Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


  Plutarx.  O 'sha asar,  2 3 9 - bet


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet20/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34

3  Plutarx.  O 'sha asar,  2 3 9 - bet.
2 24

D io d o r  skiflar  va  am azo nk alar  h aqida  y an a  b ir  q a to r  m u h im  
m a’lum otlam i berib o ‘tadi.  Bu o'rinda ularning ayrimlariga to ‘xtalamiz. 
Bir qancha vaqtdan keyin  skiflarda  shohlik  lavozimiga  erkaklar o ‘rniga 
ayollar  chiqib  oladi.  Skif ayollari jang  qilish  va  boshqa  ishlar  b o ‘yicha 
erkaklardan  qolishmas  edi.  Eron  shohi  Kir  davrida  ham   F orm adont 
daryosi  bo ‘yidagi  xalqlami  ayollar  boshqarar  edi.  H atto   ular  urushga 
ham  ayollami tayyorlay boshlaydi. Erkaklami uy-ro‘zg‘o rv a boshqa mayda 
ishlarga jalb  qiladi.  Bu  haqda  maxsus  qonun  ham   chiqariladi.  Ataylab 
o ‘g‘il bolalar yoshligidan urushga yaroqsiz qilib tarbiyalanar,  qizlarni esa 
aksincha,  harbiy  yurishlarga  tayyorlar  edilar.  Shunday  qilib,  ayollar 
hukmdorlik qilgan skif xalqlari juda ko‘p joylarni egallab, katta g‘alabalaiga 
erishadi.  U larning  dovrug‘i  butun  dunyoga tarqaladi.  Lekin bu  uzoqqa 
ch o ‘zilmaydi.  Irakliy ularga qarshi katta urush olib boradi va ularni asta- 
sekin  yengib,  A m azonka  degan  nomni  butunlay  yo‘q  qilib  yuboradi. 
Faqat  ulardan  Penfesiliya  ismli bir jasur ayol  ozgina  qo'shini bilan  tirik 
qoladi va keyinchalik bu ayol Geraklitga qarshi bir nechta janglarda ishtirok 
etadi.  Lekin u ham  Axil tom onidan 
0‘ldiriladi1.
« H atto   E ro n  shohi  K ir  ham ,  -  deb  yozadi  D io d o r,  -  ayollar 
boshqarib  turgan  skiflarni  yenga  olmaydi»2.  Bu  o ‘rinda  D iodor  Eron 
shohi  K irni  m ag‘lubiyatga.  uchratgan  T o ‘m arisni  n azarda  tutyapti. 
A m azonkalar haqida  va ayniqsa  T o‘marisning jasorati  haqida  G erodot 
ham   o ‘zining  «Tarix  yoki  tadqiqot»  asarida  qiziqarli  hikoyalam i  aytib 
o 'ta d i.  X ususan  u  T o ‘m aris  haqidagi  h iko yatid a  shunday  yozadi: 
«Massagetlarga qarshi yurish va Kirning o ‘limi» hikoyasida aytilishicha, 
Kir  Bobilni  bosib  olib,  massagetlami  o ‘ziga  b o ‘ysundirm oqchi  bo'ladi. 
Massagetlar Kaspiy dengizining sharq va g'arb qismlari b o ‘ylab cho‘zilgan 
keng o ‘lkalarga joylashgan juda ko'p sonli qabilalardan edi.  Kaspiy boshqa 
dengizlar bilan qo‘shilmaydi.  Uni uzunasiga 15 kunda suzib o ‘tish mumkin. 
Dengizning  g‘arbiy  tom onida  Kavkaz  baland  to g ‘lar  bilan  o'ralgan. 
Kavkazda  turli  xalqlar  yashaydi.  U lar  yow oyi  daraxtlarning  hosilini 
iste’mol qiladilar.  Dengizning sharq tomonidagi keng tekisliklar Massaget 
yerlaridir.
U lar  ham   otliq,  ham   piyoda jang  qiladilar.  Yoy,  nayza  va  dastalari 
uzun  oyboltalar  bilan  qurollangan.  Tilla  va  misni  juda  ko‘p  ishlatadi.
1 D iodor.  O 'sh a asar,  2 9 8 - 2 9 9 -   betlar.
2  D iod or.  O 'sha asar,  2 3 0 -  bet.
225

xavtli joyiga  o ‘zini  urar,  o ‘ziga  o ‘lim  izlar  ekan,  birdan  u  o ‘q-yoydan 
varalanib yiqilibdi.
Malikaning o ‘lganini ko‘rgan am azonkalar dovdirab qolib, qochishga 
lushibdilar.  Ularning ko‘pchiligi asir olinibdi, ba’zilari o ‘ldirilibdi.  Gerakl 
asirga tushgan A ntiopani Teseyga beribdi. Tesey unga uylanibdi.  G erakl 
Mikeniga, shoh  Evristey huzuriga qaytib kelibdi va Ippolitaning kamarini 
unga beribdi.  Shoh  kam arni qiziga hadya qilibdi, biroq A dm eta kam am i 
taqib yurishga botinmay, uni xudolaiga hadya sifatida Geraklning ehromiga 
topshiribdi1.
Yustinning «Pompey Trog epitomi» asarida shunday fikrlarni o ‘qiymiz.
«Skiflarning  shavkatli  qahram onliklari  to ‘g‘risidagi  hikoyam izni  skif 
xalqining kelib chiqish tarixidan boshlash kerak.  Ularning ayollari jasoratda 
erkaklaridan qolishmasdi,  haqiqatdan ham ,  agar ularning o ‘zlari  Parfiya 
va Baqtriya podsholiklari tuzgan bo‘lsalar, ayollari esa amazonka podsholigiga 
asos  solgandi.  Shuning  uchun  skiflarning  erkaklari  bilan  ayollarining 
qahram onliklari  haqida  fikr yuritadigan  kishi  ikkilanib  qolishadi.  Qaysi 
jins jasoratliroq b o ‘lgan  deb,  bu  haqda qiziqarli hikoyalar aytishadi»2.
Jahon adabiyotida am azonkalar haqida juda ko‘plab asarlar bitilgan.
Qisman b o ‘lsa-da, haqiqatan ham  amazonkalarning b o ‘lganligi haqida 
Plutarx ham  izoh  berib o ‘tadi.
K o‘plar,  shular jum lasidan  Klitarx,  Poliklit,  Onesikrit,  Antigen  va 
Istrlam ing  aytishlaricha,  Aleksandrning oldiga  am azonka  (am azonka  - 
maxsus  otliq  kiyimini  kiygan  chavandoz  ayol)  keladi.  Lekin  Aristobul, 
Aleksandrning  q o ‘riqchisi  Xaret,  Ptolom ey,  Antiklid,  Filon  Fivanskiy, 
teangeniyalik Filipp,  G ekatey  Eretriyskiy,  Filipp  Xalkidskiy vaD urid, 
Somosskiylar  buni  uydirm a  gap  deb  tasdiqlaydilar.  A leksandr  ham  
u larning  fikriga q o ‘shilganday.  A n tip a trag a  batafsil  yozgan  xatida, 
skiflarning  shohi  unga  xotinlikka  qizini  berm oqchi  ekanligi  haqida  so‘z 
yuritilgan.  A m azonka  haqida  esa  hech  narsa  aytilmagan.  Aytishlariga 
qaraganda, oradan ancha vaqt o ‘tgandan so‘ng, o ‘sha paytda shoh bo‘lgan 
Lisim axga  o ‘zin in g   am azo n k a  h aq id a   yozgan  t o ‘rtin c h i  kito b in i 
o ‘qiyotganda,  Lisimax  kulib,  tarixchidan:  «M en  o ‘sha  paytda  qayerda 
edim?»3  deb so‘rabdi.
1  Ellada  q ah ra m o n lari,  T oshkent,  «Yosh  gvardiya»  nashriyoti,  1976,  114— 116 
betlar.
2  Yustin.  E pitom a  P om pey Troga.  V estnik drevney istorii,  1954,  №   2,  str.  211.
'  Plutarx.  O 'sh a  asar, 239- bet.
2 24

D io d o r  skiflar  va  am azo nk alar  h aqida  y an a  b ir  q a to r  m u h im  
m a’lum otlam i berib o ‘tadi.  Bu o ‘rinda ularning ayrimlariga to ‘xtalamiz. 
Bir qancha vaqtdan  keyin  skiflarda  shohlik  lavozimiga  erkaklar o'rniga 
ayollar  chiqib  oladi.  Skif ayollari jang  qilish  va  boshqa  ishlar  b o ‘yicha 
erkaklardan  qolishmas  edi.  Eron  shohi  K ir  davrida  ham   F orm adont 
daryosi  b o ‘yidagi  xalqlami  ayollar  boshqarar  edi.  H atto   ular  urushga 
ham  ayollami tayyorlay boshlaydi. Erkaklami uy-ro‘zg‘or va boshqa mayda 
ishlarga jalb  qiladi.  Bu  haqda  maxsus  qonun  h am   chiqariladi.  Ataylab 
o'g'il bolalar yoshligidan urushga yaroqsiz qilib tarbiyalanar,  qizlarni esa 
aksincha,  harbiy  yurishlarga  tayyorlar  edilar.  Shunday  qilib,  ayollar 
hukmdorlik qilgan skif xalqlari juda ko‘p joylarni egallab, katta g‘alabalaiga 
erishadi.  Ularning  dovrug‘i  butun  dunyoga tarqaladi.  Lekin bu  uzoqqa 
ch o ‘zilmaydi.  Irakliy ularga qarshi katta urush olib boradi va ularni asta- 
sekin  yengib,  Am azonka  degan  nom ni  butunlay  yo‘q  qilib  yuboradi. 
Faqat  ulardan  Penfesiliya  ismli  bir jasur ayol  ozgina  qo'shini  bilan tirik 
qoladi va keyinchalik bu ayol Geraklitga qarshi bir nechta janglarda ishtirok 
etadi.  Lekin u ham  Axil tom onidan o'ldiriladi1.
« H atto   E ro n   shohi  K ir  ham ,  -  deb  yozadi  D io d o r,  -  ayollar 
boshqarib  turgan  skiflarni  yenga  olmaydi»2.  Bu  o 'rin d a   D iodor  Eron 
shohi  K irni  mag'Iubiyatga.  uchratgan  T o 'm arisn i  nazarda  tutyapti. 
Am azonkalar  haqida  va ayniqsa  To'm arisning jasorati  haqida  G erodot 
ham   o'zining  «Tarix  yoki  tadqiqot»  asarida  qiziqarli  hikoyalam i  aytib 
o 'ta d i.  X ususan  u  T o 'm a ris  haqidagi  hik oyatida  sh un day   yozadi: 
«Massagetlarga qarshi yurish va  Kirning o'lim i» hikoyasida aytilishicha, 
Kir  Bobilni bosib  olib,  massagetlami  o'ziga  bo'ysundirm oqchi  bo'ladi. 
Massagetlar Kaspiy dengizining sharq va g'arb qismlari bo'ylab cho'zilgan 
keng o'lkalarga joylashgan juda ko'p sonli qabilalardan edi.  Kaspiy boshqa 
dengizlar bilan qo'shilmaydi.  Uni uzunasiga 15 kunda suzib o'tish mumkin. 
Dengizning  g'arbiy  tom onida  Kavkaz  baland  to g 'lar  bilan  o'ralgan. 
Kavkazda  turli  xalqlar  yashaydi.  U lar  yow oyi  daraxtlarning  hosilini 
iste’mol qiladilar.  Dengizning sharq tomonidagi keng tekisliklar Massaget 
yerlaridir.
Ular  ham   otliq,  ham   piyoda jang  qiladilar.  Yoy,  nayza  va  dastalari 
uzun  oyboltalar  bilan  qurollangan.  Tilla  va  misni  juda  k o 'p   ishlatadi.
1 D iodor.  0 ‘sha asar,  2 9 8 - 2 9 9 -   betlar.
2  D iodor.  0 ‘sha asar,  230- bet.
225

Nayzalari misdan yasalgan. Yoy va oyboltalarining b o ‘yniga yelka aralash 
osib  yuradigan  kam ar  va  tasmalari  tilla  bilan  bezatilgan.  Shuningdek, 
otlarga  sovut  taqar,  suvliqlari,  yuganlariga  bezaklar  taqardi,  tem ir  va 
kumushni  ishlatmasdilar.  Ekin  ekish  bilan  shug‘ullanmasdilar.  G o ‘sht, 
baliq  va  sut  mahsulotlari  bilan  oziqlanishardilar.  F aqat  quyoshni  xudo 
o‘rnida ko'rib, otlam i uning poyiga qurbonlik qiladilar.
Kir ularga qarshi urushni xohlab qoladi.  U  juda m ag‘rur edi.  Shuning 
uchun ham , o ‘zgalami ko‘zga ilmasdi.  Bosqinchilik urushlarida erishgan 
ko‘p g‘alabalar uni  yana  qonxo‘rlik  sari  yetaklaydi.
Massagetlaming podshohi malika T o ‘maris edi.  U nga uylanish niyati 
borligini  izhor etish  uchun  Kir  o ‘z  odam larini  m alikaning  qarorgohiga 
yuboradi. T o‘maris Kiming yovuz niyati borligini sezib, unga rad javobini 
beradi.  Shundan so‘ng Kir mamlakat hokimligini o ‘g‘li Kambizga qoldirib, 
o ‘zi T o‘marisga qarshi ochiq jangga otlanadi.
T o‘maris  barcha  kuchlarini  yig‘ib,  Kimi  qarshi  oladi,  ikki  o ‘rtada 
qirg‘in jang boshlanadi. Vatanparvarlar m ardonavor turib jang qiladilar, 
aw al  ular  uzoqdan  turib,  dushm an  ustiga  yoy  o ‘qlarini  yog‘diradilar. 
So‘ngra nayza va hanjar bilan olishuv boshlanadi. Jang uzoq vaqt davom 
etadi.  Yon  berishni  hech  bir  tom on  xohlamasdi.  N ihoyat,  massagetlar 
g‘olib keladilar, yigirma to ‘qqiz yil (eramizgacha b o ‘lgan 558-529- yillar) 
podshohlik  qilgan  Kir  o ‘ldirilib,  dushm an  lashkarlari  qirib  tashlanadi. 
Kirning o ‘limi haqidagi hikoyalardan eng haqiqatga yaqini m ana shu»1.
G e ro d o t  keltirgan  ushbu  faktning  o ‘ziyoq  q a c h o n la rd ir  skiflar 
podshohi  ayol  kishi b o ‘lganligini tasdiqlaydi.  U larni  qadimgi tarixchilar 
am azonlar,  ya’ni  bir  siynasi  kesilgan jangovar  ayollar  deb  ta ’rif bergan 
b o ‘lishi  m um kin.  Bu  o ‘rinda  G erodot  bergan  t a ’rifga  e ’tibor  qilib, 
massagetlaming  Kaspiy  dengizi-Sharq  va  G ‘arb  tom onidagi  yerlarda 
yashaganini nazarda tutsak, bu joylar Girkaniya va Oks daryosi b o ‘ylariga 
to ‘g‘ri  keladi.  Skif ayollaridan  podsholar  b o ‘lganligini  T o ‘maris  orqali 
ham   isbotlashimiz  mum kin.
Bu o ‘rinda skiflar haqida va am azonkalar xususida to ‘xtalar ekanm iz, 
grek va  Rim tarixi bizga shu narsani aniqlab berib turibdiki, skiflar aslida 
0 ‘rta  O siyodan  tarq alg an   b o ‘lib,  hozirgi  T u rk m an   (G irk a n iy a ), 
Ozarbayjon, Turkiyalildar, Qrim orolida yashovchi turk qabilalari,  Qozon 
atrofida yashovchi tatarlar,  Ural tog‘larigacha ch o ‘zilib ketgan yerlarda
1 G erod ot.  Istoriya v devyati knigax.  Kn.  chetvertaya, str.  325.
226

yashovchi qozoqlar, oltoylik turkiy qabilalar, bu tom oni Xitoyda yashovchi 
uyg‘urlar,  qirg‘izlar  (ular o ‘zlarini  shimol tom ondan  ko‘chib  kelganmiz 
deyishadi,  baribir  bizga  urug‘dosh  b o ‘lgan)  va  boshqa  turkiy  qabilalar 
turli  sabablarga  ko‘ra o ‘sha  qadim  zam onlardayoq  uzoq ellarga  ko‘chib 
ketishgan. Aslida ularning eng qadimiy vatani 0 ‘rta Osiyo bo‘lgan.  Ularning 
tili  bir,  hatto  bir  urug‘dan  tarqalgan.  Faqat  tilidagi  ayrim  o ‘zgarishlar 
geografik muhitga bog‘liq ravishda farqlanib borgan.  Hozir ham  masalan, 
bir millat bo‘la turib, ikki joyda yashovchi kishilar tilida katta o ‘zgarishlaiga 
uchrashi  mum kin.  Bunday turkiy  qabilalar  hozir  bir-biridan  qanchalik 
uzoq  yashamasinlar qarindosh  ekanliklarini,  urug‘dosh boiganliklarini, 
hatto  asli  eng  qadimiy  vatani  0 ‘rta  Osiyo  ekanliklarini  unutmasliklari 
kerak.  Fikrim izcha,  skiflar bir qabilaga m ansub b o ‘lm asdan, bir qancha 
qabila  va  elatlar  yig‘indisi,  ayniqsa,  bir-biriga  yaqin  tilda  so‘zlashuvchi 
qabilalar shu  nom   bilan  atalgan  b o ‘lishi  m um kin.  M asalan,  hozirda  va 
o ‘tmishdagi  turkiy  tilda  gaplashuvchi  xalqqa  skiflar  deb  nom   bersak 
maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Esxil  o ‘zining  «Zanjirband  Prometey»  tragediyasida  A m azonkalar 
haqida qisqacha to ‘xtalib shunday deydi:
«Toki  erkak  zotini  xush  ko‘rmovchi  qavm 
Yashaydigan  qo‘shinlarga duch  kelguningcha 
Bu  q o ‘shinni  tashkil  etar  otliq  ayollar;
Maskanlari  -  Ferm adonta,  Femiskirada.
Suyaklardan  uyum  qurgan  qahhor  Salmides.
Kemalarga dahshat solar dengizda turib,
U lar  senga  ko‘rsatishar  ezgu  yo‘l-yo‘riq‘ .
Bu o ‘rinda  ulug‘  dram aturg am azonkalar nom ini  aynan tilga olmasa 
ham,  gap  m azm uni  am azonkalar haqida borayotganligini  anglash  qiyin 
em as.  Bu  o 'rin d a   am azo n k ala r  O rol  dengizi  b o ‘ylaridan  Kaspiy 
dengizigacha  ch o ‘zilib  ketgan  keng  o ‘lkada  yashaganliklarini  tasaw u r 
qilish  mumkin.  Bundan chiqadiki, am azonkalar dovrug‘i  Esxil yashagan 
davrlardayoq uzoq Gretsiyaga tarqalgan edi.  Bunday faktlar juda qimmatli 
bo‘lib,  am azonkalar haqidagi tasaw urim izni boyitadi.  Demakki, bizning
1 Esxil.  «Zanjirband  Prometey»: Toshkent, G ‘.  G 'u lo m   nom idagi adabiyot va san ’at 
nashriyoti,  1978,  64-  bet.
227

jasur  ayollarimiz  qadim da  qorong‘u  kulbalarda  quldek  hayot  kechirib 
qolm asdan, jahonga dovrug‘  solib,  hukm ronlik ham  qilib kelgan.
Esxilning  «Zanjirband  Prometey»  tragediyasida  am azonkalar  tilga 
olinib  o'tiladi.  H atto,  am azonkalar  ham   tog‘ga  zanjirband  qilingan 
P ro m etey n in g   ayan ch li  holini  k o 'rib   ach in g an   ek an lar.  B u nd an  
ko‘rinadiki,  am azonkalar  haqidagi  hikoyatlar faqat  afsonalardan  iborat 
bo‘lib qolmasdan, balki tarixiy haqiqatga ega.  Eramizdan awalgi V asrlarda 
a m a z o n k a la r   n o m i  Esxil  y a s h a g a n   o ‘lk a la rg a   y e tib   b o r g a n . 
A m azonkalarning  Kaspiy  bo'ylarida  yashashi,  hatto  Kavkaz  to g ‘ida 
zanjirband qilingan  Prom eteyning holini  ko‘rib achinganligini  Esxilning 
ta ’kidlashi fikrimizning dalilidir.
Shu  o ‘rinda  aytib  o ‘tish  lozimki,  Am azonkalarning  Prom eteyning 
holini ko‘rib achinganligi afsonaviy hodisaga o ‘xshaydi.  Chunki  Prometey 
afsonasining  o ‘zi  m ifologik  xarakterga  ega.  Biz  u ch u n   Esxilning 
am azonkalar haqida fikr bildirishining o ‘zi m uhim  aham iyat kasb etadi. 
Chunki  Esxildan ilgari  Am azonkalar haqida grek xalq  ijodiyoti  («Ellada 
qahramonlari») orqaligina m a’lumotlar olgan edik. Individual adib ijodida 
am azonkalar  h aq id a  hech  bir  fikrlarni  uchratm ag an  b o ‘lsak,  endi 
Esxilning  «Zanjirband  Prometey»  tragediyasida  bu jasur ayollar haqida 
so‘z yuritish  masalani  yanada  oydinlashtiradi.
Achinmoqda senga hatto,
Sheryurakli  am azonkalar1.
A m azonkalar haqidagi  ham m a faktlarda xoh  u  mifologik xarakterga 
ega b o ‘lsin, xoh tarixiy fakt boMsin, jasur ayollar bo ‘lganligi qayd qilinadi. 
A m azonkalar dushm anga  nisbatan shafqatsiz bo'lgan.  Esxil  aytganidek, 
bu  skif avlodlari  b o ‘lmish  ayollar  «Sheryurakli»  edi.
G archi mifologik xarakterga ega bo‘lsa ham , ko‘pgina asarlarda ayrim 
joylar,  hatto  qahram onlar  ham   tarixiy  b o ‘lishi  m um kin.  Bu  xolni  biz 
yunon  mifologiyasining  boshlanishi  b o ‘lmish  H o m er  asarlarida  ham  
uchratamiz.  Mifologik xarakterga ega bo‘lsa-da Esxil asarlarida joy va tarixiy 
qahram onlar  nom ini  uchratam iz.  Kavkaz  tog‘i,  skiflar,  am azonkalar 
haqidagi  m a’lum otlar fikrimizning dalilidir.

Esxil.  Z anjirband P rom etey, T oshkent,  G ‘.  G ‘ulom  nom idagi A dabiyot va sa n ’at 
nashriyoti,  1978,  39-  bet
228

Ehtim ol,  Esxil  Kavkaz tog‘lari,  Q ora dengiz va Kaspiy b o ‘ylab 0 ‘rta 
Osiyo  tom onlarga  kelgandir.  Yoki  bironta  grek  sayyohidan  bu  o ‘lkalar 
haqida  m a ’lum otlar  to ‘plagandir.  Chunki  tarixiy  joylar  ju g‘rofiyasini 
o ‘z  asarida  aniq  chizib  berganligiga  guvoh  b o ‘lamiz.  Bu  xolni  biz 
Prometeyning  Argos  shohi  Inahining  qizi  Ioga  aytgan  so‘zlari  orqali 
yaqindan bilib olamiz.
Sen-chi,  Io,  so‘zlarimni jo   qil  qalbingga,
Bilmoq b o ‘lsang sargardonlik intihosini.
Bunday  o ‘tib  haydalmagan  dalalar bo'ylab,
Odimlaysan M ag‘rib sari.  U yerda senga 
Y o‘liqadi  ko‘chm anchi  xalq  -  vahshiy skiflar1.
Bu o ‘rinda  Esxil  m ag‘rib tom onlarda «haydalmagan yerlar» borligini 
ta ’kidlash  bilan,  skiflarning  yer  haydab,  dehqonchilik  qilishdan  ko ‘ra, 
ko‘proq chorvachilik bilan shug‘ullanishlarini qayd etm oqda.  Shu bilan 
birga,  Esxil  skiflarni  «ko‘chm anchi  xalq»  deb  aniq  izoh  berm oqda. 
Yuqoriaa ko‘rib o ‘tganimizdek,  skiflar tarixi bilan shug‘ullanuvchi yirik 
mutaxassis olimlar,  skiflarning qadim   zam onlarda asosan  ko‘chm anchi 
va  yarim  ko‘chm anchi  b o ‘lib  yashaganliklarini  va  asosan,  chorvachilik 
bilan shug‘ullanganligini  aytgan  edilar.
Esxil skiflarning asosan chodirlarda yashaganliklarini qayd qilib o'tadi. 
Bu  chodirlar  hatto  g‘ildirakli  aravaga  tortilganligini  ham   ta ’kidlaydi. 
Haqiqatan ham , tarixiy manbalarda qayd qilinishicha, skiflarning ko‘chib 
yurishi  qulay  b o ‘lishi  uchun  chodirlarini  aravachalarga  o ‘m atib  olgan 
edilar.  Bu haqda shunday yozadi:
U lar bari  chodirlarda  o ‘tkazishar  kun,
C hodir jilar  g‘ildiraklar  yordami  bilan2.
Esxil  skiflarning jangovar  xalq  bo'lganligini  aytadi.  Ayniqsa,  skiflar 
kam ondan  o ‘q  otishga  usta  bo'lganligini  ta ’kidlaydi.  Jangovarlikda  va 
kam ondan  o ‘q  otishda,  ularga  bas  kelish  qiyin  edi,  deydi.  Esxil  skiflar 
yurtida  b o ‘lgandek,  xuddi  ular bilan  uchrashgandek  aniq  m a’lum otlar
1  Esxil.  Z anjirband  P rom etey,  63-  bet.
2
  Shu  kitob,  63-  bet.
229

beradi.  «Zanjirband  Prometey»  tragediyasidagi  ayrim  m isralam i  o ‘qib, 
ehtimol,  Esxil  olis skiflar yurtiga  kelgandir,  deb  o ‘ylanib qolasan,  kishi.
Yovni  ko‘zlab olislardan kam on tutganlar.
0
‘q  otishar,  sen  ularga kelmagin yovuq.
Vale  yo‘ling tushaversin kanora b o ‘ylab,
G ‘arqob b o ‘lib zorlanadi  unda dolg‘a la r '.
Esxil  skiflarning  behudaga  o ‘q  uzmasligini  aytadi.  Agar  sen  ularga 
ozor bermasang,  ularga dushmanlik ko‘zi bilan qaramasang, ular bekoiga 
hujum  qilmaydi,  deydi.
Esxil Amudaryoning ham  qadimiy nomini tilga olib o ‘tadi.  Bu yerlardan 
so‘qm oq  axtarib  ovora b o im a ,  baribir adashib  ketasan,  deydi  shoir.
Esxil  A m u d a ry o n i  A raz  n a h ri  d eb   atay d i.  B o sh q a  q ad im g i 
tarixchilam ing asarlarida  Oks,  Araks deb  nomlangan.
Y ura-yura so‘ng  kelasan Araz  nahriga,
Behudaga berilmagan ana shunday nom.
O ltib  b o ‘lmas,  u  yerdan  sen  so‘qm oq  axtarm a2.
Tragediya muallifining ta ’kidlashicha, Araz daryosiga Kavkaz tog‘lari 
yaqin.
Esxil  o ‘z asarida am azonkalar m ana  shu Araz  daryosiga yaqin joyda 
yashayotganligini  ishora qiladi.  Bu o ‘rinda Araz daryosi qadimgi greklar 
tilida nomlangan Oks daryosi ekanligiga shubha qilmaymiz.  So‘ngra, deydi 
Esxil,  yuksak  c h o ‘qqili  viqorli  tog‘lar  orasidan  o ‘tib,  «peshingacha 
sandiroqlaysan».
Toki  erkak zotini  xush  ko‘rmovchi  qavm,
Yashaydigan  q o ‘shinlar  duch  kelm aguncha3.
T ra g ed iy an in g   keyingi  q ism ida  a m a z o n k a la r  h a q id a   k en g ro q  
m a’lum otlar beriladi.  Esxil  am azonkalarning  «otliq  ayollar»  ekanligini 
ta ’kidlaydi.  A m azonkalarning viloyati F erm odonta,  Fem iskirada degan 
o ‘lka ekanligi ham  aniq ko‘rsatib o‘tiladi.
1  O 'sha 
joyda,  63-  bet.
2  Shu 
kitob,  63-  bet.
3 Esxil.  «Z anjirband  P rom etey»,  63-  bet.
230

Bu  qo'shinni  tashkil  etar  otliq  ayollar,
Maskanlari  -  Ferm odonta,  Femiskirada.
Esxil  am azonkalar  haqida  ta ’rif berar  ekan,  Osiyo  to ‘g ‘risida  ham  
to ‘xtalib o'tadi.  Shundan so‘ng «Yevropaning dalalarin qoldirib ortda», 
«Osiyo q it’asiga yetib  kelasan»  deydi.  Bu o 'rin d a  «Osiyo»  so‘zi  «Asiylar 
qit’asi» deb berilgan.  Esxil osiyoliklarga yuksak bah o  beradi.  Osiyoliklar 
«Bor  n e’m atni  yaratuvchi  xalqi  azim»  degan  fikm i  aytib  o'tgan,  ya’ni 
bu o'lka osiyoliklar yashaydigan joy noz-u ne’matlaiga m o‘l-ko‘1, ham m a 
narsa  yetishtiriladi,  to'kin-sochinlik,  degan  m a’noda.
K o'rinib turibdiki,  Esxil o'z tragediyasida am azonkalar haqida alohida 
to'xtalib  o'tib ,  keng  izoh  berm oqda.  A m azonkalar  haqidagi  fikrimizni 
boyitmoqda.  Ularning yashayotgan o'lkasi Osiyo tarafda,  Kavkazga yaqin 
joyda,  degan gaplam i aytmoqda.
Bundan shunday xulosa chiqarish m um kinki,  dem ak,  Esxil yashagan 
zam onda  am azonkalarning  dovrug'i  uzoq  G retsiyagacha borib  yetgan. 
Xususan,  Esxil  va  uning  zam ondoshlari  am azo n k alar  haqida  keng 
m a’lumotlarga ega bo'lgan. Osiyolik jasur ayollar o'zlarining erki va iqboli 
uchun  kurashib,  uzoq ellarga ham   m a’lum  va  m ashhur bo'lgan.  Bugun 
biz  avlodlar  bu jasur  ayollarimizning  izini  qidirib  topm oq  uchun  hali 
ko'p  xayrli  ishlar  qilishimiz  lozim  bo'ladi.
Am azonkalar nom i  H om er yashagan zam ondan b ir necha yuz yillar 
ilgari  ham   m a’lum   va  m ashhur  bo'lgan.  Aytishlaricha,  yunonlar bilan 
troyaliklar  o 'rtasid a  b o'lib  o 'tg an   jangda  am azonkalar  katta  jasorat 
ko'rsatadi.  Olim larning  aniqlashicha,  bu  urush  m iloddan  aw algi  X III 
asrda bo'lib o'tgan ekan.  O 'sha qirg'in urushda am azonkalar o 'z  qavmlari 
b o'lm ish  troyaliklarning  nihoyatda  o g 'ir  ahvolga  tushib  qolganini, 
yunonlam ing qurshovida qolgan xalq o 'z   shahrini  m ardonavor him oya 
qilayotganini  eshitib chidab turolmaydi.  Shunday og'ir ahvolda do'stga 
yordam   berm oqni  ular  o'zlari  uchun  buyuk  sharaf deb  bilishadi.  Axir 
skiflar  avlodi  ilgari  bir  necha  bor  Troyaga  tashrif  buyurishgan,  shoh 
Priam ning ulug'  m ehm oni bo'lishgan.  Troyaliklar bilan skiflar o'rtasida 
qalin do'stlik, savdo-sotiq, bordi-keldi yo'llari mavjud edi. Am azonkalar 
troyaliklarni katta fojia kutayotganini,  hatto ulug'  pahlavon Xektorning 
o iim i haqidagi shum  xabarni eshitib,  shoshilinch yo'lga tushadilar. Tez 
k u n d a  u c h q u r  o tla r  m in g an   m alik a  P en fesiliy a  b o sh ch ilig id ag i 
am azonkalarning katta qo'shini Troyaga yetib keladi.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling