Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet17/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34

196

Xnentadir.  Bu  esa  G organ  daryosidir.  Bu  yerdagi  ofat  -  to ‘g ‘rilab 
bo‘lmaydigan,  sharoitga to ‘g ‘ri  kelmaydigan gunoh  ishlardir».
0 ‘ninchi  m am lakat go‘zal  Garaxvaiti.  Bu  yerning  kulfati  -jasadlarni 
yerga ko‘mishdir.  0 ‘n birinchi  m am lakat shuhrat qozongan  G etum ant. 
Bu  Erim anta havzasidagi Gelm endadir. Axriman qilgan yovuzlik - zolim 
jodugarlarning zulm o ‘tkazishidir.
0 ‘n  ikkinchi  m am lakat  Raga  u  uch  viloyatni  o ‘z  ichiga  olgan.  Bu 
yerning ofati  -  cheksiz  ishonchsizlik edi.
0 ‘n uchinchi mamlakat - muqaddas Kaxra.  Bu qanday davlat ekanligi 
nom a’lum.  Uni Xitoy deb o ‘ylashgan,  lekin bu n o to ‘g‘ri. X urosonda shu 
nom dagi  sh a h a r  b o r  edi.  A xrim an  o ‘tkazgan  zolim lik  -  kechirib 
bo‘lmaydigan  gunoh,  ya’ni  jasadlarni  yoqish  edi.
0 ‘n  to ‘rtinchi  m am lakat  -  to ‘rtburchak  Varena.  Bu  yerni  egallagan 
ofat ayollaming kasalliklari va chet mamlakatlarining bosqinchilik ishlaridir.
0 ‘n  beshinchi  m am lakat  -  Hind  daryosi  havzasidagi  yerlar,  ya’ni 
ilgarigi  Panjob  shahridir.  Axriman  bu  yerda  ayollar  kasalligi  va  chidab 
bo‘lmaydigan jaziram a issiq ofatini yog‘diradi.
0 ‘n oltinchi  m am lakat -  U pa Aodayeshu  Rangaya.  Bu shahar  Rangi 
suvlari  yonida joylashgan.  Bu  m am lakatda boshsiz odam lar yashashadi. 
Boshsiz  degan  so‘zni  olim lar  izohlab,  bu  yerning  xalqi  hukm dorsiz 
deyiladi.
Boshqa bir guruh  olim lar bu yerda,  haqiqatan  ham , boshsiz,  ko‘zlari 
yelkalarida joylashgan xalq yashardi deb aytadilar.  Bu yerning ofati chidab 
bo‘lmas sovuq edi. Ayrimlami aytishicha, bu m am lakat M esopotamiyada 
joylashgan  bo'lib,  afsonaviy g‘aroyib joy  edi.
Vedevdatning  geografiya  ocherki  quyidagi  so‘zlar bilan  tugallanadi. 
«Bulardan  tashqari,  bu  yerlarda  o ‘zining  boy  tabiati  va  hayotda  zarur 
bo‘lgan xomashyosi  mavjud b o ‘lgan yerlar va m am lakatlar ham  bordir.»
«Avesto»da  bu  o ‘lkalarning  tabiati,  geografik  m uhiti,  u  yerlarda 
yashagan hayvonlar va jonivorlar haqida qiziq-qiziq hikoyatlar berilgan. 
M ana  shu  afsonaviy  ruhdagi  hikoyatlar orqali  ham   antik  davrlarga  oid 
muhim faktlami bilib olsak b o ‘ladi. T o‘g‘ri,  «Avesto»da asosan afsonaviy 
voqealar bayoniga duch  kelamiz. A m m o har qanday afsonaning asosida 
haqiqatdan darak beruvchi m a’lum  tarixiy voqealar yotganligini hisobga 
olsak,  «Avesto» bizga antik dunyoning haqiqatga yaqin sahifalarini ochib 
beradi.  Masalan, «Avesto»da hikoya qilinishicha, yer yuzida birinchi marta 
ikkita kuch  - yaxshilik va yomonlik paydo bolgan emish. Yaxshilik kuchini
197

A xuramazda,  yomonlik tarafdorini Axriman deb atashgan.  A xuramazda 
yaratadi,  kashf qiladi,  odam larga ezgulik va yaxshilik ulashadi. Axriman 
esa buzadi,  yakson etadi,  kishilar orasida g‘araz va riyoni avj oldiradi.  Ikki 
kuch  hech  qachon  bir-biri  bilan  chiqisha  olmaydi.  U lar  misoli  olov 
bilan  suv  kabi  bir-biriga  qaram a-qarshi  turadi.  Bizning  e ’tiborimizni 
tortgan tom oni shundaki,  «Avesto>>dagi  ko'pgina hikoyatlar asosan  m ana 
shu  ikki  kuch o'rtasidagi kurashni tasvirlashga qaratilgan. Yom onlik yo'q 
bo'lib  ketmaydi,  u  ham m a  vaqt  yaxshilikning  oldiga g'ov  bo'lib,  uning 
yo'lini to'sgani-to'sgan.  Bu ikki kuch shunday bir abadiylikka daxldorki, 
ular  bir-birini  abadiy  yakson  qilib  tashlay  olmaydi.  Bir-biriga  qarshi 
doim o  kurashgani-kurashgan.  Q adim -qadim   zam onlarda  yaratilgan 
«Avesto»da  ilgari  surilgan  bunday  g'oya,  u  har  qancha  afsonaviy  yoki 
diniy  xarakterga  ega  bo'lm asin,  o'zining g'oyaviy-estetik  ta ’sir  kuchiga 
ega.  Yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi kurash faqat antik dunyoga xos 
bo'lib qolm asdan, bu  ikki kuch keyingi davrlar uchun ham  xarakterlidir. 
H atto  hozirgi  kunda  ham   yaxshilik  bilan  yom onlik  o'rtasidagi  kurash 
to'xtagan  emas.  Bu  ijobiy  va  salbiy  qutb  har  bir  insonning  shaxsiy 
faoliyatida,  ijtimoiy  hayotida,  um um an,  davlatlar  o'rtasida  ham   ya­
shab kelmoqda. Xarakterli tom oni shundaki, «Avesto»da yaxshilik tarafdori 
bo'lgan Axuramazdaning ezgulik yo'lidagi kurashlari,  uning yaratuvchilik 
faoliyati  m a’qullanadi,  yaxshilik  ulug'lanadi,  yom onlik  va  nafrat  bilan 
qarshi olinadi.  Biroq har qancha qarg'ish va nafratga yo'liqmasin, yomonlik 
yaxshilikka  qarshi  kurashaveradi.  U m um an  olganda,  bunday  ruhda 
tasvirlangan  «Avesto»dagi  hikoyatlar kishi  ruhiga  ijobiy ta ’sir etadi.
Qadim iy qom usim iz bo'lgan «Avesto»dan O 'rta Osiyoning  go'daklik 
davriga oid yana juda ko'plab faktlami bilib olishimiz mumkin.  Haqiqatan 
ham , asarda o'lkam izning eng qadimgi davrlari o'zining ajoyib va g'aroyib 
sarguzashtlarga boy ifodasini topgan.
«Avesto»da Axuramazda o'zi yaratgan yerlami sanab o 'ta r ekan, boyligi 
va xushmanzaraligi jihatdan birinchi bo'lib, Amu bo'ylari va So'g'diyonani 
tilga oladi.  Shunga ko'ra, «Avesto» o'rta osiyoliklaming eng qadimgi og'zaki 
ijod  n a m u n a sid ir.  A fso naviy   h ik o y a la r  n e g iz id a   A m u d a ry o   va 
So'g'diyonaning  ilk  bor  yaratilgani  haqidagi  m a ’lum otlar  fikrlarimizni 
dalilidir. Axuramazda va Axriman haqidagi diniy e ’tiqodlardan ancha keyin 
paydo bo'lgan zardushtiylik dini ham  bizga qo'shni bo'lgan  Baqtriyadan 
tarqaganini «Avesto» tasdiqlaydi.  Spitam Zaradushtning Baqtriya podshosi 
Vishtasp saroyiga kelib qolganligi haqida  yuqorida to'xtalib o'tgan  edik.
198

Zaradushtrning  ta ’limoti  keyinchalik  zaradushtizm   g‘oyasi,  dini  degan 
ma’no kasb etdi. To‘g‘ri,  Spitam Zaradushtr Baqtriyaga Midiya va Balxdan 
kelgan.  Lekin  u  o ‘zining  zaradushtiylik  ta ’limotini  ilk  bo r  Baqtriyada 
joriy qiladi. Zardushtiylik dini  Baqtriyadan q o ‘shni davlatlar So‘g‘diyona, 
G irkaniya,  M arg‘iyona  kabi  0 ‘rta  Osiyo  yerlariga  yoyiladi.  Chunki  bu 
yerda yashovchi elatlar o ‘rtasida o ‘sha davrlardayoq yaqindan aloqa mavjud 
edi.
Videvdatda (19,3) koinot quyidagi qismlardan tashkil topgan deyilgan: 
yer,  sam o  va jannat.  «Avesto»da  yer yum aloq,  okeanlar  bilan  o ‘ralgan 
deb tasvirlanadi.  Bunday tasvirlash qadimgi greklaming yemi tasvirlaganiga 
o ‘xshab ketadi. Y a’ni yer har tom ondan okeanlar bilan o ‘ralgan.  Okean 
deganda, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch dengiz ko‘zda tutiladi.  Kaspiy, 
Qora  yoki  0 ‘rtayer  dengizi.  Dengizlar  okeanlarning  paydo  b o ‘lishiga 
sabab b o iad i. Tog‘lar esa, ilgari tekis yer hisoblangan joyda qad ko‘targan.
«Avesto»da yer yetti qismga b o ‘linadi. Ya’ni yer shari oltita o ‘qi bo‘lgan 
g‘ildirakka o ‘xshatiladi.
Q adim gi  ta ’lim otlarga  k o ‘ra,  yer  m arkazi  atrofida  joylashgan  6 
kroshvar,  ya’ni  o ‘q  shim olda  Rangi  (Volga),  sharqda  H ind,  janubi- 
g‘arbda Tigr daryolari bilan chegaralangan.
Y erning  chegaralari  haqida  ham   Y ashtda  so‘z  yuritiladi.  U nda 
yozilishicha,  qasoskor xudojinoyatchi  M itra H indugam i, Tigrgam iyoki 
Yaksartgami,  qayerga qochishidan  q at’i  nazar,  baribir q o ‘lga tushirgan. 
Mana  shu  uch  daryo,  ya’ni  H indu,  Tigr va Yaksart  yerning eng chekka 
yerlari  hisoblangan.  Yerning  markazi  esa  M arv,  y a’ni  M itra  shaxsi 
ulug‘langan  shahar  b o ‘lgan.
Midiyada  yer 4  narsadan,  ya’ni  yulduzlar,  oy,  quyosh  va  koinotdan 
tashkil topgan deb qayd qilingan.
Yashta (12) da yozilishicha, qatlamlar quyidagicha joylashgan.  Birinchisi 
yulduzlar,  ikkinchisi  oy,  uchinchisi  quyosh  va  to ‘rtinchisi  jannatdir. 
Yulduzlar turkum i  eng  pastki  qatlam da,  ya’ni  yerga  yaqin joylashgan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan «Avesto»da juda ko‘plab 
qo'shiq,  hikoyat va rivoyatlar mavjud.  Bu q o ‘shiq va rivoyatlarda asosan 
zardushtiylikning  ramziga  aylangan  quyosh  m uqaddas  kuch  sifatida 
la ’riflanadi.  Q adim dan  o ‘rta  osiyoliklar  quyoshni  sevganlar.  O dam lar 
qahraton  qishning  ayozli,  qahr  bilan  kirib  kelgan  sovuq  qish  faslidan 
ko'ra qut-barakaga to ‘la quyoshli kunlam i iltijo qilib kutganlar. Yaxshilik 
m a’budi  A xuram azda  quyosh  olib  kelsa,  A xrim an  sovuq  kunlarni
199

keltirgan.  S hunday  qilib,  yaxshilik  va  yom onlik  o'rtasidagi  kurash 
«Avesto»dagi  qo'shiqlarning,  hikoyat  va  rivoyatlaming  asosini  tashkil 
qiladi.  «Avesto»da quyosh qut-baraka ramzi sifatida ta ’riflanadi.  Shunday 
qilib,  quyosh  m a ’budasi  M itra  ko‘pincha Yaksart  (Sirdaryo)  bo'ylarida 
yashirinib  yuradi»1.
B undan  tashq ari,  «Avesto»  0 ‘rta  Osiyo  xalqlarining  nih o y atd a 
m ehnatkash bo'lganligidan  darak beradi.  Bu jihatdan,  ayniqsa,  m ehnat 
m a’budasi  Ardvisura  Anaxita  haqidagi  rivoyatlar  diqqatga  sazovordir. 
S h u n in g d e k ,  Q ay u m ars  (G a y   M a re ta n ),  J a m s h id   (Y im a)  h a m  
insonlarga baxt va shodlik olib keluvchi, to'qlik va osoyishtalikni ta ’min 
etuvchi  obrazlardir.  Bu  obrazlar  tashqi  tom ondan  xavf  tug'diruvchi, 
hujum qiluvchi yovlarga qarshi kurashadi.  Suv toshqinini va yong‘inning 
oldini oladi.  Chorva mollarini ko'paytiradi.  Elda m o ‘l-k o‘lchilik, to 'k in - 
sokinchilikni ta ’min etadi.
Bobokalonlarimiz qadimdan zardushtiylik dinini qattiq himoya qilganlar. 
Atoqli  olirn  A.O.  M akovelskiyning  qayd  q ilishicha,  zardushtiylik 
tarafdorlari  A leksandr  M akedonskiyni  Axriman,  «la’nati  badkirdor», 
zardushtiylik dinini oyoqosti  qildi,  deb la’natlaganlar2.
M ana  shu  faktdan  ham   ko'rinib  turibdiki,  zardushtiylik  tug‘i  ostida 
bo'lgan  barcha ellar va elatlar bosqinchi  yovlarga  qarshi bir tan ,  b ir jon 
bo'lib  kurash  olib  borganlar.  Ayniqsa,  bunday  yuksak  vatanparvarlik 
ruhidagi  kurash  grek-m akedon  bosqinchilariga  qarshi  So'g'diyonada, 
Baqtriya,  G irkaniya,  M arg'iyonada avj  olib  ketgan  edi.
Zardushtiyliklar  yaxshilikni  (Axuramazda)  yoqlab  chiqadilar.  Biroq 
u bilan birga hayotda yomonlik (Axriman) ham  yashab qolaveradi. To'g'ri, 
zardushtiylik  dinining  ham   inson  qismati  bilan  bog'liq  tuban,  yaram as 
tom onlari  bo'lgan.  M asalan,  insonlar  keksayib,  ishga  yaroqsiz  bo'lib 
qolgandan  so'ng  ularni  eng  og'ir jazoga  m ahkum   etganlar.  B a’zi  bir 
o'lkalarda keksaygan odam larni qo'y kabi so'yganlar, boshqa bir yerlarda 
yerdan g'o r kovlab,  ularni tiriklayin qamaganlar.  Ba’zi joylarda odamlarni 
tiriklay c h o i- u   sahrolarga  haydab,  yirtqich  hayvonlarga yoki  qushlarga 
yem  qilganlar.  M abodo  kishilar  o'lib  qolsalar,  ular  dafn  qilinm asdan, 
itlarning  oldiga  tashlangan.  Aleksandr  M akedonskiy  zardushtiylarning 
bu  odatini  taqiqlaydi.  Shu  bilan  birga,  zardushtlarning  m eh n at  va
1 Avesto.  Izd-vo  AN  Az,  Baku.  1960,  str.  67.
2  Avesto.  Izd-vo  An  Az,  Baku,  1960,  str.  48.
200

qahramonlikni ulug'lashi, jangovarligi,  mehnatsevarligi va boshqa ko'pgina 
urf-odatlari,  A leksandr  M akedonskiyga  m a ’qul  tushadi.  A leksandr 
butunlay So‘g‘diyonacha kiyinib yuradi.  O 'z  q o ‘shinlarini ham  mahalliy 
xalq  urf-odatini  qabul  qilishga va  yerli  xalqning  milliy kiyimlarini  kiyib 
yurishga undaydi.  Shunday qilib,  0 ‘rta  Osiyoda zardushtiylik  dini  arab 
istilosigacha  (eram izning VII  asri)  yashab keladi.
Ammo shuni ham  aytib o ‘tish kerakki, atoqli shohlar o ‘lganda ularning 
jasadini oltin tobutga solib,  ichini dur-u javohirlarga to ‘ldirib dafn etganlar. 
H atto  m arhum ning  boshi  tagiga  «Avesto»ni  ham   q o ‘yganlar.  Qabrni 
aylantirib hashamatli ibodatxona qurganlar.  Bu ibodatxonalar keyinchalik 
m uqaddas joyga  aylangan.  Shuningdek,  m a’bud  va  m a ’budalarga  atab 
ham   k o ‘plab  ibodatxonalar  qurilgan.  A leksandr  M akedonskiy  Tus 
shahrida shoh Vishtaspga qurilgan uchta ibodatxonadagi qabrlam i ochib 
ko‘rsa,  ularning  biridan  «Avesto»  m uqaddas  kitobi  chiqadi1.  Albatta, 
bu  kitob  «Avesto»ning  to ‘liq  nusxasi  b o ‘lm ay,  u n in g   m a ’lum   b ir 
sahifalaridan iborat edi, xolos. Qabrdan topilgan bu m anbalar bayoni qayd etigan edi.  Shuningdek, unda Z aradushtr ta ’limoti 
va faoliyati bilan bog'liq asosli faktlar keltirilgan.  Zardushtiylik e ’tiqodiga 
tobe bo'lgan go‘zal ayollar haqida ham  voqealar bayon etiladi. Jum ladan, 
uning  bir  sahifasida  shoh  Vishtasp  ismi-sharifi  bilan  bog‘liq  b o ‘lgan 
ayolning  nom i  qayd qilingan.
Vishtaspning vatani,  Firdavsiy tug'ilgan M ashhadga yaqin joylashgan 
Tus  shahri  edi.  Vishtasp  midiyaliklar  ismidan  b o ‘lib,  Tus  shahri  esa 
Aleksandr  M akedonskiy  hukm ronlik  qilgan  davrda  greklarga  m a ’lum 
bo ‘lgan. A.  M akedonskiy o ‘zining harbiy yurishi chog‘ida bu shahardan 
o'tgan.  Shahar atrofida Vishtasp asos solgan uchta ibodatxona joylashgan 
bo‘lib,  shularning birida «Avesto»ning m e’m orial varaqasi  saqlanardi.
Ayollar ro‘yxati yozilgan m e’morial varaqada Zardushtning uch xotini 
va  qizlaridan  keyin Vishtasp  familiyasidagi  ayollar  ro ‘yxati  boshlanadi. 
Gutosa va Gumayya. Gutosa (grek tilida Atossa) ahm oniylar va sosoniylar 
san’atida tasvirlangan go‘zal ayoldir. Aytishilaricha, «Avesto»da yozilgan 
Vishtasp  D oroning  otasi  bo'lgan.  Atossa  esa  zardusht  bilan  bir  vaqtda 
yashab o'tgan.  O 'sh a davrda erkak  16  yoshida uylanib,  bir n echta xotin 
olish huquqiga ega bo'lgan.  Lekin birinchi xotini eng kattasi hisoblanmagan. 
Avstriyalik Ardaviraz o'zining yetti onasiga uylangan. Yashtada (15) Attosaga
1 A.  O.  M akovelskiy.  A vesto.  Izd-vo A N   A z,  Baku,  1966, str.  80.
201

ikki epitet beriladi  «purubratra» va «azata».  Birinchisi,  u bir n echta aka- 
ukalariga turm ushga chiqqanligi m a’lum qilinadi. Atossa, o ‘z navbatida, 
Vishtaspning xotini va opasi sifatida aytiladi.  Ikkinchi epitet «merosxo‘r» 
degan  m a ’noni bildiradi.  Xuddi shunday epitetlar D oroning qiziga ham  
taalluqlidir. Aytishlaricha, u ham  ona tom ondan bo'lgan o ‘z akalari bilan 
turm ush  qurgan.
N yubergning  aytishicha,  tarixiy  Atossa  o 'zining   akasi  G o m ato , 
Kambiz va  qarindoshi  D oro bilan turm ush  qurgan.  K im ing  merosxo'ri 
sifatida Atossaning «qari qiz» bo'lishdan tashqari, uning h am m a narsaga 
haqqi b o r edi. Atossaning onasi Amites bo'lib (549  (8)- yilda tug‘ilgan), 
u  o'zining  uchinchi  eri  bo'lgan  D orodan  (eram izdan  aw algi  545-  yilda 
tug'ilgan)  biroz  katta  edi.  G erodotning  yozishicha,  u  o 'z   eri  ustidan 
hukm ronlik  qilardi.  U ning  Kserks  ismli  o'g'li  bo'lgan.  Atossa  xalqning 
aql-zakovatiga  katta  ta ’sir  qiladi.  Uni  faqat  m erosxo'r deb  em as,  balki 
aka-ukalar  bilan  turm ush  qurgan  ayol  sifatida  h am   eslab  yurishadi. 
Gersfeld  «kavi»  so'ziga  yangicha  izoh  beradi,  uningcha,  «kavi»  unvon 
bo'lib,  «klan  (qadim gi  irlandiyaliklarda  va  shotlandiyaliklarda,  urug' 
jamoasi  boshlig'i»)  m a ’nosini  bildirgan.  Bu  Spitam   urug'ining  unvoni 
bo'lgan  Kavi  -  ulug'  oilalarning  a ’zolaridir  (deyokidlar,  gistaspidlar  va 
boshqalar).  H ar  bir  urug'ning  oila  a ’zolari  xashayyatya  («Shoh»  so'zi 
paydo  bo'lgan  edi)  unvoni  bilan  ajralib  turishi  kerak.  Bu  unvon  asosan 
viloyat  hukm doriga  taalluqli  bo'lgan.  Zardusht  ham   Spitam   urug'idan 
bo'lib,  kavi bo'lgan. Vishtasp esa ham  kavi,  ham  xashayyatya edi.  Oxirgi 
atam a  -  m idiyaliklam ing  so'zi  bo'lib,  ham   hokim lik,  h am   ulug'  shoh 
unvoni  bo'lib  xizm at  qilgan.  H am m adan  oldin  davlat  barpo  etgan 
eronliklar bu so'zni  midiyaliklardan olishgan. Agar hukm dorning bunday 
unvoni  b o im a sa ,  uning  podshohligi  qonunsiz  deb  hisoblangan.
M idiya va E ronda shunday odat bor edi.  K im da kim  taxtga o'tirsa,  u 
o 'z  nom ini  o'zgartirishi  kerak.  M asalan  D oro (Darayyavagush),  Kserks 
(X shayyasar)  va  A rtakserks  (R taxshatata)  bo'lgan.  Agar  b u   ism lar 
podsholik  davrida  yuzaga  kelgan  bo'lsa,  unda  shoh  D oroning  birinchi 
ismi nim a bo'lgan degan savol tug'iladi.
Gersfeldning yozishicha, shoh D oro Vishtaspning o'g 'li bo'lib, uning 
asli ismi  Spanadata edi.  Shoh bo'lgandan so'ng u o'zini  D oro yavagushsi 
deb  atadi.  D oroning  buvasining  nomi  bilan  atalm ish  Vishtasp  degan 
o'g 'li  ham   bor  edi.
202

Taxtga  o ‘tirganlarning  ismini  o ‘zgarishi  Zardusht  ta ’lim oti  bilan 
bog‘liqdir.  A ynan  D oro  «D oro  yavagush»,  «D oro  -  vagum an»ning 
qisqartilirgan  shakli  bo‘lib,  «xudojo‘y fikrlarga egam an»  degan  m a’noni 
bildiradi.  Kserks nomi esa - Xshayyarshah,  «Xshayyarshmanaxi» so£zining 
qisqartirilgan  shakli  b o iib ,  «Erkinlik  ustidan  h ukm dorm an»  degan 
m a’noni anglatadi.
Shu  o ‘rinda  nim a  uchun  ahm oniylarning  ismi  faqat  m e’m orial 
varaqalarda uchraydi,  degan  savol  tug‘ilishi  m um kin.
«Avesto»da arshakiylar davrigacha bo‘lgan vaqtning yozuvlaridan faqat 
ayrim qismlarigina qolgan.  Makedoniyaliklar istilosi  davrida «Avesto»ni 
yo‘q  qilishga  urinilgan.  Bunday  quvg‘inlik  faqat  diniy  b o im a y ,  balki 
siyosiy aham iyati  ham  b or edi.  «Avesto»da ilgari  surilgan  ta ’lim ot  faqat 
diniy  b o ‘lgani  uchun  em as,  balki  siyosiy jihatdan  ham   istilochilarning 
g‘oyasiga zid turardi.
Gersfeld  bandva va graxma  so‘zlarini  ham   izohlagan.  Bandva  so‘zi, 
«o'zimizniki», ya’ni aka tarafdan qarindosh, tutingan aka degan m a’noni 
anglatadi.  G raxm a  so‘zi  esa  -  shoh  sevgilisi  degan  m a’noni  bildiradi. 
Zardushtning  bandvasi  -  Kambiz,  Kambizning  graxmasi  -  G o m ata  va 
Smersdis edilar.
G ersfeld ning  yozishicha,  bu yerdagi b a rc h a   a tam alarn in g   izohini 
bilm ay,  u la rn in g   quvg‘inlikka  u ch rash  sabablarini  va  Z a rd u sh tn in g  
hayotidagi  asosiy vo qealar sababini  tu sh u n ib  b o ‘lm aydi.  M e ’m orial 
varaqasida  esa  Z ard u sh t  va  uning  u rug ‘i  n o m i  yozilgan  ro ‘yxat, 
V ishtasp  va  u ning   oila  a ’zolarinin g  n o m i  yozilgan  ro ‘y x atd an   h am  
ilgari  yozilgan.
Tarixda bunday voqealar k o ‘p  uchragan.  Ayrim joylarda  farzand o ‘z 
onasiga  uylangan.  Bunday odat  Baqtriya va So‘g‘diyonada h am  mavjud 
bo‘lganligi  haqida  grek  tarixchi  adiblari  Flaviy A rrian  va  Kvint  Kursiy 
R u f  o ‘z  a sa rla rid a   ay tib   o ‘ta d i.  H a tto   b u n d a y   o d a t  A lek san d r 
Makedonskiyning  0 ‘rta  Osiyoga  bostirib  kelgan  davrlarida  ham   sodir 
bo‘lib turganligini m a’lum  qiladi.
Aleksandr  So‘g‘diyonadagi  yirik shaharlardan  biri b o ‘lgan  N autakni 
bosib oladi.  N au tak 1 dan  o ‘tib,  Oks  daryosining yuqori  oqim i  Baqtriya 
bilan  So‘g‘diyona chegarasida, baland tog‘lar bag1 rida joylashgan Xushon 
qal’asiga keladi.  Bu qal’aning hokimi Sisimifr edi. Taqdir taqozosiga ko‘ra
1 N au tak   —  Q arshi  shahri  yonida  ekanligi  aniqlangan.
203

Sisimifr o 'z  onasiga  uylanib,  undan  ikki  o ‘g‘il  ko'rgan.  Rom an  muallifi 
o'sha davrlarda Xerionda shunday odat bolganligini qayd qiladi.
Sisimifr o ‘zining yurtdoshlari bilan shaharni qattiq turib himoya qilardi. 
Tashqariga olib chiquvchi yerosti yo'llari  ularning o ‘zlarigagina m a’lum 
edi. Aleksandr ulardan shaharni topshirishni talab qiladi.  Elchi qilib o ‘zining 
eng  yaqin  kishisi,  so'g'diyonalik  Oksiartni  yuboradi.  Sisimifr  shaharni 
topshirishga  rozi  b o 'ladi.  Biroq  uning  onasi  (shuningdek,  xotini) 
«o‘zgalarning  oyog‘i  ostiga  shaharni  tashlaguncha  oMmoq  afzaldir, 
joningning tinchini o ‘ylaguncha,  vijdoningni  o'ylagin»1  deydi.  So‘ngra, 
«Sisimifr Oksiartga o'g'illarini, hamyurtlarini qo'shib onasining huzuriga 
boradi.  O ksiartning  bergan  va’dalariga  ishongandan  so'ng,  u  shaharni 
topshiradi. A leksandr Sisimifming ikki o'g'lini o'ziga jangchi  qilib oladi, 
o'zini  hokim   qilib  tayinlab,  bundan  buyon  d o 'st  b o'lib  qolishga  va’da 
beradi»2.
Bunday voqealar ona urug'i  (matriarxal) hukm ron  bo'lgan davrlarga 
to 'g 'ri keladi.
Qadimda  Eronda asosan to'rtta sulola hukmronlik qilgan.  Peshdodiylar, 
kayoniylar,  ashkoniylar,  sosoniylar.  Shulardan  peshdodiylar,  kayoniylar 
sulolasida  afsonaviy  shohlar  hukm ron  bo'lib,  ahm oniylar  sulolasining 
eng  birinchi  vakili  shoh  Kir  (eram izdan  aw algi  558-230-  yillar)  edi.
A hm oniy  eronliklarning  odam ni  dafn  etish  marosimi  «Avesto»da 
yozilganidek ancha farq qiladi. «Avesto»da murdalar ko'milmay, hayvonlaiga 
yem  qilish  uchun  qoldirilgan.
«Avesto»da odam ning o'lim iga sababchi bo'lgan  kuch  «atravan» deb 
atalgan.  Eronliklarda bunday kuchni «magiya» deb atashgan.
Strabonning yozishicha,  Kappadokiyada  ilohiy kuchlarni  «pifayflar» 
deb atashgan.  «Avesto»da ta ’kidlanishicha, atravanlarga o'xshab,  maglar 
ham   m urdalarni  yow oyi  hayvonlar  ixtiyoriga  topshirishgan.  Bu  haqda 
G erodot shunday deb yozadi:  «Bu narsa sirli ravishda bajariladi.  Eronliklar 
murdalarni  qush  yoki  itlar  yeb,  bo'laklarga  bo'lib  tashlagandan  keyin 
ko'm adilar.  M aglar esa dafn etmay,  murdani ochiqda qoldiradilar».
Maglarning bunday odati akademik V. V.  Struvening fikricha,  Kaspiy 
daryosining  janubida  yashovchi  elatlam ing  shafqatsiz  urf-odatini  sal 
yumshatardi.  Bu urf-odat haqida Strabon ham  yozgan.
1  Kursiy  Ruf.  311-  bet.
2  Kursiy  Ruf.  311-  bet.
204

«Kaspiyliklar  70  yoshdan  oshgan  qariyalarni  ochlikdan  oMdirib, 
choiga olib chiqib tashlaydilar. 0 ‘zlari esa, murdaga qaysi hayvon birinchi 
boMib yaqinlashishini kuzatib turadilar. Agar m urdani qushlar olib ketsa, 
uni  xudojo‘y  odam   deb  hisoblashgan.  Agar  hayvon  yoki  it  olib  ketsa  - 
hurm atga  sazovor  emas,  deb  xulosa  chiqarishgan.  Agar  hech  qanday 
jonzot  m urdaga yaqinlashmasa - uni baxtsiz deb hisoblashgan».
M urdalam i  hayvonlar  ixtiyoriga  topshirish  qadimgi  kaspiyliklardan 
tashqari zardushtiylarda ham uchraydi. («Avesto»da bu narsa qayd etilgan). 
Zardusht  ahm oniy  va  maglar  dinining  markazi  M idiya  deb  uqtirgan. 
Qadimgi  Ozarbayjon  va  A rmaniston  M azda  xudosining  shaxsi  hukm  
surgan  davlatlardir.
M azda  buyuk  U rartu  davlatining  dini  edi.  U rartu   m adaniyatini 
qabul  qilganlar  m idiyaliklar  edilar.  U rartu   davlatining  ayni  gullab 
yash nagan  p ay tid a  u lar  m azd a  dinini  qabul  qilib,  b o sh q a  dinga 
sig‘inganlarga qarshi  kurash boshlaydilar.  M azdaizm   m aglardan yangi 
u rf-o d a tla rn i  qabul  qilib,  A xuram azdaga  q u rb o n lik la r  keltirishni 
yaxshi  o d at  deb  bilishgan.  M idiya  ittifoqi  tuzilg an d an .k ey in   bu  din 
E ronda  h am   tarqalgan.  (V III  asrda  Sharqiy  E ronda  h am   tarqalad i.) 
M a g la r  -  U r a r tu   x alq i  o z a r b a y jo n   x a lq in in g   q a d im g i  d in iy  
dunyoqarashlarini ham  m eros qilib oladilar.  U lar bu din hukm dorligini 
barcha  Midiya urug‘lari o ‘rtasida oTnatib,  keyinchalik q o ‘shni xalqlarga 
h am   tarqatad ilar.  M aglar  oldin  M idiya  xalqining,  keyinchalik  Eron 
xalqining  fikr va  urf-o d atin i  ta rg ‘ib  etadilar.
Midiya davlati paydo bolgandan keyin, midiyaliklaming boshqa xalqlar 
ustidan  hukmronligi kuchayadi va bu  narsa maglar dinining tarqalishiga 
asosiy sabab bo‘ladi.
Shunday  qilib,  m azdaizm ning  markazi  M idiya  b o ‘lib,  aynan  shu 
yerdan  u  sharqqa,  0 ‘rta  Osiyoga  va janubga,  Eronga  tarqay boshlaydi. 
Asrimizgacha bo'lgan VIII asrda Midiya va Baqtriya o ‘rtasida mustahkam 
aloqa o ‘matilgan edi.
bo‘lgan turli xil e’tiqodlarga ham  daxldorlir.  Masalan, Axuramazda olovga 
(Otashkadalar) topingan.  Ibtidoiy jam oa tuzum i davridagi voqealar ham  
«Avesto»da o ‘z aksini topgan.
Qabrdan topilgan «Avesto»da qayd etilishicha, o ‘sha davrlarda erkaklar 
bir  nechta  xotin  olish  huquqiga  ega  ekanlar.  Erkaklar  roppa-rosa  16
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling