Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet15/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34

176

o ‘zga yurllarda olam dan ko‘z yumadi va so‘ngra uning tobuti o ‘z yurtiga 
olib ketiladi.  H ar ikkala asarda ham Aleksandr-Iskandaming donishmand 
ustozi  Aristotel  (Arastu)  obrazlari  bor.
Bu  xildagi  o ‘xshash  ifodalarni  yana  keltirish  m um kin.  M asalan, 
q ah ram o n larn in g   xalqparvarligi,  do n ish m an d lig i,  xalqni  o rtiq ch a 
soliqlardan ozod etishi  kabi epizodlar alohida tahlil talab etadi.  H ar ikkala 
asarda ham  Aleksandrning jaziram a yoz oylarida o ‘lganligi  qayd etiladi. 
Haqiqatan  ham ,  Aleksandrning  11-  iyunda  vafot  etganligini  tarixiy 
manbalar tasdiqlaydi. Alisher Navoiy ham   Iskandaming iyul oyida yorug‘ 
olam bilan vidolashganini qayd etadi1.
Ayniqsa,  Iskandaming о limi oldidan qilgan vasiyatlari g‘oyat ta ’sirlidir.
«lskandar onasiga  aytm oqchi  bo‘lgan  vasiyatlarini  yozib  tam om lab, 
xatning oxirini  «Vassalom» so‘zi bilan tugatdi.  So‘ngra,  qog'ozni taxlab, 
maktubni elchiga topshirgach, yana ko'nglida qolgan m uddaolarini ham  
bayon  aylaydi:
«Hech  qayerda  to ‘xtamay,  kechasi-kunduzi  dem ay  yurib,  onam ga 
shu  maktubni  eltib  bering.  Ikkinchidan,  hozir  m ening  oftobim   so‘nib, 
quyoshim  yuziga  qora  bulut  yopilgach,  boshim   ustida  ko‘p   yig‘i-sig‘i, 
dod-voy  qilib,  jahonni  m otam zodalik  bilan  xarob  aylamang.  Mening 
tanam ni  tobut  ichiga  solib,  kecha-kunduz  dem ay  jadal  bilan  yurib, 
Iskandariya shahriga olib  boring.  Tiriklikda  istiqom atgohim   b o ‘lmish  u 
joy oMganimdan so‘ng mozorimga aylansin. Valekin m eni tobutga yotqiz- 
gan  paytingizdayoqut  teshigidan  ipni  chiqazib  q o ‘yilgani  kabi,  albatta, 
bir q o ‘limni  tobutdan  chiqazib  qo‘ying.  Toki  haloyiq  bu  q o ‘lga,  hayrat 
ko‘zi  bilan  emas,  balki  ibrat  k o ‘zi  bilan  boqib:  «Bu  panjalar  saf tortib, 
yer  yuzini  o ‘z  qo ‘lida  olgan  edi:  butun  dunyodagi  m am lakatlarning 
ham m asini  quruqlikda  va  suvda  b o ‘lgan  barcha  la’l-u  gavharlam i  shu 
kaftiga kiritib olgan edi.  Endi, ajal q o‘li bu dunyodan ko‘chish nog‘orasini 
qoqib, bo‘yniga abadiylik tom on jo ‘nash boshvog‘ini solgach,  m ana endi 
bu qo'llar dunyodan shol kishining qo‘lidan quruq, chinom ing yaprog‘siz 
butog‘iday  b o ‘m -b o ‘sh  ketayotir!»  -  desinlar.  Bu  hoi  odam lar  uchun 
bir  ibrat  m aktabi  b o ‘lib,  dunyoni  egallash  mashg‘ulotidan  q o ‘llarini 
lorsinlar»2.
1  A lisher  N avoiy,  Saddi  Iskandariy.  G ‘.  G 'u lo m   nom idagi  A dabiyot  va  sa n ’at 
nashriyoti,  T oshkent,  246-  bet.
2  0 ‘sha asar,  2 5 3 - 2 5 4 -   betlar.
177

Shunday  qilib,  Alisher  Navoiyning  «Saddi  Iskandariy»  dostonida 
ham  0 ‘rta Osiyoning o ‘ziga xos antik olami tasvirlanadi.  Alisher Navoiy 
antik  dunyo  voqeligini  XV  asr  hayotiga  olib  kelib  bog‘laydi.  «Saddi 
Iskandariy»  tarixiy  asar  b o ‘lib,  uning  ta ’sir  obyektida  qadim -qadim  
zam onlar  voqeligi  o ‘z  ifodasini  topgan  bo‘lsa  ham ,  zamonaviylik  ruhi 
kuchlidir.  C hunki  Alisher  Navoiy  o ‘zi  yashagan  zam onning  ijtimoiy- 
siyosiy voqeligi  c h o ‘qqisida turib o ‘tmishga nazar tashlaydi.
Navoiy antik dunyoga o ‘zicha nigoh bilan qaraydi.  U o ‘zining «Saddi 
Iskandariy»  dosto nida  qad im -qadim   zam onlarni  shunchaki  badiiy 
ifodalabgina qolmay,  unga ilmiy nuqtayi  nazardan yondashadi.  M asalan, 
uning «Lisonut-tayr»,  «Hayratul-abror»,  «Xazoyinul-maoniy»,  «Farhod 
va  Shirin»  dostonlarida  ham  antik  dunyoga  lirik  chekinishni  k o ‘ramiz. 
Ayniqsa,  «Tarixi  mulki Ajam»da Navoiy antik davrimizni  ilmiy jihatdan 
keng tadqiq etadi.
Jom iy  h am   o ‘zining  «Yusuf  va  Zulayho»,  «Layli  va  M ajnun», 
«X iradnom ayi  Iskandar»  d ostonlaridan  tashqari  «T u h fatu l-ahror»  
(«N uroniylar tuhfasi»)  asarida  ham   Iskandar  faoliyatiga  va  u  yashagan 
zam onga qayta-qayta murojaat qiladi. Antik dunyoga bunday qiziqishni 
N izom iy  G anjaviy,  A m ir  Xisrav  Dehlaviy,  Firdavsiy  ijodida  ham  
uchratamiz.  Bundan ko‘rinib turibdiki, o ‘tm ishda o'tgan fozil-u donolar 
insoniyat o'tmishiga, antik davrlar deb atalmish qadim zamonlarga alohida 
e ’tib o r  berganlar.  H atto   antik   dunyoning  sirli  voqealarini  o 'zlari 
yashayotgan zam onning manfaatlariga xizmat ettirganlar.
.  Navoiy o ‘tmishiga tarixchi olim sifatida yondashibgina qolmasdan, balki 
antik davrlam i  XV asr hayotiga  moslashtiradi.  M a’lumki,  Navoiy antik 
davrlarni  chuqur  bilgan.  U  o ‘z  ijodidagi  eng  qadimgi  davrlar  haqida 
keng m a’lum ot beradi.  Biz G erodot,  Ksenofont ijodi orqali tanishayotgan 
Kir,  D oro  kabi  Eron  shohlari  yashagan  davrdan  aw algi  zam onlarni 
ham   Navoiy  o ‘z  ijodida  tadqiq  etadi.  M asalan,  shoir  o'zining  «Saddi 
Iskandariy»  dostonining  kirish  qismida,  antik  dunyoda  yashab  o ‘tgan 
shohlar  haqida  mufassal  m a’lum otlar  berib,  shunday  deydi:
«Tarix  sahifalarini  juda  ko‘p  ko‘zdan  kechirgach,  bu  shohlarning 
to ‘rt  tabaqa  ekanliklari  m a’lum  b o ‘ldi.  Shu  tarixni  yozgan  olim   ularni 
«Eron  shohlari»  deb  atabdi.  Agar bu gapda  m uncha  ixtilof b o ‘lsa,  hato 
qilganlar uzrlidir.  Zero,  uzoq  zam onlar  o ‘tishi  falak  tarafidan  ko'pgina 
hodisalar yuz berishi natijasida tarixlaiga behad putur va bu fanga ko'pgina 
qusurlar yetgan  bo'lishi  tabiiydir.  Va  lekin,  bu tarixdan  xabar berganlar
178

orasida  «Nizornut-tavorix»  («Tarixlar  nizomi»)  kitobi  m ukam m al  va 
m o‘ta b a rd irk i,  m en  buni  b o shq a  tarix  k ito b larin in g   sarlav h a  va 
mundarijalariga ham  solishtirib ko'rdim.
Boshda bulam i to ‘rt  qismga bo'lgan edim ,  endi shularning birinchisi 
«Peshdod», ikkinehisi «Kayoniy»1,  uchinchisi  «Ashkoniy» va to ‘rtinchisi 
«Sosoniy» deb ataladi.
«Peshdod» sulolasida o ‘n bir shoh o ‘tgan b o ‘lib,  eng qadimgi saltanat 
cgalari  shulardir.  «Peshdod»larning  birinchi  shohi  b o ‘lmish  Qayumars 
taxtga  chiqqach,  adolat  yo‘lini tutdi.  Agar uning tuzum i butun jahonga 
tarqalgan  b o ‘lsa  ham ,  lekin  kiyimlari  vahshiy  hayvonlarning  terisi  va 
eharm dan  b o ‘lgan.  Bundan  keyingi jahongirning  nom i  Xushang b o ‘lib, 
uning  taxtlari  ju d a  h asham dor  b o ‘lgan.  X ushangning  donoligining 
chegarasi b o ‘lm agan,  u  «Jovodoniy xarid»  («Aqlning abadiyligi»)  nomli 
kitob  ham   yozgan.  U  olam dan  o ‘tgach,  o ‘rniga  Tahm uras  o ‘tirdi.  U 
shunday ish tutdiki, butun olam ahlining um id orzusi shu bilan bog‘lanib 
qoldi. Tahm uras olamda juda ko‘p shaharlar bino qildi.  N ishopur,  Marv, 
Sipohon  kabi  shaharlarni  ham   aslida shu  qurgandir.  U ndan  so'ngra 
Jamshid  olam da  ot  soldi:  u  qancha  m am lakatlam i  oldi  va  bir  qancha 
odamlarning boshiga toj kiydirdi.  U, xaloyiqqa ham  ko‘pgina naf yetkurdi 
va  ancha  ajib  am r-farm onlar,  tartib-qonunlar ham   ixtiro va joriy  qildi. 
Undan  keyingi dunyo shohi Z ahhok deb atalardiki,  u shafqatsizlik bilan 
ish  ko'rgach,  tez  orada  taxtdan  tushib,  dunyodan  o ‘tib  ketdi.  So‘ngra, 
jahongir  Faridun  taxtga  chiqqan  bo‘lib,  butun  dunyo  uning  qo‘l  ostiga 
o'tib,  am r farmonida turdi.  U o ‘z boshiga shohlik tojini kiyib olib,  diqqat 
bilan  dunyodagi  ham m a  narsani  kovlab-tekshirib  o ‘tdi.  U ning  o ‘miga 
valiahd  b o ‘lib  M inuchehr  o ‘tdiki,  bu  eski  dunyo  uning  taxtgohi  edi. 
Furot  nomli  daryoni  o ‘sha  M inuchehr  qazdirib,  ham m ayoqqa  dov- 
daraxtlar  ekib,  dunyoni  b o ‘stonga  aylantirgan  edi.  U n d an   so‘ngra, 
Navzar podsholik bilan baxtiyor bo‘lib, jahondagi  m am lakatlarga  am r- 
farmon beruvchi bo‘ldi.  Lekin dunyo uning murodini yuzaga chiqarmadi, 
cjisqasi,  bu  olam  unga  vafo  qilmadi.  Keyin,  Afrosiyob  shohlik  qilgan 
bo'lsa ham ,  u o ‘z zulmkorligi bilan  Eronni  xarob ayladi.  U ning davrida 
deyarli obodonchilik b o ‘lmagani kabi, falak o ‘zini ham  obod qilmay, tez 
orada hayotdan m ahrum  etdi.  Endigi navbat ZobTahm asbniki edi.  Lekin

«Peshdodiy»  va  «Kayoniy»  podshohliklarida  «Avesto»da  uchraydigan  afsonaviy 
podshohliklar  bor.
179

uning martabasining balandligi ham o ‘tib ketgan bo'lib, toj-u taxt q o ‘liga 
kirgach, butun mamlakatni va xalqni yetti yillik soliqdan ozod qildi.  Olam 
Tahm asbdan b o ‘shagach,  Garshosbdan zam on zeb-ziynat topdi.  U sho'x 
falak otini o ‘ziga rom qilib olgan bo‘lsa ham, lekin kuni bitgach, olamdan 
o ‘tib ketdi.
Shu yuqorida nomlari zikr qilingan o ‘n bir kishi o ‘sha qadimgi dunyoni 
idora  qilgan  Eron  shohlari  b o ‘lishiga  qaram ay,  dunyo  ularni  bir 
o ‘yinchoqday  o ‘tkazib  yubordi1».
Shu  fikrlarning  o ‘ziyoq  N avoiyning  qadim gi  davrni  m ukam m al 
bilganligi va bu antik dunyo voqealarini o ‘z ijodida ham  ilmiy, ham  badiiy 
in ’ikos  ettirganligining  guvohidir.  N avoiyning  «Saddi  Iskandariy» 
dostonida,  «Tarixi  muluki  Ajam»  asarida va boshqa  ijod  durdonalarida 
tilga  olgan  Q ayum ars  (G aya  M aretan)  va  Jam shid  (Yima)  nom larini 
«Avesto»da ham  uchratam iz.  Shuningdek,  Navoiy o ‘z ijodida Aleksandr 
Makedonskiyning Osiyoga yurishi davridagina emas, balki undan  ilgarigi 
zamonlarni  ham  keng tasvirlashga intiladi.
AVESTO
Q adim  zam onlarda  0 ‘rta  osiyoliklar  zardushtiylik  dinini  m uqaddas 
deb bilishgan.  Bu dinning qonuni yodnomasi  «Avesto»dir.  Zardushtiylik 
dini  0 ‘rta  Osiyo,  Kavkaz,  Eron,  Hindiston  va  hatto  Kichik  Osiyodagi 
ko‘pgina  xalqlami  bir-biri bilan  ko‘p jihatdan  b o g ia b  turgan.
«Avesto»ni  ilmiy  o ‘rganish,  tarjim a  qilish,  uni  keng  tadqiq  etish 
masalasiga jah o n   olimlari qadim dan  hozirgi  kunim izgacha zo ‘r qiziqish 
bilan qaramoqdalar. N echa-necha asrlardan buyon jahon olimlari o‘rtasida 
«Avesto»  xususida  shunchalik  ko‘p  tortishuvlar,  bahs  va  m unozaralar 
bo‘lib kelmoqdaki,  hali tadqiqotchilar uning asl nusxasi, tili,  g‘oyaviylik 
dinining asoslari borasida aniq bir to ‘xtamga kela olganlaricha yo‘q. Ammo 
«Avesto»da tasvirlangan voqealar, zardushtiylik dinining mohiyati jahon 
olimlari tom onidan e ’tiro f etilib, bugungi  kunda bu asam i o'rganishim iz 
kerakmi,  yo'qm i  degan  savolga  javob  topilgan.  Antik  zam onlardayoq 
bobokalonlarim iz chuqur e ’tiqod  qo‘ygan zardushtiylik dinini  va  uning
1 A.  N avoiy.  Saddi  Iskandariy,  2 2 - 2 6 -   betlar.
180

muqaddas  qom usi  «Avesto»ni  o ‘rganishimiz,  biz  avlodlar  uchun  ko‘p 
lilmtdan ahamiyatlidir.  Zeroki, zardushtiylik dini bobokalonlarim izning 
birinchi  dini  edi.  Zardushtiylik  dini  0 ‘rta  O siyoda  tarqalgan  edi.  Shu 
tufayli bugungi  kunda biz uchun  «Qur’on» qanchalik m u q a d d a sb o ‘lsa, 
«Avesto» h am  shu darajada qadrlidir.
«Avesto»da iigari surilgan zardushtiylik dinining mohiyati atoqli olimlar 
tom onidan  yuksak  baholanm oqda.  Bu  o ‘rinda  yirik  tadqiqotchi  S.F. 
Oldenburgning  fikrini  keltirib  o ‘tish  o ‘rinlidir.  «Zardushtiylik,  -  deb 
yozadi  akadem ik,  -  insonning  yer  yuzidagi  hayotini  yengillashtirishga, 
uni  baxtiyor  qilishga  qaratilgan  eng  oqilona  din»1.  M ana  shu  fikrning 
o ‘ziyoq  «Avesto»ni  o ‘rganishimizning  nihoyatda  m uhim   va  zarurligini 
tasdiqlaydi.
Z ardushtiylik  dinining  m ohiyatini  ochib  bergan  va  «Avesto»ni 
o‘rganishning aham iyatini  o ‘zining qator tadqiqotlarida  izohlagan  yirik 
«Avesto»shunos mutaxassis olim A.O.  Makovelskiynng xizmatlarini alohida 
ta'kidlab o ‘tishga to ‘g‘ri  keladi.  «Avesto» haqida to ‘liqroq m a’lumotga ega 
bo‘lish uchun A.O.  Makovelskiyning asarlarini2  o ‘z ona tilimizga taijim a 
qilsak foydadan xoli bolmaydi.  Bu olimning ishlari «Avesto» haqida yozilgan 
tadqiqotlar ichida eng  mukam m ali  desak ham   b o la d i.  «Avesto»  haqida 
yaratilgan  tadqiqotlar  va  bahslarga  to ‘xtalar  ekanm iz,  asosan  A.O. 
Makovelskiy fikrlariga tayanamiz.
Yevropada Avestoni o ‘rganish va bu borada qilingan birinchi urinishlar 
haqida  to'xtalgan  D ram steter bu  kitobni  «Sharqning  m uqaddas  kitobi» 
tlcb atagan edi.
Yevropada  «Avesto»ga  atab  yozilgan  asarlar  ichida  fransuz  Brissitin 
qalamiga mansub «Eronda shoh hukmronligi  haqida» (1790- yil) asarida 
din va eski  urf-odatlar haqida to ‘xtaladi.
XVII  asrda  bu  m a’lum otlar  fransuz,  ingliz  va  italyan  sayohatchilari 
tomonidan yanada to ‘ldiriladi.
F ra n su z  say o h a tc h isi  G a b re l  D y u -S h in o n ,  z o ra a striy la rn in g  
muqaddas kitobini  ko‘rgani  va ular yagona bir tilda yozilmagani  haqida 
m a’lum ot beradi.
Zam onasining  yirik  oriyentalisti  (sharqshunos  olim ),  oksfordlik 
professor Tom as  G aid  midiyaliklarning,  eronliklarning  va  parfiyaliklar
1 O ldenburg  S.F.  Predisloviye  к  knige  A m oolda  «Svet  Azii»,  SPb,  1906,  str.  20.
2  M akovelskiy.  Istoriya  nauchnogo  izucheniya  Avesto,  glavnoye  napravleniya  v 
nomi  ix otsenka.  «Avesto»  izd-vo AN.  Baku,  1960.
181

Z o ro astrg a   e ’tib o r  qilgan  ilm iy  ish lard an   italiyalik  Jam b a tist 
V ikoning  «Yangi  fanni  asoslash»  nom li  falsafiy  ru hda  yozgan  asarini 
tilga  olish  m u m k in .  Viko  Z o ra str  h aq id a  h u rm a t  bilan   gapirib, 
«Q adim ning  buyuk  tafakkuri»  deb  ataydi.  Lekin  Jam b atist  Viko 
m iloddan  aw algi  VII  asrda yangi  Bobil  davlatini  tashkil  etgan X oldey 
somiylar qabilasi  deb fikr qiladi.  1820- yilda  Frankfurt  -  M ayn shahrida 
l.G .  Raden  qadimgi  baqtriyaliklar,  m idiyaliklar va eronliklarning yoki 
Zend xalqining dinini o £rganishgabag‘ishlangan asarini  yozadi.  M uallif 
Anketil  D yuperronning  taijim asiga  tayanib,  «Zend  xalqi»  dinining 
tarixini  tiklam oqchi  b o ‘lib,  Z en d   xalqi-B aqtriya,  M idiya  va  E ron 
xalqlarini  birlashtirib  turgan,  degan  fikrni  aytadi.
1827-  yilda  Berlinda  E.  Raskin  «Zend-Avesto  va  zend  tilining  asl 
nusxasi,  uning  qadimiyligi»  degan  asarini  nashr  etadi.  E.Raskin  bu 
asarida  zend  tili  sanskrit  tilidan  paydo  bo‘lmay,  balki  tovushlarning 
aytilishi jihatidan eron tiliga yaqin ekanligini  isbotlab beradi.
XIX asrda «Avesto» o ‘ziga ko‘pgina faylasuflarni jalb qila boshlaydi. G. 
Ritter  12 tom dan iborat «Falsafa tarixi» (1829-1853) asarida “Avestoda”gi 
diniy tasaw urlar asosida afsonaviy qarashlar yotadi,  bu diniy tasaw urlar, 
grek afsonalariga qaraganda fikrlarga boydir degan fikrni aytadi. «Avesto»ni 
falsafiy tom onini xarakterlab G.  Ritter,  uning ayrim qismlarida odam lar 
xayolida  paydo  bo'lgan  ta ’limotni  sistemali  ravishda  nam oyish  etishga 
b o ‘lgan  urinishlami  ko‘nsh  m um kin  deb  yozadi.
«Avesto»ga nemis mafkurasining yirik nam oyandalaridan biri bo'lgan 
Gegel ham katta e’tibor berib, Zoroastmi qadimgi  Eron dinining asoschisi 
deb  ta ’kidlaydi.  Bundan  tashqari,  Gegel  dinning  rivojlanishi  inson 
tarixining  rivojlanishiga  aloqasi  yo‘q,  deb  fikr yuritadi.
Gegel  «Avesto»ning tilini  qadimgi  Baqtriya-zend tili  deb atadi.
«Avesto»ni  ilmiy  o ‘rganish  borasida  yana  bir  fransuz  olimi  Bu 
U rnufning  xizmatlari  katta  b o ‘ldi.  U  o ‘zining  «Yasnaga  izoh»  asarida 
eronliklarning  urf-odatiga  tayanib  «Avesto»ni  o ‘rganishga  kirishsa, 
ikkinchisi  sankkrit  bilan  Ved  afsonalarini  taqqoslash  asosida  ish  olib 
boradi.  Bu u m u f asos solgan bunday taqqoslash maktabi esa «Avesto»ning 
tilin i  tu s h u n tir is h   u c h u n   H in d is to n n in g   tili  va  a fs o n a la rid a n  
foydalanishadi.  Shuning  uchun  ham ,  bu  m aktabning  nam oyandalari 
o ‘zlarini  «vedantislar»  deb  atashardi.  Bu  maktabga  Bu  Urnuf,  Rot, 
Benfey,  Vindishm an,  G eyter,  Xaug va  boshqalar kiradi.  Bu  U rnufning 
qilgan xizmatlari shundan  iborat ediki, u Persepol va Behistunda qadimgi

eron  yozuvlarini  o'qib,  birinchi  ahem oniylarning  tili  «Avesto»ning  tili 
bilan  egizakligini  aniqlaydi.  A hmoniylarning  birinchi  shohi  Doroning 
ovozi  Behistun qabridan yangradi.  Bu esa  Bu  Um ufning eng katta yutug‘i
Gegel  Zoroastr  dinini  tabiat  dini,  lekin  ozod  dinga  o ‘tayotgan  din 
deb xarakterlaydi.
«Bu  din,  -  deb  yozadi  Gegel,  -  yorug‘lik va  m ehr-oqibat  dinidir.  U 
yovuzlik va qorong'ilikka qarshi turadi. Yorug‘likning yovuzlik bilan kurashi, 
hayotning  o ‘lim  bilan  kurashidir.  Zoroastrning  dini  rivojlanishi  va 
hayotning  barhayot  boMishi,  ekin  ekishni,  uy  hayvonlarini  boqishni  va 
yerga  qarashni  talab  qiladi.  Bu  dinga  sig‘ingan  odam   hattoki  murdani 
yerga ko‘mmay,  yoqmay qushlarga yem b o ‘lishini tilaydi».
U m um an olganda,  Gegelning xulosasiga ko‘ra, xudo jahondagi buyuk 
kuchdir.  Bu  kuch  ham  yorug‘lik,  ham  harakat,  ham   m ehr-oqibatdir.  U 
barcha yovuzliklami yengib chiqishi  kerak.
Bu  U rnufdan keyin  uning taqqoslash  maktabi a ’zosi  R oten  «Avesto» 
va Ved afsonalari bir joydan tarqalganligini  isbotlay boshladi.  Xuddi shu 
yo'nalishda  «Avesto»ni  izohlash  kerakligini  Vindishm an  o ‘zining  M itra 
va Anaxita haqidagi «Zoroastr tajribalari» asarida aytib o ‘tdi.
Taqqoslash  maktabining  a ’zosi  Xaug  (Faid)  «Avesto»ni  tarixiy  asar 
sifatida tan oladi.
«Avesto»ni  o'rganishda  taqqoslash  maktabining  a ’zolari  olib borgan 
ishlar  bu  asarni  o'rganishda  qilingan  katta  yutuq  b o ia d i.  Avestoni 
o'rganishda Ved  so‘zlari  va fikrlarning bayon  etilishi,  «Avesto»dagi  so‘z 
va  fikrlarning bayon  etilishiga  o ‘xshab  ketardi.  Taqqoslash  tilshunosligi 
xalqning o ‘tmishini, ularning eng qadimgi tillarini va madaniyatini ochib 
berishga harakat qiladilar.
Shunday qilib, Avestoni o'rganishda o ‘zlarining tadqiqotlari va metodlari 
bilan qaram a-qarshi bo'lgan  ikki m aktab yuzaga keladi.
Taqqoslash  maktabi Avestoga olib boradigan yo‘l paxlaviy izohlari va 
eronliklarning  urf-odatlari  a n ’analarida  emas,  balki  V edlardadir  deb 
tushuncha  beradi.  Ved  -  «Avesto»ning  eng  yaxshi  izohidir.  Taqqoslash 
maktabining  a ’zolari  Rot,  Benfey,  Zauglar ana  shu  fikrda  edilar.
Ularga  qarshi  turgan  a n ’anaviy  m aktab  a ’zolari  «zend»  va  sanskrit, 
«Avesto» va Vedni alohida-alohida o ‘rganish kerak, deb ta ’kidlaydilar.
Afsona  va  tarixni  taqqoslash,  filologiya.  hind  adabiyotining  tarixiga 
oid  asar  «Rigveda»  tarjimasi  Myuller qalamiga  mansubdir.
185

Maks  Myulleming fikricha, ariyliklar Pomir tizma tog‘larida yashagan. 
U  yerdan  ular eram izgacha b o ‘lgan  XV asrda  ko‘chib ketishgan.  Uning 
fikricha,  ariyliklar  kuchayganda  ikki  guruhga  b o ‘lingan.  Bir guruh  hin- 
duga qarab ketgan b o isa ,  ikkinchisi Yevropa tarafga qarab yurgan.  M ana 
shu  ko‘chish  natijasida,  eram izdan  aw algi  XIV  asrda,  ariyliklarning 
bir qismi  Eronga o ‘tib  ketishgan.
Maks  M yuller  49  tom dan  iborat  «Sharqning  m uqaddas  kitoblari» 
(1879-1904  y.)  asarini  nashr  ettiradi.  Bu  to ‘plamga  sharq  xalqlarining 
m uqaddas  kitoblarining  asl  nusxalari,  ularning  ingliz  tiliga  taijimasi, 
kirish  so'zlari  bilan  berilgan.  Bu  nashrda  «Avesto»ga  I,  IV,  XXII  va 
XXXI  tom lar  bag‘ishlangan.
«Avesto»ni o‘iganishning uchinchi bosqichi Xristian  Bartoleme (1855- 
1925)  nomi  bilan  bog‘liqdir.  1878-  yilda  Xristian  Bartolem e  «Qadimgi 
eron lug‘ati» kitobini nashr etdi.  Bu kitob o ‘n yillar mobaynida «Avesto»ni 
o'rganishda asosiy qo‘llanma bo'lib keladi.
F.Volf Bartolem e lug'atiga asoslanib,  «Avesto»ning to ‘liq tarjimasini 
beradi.  B artolem ening,  gat  tiliga  tarjim a  qilingan  xristian  lug‘ati  esa 
«Avesto»ni  o ‘rganishda,  bu n dan   keyingi  ishlarda  asos  b o ‘lib  xizm at 
qiladi.  Vaqt o 'tish i bilan  «Lug‘at»ga o ‘zgartirishlar kiritish  kerak b o ‘lib 
qoladi.  G ersfeldning aytishicha,  Bartoleme «Lug‘at»i  nodir asar b o ‘lib, 
m uallif q o lid a g i  kichik  lingvistik  m aterial  edi.
Fransuz sharqshunosi  Benvenist «Avesto»ni kelajakda o ‘rganish aynan 
ana  shu  «Lug'at»ga  asoslangan  holda  olib  boriladi,  degan  fikrni  bayon 
etib,  o ‘zi  ham   «Avesto»  haqida  maqolalar  yozadi.  Lekin  «Avesto»ni 
o ‘rganishga  shu  darajada  katta  e ’tibor  berildiki,  unga  Bartolemening 
«Lug‘at»i  ham  yordam  berm ay qoldi.
Xristian  Bartoleme boshqa bir asari «Avesto»ning tili va qadimgi  eron 
tili»  (1895)  asarida  eng  qadimgi  gat  tili  va  «Avesto»ning  tilini  o ‘rganib 
chiqadi.  M ana  shu  ikki  tilga  asoslanib,  u  qadimgi  eron  yozuvi  va  Eron 
shohligidagi  yozuvlar orqali  qadimgi  eron tilini  o ‘rganishga kirishadi.
Biroq  Bartoleme fikrlarini tanqid qilib Andreas «Avesto»ning bizgacha 
yetib  kelgan  m atni  qadim gi  Ь о Ч т а у ,  arx etip i  aram ay   alifbosida 
yozilganligini aniqlaydi.
G ‘arb olimlarining «Avesto»ni o ‘rganish borasidagi tadqiqotlari bilan 
biiga, fors olimlarining asarlari ham yuzaga kela boshlaydi.  Fors olimlarida 
«Avesto»  Z oroastr  dinining  davom i  va  ilohiy  asar  sifatida  qiziqish 
uyg‘otgan  edi.  U larning  asarlari  k o ‘r-k o ‘rona  m aqtash,  apolegetik
186

xarakterda  b o ‘lib,  Kapadia  o ‘zining  «Zoroastr  ta ’limoti  va  eronliklar 
dinining falsafasi»  kitobida zardushtiylik dinining qadimiyligiga  alohida 
e ’tibor  beradi.  Bu  din  qadimgi  buddizm ,  xristianlik  va  islom  dinidan 
ilgari  paydo  b o ‘lgan.  Kapiada  zardushtiylikni  «yuqori  falsafiy  fikrlar 
majmuasi»  deb bilib,  hozirgi  fors e ’tiqodini  qadimgi  zardushtiylik  bilan 
birgalikda ulug‘laydi.
Kapiada o'zining kitobini  ingliz tilida chop etayotganda, sharq va g‘arb 
olimlarini kelishgan holda ish ko‘rishga d a’vat etadi.  Eronliklar a n ’anasiga 
va  urf-odatiga tayanib,  Kapiada Zoroastrizm ni, zardushtiylikning paydo 
bo'lishini quyidagicha bayot etadi.
Bundan  3500 yil  ilgari  Midiyaning  Raga  shahrida  Purushaspa  xotini 
Doglo bilan yashaydi.  Ularning Zaratustra nomli o ‘g‘illari dunyoga keladi. 
Yuqoridan duo qilingan Spitama Zaratustra Vishtasp shohligining oldingi 
poytaxti bo‘lgan  Balx shahriga keladi.
Oppoq, toza kiyim kiygan, qo'lida m uqaddas olov va sarv daraxtining 
novdasidan  yasalgan  saltanat  hassasini  ushlagan  Zaratustra  Vishtasp 
saroyiga kelib,  Baqtriyaning payg'ambari darajasiga ko'tariladi.  U yerdagi 
xalq  Z a ra tu s tra n in g   y aratg an   d in in i  q ab ul  q ilib ,  m a z d a   diniga 
(mazdayasiniyali) bir xudoga sig'ina boshlaydi.  Qolganlar esa bir qancha 
xudolarga sig'ingan daevayasniyali politeistlar bo'lib, yangi va eski dinlar 
o'rtasidagi  kurashda  zoroastrizm   yutib  chiqadi.  Bu  din  faqatgina 
Baqtriyaning  dini  bo'libgina  qolmay,  balki  arablar  istilosigacha  Eron 
davlatining ham  dini bo'lib qoladi.
Rossiyada  «Avesto»ni  o'rganish  XIX  asrning  ikkinchi  yarm idan 
boshlanadi.  B uborada  Kossovichning ilmiy izlanishi salmoqlidir.  Uning 
«Zendavestdan  to 'rt  asar»  (1861)  degan  ilmiy  tadqiqoti  alohida  o'rin 
tutadi. Zoroastrizmni o'rganishgabag'ishlangan ilmiy ishlardan XIII asrda 
yozilgan  « Z a ra tu sh tn o m a » n in g   fo rsch ad an   ta rjim a si,  P eterb u rg  
Akademiyasi a ’zolarining izlanishlaridan biridir (taijim a muallifi Xristian 
Rozenberg).  Bu  kitobda  Zoraastr haqidagi  qadimgi  rivoyatlarning eron 
tilida qayta ishlangan matnlari chop etilgan.  Kitobda yozilishicha, Zoroastr 
boshqa  bolalar  singari  yoshligida  um um an  yig'lam agan,  balki  ota- 
onasining uyini  nurga to'ldirib kulgan.  Yovuz sehrgarlar bolani  o'ldirish 
uchun  barcha  tad bir-ch oralarn i  qo'llashgan,  lekin  ularning  barcha 
urinishlari  zoye  ketgan.  Yetti  yoshga  to'lganda  Zoroastr  o'zining  aql- 
farosati  bilan  boshqalardan  ajralib  turgan.  30  yoshgan  yetganda  esa, 
yangi  dinning  payg'am bari  bo'lgan.  Erondan  shim oli-g'arb  tom onda
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling