Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


T7— t   ' U b K j n ^ i i '


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet2/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

T7— t  
' U b K j n ^ i i '
( )‘sha  asar,  155-  bet.

Ksenofontning  «Anabasis»,  «10000  yurishi»,  «Kiropcdiya»  asarlari 
ta ’sirida A rrianning «Aleksandrning yurishi» asari yuzaga keladi.
Grek va  Rim  nasrida So'g'diyonaning tarixiy qiyofasi  ifodalanar ekan, 
bu tasvirlarda va ayrim epizodlarda o'ziga xos, bir-biriga o'xshash tom onlar 
borligini ko'ramiz. Tarixni ham m a vaqt tarixiy taraqqiyotda,  rivojlanishda, 
turli  xil  o'zgarishlar jarayonida  kuzatamiz.
Badiiy adabiyotda a n ’ana umumiy taraqqiyotlar,  m a’naviy yuksalishlar 
jarayonida tug‘iladi.  Antik adabiyotning o 'rta  asrlar,  Uyg'onish  davri  va 
hatto yangi davr adabiyoti taraqqiyotiga katta ta ’sir ko'rsatganligini hisobga 
olsak,  adabiyot  faqatgina  b adiiy-estetik  zavq  m anbayi  b o 'lib g in a 
qolm asdan,  balki  keyingi  davr madaniyati  va adabiyotiga samarali ta ’sir 
etishi  bilan  ham   xarakterlidir.  Muhimi  shundaki,  m azkur  asarlarda  bir 
xil  mavzu  qalam ga  olinadi.  Bu  tarixiy  mavzu  bo'lib,  u  yuqorida  ko'rib 
o'tganim izdek,  Kursiy  R uf («Aleksandr  Makedonskiy  tarixi»),  Plutarx 
(«Aleksandr»),  A rrian  («Aleksandrning  yurishi»).  D iodor  («Tarixiy 
kutubxona») asarlarida ham tasvirlangan edi.  Demak, shu o'rinda grek va 
Rim  adabiyotining  antik  davrlari  nam unalari  bilan  bizning  hozirgi 
adabiyotimiz o'rtasida ham  m a’lum bog'lanish bor ekanligi ravshanlashadi. 
Bu  bog'lanish,  eng  aw alo ,  a n ’ana  va  zamonaviylik  masalasida  yaqqol 
ko'zga  tashlanadi.  Bunday  m ushtarak  jih atlarn i  m u m to z  adabiyot 
nam unalarida ham   yaqqol  ko'rishim iz mumkin.
Aleksandr va lskandar obrazlari shu darajada bir-biriga qorishib, birikib 
ketganki,  endilikda  A leksandr  deganda  lskandar,  lskandar  deganda 
Aleksandr  ko 'z  o'ngim izda  nam oyon  bo'ladi.  Shu  tufayli  bo'lsa  kerak, 
Ya.  llyosovning «So'g'diyona»,  M.  Qoriyevning «Spitamen» romanlarida 
bu  qahram on  bir  epizodda  Aleksandr,  boshqa  bir  epizodda  lskandar 
deb  nom lanadi.  Bu  ikki  obrazni  bir  «qolip»ga  joylashtirishim iz  m an- 
tiqqa 
uncha  to 'g 'ri  kelmasa  kerak.  C hunki,  A leksandr  deganimizda 
F ilipp  II  ning  o 'g 'li  A leksandr  M akedonskiy,  y a’ni  Kursiy  Ruf, 
Plutarx,  Arrian,  D iodor  asarlaridagi  Aleksandr  obrazi  k o 'z  o'ngim izga 
kelsa,  lskandar  obrazi  ko'proq  xalq  ijodiyotiga,  m um toz  adabiyotga, 
ya’ni  lskandar haqidagi  rivoyatlarga,  Nizomiy,  Dehlaviy, Jomiy,  Navoiy 
dostonlaridagi obrazga tegishlidir.
A leksandr  obrazida  salbiylikka,  lskandar  o b razid a  esa  k o 'p ro q  
ijobiylikka moyillik sezamiz.
Yevropa  adabiyotida  Aleksandr  M akedonskiyga  qiziqish  qanchalik 
kuchli bo'lsa,  osiyoliklar ijodida  lskandar Zulqarnaynga ham  shunchalik
18

e ’t ihor seziladi. Yevropada Aleksandr Makedonskiy haqida nihoyatda ko‘p 
asarlar  yaratilgan.  Osiyoda  lskandar  Zulqarnayn  haqida  undan  ham  
ko'proq  asarlar yuzaga kelgan.
Mu  ikki  obraz  ikki  q it’aning  ko‘p jihatlarini  bir-biriga  bog‘laydi.  Bu 
bog'lanish,  eng avvalo,  adabiy jarayonda,  bu  ikki obrazga  m unosabatda 
ko'rinadi.  U larbahonasida ikki qit’a adabiyotining um um iy yo'nalishlari 
v;i nlohida janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari o'rganilm oqda.
Aleksandr  obrazi  bilan  lskandar  obrazlari  tarozining  ikki  pallasiga 
i|o'yilgan  ijod mezonlariga o ‘xshaydi.  Ba’zi davrlarda goh bir tom onning, 
boshqa bir davrda ikkinchisining salmog‘i ortgan.
Bir-birining sinonimiga aylangan bu ikki obraz jahondagi ham m a xalqlar 
san’atiga  kirib  borgan,  hatto  h ar  bir  xonadonga  tanish  bo'lgan.  Biroq 
slumday  bo'lsa-da,  har  bir  kishi  lskandar  Zulqarnayn  va  Aleksandr 
Makedonskiy  haqida  ko'proq bilgisi,  bu  xususda  qiziqarli  sarguzashtlar 
linglagisi keladi.
Osiyoliklar  Aleksandr  Makedonskiyni  lskandar  Zulqarnayn  obrazi 
orqali  yaxshi  bilsalar,  yevropaliklar  lskandar  Zulqarnaynni  Aleksandr 
Miikedonskiy  orqali  taniydilar.  Lekin  lskandar  obrazi  bilan  Aleksandr 
Makedonskiy tarixiy shaxsi  va obrazi shu  kungacha aynan bir narsa deb 
qarab kelindi.  Ushbu darslikning muallifi ham  ilgari shunday fikrda ed i.1 
Mu o'rinda  Iskandarni qachondan buyon Aleksandr deb atash boshlandi, 
degan  savol  tug'iladi.  Masalaga  yaqindan  yondashsak,  «lskandar  - 
Aleksandr  M akedonskiy»  term ini  XIX  asr  oxirida  paydo  b o'lgani 
oydinlashdi.  B uterm in ixtirochilari V.V.  Grigoryev,  M .M .  Lyutov,  N.P. 
( )sl roumovlar edi.  lskandar haqida ilk doston (Firdavsiy) yaratilganiga X 
asr  b o 'ld ik i,  oxirgisi  N avoiy  (XV  asr)  o 'td ik i,  (1885-  yilda  V.V. 
( irigoryev  aytgan)  lskandar  -  Aleksandr  M akedonskiy  degan  term inni 
ilgarigi tarixiy sahifalarda uchratmaymiz.
lskandar obrazini tasvirlovchi asarlarda belletristika - go'zal badiiy 
bo'yoqqa  keng e ’tibor berilgan.
«Aleksandriya»,  «Aleksandr haqida roman»,  «Iskandamom a»,  «Saddi 
Iskandariy»,  «X iradnom ayi  Iskandariy»,  «Oyinayi  Iskandariy»  kabi 
asarlarda  badiiy  ijodiy  xayol  kuchlidir.  A leksandr  haqidagi  nasriy 
nam unalarda  esa  («Aleksandrning  yurishi»,  «Aleksandr  M akedonskiy 
tarixi»,  «Aleksandr»,  «Tarixiy kutubxona» va hokazo) tarixiy haqiqatning
1  Itoyna/.arov  F.  A n tik   d u n y o ,  T o s h k e n t,  « M e h n a t»   n a s h riy o ti,  1989,  16-  bet.
19

ko‘lam dor  talqinini  ko‘ramiz.  Endilikda  Aleksandr  M akedonskiyning 
tarixiy  shaxsi,  Aleksandr  va  lskandar  obrazlari  xususida jaho n  olimlari 
o ‘itasida qizg‘in m unozaralar davom etmoqda.
Yevropaliklar  lskandar  Zulqarnayn  obrazini  o ‘rganishda  keng  va 
c h u q u r  im kon iyatlarg a  ega  b o ‘lm aganidek,  osiyoliklar  A leksandr 
Makedonskiy tarixiy shaxsi va  obrazini  o ‘rganishda h am on qiyinchilik- 
larga  duch  kelmoqdalar.  Aleksandr  Makedonskiyning  obrazi  va  0 ‘rta 
Osiyoning  antik  davrlarini  tasvirlovchi  A rrian,  Kursiy  Ruf,  D iodor 
asarlari hali o ‘rta osiyoliklar tiliga taijim a qilingan emas.
Bu  holat  Aleksandr  Makedonskiy  va  u  yashagan  davm i  o ‘rganish 
borasidagi  im koniyatlarim izni cheklab qo‘ymoqda.  Xuddi,  shuningdek, 
Osiyo xalqlarining ijod durdonalari bo‘lgan  lskandar haqidagi asarlaming 
hammasi ham  Yevropa xalqlari tillariga taijim a qilinganicha yo‘q. Aynan 
b iz  o 'r t a   o s iy o lik la r   A le k s a n d r  M a k e d o n s k iy n i  o ‘rg a n is h d a  
qiynalganim izdek  ular  lskandar  Zulqarnaynni  o ‘rganishda  mushkul 
vaziyatlarga tushib qolm oqda.  Biz masalaning m ana shu tom oniga,  hali 
ko'pchilikka m a’lum bo‘lmagan jihatiga e’tibomi jalb qilmoqchimiz.  Grek 
va  Rim adiblari  Kursiy Ruf,  Plutarx, Arrian,  D iodor ijodlarida Aleksandr 
M akedonskiyning  0 ‘rta  Osiyodagi  hayoti  keng  va  batafsil  tasvirlanadi. 
Biz  uchun  m uhim i  Aleksandr  Makedonskiyning  0 ‘rta  Osiyoga  kelgan 
davri xarakterini o ‘rganishdir.  Bundan ko'rinadiki, Aleksandrning tarixiy 
shaxsi  va  hayotini  o ‘rganish  bahonasida  antik  davm i  va  und an  keyingi 
davrlarni ham  o ‘rganish im koni tug‘iladi.  0 ‘rta Osiyoning antik davrlari 
haqida gap ketganda, bevosita Aleksandr Makedonskiy va u bilan bog'liq 
voqealarni eslaymiz. Grek va Rim adabiyotining yorqin sahifasi hisoblangan 
«Aleksandr  M akedonskiy  tarixi»,  «Aleksandrning  yurishi»,  «Tarixiy 
kutubxona»  asarlarini  o ‘qisak,  ko‘proq  0 ‘rta  Osiyoning  antik  davrlari 
ko‘z o ‘ngimizdan o ‘tadi.  Hatto Aleksandr Makedonskiyni ham  bir muddat 
unutib  q o ‘yib,  qadimgi  davrlardayoq  gullab  yashnagan,  hozirda  ham  
yashab  kelayotgan  tarixiy  sh ah arlar  «ichiga  kirib  q o lam iz,  tanish 
daryolarda suzamiz,  qadrdon tog'larning ch o ‘qqilariga chiqam iz, go‘zal 
va bepoyon vodiylar quchog‘ida b o ‘lamiz.  Milliy faxrimiz va g‘ururim iz 
bo‘lgan Spitamen bilan uchrashamiz». Qarangki, qadim davrlarda bosqinchi 
yovlarga  qarshi  m ardonavor kurashib  kelgan  Spitam endek vatanparvar 
o ‘g‘lonlarim iz  o ‘tgan,  u  «yengilmas  kuch»,  «qudratli  kuch»  deb  nom  
olgan Aleksandrni tahlikaga qo‘yib, unga katta talafotlar yetkazgan ekanki, 
bu  haqda  o ‘zim izda  hech  bir tarixiy  yozuv  saqlanib  qolmaganligi  bizni
20

K'oynt  lashvishga soladi.  Spitamen jasorati bilan ham  grek va Rim adabiyoti 
iianuinalari  orqali  tanishish  sharafiga  m uyassar  b o ‘lam iz.  Bundan 
ko'rinadiki,  A leksandm i  o'rganish  borasida  u  bilan  b o g iiq   davrni 
o'rganam iz,  undagi  ijtimoiy-siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishamiz, 
adabiyot va san’at namunalarini bilib olamiz. Aleksandr bahonasida  Kvint 
k u r s i y  
Ruf,  Plutarx, Arrian,  Diodor,  Strabon kabi grek va  Rim  adiblari 
va  ularning  ijodi  bizga  tanish  bo‘lib  qoldi,  hatto  boshqa  grek  va  Rim 
udiblariga qaraganda bu ijodkorlami biz o‘zimizga yaqin olamiz. Aleksandr 
huqida  asar yozganliklari  uchun  emas,  0 ‘rta  Osiyoning  antik davrlarini 
lasvirlaganliklari uchun ham  bu adiblar biz uchun ardoqli va mo'tabardir. 
/е г о ,  biz  o 'rta   osiyoliklar,  bobokalonlarim izning  antik davrlari  haqida 
mana shu adiblar ijodi orqaligina yozma manbaga egamiz.
Sharq  bilan  g ‘arb  o'rtasida  qadim dan  iqtisodiy,  siyosiy  va  m adaniy 
nloqalar  keng  yo'lga  qo'yilgan.  Qadimgilar  tili  bilan  aytganda,  quyosh 
thiqadigan  tom on-sharq,  quyosh  botadigan  to m o n   g‘arb  hisoblangan.
I Hsoniyatni  ko'proq  quyosh  chiqish  va  botish  to m o n   qiziqtirib  kelgan. 
( i'arbdan  sayohatchilar,  olimlar,  m unajjimlar quyosh  chiqish  tom onni 
ko'rish  orzusida  k o 'p ro q   sharqqa  to m o n   y o ‘l  olsalar,  sharqliklar 
quyoshning botish tom onini  ko‘rish uchun g'arbga to m o n  yo‘l olganlar.
II  zam onlarda  davlatlar,  m am lakatlar  o 'rtasida  chegara  b o ‘lmagan. 
Sayohatchilar uchun har tom onga yo‘l keng ochiq b o ‘lgan,  Sayyohlarni
musofirlarni  ham m a  xalqlar  hurm at  qilib,  o 'z   xonadonlaridan  joy, 
ilon-tuz  berishgan.
Sharqliklar tasaw urida g‘arb-quyoshning botish tarafi qanchalik sirli 
jumboq  bo'lib  kelgan bo'lsa, g'arbliklarni  esa sharq-quyoshning chiqish 
larafi shunchalik qiziqtirib kelgan.  Sharqning og'zaki va yozma adabiyotida 
(irelsiya  (Yunoniston),  Rum  haqida  anchagina  m a’lum otlar  berilgan. 
Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, qadimdan g'arbda yozma adabiyot, sharqda 
esa og'zaki adabiyot keng taraqqiy etgan.
Ehtimol,  sharqda  ham   yozm a  adabiyot  kuchli  b o ‘lgandir.  A m m o 
islomdan  ilgarigi  yozm a  adabiyot  haqida gap  ketganda,  olim lar turli  xil 
I n x m i n  
vagipotezalargatayanib  xulosachiqarganlar. H ar  bir  xalq  o ‘z 
m adaniyatining  qadimiyligi  bilan  faxrlanadi.  Xalq  b o r joyda  adabiyot 
1юг, san’at taraqqiyoti mavjud.  Sharqda yagona yozma yodgorlik namunasi 
hisoblangan «Avesto» (eram izdan awalgi  IV asr)ni olib ko‘raylik.  Olimlar 
«Avesto»ni  hatto  eram izdan  aw algi  X-IX   asrlarda  yuzaga  kelgan  deb 
aytishmoqda.  Zardushtiylik dinining bu  muqaddas kitobida  m uhim  fal-
21

safiy  ruhdagi  hikoyalar  o ‘rin  olgan.  Bu  noyob  asardagi  bir  hikoyatga 
e ’tib o r  beravlik.  U nda  hikoya  qilinishicha,  yaxshilikni  yaratuvchi 
A huram azda  bilan  yomonlik  kuchi  Ahriman  o'rtasida  kurash  ketadi. 
Yaxshilik  bilan  yom onlik  o 'rtasid a  kurash  hech  to ‘xtam aydi.  G o h  
A huram azda  g'olib  keladi,  goh  Ahriman.  A m m o  ularning  hech  biri 
o'lm aydi  ham ,  yo'q  bo'lib  ham   ketmaydi.  Kurash  davom  etaveradi.  Bu 
hikoyat  ruhini  insoniyat tarixiy taraqqiyotining keyingi  davrlariga,  hatto 
bugungi kun  hayotimizga ham  tatbiq etishimiz mum kin.
A huram azda bor ekan,  Ahrim an  ham turli  xil  ko'rinishlarda yashab 
qolaveradi.  inson  bor  ekan,  yaxshilik  va  yomonlik  o'rtasidagi  kurash 
davom  etaveradi.  Bu  —  tabiatning  qonuni.  Tabiat  o'zi  m ana  shunday 
q a ra m a -q a rsh i  k u ch larn i  yaratib  q o 'y ib d i.  T ab iat  ham   q a ra m a - 
qarshiliklardan  iborat.  Yaxshilik  va  yomonlik  o'rtasidagi  kurash  barcha 
xalqlar  ijodida  ham   mavjud.  Xalq  ijodidagi  qahram onlar  ham m a  vaqt 
yomonlikka qarshi  kurashib kelgan. A m m o yom onlik hech qachon yo'q 
bo'lib  ketmagan.  Yomonlikning  tugashi  va  faqat  yaxshilikning  yashab 
qolishi xalq orzusiga aylanib kelgan.
Sharqning  antik  tarixida  aytilgan  bu  fikr  g'ayritabiiy  kuch  ta ’sirida, 
tasodifan  aytilib  qolinm agan.  Erondan  Baqtriyaga  kelib  yashab  qolgan 
Spitam Zaradushtr tom onidan bu fikrning hikoyatlar ruhiga singdirilishi, 
eng aw alo,  «Avesto»  yaratilgan antik zam onlarda  sharqda  ilm -fanning, 
adabiyot  va san’atning o'ziga  xos  ravishda  taraqqiy etganligidan  dalolat 
beradi.  Ehtim ol,  sharqning antik davrlarida  «Avesto»  kabi  o 'n lab   nodir 
asarlar  yaratilgandir.  Yozuv  taraqqiy  etgan.  C hunki  «Avesto»  bizgacha 
yozma  ravishda yetib  kelgan.  Afsuski,  yuzlab  hikoyalarni  qam rab  olgan 
m ana shu yolg'iz nodir asar «Avesto» haligacha sharq xalqlari tiliga taijima 
qilingan  emas.  Shuning  uchun  ham ,  sharqning  antik  tarixi  yo'q  degan 
fikrlar  asossizdir.
Eram izdan  ancha  ilgari  «Avesto»  bilan  qariyb  bir  davrda  yaratilgan 
« B u n d ax shin » ,  «B eh istun »,  « D o n k rad »   kabi  a sa rla r  h am   a n tik  
zam onning  bebaho  durdonalari  bo'lib,  u  asarlarda  ham   eng  qadimgi 
zam onlarning ko'plab  hikoyatlari  o ‘rin  olgan.
Shunday qilib, zardushtiylik dinining o'm ini  islom dini egalladi.  Sharq 
xalqlarining ilk dini zardushtiylik ham katta siyosiy va m a’rifiy o'rin tutgan. 
Shuning  uchun  ham ,  sharqdagi  ko'pgina  xalqlar  bu  dindan  haligacha 
voz kechgani yo'q.  «Avesto» o 'n   ikki  ming buzoq terisiga bitilgan.
M a ’lu m k i,  A lek san d rn in g   sh a rq q a   qilgan  y urish i  d av rig a ch a
22

I Imclistondan  Kavkazgacha,  Xitoydan  Erongacha  b o 'lgan  bepoyon 
o'lkalarda  zardushtiylik  dini  keng  quloch  yoygan  edi.  M ana  shu 
/a id n s h tiy lik   d in in in g   m u q a d d a s  k ito b i  «A vesto»ni  A le k sa n d r 
Makedonskiy  Istahr  shahri  yaqinidagi  tog‘  etagida  katta  bir  gulhanda 
yoqib  yuboradi.  A toqli  A vestoshunos  olim   A.O.  M akovelskiyning 
ta’kidlashicha,  zardushtiylik  dinini  tahqirlagani  uchun  ham   bu  dinga 
e ’tiqod  qo'ygan  osiyoliklar  Aleksandr  M akedonskiyni  A xrim an  deb 
alay boshlaydilar.  «La’nati badkirdor, zardushtiylik dinini oyoqosti qildi, 
bu  quyosh  xudosi  emas,  Axriman  siymosi-ku,  deya  haqoratlaydilar»1.
Atoqli  sharqshunos  olim  E.E.  Bertels  «Avesto»ning  asl  nusxasini 
A leksandr  M akedonskiy  Eron  sh o h in in g   poytaxti  b o 'lg a n   Istaxr 
(Pcrsepol)  shahridan  topib  olib  yoqib  yuborganini  ta ’kidlab,  shundan 
so'ng  uning  yovuz  A hrim an  deb  nom   chiqarganini,  qoralanganini 
aytadi2.
E.E.  Bertels  va  O.A  Makovelskiy kabi  atoqli  olim larning  yuqoridagi 
likrlari to'g'ri ekanligiga ishonsak, islomgacha bo'lgan davrda sharq xalqlari 
Aleksandrni  xush  ko‘rishmagan.  H atto  uni  yovuz  kuch-A hrim an  bilan 
long  ko'rganiga  e ’tibor  bersak,  sharqliklar  A leksandrni  lskandar  deb 
ataganligi  e ’tirozli  bo'lib  chiqadi,  lskandar  ulug‘  n o m ,  u  quyoshga 
tenglashtirilgan.
Aleksandr  Makedonskiy  O 'rta  Osiyga  yurish  qilganida  (eram izdan 
awalgi  329-327-  yillar)  bu  yerda  M aroqand,  G 'a za,  Kiropil  va  yana 
yetlita shaharning bo'lganligi  m a’lum.  Shubhasiz, shahar bor joyda yozuv 
ham  bo'lgan.  S o 'g 'd   yozuvidagi  tarixiy  kitoblardan  ayrimlari  bizgacha 
yetib  kelganda  edi,  o'tm ishim izga  doir  ko'pgina jum boqlar hal  bo'lgan 
bo'lardi.
Sharq  adabiyotida lskandar obrazining kelib chiqishi va uning paydo 
bo'lishi  haqidagi ko'pgina tadqiqotchilarning fikrlari aniq tarixiy va ilmiy 
likrlarga asoslanmagan.  Sharqda  lskandar obrazining yaratilishi tarixi bir 
tom ondan  islom ning  m uqaddas  kitoblariga,  jum ladan,  «Q ur’on»ga, 
ikkinchi tom ondan, xalqning boy og'zaki ijodiga bog'lanishi to'g'ri izohlab 
I
h
-
i
 ilmoqda.  Biroq, ayrim tadqiqotchilar dalillanmagan fikrlariga asoslanib, 
hii  obrazning paydo bo'lishida Aleksandr M akedonskiy tarixiy shaxsi va 
obrazining ta ’siri katta ekanligini taxm in qilmoqdalar.
1 M akovelskiy A.  O.  Avesto.  Baku,  izd.  A zA N SSSR ,  1960, s.97.
>  Kastyuxin  E.  A.  A leksandr  M akedonskiy  v  literatu m o y   i  folklornoy  traditsii.
M  .  i/d-vo  «N auka».  1972,  s.71.
23

Ayrim  tadqiqotchilar  esa,  sharqning  antik  davrlariga  shubha  bilan 
qaraydilar.
E.  A.  Kostyuxin  «sharqda  hech  qanday  antiklik  b o ‘lm agan»'  («na 
Vostoke  ne  bilo  nikakoy  antichnosti»)  degan  asossiz  fikrlarni  aytadi. 
Asrimizning boshlaridayoq 0 ‘rta Osiyoga kelib katta tarixiy,  arxeologik, 
etnografik ishlar olib borgan rus olimlari S.  P. Tolstov, V. A.  Shishkin,  M. 
E.  M asson,  A.  Yu.  Yakubovskiy,  M .N .  Diyakov,  A.N.  Bershtam ,  G.A. 
Pugachenkova,  L.E.  Rempel,  L.N.  Gumilev,  S.G.  Kloshtom iy,  D .N . 
Lev  kabi  atoqli  olim larning  asarlarini  sinchiklab  o ‘qib  chiqsak,  bu  rus 
olimlari sharq madaniyati, jum ladan, 0 ‘rta Osiyo madaniyati eng qadimgi 
m adaniyat  o ‘ch o q larid an   biri  ekanligini  ilm iy  isbotlab  berishgani 
oydinlashadi.
Haqiqatan  ham ,  faqat  E.A.  Kostyuxingina  em as,  boshqa  ko‘pgina 
olimlar ham hozirgacha 0 ‘rta Osiyoning antik dunyosi bo‘lganligiga shubha 
bilan qarashardi.  Biz ushbu ishda 0 ‘rta Osiyoning antik olamidagi sirli va 
sehrli voqealariga to ‘xtalib o ‘tamiz.
Q adim gi  d av rlarda  o ‘tgan  atoqli  sark ardalar  ich id a  A leksandr 
M akedonskiyning  nom i  butun  dunyoga  m a’lum  va  m ashhurdir.  Yer 
kurrasining  eng  chekka  o ‘lkalarigacha  dong‘i  ketgan  bu  shaxs  yashab 
o ‘tgan  davr  bilan  bizning  zam onam izni  yigirma  uch  asr  ajratib  turadi. 
Bu davr m obaynida u haqda juda ko‘plab asarlar yaratildi.  Uning hayoti 
va faoliyati tasvirlangan, tatbiq etilgan badiiy ham da ilmiy asarlar yuzaga 
keldiki,  hali  hech bir tarixiy shaxs haqida bunchalik ko‘p asarlar yuzaga 
kelmagan b o ‘lsa kerak.  Biroq, oradan yigirma uch asr o ‘tgan bo‘lsa ham , 
Aleksandr Makedonskiy haqida badiiy va ilmiy asarlar yaratish nihoyasiga 
yetganicha yo‘q.  Bunday yaratuvchilik, ixtirochilik yana davom etaveradi. 
Y illar  o ‘tgan  sayin  bu  m asalaga  e ’tib o r  o rtm o q d a,  qiziqish  yana 
kuchaym oqda.  Tadqiqotchilar bu  ikki  obraz  tahlili  orqali juda  ko‘plab 
chigal masalalami hal qilmoqdalar, munozara va bahslar davom etmoqda.
Qadim tariximizga odilona va hushyorlik bilan m unosabatda b o ‘lmoq 
lozimdir.  Xususan,  0 ‘rta Osiyoning antik davriga oid juda ko‘plab tarixiy 
va qimmatli manbalaiga egamiz. Ayrim faraz va noaniq manbalardan qochib, 
iloji boricha dalillar asosida ish ko‘rishga harakat qilamiz.  Bugungi o ‘quvchi 
tarixning aynan o ‘zini bilgisi, tarixiy dalillarni  m ushohada qilgisi  keladi.
1  B ertels  E.  E.  Izbr.  T rudi.  N avoi  i  D jam i,  М .;  izd-vo  «V ostochnaya  literatura», 
1965,  s .315.
24

Hozirgi  kunimizga  kelib,  davr  talablariga  ko’ra  tarixga  munosabat 
o'/gardi.  Shu kungacha qoralanib, salbiy baholanib kelgan ayrim tarixiy 
shaxslaiga nisbatan endilikda ijobiy yondashuvlar paydo bo‘ldi.  Shu nuqtayi 
n a z a rd a n   A le k s a n d r  M a k e d o n sk iy n i  b u tu n la y   sa lb iy   q iy o fa d a  
ta ’riflashimiz  h am   n o to ‘g ‘ridir.  A leksandr  M akedonskiy  orqali  biz 
Osiyoning  antik  davrini  o ‘rganm oqdam iz.  U ning  «Efem erida»  deb 
nomlanuvchi «Shoh jurnali»da qadim  tariximiz yozib qoldirilgan.  Uning 
safdoshlari  Aristobul,  Ptolom ey,  Evm an,  D iodot,  Kallisfen  bebaho 
m anbalarni bitganlar.
«Aleksandmi haqorat qilgan odam  uning qilgan xizmatlarini  inobatga 
olib, o'zini  u bilan solishtirib ko‘rib, so‘ngra gapirmog‘i kerak.  0 ‘ylamay- 
netm ay  uni  n o to ‘g ‘ri  h aq o rat  qilgan  kishi  h ay o td an   o ‘z  o ‘rnini 
topolmagan,  ayanchli odamdir.  Shu sababli bunday odam lar ikki q it’ada 
nom taratgan shohni qoralab, haqorat qilishadi.  M en o ‘ylaymanki, o ‘sha 
paytda Aleksandrning nom i yetib borm agan  na bir shahar,  na bir odam , 
na  bir  xalq  bo'lgan.  Buni  odam larning  ko‘rgan  tu shlarid an ,  sodir 
boMadigan voqealarning oldindan ta ’birini aytib beradiganlarning fikrlari 
orqali  ham  bilish  m um kin.  Ular xotirasida Aleksandr ulug‘  siymo b o ‘lib 
qolgan.  Uning ishlarini esa uni hurm at qilganim uchun,  haqiqat tarafdori 
bo'lganim   u ch u n ,  odam larga  haqiqatni  aytib  berish  u ch u n   tanqid 
qildim»1.
Antik davrlarda yashagan Aleksandr Makedonskiyni bugungi kunimiz 
uchun, bizning zamondoshlarimizga, axborot asrida yashayotgan kishilarga 
ideal  qilib  ko'rsatish,  «Aleksandrday»  bo'lishga  undash  h am   adolatdan 
emas.  O lz davri uchun  ulug‘  bo'lgan Aleksandr o ‘tgan zam onlarda ham  
iillig'ligicha qolgan.  Bugungi kunda bizning zamondoshimiz Aleksandrdek 
bo'lishni  orzu  qilmaydi,  balki  unga  bag‘ishlangan  asarlarni  taajjub  va 
hnyrat  bilan  o'qiydi  ...  Bu  tarixiy  m em uar  asarlardan  tegishli  xulosalar 
chiqaradi,  ulardan tarixiy va  m a’rifiy saboq oladi.
1  A rrian.  0 ‘sh a   a sa r,  2 3 6 -  b et.
25

I  bob.  QADIMGI  YODNOMALAR
GERODOT
Ulug'  yunon olimi va tarixchisi  Gerodot eram izdan awalgi 484- yilda 
Kichik Osiyoning Galikamas1  shahrida tug‘ilgan.  Galikamas shahri  Kichik 
Osiyo va grek shaharlarini bir-biriga bog'laydigan qulay port shahar bo‘lib, 
u  yerda  savdo-sotiq  ishlari  keng  rivojlangan  edi.  Eram izdan  aw algi  XI 
asrda qurilgan bu shaharga turli  mamlakatlardan sayyohlar, yo‘lovchilar, 
donishm andlar,  shoirlar va  m uarrihlar tez-tez tashrif buyurib turishgan. 
Uning otasi  G alikam as  shahrining obro'li  va  savodxon  kishilaridan biri 
b o ‘lgan.  U  o'g'li  G erodotning  yoshligida  bilim  olishiga  alohida  e ’tibor 
bilan  qaray  boshlaydi.  G erodot  bolalik  chog‘laridayoq  atoqli  grek  so‘z 
san’atkorlari va ulug‘  muarrihlarining asarlarini qunt bilan m utolaa qiladi. 
Ayniqsa,  H om er,  G esiod,  Aristey,  Arxilox,  Sapfo,  Alkey,  A nekreont, 
Pindor va  Esxil  asarlarini  qiziqish  bilan  o ‘qiydi.
G erodot grek adabiyotini juda sevadi. Ayniqsa, tarixiy nasr namunalari 
G erodot  e ’tiborini  beixtiyor  o ‘ziga  tortadi.  Osiyo  va  Yevropadagi  bir 
necha  m am lakatlar tarixiga  ham   qiziqish  bilan  qaraydi,  bu  m am lakat - 
larning  geografivasi,  tarixi  va  adabiyotini  o ‘rganadi.  M ashhur  geograf- 
lardan miletlik Kadm,  lampsaklik Xaron kabi o'z davrining atoqli olimlari 
ijodini diqqat bilan kuzatadi. Ayniqsa,  miletlik olim Gekateyaning «Yerni 
aylanib o'tish» asari  G erodotda katta taassurot qoldiradi.
G erodot  dunyoqarashining  yuksalishida  tog'asi  Paniasid  katta  rol 
o'ynaydi.  Paniasid o 'z davrining taniqli shoirlaridan biri edi.  U xalq og'zaki 
ijodiga juda  katta  qiziqish  bilan  qarardi.  Uning xalq  qahram oni  Gerakl 
haqida  to'plagan  hikoyat  va  rivoyatlari  antik  davrlardayoq  xalq  og'zaki 
ijodining rivojiga  katta ta ’sir ko'rsatadi.
G erodot yoshligidan  sayohat  qilishni  yaxshi  ko'radi.  G alikam as port 
shahri, savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi savdogarlar,  yo'lovchilar shahri 
bo'lgani uchunmi, o'spirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi  mamlakatlarga 
borib  keladi.  D engiz  sh u n q o rla ri  va  say y o h lar  tilid a n   g 'a ro y ib  
sarguzashtlami tinglashni juda-juda yoqtiradi.  «Eron tarixi» kitobi G erodot 
e ’tiborini,  ayniqsa,  o'ziga tortadi,  Bu  kitob  lampsaklik  X aron  qalamiga
1 Ayrim  m anbalarda Furiyada tug'ilgan  deyiladi.  M asalan,  S.  Lurye.  G erodot.  AN 
SSSR.  M.  — L..  1947,  str. 10
26

mansub bo‘lib unda  K irva  Kambiz hukmronligiga qaram  Hind,  Baqtriya, 
So'g'd  va  Kavkaz  m am lakatlari  haqida  hikoya  qilinardi.  U m um an 
Ahmoniylar  davlati,  eram izdan  aw algi  V  asrda  Eron-Y unon  urushida 
n o n lik la r   m ag 'lu b iy atg a  u ch rag a n d an   so 'n g ,  y u n o n   m u arrixlari 
Ahmoniylar  davlati  tarixiga  qiziqish  bilan  qaray  boshlaydi.  Xaronning 
• I  ron  tarixi»  kitobida  Ahm oniylar  davlatiga  qaram   bo'lgan  Osiyodagi 
ko'pgina mamlakatlar haqida qimmatli  m a’lumotlar bor.  Kitobda, ayniqsa, 
Illicit riya  va  So'g'diyonada  yashovchi  elatlar,  ularning  jangovarligi  va 
qnhramonligi  haqida  hikoya  qiluvchi  ko‘plab  tarixiy  sujetlar  keng  o 'rin  
egallagan.
( ierodotning ona yurti  Kariya va unga qo‘shni  Ionin va Eoliya ziyolilar 
shahri  bo'lib,  u  qariyb  70  yilga  yaqin  Kir 
Va 
Kambiz tom onidan  barpo 
dilgan ulkan Ahmoniylar davlati ta’sirida bo'ladi.  Ionin - H om er vatanidir. 
Iln  o 'lk ad an   A nakreont,  Appelesa,  Parassiya,  Fales,  A naksim andr 
knbi  o 'z  davrining  donishm and  faylasuflari  yetishib  chiqqan.  0 ‘zining 
lnbiiy go'zalligi bilan  m ashhur b o ‘lgan  loniyaga unga q o 'shni-ona shahri
< ialikai nasdan  G erodot tez-tez tashrif buyurib turadi.  Ioniyaliklar ham  
( )siyo va  Yevropa mamlakatlari bo'ylab dengiz sayohatlariga chiqar edilar. 
Hallo  ular  Turkiya,  Yugoslaviya  yerlari  (aw al  Frakiya  deb  atalgan) 
kabi  uzoq  o'lkalarga,  Pireney  yarimorollari  (o ‘shanda  Terreniya  deb 
iilnlgan go'zal  vohalar)ga ham  kelib ketar edilar.  Ioniyadan  Qizil dengiz 
va Qora dengiz tom onlarga dengiz sayyohlari tinimsiz qatnab turardi.
Hn  sayohatchilardan va uzoq yillar davom etgan  Eron-Y unon  urushi 
i|tilnashchilaridan  G erodot  Osiyo  m amlakatlari  haqida  qiziq  hikoyalar 
t'shlladi.
I  lamizdan awalgi 490- yilda bo‘lib o ‘tgan Marafon jangida greklarning 
rionliklar ustidan g'alaba qozonishi, eronliklarning katta jangga otlanishi, 
I'liimi/.dan awalgi 480- yilda Salamin orolida bo'lib o ‘tgan qirg‘in jangda 
yiinn  greklarning  g'alaba  qilishi,  nihoyat  eram izdan  aw algi  479-  yilda 
bo'lib  o'tgan  Samos jangi,  eram izdan  aw algi  468-  yilda  boMib  o ‘tgan 
I’viimedont  daryosi  (G erodot  u  paytda  15  yoshda  edi)  yonidagi  greklar 
blliin 
eroniylar  o'rtasidagi  to'qnashuvlar  G erodot  tug'ilgan  yillarning 
Uilioyalda og'ir,  ijtimoiy, qarama-qarshiliklarga boy bir davr bo'lganligini 
iinglatadi.  Qirg'in uaishlar, jang-u jadallarni boshidan kechirgan Gerodot 
IliH'ilgan o'lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi.  Bunday tarixiy voqealarni 
ko’p eshilgan G erodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori 
iNi'libqoladi.
27

Eronliklar  ustidan  g'alaba  qozonilgandan  so'ng,  grek  hokimliklari 
o'rtasida o'zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqadi.  G erodotning ona shahri 
G alikam as hokim i  Ligdamidga qarshi ko'tarilgan isyonda  Paniasid bilan 
G erodot  ham   ishtirok etgan edi.  Ligdamid isyonni kuch bilan bostiradi. 
Paniasid o'limga mahkum etiladi. Gerodot esa mamlakatdan quvg'in qilinadi. 
Shundan  so'ng,  bo'lajak  tarixchi  Osiyo  m am lakatlari  bo'ylab  safarga 
chiqishga qaror qiladi.
G o'zal  Ioniya shahriga kelib dengizchilar bilan do'stlashadi.  G erodot 
dastlab  Kichik Osiyoga yaqin  o'lkalarga sayohat qiladi.  So‘ngra  Frakiya
bo'ylab  Yevropa  safarini  davom   ettirib, 
Bolqon  orollarida  bo'ladi.  Istr  (D unay) 
daryosi qirg'oqlariga keladi.  Keyin Vizantiya 
o 'lk a s ig a   b o ra d i.  Bu  y e r la r n i  D o ro  
eram izdan aw algi  512-  yilda skiflar yeriga 
yurish qilishdan aw al bosib olgan edi.  Doro 
hozirgi  Istam bul  shahriga  yaqin  joyda 
Bospor  daryosining  quyi  oqim ida  skiflar 
yeriga  o ‘tish  u c h u n   k o 'p rik   qurgandi. 
G erodot bu ko'prikdan  o 'tib  T ear daryosi 
qirg'oqlari  bo'ylab  o 'z  sayohatini  davom 
ettiradi. (Bobo eski daryosi Turkiya tom onda 
joylashgan,  bu  daryo  G ero d o tn i  o'ziga 
maftun  etadi.  D aryo  b o'yida  yashovchi 
xalqlar  Team ing  shifobaxshligini,  undan 
o d a m la r  
va 
o tl a r n i 
d a v o la s h d a  
foydalanishlarini aytadi.)
Yunon-Troya  urushidan  keyin  greklar 
Q ora  dengiz  bo'y larid a  ayrim   elatlarni 
o'zlariga qaram  qilib olgan  edilar.  Olviya shahri  atrofidagi  o'lkalar ham  
Qora  dengiz  atrofida joylashgan  edi.  Qora  dengiz  bo'ylariga joylashgan 
O chakova  sh ah rid an   shim ol  to m o ng a  to   hozirgi  P aru tin o ,  Ilinsk 
qishloqlarigacha cho'zilgan 25 kilometrlik masofa o'sha paytlarda Gretsiya 
qo'l  ostida edi.1
1- rasm. 
G erodot busti. 
Neapoldagi  milliy muzeyda 
saqlangan.
1  Latishev  V.  V.  Issledovaniye  ob  istorii  i  gosudarsvennoy  ustroystve.  G .  Olvii, 
SPB,  1887,  str.  128.
28

Olviya shahri  skiflarga juda yaqin masofada joylashgan edi.  H atto bu 
shaharda ayrim skif vakillarini ham uchratish m um kin edi.  G erodot Qora 
dengiz  qirg'oqlari  bo'ylab  safardaligida  Olviya  shahri  va  ularga  yaqin 
joylashgan  skiflar haqida  qiziqarli  m a’lum otlarni  eshitadi.  U ndan  ilgari 
ham  skiflar  haqida  talaygina  kitoblarni  o ‘qib,  ularning  hayot  kechirish 
tarziga  qiziqib  qolgan  edi.  G rek  tarixchisi  G ekatay  asarlaridan  skiflar 
I uiqida birmuncha m a’lumotlar olgan edi. Qadim zamonlarda Aristey degan 
shoir o ‘zining «Arimasplar»  poemasida  skiflar hayotini  kuylagan.  Ulug1 
so'z  san’atkori  H o m er  o'zining  «Odisseya»  poem asida  skiflar  yurtiga 
qisqacha  ta ’rif berib,  «bu  ellar  ham m a  vaqt  tu m an  bilan  qoplangan, 
osm onida  qalin  bulutlar  suzardi»  (XI  qo'shiq,  14-15-  m isralar),  deb 
aytgan edi.
M ana shu dalillam ing o'ziyoq yunonlarning eram izdan aw algi V III- 
VII  asrlarda skiflar hayotiga qiziqish bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga 
kelib  ketganligidan,  Yevropa va  Osiyo  m am lakatlari o 'rtasida iqtisodiy- 
siyosiy aloqa mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.  D arhaqiqat,  yunonlar 
bilan  troyaliklar  o'rtasidagi  qariyb  o 'n   yildan  ziyod  davom   etgan 
qirg'inbarot  urush,  eram izdan  aw algi  XII  asrda bo'lib o 'tg an   edi.  G rek 
lashkarlari  hozirgi  Turkiya  yerlariga bostirib  keladi.  H atto  Q ora  dengiz 
bo'ylaridagi ayrim elatlarni ham  o'zlariga qaram qilib oladi.
Eramizdan aw algi VIII asrda yashab o'tgan yunon shoiri H om em ing 
ijodida Y unon-Troya urushi voqealari o'zining ko'lam dor badiiy ifodasini 
topgan.  Troyaliklar bilan skiflar o'rtasida ham   m a’lum  aloqalar  mavjud 
edi.  H om er poem alarida skiflarning bepoyon o'lkalargajoylashganligi va 
ularning juda katta elat ekanliklari ehtiros bilan ta ’riflanadi.
Ilom erdan  so'ng  skiflar  hayotiga  qiziqish  bilan  qaragan  m a ’rifatli 
ziyolilardan biri G erodot edi.  G erodotning skiflar hayotiga qiziqish bilan 
qarashida H om er ijodining ta ’siri bor. G erodot dunyoga kelgan Galikamas 
shahri  H om erning  ona  shahri  loniyaga  qo'shni  hududda  edi.  Shuning 
uchun  ham ,  H om er  poem alari  Ioniya  atrofidagi  shaharlarda ju d a  k o 'p 
i и isxalarda keng tarqalgandi. Galikarnasliklar H om er poemalarini o'qishni 
o'zlari uchun sharaf deb bilganlar.  H atto ular uchun H om er poem alarini 
yod olish  odat tusiga kirgandi.
G erodot  Y unon-Troya  urushi  tafsilotlarini  bayon  qiluvchi  H om er 
dostonlarini  («Iliada»,  «Odisseya»)  berilib  o 'qiyd i,  sh u n d an   so 'n g  
( ierodotda  Troyaga  borish  va  uzoq  skiflar  yurtiga  sayohat  qilish  istagi 
tug'iladi.
29

Gerodot Qora dengiz bo'ylaridagi  Ponta yarimorolidan o ‘tib, Tavrakaga 
-  hozirgi  Qrim  orollariga  keladi.  U ndan  so'ng  M eodita  -  Azov  dengizi 
tom on  yuradi.  Birm uncha  vaqt  bu  yerlarda  bo'lib,  Istr  daryosi  vohasi 
bo'ylab  sayohatini  davom  ettiradi.  Tanais -  Don  daryosi  b o ‘ylarida  skif 
qabilalari  hayoti  bilan tanishadi.
Qora dengiz bo‘ylariga yaqin joylashgan Istriya bo'ylarida Tir va Olviyada 
yashayotgan  greklar  bilan  suhbatlashadi.  C hunki  bu  yerlar  qadim - 
qadim dan  yunonlarga  qaram   edi.  Bu  o ‘lkalarda  asosan  grek-yunon 
qabilalari  yashardi.  Ular skiflar bilan o ‘zaro iqtisodiy aloqa qilib turardi.
G erodot  Borisfen  -  D nepr daryosi  b o ‘ylariga  keladi.  Shundan  so'ng 
bepoyon kengliklar boshlanadi.  Bu yerlarda o 'rm o n  yo'q edi,  faqat turli- 
tum an  o 't-o 'la n la r  o ‘sardi.  Borisfenning  quyi  oqim igina  o 'rm o n   bilan 
qoplangan  edi.  Bu  yerda  u  skiflar hokimi  Ariapaytning  ishongan  kishisi 
Timidan ayrim qiziqarli m a’lumotlarni oladi. G erodotning ta ’kidlashicha, 
Borisfen  daryosi  Istrdan  keyingi  eng  yirik  daryolardan  bo'lib,  «foydali 
narsalarga juda boy edi» (G erodot,  IV, str.  13).
G erodot  G err  -  Sam ara  va  Girkis  -  Donetsk  daryosi  bo'ylarida 
yashovchi  skif  qabilalari  hayoti  bilan  an ch a  y aq in d an   tanish ad i. 
G erodotning bu daryolar bo'yida yashovchi skif qabilalari haqida aytgan 
qiziqarli  hikoyalari  kishining diqqat-e’tiborini beixtiyor o'ziga jalb etadi. 
Nahotki, antik davrlarda Volga,  Don,  Dunay,  D nepr daryolari bo'ylarida 
skiflar yashagan bo'lsa, degan savol xayolingizga keladi. Axir, skif qabilalari 
O 'rta Osiyoda, qadimiy So'g'diyona yerlarida yashamaganmidi, deb o'ylab 
qolasiz.
Q adim da  skif qabilalarining  Volga,  Don,  D nepr,  D unay  daryolari 
bo'ylarida yashaganliklari barcha olimlarning e ’tiborini o'ziga tortadi.  Bu 
haqda  juda  ko'plab  qiziqarli  bahs  va  m unozaralar  bo'lib  o'tadi.  Skif 
qabilalarining bu daryolar bo'ylarida yashaganligi ilmiy jihatdan asoslanadi. 
Atoqli  olim  A.B.  D itm ar  qadimgi  skif qabilalari  haqida  bir  qator  yirik 
tadqiqotlar  yaratadi  va  skiflarning  kelib  chiqish  tarixi  haqida  o'zining 
qim m atli  fikrlarini  bildiradi,  «Skiflar  O 'rta  Osiyodan  tarqalgan  edi,  - 
deb  yozadi  A.B.  D itm er  o'zining  «Skifiyadan  Elefantingacha»  nomli 
tadqiqotida,  - ularning (skiflarning B.F.) tili shimoliy Eron tillari guruhiga 
kiradi, shuningdek,  ular O 'rta Osiyoda yashagan Sak va Massage! qabilalari 
bilan urug'dosh edi.  Kimmeriylar1  o'zlariga yaqin bo'lgan  skif qab ilalari»
1  K im m eriylar—Q ora  dengizning  shim oliy  qism ida  joylashgan  hozirgi  K erchen 
vodiysi,  Q rim n in g   tog'li  o'lkasi.
30

bilan yaqin ittifoq bo'lib yashaganlar.  Qrimning to g ii olkalarida yashovchi 
kimmeriylar skiflarga kirmaydi.
Skiflar1  dehqonchilik bilan  shug'ullanuvchi  ko‘chm anchi  qabilalardan 
bo'lib, asosan ch o ‘l  kengliklarida (Rossiyaning janubiy Yevropa qismida), 
G ipanis  daryosining  quyi  oqim ida ham da Borisfen  daryosi  bo'ylarida 
istiqomat qilishgan.
Mana shu dalilning o'ziyoq Yevropaning ancha ichkarisigacha cho'zilgan 
bepoyon  o ‘lkalarda,  Volga,  Don,  D nepr,  D unay  daryolari  bo'ylarida 
yastanib  yotgan  keng  cho'llarda  skiflar  yashaganligini  tasdiqlaydi.  Ular 
turli sabablarga ko'ra qadimda O'rta Osiyodan bu yerlarga kelib qolgan edi.
Bu  yerlarda  yashovchi  skiflar  «bug'doy,  piyoz,  sarimsoq  va  mosh 
iste’mol qilganlar.  Ular bug'doyni faqat o'zlari uchungina ekib qolmasdan, 
balki  savdo-sotiq  uchun  ham  ekardilar»2.
Gerodot keyinchalik shohlik hukmron bo‘lgan skiflar3  o'lkasiga keladi. 
Bu  skiflar  kuchli  davlatga  ega  edilar.  Tanais  daryosidan  sharqiy  tom on 
;incha  uzoqda joylashgan  bu  skiflarning  o ‘z  podshohlari  bo'lib,  boshqa 
skif qabilalari ularga qaram edi.  Podshohlik skiflar o ‘zga skiflarni o'zlariga 
qul deb bilardi.  G erodot skiflarning urf-odatlari bilan yaqindan tanishadi. 
Ularning  asosiy  yum ushlari  chorvachilikdan  iborat  edi.  Skiflarning 
chorvachilik ishlariga Gerodot katta qiziqish bilan qaraydi.  Ko'chmanchilik 
loniga tekkan skiflar ko'chganda qulay boMsin uchun nam atdan g‘ildirakli 
iirava - uy yasab olgan edilar. Yuk tashish ishlarida otdan tashqari mollardan 
Ibydalanadi.  U larning  eshak  va  cho‘chqasi  yo'q  edi.  Bundan  tashqari, 
( lerodot  skiflarning  harbiy  ishlari  va  qurollari  bilan  ham   tanishadi, 
o'lganadi.
( lerodot yana Olviyaga qaytib keladi.  M a’lumki, bu elda asosan greklar 
yashardi.  Birm uncha vaqt u Olviyada bo'lgandan so‘ng, skiflarga qo'shni 
boshqa xalqlar hayoti va urf-odatlarini o'rganishga kirishadi. Agafirsovlar 
sharqiy  Ruminiya  yurtiga  boradi.  Bu  yerdagi  nevrov  qabilalarining 
hayot ini  o ‘rgana  boshlaydi.  Nevrovlar  o'zlarini  g'aroyib  odam lar  deb 
hisoblardilar.  U lar  har  yili  qishda  «bo‘ri»ga  aylanardi.  Y a’ni,  junli 
kiyimlarni  kiyib, yow oyi  holda yurishga o'rganib qolishgandi.  Ularning
1 D itm ar A.  B.  Ot  skifii do  Elefantini.  G os  izd-vo G eograficheskoy  literaturi.  М ., 
I %  I, sir.  22-23.
1 ( ierodot.  Istoriya v devyati knigax.  Kn.  IV.  17-bob, str.  116.
1 D cm ak.  ayrim   o 'lk alard a  skiflar o'zlarin in g  shohlariga  ega b o 'lm a g a n .—B.F.
31

tili eski slavyan tillariga yaqin edi. Qishda asosan ular o'zlariga bo'ri terisidan 
kiyim tikib olishardi.
Gerodot so'ng Androfa eliga boradi.  Bu elatlar shimol tarafdan skiflaiga 
qo'shni edi.  Ularning yowoyilarga xos odatlari bo‘lib, hech qanaqa qonunga 
bo'ysunmasdi.  K o'chm anchi holda hayot kechirar,  kiyimlari skiflamikiga 
o'xshardi.  O 'zlarining  maxsus  so'zlashuv  tillari  bor  edi.
G e ro d o tn in g   an iq lash ich a ,  skiflarning  shim ol  to m o n id a   yana 
M elianxlenlar  qabilasi  yashardi.  Ular  ham m a  vaqt  qora  tusda  kiyinib 
yurardi.  U rf-odatlari  skiflamikiga yaqin turardi.  Bu qabilalar tillari ham  
Nevrov qabilalari singari  eski  slavyan tillari gruppasiga kirardi.
Shimol tom onda juda sovuq bo'lgan keng yalangliklar joylashgan edi. 
Tanais daryosi bilan  M eotida - Azov dengizi o'rtasida sarm atlar yashardi. 
Ular shimol tom onga cho'zilgan o 'n  besh kunlik keng o'lkada yowoyi va 
xonaki  daraxtlar  ichida  yashardi.  U lar  skiflar  tilida  gaplashardi,  biroq 
ularning  tillari  qadim dan  shakllangan  edi.  Sarm atlarning  urf-odatlari 
skiflamikiga sira ham o'xshamasdi.  Sarmatlar (saramatlar) skif qabilalariga 
urug'dosh  edi.
Sarm atlardan yana shimol tom onga yurilsa,  G erodotning yozishicha, 
qalin  o 'rm o n lar  bilan  o'ralgan  o'lkaga  chiqilardi.  U  yerlarda  budinlar 
yashardi.  Bu xalqning sochlari  malla,  ko'zlari  ko'kish  edi.  Budinlarning 
asosiy  qism i  k o 'c h m a n c h ilik   bilan  hayot  kechirard i.  O vqatlariga 
qarag'ayning  urug'idan  solardi.  Ularning  qadim dan  qurilgan  G elion  - 
Saratov  deb  atalmish  shahri  bo'lgan.  Bu  shahardagi  uylar  yog'ochdan 
tiklangan edi.
B u d in la r  o ra s id a   te lo n la r   h a m   y a sh a rd i.  U la r  sav d o   b ila n  
shug'ullanuvchi shahardan edilar. Telonlar, dehqonchilik va bog'dorchilik 
bilan  ham   shug'ullanardi.  K o'proq  bug'doydan  tayyorlangan  ovqatni 
iste’mol qilishardi.
Budinlardan  keyin  keng  dasht  yerlar  boshlanardi.  Sharqiy  Sibir 
to m o n d a  ovchilik bilan  shug'ullanuvchi  xalqlarni  tissagetlar va  eirklar 
deb  atashadi.  Bu  qabilalar  O 'rol  va  Komega  yaqin joylarda  yashagan. 
U lar  bilan  skiflarning  m a ’lum   aloqasi  bo'lgan.  Biroq,  bu  yerlar  skif 
yerlaridan o'zining sovuqligi va notekisligi bilan ajralib turadi. Tissagetlar 
va zirklarning  orqa  tom onidagi baland to g 'lar (O 'ro l tog'lari  ortidan) 
orasida  argippeylar  yashardi.  U larning  yuzlari  yapaloq,  ulug‘  tarix- 
chi  yozishicha,  soqollari  o'sgan  bo'lardi.
32

A rgip p eylar  p o n tik   daraxtining  hosilini  iste’m ol  qilishgan.  Bu 
daraxtning hosilini  yesangiz danagi ajraladi-da,  qop-qora ichim lik hosil 
bo'ladi.  Bu  ichim likni  asxi  deb  atashardi.  A rgippeylar  b u   ichim likni 
sutga  aralashtirib  non  ham   tayyorlashgan.  U lar  skiflarga  xos  kiyinib 
yursa-da,  tillari  ularnikidan  farq  qiladi.
A rgippeylar  yurti  an ch a  taniqli  edi.  Bu  yerga  skif  vakillari  va 
O lviyadan  grek  avlodlari  ham   kelib  turishadi.  A m m o  u lar  o ‘zaro 
so'zlashuvda taijim onlardan foydalanganlar.
A rgippeylardan  keyin  qanaqaxalq  yashashini  hech  kim   bilm aydi. 
U tom onlar  baland tog‘liklardan iborat b o ‘lgan.Argippeylam ing fikriga 
ko‘ra,  bu  to g ‘da  echki  tuyoqli  odam lar  yashar  em ish.  U n d an   an ch a 
nzoqdagi xalqlar yilda olti oy uxlasharmish.  G erodot bu o ‘rinda tundrani 
nazarda tutayotgan b o ‘lsa kerak.
Argi ppeylardan  shimol  to m o n dab ir  ko‘zli  arim asplar  bor  emish. 
( ierodot bu afsonaga unchalik ishonmasligini aytadi.  U lar bilan yonm a- 
von  tovuq  tusli,  qushlarga  xos  burgut  qanotli  tilla  taqinchoqli  griflar 
yasharkan.  Bu yurtlar nihoyatda boy bo'lganmish. G rek va skif savdogarlari 
bu yurtlarga kelib tilla xaij qilib olar ekan.  Bu yurtlarda oltin ko‘p b o ‘lgan. 
Bu  oMkalarning  qayerda  joylashganini  olim lar  aniq  aytolmayapti.  Yo 
O'rol  tog'i  yoki  shimoliy  Qozog‘iston.  Bu  yerda  Stepnyakda  oltin  koni 
bo'lgan.
Sovramatlar o'lkasidan to 'rtta  daryo oqib o'tgan.  Tanais  (D o n),  O ar 
(Volga),  Lik (O 'rol),  Sirgis (nom a’lum daryo).  Bu daryolaming hammasi 
Mcotid  (Azov) dengiziga quyiladi.  Bu daryolar sohillarida asosan skiflar 
ynshashadi.  Keyingi  vaqtlarda  bu  yurtlarning  hokim lari  ayol  kishilar 
IxVlgan.
Mcotid  dengizidan janub  tom onga,  Panta  bo'ylarigacha  c h o ‘zilgan 
sovramatlar yeri  30  kunlik yo'l.  P anta sohillaridan  Kolxidaga  -  Kavkaz 
log'lariga  o'tish  osonroq.  Bu  yo'llar  so'ngsiz,  biroq  xavf-xatar  yo'q 
liisobi.  Bu yerliklar oltin tumshuqli yoqtirishadi.  G erodot  «Argo»  bilan  Pantadan  suzib  o 'tib ,  kolxidalar 
V u И iga borishga qaror qiladi.
«Argo» uch kun,  ikki kecha deganda milletlar yurtining qishloqlaridan 
biri  Sikopga  yetib  keladi.  Sikopning  tabiati  m aftunkor va  g'aroyib  edi. 
( ierodot  bu  yerdan  boshqa  kemaga  o'tiradi.  Bu  kem a  vino,  meva- 
subzavotlar,  asal, kem a yasaydigan yog'och va yonilg'i olib kelish uchun 
kelayotgan edi.  Kema Panta sohillarida joylashgan bir qancha shaharlarda
33

to'xtab,  Galis  (Qizil  irm oq)  daryosiga  yetib  keladi.  Bu  daiyo  orqali 
Fermodont (Rion daiyosi yaqinidagi bir irmoq) daryosiga keladi.  Shundan 
so'ng  Fasis -  Rion daryosiga o'tadi.  Oxiri kolxidlar o ‘lkasiga yetib keladi.
Kolxidlarni  arablarga,  forslarga  yaqin  xalq  bo'lgan  degan  taxm inlar 
bor.  U lar tanlarining  qora  rangligi,  sochlarining jingalaksimonligi  bilan 
boshqa qabilalardan ajralib turadi.
G erodot  Samos orolida birm uncha vaqt b o iib ,  Osiyo bo‘ylab safarga 
jo'naydi.  Kichik  Osiyo  va  Eron  mamlakatlari  tom on  yo‘lga  tushadi. 
Eramizgacha bo'lgan VI  asrda Kir,  Kserks va Kambiz tom onidan tuzilgan 
Ahmoniylar davlati  nihoyatda kuchayib ketgan edi. Ahmoniylar davlatiga 
hozirgi  Eron,  Iroq,  Afg‘oniston,  Turkiya,  Livan,  Suriya,  lordaniya, 
Isroil,  arab  mamlakatlarining bir qismi,  0 ‘rta Osiyo,  Kavkazorti qarardi. 
Bu  o ‘lkalar  hududiy jihatdan  24  hokimlikka  b o ‘linib,  h ar  bir  hokimlik 
eramizgacha V asrda ulkan Ahmoniylar davlatiga qaram bo‘lgan.
G erodot dastlab Ahmoniylar davlatining markazi bo‘lgan Suz shahriga 
keladi.  Efes  va  Sard  shaharlarida  b o ‘ladi.  Kichik  Osiyodagi  Galis, 
Mesopotamiyadagi  Evfrat va Tigr daryolaridan o ‘tadi.  Frakiya o ‘lkalarini 
kezadi.  Bu yerda u o ‘ng q o ‘liga qilich,  chap qo'liga  nayza tutgan  Ulkan 
odam lar  bilan  uchrashadi.
G erodot  o 'z asarlarida  Kavkaz tog'larini  batafsil  ta ’riflaydi.  Ayniqsa, 
Kaspiy  dengizi  va  uning  sohillarini,  bu  sohilda yashovchi  elatlar hayoti 
haqida qimmatli m a’lumotlar beradi. Araks daryosi  Kaspiy dengiziga kelib 
qo 'sh ilad i,  deydi  tarixchi.  Esxil  o 'zin in g   «Z anjirband  Prom etey» 
tragediyasida  Kavkaz tog'lari  va  Kaspiy dengizi  haqida  so'z yuritadi,  bu 
yerlami  «gekatey  milet»  deb  ataydi.
G erodotning  fikricha,  Kaspiy  bo'ylarida  ko'chm anchi  massagetlar 
yashaydi.  Massagetlar baliq go'shti,  parranda va sutli  taom larni  iste’mol 
qilishadi.  Bu  yerning  xalqlari juda jangari  bo'lgan.  Aytishlaricha,  Eron 
shohi  Kir ham   ularni  o'ziga bo'ysundira olmagan.
G erodot  M esopotam iya  va  Bobil  o'lkalarining  tabiatiga  ham   keng 
to'xtaladi.  Bu joylar  Orol  dengiziga  yaqin  bo'lib,  ayrim  tadqiqotchilar 
bu  o'lkalarga  G erodot  kelmagan  deyishsa,  boshqalar  kelgan  deyishadi.
G erodot O 'rta Osiyo haqida tarixiy jihatdan juda m uhim  m a’lum otlar 
keltiradi.  Bu yerda bir necha hokimliklar mavjudligini,  ularning hammasi 
ulkan  Eron davlatiga qaram  ekanligini ta ’kidlaydi.  Bu hokimliklarni aniq 
nomi  bilan  ataydi.  Jum ladan,  Baqtriya,  G irkaniya,  Kaspiy,  so'g'dlar, 
saklar,  xorasmiylar  va  ariylar.  Bu  o'rin d a  izoh  talab  nom lardan  ariylar
34

Alg'onistonningg'arbiy qismiga joylashgan elatlardir.  Baqtriyaning poytaxti 
o'sha vaqtda  Balx shahri bo'lgan  Kaspiy hokimligiga Turkm anistonning 
lan u bi-g 'arb iy  qism ida  joylashgan  qab ilalar  kirgan.  X orasm iylar- 
x o ra/m lik lar,  s o 'g 'd la r-P o litim e t  (Z a ra fsh o n )  b o 'y la rid a ,  saklar 
I yanshan tog‘ining g'arbiy etaklarida joylashgan  edilar.
Bu xalqlar sharqdan to  Kaspiy dengizigacha bo'lgan hududga tarqalgan.
Girkaniya  bilan  Xorasm  o'lkasi  o'rtasidan  Ares  daryosi  o'tadi.  Bu 
daryodan  u zu n -u zu n   kanallar  qazilib,  sug'orish  sh o xobchalaridan 
dchqonchilikda unumli foydalanadilar.
Shundan so'ng G erodot  Hindiston o‘lkasida sayohatini davom ettiradi. 
Panjobga  boradi.  Bu  yerga  bostirib  kelgan  D oro  haqida  qim m atli 
m a’lum otlar  to'playdi.
G erodot asarida  Hindistonning go‘zal tabiati  o'zining ajoyib tasvirini 
lopgan.  G erodot  keyingi  asarlarida  Liviya,  Misr  o'lkalarini  ham   keng 
lasvirlaydi. Ayniqsa,  Nil daryosi bo'yida yashovchi elatlar,  Kush,  Efiopiya 
inamlakatining tarixi  haqida qim matli  m a’lum otlar keltiradi.
Shundan  so'ng  ulkan  Ellin davlatiga qaram   b o ‘lgan  yana bir qancha 
katta-katta  o'lkalarda  bo'ladi.  Xios,  Teos,  Fokey,  Klasom en,  Rodos, 
Kind,  Milet,  Faselid,  G alikam as  kabi  go'zal  shaharlar  va  u  yerdagi 
t a r i x i y  
voqealarni tasvirlaydi.
G ero d o t  to 'q q iz   kun  kem ada  dengizlar  osha  suzib  N il  daryosi 
qirg'oqlariga joylashgan  Fiva shahriga yetib keladi.  Misrliklar bu shaharni 
Ape  deb  atashgan.
H om er  o'zining  «Iliada»  dostonida  Fiva  shahrining  t a ’rifini  keltirar 
ekan,  bu  shaharning  yetti  darvozasi  bor  ekanligini,  uning  nihoyatda 
inuhtasham   va  go‘zalligini  qayd  etadi.  Nil  daryosining  O 'rta  oqimiga 
loylashgan  bu  shahar  qadim da  Misrning  poytaxti  b o ‘lgan.  Osiyoliklar
I tii  shaharni  Misrdagi  yuz  darvozali  shahar  deb  atashadi.
Fiva  shahri  qulay geografik  sharoitda joylashgan.  Q adim dan  savdo- 
sotiq  va  harbiy  yurishlar  shahri  bo‘lgan.  Qizil  dengizga  chiqish  va  bu 
dnigiz bo'ylab turli tomonlarga safar qilish mumkin edi. Qadimgi davrlarda 
xalq og'zaki  ijodida,  hatto eramizdan awalgi XIII-XII asrlarda Fiva shahri 
haqida juda ko‘plab «Sikl dostonlar» yaratilgan.  Bu dostonlam ing ayrim 
nusxalari  hozirgacha  saqlangan.  M azkur  a n ’analarni  so‘z  san ’atkori 
Hom er ham   ijodiy davom ettiradi.
G erodotning  adabiy  merosi  juda  boy.  Bu  adabiy  merosni  kichik 
uovellalar  yoki  hikoyalar  to ‘plami  deb  ham   atashim iz  m um kin.  Biz
35
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling