Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet18/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34

205

yoshidan boshlab uylanishgan.  H am m a vaqt birinchi  xotin boshqalariga 
bosh  bo 'lg an 1.
Bunday misollami yana ko‘plab keltirish mumkin.  U m um an olganda, 
Spitam Zaradushtr asos solgan «Avesto» 0 ‘rta Osiyoning antik davrlarini 
aks ettiruvchi yagona yozma manba bo‘lib, hali bu noyob asar olimlarimiz 
tom onidan  atroflicha  o'rganilgan  emas.  H am on  bu  asarga  diniy  kitob 
sifatida sovuqqonlik bilan qarab kelmoqdamiz. Holbuki, bu kitob allaqachon 
ko‘pgina Yevropa xalqlari tillariga taijima qilingan. Asar o ‘zining haqiqiy 
tadqiqotchilarini  kutmoqda.
«Avesto» aslida  ikki  million she’riy misradan  iborat bo'lgan ekan.  Bu 
bebaho  asar  o ‘n  ikki  ming  buzoq  terisiga  oltin  harflar  bilan  bitilgan. 
Aleksandr  M akedonskiy  uning  Istaxrada  saqlangan  nusxalarini  yoqib 
yuborgan.
«Avesto»ning  biz  o'rganayotgan  keyingi  nusxalarida  Yasna,  Vispart, 
Videvdat, Yashta nomlari bilan ataluvchi boblari mavjud. Ayrim manbalarda 
«Avesto»  eram izdan  aw algi  VII-VI  asrlarda  yaratilgan  deyilsa,  boshqa 
m anbalarda eram izdan awalgi  IX asrdan eramizgacha b o ‘lgan  uzoq davr 
mobaynida yaratilib, qayta ishlanib kelingan, deyilgan2.
M a ’lu m k i,  A .O .  M akovelskiy  «Avesto»  orqali  qadim   o ‘tm ish 
d avrlarim iz  h aq id a  m u him   fikrlarni  ayta  olgan,  ayrim   m urakkab 
jum boqlam i  yechib bergan.  «Shoh» so‘zi asosan  Osiyo xalqlari o ‘rtasida 
keng tarqalgan  «Shoh» so‘zi jahon xalqlariga ham  yaqindan tanish.
«Avesto»  fors-tojik  xalqining  yozuvini  o ‘rganishdagina  em as,  balki 
O 'rta Osiyo va  Eron tarixini o ‘rganishda ham  m uhim  ahamiyatga egadir. 
«Avesto»dagi  G o tlar va  Yashta  nom lari  bilan  bog'liq  ismlar eram izdan 
aw algi  X asrlarga tegishli.  «Avesto»  avloddan  avlodga,  og'izdan  og'izga 
o'tib, bir necha bor qayta ko'chirilgan.  «Avesto»ning hozir bizga m a’lum 
nusxasi eramizning IV asrida sosoniylar davlatining shohi Xisrav I davrida 
yozib olingan.  «Avesto»da A hm oniylar sulolasi eram izdan  aw algi V -III 
asrlarda  yashab  o'tgan  shohlar  va  ularning  yorliqlari  haqida  ham   qiziq 
fikrlar  berilgan.
H aqiqatan  ham ,  qadim da  o'tgan  shohlar  o'zlariga  turli  xil  yorliqlar 
berib,  nom larini  ulug'lashga harakat qilardilar.
1 Avesto.  Izd-vo  AN  Az,  B aku,  1960,  str.  80—81.
2  K or-ogli.  U zbekskaya literatura,  М .,  izd-vo  «Visshaya  shkola»,  1973,  str.  5—6
206

«Avesto»da  faqat  zoroastrizm  dinining  ta ’lim otinigina  em as,  balki 
qabilalarva daryolam ing, yorug‘  zam inninggeografikjoylashuvi haqida, 
osmon sirlariga doir,  meditsina va odob-ahloqqa oid fikrlarni ham  ko‘plab 
uchratam iz.  Shuningdek,  «Avesto»  aslida  Eronning  davlat  dini  sifatida 
sh a k lla n g a n   b o ‘ls a -d a ,  u n d a n   0 ‘rta   O siyo,  O z a rb a y jo n ,  H in d  
m am lakatlarigacha.cho‘zilgan ulkan o ‘lkaning tarixiga oid ham   m uhim  
faktlarni qidirib topamiz.
«Avesto» haqidagi ayrim m a’lumotlami ХГasrda yozilgan zoroastrizm 
diniy ta ’limoti  haqidagi  asar -  «Denart»  orqali bilamiz.  Bu  asarda qayd 
qilinishicha,  «Avesto»  yigirma  bir  nask  (bob)  b o ‘lim dan  iborat  emish. 
«Avesto»dan  qilingan  taijim a  va  sharhlar  «Zend»  nom i  bilan  ham  
m ashhurdir.  Keyingi  davrlarda «Avesto» bir qancha b o ‘laklarga b o ‘linib 
ketib,  Yashta,  Yaspa,  Vispart,  Videvdat  nom lari  bilan  ataladi.
«Avesto»da hikoya qilinishicha, qadim  zam onlarda it insonlar uchun 
ulug‘  totem   hisoblangan.  Insonlar  itni ju da  qadrlaganlar.  Itga  nisbatan 
h u rm at-e ’tibor  bilan  m unosabatda  boMingan.  Itni  yarador  qilgan  yoki 
unga  azob  bergan  kishilar qattiq jazoga  hukm   etilgan.  H atto  itni  urgan 
yoki  haqorat  qilgan  kishilar  abadiy  baxtsizlikka  duch o r  bo'ladi,  degan 
naql tarqalgan.  O ch qolgan itlarga ovqat berishni insonlar o ‘zlari  uchun 
savob ish deb bilganlar.  Kuchukcha olti oyga to ‘lganda uni tarbiya qilishni 
hurm at  yuzasidan  yetti  yoshli  qizlaming  zimmasiga  yuklanib,  bu  ayni 
paytda  A xuram azdaga  ham   katta  hu rm at  belgisi  edi.  C h u n k i  itlar 
A xuram azdaning eng sadoqatli q o ‘riqchilari hisoblanardi.
Bundan tashqari qadimgi davrlarda ot ham  totem  hisoblangan.  H atto 
m a’buda M itraning ot bilan aloqasi borligi ta ’kidlanadi1.
Xalqimizning uzoq tarixiga alohida e ’tibor bilan  qarasak,  eram izdan 
awalgi X-IX asrlarda yaratilgan «Avesto»da juda ko‘plab xalq og‘zaki ijodi 
namunalarini, hikoyat va rivoyatlami, afsonalami uchratamiz.  «Avesto»ni 
mifologik xarakterdagi  afsonalar to ‘plam idan iborat deb atashim iz ham  
m um kin.  Undagi  afsonaviy  voqealar  asosan  So‘g‘diyona,  Baqtriya, 
Girkaniya va  Parfiya o ‘lkalariga bag‘ishlangan.  Buning boisi bor.  Chunki 
«Avesto» Baqtriya va So‘g‘diyona yerlarida yaratilgan.
Zardushtiylik  So‘g‘diyonaga  q o ‘shni  b o ‘lgan  Baqtriya  yerlaridan 
tarqalgan.
1 A vesto.  Izd -vo  A N   A z,  Baku,  1963,  str.  75.
207

Xullas,  ikki  million she’riy misradan iborat bo'lgan  «Avesto» xudolar, 
m a’bud va  m a’budalar haqidagi afsonalardan  iborat edi.  Bu afsonalar 
xalq  diliga  yaqin  bo'lib,  ularning  orzu-um idlari,  m ehnat  faoliyatlari, 
kurash  va  intilishlari  ifodasidan  iborat.  Shuning  uchun  ham ,  «Avesto» 
xalq o'rtasida keng tarqalib,  muqaddas kitobga aylanadi.  Bu ulkan kitob, 
o'zida zoroastrizm dinining asosiy ruhini yoritgan b o ‘lsa-da, k o'p  jihatdan 
ezgulik yo'lida xizmat etganini ham  inkor etolmaymiz.  Dastlabki nusxalari 
mil.av.  o'ninchi asrlar va undan ilgari davrlarda yuzaga kela boshlagan bu 
asar faqat antik dunyo kishilari  uchungina emas, balki  keyingi davrlarda 
ham   insoniyat  uchun  katta  m a’naviy xazina  sifatida  xizmat  qilib  keldi. 
Jum ladan,  undagi  Qayumars,  Jam shid  haqidagi  afsonalam i  m um toz 
adabiyotda ko'plab uchratamiz.
«Avesto»da  asosan zardushtiylik haqida fikr yuritilar ekan,  bir-biriga 
qaram a-qarshi ikki kuch-yaxshilik va yomonlik o'rtasida to'xtovsiz kurash 
ketadi. Axuramazda osmonda yashaydi, Axriman esa yerda.  Shunday qilib, 
yer ham m a vaqt to'xtovsiz kurash maydoniga aylanib kelgan.  Biroq ham m a 
vaqt yaxshilik yomonlikning ustidan g'alaba qilib keladi.
«Avesto» deb nomlangan bu muqaddas kitob xudo va ilohiy kuchlarga 
bag'ishlangan bo'lsa-da,  aslida antik hayotning m azm unini  o 'zid a ifoda 
etar  edi.  O 'sha  davrlarda  M .G orkiy  ta ’kidlaganidek,  «Xudo  u  yoki  bu 
h u n arn in g  sohibi,  kishilarning  ustozi  va  ham kori  edi.  U  m eh n at 
muvaffaqiyatlarining badiiy umumlashmasi edi.  Shu sababli m ehnatkash 
om m aning  «diniy»  tafakkurini  q o'shtim oq  orasiga  olish  zarur,  chunki 
bu  ijodkorning  o'zidir.  Kishilarning  qudratli  rivojini  oldindan  sezib, 
ularning qobiliyatini ideallashtirgan afsonalar yaratish  o 'z  negiziga ko'ra 
realistik edi.  H ar bir qadimiy fantaziyaning pardozida uni harakatga keltirib 
turgan  kuchni  osongina  payqash  mum kin,  bu  kuch  insonlar m ehnatini 
yengillashtirishga bo'lgan intilishdir.  Bu intilishningturm ushgajism oniy 
m ehnat kishilari tom onidan tatbiq qilingani juda ravshandir»1.
Yana bir xarakterli tom oni shundaki, antik davrlarda odam lar, quyosh, 
yer,  suv,  o'sim liklarga  sig'inganlar.  Xalqimiz,  ayniqsa,  quyoshsevar 
bo'lgan.  Q uyoshni  inson  zotiga  karom at  keltiruvchi  ilohiy  kuch  deb 
bilganlar.  Quyosh  yorug'lik  manbayigina  emas,  insonlarga  qut-baraka, 
to'qlik  va  xursandchilik  keltiruvchi  m anba  sifatida  ham   ta ’riflangan. 
K o'chm anchilik bilan shug'ullangan, boshpanasiz va yalang'och odam lar 
quyoshli  kunlarda  bemalol  hayot  kechiraverganlar.  Shu jihatdan  faqat
208

quyosh  hayot  manbayi  sanalgan.  Osiyoliklarning  hozirgacha  quyoshni 
ulug‘lashlari  bejiz  emas.
Antik dunyodan bizga meros bo‘lib qolgan «Avesto»dan keyin yaratilgan 
boy  o g ‘zaki  ijod  n a m u n a la ri  ls k a n d a r  Z u lq a rn a y n   (A lek san d r 
Makedonskiy)  haqidagi hikoyatlardir.  lskandar haqida yaratilgan folklor 
asarlari yarim  afsonaviy,  yarim tarixiy asosga ega.
Aleksandr  M akedonskiy ham   sharqqa harbiy yurishi  chog‘ida  o ‘zini 
te.ngsiz qudratga ega  ilohiy kuch  deb tanitadi.  Xalq  orasida Aleksandrni 
Filippning o'g'li emas,  M ism ingbosh  tangrisi A m m onning o'g'li degan 
afsonalar  tarqaladi.  Tarixiy  m anbalarda  ham ,  afsonalarda  ham   hikoya 
qilinishicha, haqiqatan ham , Aleksandr dubulg‘asining ikki yonida ikkita 
katta-katta,  egri,  m ertin  shoh  -  misrliklar  q o ‘y  qiyofasida  tasvirlagan 
quyosh xudosi A m m onga qarindoshlik belgisi bor edi.  Bunday afsonalar 
hali Aleksandr Makedonskiy Eronga hujum boshlamasdan ilgari tarqalgan 
edi.  U nga berilgan  lskandar Zulqarnayn  nom i  ham  o ‘sha  davrlardayoq 
mavjud edi.  Sharq xalqlarining quyoshni muqaddas deb bilib, unga qattiq 
e ’tiqod qo ‘yishlari ham   lskandar nomiga taqlid qilingan.
lskandar quyoshga yaqinlik belgisi.  «Iskandari m ehr-quyosh Iskandari, 
dunyoni  qam ragan  quyosh»1.  Zulqarnayn  esa  quyosh  xudosi,  shohdor 
qo‘ysifat Ammonga yaqinlik belgisidir.  Quyoshni  mag‘lubiyatga uchratish 
m um kin  emas.  Zardushtiyliklar  uchun  quyosh  qudratli  kuch  b o ‘lgani 
singari,  lskandar ham  ilohiy qudratga ega bo'lgan siymo sifatida namoyon 
b o ia d i.  Aleksandr  Makedonskiy  sharqliklar  bergan  bu  nom dan  g ‘oyat 
mag‘rurlanadi.  H atto  o ‘zini  karom at  keltiruvchi  ilohiy  kuch  sifatida 
ko'rsatishga harakat qiladi. Zardushtiylik dinini bekor qilib,  «Avesto»ning 
Istaxrda  saqlangan  nusxasini  topib  oladi-da,  yoqib  yuboradi.  Biroq 
Aleksandr Makedonskiyning zardushtiylik diniga nisbatan qilgan bunday 
nojo‘ya  harakatlari xalqning g'azabini qo'zg'otadi.
S h undan  so‘ng,  zardushtiylik  diniga  sig‘inuvchi  b arch a  xalqlar 
A leksandrning  istilochilik  harakatiga  qarshi  qattiq  kurash  olib  bora- 
dilar.  Q uyosh xudosining  Iskandarga  nisbatan  ixlosi  yo'qolib,  ayniqsa, 
S o 'g'diyona,  Baqtriya,  G irkaniya  xalqlari  zardushtiylik  tug ‘i  ostiga 
to 'p lan ib ,  A leksandrga  qarshi  kurashga  otlanadilar.  A leksandr  esa 
lskandar  -  quyosh  xudosi  siymosi  sifatida  zardushtiyliklarni  o'ziga 
sig'inishga u n d ar edi.
1  M .G orkiy.  Adabiyot  haqida.  O 'z   Davlat  badiiy  adabiyot  nashriyoti,  T oshkent, 
1962,  266- bet.
209

Shunday  qilib,  A leksandr  M akedonskiy eram izdan  aw algi  VI  asrda 
Kayxisrav  asos  solgan  Ahm oniylar  sulolasini  tugatsa  ham ,  uning  qalbi 
b o ‘lgan  m uqaddas  dini,  zardushtiylikni  yo‘qota  olmadi.  Zardushtiylik 
e’tiqodi arablar istilosi davrigacha yashab qoldi.
Oldingi  davrlarda  Aleksandr  Makedonskiy  haqida  turli  xil  salbiy  va 
ijobiy ruhdagi afsonalar ko‘p yaratilgan edi.  Biroq arablar istilosi davriga 
kelib  Iskandarni  ulug‘lash  yozm a va  og‘zaki  adabiyotda  keng tus oladi. 
Chunki arab bosqinchilari Aleksandrning istilochilik siyosatini m a’qullaydi. 
Iskandarning bosqinchilik yurishlarini q o ‘llab-quvvatlash orqali o ‘zining 
bosqinchilik  siyosatini  oqlashga,  uni  diniy  aqidalar  bilan  bog‘lashga 
harakat qilardilar.  Shu tufayli keyingi davrlarda yaratilgan folklor asarlarida 
Iskandar  asosan  ijobiy  obraz  sifatida  beriladi.  0 ‘zining  bosqinchilik 
siyosatini  «xaloskorlik»  niqobi  ostiga  yashirgan  Iskandar,  endilikda 
chinakam   xalq  xaloskori,  donishm andi,  adolatli  podshoh  obraziga 
aylanadi.  Biz o ‘rganayotgan folklor asarlarida ham  Iskandar asosan ijobiy 
obraz sifatida talqin qilinadi.
Tarixda  bir  q an ch a  Iskandar  Z ulqarnaynlar  o ‘tganligi  haqidagi 
afsonalami xalq og‘zaki ijodiyotida ham  uchratamiz.  Bunday afsonalaming 
noto‘g‘ri ekanligini, tarixda bitta rumlik Iskandar Zulqam ayn o'tganligini 
Nizomiy Ganjaviy o ‘zining «Iskandamoma» asarida ham da A bdurahmon 
Jom iy,  Alisher  N avoiy  tarixda  ikkita  Iskandar  o ‘tganligini  o ‘zining 
«Xiradnomayi Iskandariy» dostonida ta ’kidlab o ‘tadilar. «Saddi Iskandariy» 
asarida,  ularning  biri  D oro  bilan  jang  qilganini,  ikkinchisi  ya’jujlarga 
qarshi  sad-devor  qurganligini  aytadi.
Ki olam da ikki  Skandar emish,
Ki  ikkisi davronda dovar emish.
Biri  ulki,  Doro bila qildi  rozm,
Biri  buki,  sad  bog‘la-yu  etti  azm.
M ana  shu  faktning  o ‘ziyoq  «Saddi  Iskandariy»  dostoni  Aleksandr 
M akedonskiy  proobraziga  qaratilm aganini  tasdiqlasa,  ikkinchidan, 
Iskandar Zulqarnaynning Faylaqus o ‘g‘li b o ‘lganligini, boshqa Iskandar 
Zulqarnaynning o ‘tmaganligini  isbotlaydi.

N avoiy  asarlari  lug'ati,  T oshkent,  G ‘.G ‘ulo m   nom idagi  A dabiyot  va  sa n ’at 
nashriyoti,  1972,  281-  bet.
210

Yima  (Jam shid)  ham m a  vaqt  oltin  kam on  va  oltin  suvi  yuritilgan 
qam chidan foydalanardi.  Bu narsalami unga Axuramazda sovg‘a qilgandi. 
Yima  yerga  kam ondan  o ‘q  uzadi,  qam chini  yerga  urib  dedi:  «Sevimli, 
m uqaddas Armatay!  Sen odam larni va m ollam i ko‘tara olishing uchun, 
yer  kengayib  kattalashgan».  S hundan  so ‘ng  yer  kengayib,  aw alg i 
holatidan  uch  barobar  kattalashadi.  Yimaning  yer  yuzida  olti  yuz  yil 
hukmronlik qilish davrida, yer unga yana tordek ko‘rindi va u yana yemi 
uch barobarga kengaytiradi. Xuddi shu holat Yima hukmronligiga 900 yil 
b o ‘lganda  h a m   takrorlandi.  S hunday  qilib  yer  b irinchi  holatdagi 
ko‘rinishidan  bir  necha barobar kengayadi.
Xulosa qilib aytganda, Yima Naitya daryosi bo‘yida joylashgan Ayriane 
Vaegoda shu tarzda podsholik qiladi.
Axuramazda  barcha  tirik  mavjudotni  nobud  qila  oladigan  sovuqlar 
yaqinlashib kelayotganini aytib, Yimani ogohlantiradi. Axuram azdaning 
buyrug‘iga  binoan  Yima yopiq  inshootlar quradi.  Bu  inshootlar barcha 
hayvon  va  o ‘simliklami  sovuqdan  saqlab  qolishga  m o‘ljallangandi.  Bu 
inshootlaming eshik va derazasi ham  bor b o ‘lgan.  Bu yerda u odam larni, 
itlami, qushlami, qoramol va boshqa hayvonlami, o ‘simliklami va ularning 
urugiarini yig‘adi.  U yerga ayrim kamchiligi b o ‘lgan jonzotlardan boshqa 
ham m a  narsa  yig‘ib  olinadi.  Kamchiligi  b o ‘lganlar  esa,  ya’ni  bukirlar, 
aqldan  ozganlar  va  boshqalar  Axrimanning  yovuzligi  tufayli  b o ‘lgan 
deb inshootlarga kiritilmaydi.
Y im a  Firdavsiyning  «Shohnom a»  asarida  Jam sh id   deb  ataladi. 
Axuramazdaning yordami bilan u eng kuchli shoh b o ‘ladi.  Lekin oldinma- 
ketin  ko‘pgina g‘alabalami qo‘lga kiritgandan so‘ng u qaddini g ‘oz tutib, 
Iiech  narsani ta n   olm ay q o ‘yadi.  U  shunday deydi:  «Bu  dunyo  meniki, 
liech  qanday xudoni  tan  olm ayman.  F aqat  m en  ham m a  narsani  barpo 
eta olishim mumkin».
Zardushtning  aytishicha,  Yim aning  n o to ‘g‘ri  yo‘l  tutishi  sababli, 
odam lar o ‘ladigan b o ‘lib qolishadi.  Ilgarilari  odam larga  shohli  molning 
go‘shtini iste’mol qilish m an etilgandi.  Keyinchalik odam lar gunoh  ishga 
qo‘l  urib,  shohli  molning  go‘shtini  yeydigan  odat  chiqarishadi.  Shu 
sababli o ‘lmas qilib yaratilgan odam lar nobud b o ‘la boshladilar.  0 ‘zining 
bu  gunohi  uchun Y im a jann atd an  quviladi.  O dam larning bu gunohlari 
uchun  yer  yuzida  qish  boshlanadi.
Qish sovug‘idan saqlanish uchun Y im a boshpana qura boshlaydi.  Bu 
boshpanalarga to'ladan kelgan eng chiroyli erkak va ayollami, eng yaxshi
211

hayvonlarni,  eng  chiroyli  va  xushbo‘y  o ‘simliklarni  va  eng  lazzatli 
taom larni yig‘adi.
Yima birinchi m arta quruvchi sifatida tasvirlanadi.  Qish bo‘lm aganda 
odam larga uy kerak em as edi.  Qish boshlangani  uchun  ular uy qurishni 
o'rganishlari  kerak.  Uyni  qanday  qilib  qurish  kerak  degan  Yimaning 
savoliga, A xuram azda quyoshda quritilgan g‘ishtdan deb javob beradi.
Eng oxirgi  rivoyatda Yima - Jamshid moddiy madaniyatning asoschisi 
sifatida gavdalanadi. Yima odamlarga qurol-yarog‘ yasashni, mato to‘qishni, 
tegirm on,  ko'prik,  kem alar  va  boshqa  inshootlar  qurishni  o'rgatadi. 
Bundan  tashqari,  odam larni  tibbiyot  sirlari  bilan  tanishtiradi.
Oxirgi rivoyatda yozilishicha, Yima 710 yarim yil yashagan.  Dunyoda 
odam zod paydo b o ‘lib,  ular qishloqlarda tinch  hayot kechira boshlaydi. 
Yima  dunyoni  odam lar,  qoram ol,  yuk  tashiydigan  hayvonlar,  itlar, 
qushlar va olov bilan toMdiradi.  O dam lar mol boqib,  dehqonchilik bilan 
shug‘ullanar  edi.  Yerdan  yuqori  hosil  olinadi.  Havo  b ahor  hidi  bilan 
to ‘ladi.  H am m a narsa gullab yashnaydi.  Biroq odam zodning oltin asrining 
tarixiga yakun yasaladi. Yovuz Axriman ularning baxtiga, tinch va farovon 
hayotiga  chang  solib,  izg‘irin  sovuqni  kuchaytirib,  ham m ayoqni  qorga 
to ‘ldiradi.
Ikkinchi  bosqich  odam zodda  ezgulik  va  yovuzlikning  kurash  davri 
bilan  xarakterlanadi.  Bu  kurash  Zardushtning  paydo  boMishiga  qadar 
davom etadi.
U chinchi bosqich  odil sud kunigacha b o ‘lgan davm i o ‘z ichiga oladi. 
0 ‘liklar tiriladi. Axuramazda Axriman ustidan g‘alaba qozonadi.  Shundan 
keyin yer yuzida ezgulik hukm ronlik qiladi.  Zardushtiylikdagi odam zod 
tarixiga  shu  tariqa  yakun  yasaladi.  O dam zod  o ‘tm ishini  tasvirlovchi  va 
ularning  kelajagini  aytib beradigan  rivoyatlar paydo b o ‘la boshlaydi.
Y im a  «A vesto»dan  h am   old in   yozilgan  epos  q a h ra m o n i  edi. 
Firdavsiyning  «Shohnoma»sida tartibga  chaqiruvchi,  fan va  m adaniyat 
asoschisi, birinchi quruvchi sifatida Yimaga oliy baho beriladi.  Z ardusht 
esa Yimani tanqid qiladi.
«Avesto»da yirik qoramol muqaddas hisoblangan. Qadimgi rivoyatlarda 
ham  yer yuzida paydo bo'lgan birinchi hayvon h o ‘kiz yoki sigir b o ‘lgan. 
Shu  tufayli  odam lar sigir  va  ho'kizning go‘shtini  iste’mol  qilishmagan.
Qadimgi qabilalar yaratgan epik qo‘shiqlarda yozilishicha sigir totem , 
ya’ni  m uqaddas  hayvon  hisoblangan.
212

M uqaddas  hayvonlar  bilan  birgalikda,  m uqaddas  o ‘simliklar  ham 
boigan.
«Avesto»  odam ni  mast  quluvchi  « Х ота»   o ‘simligini  ruhlantiruvchi 
kuch sifatida biladi.
Xoma  yoki xaom a o ‘simlik b o ‘lib,  u  ham   ichimlik,  ham  xudodir.  U 
hind  «soma»si bilan  o'xshash bo'lib,  «Ved»larda u  haqda yozilgan.
Bu o ‘simlik faqat Persenom da o'sgan.
Zardushtiylik dinining tarixi va ta ’limoti haqida gap ketganda o ‘zbek 
olimasi Fozila Sulaymonovaning xizmatlari alohida tahsinga sazovordir. 
Olima zardushtiylikning Gretsiyada, kichik Osiyoda va Ioniyada ham  keng 
tarqalganligini ta ’kidlab o ‘tadi. Ayniqsa,  miletlik olim  Fales (eram izdan 
aw algi 624-574- yillar) falsafasini chuqur o ‘rganib chiqadi. Tadqiqotchi 
Ioniyalik  yana  bir  olim  A naksim andr  (eram izdan  aw algi  610-547-46 
yillar) ta ’limotida ham  zardushtiylikning o ‘ziga xos yo'nalishlari o ‘rganib 
chiqilganligini  ta ’kidlaydi.  Olima  o ‘z tadqiqotining  davom ida,  yana bir 
qator ioniyalik donishmandlar ijodiga to ‘xtalib o ‘tib, qadimgi davrlardayoq 
zardushtiylikka qiziqish  Misr,  Bobil,  Finikiya kabi o ik a lard a ham   katta 
bo'lganligini  faktlar  orqali  asoslab beradi.  Bu  borada  miletlik  yana  ikki 
olimning nomini tilga olib, Anaksimen (eram izdan oldin 585-528- yillar)' 
va Xeraklit (eramizdan aw al 544-475) ijodlari orqali zardushtiylik dinining 
mohiyatini ochib berishga harakat qiladi.  Zardushtiylik dini uzoq  Ioniya 
o‘lkasiga yetib qolmasdan, balki yuqoridagi faylasuf-donishmandlar ijodiga 
ham   ta ’sir etganligi  ko‘rsatib beriladi.
Fozila Sulaymonova o ‘zining «Zardushtiylik va  Ioniya ilm-falsafasi» 
nomli maqolasida muqaddas kitob «Avesto»ni ham atroflicha tahlil qilishga 
harakat  qiladi.  Bu  o'rin d a  olimaning  m uhim   bir  fikriga  ham   to ‘xtalib 
o'tishga  to ‘g‘ri  keladi.  «Har  bir  zardusht,  -  deb  yozadi  tadqiqotchi,  - 
kuniga besh  m arta  yuvinib,  poklanib quyoshni  olqishlab  sig'inishi  shart 
bo'lgan.  Bu a n ’ana ham   islomga zardushtiylikdan  o'tgan.  Zardushtiylar 
tabiatni,  yer, suv, daraxt,  o'simlik, jonivorlam i e’zozlashi, yem i ishlatib, 
sug'orib,'  bog‘-pog‘,  ekinzor  qilishi,  chorvani,  ayniqsa,  yilqichilikni 
yo'lga  qo'yishi,  suvni  muqaddas  tutishi  shart  edi.  Bu  ta ’limotga  O 'rta 
Osiyo, ayniqsa,  o'zbek va tojik xalqlari haligacha amal qilib kelishadi»1.

F.  Sulaymonova.  «Zardushtiylik va Ioniya ilm  falsafasi». //A d a b iy  m eros,  1989,  2 / 
48,  9 - 1 0 -   betlar.
213

M ana  shu  fikrning  o ‘ziyoq  ikkinchi  dinim iz  bo'lm ish  islom  diniga 
ham zardushtiylikning katta ta ’sir o ‘tkazganligidan va bu din hozirgacha 
e ’zozlanib kelinayotganidan dalolat beradi.
«Avesto»dagi  mifologik  xarakterdagi  obrazlam i  biz  sharq  m um toz 
adabiyotida  ko‘plab  uchratam iz.  M asalan,  A.  Navoiyning  «Farhod  va 
Shirin»  do ston ida  Jam shidning  jo m i  quyoshdan  ham   porloq  qilib 
tasvirlanadi.  Bu jom   Iskandar qurgan qal’aning o ‘rtasidagi uydan topiladi. 
Farhodning  ko‘zi  bu jom ni  ko‘rib  qam ashib  qoladi.  Jam shidning jom i 
quyoshdan ravshan bo‘lsa, uning o ‘zi undan ham  porloqdir. Jamshidning 
jomida dunyodagi sodir b o ‘layotgan voqealar o ‘z aksini ko‘rsatib turadi.
Jom ning tashqi  tom onida yer yuzining markazi,  ichki  tom onida esa 
to ‘qqiz qavat osm on ko‘rinadi. Jomning tashqi tom oni olijanob insonning 
qalbiga,  ichki tom oni esa pokiza va toza kishining yuragiga o'xshab turadi.
Safou  tob  aro  andoqqi  Xurshed,
D em a Xurshed,  balkim jom i Jam shed ...
Bori  maxfiy  um ur  izhori  anda,
Jahon  holoti  ravshan  bori  anda.
Tashida jilva aylab markazi xok,
Ichinda lek to ‘qquz davri aflok 
Tashi  ul  nav’kim  komil zamiri,
Ichi andoqki sohibdil zamiri.
H aqiqatan  h am ,  m um toz  adabiyotda  Jam shid  jo m i  nom i  bilan 
ataluvchi misrani ko‘p uchratamiz.  Bunday misralarda Jam shidning o ‘zi 
singari  uning jom i  ham   yaxshilik  tarafdori,  insonlar  uni  ichib  xursand 
va  shodum on  b o ‘ladi,  q o ‘shiqlar aytadi.
Quyosh  Iskandar  kabi  qorong‘ulikka,  yerga  c h o ‘kib,  Jam shed jom i 
tilsimlar ichiga yashirinsa ham , ular jom i Jam shed sharobini ichaveradilar.
Skandardek kirib zulmatg‘a Xurshed,
Tilsim ichra yoshundi jom i Jamshed.
Alar topib yana ishratqa asbob,
Solib Jom a jom  ichra bodayi nob.
Surub  gohi  Skandardin  tarona,
D ebon Jam sheddin gohi fasona.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling