycngishiga  ko'zi  yetmay,  chekinish  haqida  o'ylay 
boshlaydi.  Buning ustiga,  oziq-ovqat ham  oz qolgan edi.  Skiflarni  aldash 
uchun qarorgohini o 'z  joyidan  ko'chirm aydi.  U  yerdagi  eshak va otlarni 
to'plab, qarorgohda yana bir necha jangchini qoldiradi.  Ularga kechasi bir 
necha joyga gulxan yoqishni buyurib, o'zi asosiy qo'shin bilan chekinadi. 
Skiflar  buni  sezmaydi,  kechasi  yongan  gulxan  va  shov-shuvlarga  ko'ra 
hali  dushm an  shu  yerda  deb  o'ylaydi.  Keyinroq  skiflar  bu  Doroning 
hiylasi  ekanligini  sezishadi.  Biroq  endi  Doroni  quvib yetish  qiyin  edi.
Saklarning bir otryadini qo'lga olgan  Doro, o 'z  jangchilariga ularning 
kiyimlarini kiydirib saklar oldiga jo'natadi.  Bulami saklar yordamga kelgan 
do'stlarimiz deb kutib oladilar.  Shunday qilib, saklarning qolgan otryadlari 
ham  to r-m o r  qilinadi.
O'zbck xalq og'zaki ijodida afsona deb nomlanadigan «Shiroq» hikoyati
121

ham   Polien asari orqali bizgacha yetib kelgan.  U nda hikoya qilinshicha, 
Doro saklarni  o'rab  olganida,  ularning sarkardalari  Sakesfar,  Omarga va 
Fa minis o'zaro maslahatga to'planishadi.  Shunda ulaiga Sirak degan otboqar 
kelib,  agar  m ening  bolalarimga  uy  va  ko‘p  pul  bersalaring  m en  Doro 
qo‘shinlarini  yolg'iz  o ‘zim  yo'q  qilam an,  deydi.
Saklar bunga rozi bo'lishadi.  Sirak shu yerdayoq pichoq bilan burnini, 
qulog'ini va boshqa joylarini kesib, yo'lga tushadi va  Doro huzuriga achinarli 
ahvolda  kelib,  meni  shu  ahvolga  solgani  uchun  saklardan  o 'ch   olishim 
kerak, buning uchun sizlarga yordam beram an,  deydi.  Doro uning gapiga 
ishonadi.  Shunday qilib,  Doro qo'shiniga yo'l ko'rsatuvchi  bo'lib,  ularni 
uzoq  bir cho'lga boshlab  boradi.  U  yerda  na  suv,  na bir daraxt  bor edi. 
Harbiy  boshliq  Ranosbat  Sirakdan  «Bizni  qayerga  olib  kelding»  deb 
so'raydi.  Shunda  Sirak  kulib  deydi:  «Men  sizlami  yengdirn.  Bu  bilan 
ham yurtlarim  saklarga yordam berdim».  Buni eshitgan  Ranosbat darhoi 
Sirakning boshini tanidan judo qiladi.  Shunda  Doro Apollonga suv yetkaz 
deb  iltimos  qiladi.  Shundan  so'ng  cho'lga  yom g'ir  yog'adi  va  ko'p 
jangchilar o'lim dan qutqariladi.  Shu bilan  Baqtriya daiyosiga yetib oladilar.
D oroning  skiflar  yurtiga  yurishi  haqida  ko'plab  rivoyatlar  mavjud. 
Ularning deyarli barchasida ham  Doroning skiflardan yengilganligi hikoya 
q ilin ad i.  P olien   k eltirg an   «S hiroq»  («S irak»)  h ik o y a tid a   D o ro  
qo'shinlarining  skiflar  tom onidan  to r-m o r  etilganligi  bayon  qilinsa, 
G erodot asaridagi «D oroning skiflar o'lkasiga yurishi»  hikoyatida skiflar 
bilan bo'lgan jangda Doroning bevosita o'zi qatnashadi.
H ar ikkala tarixiy hikoya  ham   m azm unan g'oyat  boy bo'lib,  bunday 
h ik o y a tla rn i  o 'rg a n is h n in g   tarbiy aviy  ah a m iy a ti  sh u n d a k i,  u lar 
o'quvchini  bobokalonlari  singari jasur va  m ard, vatanparvar va erksevar 
bo'lishga undaydi.
-  Osiyo  gullab  yashnagan,  k o 'p   sonli  aholiga  ega  bo'lgan,  badavlat 
o'lka  edi,  -  deb  boshlaydi  o 'z   hikoyasini  G erodot.  Doro skiflarni  o'ziga 
qaram   qilishni  jud a  xohlar  edi.  Skiflarning  na  shahri,  na  qal’asi  bor, 
ko'chishga moslashtirilgan uylari  mavjud edi, xolos.
Skiflar  ot  ustidan  o 'q   otishga juda  usta  bo'lib,  asosan  chorvachilik 
bilan shug'ullanishardi.  Bepoyon tekisliklari o ‘t-o'lanlarga juda boy edi.
Doro ularga qarshi yurish boshlaydi. Oldin choparlami, so'ngra ularning 
orqasidan  piyoda  lashkarlarni  yuboradi.  Bosfor  dengizi  bo'ylarida  esa 
kem alam i  shaylaydi.  H ar  tom onlam a  hujum  rejalari  taxt  b o ig a n d an  
so'ng,  Suz  shahridan  katta  qo'shin  bilan  yo'lga  tushadi.  Bosfor  (Qora
122

dcngiz)ga yetib kelgandan so'ng kemalarga o'tirib,  Simplegada (kemalar 
o'tish  uchun  xavfli  bo'lgan  orol)  tom on  su/.ib  ketadi.  U  qirg'oqqa 
joylashgan ibodatxonaga keladi-da,  Pont deb ataluvchi  nihoyatda go'zal 
dengiz manzarasini tom osha qiladi.  Eni 4 stadiy keladigan  Bosfor bo'g'ozi 
M annar  dengiz  deb  ataluvchi  Prodonditgacha  cho'zilib  ketgan  bo'lib, 
eni  4  stadiy  va  uzunligi  400  verst  keladigan  G ellespontom ga  qo'shilib 
ketardi.  G ellespontom   Egey deb ataluvchi katta birdengizga qo'shiladi.
D oro  Pont  m anzarasini  ko'zdan  kechirgandan  so 'n g ,  samoslik 
Mondrokl  tom onidan  qurilgan  ko'prik  keladi.  Bu  ko'prik  Doroga juda 
inanzur  bo'lgani  uchun  u  M androklni  oliy  in ’om lar  bilan  taqdirlaydi. 
Mandrokl  Bosfor ko'prigiga Doroning taxtda o'tirgan holatini va shohning 
ko'prikdan  o'tayotgan,  qo'shinlarini  kuzatayotgan  paytini  tasvirlaydi. 
Bu surat tagiga shunday deb  yozib  qo'yilgan  edi:
«Mandrokl tom onidan baliqlar m o'l-ko'l  Bosforga ko'ringan bu ko'prik 
vodgorlik sifatida  Doroga  bag'ishlanadi.  Shoh  D oroning  hukm ini  halol 
bajargani  uchun  u  o'ziga  gulcham bar,  samosliklar  uchun  esa  abadiy 
shon-sharaf  keltiradi».  Shunday  qilib,  Doro  Yevropa  tom on  yurishni 
davom ettiradi.  lonlarni  Pont  Istr tom on,  D unay daryosining b ir necha 
irmoqlarga  bo'linuvchi  (bu  yer  ikki  kunlik  masofa  edi)  joyiga  ko'prik 
qurish  uchun  yuboradi.
Istr  Yevropaning  g'arbiy  qismiga  joylashgan  keltlar  yeridan  tortib, 
butun  Yevropa  bo'ylab  oqardi.  Yilning  sovuq  oylarida  daryoning  suvi 
ancha  sayozlashib  qolardi,  chunki  bu  vaqtda,  yom g'ir juda  kam  bo'lib, 
ko'proq  qor yog'ardi.  Quyoshli  kunlarda  esa qorlar erib,  h ar tom ondan 
toshqin  suvlar  kelib  qo'shilardi-da,  daryoni  to'ldirib  yuborardi.  Buning 
ustiga,  yozda  kuchli  yom g'ir  yog'ardi.
Doro  Istr qirg'oqlariga kelib,  uning barcha qo'shinlari daryoga qurilgan 
ko'prikdan o 'ta boshlaydi.  Shunda  Doro ionlarning sarkardasini chaqirib, 
unga  60  tugundan  iborat  tasmani  beradi-da,  shunday  deydi:  «M ana 
si/larga tasm a.  M en  skiflarga qarshi  ketyapman.  Shu bugundan  boshlab 
bu  tugundan  har  kuni  bittadan  yechasizlar.  Agar  m en  shu  tugunlar 
tugaguncha  qaytib  kelmasam,  o 'z   yurtlaringga  ketaveringlar.  Bu  davr 
ichida  ko'prikni  m ustahkam   qo'riqlab,  him oya  qilinglar.  Bu  o'zlaring 
uchun  ham   foydalidir».
Skiflar  ochiq  jangda  Doro  qo'shinlariga  bas  kelolmasligini  anglab, 
qo'shni elatlarga yordam so'rab elchi yuboradi.  Shohlar o'zaro kengashib, 
Doroga  qarshi  ochiq jang  qilishda  zaif ekanliklarini  aytadilar.  Shunday
123

qilib, skiflar yo'lda  uchragan buloq va quduqlarni  ko‘mib, o 't-o 'lan larn i 
quritib,  chekina boshlaydilar.
Izm a-iz  quvib  kelayotgan  Doro  q o ‘shinlari  kechasi  xorib-charchab, 
tam addi  qilishayotganlarida  skiflar  qo'qqisdan  hujum   boshlaydilar. 
Skiflarning otliq qo'shinlari  hamma vaqt eroniylaming otliq qo‘shinlaridan 
ustunlik qilishardi.  Piyodalari esa zaifroq edilar.  Bu talafotdan so'ng, tang 
ahvolda qolgan  Doroga skiflar o'z vakillarini yuborishadi. Vakillar Doroga 
sovg'a-salom lar olib  borishadi.  Bu  sovg'alar  ichida  bitta  qush,  sichqon, 
qurbaqa  va  beshta  yoy  o'qi  bor  edi.  Eronliklar butun  aql-zakovatlarini 
ishga  solib,  skiflar  yuborgan  sovg'aning  mag'zini  chaqishga,  m a’nosini 
anglashga  harakat  qiladilar.  Buning  m a’nosi  shunday edi:  «Agar qushga 
aylanib,  osm onga  uchib  ketmasangiz,  yo  sichqon  kabi  yerning  tagiga 
y ash irin m asan g iz ,  yoki  q u rb aq ag a  o 'x sh a b   b o tq o q lik d an   sakrab 
o'tm asangiz,  sizlar  uchun  o 'z   ellaringizga  sog'-om on  qaytishlik  nasib 
etmaydi.  M ana shu yoy o'qlaridan o'lib ketasiz».
Bu  yerlarda  yo'l  yo'q  edi.  Lashkarlaming  asosiy  qismi  piyodalardan 
tashkil tnpgan.  Eronliklar qaysi yo'ldan  Istr daryosining xavfsiz ko'prigiga 
yetib  olishni  o'ylab,  hang-m ang  bo'lib  qoladilar.  Otliq  skiflar  yo'lni 
yaxshi  bilishardi.  Shuning  uchun  ham ,  ular  ko'prikka  eronliklardan 
iigari  yetib  keladi.  Ular ko'prikni  qo'riqlayotgan  ioniyaliklarga shunday 
deydi:  «Ioniyaliklar,  oxirgi  kunlaring  keldi,  bu  yerda  qolib.  nohaq  ish 
qilyapsizlar. Jonlaringning sog'  qolganiga shukur qilib,  skiflar xudosidan 
m innatdor  bo'linglar-da.  ko'prikni  buzib,  zudlik  bilan  o 'z   yurtlaringga 
qaytinglar.  Dorodan shunday qasos olaylikki, u qayta bu yurtlarga yovuzlik 
niyatida qadam  bosmasin».
Ioniyaliklar o'zaro  kengasha boshlashadi.  G ellespont davrida Xerson 
hokimi  va  sardori  bo'lgan  afinalik  Miltiad  skiflar  taklifini  m a’qullaydi. 
Miletlik  Gistiyey  sal  boshqacharoq  fikrda  bo'ladi.  U  aytadiki,  agar 
D oroning  qudrati  yakson  qilingan  bo'lsa,  endi  hokim iyatni  hech  kim 
idora eta olmaydi.  Davlatga endi  xalq  hokimlik qiladi.  Uning bu  fikriga 
boshqalar  ham   qo'shiladi.  Ioniyaliklar  o 'zaro   kengashib,  skiflarning 
g'azabi  qo'zg'alm asdan  ko'prikni  buzib,  o 'z   yurtlariga  jo 'n a b   qolishga 
qaror  qiladi.
O 'sha kuni  kechasi yetib kelgan  Doro vayron etilgan ko'prikni ko'rib 
vahimaga tushadi.  D oro ovozi o 'tk irb ir misrlikka qirg'oq bo'ylab borib, 
miletlik Gistiyeyni  chaqirib,  qaytarib kelishni buyuradi.  Birinchi ovozni 
eshitishi bilanoq,  Doroning sog'-om on ekanligini sezgan Gistiyey ham m a
124

kem alarni  qaytarib,  ko'prikni  tuzatadi.  Shunday  qilib  D oro  skiflar 
o'lkasidan o 'z  yurtiga qaytib ketadi.
D oro  Frakiyani  o 'z   hukmiga  bo'ysundirgach,  m am lakatda  katta 
qo'shinga sardor qilib  Megabizni qoldiradi.
Gistiyeyga  esa  qilgan  xizm atlari  evaziga  F rakiyadan  bir  viloyat 
hokimligini  beradi.  Gistiyeyning  qudrati  oshib  ketishidan  qo'rqq an  
Megabiz,  uni  Suzga  chaqirib  olishni  D orodan  o'tinib  so'raydi.  Doro 
uning maslahatiga quloq solib,  Gistiyeyni  Suzga chaqirib oladi.
To'm aris  kabi jasur ayollarimiz,  Shiroq  kabi  erksevar o'g'lonlarim iz, 
Spitam en  kabi  haqiqiy vatanparvarlar tarixda jud a k o 'p  bo'lgan.
Sirakning  bunday  tadbirkorligini  Bobilni  egallashda  Z op ir  ham  
qo'llaydi.
Doro uzoq vaqtgacha  Bobilni egallay olmaydi.  Shunda  D oro Zopirni 
Bobilga  jo 'n a ta d i.  Z o p ir  Bobilga  kelib,  uni  D oro  qiynagani,  o 'ld ir- 
m oqchi  b o 'lg an i,  z o 'rg 'a   undan  qochib  qutulgani  to 'g 'ris id a   aytadi. 
Zopirga  ishonib  Bobil  boshqaruvini  unga berib qo'yishadi.
Eronliklar  Kir shohligi  davrida  midiyaliklar bilan jang  qiladi.
Kirning bir hokimi  Ivar chekina boshlaydi,  uning orqasidan qolganlar 
ham   chekinishga  tushadi.  Shunda  forslarning  xotinlari  ularni  uyaltirib, 
chekinishdan to'xtatadi.  Natijada,  ular hatto  midiyaliklami chekinishga 
majbur  qiladi.
Polien  asarida  tavrlar  haqida  ham   m a’lum ot  beradi.  Tavrlar  skiflar 
avlodidan bo'lganligini ta ’kidlaydi.
Tavr qabilasi skiflik xalq bo'lib, jang oldidan o'zlarining orqa tom onini 
chuqur  qilib  qazib  qo'yar  edilar.
Ularning qarori  q at’iy bo'lib,  g'alaba yoki  chuqurga tushib  o'lishlari 
kerak edi.
Skiflar tavrlar bilan  bo'Iadigan jangga  qattiq  tayyorgarlik  ko'radilar. 
Ular shu yerlik dehqon va cho'ponlarni  ham o'zlariga qo'shib dushmanga 
ko'rsatadi.  Bunchalik  ko'p  dushm anni  ko'rgan  tavrlar chekindilar.
Skiflar butun  Osiyoni bosib olish uchun  uzoq ellarga ketishgandi.  Bu 
vaqtda skif ayollari  o'zlarining qullaridan bola orttirishadi.  Xo'jayinlari, 
ya’ni  o'zlari  aloqa  qilib  yurgan  xotinlarning  erlari  qaytganini  ko'rgan 
qullar,  ularga  qarshi  qo'zg'olon  ko'taradi.  Ikki  o 'rtad a jang boshlanadi. 
Q ullarning  qarshiligini  qaytarish  am rim ahol  bo'ladi.  Shunda  skiflar 
qoilariga qurol o'rniga qam chi olib, o 'z qullariga qarshi jangga kiradilar.
125

Q ullar  faqat  qam chidan  q o 'rq ar  edilar.  Chunki  qullar  asrlar  davomida 
qamchi  bilan kaltaklanib kelgan.  Ularning ajdodlari va bobokalonlari  ham 
qamchi bilan kaltaklanardi.  Qullar yoshligidanoq dahshatli qamchi zarbiga 
duch  keladi.  Shuning  uchun  ularga  qamchi  zarbidan  og‘irroq jazo  yo'q 
edi.  Buni  sezgan  skiflar  ustakorlik  bilan  boshqa  qurollarini  tashlab, 
qo‘llariga uzun qamchilarini olganlaridan so'ng, qullar o'takasi yorilgudek 
bo'lib xo'jayinlarining oyoqlariga bosh urib, yalinib-yolvorishga tushadilar. 
Q ayta  b unday  xatoliklar  takrorlanm asligi,  o 'z   xo'jayinlariga  sodiq 
qolishlariga ont  ichadilar. Ayrim beva xotinlar o'z erlari bo'lgan qullarning 
o'rtasiga  tushib,  onion  saqlab qoladi.  A mmo  o 'z  erlariga xiyonat  qilgan 
ayollar  qullar  bilan  birga  jazolanadi.  Skiflarga  qarshi  bosh  ko'targan 
qullarning  ko'pi  chopib  tashlanadi.  Ba’zilari  o 'z  xo'jayinlariga  sodiq 
qolganligini  isbot  etib  om on  qolsa-da,  bir  um r  qam chi  zarbidan  xor 
bo'lib  yashaydi.
Skif ayollari  ichida  uzoq  yillar  hijron  azobini  tortib,  ayriliq  dardiga 
bardosh  berib,  o 'z   erlariga  sodiq  qolganlari  ham  ko'p  edi.
Aytishlaricha,  skif  ayollari  juda  jasur  bo'lib,  qo'shni  qabilalarning 
hujumini  m ardonavor qaytarib turadilar.  Hatto uzoq ellardan skiflarning 
xotini beva qolganini eshitib,  ularga erlik qilib,  mol-m ulkini egallab olish 
niyatida bo'lgan qabilalar ham bir necha bor hujum qilib, yenga olmagach 
bitim  tuzib,  er  bo'lish  niyatlarini  ochiq-oydin  aytadilar.
M ana shu faktlardan  ham   ko'rinib turibdiki,  Polien  asarlari  ko'proq 
afsonaviy xarakterga ega bo'lib qolmay, balki  tarixiy aham iyat  ham  kasb 
etadi.  Shu  tufayli  Polien  bayon  qilgan  voqealarning  tarixiy  ildizlarini 
topib, qiyosiv o'rganish m uhim   masalaiardan biridir.  H ozircha biz ayrim 
hikoyalarning tarixiy asoslarini qidirib topishga muvaffaq bo'ldik.
Polien asarida Aleksandr qo'shinlarining suvga tashna bo'lganligi  haqida 
ham  qiziq  voqealar  berilgan.  U nda  hikoya  qilinishicha, jangchilar juda 
suvsashadi,  lekin suv yo'q edi.  Ikki jangchi  uzoqjoydan toshlar orasidan 
zo'rg 'a ozgina suv topib kelib shohga beradi.  Lekin  shoh  bu  suv o'zidan 
boshqa hech  kimga yetmasligini bilib, to'kib tashlaydi.  Shunda jangchilar 
uning  xalqparvarligidan  xursand  bo'lib,  chidam   bilan  uning  orqasidan 
ergashadi.
Bunday suvga tashnalik voqeasi  haqiqatan ham  yuz bergan.  Bu voqea 
tafsilotini  bir qancha  tarixchi  adiblar o 'z  asarlarida  qayd  qilib  o'tadilar. 
Biroq,  ularning  ayrimlari  bu  voqea  Girkaniyada  bo'lib  o 'tgan  desalar, 
boshqalari So'g'diyonada deydi, boshqa birlari  Baqtriyada bo'lib o'tganligini
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling