Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet16/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34

187

joylashgan  vatanini  tark  etib,  yangi  ta ’limotni  m ustahkam lash  uchun 
Eronga  yo'l  oladi.  E ronning  shim oli-sharqiy  chegarasida  D ag ‘yu 
(Avestodagi  V ogu-m anu,  ya’ni  «ezgulik  fikr»)  kelib,  Axura  M azdaning 
taxtiga ko'tarib o'tkazadi, u yerda Zoroastr Axuramazdadan o 'z savoilariga 
javob eshitadi.  Shundan keyin u do'zaxga tushib, A xraman nom li d o ‘zax 
ruhi  bilan  uchrashadi.  A xram an  agar  Z oroastr  dindan  voz  kechsa, 
dunyodagi barcha qim m atbaho zeb-ziynatlami unga berishini aytadi.  Shu 
mahal osm onda-do‘zaxda bo'lgan Zoroastr yerga qaytib tushadi.  Shunda 
unga Axramanning askarlari bo'lm ish vahshiy sehrgarlar hujum qilishadi. 
Zoroastr ularga Avestodagi  muqaddas so'zlami aytib hujumlarni qaytaradi. 
Bundan  keyin  Zoroastr  Balxga  kelib,  shu  yerning  shohi  Gushstabga 
yangi dinni qabul qildiradi.  Zoroastrning shoh G ushstab  saroyida paydo 
bo'lishi  va  shohga  dinni  qabul  qildirishi  turli  g'aroyib  voqealar  orqali 
bayon  etiladi.  Zoroastrning  Baqtriyada  yangi  dinni  qabul  qildirishi, 
osonlikcha kechmaydi.  Eski dinga sig'inuvchilar bilan qattiq  kurash olib 
boradi.  N ihoyat,  Zoroastr  bu  kurashda  yengib  chiqadi.  «Zaradusht- 
noma»da  bayon etilgan  rivoyatlarning asosiy m a’nosi  shundan  iboratki, 
hayot  bu  -  kurash  dem akdir,  m ehr-oqibat  esa  faqat  yozuvlikka  qarshi 
olib borilgan og'ir jangda yenggan taqdirdagina g'alabaga olib boradi.
«Zaradushtnoma» fors xalqlari o'rtasida shuhrat qozongan  muqaddas 
kitob hisoblanadi.
Inqilobgacha bo'lgan davrda zoroastnzm va Avestoni o'rganishda V.V. 
Bartold,  K.G.  Zalem ana, A.L.  Pogodin,  K.A.  Inostransev chuqur ilmiy 
tadqiqot  ishlarini  olib borishgan.
Z ardushtiylikni  o 'rganish  borasida  qilingan  m e h n atlard an   B.A. 
To'rayevning xizmatlarini alohida eslab o'tish kerak.  Bu boradagi  uning 
fikr va  m ulohazalarini  «Qadimgi  sharq tarixi»  (II  tom ,  III  nashr,  1933) 
asarida o'qish  mumkin.
Uning yozishicha, qadimgi dunyo davlatlari ichida tarixda alohida o'rin 
tutganlardan bizga m a’lum bo'lgan Midiya davlatidir.  Bizning bilimlarimiz 
G erodot  va  Ktesiy bilan  chegaralanib  qolgan.  Midiyaliklarga  oid  bizda 
bironta  ham  yozuv saqlanib qolmagan.  U m um an,  midiyaliklarda yozuv 
bo'lganm i  degan  savol  tug'iladi.  Shuning  uchun  To'rayev  zoroastrizm 
paydo  bo'lishida  M idiyaning  tutgan  o 'm i  haqidagi  savolni  o'rganish 
o'rinsiz,  deb  hisoblaydi.
B.A.  To'rayev  Eronning  ibtidoiy dini  bilan Ved dinini  o'xshash,  deb 
ta ’kidlaydi.  Bundan tashqari,  ularni samo shohi bilan  zulm at  ajdaholari
188

o'rtasidagi jang bayon etilgan afsonalar,  m ehr-oqibat  ruhlarining yovuzlik 
ruhlariga qarshi turishida, olovga sig‘inishlarida, mast qiluvchi o ‘simlikdan 
tayyorlangan  sharbatni  (H indistonda  soma,  eronliklarda  xayum a)  ikki 
dinga  sig‘inuvchilar  iste’mol  qilishib,  ular  yuqori  xudojo'ylikni  tan 
olishlari  bilan  ham   o'xshashdir.  Lekin  bu  o'xshashliklardan  tashqari 
b a’zi  farq qiladigan tom onlari ham  bor.
Hind m ehr-oqibat ruhlari «deva»lar Eronda shayton b o ‘lishdi.  Eronda 
esa  hind  shaytonlari  «asurlar»  Axurlar  deb  nom   olishdi  (T o‘rayev). 
Hindiston  dinida  m uhim   ahamiyatga  ega  bo ‘lgan  som axaom a  Eronda 
unchalik  qadrlanmaydi.  Olov  m a’budasi  H indistonda  «agnes»,  Eronda 
esa  «agar»  alohida o ‘rin tutadi,  chunki  u  yerda  olov  ezgulik  sari  xizmat 
qiluvchi, poklik ramzi sifatida qadrlanadi.  Eron dini hind dinidan o ‘zining 
pokligi  bilan  ham  farq  qilardi.  Hindistonni  V aruna boshchiligidagi  yetti 
xudojo‘ylardan Eronda tan olingan Axura Mazda «eng aql-zakovatli xudo» 
deb nom lanib unda A m esha-Spenta «o'1 mas tafakkur» deb ataladi.
Eron dinining H ind dinidan farqli joyi shundaki,  u o ‘zining idealistligi 
bilan,  dunyoning  negizi  m ateriya  bilan  ruh  bir  narsa  deb  bilishi  bilan 
ajralib turadi.
Keyinchalik  eron  va  hind  dinlarining  rivojlanishi  um um an  qaram a- 
qarshi b o ‘lgan yo‘nalishlarda boradi.  Ezgulik sari qadam  q o ‘ygan  Budda 
Nirvaga keladi. Zoroastr madaniyatga xizmat qilishni o ‘ziga yuksak vazifa 
qilib oladi.
T o‘rayev  zardushtiylikni  diniy  islohot  deb  tushunadi.  Zoroastrizm  
ilohi o ‘z oldiga faqat dinni  maqsad qilib qo‘ymay, balki xudoga sig‘inishni 
tozalashni  va  unga  axloqiy  m a ’no  berishni,  ijtimoiy  shart-sharoitni 
o'zgartirishni,  ya’ni  c h o ‘ponga  oid  hayotdan  dehqonchilikka  o ‘tishni 
maqsad qilib qo‘ygandi.
Zardushtiylikni  va  «Avesto»ni  o'rganishga  katta  hissa  q o ‘shgan 
olim lardan  A.A.  Freym an  va  E.E.  Bertelsning  tadqiqotlarini  alohida 
ta ’kidlash  kerak.
A.A.  Freyman «Avesto»ni chuqur o ‘rgangan o lim b o ‘lib,  undagi ayrim 
term inlam i yangicha, o ‘ziga xos izohlagan.  E.E.  Bertels esa «Avesto»ning 
ayrim  qismlarini  ruschaga taijim a qilib,  «Avesto»ni  nodir adabiy meros 
sifatida tan olgan olimdir.
Oxirgi  o ‘n  yil  ichida  V.V.  Struve,  I.M .  Dyakonov,  B.G.  G ‘afurov, 
I  G. Aliyev kabi tarixchilaming zardushtiylik tarixini tadqiq qilgan asarlari 
paydo b o ‘ldi.
189

O zarbayjonda  arablar  hukm ronligi  o ‘rnatilm asdan  va  islom  dini 
ta rq a lm a sd a n   o ld in   h u k m   surgan  zo ro a strizm g a  x alq n in g   ilg‘o r 
namoyandalari qiziqish bilan qaradilar.  Bular Abbos  Kuli Og‘a Bakixinov, 
M irza  shafi  (Vosex),  M irza  Fatali  O xundov  va  Jafar  Jabborli  va 
boshqalardir.
Butun bir «Avesto»da uning qadimgi nusxalaridan boshlab ezgulik va 
yovuzlik,  yorug'lik va zulm at, tinchlik va urush kabi qaram a-qarshiliklar 
o'rtasidagi  kurashlar  bayon  etilgan  b o ‘lib,  antiteza  (qaram a-qarshi, 
ziddiyat)  usulida  izohlangan.  Bunday  antiteza  usulida  yozish  q ad im g i. 
zoroastrizm she’riyatiga ham  xos edi.
Mitraning qadimgi ashulasi ham antiteza uslubida yozilgan. Bunda asosan 
uaish va tinchlik masalasi bayon etilgan.  Mitraning bu qo'shig'i 2 qismdan 
iborat.  Birinchisi «Mitra jangchi sifatida», ikkinchisi «Mitra tinchlik haqida». 
Shulaming birida  Mitra boshqalarga ziyon yetkazmaydigan mamlakatning 
olam panohi sifatida tasvirlanadi.  «M itra ularga tinch hayot bahsh etadi, 
uyda  tinchlik  b o lish in in g   tarafdori,  tinch  yashashni  istagan  m am lakat 
xalqlariga o'zlarini  him oya qila olishlari  uchun kuch ato etadi,  ularning 
uylarini  va  m am lakatlarini  him oya  qiladi.  Boshqa to m o nd an  esa  M itra 
jinoyatchi qabilalarga qarshi turuvchi qasoskor sifatida tasvirlanadi.  U bu 
odam larning  uylarini,  qishloqlarini  va  m am lakatlarini  vayron  qiladi. 
M itraning  qasos  olish  kuchi  cheksizdir.  Shunday  qiib,  M itra  antiteza 
ko'rinishida-m am lakat  him oyachisi  va  olam panohi,  qasoskor  sifatida 
o'quvchi  ko‘z  o'ngida  gavdalanadi.  M itra  haqidagi  q o ‘shiqda  urush  va 
tinchlik qaram a-qarshi qutblardir.
Zaroastra shunga o ‘xshash antitezalami she’riyatda keng qo'llaydi.  Unda 
birinchi o 'rin d a ezgulik va yovuzlik, Axuramazda va A xram an antitezasi 
turadi.
lshonch ramzini ham zoroastra antiteza shaklida bayon etadi. «Yasnaning 
49-bobida  aytilishicha,  adolat  ham m a  vaqt  hukm ron  bo'lib,  yovuzlik 
yo'q  qilinishi  kerak.  M en  ezgulik  bilan  bo'lishni  xohlaym an,  yovuz 
kuchlar bilan  m unosabatda  bo'lishni  xohlayman».
«Avesto»da asosan savol-javob uslubi qo'llanilgan.  Masalan, Yasnaning 
10-bobida  M itra so'raydi:  «M en sog'ligim va boyligimni kimga berishim 
kerak?»  ПО  stansdan  (stans-she’m ing  sintaktik  jih atdan   tugallangan 
har bir  misrasi  ham da  to 'rt  m isradan  iborat  she’riy band)  u  yana  savol 
beradi:  «Kasallik,  o'lim  va kambag'allikni kimga berishim kerak?»
Antiteza  uslubi Zoroastrgacha bo'lgan she’riyatda ham  uchragan.
190

A garda  s h e ’rd a  «kim ki  sevsa»  so ‘zlari  u c h ra sa ,  u n d a n   s o ‘ng 
«yoqtirmaganlar»  so‘zi  yoki  shunga  o ‘xshash  fikr,  albatta,  ishlatilardi.
Videvdatning III  bobida qarovsiz qolgan yer,  turm ush  qurm agan qiz 
bilan taqqoslanadi. Yeiga o ‘g‘it tashlagan va ekin ekkan dehqon esa ayolni 
farzandli qila olgan erkak bilan qiyoslanadi.
Videvdatning  IV bobida  quyidagi  taqqoslanish  beriladi.  Agarda  qarz 
olgan  odam  qarzini vaqtida qaytarib berm asa,  u baribir tu n d a birovning 
uyiga o ‘g‘irlikka kirgan odamga o'xshaydi.
Videvdatning  V  bobida  m azdaitlar  dini,  V uzuktra  daryosi  boshqa 
daryolardan  ustun  turganidek,  u  ham   boshqa  t a ’lim otlardan  ustun 
qo‘yiladi.  Bu din o ‘z soyasiga kichik daraxtlarni olgan ulkan daraxt bilan 
taqqoslanadi.
«Avesto»da ishlatilgan epitetlarga ham  alohida aham iyat berish kerak. 
Chunki xudolarning chaqiriqlari asosan epitetlar yordamida ochib beriladi. 
Masalan, Axuramazdaga ulug‘, aql-zakovatli, tabarruk deb baho beriladi.
A xram an  esa  yovuz, juvonm arg,  razil  deb  xarakterlanadi.
Mitrani  izohlashda ham  qator sifatlar qo‘llaniladi.  U yerning xo‘jayini 
ming  ko‘zli,  ming  quloqli,  qotm adan  kelgan,  yaxshi  qurollangan,  tush 
ko‘rmaydigan, baland m inorada turuvchi,  ham m adan ustun va hokazo.
Xaoma xudosi  «tilla suvi yuritilgan» epitetni olgan Trishtriya xudosi 9 
sirius  yulduzi  esa  o ‘zidan  n u r  tarqatuvchi,  yuqori  turuvchi,  kuchli, 
yaxshi ko‘z bilan qarovchi  (yomon ko‘zga qarshi turgan) epitetlari xosdir. 
«Shoh» epiteti quyoshga qiyos berilgan. Yerning epitetlariga esa-yumaloq, 
keng,  uzoqlarga  olib  boruvchi,  dunyoni  yetti  m am lakatni  quchog‘iga 
olgan  kabilar  kiradi.
Vafot etganlarga ham  (fravashlar) ko'pgina epitetlar bag‘ishlagan.  Bular 
asosan ayol nazokatini, chiroyini xarakterlovchi so‘zlardir.  Bularga shahlo 
ko‘z,  uzun  q o ‘lli,  ixcham  belli  kabi  so‘zlar  kiradi.
Videvdatda  fravashlar  ulug‘,  aql-zakovatli,  otlar  esa  -  yugurganda 
pishqiradigan,  yaltiraydigan  kabi  so‘zlar bilan  izohlanadi.
Zaroastrning o ‘gitlarida uning so‘zlari Agura xudosiga qarata aytilgan. 
Aslida esa bu so‘zlar xalqqa nisbatan aytilgan edi.
«Avesto» va gat yillari  uchun plenastik tarkibida bir xil yoki bir-biriga 
yaqin  so‘zlar  keragidan  ortiq  takrorlanadigan  iboralar, jum lalar xosdir. 
Masalan,  «qushlar  qanotli  jonzotlar»,  «qizil  olov  alangalanadi».
«Avesto»ning badiiy uslubida ayrim jum lalam ing b ir necha m artadan 
qaytarilishi  xarakterlidir.
191

«Avesto» she’riy shaklda yozilgan bo'lib,  7,  8, 9,  10,  11,  12  misralarga 
bo'lingan. G atlar bo'g'inlar miqdoriga qarab metrik usulda yozilgan. Gertel 
esa «Avesto»ning ham m a qismlari sillobik xarakterda yozilganligini isbotlab 
beradi.  G a t  sh e ’rlari  7,  9,  11  b o 'g 'in li  bo 'lsa,  Avesto  9  b o 'g 'in li 
she’rlardan  iborat bo'lib,  ayrimlari  10,  12 bo'g'inni tashkil  etadi.  G ertel 
«Avesto»ning vaznini  «Rigveda» vazni bilan taqqoslaydi.
Gertel asariga I.  Fridrix qo'shimcha kiritadi.  Uning yozishicha, Behistun 
va  Doro davriga xos ayrim  yozuvlar ham  bir xil  she’riy vaznda yozilgan 
bo'lib,  bu she’riy vazn G ertel  «Avesto»da aniqlangan vaznga o'xshaydi.
Xalq  og'zaki  ijodiyotining  yorqin  nam unalari  bo'lm ish   ertaklar, 
afsonalar,  hikoyat  va  rivoyatlar  qadimgi  davrlardayoq  keng  tarqalgan 
edi.  Bu janrlardagi  asarlar  folkloming  boshqa janrlariga  nisbatan  ham  
iigari vujudga  kelib,  xalq orasida ommaviylashib ketadi.  M uhim  tom oni 
shundaki,  bu janrlardagi  asarlam ing  eng  qadimgi  davrlardan  bizgacha 
saqlanib qolgan yozma shakllari  mavjud. Jumladan,  «Avesto»da Axraman 
va Axuramazda, Ardvisura Anaxita, Qayumars (G aya M aretan), Jam shid 
(Yima)  haqida juda ko'plab afsonalar yaratilgan.
Bu  mifologik  xarakterdagi  afsonaviy  obrazlar  sharq  xalqlari  uchun 
qadimdan muqaddas sanalib kelingan. Xalqimiz bu mifologik xarakterdagi 
nom larga aslo afsona deb qaram agan.  Balki ularga o'tm ishda haqiqatan 
ham  yashab o'tgan tarixiy shaxslar,  deb m unosabatda bo'lgan.  H atto bu 
afsonaviy  m uqaddas  siym olar  aslo  o'lgan  em as,  hozir  ham   yashab 
kelmoqda  deb  ta saw u r  qilganlar.  Ularga  iltijo  qilib,  yalinib-yolvorgan, 
e ’tiqod  qo'yishgan,  sig'ingan.  Sharq  xalqlari  og'zaki  ijodidagina  emas, 
balki  m um toz adabiyotda ham  bu mifologik obrazlar keng o 'rin  egallaydi. 
A.  Navoiy «Saddi  Iskandariy» dostonida bu afsonaviy nom lam ing tarixda 
haqiqatan  ham  yashab o'tganligini, ularning ayrimlari shoh bo'lganligini 
qayd  qilgan.  Bunday  mifologik  xarakterdagi  obrazlarni  biz  Firdavsiy, 
Jom iy  ijodida  ham   uchratam iz.  Biz  Qayumars  va  Jam shid  obrazlarini 
sharq  m um toz  adabiyotida juda  k o'p   uchratam iz.  Bu  obrazlar  haqida 
to'xtalishim izdan aw al «Avesto» haqida chuqurroq to'xtalm oqchim iz.
«Avesto»  va  zorastrizm ning  kelib  chiqishi  haqida,  qadim dan  ilmiy 
adabiyotda ikki xil fikr yuritiladi.  Ba’zilaming aytishicha, zardusht ta ’limoti 
Midiyada  paydo  bo'lib,  u  yerdan  sharqqa  tarqalgan.  Zoroastrizm   va 
«Avesto»ning paydo bo'lishini  Midiya deb biluvchi  nazariya tarafdorlari 
Anketil D yuperron,  D arm osteter va boshqalar, zam onaviy sharqshunos-
192

lardan Fransiyada Meye va Yuar, Germaniyada Gersfeld,  Italiyada Tedesko 
edilar.
Bunga  qarsh i  fikr  bildirgan  sharqiy  yoki  b aq triy alik   n azariya 
tarafdorlari, zardushtizm aslida Baqtriyada paydo bo‘lib, bu yerdan Midiya 
va  Eronga tarqalgan degan fikrni bildirdilar.  Bu nazariyaning tarafdorlari 
etimologiya  m aktabining a ’zolari  va  Bartelilis,  ayni  vaqtda esa g‘arbda- 
Nyuberglar  edi.  Oxirgi  vaqtda  bu  nazariyani  ayrim  sovet  olimlari  ham  
q ollab-quw atlashdi.
Bu  m uam m oni  yechish uchun,  birinchi  navbatda,  uning  m ohiyatini 
tushunib  olish  kerak.
«Avesto»ning kelib chiqishi  haqidagi savolga javob berish  uchun  ikki 
narsaga  e ’tibor  berish  lozim.  Birinchidan,  «Avesto»  bir  necha  asrlar 
davom ida  yozilgan  b o ‘lib,  q o ‘shiq,  afsona,  h a r  xil  vaqtda  yozilgan 
muqaddas kitoblam i o ‘z ichiga oladi.  Shuning uchun «Avesto»ning kelib 
chiqishini  um um lashtirm ay,  uning  ayrim  qismlarining  yozilish  davri 
haqida fikr yuritish kerak.  Ikkinchidan,  «Avesto»ning ayrim xususiyatlari 
faqat xronologik tarafdan emas, balki jug‘rofiy tarafdan ham  farq qiladi.
U lar  zardushtiylik  hukm ronlik  qilgan  turli  m am lakatlarda  yozilgan. 
Bunday mamlakatlarga Midiya,  Eron, Armaniston,  Kichik Osiyo, sharqda 
Baqtriya,  0 ‘rta Osiyo,  Hindistonning Panjob shahri  kirgan.  Zardushtiylik 
H indiston,  Afg‘onistondan  G retsiyagacha,  Bobildan  Ozarbayjon  va 
A rm anistongacha  tarqalgan  edi.  0 ‘zining  ko‘p  asrlik  tarixi  davom ida 
«Avesto» va zardushtiylik ham m a vaqt yangi qismlar bilan toMdirilib borildi. 
Bu to ‘ldirishlar «Avesto»ning tili o ‘lik til bo‘lib qolgan davrdan boshlanadi.
Agar  biz  zardushtiylik  tarqalgan  o ‘lkalarni  va  uning  ikki  ming  yillik 
hukmronligini inobatga olsak, unda biz qandaydir yagonalikni ko‘rishimiz 
k era k .  « A v e sto » n in g   b ir in c h i  q is m la ri  e ’t i b o r   b ila n   o ‘q ilsa , 
zardushtiylikning urug‘chilik tuzum i  paytida yuzaga kelganini,  qadimgi 
sharqning quldorlikjamiyatida rivojlanib, feodalizm paydo bo ‘lishi vaqtida 
yangi  k o ‘rinishga  ega  b o ‘lganini,  bir  tu z u m d an   ikkinchi  tuzum ga 
o ‘tayotganda  zardushtiylikda  ham   o ‘zgarishni  ko‘rish  m um kin.  Agar 
«Avesto»da yozilgan, qadimgi xalqlaming qo‘shiqlari, afsonalari va ibtidoiy 
jamoa tuzum ini  aks  ettiruvchi  rivoyatlar inobatga  olinsa,  «Avesto»ning 
xronologik jadvali o ‘tmishning boshlanishiga borib taqaladi. Agarda «Avesto» 
ayni  paytda  H indistonda  (B om bey  shtatida)  yashovchi  parslarning 
muqaddas  kitobi  ekanligini  e ’tiborga  olsak,  bu  narsa  buijuaziya  sinfiga 
m ansub  ekanligini  bilsak,  «A vesto»ning  tarix ini  k ap italizm g ach a
193

uzaytirishimizga to ‘g‘ri keladi. Albatta,  ibtidoiyjam oa tuzum idan bosh- 
lab  quldorlik,  feodalizm  va  kapitalizm  davrlaridan  o'tgan  «Avesto»  bu 
davr ichida bir necha m arta o ‘zgartirildi.
« A v esto»ning  m a z m u n i  yangi  b azisg a  x iz m a t  q ilish i  u c h u n  
o ‘zgartirilgan.
«Avesto»  va  zardushtiylikda  vaqt  o'tishi  bilan  k atta  o ‘zgarishlar 
bo'lganidek,  0 ‘rta Osiyo va  Midiya zardushtiylik ta ’limoti o ‘rtasida ham  
anchagina farq bor.
Gersfeld  0 ‘rta  Osiyoda  topilgan,  oltin  plastinkalarda  tasvirlangan 
«Avesto»  bilan  qadim gi  grek  adiblari  yozgan  u rf-o d atlar  haqidagi 
ta ’lim otning turlicha ekanligini aytib o'tadi.
Bu  narsadan  shunday xulosa  chiqarish  kerakki,  zardushtiylikda turli 
davrlarda  har  xil  o ‘zgarishlar bo'lgan.  D unyoda  hech  narsa  o'zgarm ay 
qolmaganidek, bu yo'nalishlar ham  vaqt bilan birgalikda o'zgarib borgan. 
M ana  shu  nuqtayi  nazardan  «Avesto»ni  o 'rganish  kerak.  B irinchi 
navbatda, «Avesto»ni geografik,  kosmologik va astronomik jihatdan tadqiq 
etish  lozim bo'ladi.
Navoiyning  «Saddi  Iskandariy»  dostonida,  «Tarixi  m uluk  Ajam» 
asarida va boshqa ijod durdonalarida tilga olgan Qayumars (Gaya Maretan) 
va Jam shid (Yima)  nomlarini «Avesto»da ham  uchratam iz.  Shuningdek, 
Navoiy ijodida Aleksandr  M akedonskiyning Osiyoga yurishi davrinigina 
emas,  balki  undan  ilgarigi zam onlarni  ham  keng tasvirlashga intiladi.
O 'rta  Osiyoda  qadim dan  har xil  kultlar va  o'ziga  xos  dinlar  mavjud 
bo'lganligini eng qadimgi davrlardan qolgan qom usim iz «Avesto» orqali 
bilamiz.  H aqiqatan  ham ,  yunonlarda  turli  xil  m a’bud  va  m a ’budalar 
bo'lganligi  singari,  O 'rta  Osiyo  va  Eronda  ham   quyoshga  va  yorug'lik 
m a’budasi  -  M itra,  fayz va baraka m a’budi  - N oxit, baxt, qism at va yurt 
tinchligi  m a’budi  - X um o,  yer-suv va yog'ingarchilik m a’budi  - A naxita 
va Xubbi,  qirg'in urushlar va muzaffarlik m a’budi  -  Mirrix,  yaxshilik va 
ezgulik m a’budalari G aya M aretan va Yima kabilami muqaddas bilganlar. 
Bu m uqaddas nom lam i biz «Avesto»da uchratam iz.
«Avesto»da  zardushtiylikning  kelib  chiqish  tarixi  haqida  qiziq-qiziq 
rivoyatlar bor.  Ularning birida hikoya qilinishicha, qadim-qadim zamonlarda 
Midiyaning Raga shahrida  Purushaspa xotini  Dogdo bilan hayot kechirar 
ekan.  Ulardan Zaradushtr degan o'g'il tug'ilibdi.  Unga Spitam Zaradushtr 
deb  nom   berishibdi.  Spitam   Z aradushtr  shoh  V ishtaspning  poytaxti 
Balx shahriga keladi.  Ustiga oppoq libosdan kiyim kiyib, qo'liga muqaddas
194

olov tutgan Zaradushtr shoh Vishtaspning saroyiga keladi va  Baqtriyaning 
muqaddas kishisiga aylanib qoladi.  Spitam Z aradushtr bu yerda o'zining 
ilmiy aqidalarini tarqatadi. Xalq esa undan diniy ta ’lim oladi. Asta-sekin 
Spitam  Zaradushtrning  mavqeyi  Baqtriyadan  uzoq-uzoq joylarga  ham 
yetib boradi.  M uqaddas Zaradushtrning diniy ta ’limotini  qo'shni  Eron, 
so'ngra so‘g ‘diyonaliklar ham qabul qiladi.  Zaradushtrning A xuramazda 
va Axriman haqidagi hikoyalari  Baqtriya va so'g'diyonaliklarni o'ziga  rom 
etib,  tobora  uning  shuhrati  ortib  boradi.  Shunday  qilib,  H indistondan 
Kaspiy dengizigacha,  Baqtriyadan yunon  o'lkasigacha,  So'g'diyonadan 
I  rongacha bo'lgan xalqlar o'rtasida zardushtiylik dini keng quloch yoyadi.
I latto  zardushtiylik  diniga  e ’tiqod  qo'yganlar  m a ’lum  bir  quyosh  tug'i 
ostida birikkanlar. Aytishlaricha,  Spitam Z aradushtr o 'z e ’tiqodini qabul 
qilgan ellar va elatlarni birlikka, o'zaro ittifoqqa chaqirgan. G o'yo yaxshilik 
xndosi  A xuram azda  Spitam  Zaradushtrga  shuni  bashorat  qilgan  emish.
I  latto  Spitam   Zaradushtrning  ta ’kidlashicha,  unga  A xuram azda  o'zi 
yaratgan ellar va elatlar haqida ham  hikoya qilib beribdi.
V edevdatning  b irin ch i  bob ida  16  m am lak at  tilga  o lin adi.  Bu 
m am lakatlarning  asoschisi  A xuram azda  edi.  B u ndan  tashqari,  bu 
mamlakatlarga Axriman  qilgan yovuzliklar ham  tasvirlanadi.
Vedevdatning  bu  qismi  «Avesto»ning  geograftyasini,  ya’ni  zardusht 
dini tarqalgan o'lkalarni ko'rsatib beradi.  Bu tarixiy geografiyani o'qishga 
k o'plar  urinib  ko'rishdi,  lekin  bu  tarixiy  real  m am lak atlar  ichida, 
afsonaviy m amlakatlardan bo'lganligi uchun m azkur urinishlardan ijobiy 
natija chiqmadi.
Vedevdatning birinchi qismida Axuramazda Spitame Zardushtrga qarata 
shunday  so'zlarni  aytgan:  «M en  Zardusht,  har bir  m am lakatni,  buning 
hech  qanday yaxshi joylari b o im a sa  ham ,  Ь а ф о  qildim».  Bu o 'rin d a  u 
shunday  izoh  beradi:  «H ar  bir  inson  o'sib-ulg'aygan  m am lakatni  eng 
yaxshi  va  go'zal  m am lakat  deb  hisoblaydi».  Shunday  qilib,  inson  o'zi 
o'sib-ulg'aygan V atanini  sevsa,  vatanparvarlikning asosiy  negizi  shunga 
kelib qadaladi, degan xulosa chiqadi.
Axuramazda davom etadi:  «Men barpo etgan yerlardan eng birinchisi, 
bu  Daitya  (Amu)  daryosi  sohilidagi  Ayrian Vayego  yeri  edi».
Daitya  daryosining  birinchi  nom i  Araks  bo'lgan.  (U   Araks  deb 
somoniylar davrida ham  nomlangan).
«Lekin  zolim  Axrim an,  -  deb  so'zida  davom  etdi  Axuram azda,  -  u 
yerda  qizil  yer  och ib ,  q ah rato n   qishni  boshladi».  S h unday  qilib,
195

Axuramazda o ‘zining birinchi mamlakatini Ь аф о  etgandan so‘ng u yerda 
Axriman  barcha  go‘zallikni  barbod  etib,  Daitya  daryosida  ilon  paydo 
bo'ladi.  Bu ilonlar avlodi ko‘payib, daryo qirg‘og‘ida yashay boshlashadi.
Mana shu yerdan yovuzlik va ezgulik o'rtasida kurash boshlanadi. Barcha 
yaxshilik  xislatlari  A xuram azda  b o ‘lsa,  barcha  yovuzliklar  Axrimanga 
tegishlidir.  Q ish,  m uzliklar  A xrim an  yovuzligining  boshlanishidir. 
Q ahraton  sovuq  suvni  m uzlatadi,  yemi  qoplaydi,  o'sim liklarni  nobud 
qiladi.  Qishning  tugashi  esa  sel  boshlanishiga  sabab  bo'ladi.  Bularning 
barchasiga Axriman sababchidir.
A xuram azda  Ь а ф о   etgan  ikkinchi  m am lakat,  so 'g 'd iy o n alik lar 
yashagan  Gavadir.  Shunday  qilib,  G ava  vedevdatda  So'g'diyona  nomi 
bilan atalgan.  Axriman bu yerda  ham  Axuramazdaga zid  ishlarni  qiladi. 
Bu  yerga  u  zaharid an   sigirlar  va  boshqa  m ollar  nobud  bo'ladigan 
pashshalam i olib  keladi.
U c h in c h i  m a m la k a t  -  bu  u lk a n ,  d in d o r   xalq   y a sh a y d ig a n  
M arg‘am d ir  (M arg‘iyona,  ya’ni  M arv).  Angra  bu  yerda  shahvoniy 
nafsning tarqalishiga sababchi bo'ladi.
Axuramazdaning to ‘rtinchi mamlakati, go‘zal Baxdi  (Baqtriya,  Balx). 
Bu o'lkaning aholisi yaxshilik qiluvchi dehqonlardan iboratdir.  U lar uchun 
Axriman  -  ilonlam i  yeydigan  chum olilarni  tarqatadi.
Marv va  Baqtriya oralig‘ida joylashgan  Nisaya  (N asoim )  m am lakati 
Axuramazdaning beshinchi mamlakatidir.  Bu yerda razil Axriman aholiga 
ishonmaslik ruhini singdiradi.
D arm steter  bunga  h am   izoh  beradi.  U ning  aytishicha,  N isaya 
(N asoim )  nomli  bir  nechta  shahar bo'lgan.  Shulardan  bittasi  M arv  va 
Baqtriya  oralig‘ida joylashgan.  D arm steter  bu  yerni  «Nisan,  uning  va 
Baqtriyaning oralig'ida yotgan «Marv» deb taqim a qilishni taklif qiladi.
Axuramazdaning oltinchi mamlakati Garoiva Gari daryosining havzasi. 
Bu  -  Hirotdir. Angra bu yem ing aholisini  yig‘i va nido bilan zaharlagan.
Yettinchi mamlakat Vasnkrenta (Qobul), Axriman bu yerga odam lam i 
qiradigan parilam i tashlab ketadi.
Sakkizinchi  mamlakat - m aysazorva o ‘tloqlarga boy b o ‘lgan  Urvadir. 
Ba’zi  bir  fikrlarga  qaraganda,  bu  Xurosondagi  Tus  shahridir,  boshqa 
bir fikrga qaraganda,  Isfahon atrofidagi yerlardir.  Bu yeming ofati zolimlik 
ruhidir.
To'qqizinchi  mamlakat  - Xnenta.  Bu yerda verkanlar yashashardi.  Bu 
Girkaniya edi.  Bu yeming izohida shunday deyiladi. «Verkandagi daryo -
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling