Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet12/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34

POMPEY  TROG 
VA 
YUSTIN
Qadim So‘g‘diyona tasviri va 0 ‘rta Osiyoning antik davrlarida ro‘y bergan 
voqealar Pom pey Trog va Yustin asarlarida alohida m ahorat bilan chizib 
beriladi.  Bu ikkala ulug‘ adib ijodining biri ikkinchisining davomidir. Ya’ni 
Pompey Trog ijodining davom ini Yustin ijodida ko‘ramiz.
P o m p ey   T ro g n i  biz  Y ustin  ijodi  o rq ali  ta n iy m iz .  U n in g   44 
kitobdan  ib o rat  « F ilip p   tarixi»  asari turli xil  sabablarga k o ‘rak ey in - 
chalik yo‘qolib ketgan.
Pompey Trog bu asarini eramizning 7-yillarida yozdi.  U ning hayotiga 
oid juda  kam  m a’lum otga  egamiz.  Pom pey  Trog  N arbon  viloyatining 
Galli elida yashab o ‘tadi.  Uning bobosi Sertori jangida jasorat ko‘rsatganligi 
tufayli  im perator G ney Pompey tom onidan Rimning grajdanlik huquqiga 
ega  b o ‘lgan  edi.  U ning  amakisi  M itridatov  jangida  G n ey   Pom pey 
sarkardaligidagi  otliq  qo‘shinning  bir qismiga  boshliq  qilib  tayinlanadi. 
U ning  otasi  im perator  Yuliy  Sezar  davrida  kotib  va  taijim on   b o ‘lib 
ishlaydi.
Pom pey  Trogning  «Filipp  tarixi»  asari  sujeti  bilan  ham  biz  asosan 
Yustin  asari  orqali  tanishamiz.  Taassufki,  Yustin  asarining  h am   ko‘p 
sahifalari  yo‘qolib ketgan.
K ey in ch a lik   b o sh q a   b ir  n o m a ’lu m   ta d q iq o tc h i  b u   a sa rn in g  
kamchiliklarini,  yo‘qolib  ketgan  sahifalari  o ‘m ini  to ‘ldirishga  harakat 
qilgan.
Shu  bilan  Yustinning  nom ini  jahonga  tanitgan  Pom pey  Trogning 
«Filipp  tarixi»  asaridir.Pom pey  Trogni jahonga  tanitgan  esa  yustin­
ning «Pompey Trog epitomi» nomli asaridir.  Pompey Trog haqida qisqagina 
m a’lum ot  bergan  Yustin  o ‘zi  haqida  lom -lim   demaydi.  Shu  tufayli  biz 
Yustin haqida juda qisqa m a’lumotga egamiz.  Uning Avgust asridan keyin 
eram izning T-II asrlarida  Rim da yashab o ‘tganligi m a’lum , xolos.
Bu  ikki  adib  o ‘z  zam onasida  unchalik katta  obro‘-e ’tibor topm agan 
bo‘lsa ham, 0 ‘rta asrlar va Uyg‘onish davrlariga kelib, nomlari ko'pchilikka 
tanish  b o ‘lib  qoldi.
150

Yustin  hayotining  ko‘p  qismi  Avgust  asri  va  u n d an   keyingi  davrlar 
adabiyoti  va  san’atining  rivoji  bilan  bog‘liqdir.  M a’lum ki,  eram izdan 
awalgi  31-  yilda  o ‘ziga  «Avgust»  degan  m uqaddas  nom ni  olgan  Rim 
im peratori  Oktavian  adabiyot  va  san’atning  ravnaq  topishi  va  gullab 
yashnashiga alohida e’tibor bilan qaragan.  Im perator £am onasining ulug‘ 
adiblari va buyuk san’atkorlarini o ‘z qoshiga chorlab,  adabiyot kechalari 
va san’at anjumanlari o ‘tkazib turardi,  Rim adabiyotiga Vergiliy,  Goratsiy, 
Ovidiy kabi  buyuk so‘z san’atkorlarini yetkazib bergan Avgust  asri yana 
o'zining son-sanoqsiz katta-kichik ijodkorlari bilan e ’tiborga loyiq.
Yustin  tarixni  juda  yaxshi  bilgan,  ayni  paytda,  m ahoratli  yozuvchi 
edi.  Tarixchi  sifatida  Pom pey  Trog  hikoya  qilgan  tarixiy  voqealarning 
asoslarini puxta o ‘rgangan va ularga o‘zining munosabatini bildirgan bo‘lsa, 
yozuvchi sifatida  Pompey Trog asaridagi badiiy tasvirlarning davomchisi 
sifatida  ko‘zga  tashlanadi.  C hunki  asarda  yo‘qo1ib  ketgan  ko‘pgina 
sahifalarning badiiy xususiyatlarini va ifoda vositalarini tiklashga harakat 
qilgan.
U  Pom pey  Trog  asaridagi  badiiy  epizodlarni  o p in in g   m ustahkam  
g'oyaviy pozitsiyasida turib tahlil etadi.  M ana shu belgi va xususiyat Yustin 
dunyoqarashining  kengligidan,  bilimining  chuqurligidan  darak  beradi. 
Aks  holda,  unga  Pom pey Trogning tarixiy  rom anini  o ‘rganish  va  unga 
badiiy jilo berish  nasib  etm agan b o ‘lardi.  M uhim i  shundaki,  Yustin o ‘z 
salafining  rom anini  qayta kashf etadi,  kerakli o ‘rinlarda unga badiiy jilo 
beradi.  H atto  Pom pey Trog asaridagi  ayrim  xom,  rnaromiga  yetmagan 
epizodlar Yustin ijodxonasida pishib yetiladi, yozuvchining tasvir uslubida 
yoritiladi.  Yustin  Pom pey Trogning  dardiga  sherik  bo‘lganligini,  ayrim 
lavhalami  ham dard b o ‘lib, u bilan birgalikda bitganligini ko'ram iz.  Yana 
shunisi  xarakterliki,  Yustin  o ‘ziga  yoqm agan  ayrim  lavhalarni  o ‘z 
salaflarining asaridan olib tashlagan. Yoki boshqa o ‘rinlarda bunday badiiy 
lavhalarga qaytadan ishlov bergan.  Ba’zi bir o ‘rinlarda boshqacha holatga 
duch kelishimiz ham  mumkin.  Romandagi katta-katta badiiy lavhalami, 
tarixiy voqealar tasvirini  o ‘zi  yaratadi.  Shuning uchun ham ,  Yustinning 
xizmati  Pompey Trog m ehnatidan qolishmaydi.  Shu tufayli b o ‘lsa kerak, 
Yustin  nom i jaho n  adabiyotida katta hurm at bilan tilga olinadi.  Chunki 
Yustinning «Pompey Trog epitomi» asari o ‘ziga xos badiiy asardir.  H atto 
и  g'oyaviy  yuksakligi  va  badiiy  go'zalligi  jihatidan  ayrim  grek  va  Rim 
m m anlaridan  ustun  turadi.  Shuningdek,  bu  asar  iltniy xarakterga  ega. 
I Inda xalqlar tarixiga oid  m uhim   m a’lum otlar bor.
151

0 ‘n  besh  kitobdan  iborat  Pompey Trogning  «Filipp  tarixi»  kitobini 
Yustin  qayta  ishlab  toMdirar  ekan,  baribir  asarni  aw algi  holiga  keltira 
olmaydi.  Bu  o ‘n  besh  kitobda  bayon  qilingan  voqealar  tafsiloti  asosan 
quyidagicha:
Yustin  asarlarida,  asosan,  skiflar haqida hikoya qilinadi.  «Skiflar yeri 
kengligi  va  uzunligi jihatidan  bepoyon  o ‘lka  edi.  U lar  o ‘zlariga  tegishli 
yerlarni chegaralab olishgan edi.  Ularda  na uy,  na qurilish va na doim iy 
istiqomat  qiladigan  joy  bor.  Ular  m udom   ko‘chib,  q o ‘nib  yurishga 
odatlangan.  Mayda va yirik mollar boqadi.  Ular xotini va bolalarini o ‘zlari 
bilan birga olib yuradi.  Ularning issiqdan va sovuqdan saqlaydigan teridan 
tayyorlangan  maxsus  yoping‘ichi  bo'lgan»1.
Yustin  asaridan  keltirilgan  skiflar  hayotiga  oid  bu  epizod,  qadim 
So‘g‘diyonada  yashagan  bobokalonlarim iz  hayotiga  ju d a   o'xshash. 
Haqiqatan  ham ,  uzoq  o'tm ishda  bobokalonlarim iz  urug‘-urug‘,  elat- 
elat bo‘lib,  ko‘chm anchi va yarim ko'chm anchi b o ‘lib yashaganlar.  Ular 
asosan  chorvachilik  bilan  shug‘ullangan.  Shuning  uchun  ham ,  teri  va 
nam atdan  yasalgan  buyumlarni  turli  maqsadlarda  ko‘p  ishlatgan.  Bu 
o ‘rinda Yustin asosan eramizdan awalgi  IV-II1 asrlami nazarda tutmoqda. 
Chunki  rom anda  tasvirlangan  skiflar  hayotiga  oid  voqealar  asosan  shu 
davrni va hatto undan ilgari bo‘lib o ‘tgan voqealami beixtiyor esga soladi.
Asarni  varaqlar ekanm iz,  har ikkala  muallifning ham   skiflar hayotini 
yaxshi bilganligiga ishonch hosil qilamiz. Yustin skiflar hayotiga shunchaki 
kuzatuvchi  sifatida  yondashib  qo lm asd an,  balki  bu  voqealarn in g 
ishtirokchisi, shohidi sifatida qalam tebratadi.  Shu sabab skiflar hayotiga 
oid badiiy tasvirlar rom anda juda hayotiy chiqqan.  H ar ikkala adib ham  
sk iflar  h a y o tin i  c h u q u r  o 'rg a n g a n .  F a q a t  A lek san d rn in g   O siyo 
m am lakatlariga,  ju m lad an ,  0 ‘rta  Osiyoga  qilgan  harbiy  yurishini 
tasvirlovchi  asarlarni  va  u  bilan  bog‘liq  tarixiy  m anbalam i  o ‘rganish 
bilan cheklanib qolmagan. Jum ladan,  Ptolomey, Aristobul,  Kallisfenning 
«Kundalik»larini o ‘rganib chiqqan. Aleksandr bilan So‘g‘diyona yerlariga 
kelgan  Evmen va  Diodat qoMyozmalari bilan yaqindan tanishgan.  «Shoh 
jurnali»  yoki  «Efemerida»  deb  nom lanuvchi  maxsus  bebaho  asarni 
sinchiklab o ‘rgangan. Yana shu davr tasvir etilgan o ‘nlab tarixiy lavhalarni 
qiziqib o ‘qigan.  Eng m uhim i,  Pompey Trog ham ,  Yustin  ham   G erodot

Y ustin.  E p ito m a  P om pey  troga.  Jurnal  «Vestnik  vrem eney  istorii»  1954,  №   2, 
str. 212.
152

ijodini bilgan.  Ayniqsa,  G erodotning  «Tarix»  yoki  «Tadqiqot»  asari  har 
ikkala muallifning diqqat markazida turgan.
«Tarix» yoki  «Tadqiqot» asarida skiflar hayotiga oid juda ko‘p manbalar 
berilgan.  Pompey Trog va Yustin skiflar hayotiga doir ayrim voqealarning 
bayonini  tasdiqlash  uchun  ko‘p  o ‘rinlarda  G erodot  ijodiga  murojaat 
qiladi. Ayniqsa, Yustinning «Pompey Trog epitomi» asarida berilgan skiflar 
haqidagi  voqealar  tasviri  G erodotning  «Skifiya»  asari  tasviriga  o ‘xshab 
ketadi.
Biz  bu  o 'rin d a  Pompey  Trog  va  Yustin  nom larini  birdek  tilga  olib 
o'tm oqdam iz.  Biroq,  biz  asosan  «Pompey  T por  epitomi»  asarini  tahlil 
qilyapmiz, o ‘rganayotgan obyektimiz Yustinning «Pompey Trog epitomi» 
asaridir.  Shuning  uchun  ham ,  asosiy  e ’tiborni  m ana  shu  asar  tahliliga 
qaratmoqchimiz.
Yustin  o ‘z  asarlarida  skiflarning  hayoti,  yashash  tarzi  haqida  hikoya 
qiladi.  M uallif bu  bilan  chegaralanib  qolm asdan,  skiflarning  xarakteri, 
fe’l-atvori, dunyoqarashiga xos xarakterli belgilar haqida ham  so‘z yuritadi. 
Masalan,  Yustin  asarining  bir joyida  shunday  fikrni  uchratam iz.  «Ular 
tug'm a  haqiqatgo'y  edilar.  U lar uchun  o ‘g'irlik  qilish  eng  og‘ir jinoyat 
edi».
M ana  shu  fik rd an   ham   k o ‘rinib  tu rib d ik i,  sk iflar  q a d im d a n  
haqiqatgo'y bo'lgan va haqiqat uchun kurashganlar. 0 ‘g‘rilik esa qadimdan 
ota-bobolarim iz  uchun  yot  narsa.  Yustinning  skiflarga  bergan  bunday 
yuksak ta ’rifi qim matini yo‘qotmaydi.  Qadim bobokalonlarim iz xususida 
aytilgan  bunday  yuksak baho  bugungi  kunda  ham   avlodlar  qalbini  faxr 
hissi  bilan to ‘ldiradi.
Asarda  tasvirlanishicha,  «Skiflarning  q o ‘y-mollari  alohida  joylarda 
saqlanmasdan, keng yaylovlarda erkin yurardi.  Skiflar oltin va kumushdan 
hazar  qilardilar.  Sut  va  asal  iste’mol  qilishga  odatlanganlar.  Yirtqich 
hayvonlaming terisidan ham   foydalanadilar».
Bu epizodlar real hayotga juda yaqindir.  Yozuvchi skiflarning qadim 
turm ush tarzini xuddi o ‘z ko‘zi bilan ko‘rgandek jonli  lavhalarda tasvir- 
laydi.  Haqiqatan ham , skiflarning qo‘y-qo‘zilari, mollari keng yaylovlarda 
(Vtlab  yurgan.  Ularni  ayrim  qo‘ralarda saqlash  yoki  maxsus  arqonlarga 
bog‘lab q o ‘yish odat b o ‘lmagan.  Qadimgi skiflar oltin yig‘ish va kumush 
buyumlar to ‘plashga odatlanmagan. Tinch-totuv hayot,  m ol-qo‘ylarining 
m a’rab  yurishi  ular  uchun  bebaho  boylik  b o ‘lgan.  Skiflar  erkin  hayot 
kechirish  tarafdori  edilar.  Shuning  uchun  ham ,  keng  yaylovlarda  m ol-
153

q o ‘ylarining  erkin  yurishi,  h atto   q o ‘lga  o ‘rgatilgan  parrandalarning 
bep oyon  o sm o n d a   erkin   uchishlari  skiflar  h ay otiga  oid  erkinlik, 
ozodlikning  ramziy m a’nosini  kasb etadi.
Rom anning  bir  o 'm id a,  «boylikka  hirs  q o ‘yish  uni  ishlata  bilgan 
joydagina avjiga chiqadi» degan fikrga duch kelamiz.  Skiflar uchun boylik 
oltin  va  kum ush  b u y u m lar  em as,  balki  beb aho   te rila r  va  u n d an  
tayyorlangan  turli  xil  kiyimlar  hisoblangan.  M ayin junlardan  qahraton 
qishlarni  ham   pisand  qilmaydigan  o'tovlar yasashgan1.
H ayvon  go‘shtlarini  iste’mol  qilganlar.  Sut-qatiqlari  esa  eng  shifo- 
baxsh  ichim liklar  hisoblangan,  hayvonlarning  terisidan  o ‘q  o 'tm ay - 
digan  qalqonlar yasalgan,  egar-jabduqlar  qilingan.  H atto  saratonda  is- 
siq o'tm aydigan soyabonlar ham  teridan yasalgan. Xullas,  «teri va junning 
qiymati  skiflar uch un  oltindan  ham   baland  bo'lgan»2.
Yustin asarini o ‘qib shunday xulosaga kelish mumkinki, antik davrlarda 
h am m a  narsa  oddiy va tabiiy bo'lgan.  O rtiqcha bezaklarga hirs  q o ‘yish 
skiflar uchun begona edi.
Oltin  va kum ush buyumlarga qiziqish  qadim  skiflarga keyinroq kirib 
kelgan.  Bunday qiziqish Osiyo m am lakatlarida 0 ‘rta Osiyodan aw alroq 
Eronda kuchaygan edi.  Eron qadimdan taraqqiy etgan Afina shaharlariga 
yaqin joylashgan.  Eronliklar bilan  yunonlar o'rtasida  qadim dan  savdo- 
sotiq  aloqalari  kuchaygan.  H atto  Y unon-E ron  urushi  qadimgi  dunyo 
tarixida  eng  uzoq  cho'zilgan  urushlardan  bo'lib,  eram izdan  aw al  VI 
asrga  tegishlidir.  Bu  urushning  tafsilotlari  Esxilning  (eram izdan  aw al 
525-456-  yillar)  «Eroniylar» tarixiy tragediyasida batafsil  bayon  etilgan. 
Eronlar  bilan  yunonlar  o'rtasida  bu  urushdan  tashqari  iigari  ham   tez- 
tez  jan g-u  jadallar  bo'lib,  m ol-dunyo,  oltin  talashib,  m ing-m inglab 
kishilar  qurbon  bo'lgan.  Eron  shohlari  dafn  qilinganda  ham   ularning 
tobuti oltinga to'ldirilgan.
O 'rta  Osiyoda  oltinga  qiziqish  Eron  shohlari  Kir,  D oro  (eram izdan 
aw algi  V asr)  hujum laridan  so'ng  paydo bo'ldi.
H atto   qadim gi  Osiyo  m am lakatlaridan  biri  bo 'lgan  Troya  bilan 
yunonlar  o'rtasidagi  (eram izdan  aw algi  X IV -X III  asrlar)  urushning 
boshlanishiga ham  bir «oltin olma» sabab bo'lgan edi.  Bu haqda yunon
1  H ozirgi  kunda  ham   0 ‘zbekistonning  q o ra k o i  terilari ja h o n   bozorida  oltindan 
q im m at  turadi.
2  A rrian.  Poxod Aleksandra.  Izd.  AN  SSSR,  M —L.,  1962, str.  126.
154

antik adabiyotida yaratilgan sikl asarlar, ayniqsa, «Troya sikli» dostonlarida 
keng  m a ’lu m o tla r  berilgan.  Y u n o n -T ro y a  u ru sh in in g   b osh lan ish  
sabablarini  hikoya  qiluvchi  «Kipriya»  dostonida «Oltin  olm a»  haqida 
kishi qalbini sehrlovchi qiziq-qiziq lavhalar  berilgan.«Kipriya» dostonida 
tasvirlangan  voqealam ing  tafsiloti  bilan  yaqindan  tanishsak,  osiyolik 
Parisning ustidagi sharqona kiyimlar Sparta go‘zali Yelenani  o ‘ziga rom  
etadi.  M uhim i  shundaki,  Paris Afina va’da  qilgan  oltinlarga uchm aydi, 
G era  taklif etgan  boyliklarni  olmaydi,  balki  dunyoda  eng  latif go‘zalni 
m ’om   etish  istagida bo'lgan go‘zallik m a’budasi  A froditaning so‘zlariga 
ishonadi.
Bunday  antik  davrning  nodir  badiiy  yodgorliklari  bo'lgan  asarlarda 
ko'plab  qirg'in  urushlarining boshlanishiga sabab bo'lgan  narsa oltin  va 
qim m atbaho zeb-u ziynatlar ekanligi haqida hikoya qilinadi.
Xalqimizning qadimiy og'zaki  ijod  nam unalari b o ‘lmish  «Alpomish» 
dostonida  Q o‘ng‘irot  elida  yashovchi  ikki  aka-uka  biri-shoh  Boybo'ri, 
biri-boy  Boysari  o'rtasidagi  nizoning  kelib  chiqishiga  «Bir tirraqi  uloq» 
sabab bo'lgan.  «K o'rqamish» ko'lida elibiylik qilib,  mollarini semirtirib, 
yaylovda yayrab yotgan  Boysariga  Boybo'rining m ahram lari borib,  «Bir 
lirraqi uloq»ni zakot berishni so'raydi»1.  Bu taklifga  ko'n m agan   Boysari 
hilan  Boybo'ri o'rtasida keskin konflikt, kelishmovchilik chiqadi.  K o'rinib 
tinibdiki,  xalqimizning  ushbu  dostonida  ham   O 'rta  Osiyo  xalqlarining 
asosan chorvachilik bilan shug'ullanganligi tasvirlanadi.  Muhimi shundaki, 
O 'rta osiyoliklar tabiat tom onidan in ’om  etilgan bu bebaho boylik-qo'y- 
qo'zilar,  sigir  va  echkilarga  g'oyat  katta  davlat  deb  qaraganlar.  H atto 
otlarning,  sigirlarning,  serkalarning  qulog'iga,  bo'yniga,  shohlariga 
oltindan taqinchoqlar taqib qo'ygan. Oltin taqinchoqlami odamlarga emas, 
lonivorlarga taqishgan.
«Alpomish» dostonidagi epizodlaming birida,  Boybo'ri mahramlaridan 
o'n to'rttasining otlarining bo'yniga tilla qo'tos2  taqilganligi hikoya qilinadi.
M ana  shu  fikrlar ham   Pom pey Trog va Yustinning  asarlarida bayon 
qilingan badiiy lavhalar hayotiyligini qadim da skiflarning oltindan hazar 
qilganliklarini, bu yerdagi xalqlaming asosiy boyligi chorvachilik ekanligini 
lasdiqlaydi.  Bu o'rind a «hazar qilgan» degan so'zning m a’nosini «oltinga 
unchalik qiziqmagan» deb tushunm oq m a’quldir.
1  A lpom ish—Toshkent,  « 0 ‘qituvchi»  nashriyoti,  1987-  yil,  8-  bet.
2  Q o 'to s—ot  bo'yniga  osiladigan  buyum .
155

Bundan,  S o‘g‘diyonada  chorvachilik  rivojlanib,  ilm -fan  taraqqiy 
e tm a g a n   e k a n - d a ,  d eg an   tu s h u n c h a   p a y d o   boM m asligi  k erak . 
So‘g ‘diyonadagi  o ‘nlab  shaharlar,  bu  yerdagi  m uhtasham   im oratlar, 
ulardagi  go ‘zal  n aq shlar,  m ustahkam   q o ‘rg‘on  va  devo rlar  grek- 
m akedonlarni  lol  qoldirgan  edi.  Kvint  Kursiy  R ufning  «Aleksandr 
M akedonskiyning  tarixi»  rom anining  IV  kitobida  ta ’kidlanishicha, 
skiflarning jangda kiyadigan «halqasimon tem irdan yasalgan sovut kiyimi 
bor edi». Arrian «Aleksandrning yurishi» rom anining uchinchi kitobida, 
ularning  «H am m a  joyini  berkitib  turadigan  tem irdan  sovut  kiyimi  va 
turli  xil  qalqonlari  b or  edi»,  -  deb  yozadi.
Atoqli  tadqiqotchi  olim  Bobojon  G ‘afurov  eram izgacha  bo‘lgan  IV 
asrda 0 ‘rta Osiyo qurollarining yuqori saviyada bo‘lganligi haqida to ‘xtalib, 
«Temir va bronzadan  yasalgan  hanjarlar,  qilich  va  nayzalarning  dasta- 
baldoqlari juda go‘zal qilib bezatilgan edi. Ular hanjarlarini o ‘ng tomonlariga 
osib  yurganlar.  Shamshirlarining  uzunligi  1,2  m etrgacha  kelardi.  Bir, 
b a’zan  ikki qirralik tem ir boltalari bor,  nayzalarining uzunligi  ikki  m etr- 
dan ziyodroq edi»1.  M ana shu dalilning o ‘ziyoq  So‘g‘diyonada ilm-fanning 
nihoyatda rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, Yustin asaridagi tarixiy voqealar bayoni ham  beriladi. 
U nda  ta ’kidlanishicha,  «Skiflar  uch  m arta  Osiyo  ustidan  hukm ronlik 
qilishga  muvaffaq b o ‘ladi.  Ularning g‘alabaga erisholm agan hollari ham  
bo'ladi.  Skiflar Eron shohi  Doroni sharm andalarcha o ‘z yerlaridan quvib 
chiqaradi.  Kimi butun qo‘shinlari bilan qirib tashlaydi.  Bu o ‘rinda mualliflar 
Gerodot va  Polien ijodida butun tafsilotlari bilan hikoya qilingan «To‘maris» 
va «Shiroq» asarlarini  nazarda tutyapti.
B uyuk  A le k sa n d rn in g   sark ard asi  Z a p irio n   q o ‘sh in la ri  skiflar 
tom onidan  qirib tashlangan edi».
Yustin  skiflar  hayotiga  ijobiy  m unosabatda  b o ‘ladi.  Aleksandrning 
O siy o g a  y u ris h in i  q o r a la m a g a n   h o ld a ,  s k if la rn in g   m a rd lig i, 
vatanparvarligini  ulug‘laydi.  U larning  tashqi  du shm anlarga  qarshi 
kurashini, bosqinchi yovlarga bergan ayovsiz zarbasini maqtaydi.  Romanni 
o ‘qisak,  skiflarning o ‘ziga xos turm ush tarzi Yustinga yoqib tushganligini 
sezish  qiyin  emas.  Bu  jihatdan,  Yustinning  haqiqiy  yozuvchi  sifatida 
o ‘zga  xalqlar hayotiga  obyektiv  m unosabatda  b o ‘lganligi  ahamiyatlidir. 
Yustin  M akedon  q o ‘shinlari va skiflar o ‘rtasida b o ‘lib o ‘tgan voqealarga 
ham halollik bilan yondashadi.
1 B.  G 'afurov.  «Tadjiki».  Izd-vo  «N auka»,  М .,  1972,  str.  92.
156

«P om pey  Trog  epitom i»da  berilgan  D o ro  (522-486)  va  uning 
f'arzandlari  haqidagi  hikoya  ham   xarakterlidir.  «D oro  o ‘limi  oldidan 
shohlikni o‘g‘li Artakserksga1  topshirib,  0 ‘rta  Osiyo  hokim ligini  K irga2 
beradi.
Otasi shoh  Doroning bunday hukmi  Kirga m a’qul b o ‘lmaydi.  Shuning 
uchun  ham ,  u o ‘z akasiga qarshi pinhona kurash olib boradi. Artakserks 
buni  payqab  qoladi.  Kirni  o ‘z  qoshiga  chaqirib,  uni  oltin  kishan  bilan 
zanjirband qiladi.  So‘ngra  uni o ‘ldirm oqchi b o ‘lganda onasi kelib qolib, 
xalaqit beradi.  Natijada,  Kir ozod etiladi.  Shundan so‘ng  Kir Artakserks­
ga  qarshi  pinhona  em as  ochiqchasiga jangga  hozirlik  ko‘ra  boshlaydi. 
Artakserks afinaliklarga qarshi urush e ’lon qiladi.  Ikki o ‘rtada qattiq jang 
ketayotganda  Kir afinaliklarga yordam berib, Artakserksga qarshi kurasha 
boshlaydi.  Jang  b o ‘layotgan  m aydonda  ikki  aka-uka  tasodifan  yuzm a- 
vuz kelib qoladi.  Kir birinchi bo‘lib Artakserksni yaralaydi.  Biroq vafodor 
ot  Artakserksni jang m aydonidan  holi joyga olib boradi.  Artakserksning 
xos  kishilari  Kirni  o ‘rab  olib,  o ‘ldiradilar.
Mana shu epizoddan ham ko‘rinib turibdiki, qadim zamonlarda odamlar 
m o l-d u n y o ,  boylik  o rttirish   u ch u n   tu g 'ish g a n   o ‘z  ak a -u k a la rin i 
o'ldirishdan  ham   qaytmaganlar.  M ol-dunyoga  hirs  qo ‘ygan  shoh  va 
shahzodalar  uchun  boylik  har qanday  insoniylikdan  ham   ustun  turgan.
Minglab odam larning hayoti bir hovuch oltin uchun qurbon qilingan. 
Qirg‘in  urushlarni  boshlovchi  shohlar  o ‘z  m anfaatlari  yo‘lida  ne-ne 
qishloq  va  shaharlarni  kultepalarga  aylantirgan,  go‘zai  m adaniyatim iz 
obidalarini xonavayron etgan. Q anchadan-qancha donish-u fozillami og‘ir 
qismatga  giriftor qilgan.  Q onxo‘r Kirning jirkanch basharasini  xalqimiz 
azaldan  qarg‘ab  keladi.  D oroning  shaklar  qabilasiga  o'tkazgan  zulmi 
/.am onlar  q a ’ridan  hayqirib,  hali  ham   ovoz  berib  turibdi.  Osiyolik 
bobokalonlarimiz  massagetlar  va  shaklar  qarg‘ishiga  uchragan  Kir3  va 
I )oro abadiy yovuzlik, qonxo‘rlik, qabihlik obraziga aylanib qolgan. Yustin 
o'z  asarida  bu  tarixiy  kimsalarning jirkanch  basharasini  m ahorat  bilan 
ochib beradi.  Kserks hech qachon insoniyatga yaxshilik qilishni o ‘ylamaydi.
I latto o ‘z ukasi Artakserksga ham  yovuz niyatda bo'ladi.
1 Artakserks—Esxilning  «Eroniylar» tragediyasida berilgan  Kserks obrazidir.  Kserks 
laiixiy  shaxs  b o'lib,  0 ‘rta  Osiyo  xalq  og'zaki  ijodida  K aykovus  no m i  bilan  uchraydi.
2  Bu  o 'rin d a   adib  K serksni  (486-465)  nazarda tutyapti.

Kir  ham   O 'rta   Osiyoning hokimligiga ega  b o'lgandan so'ng,  bu yerdagi  qabilalar 
boshiga  o g 'ir  kulfatlar  solgan.
157

Y ustinning  asarida  qayd  etilishicha,  «Aleksandr  H indiqush  to g ia ri 
orqali  Baqtriyaga eram izdan aw algi  329- yilning bahorida kirib keladi». 
B undan  k o ‘rinadiki,  S o‘g‘diyonaga  ham   u  o ‘sha  yili  b ah o r  oylarining 
oxirlarida keladi.  C hunki baqtriyaliklar M akedon q o ‘shinlariga deyarli 
qarshilik  ko‘rsatm aydi.  Shuning  uchun  ham ,  A leksandr  Baqtriyada 
ko‘p  ushlanm asdan ,  te zd a  S o‘g‘diyona  to m o n   yo‘l  oladi.  Sababi, 
So‘g‘diyonada ashaddiy dushm ani  Bess  yashirinib yurganligi  haqidagi 
xabarni  eshitadi.  Bess  Eron  shohi  D oroning  eng  yaqin  kishisi  b o ‘lib, 
Baqtriya hokim i  qilib tayinlangan edi.  Ayrim grek va  rim  rom anlarida 
Bessning  Baqtriyada q o ‘lga olinganligi m a’lum  qilinadi. Y ustin asarida 
esa bu voqea aniq dalillar bilan ko‘rsatilib,  Bessning So‘g‘diyonada asir 
olinganligi ta ’kidlanadi1.
Yustin asarida hikoya qilinishicha, m ana shu olis yurtlarda o ‘zi haqida 
xotira qoldirish maqsadida Aleksandr Baqtriya va So‘g‘diyonada 7 ta shahar 
barpo  etadi.  S hulardan  biri  Yaksart  (Sir)  daryosi  b o ‘yiga  qurilgan 
Aleksandriya  Esxata  (X o‘jan d  yaqinida)  shahridir.  Bu  shahar ju d a  tez 
fursatda - o ‘n yetti kunda qurib bitkaziladi.  Shahar devorlarining aylanasi 
olti ming qadam  edi2.  Bu Aleksandriya  Esxata shahriga  Kir to m o n id an  
barpo etilgan  Kiropil kabi uchta shaharning aholisi joylashadi»3.
Bu yerda u  q o ‘shinning bir qismini va ishonchli kishilarini qoldiradi.
B undan  keyingi  m a ’lum otlar ham   e ’tiborlidir.  M asalan,  asarda  Klit 
fojiasi  bilan  b o g ‘liq  v oqealar  a n c h a   ta ’sirli  ep izo d lard a  berilgan. 
Shuningdek,  Klit fojiasi M aroqand yaqinidagi tog‘da eramizgacha bo‘lgan
328-  yilda ro‘y berganligi qayd etiladi.  Bizningcha, bu joy U rgut tog‘lari, 
O m onqo‘ton atrofida bo‘lsa kerak.  U yerda Iskandarsoy bor. Yozda salqin 
va sersoya b o ‘ladi.  Klit  Dionis  sharafiga bag‘ishlangan  ziyofat  chog'ida 
oMdinlgan.
1 Y ustin.  E pitom a  P o m p ey aT ro g a.  «Vestnik drevney istorii»,  1954,  №   3, str.  215.
2  B .G afurov.  «Tadjiki».  Izd-vo  «N auka»,  М .,  1972,  str.  96.
1  6000  p ar  q adam   —  B .G ‘afurovning  hisobicha  9  kilom etrlik  o ‘lchov.
158
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling