Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet13/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34

TARIXIY  KUNDALIKLAR
M akedoniyalik  shoh  F ilip p   II  d avridayoq  m u h im   h u jjatlarn i 
saqlaydigan  maxsus  arxiv  mavjud  edi.
Bu  arxivda  Filippning  shaxsiy  hayotiga  oid  va  uning  saltanatiga 
tegishli  m uhim   hujjatlar  qattiq  nazorat  ostida  saqlanardi.  Bu  davlat 
aham iyatigaegabo‘lgan  hujjatlar  orasida Filippning  harbiy  taktikasini 
belgilovchi,  og'ir janglar tarixini  o ‘rganuvchi  va b o ‘lajak janglar rejasini 
ifodalovchi m a’lumotlar ham mavjud edi.  Shuningdek, bu arxivda Yevro- 
padagi  va  Osiyodagi  ko‘pgina  katta-kichik  m am lakatlarning joylashuv 
xaritasi, jug‘rofiy xarakterdagi boshqa chizmalar,  harbiy b o ‘linm alam ing 
joylashuv  holati  m ahorat  bilan  ishlab  chiqilgan  edi.  Bu  hujjatlar  bilan 
tanishgan  kishi  Filippning  katta  harbiy  kuchga  ega  ekanligiga,  uning 
harbiy  taktikasiga  hayrat  bilan  qaram asdan  iloji  yo‘q.  Saqlanadigan 
luijjatlarning  tuzilishi,  saqlanish  tartibi  yosh  A leksandm i  lol  qoldiradi. 
IJ  barcha  ilmlar  singari  janglar  tarixi  bilan  ham   yaqindan  tanishishga 
qiziqadi. Janglar taktikasining nazariy asoslarini o ‘rganishga alohida diqqat 
qiladi.  Bunday jang tasvirlari aksariyat hollarda badiiy ifodalardan iborat 
edi. Jang tafsilotlari qiziq-qiziq badiiy epizodlarda hikoya qilingan. Aleksandr 
bunday lavhalam i yoshligida berilib o ‘qiydi.  12-13 yoshlar chamasidagi 
Aleksandr  katta  qo‘shinga  qo'm ondonlik  qilib,  dushm an  bilan  b o ‘lgan 
jangdazafar  qozonadi. Bo‘lib  o ‘tgan  jang  haqidaotasi  Filippga  to ‘lib- 
toshib  hikoya  qiladi.  Shubhasiz,  bunday  g'alabaga  erishishda  otasi 
Filippning  arxividagi janglar  tarixigaoid  hujjatlar  m uhim   aham iyatga 
ega  bo'lgan.  Filippning  hujjatlar  to ‘plami A leksandrning  haqiqiy  sar­
karda  b o ‘lib  yetishishida,  chuqur  harbiy bilimga  ega  b o ‘lishida  haqiqiy 
maktab vazifasini o ‘taydi.  0 ‘zi taxtga o ‘tirgandan so‘ng esa bu maktabning 
mavqeyini yanada mustahkamlaydi. Arxivga nazoratchi qilib o'zining eng 
ishonchli  kishisini  tayinlaydi.  Iigari  otliq  q o ‘shinga  sarkarda  b o ‘lgan, 
nihoyatda hushyor va ziyrak kardinlik  Evmen  arxivdagi  hujjatlarni k o ‘z 
qorachig‘idek asray boshlaydi.  Uning qo‘lida shohning xatlari,  buyrug‘i 
va yo‘l-yo‘riqlari ham saqlanardi. Aleksandr davrida naqadar ulkan bo‘lgan, 
bebaho hujjatlar saqlanadigan  bu  arxivdan bizgacha juda ko‘p fakt va m a- 
leriallar yetib  kelgan.  Bu  hujjatlar  majmuasi  «Zenon  arxivi»  deb  ataladi.
Zenon Apolloniyaning eng yaqin va ishongan kishisi edi.  Bu arxivning 
nazoratini kuchaytirish masalasiga Apolloniya ham  aralashardi. Arxivda 
liar  bir  hujjat  kuchli  n azorat  ostida  saqlanardi.  X atlarning  kim ga
159

y u b o rilay o tg an i  yoki  k im d an   kelganligi,  b u y ru q la rn in g   q a c h o n  
chiqqanligi,  oyi,  kuni,  h atto   soatigacha  aniq  ko'rsatilib,  maxsus jildga 
qayd etib borilardi.  Shu bilan birga, b o ‘lg‘usi janglar rejasi va janglam ing 
taqdiri  ham   alohida  yozilib  qo'yilardi.  M ana  shunday  hujjatlardan 
Apolloniyaning q o ‘li bilan yozilgan xatda eram izgacha bo'lgan  354-  yil 
21
-  sen tabr  sanasi  qayd  etilib  qo'yilgan  bo'lsa,  o 'sh a   xatning  22- 
sentabr soat  2  da  kuchga  kirganligi  Z enonning  qo'li  bilan  yozilgandir. 
Bu  xatda  Payrisadadan  Argas  shahriga  yuk  tashuvchi  hayvonlarning 
yuborilishi  so'ralgan  edi.  Shuningdek,  saqlanm ada  A leksandrning  o 'z  
qo'li  bilan  yozilgan  xatlar  ham   mavjud  edi.  M asalan,  A leksandrning 
onasi  Olimpiadaga yo'llagan xatlari,  ayniqsa,  m uhim  ahamiyatga egadir. 
Bu xatlarning birida Aleksandr  H indiston  haqida yozadi.  Arxivda  Eron 
shohi  D oroning Aleksandrga  yo'llagan  ikkita  maktubi  ham   bor.  U nda 
D oro  A leksandr  qo 'lida  asirlikda  saqlanayotgan  xotini,  onasi  va  o'g'li 
bilan  qizi  haqida  yozadi.  D oroning xati  fors tilining eram izdan  aw algi 
330- yillardayoq rivojlanganligidan dalolat beradi.  Shuningdek, bu arxivda 
saroy muhitiga oid,  uning rejalari-yu,  qo'lga kiritgan g'alabalarini  hikoya 
qiluvchi «Kundalik» ham  saqlanadi.  «Kundalik»da Osiyo  m am lakatlari, 
jum ladan,  O 'rta   Osiyoga  oid  m a’lum otlar  ham   qayd  etilib  borilgan. 
Afsuski,  «Kundalik»da  Aleksandrning sharqqa  yurishi  batafsil  va keng 
yoritib  b orilm ag an .  Bu  biz  u ch u n   m u h im   b ir  hujjatdir.  C h un k i 
«Kundalik»da Aleksandrning  Eronga, shuningdek,  O 'rta Osiyoga yurishi 
qisqa qayd etib borilgan. Antik tariximizga oid yangi  m a’lum otlar qo'lga 
kiritilgan.  Ko'pgina G rek va  Rim adiblari O 'rta Osiyoning antik davrlarini 
yoritishda bu kundalikdan samarali foydalanganlar.  Bu «Kundalik» tarixiy 
voqealarga  boyligi  jih atid an g in a  em as,  xalqlar  va  o 'lk a la r  tarixini 
yoritganligi tufayli  ham  qim matlidir.
Arxivda Osiyoning fors va arab mamlakatlariga oid  m a’lum otlar juda 
ko'p.  Bunday m a’lumotlar grek-rim adabiyotida ham  istagancha topiladi. 
C hunki  G retsiya  ham   Rim  ham   bu  m am lakatlar bilan  deyarli  qo'shni 
joylashgandi.  Aleksandr  davridan  aw al  ham   bu  m am lakatlar  o'rtasida 
o'zaro  turli  xil  aloqalar  mavjud  bo'lgan.
«Kundalik»da  Aleksandr  yurishining  oxirgi  yillari,  ayniqsa,  uning 
Hindiston  safari  va  hayotining  so'nggi  kunlari  batafsil  yoritib  borilgan. 
Aleksandrning o'lim iga oid  m a’lum otlar,  uning  kasallikka chalinganligi 
yoki zaharlangan bo'lishi ham  m um kin degan taxm inlar «Kundalik»dan 
keng joy  olgan.
160

Olinfa shahridan Strattid degan adib Aleksandrning o ‘limi haqida 5 ta 
kitob yozgan ekan.  Biroq bu kitob bizgacha yetib kelmagan. Aleksandrning 
o ‘limi sabablari  haligacha aniq bir yechimga ega bo'lgan emas.  Ba’zi bir 
tadqiqotchilar uni bezgak kasaliga yo'liqqan desalar, boshqa bir tarixchilar 
uni zaharlangan,  degan xulosaga kelmoqdalar.  «Kundalik»da Aleksandr 
hayotining  so‘nggi  dam larini  tasvirlovchi  g ‘oyat  hayajonli  lavhalar 
anchaginadir.
0 ‘rta  Osiyo  haqidagi,  A m udaryo va  Sirdaryo bo'ylari,  bu  ikki  daryo 
oralig'idagi  ro‘y bergan  antik davr voqealariga  doir aniq  m a’lum otlarni 
Ptolom ey  va Aristobul  «Kundalik»laridan  topam iz.  Bu  «Kundalik»  biz 
uchun nihoyatda bebaho asardir.  Ularda Aleksandrning harbiy yurishlari, 
uning oyog‘i yetgan joylartasviri, jang tafsilotlari batafsil bayon qilinadi. 
«Kundalik»da Aleksandrning o'lim idan keyingi qarama-qarshiliklaiga boy 
bo'lgan  ijtimoiy  hayot,  o'zaro  toj-taxt  uchun  kurash  harakatlari  ham  
yorqin ifodalangan.
Biz uchun qimmatli sanalgan bu «Kundalik»ning mualliflari  Ptolomey 
bilan Aristobul kim edi, degan savolning tug'ilishhi tabiiy.  Bu ikki zotning 
o 'z   «Kundalik»lari  bo'lgan.  U lar  o 'z   ko'zlari  bilan  ko'rgan,  bevosita 
o'zlari guvoh bo'lgan voqealarni qalamga oladi.
Ptolom ey  ham ,  Aristobul  ham   O 'rta  Osiyoda  bo'lgan.  Bu  ikki  adib 
O 'rta  Osiyoning  antik  davrlaridagi  G irkaniya,  Parfiya,  M arg'iyona, 
Baqtriya,  Xorasm,  So'g'diyona  m am lakatlariga  safar  qilishgan.  U chta 
yirik davlat  -  Baqtriya,  So'g'diyona,  Xorasm da yashaganlar.  Bu yerdagi 
elatlarni o 'z  ko'zi bilan ko'rgan, ularning m adaniy hayoti bilan yaqindan 
tanish  bo'lgan.  G u rg 'o n ,  M urg'ob,  Q unduz,  Araks,  Y aksart,  Oks, 
Politimet  daryolarini  kechib  o'tib,  ularning vohasini  kezgan.  Bu  haqda 
ular o 'z   «Kundalik»larida  qiziqarli  badiiy lavhalar keltirishgan.
O na  yurtimizning  antik  davrini  o'rganishda  m ana  shu  ikki  zotning 
ijodi  g'oyat  m uhim   rol  o'ynaydi.  «Kundalik»da  tasvirlangan  voqealar 
aniq, joylar nomi konkret, jug'rofiy holatlarjonli lavhalarda ifodalangan. 
Hatto «Kundalik»da berilgan tabiat manzaralari ham  bizga tanish. Ayniqsa, 
hozirgi  O 'zbekiston  hududini  tasvirlaganda  bizning  qalbimizga  yaqin 
bo'lgan  bo'yoqlam i  ko'ram iz.  Tog'lar,  sahrolar,  cho'llar,  to'qayzorlar, 
d a ry o la r,  sh a h a rla r,  h a tto   q ish lo q lar,  o d a m la r,  h a m m a si  uzoq 
o'tm ishim iz tarixi.  Eram izgacha bo'lgan  329-327- yillar manzarasi.
T o 'g 'ri,  bu  «Kundalik»larda  ham   Aleksandrni  ko'klarga  ko'tarib 
maqtagan  o'rinlar,  ortiqcha  ta ’riflarga  boy  lavhalar  uchraydi.  H atto
161

Aleksandrga  yoqish  uchun  ayrim jang tafsilotlari b o ‘rttirib tasvirlanadi. 
Shuningdek,  m ubolag‘asiz  ifodalar  ham   uchraydi.
Albatta,  bu  ikki  olim ni qonli  urushlarga qatnashm agan,  bosqinchilik 
tug‘ini qo'lida tutm agan,  deb aytolmaymiz.  C hunki ularning h ar ikkalasi 
ham  Aleksandr Makedonskiyning eng yaqin kishilari b o ‘lgan.  Biz uchun 
bugungi  kunda ularning yozib qoldirgan «Kundalik»lari noyob hujjatlardir.
«Kundalik»ning eram izdan awalgi 332-322- yillarga tegishli sahifalari, 
ayniqsa, muhim m a’lumotlaiga boy va rang-barang.  Bu yillaiga oid sahifalar 
Osiyo  m am lakatlari  Eron,  Afg‘oniston,  Hindiston,  shuningdek,  0 ‘rta 
O siyo  ta rix i  b ila n   b o g 'liq .  Bu  yillarga  oid  m a ’lu m o tla r  O siyo 
m am lakatlarining  yozm a  adabiyotida  saqlanib  qolm agan.  K o‘pgina 
xalqlaming  yozuvi  ham   o ‘sha  davrlarda  shakllanmagan  edi.  Bu  davrga 
tegishli  yurtim izning  tarixi  haqida  m a n b alar  asosan  P to lo m ey   va 
Aristobulning  «Kundalik»laridan  boshlanadi.
Ptolom ey  bilan  A ristobulning  «Kundalik»lari  ellinizm   davrining 
shoirlari  Leonid  Terentning  epigrammalari,  Arat  poem alari,  Kollimax 
gimnlari,  M eleagr  she’rlari  kabi  yuksak  badiiy-estetik  qim m atga  ega 
bo‘lmasa ham , biz uchun ular tarixiylik  nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir. 
Antik davrimizni tasvirlovchi yagona yozma m anba b o ‘lgani uchun ham  
qimmatlidir.
Ptolom ey  o ‘z  davrining  yirik  harbiy va siyosiy arbobi  edi.  Aleksandr 
sarkardalari orasida u eng atoqlisi edi. Aleksandr unga  ishonardi, shuning 
u ch u n   h a m ,  uni  o ‘ziga  shaxsiy  q o ‘riqch i  qilib  o lad i.  P to lo m ey  
A leksandrning  saralangan  q o ‘shinlariga  sarkardalik  qiladi.  M uhim i 
shundaki,  Ptolom ey kundalik voqealarni yozib borishga o ‘z ixtiyori bilan 
kirishadi.  «Kundalik» kimningdir topshing‘iga binoan yoki Aleksandrning 
buyrug‘i  bilan  yozilmay,  bunday  «Kundalik»ning  kelgusida  aham iyati 
katta ekanligini  uning  o ‘zi  his qiladi.  C hunki,  A leksandrning  Ptolom ey 
va Aristobuldan tashqari  ham   Evmen va D iodot kabi maxsus «Kundalik 
yozuvchi»  m u a rrih la ri  h am   b o r  edi.  0 ‘z  n a v b a tid a ,  A lek san d r 
sarkardalari  Ptolom ey bilan Aristobulga ham  «Kundalik» yozishga ijozat 
bergan edi.  0 ‘sha davrda,  ayniqsa,  q o ‘shinlar orasida  shohdan beruxsat 
tarixiy  asar  yozish  m um kin  emas  edi.
«Kundalik»da  ifodalangan  voqealaming  eng  m uhim lari  bilan  Alek­
sandr  tanishtirib  borilgan.  Uning  «Kundalik»  sahifalaridan  joy  olgan 
ko'pgina  sarguzashtlar Aleksandrga  m anzur b o ‘lgan.
162

Ptolomeyning «Kundalik» asari bizgacha asl holda to ‘liq yetib kelmagan. 
Uning ayrim sahifalarigina saqlanib qolgan, xolos.  Bu sahifalami amerikalik 
tarixchi  Robinson keyinchalik to ‘plab tarjima qiladi.  M uhim i shundaki, 
Ptolomeyning  bu  «Kundalik»  asari  keyingi  davrlarda  yaratilgan  o ‘nlab 
rom anlar uchun tarixiy m anba bo'lib xizmat qildi.  D em ak, asar o'zining 
to'liq  m undarijasini  saqlab qoldi.  Ptolom ey va A ristobulning  «K unda- 
1 ik»lari  yozilm aganda  edi,  Aleksandr  haqida  bitilgan  keyingi  kitoblar 
sahifalari  u  q adar  hayotiy  va jonli  chiqm agan  bo'lardi.  Ptolom eyning 
«Kundalik»  asari  bizgacha  yetib  kelgan  o 'n lab   rom anlar  sahifalarida 
o'zining  yorqin  ifodasini  topgan.  G arch i  uning  k o'p g in a  sahifalari 
yo'qolgan  bo'lsa-da,  u to'lig 'icha o 'z  aham iyatini saqlab qolgan.
O 'rta Osiyoning antik davrlari  haqidagi qaysi bir grek va  Rim tarixini 
varaqlamaylik,  Ptolomey va Aristobul  nomiga duch kelamiz.  Kursiy Ruf, 
P lutarx,  A rrian ,  D io d o r,  S trab o n ,  P om pey  T rog,  Y u stin la r  o 'z  
asarlarida  Ptolomey va Aristobul nomlarini qayta-qarta tilga olib o'tadilar. 
Shunday qilib, endilikda badiiy adabiyotda ham Aristobul va  Ptolomeyning 
o'ziga  xos  obrazlari  yuzaga  keldi.  Ayniqsa,  «Aleksandriya,  Aleksandr 
haqida roman»,  Ivan Yefremovning «Afinalik Tais» rom anlarida bu  ikki 
m uarrihning badiiy obrazlari  yaratilgan.
Ptolomey  M akedoniyaningbadavlat xonadoniga mansub edi.  Shuning 
uchun  ham ,  yoshligida  yaxshi  ta ’lim  oladi.  Ayniqsa,  tarix  va  ritorikani 
sevib  o'qiydi,  falsafani  chuqur  o'rganadi.  Harbiy  ilmni  puxta  biladi. 
Aleksandr Osiyoga yurish qilishdan oldin ham   Ptolomeyni  yaxshi bilgan. 
Ptolom ey  harbiy  nazariya  va  am aliyotni  yaxshi  bilgani  uchun  ham 
Aleksandrga yoqib qolgandi. Aleksandr qo'shinlari orasida qilichbozlikda 
Ptolomeyga  teng  keladigani  topilmasdi.  Ptolom ey  zam onasining  ulug' 
adiblarining  asarlarini  sevib  o'qirdi.  Uning  «Kundalik»  asarida  asosan 
harbiy  safar tafsilotlari,  shuningdek,  So'g'diyonada  yuz  bergan  m uhim  
voqealar, bu yerdagi  elatlarning urf-odatlari,  hayot tarzi bayon qilinadi.
A leksandrning  vafotidan  so 'n g   to j-ta x t  u ch u n   o 'z a ro   u ru sh lar 
kuchayib ketadi.  Ulkan ellinizm davlati mayda bo'laklarga bo'linib, zulm 
kuchaydi.  A leksandr  taxtiga  d a ’vogarlar  ko'payadi.  Biroq  Ptolom ey 
tadbirkorlik  bilan  m am lakat  shohligini  egallaydi.  Qarigan  chog'igacha 
shohlik taxtidan tushmaydi.  A ncha keksayib qolgandan so'ng 304- yilda 
o 'z taxtini o'g'li  Ptolom ey II  Filadelfga bo'shatib beradi.
Ptolom ey  «Aleksandrning  yurishi»  rom anini  yozishda  o'zi  yig'gan 
tarixiy  m a’lum otlar  bilan  cheklanib  qolm asdan,  Kallisfen  «K unda-
163

lik»lariga  ham ,  Evm an  va  D iodot  tom onidan  qayd  etilib  borilgan 
«Efemerida» yoki  «Shoh jurnali»dan  ham foydalanadi.  Ptolom ey rom an 
yozishga  asosan  qarilik  chog'ida  qo'l  uradi.  Ayniqsa,  taxtni  o 'z   o"g‘li 
Ptolomey  11  Filadclfga bo‘shatib bergandan so'ng. butunlay ijod ishlariga 
berilib ketadi.
Aleksandrning  Ptolomey kabi yuzlab sarkardalari b o ‘lgan.  Ular ichida 
Ptolom eyning  nom i  ulug1.  Chunki  u  o ‘zidan  keyingi  avlodga  o ‘lmas 
asar  qoldirdi.  Ptolom eyning  safdoshi,  u  bilan  0 ‘rta  Osiyoga  kelgan 
kassandriyalik Aristobul  ham Aleksandr haqida  o ‘z taassurotlari  asosida 
asar  yozadi.  Aristobul  o ‘zi  mustaqil  ravishda  «Kundalik»  tuzadi.  Sharq 
mamlakatlarining qishloq va shaharlari, bu yerlarda bo‘lgan janglar tarixi, 
sharq  tabiati  va  xalqlari  hayotini  o 'z  kundalik  daftariga  batafsil  yozib 
yurgan.  Kundalik  daftari  sahifalarini  yildan  yilga  boyitib  boradi.  Sharq 
m am lakatlaridan  ketgandan  keyin  ham   ijod  dardi  bilan  yashaydi.  O 'z 
safdoshi  Ptolom eyning  asar  yozishga  kirishganini  eshitgandan  so'ng,  u 
bilan bellashadi.  Ptolomey kabi Aristobul  ham  o ‘z kundaligidan tashqari, 
Evm an va  D iodot xotiralariga m urojaat qiladi.  «Efemerida» yoki  «Shoh 
jurnali» deb  nom lanuvchi  maxsus hujjatlar to'plam ini qayta-qayta o'qib 
chiqadi.  Aristobul  ancha  keksayib  qolgan  bir  davrda  -  84  yoshida  asar 
yozishga qo 'l  uradi.  Keksalik  chog'ida,  ya’ni 90 yoshga qadar Aleksandr 
M akedonskiyning  sharq  mamlakatlariga  qilgan  yurishi  haqida  rom an 
yozadi.  O 'z  asarini  qariyb yakunlab,  so'ngra olam dan  o'tadi.  Ptolom ey 
kabi Aristobul  ham uzoq yillar davom ida asar yozishni niyat qilib yuradi. 
A ristobulning  asari  P tolom eynikidan  farq  qiladi.  P tolom ey  sharq 
mamlakatlariga sarkarda sifatida kelgan bo'lsa, Aristobul usta hunarm and 
sifatida  keladi.  Ptolom ey  o ‘z  asarida  ko‘proq  janglar  tarixini  yozishga 
harakat  qilsa,  Aristobul  Osiyo  m amlakatlarining  geografik joylashishi, 
tabiat  tasviri,  daryolar va  shaharlar tarixi  haqida yozadi.  Oks  (Amu)  va 
Yaksart  (Sir)  daryolari  ustiga  ko‘prik  qurish  ishlarida  shaxsan  o ‘zi 
qatnashadi.  U  o ‘z  ishining  m ohir ustasi  edi.  D aryolar  ustiga  doim iy  va 
vaqtinchalik  k o ‘priklar  qurish  ishlarini  u  yaxshi  bilardi.  Aristobul 
Aleksandr  Makedonskiyning eng yaqin va  ishongan kishilaridan biri edi. 
Shuning  uchun  ham ,  m uhim   aham iyatga  ega  b o ‘lgan  maxfiy  ishlarni 
Aleksandr  Aristobulga  alohida  ishonib  topshiradi.  Eron  shohi  Kiming 
qabrini  ochish  ishini  ham  Aleksandr  Aristobulga  ishonib  topshiradi. 
Aristobul  o 'z   davrining bilim don,  savodxon  kishilaridan  biri  edi.
164

Ayrim  m anbalarda,  Aristobul  90  yoshga  kirib  vafot  etgan  degan 
faktlar  uchrasa,  boshqa  birlarida,  84  yoshida  o ‘lgan,  degan  taxm inlar 
bor.  Fikrim izcha,  Aristobul  Aleksandr  haqida  o ‘z  xotiralariga  tayanib 
asar yozishni ancha ilgari boshlagan.  Chunki  insonning keksalik chog‘ida 
xo tirasi  a n c h a   susayib  q o lad i.  B u n ing   u stig a,  u  a s a r  y o zish n i 
Aleksandrning o ‘limidan keyin boshlagan.  Keksa bir adibning xotirasidan 
ko‘p voqealar bayoni  ko‘tarilgan bo‘lishi  m um kin.  Aristobul  84 yoshida 
emas,  ilgariroq  asar  yozishga  qo ‘l  urgan,  degan  fikr  to ‘g‘ridir.
Ptolom eyning  asari  ham ,  Aristobulning  asari  ham   «Bobum om a», 
«Shayboniynoma»  singari  tarixiy  faktlar,  xotiralar  m ajm uasidan  iborat 
asar  edi.  Aristobulning  kundaliklari  keyingi  davrda  yaratilgan  o ‘nlab 
rom anlar  uchun  m uhim   hayotiy m anba  b o ‘lib  xizmat  qildi.
XALQ  I JODI  DURDONASI
Ellinizm  davrida adabiyot  va  san’at gullab yashnadi.  Bu  davrda grek 
adabiyoti  yangi  bir  taraqqiyot  bosqichiga  ko‘tarildi.  So‘z  san ’ati  yangi 
ijodkorlaming nomi bilan boyidi. Janr va mavzu jihatidan xilma-xil asarlar 
yuzaga  kela  boshladi.  Badiiy  adabiyotning  mavzu  k o ‘lami  kengaydi. 
Ayniqsa,  tarixiy  nasriy asarlarga e ’tibor yanada oshdi.  Shu  sabab tarixiy 
shaxslar obrazini  yaratish,  tarixda bo'lib o'tgan  voqealar asosida  asarlar 
vozish bu davr adabiyotida a n ’anaga aylandi.
llgarigi davrda mifologik xarakterdagi sujetni,  m a’bud va m a’budalar 
bilan  bog‘liq  sarguzashtlam i  ifodalash  asosiy  o ‘rinda  turgan  boMsa, 
ellinizm davriga  kelib tarixiy obrazlar,  konkret inson shaxsi va ular bilan 
bogMiq  hayotiy  voqealami  tasvirlash  adabiyotning  yetakchi  mavzusiga 
aylanadi.  Bu davr adabiyoti o ‘zining faqat mavzu ko‘lami bilangina emas, 
g‘oyaviy jihatidan h am  yuksak darajaga ko‘tarilgan edi.  Badiiy adabiyot 
nam unalarining  estetik  ta ’sir  kuchi  orta  bordi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda, 
bu  davr  adabiyotida  m avhum likdan  konkretlikka,  oddiylikdan  m urak- 
kablikka  to m o n   siljish  yuz  beradi.  M ifologik  xarakterdagi  obrazlar 
o 'm in i  konkret  tarixiy  shaxslar  obrazi  egalladi.
Tarixiy shaxslar obrazi  ellinizm davrigacha boMgan  grek  adabiyotida 
ham  mavjud  edi.  Bunga  misol  qilib  Esxilning  «Eroniylar»  tragediyasini 
ko'rsatishim iz  mum kin.
165

Attika  davrining  ulug‘  adibi  Esxilning  90  ga  yaqin  tragediyalaridan 
yolg‘iz «Eroniylar» tragediyasi tarixiy xarakterga ega b o ‘lsa ham , bu o ‘sha 
davr  uchun  m uhim   aham iyatga  ega  edi.  Esxilning  qolgan  h am m a 
tragediyalari  mifologik  xarakterdadir.  Shuningdek,  Sofoklning  120  dan 
ortiq  tragediyalari,  Y evripidning  90  dan  ortiq  asarlarining  mavzusi 
mifologik  xarakterdagi  voqealar tasviriga  qaratilgan.  Shuning  o ‘zi  grek 
adabiyotining  antik  davrlaridayoq  xalq  og‘zaki  ijodiyoti  nihoyatda 
rivojlanganligidan, gullab  yashnaganidan dalolat beradi.  Chunki  Hom er, 
Esxil,  Sofokl,  Y evripid  ijodiyoti  xalq  og'zaki  ijodi  ta ’sirida yuzaga 
kelganligini ko‘ramiz.
Ellinizm  davri  adabiyotining  yuksalishiga  asosiy  sabab,  davrdagi 
ijtimoiy-siyosiy  voqelikda  m uhim   o ‘zgarishlar  yuz  berganligida,  deb 
tushunm oq  lozim.  Ikkinchi  tom ondan  bu  davr  grek  adabiyoti  Attika 
davrida  yashab  o ‘tgan  so‘z  san’atkorlaridan  H om er,  Esxil,  Sofokl, 
Yevripid,  Aristofan  kabi  ulug‘  ijodkorlari bilan  haqli  ravishda  faxrlanar 
edi.  Ellinizm  davri  ijodkorlari  bu  ulug1  zotlarning  asarlarini  bir  chetga 
surib  q o ‘ym asdan,  zam on  talablari  asosida  ular  yaratgan  eng  ilg‘or 
an ’analami o ‘zlariga qabul qildilar.  0 ‘zlaridan iigari yashab o'tgan salaflari 
ijodiga chuqur hurm at va ehtirom bilan  m unosabatda b o ‘la boshladilar.
Ellinizm   davri  adabiyotida  A leksandr  h aqida  ju d a   k o ‘p  asarlar 
yaratilganligining  guvohim iz.  Bu  davr  tarixiy  asarlarida  A leksandr 
Makedonskiy obrazi asosiy bosh qahram on sifatida tasvirlanadi.  Masalan, 
Plutarxning A leksandr haqidagi rom ani bunga misol b o ‘la oladi. Tarixiy 
nasm ing  yorqin  nam unasi  b o ‘lgan  Ptolom ey  va  Aristobul  asarlarida 
Aleksandr  shaxsi  ulugManadi.  Aleksandr  obrazi  yozm a  adabiyotdagina 
emas, xalq og‘zaki  ijodida ham  o ‘zining talqinini topadi.  Bunday yozm a 
va  og‘zaki  ijod  nam u n alarid a  A leksandr  bo sqin chi  sifatida  em as, 
donishmand va hatto muqaddas obraz sifatida tasvirlanadi.  Bunday ruhda 
yuzlab  hikoyatlar,  rivoyatlar  vujudga  keladi.  Faqat  nasrdagina  emas, 
sh e’riyatda  ham   A leksandr  shaxsini  u lu g io v ch i  sh e’rlar,  dostonlar 
yaratiladi.  Bunday asarlarda tarixiy haqiqat  m ezoni buziladi.  Ijodkorlar 
A lek san dr  o b razin i  yangi-yangi  sifatlar  b ilan   b o ‘y ab -b ezay d ilar. 
Aleksandrning bosqinchilik siyosatiga panja orasidan qaraydilar.  T o ‘g‘ri, 
tarixiy shaxsga nisbatan, uning badiiy obrazi yorqin ijoddir.  Badiiy to ‘qima 
har qanday tarixiy obrazni uning shaxsiga nisbatan ijodiyroq tasvirlashni 
taqozo etadi.  Muhimi shundaki, grek xalqi o ‘z farzandini bosqinchi sifatida 
emas,  donishm and,  yo‘lboshchi,  haloskor obrazida  k o ‘rishni  xohlaydi.
166

Har bir  xalq  o ‘z  farzandini  ardoqlashga  harakat  qiladi.  Xuddi  ota  yoki 
ona  o ‘z  dilbandini  aziz  bilganidek,  xalq  ham   o ‘z  yo‘lboshchilari, 
sarkardalari, haloskorlarini yoqlaydi, hatto ularga g‘urur bilan qaraydilar. 
Masalan, Zahiriddin  M uham m ad  Bobumi olib qaraylik.  Hindistonliklar 
unga  bosqinchi  sifatida  m unosabatda  boMadilar.  0 ‘zbek  xalqi  esa  o ‘z 
larzandini  qudratli  shoh  va  buyuk  shoir  deb  biladi.  A m ir  T em u r 
saltanatining  ham   0 ‘rta  Osiyoning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyotida 
lutgan  o ‘z  o ‘m i  bor.  Ikkinchi  tom ondan  u  bosqinchi  shoh.  Xuddi  shu 
n uqtayi  n a z a rd a n   o lib  q a ra g a n im iz d a ,  A le k sa n d r,  eng  avvalo, 
M akedoniya  xalqining  o ‘ziga  xos  davlat  arbobidir.  0 ‘sha  davrlarda 
Makedoniya,  G retsiya  va  hatto  Rim  ham   yaxlit  bir  davlat  negiziga 
ji pslashgan  edi.  Shuning uchun  ham ,  bu xalqlar  adiblari  o ‘z hukm dori 
bo'lgan  A leksandr  nom ini  ulug‘lar,  uning  shaxsiga  hurm at  va  ehtirom  
bilan  qarardi.  G rek  va  Rim  adabiyotida  Aleksandrning  ijobiy  obraz 
sifatida  tasvirlanishining  boisi  ham   shundadir.  M ana  shunday  xalq 
ijodiyotining  qodir  nam unasi  «Aleksandr  haqida  rom an»  asaridir.  Bu 
rom anning  qachon  vujudga  kelgani  aniq  sanalar  bilan  ko‘rsatilmagan. 
Chunki u xalq og'zaki  ijodi  namunasidir.  Bu romandagi ayrim epizodlar 
asarning  hali  Aleksandr  hayotlik  chog‘idayoq  yaratila  boshlanganini 
ko‘rsatsa,  boshqa  bir epizodlar bu  xulosaga ziddir.  Rom an  xalq  og‘zaki 
ijodining  uzoq  yillik  mahsulidir.  Bu  asar  asrlar  davom ida  og'izdan 
og'izga,  avloddan  avlodga  o ‘tib  keladi.  U ndagi  ko ‘pgina  lavhalar 
yangilanadi, b a ’zilari esa zam onlar ruhiga moslashtiriladi.  Bu romanning 
konkret  b ir  ijodkor  to m onidan  yaratilgani  n o m a ’lum.
«Aleksandr haqida roman» asarining muallifi xalq, butun birjam oadir. 
Shuning  uchun  ham ,  rom anda  m a’lum  darajada  tarixiylik  buzilgan. 
Tasvirlangan  voqealarning  qayerda  va  qachon  b o ‘lib  o ‘tganligi  aniq 
aytilmaydi.  Tarixiy voqeaning qayerda va qanday holatda yuz berganini 
aniq tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatish, tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga 
aylanishi  jarayonida  m uhim   aham iyat  kasb  etadi.  Biroq  bu  jarayon 
individual  ijodkorlar  to m o n id an   yaratilgan  asarlarga  tegishli.  Xalq 
ijodiyotida, om m a tom onidan yaratilgan asarlarda xayolot kuchli b o ‘ladi. 
Bu  tabiiy  holdir.  Qaysi  bir  xalq  rom anini  yoki  og‘zaki  ijodini  olib 
qaram ang,  unda  fantastik ruhga keng o ‘rin berilganini  ko‘ramiz.  Xuddi 
m ana  shu  jaray o n ,  fantastik  ruh  individual  ijodkorlar  to m o n id an  
yaratilgan asarlarni om m a tom onidan yaratilgan asarlardan ajratib turadi. 
Makedoniya xalqi tom onidan yaratilgan «Aleksandr haqida roman»ning
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling