Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet14/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34

167

u haqda individual  ijodkorlar tom onidan yaratilgan boshqa rom anlardan 
farqli tom oni  ham  shunda.  Bu haqiqat faqat grek-m akedon adabiyotiga 
tegishli hodisa bo'lib qolmasdan, barcha xalqlar adabiyotiga ham taalluqlidir.
«Aleksandr haqida roman» asarida tarixiylik m ezoni buzilgan,  dedik. 
A lb a tta ,  ta rix iy lik   d e g a n d a   biz  faq at  ta rix iy   h a q iq a tn i,  tarix iy  
m a’lum otlarnigina tushunmasligimiz kerak.  Tarixiylik tushunchasi  keng 
m a’noga ega.  Bu  ijodkoming nuqtayi  nazarini ham  belgilaydi.  Tarixiylik 
o'tm ishni tarixiy taraqqiyot jarayonida tasvirlashni taqozo etadi.  Bir so‘z 
bilan  aytgan da,  tarixiylik  b arch a  voqealarni  obyektiv  h a ra k a td a , 
rivojlanishda ko‘rsatishdan iborat.  Bu, asosan individual ijodkorga xosdir.
Xalq  ijodiyotida  esa  tarixiylik biroz  fantastik,  ko‘tarinkilik  ruhida 
beriladi. Ya’ni xalqtarixni fantastik bo‘yoqlar bilan bezaydi.  Unga ko‘tarinki 
ruh  bag‘ishlaydi.  Shuning  uchun  ham ,  «Aleksandr  haqida  roman»dagi 
A leksandr  o b razin i  tarixdagi  A leksandr  M akedonskiyga  ten g   deb 
bo‘lmaydi.  Xalq  romanidagi  Aleksandmi  Klitarx,  Kursiy  Ruf,  Arrian, 
Plutarx  va  boshqa yozuvchilar  tom onidan  yaratilgan  asarlardagi Alek­
sandr  obrazi  bilan  ham   teng  baholash  to ‘g‘ri  emas.  «Aleksandr  haqida 
roman»dagi  Aleksandr obrazi,  eng aw alo , xalqning  idealidagi obrazdir. 
Endi  u  tarixdagi  Aleksandr  M akedonskiy  emas,  xalq  rom anidagi  odil 
sh o h   o b ra z id ir.  X alq  id ealid ag i  q a h ra m o n   ta rix d ag i  A le k sa n d r 
Makedonskiy singari qishloqlarga o ‘t qo‘ymaydi, shaharlam i xonavayron 
etmaydi,  minglab begunoh  insonlam i bekorga  nobud  qilmaydi.  U ,  eng 
avvalo,  donishm and  shoh  obrazidir.  U  o ‘zga  shohlam i  h am   adolatga 
chaqiradi.  Shu  jih atd an   grek-m akedon  xalqi  to m o n id an   yaratilgan 
«Aleksandr  haqida  rom an»  Alisher  N avoiyning  «Saddi  Iskandariy» 
romanidagi  Iskandar  Zulqarnayn  obraziga  juda  yaqin  turadi.  Albatta, 
har ikkala asarda tasvirlangan voqealar,  sarguzashtlar bayoni bir-biridan 
farq qilsa ham ,  Iskandar obrazi bilan Aleksandr obrazi o ‘rtasida, ayniqsa, 
ularning xarakteri, fazilatlari, odil shohlarga xos xislatlari bir-biriga yaqin.
0
‘zbek xalq  og‘zaki  ijodida  yaratilgan  ko‘pgina  hikoyat  va  rivoyatlarda 
ham   Iskandar xalq  idealidagi  odil shoh obrazi sifatida tasvirlanadi.
0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodida yaratilgan Iskandar obrazi ham  «Aleksandr 
haqida roman»dagi asosiy obrazga ancha yaqin turadi. Alisher Navoiyning 
«Saddi  Iskandariy» asari ham  xalq og‘zaki ijodiyoti ta ’sirida vujudga kelgan.
Aslida  «Saddi  Iskandariy»  XV  asrning  eng  yuksak  darajadagi  ijod 
namunasidir.  Demak, sharq adabiyotida badiiy doston XV asrdayoq yuksak
168

darajada shakllangan edi. Alisher Navoiyning «Saddi  Iskandariy» asarini 
she’riy yo‘l bilan yozilgani  uchun doston deyishga odatlanib qolganmiz. 
Bu,  bizningcha,  uncha  to ‘g‘ri  emas.
Alisher Navoiy xalq og‘zaki ijodiyoti an ’analarini  izchil davom ettiradi. 
Ulug‘ bobomiz ijodkor sifatidagina emas, shaxs sifatida ham  xalq manfaati, 
uning baxt-saodati yo‘lida kurashgan.  Shoir sifatida xalq ezgu-niyatlarining 
kuychisiga  aylangan.  Shu  nuqtayi  nazardan  qaraganim izda,  Alisher 
Navoiy yaratgan  lskandar Zulqarnayn obrazi faqat shoiming o ‘zi yaratgan 
obraz emas, balki xalq idealidagi um um lashm a obrazdir.  lskandar haqida 
xalq  og‘zaki  ijodida  ham   qator dostonlar bor.  Shuning  uchun  ham ,  bu 
asar  xalq  qalbidan  chuqur  o ‘rin  olgan.
lskandar Zulqarnayn  faqat o ‘zbek xalqining em as,  balki  0 ‘rta  Osiyo 
xalqining  yoki  um um an  Osiyo  xalqlarining  idealidagi  obrazdir.  Bunga 
misol  qilib  N izom iy  G anjaviyning  «Iskandarnom a»,  A m ir  Hisrav 
D e h la v iy n in g   « O in a y i  Is k a n d a riy » ,  A b d u r a h m o n   J o m iy n in g  
«Xiradnomayi  Iskandariy»  asarlaridagi  lskandar  obrazlarini  ko‘rsatish 
m u m k in .  O d il  s h o h la r   h a q id a   h ik o y a   q ilu v c h i  F ird a v s iy n in g  
«Shohnoma»sida ham   lskandar obraziga jud a keng o ‘rin berilgan.  H ind 
xalqi  ijodiyotining  ajoyib  nam unasi  bo'lgan  «Kalila  va  D im na»da  ham  
lskandar  obrazi  keng  talqin  qilinadi.  Osiyo  xalqlari  o ‘rtasida  tarqalgan 
«Q obusnom a»da  ham   lsk an d ar  d o nish m an d   inson  obrazi  sifatida 
tasvirlanadi.
Osiyo xalqlari og‘zaki ijodiyotida yaratilgan lskandar haqidagi hikoyat 
va  rivoyatlarni  to ‘plasak,  to m -to m   kitoblarga  ham   sig‘maydi.  lskandar 
xalq sevgan qahram ondir.
Alisher  N avoiy  «Saddi  Iskandariy»  asarini  Husayn  Boyqaroga  atab 
yozadi.  Bundan tashqari,  o ‘nlab she’rlarida lskandar nom ini tilga oladi. 
Husayn  Boyqaroga  lskandar  haqida  bir  qancha  hikoyat  va  rivoyatlar 
so‘zlab beradi.  Husayn Boyqaroni adolatga chaqiradi, ezgulik sari chorlaydi. 
A m m o,  afsuski,  b utun  intilishlari  esa  zoye  ketadi.  H usayn  Boyqaro 
d o ‘sti  A lisher  N avoiy  k o ‘rsatgan  yo‘ldan  b orm asa  h am ,  lsk an d ar 
Zulqarnaynga taqlid  qiladi.  Iskandarday bo'lishga harakat  qiladi.  Biroq 
zam o n ,  davr  u ning  Iskandarday  adolatli  h u k m d o r  boMishga  y o ‘l 
qo‘ymaydi.  0 ‘sha XV asr,  feodalizm sharoiti,  zulm   avjga  chiqqan  davr 
Alisher Navoiy dunyoqarashlariga tam om an zid edi.  lskandar Zulqarnayn 
timsolidagi  N avoiyning  orzulari  am alda  chilparchin  boMadi.  Faqat  u
169

xayoldagina, poetik ohanglar og‘ushidagina qolgan edi.  Bu jarayon Uyg‘un 
va  Izzat  Sultonning  «Alisher  Navoiy»  dram asida  ham   m ahorat  bilan 
ko‘rsatib berilgan.
Iskandarday odil shoh o ‘zbek xalqining yoki um um an osiyoliklaming 
ideali b o ‘libgina qolm asdan, grek va m akedon xalqlarining ham  orzusiga 
aylangan edi.  «Aleksandr haqida roman»ning ko'pgina epizodlari,  hatto 
Aleksandr  obrazi  dunyoqarashidagi  ko'pgina  dono  fikrlar  osiyoliklar 
to m onidan  yaratilgan  Iskandar  obraziga  yaqin  turadi.  Bu  jih atd an , 
«Aleksandr  haqida  roman»dagi  Aleksandr  obrazi  tarixdagi  Aleksandr 
M akedonskiy  shaxsiga  nisbatan  ko'proq  Iskandar  obraziga  yaqindir. 
C hunki  rom andagi  A leksandr  obrazi  tarixiy  shaxs  em as,  balki  xalq 
idealidagi  Aleksandr -  adolatli shoh  obrazidir.
Xalq orzusidagi odil shohlar aslida tarixda b o ‘lm agan.  C hunki zulm , 
ekspluatatsiyaga asoslangan jam iyat bunga yo‘l bermagan.  Biroq hayotda 
adolatli bo'lishga intiluvchi donishm and shohlar ham  o ‘tgan.  M asalan, 
0 ‘rta  O siyoda  A m ir  T em ur,  M irzo  U lug'bek,  Z ah irid d in   M u h a m ­
m ad  Bobur,  R im da O ktavian Avgust,  ruslarda U lug‘  P yotr va hokazo. 
Lekin ularni ham  xalq idealidagi adolatli shohlarga teng deb b o ‘lmaydi. 
Bu  h uk m d o rlard a  nisbatan  ijobiy  xislatlar  k o ‘p roq   b o 'lg a n   chunki 
bu  p o d sh o hlar  o ‘zlaridan   a w a l  o 'tg a n   shohlarga  n isbatan  adolatli 
hukm   chiqarishga  harakat  qilganlar  Bobur,  U lug‘bek,  U lug‘  Pyotr, 
O ktavian  Avgust  tarix da  o 'tg a n   boshqa  b ir  guruh  h u k m d o rlard an   - 
C h in g iz x o n ,  N a p o le o n d a n   farq   qilad i.  S h u n in g d e k ,  A le k sa n d r 
M akedonskiyning  faoliyatiga  b ah o   berganda  h am ,  a w a lo ,  grek  va 
Rim  adiblari  ijodiga tayanam iz.  Kursiy Ruf,  Plutarx,  A rrian,  Pom pey 
Trog,  D iodor,  Y ustin  ro m an larin i  o 'q isak ,  b u   ad ib lar  A leksandr 
M akedonskiyning taijim ayi  holini  nisbatan obyektiv yoritib berganlar. 
Bu  adiblar  ijodida  A leksandr  xarak-teridagi  salbiy,  shu  bilan  birga, 
ayrim  ijobiy xislatlar ham  ko'rsatilgan.  Xalq ijodining nam unasi bo'lgan 
«Aleksandr haqida  rom an»da esa A leksandr faqat ijobiy obraz sifatida 
tasvirlanadi.  R o m an d a badiiy to 'q im a g a  keng  o 'r in  berilgan.  Tarixiy 
h aq iq atn i  tasvirlash  ijodkorlarning  fikr  doirasidan  uzoqda  qolgan. 
N a tijad a ,  tarix iy   davr  k olo riti,  A leksandr  faoliyati  bilan  b o g 'liq  
voqealar m ohiyati  o 'z  ifodasini  yetarli darajada topm agan.
R om an voqealari go'zal badiiy bo'yoqlarda tasvirlanadi.  Tiniq ifoda, 
poetik ohangdorlik romanning asosiy pafosiga aylangan.  Bunday belletristik 
ifoda um um an xalq ijodi nam unalariga tegishlidir.
170

«Aleksandr haqida roman»da g‘oya yetakchi o'rinda turm aydi.  Biroq, 
rom an  o ‘qimishlidir.  Undagi go‘zal badiiy ifodalar o'quvchini beixtiyor 
sehrlaydi. Aleksandr bilan  Doro yoki Aleksandr bilan  Roksana o ‘rtasidagi 
dialoglar  o ‘ziga  xos  falsafiy  xarakterga  ega.  Ayni  cho g‘da,  bu  obrazlar 
o ‘zlarining tarixiyligi bilan ham ajralib turadi.  R om anda bundan tashqari 
Ptolom ey,  Filipp,  Olim piada,  Parm enion  kabi  tarixiy  obrazlar  ham 
mavjuddir.  Shu  bilan  birga,  Nektaneb,  K andik  kabi  to ‘qim a  obrazlar 
ham  borki,  bu va shuningdek,  boshqa ayrim tarixiy obrazlar ham  asosiy 
obraz  Aleksandr  faoliyati  bilan  bog‘langan.
«Aleksandr haqida roman» bir qancha o'zgarishlarga uchrab bugungi 
kunimizgacha yetib kelgan.  Romanning grek tilidagi nusxasi bizgacha yetib 
kelmagan.  Eram izdan  aw algi  II-I  asrlarga  oid  bu  rom anning  keyingi 
nusxasi  bir  qator  o ‘zgarishlarga,  qo'shim chalarga  uchrab,  eram izning 
111
 asrlarida qayta tiklanadi.
Shunday qilib,  «Aleksandr haqida roman» turli davrlarda turli xalqlar 
tom onidan  turli  o ‘zgarishlarga  uchrab, juda  ko‘p  nusxalarda  bizgacha 
yetib kelgan.  Aleksandr o'lim idan so‘ng yaratilgan bu rom an, grek tilida 
asl nusxasiga ega bo‘ladi.  Rim hukmronligi davrida greklar uchun muqaddas 
bo'lgan  bu  rom anni  ular  ham   o'zlarining  ijod  durdonalaridek  qabul 
qiladilar.  H atto  Rim im peratori Trayan,  keyinchalik Adrian  «Aleksandr 
haqida  roman»ni katta qiziqish bilan o ‘qib chiqadilar.
Asrlar o'tib,  «Aleksandr haqida  roman»ning  ikki xil yo'nalishi paydo 
bo'ladi.  Birinchi  yo'nalishidagi  nusxalarida  tarixiy  haqiqat  real  tasvir- 
larda o 'z aksini topadi. Aleksandr taijimayi holi va uning harbiy yurishlari 
tarixiy dalillar asosida tasvirlanadi.
Ikkinchi yo'nalishdagi nusxalarida fantastikaga, g'aroyib sarguzashtlar 
bayoniga  d u ch   kelam iz.  Bu  xil  y o 'n alish d agi  ro m an   nusxalarida 
voqealaming tarixan aniq va konkret bo'lib o'tganligiga e ’tibor berilmaydi.
«Aleksandr haqida roman» rus adabiyotida XV asrdayoq paydo bo 'la 
boshladi.  Rus tilida yaratilgan  rom anning tarjim oni Yevrosin b o'lib bu 
asar  Kirillova  Belozerskogo  m onastirida to 'rt  nusxada bosilib chiqadi. 
H ozir  bu  nusxalar  Sankt  Peterburgdagi  M .E.  S altik ov-S hchedrin 
kutubxonasida saqlanm oqda.
«Aleksandr haqida roman» XVI asiga kelib 90 marta qayta ishlanadi va 
jahondagi  24  tilga  tarjim a  qilinadi.  H ozir  bu  rom anning  yuzdan  ziyod 
qayta  ishlangan  variantlari  mavjud  bo'lib,  o'ttizdan  ortiq  tilga  taijim a
171

qilingan.  M ana  shu  faktlarning  o'zi  ham   rom anning  asl  nusxasi  juda 
ko‘p  o ‘zgarishlarga  uchraganini  ko‘rsatadi.
U ndan  ba'zi  bir  epizodlari  olib  tashlangan,  ijodkorlar  tom onidan 
ayrim voqealar bilan to ‘ldirilgan,  davr ruhiga  moslashtirilgan.
«Aleksandr haqidagi  rom an»da O 'rta Osiyoga oid  voqealar juda kam 
bayon etiladi.  Biroq biz bu romanda Osiyoga tegishli voqealarga, jum ladan, 
eronliklar  hayoti  tasviriga  duch  kelamiz.  Shuningdek,  sevgi-m uhabbat 
mavzusi,  ayniqsa,  romandagi  asosiy pei'sonajlardan  biri  Roksana  obrazi 
bizga tanish.
Roksana haqida grek  va  Rim tarixiy rom anlarida anchagina  lavhalar 
bitilgan.  Bu  rom anlarni  o ‘qib  chiqsak,  Roksananing  tarixiy  shaxsi  va 
obrazi xususida yaxlit bir tushunchaga ega b o ‘lamiz.
«Aleksandr  haqida  rom an»da  Roksana  Eron  shohi  D oroning  qizi 
obrazida beriladi.  Bunday fikr tarixiy haqiqatga mosemas. Chunki  Roksana 
ba’zi bir manbalarda So'g‘diyona, boshqa «bir manbalarda Baqtriya go'zali 
sifatida berilgan.  Aleksandr So'g'diyona  yerlarida bo'lganida  Roksanaga 
oshiq  b o ‘lib  qoladi.  U  Oksiartning  qizi.  Oksiart  har  doim   so'g'diyona- 
liklaming  milliy  qahram oni  Spitam en  bilan  yonm a-yon  yurgan.  H atto 
Aleksandrga  qarshi  kurash  olib  borgan.  Spitam en  o ‘lim idan  so‘ng, 
Oksiart  A leksandr  tom oniga  o ‘tib  ketadi  va  uning  eng  yaqin  kishisiga 
aylanadi.
Tarixiy  m anbalarning  va  tarixiy  rom anlarning  deyarli  ham m asida 
R oksananing  beqiyos  g o ‘zal  ekanligi,  tengsiz  h u sn -u   ja m o l  egasi 
b o ‘lganligi  qayd  etiladi.  H aqiqatan  ham ,  A leksandrning  uni  sevib 
qolganligi, Aleksandr orzu qilgan, shohning idealidagi qiz  Roksana bo'lib 
chiqqanligi  ta ’kidlanadi.  H atto  ikki  o'rtadagi  m uhabbat  tillarda doston 
b o ‘ladi.  Bu  jihatdan  «Aleksandr  haqida  rom an»da  xarakterli  voqealar 
bayon etiladi.
Xalq  rom anida  o ‘quvchi  qalbini  o ‘ziga  sehrlovchi,  his-hayajonga 
soluvchi lavhalar juda ko'p.  M ana shunday badiiy go‘zal epizodlar kishini 
xayol daryosiga yetaklaydi.  R om anda bunday epizodlar asosan  Roksana 
obrazi bilan bog‘liq ravishda beriladi.  Shunday badiiy tasvirlardan biriga 
diqqatni jalb qilib ko‘raylik.
M akedonlar  yaralangan  D oroni  oltin  aravachaga  solib,  Persepolga, 
iigari  Eron  shohligining  saroyi  b o ‘lgan,-keyinchalik  A leksandr  shohlik 
tojini tikkan shahaiga olib keladilar.  Doroning paymonasi to ‘lgan, umrining 
oxirgi  soniyasini  o ‘tayotgan  edi.
172

A leksandr  bebaho  shohona  liboslarini  kiyadi.  Boshiga  Solom on 
(Sulaym on)  shohining tilla  tojini  o'rnatib,  q o ‘liga  shohlar  uchun  odat- 
bo‘lgan oltin asoni tutib,  Doroning tilla taxtiga o ‘tiradi.  Makedoniyaliklar 
bilan birga eronliklar ham shoh qarshisiga kelib egiladilar-da, toj-u taxtni 
muborakbod etadilar:  «Eron shohligi, butun у о rug'  olam shohligi  Buyuk 
Aleksandrga abadiy  nasibetsin!»  So‘ngra  D oroning  qizi  Roksanani  olib 
kelishadi.  Oltin aravachada jon talvasasida yotgan D oro joni-jahoni bo'lgan 
qizini  ko'rib aw aliga to ‘yib-to‘yib yig'laydi.  Keyin  Roksananing qo'lidan 
ushlab,  uni  bag'riga bosadi  va shunday deydi:  «Borlig‘im, jon im ,  yorug' 
jahonim,  m ening  Roksanam!  Seni  makedoniyalikka  uzatyapm an.  0 ‘z 
ixtiyorim  bilan  em as,  xudoy  taoloning  izmi  bilan»  -deydi,  so'ngra 
A leksandrga  yuzlanib,  shunday  m urojaat  etadi:  «Sen  shah an sho h  
Aleksandr,  sevimli  malikangni  qabul  et.  Agar uni  sevib qolgan bo'lsang, 
o'zingga nikohlab olgin.  Boshqa olampanoh shohlaming malikalari singari 
tarbiyala.  Bunday  bo'lishini  hech  ham  o'ylam agan  edim.  Sizlarning 
nikohlaringizdan  so'ng,  forslar  bilan  m akedonlar  o'rtasida  qon  to'kili- 
shiga chek qo'yilsin.  Bizlar juda m ag'nir kishilarmiz, lekin o 'z qismatimizga 
ham m a vaqt tan beiganmiz.  M en bu nuridiyda qizimning to'yiga jahondagi 
ham m a  shohlarni  va  ulug'larni  taklif etib,  beqiyos  tan tan a  qilmoqchi 
edim. Afsus,  men o'ylagandek bo'lib chiqmadi.  Hashamatli to 'y  o'rniga, 
m akedonlar  bilan  forslar boshida  qonli  kunlar  boshlandi».
Shundan  so'ng,  D oro  o'ksib-o'ksib  yig'lab,  Roksanaga  yuzlandi. 
«Jonim  m ening,  Aleksandrni  o'zingning  shahanshohing  deb  bil  va  uni 
butun  borlig'ing  bilan  sevgil».
Doro Roksanani bag'riga bosib yuzidan uch marta o'padi va Aleksandrga 
qarab shunday deydi:  «Aleksandr, sen yolg'iz, ko'zim ning qorasi bo'lgan 
qizimni  agar  rostdan  ham   sevib  qolgan  bo'lsang,  uni  o'zingga  sevimli 
xotin  qilib  olgin.  Dilbandim   Roksana  beqiyos  husn-jam ol  egasi  ham da 
oqiladir. Afsuski,  mening paym onim yaqin qoldi.  Endi m en uchun  narigi 
dunyo eshigi ochiq.  M en ketyapm an, am m o u yoqdan orqaga yo'l yo'q. 
Narigi  dunyoga ketganlar qaytib  kelmaydi».
Aleksandr  oltin  taxtdan  pastga  tushib,  Roksanaga  yaqin  keladi-da, 
qo'lidan tutib,  uning sochlarini m ehr bilan  silaydi.  Boshidan  oltin tojini 
olib,  Roksanaga  kiydiradi,  o'zining  qim m atbaho  uzugini  Roksananing 
qo'liga taqadi.  So'ngra shoh  Doroga qarab:  «H urm atli shoh  D oro,  qara, 
o'z. ko'zing bilan  ko'rib qanoat  hosil qil!  Sening go'zal  qizing,  toki  men 
tirik  ekanm an,  men  qancha  hokim  bo'lsam ,  u  hokim a  bo'lib  qolajak.
173

Podshohligimning oxirigacha malika bo'lib yashajak.  Ko'ngling to'q bo'lsin, 
men  so‘zim dan  qaytmayman».
D oro bu so‘zlarni  eshitib sevinadi.  0 ‘z  qizi  Roksanaga qarab  sh u n ­
day deydi:  «Aleksandr bilan birga  asrlar bo'yi shohlik davrini suringlar. 
Butun ja h o n   poyiqadam laringda bo'lsin».
Shundan  so'ng,  D oro  vidolashish  uchun  kelgan  xotiniga  behalovat 
tikilib,  qo'lidan  tutadi.  Keyin  Aleksandrga  so'nggi  bor  hasrat  qiladi: 
«M ana,  m ening  malikam!  Aleksandr,  sen  uni  o 'z   onangdek  qabul  et! 
Onang Olim piada singari hurm at qilgil!»
Doro o 'z  xotiniga qarab:  «Sen ham  Aleksandrga itoat et.  Uni  e ’tiqod 
bilan  hurm at  qil!»  -  deydi.  Shundan so'ng  D oro oxirgi  so'zlarini  aytadi: 
«M ening  endi  ko'nglim   taskin  topdi.  Barcha  qayg'ularim   unut  bo'ldi. 
S o 'n g g i  b o r  sen g a  a rz im   sh u lk i,  ag ar  m e n in g   n arig i  d u n y o d a  
o'kinm asligim ni  istasang «qotillarim, oqpadar Qandarqis bilan Orizvami 
jazolagin» ...  Shunday qilib,  Doroning dafn  marosimini izzat-ikrom bilan 
o'tkazadi.  M akedoniyalik  butun  qo'shinlar  D oroning  oltin  tobutini 
ko'tarib,  qabristongacha boradilar1.
D oroning  yaralanishi  va  u  bilan  Iskandarning  uchrashuvi  epizodlari 
«Saddi  Iskandariy» dostonida ancha ta ’sirli ifodalangan.  Shu bilan birga, 
bu  epizod  «Aleksandr  haqida  roman»dagi  xuddi  shunday  ifodaga  ko'p 
jihatdan  o'xshashligini  ko'ram iz.
«Aleksandr  haqida  roman»  ham   «Saddi  Iskandariy»  dostoni  kabi 
xalqchillik ruhiga ega.  U nda ham xalqning o 'z  orzu-istaklari, o'ylari yorqin 
ifodasini topgan.  Rom anda ham  xalq zolim shohlarni adolatga chaqiradi. 
Behuda qon to'kishlarga chek qo'yishni uqtiradi.  Xalqni xonavayron qilib 
behisob boyliklami  to'plashning  foydasi  yo'qligini ta ’kidlaydi.
«A leksandr  h a q id a   ro m an » d a   hikoya  q ilin ish ic h a ,  A lek san d r 
jahannam ni  aylanib  yurganda  hayvonsifat  holga  tushgan  hind  shohi 
Senxosga  yo'liqadi.  Aleksandr  undan  «nima  uchun  bunday  ayanchli 
ahvolga  tushding»  deb  so'raganda,  «qilgan gunohim iz  uchun,  sen  ham  
m ag'rurlanm a,  agar  inson  zotiga  jabr  qilsang,  m endan  b attar  holga 
tushasan»,  deydi.
S h u n d a n   s o 'n g ,  A lek san d r  h ay ajo n   ic h id a  b ir  ta lay   o d a m la r 
orasida  D oroga  k o 'zi tu sh ib   qoladi.  D o ro  yig'lab,  E ron  xalqining va 
qizining  ahv olin i  so 'ray di.

A leksandriya.  R om an  ob  A leksandre  M akedonskom ,  izd-vo  «N auka»,  М .— 
L„  1965, str.  114.
174

Aleksandr jahannamdagi g‘aroyib g‘oiga kirib, hind shohi  Pomi ko‘rib, 
uning  ahvoliga  achinadi.  «Ey,  ulug‘  hind  shohi,  sen  o ‘zingni  xudoga 
teng qilib ko‘rsatar eding?  Endi bo‘lsa yupun bir ahvolda oddiy odam lar 
bilan  birga  yuribsan»,  deydi.  Shunda  Por:  «Ehtiyot b o i,  Aleksandr,  sen 
ham  m en  kabi  m aqtanchoq  b o ‘lma,  bir  kun  kelib  sen  ham   m en  kabi 
qarib  bir  ahvolga  tushib  qolasan,  q o ‘lingdan  kelgancha  yaxshiligingni 
ayam a»1,  deb javob beradi.
Aleksandr  chuqur  o'yga  toladi,  qilgan  barcha  gunohlarini  yuvishga 
harakat  qilib,  bundan  buyon  behuda  qon  to ‘kmaslikka,  inson  zotiga 
jabr  yetkazmaslikka  qaror  qiladi.  Yorug‘  olamga  hasrat  bilan  qaytib, 
xalqqa  o ‘zining butun davlatini b o ‘lib beradi.
Antioxga  hind  podsholigini  va  bu tun  M arsidon  viloyatini  h am da 
shimoliy o ‘lkalar hokim ligini beradi.  Filonga  Eron shohligini va butun 
Osiyoni  ham da  Kilikiyani tortiq qiladi.  Ptolom eyga  M isr va  Isroil arab 
m am lakatlari  h am da  ikki  daryo  oralig‘idagi  o ‘lkalarni  hadya  etadi. 
Selevkiga  Rim   shohligini,  L am edaushga  n em islar  yerini  va  Parij 
shohligini  in ’om   q iladi2,  o ‘zi  esa  R oksana  bilan  Eron  poytaxtida  bir 
yilcha tin ch  va osoyishta hayot kechirib,  m am lakatda adolat o ‘rnatib, 
qirg‘in  urushlarga bu tunlay chek q o ‘yib,  Bobilga q arab  y o ‘l oladi.
Romanda diniy xarakteiga ega bo‘lgan lavhalar ham  juda ko‘p. Jahannam 
bilan  yorug‘  dunyo,  u  dunyodagi  odam lar  bilan  bu  dunyo  odam lari, 
ularning fikrlari,  o ‘y-xayollari bir-biriga qiyos qilinadi.  Biroq h ar ikkala 
dunyoning qiyosiy talqinida bir xil  m antiq  hukm rondir.  Bu ham  bo'lsa, 
inson,  adolat,  b ehuda  qon  to ‘kmaslik,  qirg‘in  urushlarni  to ‘xtatish 
g‘oyasi yotadi. Xalq o ‘z idealidagi shoh Aleksandrdan ibrat olishni barcha 
zolimlarga,  qonxo‘rlarga,  dahshatli  urush  olovini  yoquvchi  kimsalarga, 
m ol-dunyoga hirs q o ‘ygan ochko‘z va tuban tojdorlarga bashorat qiladi. 
Xalq tinchlikni istaydi. Adolatli va osoyishta hayotni qo‘msaydi.  Saodatni 
orzu qiladi.  Shuning uchun ham , xalq yaratgan asarlarda faqat yaxshilik 
qilgan,  ezgulik sari  intilgan,  kulfat  va  adovatning oldini  olgan kishigina 
abadiy shon-shavkat egasi bo ‘la oladi, degan gumanistik pafos tarannum  
etiladi.  .
Aleksandr jahannam ning  qayerida  b o ‘lmasin,  narigi  dunyoda  shoh 
bilan  gadoning  tengligini  ko‘radi.  Bil’aks,  bu  dunyoda  zolim  bo‘lgan
'A leksandriya.  R om an ob Aleksandre.  Str.  123—124.
2  0 ‘sha asar.  1 2 7 -1 3 1 -  betlar.
175

shohlar narigi dunyoda nihoyatda ayanchli ahvolda azob chekayotganining 
guvohi bo‘ladi.  Bundan nima uchun odam lar bu dunyoda shoh va gadoga 
ajralib,  ikki  qutbga  b o ‘linadilar,  degan  falsafiy  m antiq  hosil  b o ‘ladi. 
«Yaxshidan  ot,  yom ondan  dod  qoladi»  deganlaridek,  agar bu  dunyoda 
kimda kim yomonlikni, tubanlik va badkirdorlikni o ‘ziga ravo ko‘rar ekan, 
bunday kimsalar o ‘lgandan so‘ng ham  qarg‘ish va nadom atga yoliqadilar
degan falsafa iigari suriladi. «Aleksandr haqida roman», «Saddi  Iskandariy» 
kabi falsafiy-didaktik ruhdagi asarlami o ‘qigan kishi faqat yaxshilik yo‘lidan 
yuradi.  Tinchlikni,  m ehr-oqibatni,  insoniylikni  ulugMaydi.
«Aleksandr  haqida  rom an»ning  oxirgi  sahifasi  shunday  so‘zlar bilan 
yakunlanadi:
«Aleksandr  M akedonskiy  Bobilda  vafot  etadi.  0 ‘n  ikki  yil  shohlik 
qiladi.  0 ‘n  ikki  yoshidan  boshlab jangda  qatnashadi.  0 ‘ttiz  ikki  yil-u 
sakkiz oy um r ko‘radi.  Yigirma ikkita o ‘zga xalqlar yerlarini bosib oladi. 
0
‘n to ‘rtta ellin qabilalarini o ‘zigabo‘ysundiradi.  0 ‘n bitta shahar quradi. 
Aleksandr yanvar oyida, yangi oy chiqqan kun erta tong paytida tug‘iladi. 
A dam dan  uning o ‘limigacha  5167  yil o ‘tdi.  Hali  Isoning tug‘ilishigacha 
300  yil  b o r  edi.  A le k sa n d rd a n   D io le k tia n g a c h a   800  yil,  sh o h 
Likiniyagacha 707 yil bor edi. Aleksandrdan so‘ng Ptolom ey  Laga o ‘g‘li 
38 yil  Misrga va Aleksandriyaga shohlik qiladi.  Ptolom ey har tom ondan 
nodir  kitoblam i  yig‘ib,  ularni  sharhlab  chiqadi  va  M ism ing  markazi 
bo‘lgan Serapis shahrida saqlaydi. Aleksandrdan Isogacha bo‘lgan davrda 
Ptolom ey sulolasi hukm ronlik qiladi»1.
«Aleksandr  haqida  roman»  bilan  «Saddi  Iskandariy»  (A.  Navoiy) 
dostonidagi  voqealarning  um um iy  ruhi  bir-biriga juda  yaqinligini  yana 
shu  b ilan   isbot  etish  m u m k ink i,  A leksandr  h am ,  Isk an d ar  ham  
yoshligida padari  buzrukvori  F ilipp-F aylaqusdan  ajralib  qoladi.  H ar 
ikkalasi ham  Eron shohi  Doroga qarshi jang qiladi.  H ar ikkala asarda ham 
Doro o ‘zining kishilari tom onidan jarohatlanib o ‘ladi.  H ar ikkala asarda 
D oroning  qizi  Roksanaga  Aleksandr,  Ravshanakka  Iskandar  uylanadi. 
H ar  ikkala  asarda  ham   Aleksandr  (Iskandar)  befarzand  bo'lganligi 
ta ’kidlanadi.  Shuningdek,  Aleksandr  (Iskandar)  o ‘limi  oldidan  onasini 
eslaydi.  H ar  ikkala  asarda  ham   A leksandr-Iskandar  o 'z   yurtida  emas,

A leksandriya.  R om an  ob  A leksandre  M akedonskom   po  russkoy  rukopisi  XV 
veka.  Izd-vo  «N auka»,  М .—1.,  1965, str.  137.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling