Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet19/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34

2 1 4

Bu o ‘rinda Jam shed jom i  ikki xil  m a’noda,  ham   ko‘zgu,  ham  sharob 
m a’nolarida qo‘llanilmoqda.
Xuddi,  shuningdek,  «Avesto»dagi  Axriman  obrazini  ham   m um toz 
adabiyotda ko‘p uchratamiz. Jumladan, A. Navoiyning «Farhod va Shirin» 
dostonida bu obraz yovuz kuch sifatida beriladi.  Dostonda tasvirlanishicha, 
dev qiyofasida o ‘rm onda yashaydi.  U devlar qal’asidagi Sulaymon uzugini 
qo‘riqlaydi.  Sulaym on  uzugi  yaxshilik timsoli.  Bordi-yu,  inson  zoti  uni 
qo‘lga kiritsa, yaxshiliklar tilsimini ochib qo‘yishi mumkin. Yovuz niyatli 
Axriman  esa  buni  sira  ham   xohlamaydi.  Inson  bolasining  baxtiyor 
bo‘lishini  istamaydi.  Shuning uchun ham ,  uzukni  q o ‘lga  kiritish  uchun 
borayotgan  bahodir  Farhodning  yoMini  to ‘sadi.
D ostonda  Axriman  yashayotgan  o ‘rm on  ham   dahshatli  bir  holda 
tasvirlanadi.  Bu  m anzarani'ko'rgan  kishi  bu  yerdan  sog‘-o m o n   chiqib 
ketishiga umid qilmaydi.  Biroq Farhod o ‘z yo‘lida davom etadi.  Dostonda 
Axriman dahshatli tusga kiigan qora bulutga qiyos qilinadi.  Uning boshidan 
oxirigacha zahar ekanligi ko‘rinib turardi.  Uning qiyofasi d o ‘zax uchquni 
va  qiyom at  olovini  eslatardi.  Uning  m ag‘rur  qadam   bosishidan  zam on 
bo‘stoni titrar, qichqirishidan esa osmon ayvoni darz ketar edi.  Badanidagi 
har  bir  m o‘yi  misoli  bir  o ‘q,  o ‘q  ham   emas,  ajdahoga  o ‘xshash  bir 
ilon  edi.  U ning jism idan  hiyla-yu  nayrang qatra-qatra tom ib turar,  shu 
har  bir  qatrani  m akkor  falak  asta-sekin  tarbiyalab,  undan  yangi  bir 
dev  yaratar  edi.  Qarashi  m alom at  shomiga,  b o ‘ynining  uzunligi  b o ‘lsa 
qiyomat kuniga 
0‘xshardi1.
D ostonda  Axriman  nihoyatda  makkor,  ayyor  sifatida  berilgandir. 
Axrimanning ichki qiyofasi nihoyatda salbiy bir holda tasvirlangani singari, 
tashqi  qiyofasi  ham   dahshatli  holatda  edi.  U ning  yuzi  qop-qora  edi. 
Qadimdan xalq og‘zaki ijodiyotida salbiy qiyofada tasvirlangan. «Avesto»da 
yom onlik  qiyofasida,  yaxshilik,  ezgulik  tarafdori  A xuram azdaning 
dushmani bo‘lgan Axriman mumtoz adabiyotda ham salbiy obrazda beriladi. 
Uning gurzisi  chinorday kelardi.  Chinorday emas,  m inoraday bahaybat 
edi.  Uning uchiga ulkan tog‘ning bir parchasini bog‘lab olgandi.  Bu gurzi, 
agar  Elburs  to g ‘iga  tegsa,  bu  tog ‘ni  m ayda-m ayda  qilib,  tuproqqa 
aylantirgudek edi2.
1 A.  Navoiy.  F arhod va Shirin.  T oshkent,  G ‘.G ‘ulom   nom idagi Adabiyot va sa n ’at 
nashriyoti,  1975,  74-  bet.
2 A.  Navoiy.  F arhod va Shirin.  X am sa, T oshkent,  1975,  74-  bet.
215

Shunday qilib,  ezgulik yo‘lida  Sulaymon  uzugini  axtarib borayotgan 
Farhod yovuz kuch  qiyofasidagi Axrimanni o ‘ldiradi.
«Avesto»dagi Axriman obrazini Nizomiyning «Haft paykar» dostonida 
ham  uchratamiz.  Bu asarda Axriman ajdaho qiyofasida tasvirlanadi.  Ezgulik 
yo'liga otlangan Bahrom ning yo‘lini bu yovuz kuch to'sm oqchi b o 'lad i1.
Shoir  Qayumarsga  mifologik  obraz  sifatida  qaram aydi,  balki  tarixiy 
shaxs timsolida talqin etadi. H atto uning tarixda yashab o‘tganligini, shohlik 
davrini ham  aniq belgilab beradi.
0
‘ttiz yil olam da shohlik qildi u,
N u r  sochib  quyosh-u  shodlik  qildi  u.
N e  turli  jo n d o r  bor  olamda,  bari 
O rom   istab  kelar  Qayumars  sari.
Shoiming nazarida Axriman ham  tarixiy shaxs bo'lgan.  Qayumarsning 
yakka-yu yagona dushm ani Axrimandir. Asarda Axriman dev qiyofasida 
tasvirlanadi.  Shoir  Qayumars  va  Axriman  obrazlarini  yaratar  ekan,  bu 
obrazlarni  g 'o y at  ishonarli  tarzd a,  hayotiy  ifodalar  fonida  beradi. 
«Shohnoma»dagi  «Qayumars»  dostonini o ‘qir ekansiz,  bu ikki salbiy va 
ijobiy obrazlarni shu darajada m ahorat bilan yaratganki,  Qayumars bilan 
A xrim an  o 'rta sid a g i  q ara m a -q a rsh i  k u rash lar,  keskin  k o n flik tlar 
situatsiyasi  davm ing  m uhim   ijtimoiy-siyosiy  voqealari  bilan  bog'lanib 
k etad i.  S h o ir  eng  qad im g i  z a m o n la rd a   yuz  b e rg a n   v o q e a la rn i, 
insoniyatning  go'daklik  davrlarini  qalamga  olar  ekan,  uzoq  o 'tm ishni 
o'z  zam onasiga  bog'laydi.  O dam zod  tarixida  ilk b o r boshiga  toj  kiyib, 
shohlik  taxtiga  ch iqqan  Q ayum arsning  aslida  adolatli,  haqiqatgo'y 
b o'lganligini  t a ’kidlash  orqali  shoir  o 'z i  yashayotgan  sho hlarning  
zolimligidan,  qonxo'rligidan  zorlanadi.  Aslida  Q ayum ars  kabi  shohlar 
insoniyatga baxt-saodat keltirish uchun, xalqqa haloskor va panoh bo'lish 
uchun ezgu niyat bilan taxtga chiqqan edi, zam onlar o'tishi bilan shohlar 
xalqni  ezish,  behisob  boylik  to'plash,  qirg'in  urushlam i  boshlash  kabi 
razil va qabih niyat bilan taxtga chiqishni o'zlari uch u n  oliy bir m aqsad 
deb bildilar.
Alisher  N avoiy  o'zining  «Saddi  Iskandariy»  dostonida,  haqiqatan 
ham ,  Q ayumarsning  birinchi  shoh  bo'lganligi  haqida  to'xtalib,  uning 
tarixda  yashab  o'tganligini  shunday  ta ’kidlaydi.  «Peshdod  sulolasida
1 N iz o m iy .  T o ‘plam lar.  Y etti g o ‘zal. T osh k en t,  1982,  7 8 -  bet.
2 16  •

o ‘n  bir  shoh  o ‘tgan  b o ‘lib,  eng  qadimgi  saltanat  egalari  shulardir. 
Peshdodlarning  birinchi  shohi  bo'lm ish  Q ayum ars  taxtga  chiqqach, 
adolat yo'lini tutdi.  U ning tuzum i butun jahonga tarqalgan b o ‘lsa ham , 
lekin  kiyimlari vahshiy hayvonlam ing terisi va charm idan bo'lgan»1.
Bu  fikming  to ‘g‘riligini  «Shohnom a»da  ifodalangan  m isralar  orqali 
ham tasdiqlashim iz mum kin.
Taxt-u  baxtin  topib  faravon,
Y o‘lbars terisidan qilardi chopon.
Firdavsiy  zolim   shohlam i  Qayumarsdek  m ard  va  tanti,  adolatli  va 
haqiqatgo'y bo'lishga chaqiradi.
«Avesto»da  uchraydigan  yana  b ir  m ifologik  obraz  Jam sh id d ir. 
«Shohnom a»da  «Jamshid»  nom li  alohida  tarixiy  doston  bor.  U nda 
ta ’kidlanishicha,  Jam shid  yetti  yuz yil podsholik qilgan.
D o sto n da  ifodalanishicha,  Jam shid   taxtga  o ‘tira r  ek an,  ruhiga 
«yaxshilik  yo'lin»  yer  etib,  ju n ,  ip a k ,  k a n o p d a n   gazm ol  t o ‘qib, 
insonlarga  kiyim kiyishni farm on bergan em ish.  Jam shid zam onasida 
odam zod «na dard,  na yom onlik  ko‘rmas»dan  baxtli hayot kechiribdi. 
H atto yangi yilning boshlanishi ham  Jam shidning taxtga o ‘tirishi bilan 
b o g iiq  ekanligi qayd qilinadi.
Jam shidga  sochishar oltin-u gavhar,
Shu  kunni  yangi  yil  -  bayram   deyishar.
Yana  o'tdi  uch  yuz  yillar baxtiyor,
N a o ‘lim,  na bir dard ko'rm as bu diyor.
A. Navoiy ham  o‘zining «Saddi Iskandariy» dostonida Jamshidni ijobiy 
obraz sifatida ta’riflaydi. «Undan so‘ngra Jamshid olamga ot soldi: u  qancha 
m am lakatlam i  oldi  va  bir  qancha  odam larning boshiga toj  kiydirdi.  U 
xaloyiqqa ham  ko‘pgina n af yetkurdi va ancha ajib am r-farm onlar, tartib- 
qonunlar ham  ixtiro va joriy qildi»2.
Sharq  m u m to z  adabiyotida  Q ayum ars,  Jam shid,  A xrim an  kabi 
mifologik xarakterdagi obrazlam i ko'plab uchratam iz.
‘A.  N avoiy.  Saddi  Iskandariy. T oshkent,  1978, 25- bet.
2 A.  Navoiy.  Saddi Iskandariy. 25- bet.
217

II  bob.  ANTIK  DUNYO  VOQEALARI
AMAZONKALAR
G rek va Rim tarixiy adabiyotidan amazonkalar haqida qiziq hikoyalar 
o ‘qiymiz.  A ntik  dunyo  adiblari  am azonkalarning  skiflar  avlodidan 
bo‘lganligini ta ’kidlashadi.
Shu o ‘rinda am azonkalar o ‘lkasi  qayerga joylashgan edi  degan  savol 
tug‘ilishhi  tabiiydir.
K ursiy  R ufn in g   t a ’k id lash ich a ,  G irk a n iy a  b ilan   ch eg a rad o sh  
Ferm odonta daryosi bo‘ylarida amazonka qabilasi yashagan.  Bu qabilaning 
malikasi,  y a’ni  shohi  Felestris  b o ‘lib,  u  Kavkaz  bilan  Fazis  (R ion) 
daryosi o ‘rtasida yashovchi xalqqa hukm dor b o ‘lgan‘ .
D io d o r  h a m   «T arixiy  k u tu b x o n a »   a s a rid a ,  h a q iq a ta n   h a m , 
am azonkalarning b o ‘lganligini tasdiqlaydi.  Adib  o ‘z asarida  Kursiy  R uf 
fikriga yaqin m a’lum otni beradi.  Bu o'rinda D iodor Sitsiliyskiy o ‘z asarida 
yo  Kursiy  R uf ijodini  o ‘qib  undan  foydalangan  yoki  h ar  ikki  adib  ham  
bir  xil  m anbani  o ‘qib  chiqqan.  D iodor  am azonkalar  haqida  to ‘xtalib 
shunday  yozadi:
«Keyin Aleksandr Girkaniyaga qaytadi va uning huzuriga A m azonka 
m alikasi  (sho hi)  F alestra  ta sh rif  buyuradi.  Bu  m alika  F aso m   va 
Ferm odonto daryolari o ‘rtasidagi yerlarga hukm dor edi. Juda jasur, kuchli 
va go‘zal edi»2.
D iodor  am azonkalar  haqidagi  hikoyasida  davom   etib,  ular  skiflar 
avlodidan  ekanligini  aytadi.  «Amazonkalar,  -  yozadi  D iodor,  -  faqat 
Osiyonigina emas, balki Yevropani ham  o'zlariga bo‘ysundira boshladi»3.
D iodor  o ‘z  fikrida  davom  etib,  am azonkalar  shohining  Aleksandr 
huzuriga kelganligi haqida yana shunday yozadi:  «Aleksandr undan nim a 
uchun kelganligini so‘raydi.  Shunda Falestra Aleksandrdan farzand ko‘rish 
niyati  borligini  aytadi,  chunki  buyuk  kishilardan  buyuk  farzandlar 
tug‘iladi,  deb  hisoblaydi.  Aleksandr  Falestraning  bu  maslahatiga  rozi 
b o ‘ladi va u bilan  13  kun birga bo'lib katta sovg‘alar berib,  o ‘z vataniga 
kuzatib  q o ‘yadi.4
1  K ursiy  Ruf.  O lsha  asar,  211-  bet.
2  D iodor.  0 ‘sha asar,  108-  bet.
1  D iodor.  O 'sh a  asar,  228-  bet.
4
  O 's h a  asar,  108-  bet.
218

Qadimgi tarixiy kitoblarda am azonkalar haqida k o 'p  qiziq hikoyalami 
o‘qiganmiz.  A m azonkalar haqidagi  hikoyalar haqiqatm i  yoki  afsonami 
degan  fikr  xayolingizni  chulg‘aydi.  Bu  g‘aroyib  va  jasur  ayollam ing 
vatani qayer b o ‘lgan degan savolga h am  turlicha javob topam iz.  Kursiy 
Ruf,  Y ustin,  P om p ey  Trog  kabi  adiblar  am azo n k alam in g   Kaspiy 
dengiziga yaqin yerlarda yashaganliklarini qayd qilishadi.  G irkaniya bilan 
chegaradosh  Ferm odonta daryosi bo'ylarida am azonka qabilasi yashardi. 
Bu  qabilaning  malikasi  Falestris  bo'lib,  u   Kavkaz  bilan  Falis  daryosi 
o'rtasida yashovchi xalqqa hukm dor edi.
Aleksandrni  ko'rish  va  u  bilan  uchrashish  niyatida  Falestris  shohga 
chopar  yuboradi.  Shohdan  ruxsat  olgandan  so'ng,  300  ta  go'zal  ayol 
bilan uning huzuriga keladi. Amazonkalar kiyimi badanlarini to'liq yopmas 
edi.  C hap ko'kragi ochiq bo'lib, kiyimi tizzasidan pastga tushmasdi.  U lar 
qizlarini  emizish  uch un   faqat  o'ng  ko'kragini  qoldirib,  chap  ko'krak 
bezini kesib tashlardi.  G o'yoki bu usul ular uch u n yoy va nayza otishda 
qulaylik tug'dirardi.  Falestris shon-shuhratga unchalik loyiq bo'lm agan 
shohning gavdasiga qo'rqmasdan qarab turardi. H ech narsa kerak emasmi, 
degan  shohning  savoliga  Falestris  shunday javob  qaytaradi:  «Shohdan 
farzand  ko'rishni,  agar qiz bo'lsa o'zim da  qoldirib,  o 'g 'il bo 'lsa shohga 
m erosxo'r  qilam an»1.
Kursiy  R u f o'zining  asarida  am azonkalarga  ta ’rif berar  ekan,  xuddi 
shunday  am azonkalar  haqidagi  m a’lum otlam i  Y ustinning  «Pom pey 
Trog epitomi» asarida ham  uchratamiz. Yustin asarini o'qib Amazonkalar 
haqida  kengroq  m a ’lum otga  ega  bo'lam iz.  U   o'zining  «Pom pey  Trog 
epitomi» asarida am azonkalar haqida shunday hikoya qiladi.
Amaldorlar  nayrangi  bilan  o 'z  vatanidan  quvg'in  qilingan  podsho 
avlodiga m ansub ikki o'spirin Pm e va Skolopit o'zlari bilan birga ko'plab 
yosh yigitlarni olib chiqib ketadilar.  U lar T erm odont daryosi yaqinidagi 
Kankadokin,  Pontiskoy qirg'oqlari bo'ylab joylashgan Tem iskir vodiysini 
egallaydilar.  Bu  yerdan  ular  k o 'p   yillar  m obaynida  qo 'sh n i  qabilalar 
ustiga yovuz yurishlar qildi.  So'ngra k o 'p  qabilalar o'zaro kelishib, ularni 
pistirmaga aldab olib kelib qirib tashlaydilar. Ularning beva qolgan xotinlari 
qo'llariga qurol olib o 'z  yurtini him oya qila boshlaydilar.  Q o'shni qabila 
erkaklari  bilan  turm ush  qurishni  ular  qullik  deb  hisoblardilar.  U lar 
crkaklarsiz, o 'z  davlatini him oya qila boshlaydilar.  Ularning b a’zi ayollari
1  Kursiy Ruf.  0 ‘sha asar. 2 1 1 - bet.
219

boshqalardan o ‘zlarini baxtliroq sezmasligi uchun, uyida qolgan erkaklami 
ham   o ‘ldiradilar.  0 ‘z  erlarining o ‘limi  uchun  ular q o ‘shni  qabilalardan 
qattiq qasos oladilar.  Qurol  kuchi bilan qasos olib tinchlik o ‘m atgan bu 
ayollar o ‘z avlodining yo‘q b o ‘lib ketmasligi uchun qo‘shni qabila erkaklari 
bilan vaqtincha aloqa qila boshlaydilar. Agar o ‘g‘il bola tug‘ilsa,  o'ldirib 
tashlardilar.  Q izlam i esa qurol ishlatishga, otlarda ov qilishga o ‘rgatardi. 
Yoydan  o ‘q  otishga  xalaqit  bermasligi  uchun  qizlam ing  o ‘ng  siynasini 
yoshligidayoq kuydirib tashlashardi. Ana shundan am azonka nom i kelib 
chiqqan.
Ularning M arpeziya va Lam peto ismli ikkita podshosi bor edi.
Ular jangchilarini  ikki  qismga  b o ‘lib,  navbat  bilan  o ‘z  chegaralarini 
qo‘riqlay boshlaydilar. Yevropaning katta qismini b o ‘ysundirib, bir qancha 
Osiyo m am lakatlarini h am  bosib oladilar.
U yerda Efes va boshqa ko‘plab shaharlarga asos solib, katta o ‘lja bilan 
qo'shinning  b ir  qismini  jo ‘natadilar.  Osiyo  ustidan  hokim likni  saqlab 
qolish  uchun  qoldirilgan  q o ‘shinlar  o ‘zaro  til  biriktirib,  maxfiy  kurash 
olib borgan dushmanlar tom onidan yanchib tashlanadi.  Мафег1уа o ‘miga 
uning  qizi  Sinona  taxtga  o'tiradi.  Sinona  harbiy  taktikani  o ‘ta   kuchli 
bilishidan tashqari,  um rining oxirigacha qizligini saqlab qolganligi bilan 
ham m ani hayratga solardi.  Bu podshoh qizning shon-shavkati nihoyatda 
kuchayib ketib, amazonkalar dong taratadilar. Hatto Gerakl haqida bitilgan 
afsonadagi podshoh  Evristey bir kuni G erkulesdan talab qilib am azonka 
podshohining qurolini  olib kelishni buyuradi.  G erkules to ‘qqizta harbiy 
kem ada oliy tabaqa grek o‘spirinlari bilan am azonkalarga kutilm aganda 
hujum qiladi.  Bu paytda amazonkalarga ikki opa-singil - Antiona va Oritiya 
podshohlik qilishardi. Am m o ulardan biri Oritiya o ‘sha vaqtda o‘z davlatidan 
ancha uzoqda urush olib borardi.  Shu sababli Gerkules yengil g‘alabaga 
erishadi.  K o ‘plab  am azonkalar janglarda  halok  b o ‘ladi,  ko‘plari  asirga 
olinadi.  Shuningdek,  A ntionaning  ikki  singlisi  b o r b o ‘lib,  ularning  biri
-  Menalinni Gerkules,  Ippolitani esa Teseyasira qilib oladilar.  Keyinchalik 
Tesey o ‘z asirasiga uylanib,  undan  Ippolit  ismli  o ‘g‘il  ko ‘radi.  Gerkules 
esa g‘alabadan keyin Menalinnani onasiga qaytib beradi, evaziga esa podsho 
qurolini  q o ‘lga  kiritadi.  Buyruqni  bajargan  G erkules  o ‘z  podshosi 
Evristeyning huzuriga qaytadi1.
1 Yustin.  E pitom a P om peyaT roga.  Vestnik drevney istorii.  1954.  №   2, str.  213-215
220

Y ustin  o ‘z  asarid a  k eltirg an   a m a z o n k a la r  h aq id ag i  h ik oy an i 
fesseliyaliklarning eng qadimgi yodnomasi  (taxm inan eram izdan aw algi • 
VIII  asr)  «Ellada qahram onlari» asarida uchratam iz. Yustin o ‘z asarida 
keltirgan  G erak l,  Evristey,  G erkules,  T esey,  M inalist  obrazlarini 
«Ellada qahram onlari»da ham  uchratamiz.  Biroq «Ellada qahram onlari» 
asarida  am azonkalar  haqida  kengroq  hikoya  qilinadi.  «G erakl jangda 
yengib,  M inolitaning kam arini olib keladi» deb nom lanuvchi hikoyatni 
o ‘qisak,  qadim   zam onlarda  elladaliklar skiflar yurtiga  faqat  oltin junli 
teri  qidirib  em as,  balki  charm   kam ar  qidirib  h am   kelganligi  haqida 
hikoya qilishadi.  Bu hikoya skiflar yurtidagi am azonkalar haqida hikoya 
qilgani  uchun batafsil  to ‘xtalishga harakat qilamiz.
Evristey shohning A dm eta  degan yosh  qizi  b o ‘lgan  ekan.  U  bir kuni 
otasining huzuriga  kirib,  shunday debdi:

Sharq  to m o n d a,  jud a  olisda  bir  podshohlik  b o r  em ish,  unda 
m am lakatni  xotinlar  idora  qilar  emish.  U  yerda  xotinlar  oila  boshlig‘i, 
tayanchi  ham da  uy bekasi  emish.  X otinlar  shaharlam i  boshqararm ish, 
savdo- sotiqni va sudni o ‘zlari qilisharmish, ehromlarda xudolaiga qurbonlik 
keltirib,  davlat  ishlarini  o ‘zlari  hal  qilar  em ishlar.  U lar  qurollanib, 
jangovar otlarda chopar, dushm an bilan  m ardlarcha jang qilar emishlar.
U lar o ‘zlarini am azonkalar deb atashar,  erkaklarni yom on  ko‘rishar, 
hech  kim bizni  yengolmaydi,  deb  m aqtanishar emish.  Buyuk Zevsning 
rafiqasi, menga homiylik qiluvchi G era menga buning sirini ochdi, jangovar 
am azonkalarning butun kuchi  ularning malikasi  Ippolitaga urush xudosi 
Ares sovg‘a qilgan oddiy charm  kam arda emish.  Agar m alika u kam arni 
bog‘lab  yursa,  o ‘zini  ham ,  am azonkalam i  ham   hech  kim   yenga  olmas 
emish.  Ota!  M en xuddi o ‘sha xotin kabi yengilm asbo‘lishni,  hokimiyatni 
yolg‘iz o ‘zim idora qilishni xohlayman.  Ippolitaning kamariga ega bo'lishni 
istayman!
Shoh Geraklga am azonkalar mamlakatiga borib,  malika Ippolitaning 
kamarini  olib  kelishni  buyuribdi.
A m azonkalar davlati sharqda,  Kichik Osiyoda ekan.
Gerakl katta kema jihozlabdi, sodiq do‘stlari - Iolayni, Afina shahzodasi 
Teseyni  va  boshqalam i  chaqirib  olibdi.  U lar b utun  dengizchilar uchun 
jasur argonavtlar ochgan yo‘ldan suzib ketibdilar.  U zoq suzibdilar,  oxiri 
dovul  quturib  turgan  Q ora  dengizdan  o ‘tib,  F erm o d o n t  daryosiga 
chiqibdilar,  oqimga  qarab  yuqoriga  suzib  borib,  am azonkalar  poytaxti 
Femiskira  shahriga  yetibdilar.  D arvozalar  oldida  qurollangan  xotinlar
221

turisharkan, ular charm  qalpoq, kalta xitonlar, to'piqlarigacha tushadigan 
tor,  uzun  shim   kiygan  emishlar,  yelkalariga  oy  shaklidagi  qalqonlar 
osib, q o ‘llariga ikki yuzli bolta olgan emishlar.
Soqchilar  G erakl  bilan  uning  o ‘rtoqlarini  shaharga  kiritm abdilar, 
shuning uchun ular daryo qirg‘og‘ida,  shahar devori tagida joylashishga 
m ajbur  boiibdilar.
Ko‘p  o ‘tm ay,  qurollangan  qizlar  otryadi  bilan  chiroyli  o t  mingan 
malika  Ippolita  yetib  kelibdi.  Qizlar ichida m alikaning jonajon  o ‘rtog‘i 
go‘zal  A ntiopa  ham   bor  ekan.  Bir  vaqtlar  uning  husni  am azonkalarni 
halok qilay degan ekan.
A m azonkalar  k o ‘p  vaqtdan buyon  Gretsiyaga  yurish  qilishni  o ‘ylab 
yurar ekanlar, vaqti kelib ular dengizdan suzib o ‘tishibdi. Afina devorlari 
tagiga yetishibdi va go‘zal shaharni qam al qilishibdi. Afmaliklar qam alga 
tayyor  em as  ekanlar.  Sal  b o ‘lm aganda,  shahar jangovar  am azonkalar 
qo‘liga o ‘tar ekan.  Biroq Antiopa Afina jangchilari orasida shahzoda Teseyni 
ko‘rib qolibdi va unga ishqi tushibdi. G o ‘zal amazonka ham  Teseyga yoqib, 
shahzoda uning yordami bilan jonajon shahrini qutqarishiga umid bog‘labdi. 
U  tu nd a  A ntiopa  bilan  uchrashish  niyatida  yashirinib,  am azonkalar 
lageriga kelibdi.
Ippolita o ‘rtog‘ining muhabbatini sezib qolibdi va xiyonatdan q o ‘rqib, 
tezda qurshovni to ‘xtatishni buyuribdi. Am azonkalar Afinadan chekinib, 
o‘z mamlakatlariga qaytib kelishibdi. Antiopa Teseydan judo bo‘libdi. Biroq 
u Teseyni unutm agan ekan, hozir uni G eraklning d o ‘stlari ichida ko‘rib, 
quvonib  ketibdi,  sevgisi  yana  kuchliroq  alanga  olibdi.  Tesey  ham   uni 
tanibdi,  bildirm ay  uning  yoniga  boribdi,  mahfiy  uchrashuv  to ‘g‘risida 
shartlashibdi.
Ippolita G erakldan nim a uchun kelganini so‘rabdi.
Gerakl  o'ziga  malika  Ippolitaning kam arini  olib kelish buyurilganini 
aytibdi.

M en  kam arim ni  faqat jangda  g‘olib  chiqqanga  beram an,  -  debdi 
malika.  Biz bilan jangga chiqing, yengsangiz kam ar sizlarniki b o ‘ladi!
Ippolita  kam ar  o ‘zida  b o ‘lsa,  uni  hech  kim  yenga  olmasligiga  ko‘zi 
yetib  shunday  degan  ekan.
Ikkala otryad jangga tayyorlanish uchun tarqalibdi.
A m azonkalar  shaharga  qushday uchishibdi,  G eraklning  ham rohlari 
esa daryo bo ‘yidagi lagerlarida tunab qolishibdi.
222

Tesey  tu n   b o ‘yi  lagerda  b o ‘lm abdi. 
Ertalab  u  quvonib  kelib,  G eraklga  sehrli 
kamarni beribdi.
-  Q anday  qilib?  Sen  uni jangsiz  q o ‘lga 
tu sh ird in g m i?  -  d eb d i  G e ra k l  h ay ron  
bo‘lib.
-  Antiopa  uni  m alikadan  o ‘g‘irlab olib, 
menga berdi,  -  debdi Tesey.
Gerakl aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan 
o ‘ljadan  foydalanishga  k o ‘nm abdi,  jang 
b o s h la n ib d i.  A m a z o n k a la r n in g   e n g  
sh id d a tlisi  A yela  s h a m o ld a y   u c h q u r, 
yow oyi  otda  G eraklning  ustiga  otilibdi. 
G e r a k l 
o t 
c h o p t i r i b  
k e la y o tg a n  
am azo n k an in g   q o 'lid ag i  b o ltasin i  urib 
tushiribdi. Shunda Ayela qochib qutulmoqchi 
bo ‘libdi, oti uni chetga olib qochibdi, biroq 
G eraklning  o ‘q-yoyi  uni  quvib  yetib,  shu 
ondayoq o ‘ldiribdi.  G erakl yakkama-yakka 
janglarda yetti marta g'olib chiqqan Protoya 
ismli  am azonkani  ham   halok  qilibdi.  S hunda  u ch ta  qiz,  m a ’buda 
Artemidaning o ‘zi ovga olib chiqadigan,  nayza otishda tengi  yo'q uchta 
mohir ovchi oldinga chiqibdi.  Uchovlari baravariga shiddat bilan Geraklga 
nayza otibdilar, biroq tegizolmabdilar.  G eraklning nayzasi  esa chiyillab 
uchib  borib,  uchovining ham   q o ‘lini  sindiribdi.
Am azonkalar  eng  yaxshi jangchilarining  yengilganini  ko‘rib  q o ‘rqib 
ketibdilar.

Sho‘rim iz quridi!  Sho‘rimiz quridi!  Ippolita,  kam aring qani?  -  deb 
qichqirishibdi  ular.
O 'z dugonalariga xiyonat qilganidan Antiopaning yuragi ezilibdi, biroq 
shu  paytda  u  ellinlar orasida Teseyni  ko‘rib qolibdi,  sevgi  uning barcha 
his-tuyg‘ularidan ustun  kelibdi.
Ippolita dahshatli qiyofada jonidan umidini uzib, oldinga chiqibdi. Sehrli 
kam ar  dushm an  qo'lida  ekanligini  faqat  u  bilan  A ntiopa  bilar  ekan. 
Dovyurak malika darg'azab amazonkalarga dugonasining sirini ochishni 
istamay,  jangda  o'lishni  m a’qul  ko'ribdi.  U  m ardlarcha  jangning  eng
5- 
rasra. 
Gerakl. V asrda 
yaratilgan  Parijdagi  Luvr 
muzeyi.
223

xavfli joyiga  o ‘zini  urar,  o ‘ziga  o ‘lim  izlar  ekan,  birdan  u  o ‘q-yoydan 
varalanib yiqilibdi.
Malikaning o ‘lganini ko‘igan am azonkalar dovdirab qolib, qochishga 
uishibdilar.  Ularning ko‘pchiligi asir olinibdi, b a’zilari o ‘ldirilibdi. Gerakl 
asirga tushgan A ntiopani Teseyga beribdi. Tesey unga uylanibdi.  G erakl 
Mikeniga, shoh  Evristey huzuriga qaytib kelibdi va Ippolitaning kamarini 
unga beribdi.  Shoh  kam arni qiziga hadya qilibdi, biroq A dm eta kam am i 
taqib yurishga botinmay, uni xudolaiga hadya sifatida Geraklning ehromiga 
topshiribdi1.
Yustinning «Pompey Trog epitomi» asarida shunday fikrlarni o ‘qiymiz.
«Skiflarning  shavkatli  qahram onliklari to ‘g‘risidagi  hikoyam izni  skif 
xalqining kelib chiqish tarixidan boshlash kerak.  Ularning ayollari jasoratda 
erkaklaridan qolishmasdi,  haqiqatdan ham ,  agar ularning o ‘zlari  Parfiya 
va Baqtriya podsholiklari tuzgan bo‘lsalar, ayollari esa amazonka podsholigiga 
asos  solgandi.  Shuning  uchun  skiflarning  erkaklari  bilan  ayollarining 
qahram onliklari  haqida  fikr yuritadigan  kishi  ikkilanib  qolishadi.  Qaysi 
jins jasoratliroq b o ‘lgan  deb,  bu  haqda qiziqarli  hikoyalar aytishadi»2.
Jahon adabiyotida am azonkalar haqida juda ko‘plab asarlar bitilgan.
Qisman bo‘lsa-da, haqiqatan ham amazonkalarning b o ‘lganligi haqida 
Plutarx ham   izoh berib o ‘tadi.
K o‘plar,  shular jum lasidan  Klitarx,  Poliklit,  Onesikrit,  Antigen  va 
Istrlam ing  aytishlaricha,  Aleksandrning oldiga  am azonka  (am azonka  - 
maxsus  otliq  kiyimini  kiygan  chavandoz  ayol)  keladi.  Lekin  Aristobul, 
Aleksandrning  qo ‘riqchisi  Xaret,  Ptolom ey,  Antiklid,  Filon  Fivanskiy, 
teangeniyalikFilipp,  G ekatey  Eretriyskiy,  F ilipp  Xalkidskiy vaD urid, 
Somosskiylar  buni  uydirm a  gap  deb  tasdiqlaydilar.  A leksandr  ham  
u larn in g  Fikriga q o ‘shilganday.  A n tip a tra g a b a ta fsil  yozgan  xatida, 
skiflarning shohi  unga xotinlikka  qizini  berm oqchi  ekanligi  haqida  so‘z 
yuritilgan.  A m azonka  haqida  esa  hech  narsa  aytilmagan.  Aytishlariga 
qaraganda, oradan ancha vaqt o ‘tgandan so‘ng, o ‘sha paytda shoh bo‘lgan 
Lisim axga  o 'z in in g   am azo n k a   h aq id a  yozgan  to ‘rtin c h i  k itobini 
o ‘qiyotganda,  Lisimax  kulib,  tarixchidan:  «M en  o ‘sha  paytda  qayerda 
edim?»3  deb so‘rabdi.
1  E llada  q ah ra m o n lari,  T o sh k en t,  «Yosh  gvardiya»  nashriyoti,  1976,  114— 116 
betlar.
2  Y ustin.  E p ito m a  P om pey Troga.  V estnik drevney  istorii,  1954,  №   2,  str.  211.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling