Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet21/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34

231

G ‘am -g ‘ussaga  botib  o ‘tirgan  Troya  shohi  Priam   am azonkalarning 
yordam ga  kelganini  eshitib  behad  xursand  b o ‘ladi.  M alika  Penfesiliya 
sharafiga katta ziyofat berib,  o ‘z  qizidek shod-u hurram lik bilan  qarshi 
oladi.  Erkaklardek shijoatga ega bo‘lgan, kuch-qudrati to ‘lib toshgan malika 
yunonlam ing barcha pahlavonlarini mahv etam an, kemalariga o ‘t qo‘yib 
ham m a  T roy a'dushm anlarini  qirib  tashlaym an,  deydi  ko‘zlarida  o ‘t 
chaqnab.
N ihoyatda epchil,  ayniqsa, kam ondan o ‘q otishda hech kim  teng kela 
olmagan amazonkaliklar, troyaliklaming qolgan-qutgan barcha jangchilari 
bilan  birikib  ertasi  kuni  axeylarga  qarshi  jang  boshlaydilar.  Axeyliklar 
amazonkalarning shiddatli jangiga dosh berolmaydi. Axeylaming qurollari 
asosan qilich-qalqon va nayzadan iborat edi. A m azonkalar ot ustida yoy 
o ‘qini bexato otib,  axeylarni  qirib,  tobora  dengiz to m o n   surib borardi.
Y unonlarning  m ag‘lubiyatga  uchrashi  aniq  b o ‘lib  qoladi.  K atta 
g ‘alabadan  ru h an   tetiklashgan  troyaliklar  va  am azo n k alar  yan ad a 
shiddatliroq  jang  qilishar  edi.  N e-ne  jang  ko‘rgan  yunon  lashkarlari 
sarosimaga tushib qoladi. Raqiblarining bunchalik kuch-qudratni qayerdan 
olganliklariga hayron edilar. Shunda kutilmaganda yunon pahlavoni Axilles 
yordamga yetib keladi.  Axilles sherday o ‘kirib jangga kiradi.  Penfesiliya 
Axillesni m o ‘ljalga olib nayza otadi.  Nayza pahlavonning qalqoniga tegib 
sinib ketadi.
A m azonkalar malikasi pahlavonga qarata ikkinchi m arta yoydan o ‘q 
otadi, am m o bu safar ham  uni jarohatlay olmaydi.  Shunda Axilles g‘azabga 
to‘lib bor kuchi bilan raqibiga tashlanib, uni yaralaydi. Malika yaralanganini 
sezib,  qilichini  yalang‘ochlab,  endi  Axillesni  o ‘ldirishga  qaror  qiladi. 
Axilles  raqibining  yaralanganidan  foydalanib,  vujudi  kuchga  to ‘lib, 
shunday nayza sanchadiki, natijada nayza otning b o ‘ynidan kirib, malikaga 
borib  sanchiladi.  M alika  oti  bilan  birga  yiqilib  tushadi.  Shunda Axilles 
raqibining  boshidagi  dubulg‘a  (shilom)sini  yechib  qarasaki,  ayol  kishi 
bilan  jang  qilib  g‘olib  chiqqan  ekan.  Pahlavon  m alika  Penfesiliyaning 
husn-jam olini  k o ‘rib,  mahliyo b o ‘lib  qoladi.
Penfesiliya  shu nd ay  g o ‘zal  ediki,  h a tto   u  g o ‘zallikda  m a ’b u d a 
Artem idadan h am  qolishmasdi. Axilles malikaning qarshisida sarosimaga 
tushib,  uni  chin  yurakdan  sevib  qolganini  sezib,  dili  fig‘on  bo'ladi.
So‘ngra  ulug‘  pahlavon  Axilles  malikaning  jasadini  chuqur  qayg‘u 
bilan janggohdan olib chiqib, troyaliklarga hadya etadi. Troyalildar jangda
232

m ardonavor halok bo'lgan yana o 'n  ikkita am azonkaning jasadini qurol- 
aslahalari bilan qo'shib,  izzat-hurm at bilan  o 'td a  kuydiradilar.
Yana bir hikoyatda  aytilishicha,  am azonkalar hatto  Afinaga bostirib 
borishadi.  O 'sha vaqtda Afina podshosi Tesey edi. Tesey «argo» kemasida 
«oltin junli teri» qidirib Kavkaz tog'lariga,  hatto skiflar yeriga ham  kelib 
ketgan.  Bunday xatarli safar chog'ida k o 'p  m arta jan g -u  jadallar,  qirg'in 
urushlarni boshidan kechirgan.  U hatto Am azonkalar shahri Femiskiraga 
hujum  qilib,  bu  shaharning  malikasi  A ntiopani  sevib  qoladi.  Shundan 
so'ng,  A ntiopani o'ziga xotin qilib uzoq Afinaga olib  ketadi.  Afmaliklar 
malikani  katta hurm at bilan qarshi oladilar.
A m azonkalar o 'z  shohi A ntiopaning uzoq ellarda sarson-sargardon 
bo'lishidan xavotirlanib,  m alikani  asiralikdan  ozod  qilish  u ch u n   uzoq 
A finaga  yurish  boshlaydilar.  A m azo n k alar  sh ah arn i  vayron  qilib, 
attikaliklarni  yoydan  o 'q q a  tutib,  chekinishga  m ajbur etadilar.  O 'z  eri 
Teseyni  nihoyatda sevib qolgan,  A ntiopa ham  eri bilan birga o 'z  qavm - 
u  qarindoshlari  b o'lgan  am azonkalarga  qarshi  shiddatli jangga  kiradi. 
Ikki  o 'rta d a   qattiq  jang  boshlanadi.  N ogahon,  otilgan  b ir  yoy  o'q i 
A ntiopaning  ko'kragiga  sanchiladi.  M alika  yonida jang   qilayotgan  eri 
T esey nin g  o y o g 'ig a   yiqilib,  jo n   b erad i.  O 'z   sh o h i  A n tio p a n in g  
am azonkalar  odatiga  xiyonat  qilib,  o ig a n in i  eshitgan  otliq  ayollar 
Afinani tark  etib,  o 'z  yurtlariga qaytib keladilar.
B unday  afsonaviy  hikoyatlar  asosida  m a ’lu m   d arajad a  h aqiqat 
yotganligini sezamiz.  Skif avlodlaridan b o im ish  am azonkalarning qadim  
zam onlardayoq,  Troya,  Afina  kabi  uzoq  ellarga  m a’lum   va  m ashhur 
bo'lishi  bugungi  kundagi  xotin-qizlarim izning  h am   qalbini  iftixor  va 
g'u ru r  bilan  to'ldiradi.
OLTIN  JUNLI  TERILAR  O'LKASI
Antik davrlardayoq yaratilgan tarixiy asarlarda Armaniston o'lkasi haqida 
juda  ko'plab  go'zal  ifodalam i  ko'ram iz.  Qadimgilar,  Y erevan  shahrini 
antik  dunyoga  mansubligi jihatidan  A finadan  keyingi  ikkinchi  o'rin d a 
turadi,  deb bejiz  aytishmagan  edi.
M uhim i shundaki,  qadimgi zam onlardayoq A rm aniston deb atalgan 
bu o'lka,  hozirgacha ham   o'zining m a’nosini yo'qotgani yo'q.  Shuning 
uchun  ham ,  eram izdan  aw al  V III-V II  asrlardayoq  yunon  adiblari  o 'z
2 33

asarlarida A rm aniston haqida qiziq hikoyalar yozib qoldiigan edi.  Boshqa 
bir m anbalarda kolxidlar yurti  Kavkaz tog'i etaklari b o ‘lib, Arm anistonni 
ham  o ‘z ichiga olardi, deyilgan.
Antik davrlardayoq greklar va rimliklar Armanistonga kelib-ketganligi, 
bu o ‘lkada g‘aroyib voqealaming guvohi bo‘lganliklarini o ‘z yurtdoshlariga 
aytib  ado  qilolmasdi.  Bunday  adog'i  yo‘q  hikoyalam ing  к о 'plan  o 'sh a 
antik zam onlardan bizning kunimizgacha saqlanib qolgan.
Qadimgi yunon va rimliklar Kavkaz tog'i etaklaridagi ko‘pgina xalqlami 
um um iy nom  ostida A rm aniston deb atashardi.
A rm aniston  podshohligi  Parfiyadan  keyin  kattaligi  b o ‘yicha  barcha 
podsholiklardan  ustun  turardi.  A rm aniston  K appadokiyadan  Kaspiy 
dengizigacha  bir  yuz  ming  qadam ni  egallagan,  kengligi  esa  yetti  yuz 
ming  qadam dir.  A rm anistonga  fessaliyalik  Yason  asos  solgan  degan 
m a’lum otlar  bor.  Ajoyib  jasurliklar  k o ‘rsatgani  u ch u n   Y asonni  o ‘z 
davlatining  xavfli  shaxsi  hisoblagan  Peliy  o ‘ldirm oqchi  bo'ladi.  Biroq 
ayrim sabablarga ko‘ra bu qotillik amalga oshmay qoladi.  Shunday maqsad 
bilan Peliy Kolxidga yurish e ’lon qilib, u yerdan Yasonga mahalliy xalqlar 
uchun katta yodgorlik hisoblangan oltin junli qo‘y terisini olib keltirishni 
buyuradi1.  A ytishlaricha,  bu teri oltin junli q o ‘yniki  bo'lgan ekan.
Oltin  junli  teri  haqidagi  afsonalar  k o 'p   o ‘tm ay  haqiqatga  aylanadi. 
Soddadil va jasur elladaliklar, haqiqatan ham ,  Kavkaz tog‘lari etaklaridagi 
Kolxidlar yurtida bebaho oltin junli teri bo'lsa kerak, deb qattiq ishonishadi. 
(Balki  oltin kabi tovlanib turuvchi  Buxoro surlari,  turkm an qorak oilari 
qaysidir b ir sabablarga ko 'ra o'sh a zam onlarda elladaliklar qo'liga tushib 
qolib, ularning qo'ylari oltin junli bo'ladi,  degan afsonalar to'qilgandir.) 
Oltin  junli  teri  haqidagi  afsonalar  butun  Ellada  bo'ylab  tez  tarqaladi. 
«Ellada qahram onlari»  nomli  qadim iy hikoyalarda m ana shu oltin junli 
teri vohasi  o 'z  badiiy ifodasini topgan.
Yustin o'zining «Pompey Trog epitomi» asarida ta ’kidlab o'tgan  Peliy 
va Yason voqeasi  ham   «Ellada qahram onlari»dan  keng o 'rin   egallagan. 
U nda  hikoya  qilinishicha,  Fessaliyada  ko'rfaz  sohilida  b ir vaqtlar  Iolk 
degan boy va go'zal shahar bo'lgan ekan.  U nda  Ezon degan chol shohlik 
qilar ekan.  Peliy ismli o 'jar va am alparast ukasi  Ezonni taxtdan tushirib, 
o'zi hukmronlik qila boshlabdi. Ezon Peliygabo'ysunibdi, lekin o 'z qadrdon
1  Y ustin.  «P om pey  T rog  epitom i»,  «Vestnik  drevney  istorii»,  1955,  №   1,  224-
bet.
2 34

shaharini tashlab ketmay,  Iolkda oddiy fuqaro qatori turib qolibdi.  Kichik 
o ‘g‘li Yasonni esa Peliydan qo‘rqib,  Pellon tog‘idagi o ‘rmonga jo ‘natibdi.
Pellon  yonbag‘irlaridagi  o ‘rm onda  kentavrlarning  yow oyi  qabilasi 
yashar  ekan.  Bular  yarim  odam -yarim   ot  qiyofasida  b o ‘lib,  boshlari 
bilan  tanalari  odam nikiga  o ‘xsharkan,  lekin  to ‘rt  oyoqli  ot  gavdasiga 
o‘mashgan ekan.  Kentavrlar vahshiy bo‘lib, mamlakatning tinch aholisiga 
xavf  solar,  b a ’zi-ba’zida  yow oyi  poda  singari  ch an g -to ‘zon  k o ‘tarib, 
tog‘dan  tushar  va  ekinzorlarni  toptab,  duch  kelgan  tirik jonni  yanchib 
halok  qilar  ekanlar.  Biroq  bu  yow oyi  m ahluqlar  orasida  aql-farosati 
bilan  dong taratgan  Xilron  nomli  bir keksa  kentavr b o r ekan.  Ezon  o ‘z 
o'g'lini xuddi o ‘shaning tarbiyasiga topshiribdi.
Yason  X ironning tog‘dagi g‘orida ko‘p yillar yashabdi.  Qari  K entavr 
uning badanini chiniqtiribdi,  o ‘sm im i kuchli va epchil  qilibdi,  nayza va 
qilich bilan m uom ala qilishni o ‘rgatibdi, unga tabiatning ko‘pgina sirlarini 
ochibdi va dushm an bilan kurashda hiylagar bo'lishni  uqtiribdi.
Iolkda  Peliy  shohlik  qilar  ekan.  Q o‘li  ostidagi  shaharda  unga  hech 
qanday tahdid bo‘lmasa  ham ,  doim o  uni  allaqanday dahshat  qiynoqqa 
solar ekan.  U tez-tez karomatli kohinlarga m urojaat qilib,  uzoq yashash- 
yashamasligini va shohligiga kim to ‘siq boMishini so‘rar ekan.
Bir  kuni  u  kohindan,  menga  kim  tahdid  qiladi,  deb  so‘ragan  ekan, 
kohin:
-  Bir  oyog‘iga  shippak  kiygan  odam ,  -  debdi.
Peliy  bu  gapni  qulog‘iga  quyib  olibdi,  shu  kundan  boshlab  u  kim 
bilan uchrashsa dastaw al oyog‘iga qaraydigan b o ‘libdi.
Yason  yigirma  yoshga  toMgach,  o ‘zini  turm ushning  h a r  qanday 
sinovlariga bardosh beradigan,  b aq u w at va chidam li  his etibdi va uyiga 
qaytmoq orzusiga tushibdi.  U  Xiron bilan xayrlashib,  Pelion o ‘rm onidan 
chiqib,  tog‘dan tushibdi-da,  Iolkka qarab yo‘l olibdi.
Yo‘lda unga bahor yomg‘iridan toshgan bir soy uchrabdi. Yaqin orada 
na ko‘prik,  na toshqin ustiga tashlangan biror yakka c h o ‘p ko‘rinmabdi. 
Yason  yelkasidagi  qoplon  terisini  yig‘ishtirib  olibdi  va  soyni  kechib 
o‘tm oqqa jazm  qilib,  sira ham  tap tortm ay suvga kiribdi.
Shu vaqt u to ‘satdan birovning chaqirayotganini eshitib qolibdi. Qayrilib 
qarab,  toshqin chetidagi tosh ustida ko‘pirib toshayotgan suvga qo‘rquv 
ichida tikilib o ‘tirgan bir kam pim i ko‘ribdi.
-  N arigi  yoqqa  o ‘tkazib  q o ‘y,  -  debdi  u Y asonga,  -  an ch a d an  beri 
shu  yerda  b itta-y arim ta  yordam   qilarm ikin,  deb  o ‘tirib m a n ,  biroq
235

m en ojizaga  h ech  kim  yo rd am  qilgani y o ‘q.  Yason  indam ay kam pirni 
ko ‘tarib  olibdi  va  soy  tagidagi  toshlarga  asta-sekin  oyoq  q o ‘yib,  uni 
narigi  qirg‘oq qa o ‘tqazib q o ‘yibdi.  Suvdan  o ‘tayotganida  uning ch ap  
oyog‘idagi  sh ip p ak   yechilib,  oqib  ketibdi. Y ason  qirg‘oq q a chiqib, 
kam pirni  avaylab  yerga  tushiribdi  va  o ‘z  y o iig a   k etm o q ch i  b o ‘lib 
ch o g ‘lanibdi,  sh u nd a  u  birdan:
-  R ahm at,  Yason,  bu  yaxshiligingni  unutm aym an!  -  degan  kuchli, 
jarangdor  ovozni  eshitibdi.
U  shartta  o ‘girilib  qarabdi,  biroq  yonida  hech  kim   yo‘qmish.  Yason 
ajablanibdi,  bu  kam pir kim  b o ‘ldi  ekan,  ismimni  qayoqdan  bildi  ekan, 
deb xayol sura-sura,  nari ketibdi.  K o‘p o ‘tm ay Yason Iolkka yetib kelibdi 
va odam lar to ‘la katta bozor m aydonidan chiqib qolibdi.
Sochlari qizlamikidek uzun, yelkasiga ola-bula teri tashlagan bir oyog‘ida 
shippagi  bor  bu  notanish,  chiroyli  yigitchaga  ham m a  hayrat  bilan 
qarab qolibdi.
Yigitcha otasining uyiga qanday borishni so‘rabdi.  Birdan ot dupuri va 
g‘ildiraklaming  guldiragani  eshitilib,  maydonga  chiroyli  fessaliy  otlari 
qo‘shilgan ikki g ‘ildirakli ajoyib aravada Iolk hukm dori Peliy kirib kelibdi. 
Olomon to ‘s-to‘s bo'lib ketibdi, shohning aravasi oldida yolg‘iz Yasongina 
qolibdi.  Peliy  qarshisidabir  oyog‘iga  shippak  kiygan  odam ni  ko'rib, 
qaltirab ketibdi.  Shoh otlarni to'xtatibdi va qovog'idan qor yog'ib:
-  Ey,  m usofir  yigit,  sen  kim   bo'lasan.  Qayerda  tug'ilgansan,  Iolkda 
nim a qilib yuribsan?  -  deb so'rabdi.
-  M en  m usofir  em asm an,  -  debdi  Y ason,  -  shu  yerda,  Iolkda 
tug'ilganm an.  M en  shoh  Ezonning  o ‘g‘lim an,  otam dan  zo ‘rlik  bilan 
tortib  olingan  mulkni  qaytarib  olm oq  uchun  keldim.
M enga  otam ning  turaijoyini  ko‘rsating,  tezroq uni  k o ‘rishim  kerak.
Arava taraqa-turug1 qilib, ko‘z ochib-yum guncha o ‘takasi yorilayozgan 
Peliyni  olib  ketibdi.  Keksa  Ezonni juda  sevgan  Iolk aholisi esa yigitcha 
bilan  ko‘rishib,  uni  otasining  uyiga boshlab boribdi.
Keksa  Ezon  to ‘ng‘ich  o ‘g‘lining  b aq u w at  va  go‘zal  yigit  b o ‘lganini 
k o 'rib ,  sevinganidan  yig‘lab  yuboribdi.  Shu  kuni  E zonning  uyida 
hushchaqchaq bazm  avjiga chiqibdi, barcha qarindosh-urug‘  va d o ‘stlari 
Yasonning qaytib kelganini bayram qilishibdi.  Bu to ‘y-tom oshada yolg‘iz 
Peliygina  ko‘rinm abdi.  U   o ‘z  saroyida  qayg‘uga  c h o ‘mib,  Yasonning 
kelishini  bezovtalik  bilan  kutar  va  undan  qanday  qilib  qutulish  yo‘lini 
o ‘ylar  ekan.
236

Yason qarindosh-urug‘lari va d o ‘stlari bilan kirib kelganda shoh yana 
ham  q o ‘rqib ketibdi.
-  M en  sen  bilan  urishgani  kelganim  yo‘q,  -  debdi  Yason  Peliyga.  - 
Biz bir-birimizga begona emasmiz, qonim iz bir: sen otam ning ukasisan, 
amakimsan.  M en  o ‘rtadagi ixtilofni  qilich bilan em as,  totuvlik bilan  hal 
qilishni  istayman.  Z o ‘rlik  bilan  tortib  olgan  m am lakatni  o ‘z  ixtiyoring 
bilan  m enga  qaytar,  shunda  m en  sening  b u tun  boyligingni,  sen  hosil 
yig‘ib  oladigan  yerlarni,  podangni  va  yilqilaringning  h am m asin i, 
aravangni,  saroyingni,  qim m atbaho   liboslaringni  o ‘zingga  qoldira- 
m an.  0 ‘zing  yoshingni  yashab,  oshingni  oshab,  m a ’m urchilikda, 
osoyishtalikda yashaysan, senga va bolalaringga qo‘l tekkizmayman.
Biroq  m akkor  Peliy Yasonga  shunday javob beribdi.
-  Sen  haqsan,  Ezonning  o ‘g‘li,  sen  talab  qilgan  narsani  berishga 
roziman.  Biroq  uni  bekordan  bekorga  olishing  insofdan  b o ‘larmikin? 
Men  Iolkda yigirma yil hukmronlik qildim, shu yillar ichida shohlik qilishga 
haq-huquq  orttirdim .  Uni shundaygina q o ‘limga tutqazib q o ‘ya qoladi, 
deysanmi?!  Yason,  sen  yoshsan,  ayni  kuchga  to ‘lgan  vaqting,  menga 
bir  xizmat  qilsang  na  b o ‘lur?  Bir  necha  yildan  beri  xunrezlik  alami 
yuragimga toshday qadalib yotibdi. Hali o‘zing aytding-ku, biz bir-birimizga 
begona em asm iz...
-  Buyur! - debdi Yason mag‘rur. - Amringni bajo etishga va’da beraman.
-  Q uloq  sol!  -  debdi  Peliy.  -  Oltin  junli  te n   to ‘g‘risida  hech  narsa 
bilasanmi?  Friksning  otasi  bilan  bobong,  otang bilan  m endek  aka-uka 
ekanligidan xabaring borm i?  Kolxidada  Friksning holi nim a kechganini 
bilasanmi?
Shundan  so‘ng  Peliy  Yasonga:  shoh  Eyet  aw al  Friksni  sevganini, 
katta  qizi  Xalkiopani  unga  berib,  o ‘ziga  voris  qilib  tayinlaganini  aytib 
beribdi.  Biroq keyinchalik  Eyet yana uylanibdi, yangi xotini unga Apsirt 
nomli o‘g‘il tug‘ib beribdi. Shunda shoh  Friksga Kolxidadan chiqib ketishini 
buyuribdi.  Friks  shohdan  oltin junli  terini  qaytarib  berishni  so‘rabdi. 
Eyet  bu  gapni  eshitgach,  benihoya  g‘azab  talvasasida  kuyovini  o'ldirib 
qo‘yibdi.
-  Friksning  ruhi  menga tinchlik bermaydi,  -  deb  davom   etibdi  Peliy 
o‘zini g‘amgin qilib ko‘rsatib, u kechalari kelib,  m endan Kolxidaga borib, 
Eyetdan oltin junli terini tortib olishni so‘raydi.  Biroq m en qarib qoldim, 
bunday  uzoq  safarga  chiqishga  kuch-quvvatim   yo ‘q.  Bu  ishni  sen
237

bajarishing kerak, Yason!  Oltin junli terini olib kel, shunda sen  Friksning 
o‘chini olgan bo‘lasan va ona vataningni dunyodagi ham m a mamlakatlardan 
badavlat qilasan,  m en b o ‘lsam  Iolk taxtini jo n  deb senga topshiram an.
M akkor  Peliy Yasonga shunday debdi,  ichida esa:
« 0 ‘z o ‘limingni  izlab yo‘lga chiq!  Bir joyda emas, bir joyda - quturgan 
dengizdami, begona qirg‘oqdam i yoki yovuz  Eyet huzuridam i  -  ishqilib, 
uni topasan,  Ezonning o ‘g‘li.  Oltin junli terini qo‘lga kiritolmaganingdek, 
Iolkni ham  qayta ko‘rmaysan!» debdi.
Yason xatarli, og‘ir safarga hozirlik ko‘ra boshlabdi.
T o ‘lqinli  uchta  dengizdan  suzib o ‘tib,  Kolxidaga yetib  borish  uchun 
haligacha Gretsiyada bo‘lmagan katta, tezyurar va mustahkam kema kerak 
ekan.  K atta kem ada uzoq safarga borish, oltin junli terini kuch yoki hiyla 
bilan q o ig a  kiritish uchun Yasonga jasur, kuchli,  ham rohlar - dengizchi 
va jangchilar kerak ek an 1.
Shunday  qilib,  Yason  uzoq  Kolxidlar  yurtidan,  olis  Kavkaz  tog‘lari 
etaklaridan  oltin  junli  terini  olib  kelish  uchun  mashaqqatli  va  xatarli 
safarga otlanadi.
GIRKANIYA
0 ‘rta  Osiyodagi  o ‘lkalar  ichida  G irkaniya  h am   o ‘zining  g o ‘zal 
tabiatining  maftunkorligi  bilan  ajralib  turardi.  G irkaniya,  M arg‘iyona, 
So‘g‘diyona,  Baqtriya kabi ellaming qadim  o ‘tmishdagi qismati ham  bir 
bo‘lgan.  Bu elatlar antik zam onlardayoq zardushtiylik diniga sig‘inganlar. 
Ularning  turm ush  tarzi,  urf-odatida  ham   ko‘p jihatdan  o ‘xshashliklar 
mavjud edi.  Bu yerdagi qabilalar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib, 
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lib yashardi. Girkanlar So‘g‘diyona 
yerlariga,  So‘g‘dlar  Girkaniya  tom onga  ham   o ‘tib  yashashgan.  Q o ‘y- 
qo‘zilarini  boqishib,  bir  yaylovda  o ‘tov  qurishgan.  Bir  dasturxondan 
taom   yeb,  sut-qatiq  ichishgan.
H ozirgacha  olimlar,  qadim  zam onlarda  massaget,  shak  qabilalari 
Girkaniyada yashaganmi,  m aig‘iyonalikmi yoki so‘g‘diyonalikmi, aniqlay
1  Ellada  qahram onlari.  T osh k en t,  «Y osh  gvardiya»  nashriyoti,  1976.
238

olmay, qizg‘in tortishm oqdalar.  Ba’zi bir etnograflar bu qabilalar hozirgi 
T urkm aniston  respublikasida  yashagan  desalar,  boshqa  birlari  hozirgi 
0 ‘z b e k is to n n in g   ic h k a r is id a   y a s h a g a n   d e y d ila r .  A y r im la r i 
Q oraqalpog‘iston,  X orazm   yerlariga  olib  borib  q o ‘yishadi.  M uhim i 
shundaki,  massaget,  shak qabilalari qadimgi  eng yirik elatlardan b o ‘lib, 
ularning vatani hozirgi 0 ‘rta Osiyo yerlari edi.  E ron shohlari  Kir,  D oro 
0 ‘ rta Osiyodagi ham m a viloyatlami o'ziga bo'ysundiradi. Bu yerdagi barcha 
qabilalar  ulkan  A hm oniylar  davlatiga  qaram   b o 'lib ,  qariyb  u ch   asr 
(eram izdan  aw algi V I-IV  asrlar)  Eron shohlarining q o ‘l ostida b o ‘ladi. 
B a’zan   b u   q ab ilala r  b irlash ib ,  boj-x iro j  t o ‘la sh d a n   b o sh   to rtib , 
istilochilarga qarshi  kurashar edilar.  Buning yorqin  misoli sifatida  Eron 
shohi  K irning  m assagetlar  tom on idan   to r-m o r  etilishi  bo'lsa,  shak 
qabilalari tom onidan D oro qo‘shinlarining m ag‘lubiyatga uchrashidir.
A leksandr o 'z  q o ‘shinlari bilan G irkaniya yerlariga kirib kelar ekan, 
bu  yerdagi  qabilalam ing  nihoyatda jangovar  ekanligi  h aq id a  eshitadi. 
G irkaniya bir to m o n d an  Kaspiy dengizi bilan tutashib,  dengiz bo'ylab 
Kavkaz  to g ‘larigacha,  ikkinchi to m o n d an   Oks  daryosigacha  c h o ‘zilib 
ketgan  bepoyon  yerlam i  o ‘z  ichiga  olardi.  A ytishlaricha,  A leksandr 
M akedonskiydan  yengilgan  shoh  D oro   K ad o m o n  h a m   G irkaniya 
tom onga  chekinadi.  M an a  shu  G irkaniya  yerlarida  B aqtriya  hokim i 
Bessning  sharqqa  yurishi  tasvirlangan  asarlarda  G irkaniyaning  antik 
davriga keng izoh beriladi.
K ursiy  R u f  o 'z in in g   «A leksandr  M ak ed o n sk iy   tarixi»  asarid a 
G irkaniyaning  faqat  tabiatini,  u   yerdagi  daryolar  va  tog‘lar  tasvirini 
berib  qolm asdan,  balki  Kaspiy bo'ylarida yashovchi xalqlar hayotini va 
u  yerlarda  bo'lib  o'tg an  tarixiy  voqealam i  h am   katta  qiziqish  bilan 
ifodalaydi.  Girkaniyada yashovchi qabila va elatlaming turm ushi, yashash 
sharoitlari  ham   yozuvchining  e ’tiborida  turadi.  Bu  qabilalam ing  o 'y - 
fikrlari,  yashash  tarzi,  ayniqsa,  Aleksandrga  m unosabati  o'quvchini 
hayratga soladi.
Aleksandr Erigiyga yukni dala yo'li bilan olib ketish uch u n  b ir otryad 
berdi.
Aleksandrning o'zi esa  150 chaqirim  yurganidan keyin piyoda va otliq 
askari  bilan  G irkaniyaga  yaqin joydagi  bir  vodiyda joylashdi.  U   yerda 
qalin  o 'rm o n   bo'lib,  qoyalardan  tushgan  suv  hisobiga  daraxtlar  o'sar 
edi.
239

Tog‘ning etagida Ziobet degan daiyo oqib, qoyalarga urilishi natijasida 
2
 irmoqqa b o ‘linadi.
Irm o qd an  biri  birdaniga  yer  tagiga  qarab  oqardi.  Bu  daryo  300 
chaqirimgacha yer tagidan oqib, yana yer yuziga chiqardi.  U ning kengligi 
13  chaqirim   edi,  keyinchalik torayib,  Ridagi daryosiga quyilar ekan.
Kursiy R u f xuddi shunday holatning, ya’ni Politimet daryosi bo'ylarida 
ham  borligiga ishonch hosil qiladi.
Yerli  ah o lin in g   ay tishich a,  d aryoning  yer  tagiga  oqish  jo y id a 
boshlangan  narsalar  yer  tagi  orqali  oqib  boshqa  joydan  chiqar  ekan. 
Aleksandr b u  sirli  voqeani  ikkita ho'kiz tashlab  sinab  ko'radi.
T o'rtinchi  kuni  lashkarlar  shu  yerda  dam   olishadi,  shu  kuni  Bess 
bilan  Doroni bosib olgan Nabarzandan shoh xat oladi. Xatda yozilishicha, 
N abarzan  D oroning  dushm ani  emas,  balki  u  D oroga  foydali  m aslahat 
beradi.  Biroq shu maslahatgo'yligi uchun uning o'limga m ahkum qilinishiga 
sal  qoldi.  D oro  go'yo  o 'z   himoyasini  kelgindilarga  ishongan  holda,  o 'z 
odam larining  sodiqligini  inkor etdi.  Bu  sodiqlik  230  kun  davom   etadi. 
U ning o 'zi xavfli vaziyatda turib,  kerakli  zarur choralarni  qabul qiladi.
A gar  A leksandr  chaq irsa,  q o 'rq m a sd a n   u nin g   h u zurig a  kelishi 
mum kin.  U  qo'rqm aydi,  chunki shunday buyuk shoh va’dasini buzm as 
axir.  S hoh  misoli  bir  xudo,  alday  olmaydi.  Agarda  A leksandr  unga 
ishonmasa,  quvg'in  qilishi  mum kin.  Jasur  odam   qaysi  joyni  tanlasa, 
o'sha  yer  u  uchun  vatan  bo'ladi.  Aleksandr  ikkilanib,  forslarga,  agar 
N abarzan kelsa unga teginmaslikka va’da berdi.  Bu vaqtda shoh qo'shini 
qalin  saflanib  yo'lda  davom   etar  edi.  Shoh  gohida  o'zining  ishonchli 
odam larini razvedkaga yuboradi.
O ldinda  yengil  qurollanganlar,  keyin  piyodalar,  ulardan  keyin  esa 
yuklar borardi.  Bu mamlakat aholisining urushqoqligi va tabiatining injiqligi 
shohni doim o sergak bo'lishga majbur qiladi.
Bu ulkan tekislik Kaspiy dengizigacha borar edi.  U ning chap tom onida 
kerketlar,  mossinlar va xalivlaming yerlari bo'lib,  o'ng tom onda, g'arbda 
levkosirlar,  shim olda  am azonkalar  yashar  edi.  Boshqa  dengizlarga 
qaraganda  Kaspiyning suvi  unchalik sh o 'r bo'lm ay,  unda ulkan ilonlar, 
rang-barang  qanotli  baliqlar  b o r  edi.  Birovlar  buni  Kaspiy  dengizi 
deyishsa,  boshqalar  esa  G irkaniya  dengizi  deyishadi,  b a ’zilar  esa  bu 
dengizga  M eotiy  botqoqliklari  quyiladi  deyishgan.  Boshqa  birovlar  bu 
Kaspiy  dengizi  em as,  balki  bu  H indistondan  G irkaniyaga  yo 'l  ochgan 
okeanning  o 'zi  deyishgan.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling