Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet22/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34

240

Shu  yerdan  shoh  yana  20  chaqirim  ichkariga  kiradi.  Y o id a   daryo, 
o ‘rm onlar  xalaqit  beradi,  lekin  dushm an  ko‘rinmasdi.  Bu  m amlakat 
mevali daraxtlarga boy b o ‘lib, yeri uzum  yetishtirishga moslashgandi.  Bu 
yerda  qayinga  o ‘xshash  daraxtlar  o ‘sib,  ular  o ‘zidan  asal  chiqarardi. 
Agar  aholi  bu  asalni  quyosh  chiqqunga  qadar  yig'm asa,  u  yo‘q  b o ‘lib 
qolardi.
Shu yerdan Aleksandr yana 30 chaqirim  yurdi va  Fratafem i uchratib, 
uni qabul  qiladi,  so‘ngra Arva shahriga keladi.  Shu shaharda u  K rater va 
Erigey  bilan  q o ‘shiladi.  U lar  tapurlar  qabilasining  boshlig‘i  Fradatni 
olib  kelishadi.  A leksandr  uni  ham   yaxshi  qabul  qiladi.  K eyin  u 
G irkaniyaning  hokim i  qilib  M anapni  tayinlaydi.  U  shoh  Oh  (Eron 
shohi)  davridaquvg‘in  qilinib,  so‘ngra Filippga arz  qilib  kelgan  edi. 
Tapurlam ing boshlig‘i qilib Aleksandr yana  Fradatning o ‘zini tayinlaydi.
Doroga  sodiq  b o ‘lgan  Artabaz  ham   o ‘z  bolalari  bilan  shohni  izzat- 
ikrom bilan kutib oladi.  Bu o ‘lka Girkaniyaning chekka vodiylaridan edi1. 
Shoh Artabazga o ‘ng q o ‘lini berib ko‘rishadi.  Chunki u shoh  Oh davrida 
quvg‘inlikda  yurganida  F ilippning  dargohida  m e h m o n   b o ‘lgandi.
«Men xudodan  iltijo qilamanki,-sen shoh,  abadiy baxtga ega b o ‘lgin, 
m en o ‘zim baxtlim an,  lekin qarilik o ‘ylantiradi,  sening yaxshiliklaringni 
ko'ra  olm ay  qolaman»,  -  deydi  Artabaz  shohning  m arham atini  ko‘rib 
sevinganidan.
Artabaz 95 yoshda bo‘lib, 9 ta o ‘g‘li bor edi.  Ularni shohning ixtiyoriga 
topshirib,  sadoqat  bilan  xizmat  qilishini  aytadi.  Shoh,  odatda,  piyoda 
yurar  edi,  lekin  bu  safar  keksa  Artabaz  uyalmaslik  uchun  o ‘ziga  va 
Artabazga ot keltirishni buyurdi.  Lagerdan chiqqandan keyin shoh Artabaz 
olib  kelgan  greklarni  yig'm oqchi  bo'ldi.  Lekin  ular  rad javobini  berib, 
lakonliklar him oya qilinmasa,  nim a qilishni o ‘zimiz bilam iz deyishdi.
U la r   D o ro   d a v r id a   la k o n lik la r n in g   e lc h is i  b o ‘lib ,  u n in g  
mag‘lubiyatidan  keyin  eronliklar  q o ‘li  ostidagi  grek  m ardikorlariga 
q o ‘shilishgan edi.  Shoh  ularga oldindan hech qanday va’da berm asdan, 
o'z huzuriga taklif qildi va o ‘z taqdirini o ‘zlari hal qilishini aytdi.  Shundagina 
ular zo‘rg‘a kelishga va’da berishadi.
Ammo  afinalik  D em okrat o ‘zini  o ‘zi qilich bilan  o ‘ldiradi,  chunki  u 
ham doim   makedoniyaliklar istilosiga qarshi chiqqan b o ‘lib M akedoniya
1 Ayrim  m anbalarda  A rtabaz  Baqtriya  hokim i  edi  deyiladi.
241

sh o h in in g   kechirishiga  k o ‘zi  yetm asdi.  Q olgan  b a rc h a   g rek lar 
Aleksandrga b o ‘ysunishdi.  Ular jam i  1500 jangchi  va  D oroga elchi  qilib 
yuborilgan  90  kishi  ed i1.
Keyin  u  Artabazni  uyiga  izzat-ikrom   bilan  qo ‘yib  yuboradi  va  o ‘zi 
Girkaniya shahriga yetib keladi.  Bu yerda Doroning saroyi bo'lib, Nabarzan 
shohni  izzat-ikrom   bilan  kutib  oladi.  U lar  ichida  D oro  yaxshi  ko'rgan 
go'zal  Bagoas  bor  edi.  Keyinchalik  Aleksandr  ham   bu  go‘zalni  yaxshi 
ko'rib qolib,  uning iltimosiga ko‘ra N abarzanni  kechirgan.
Plutarx  tasvirida  berilishicha,  Aleksandr  G irkaniya  to m o n   yurish 
boshlaydi.  Dastlab u G ekatom pilom ga kelib to'xtaydi va shu yerda jang­
chilar dam   olishadi.  Bu yer juda boy o ‘lka bo'lib,  odam  yashashi uchun 
ham m a sharoit mavjud edi.  Shundan keyin yana  150 stadiya yurib ulkan 
tog'  yonida  to'xtaydi.  Bu  tog'  yonbag'rida  bir  g 'o r  bo'lib,  bu  g'orni 
xudolar joyi  deb  atashardi.  Shu  yerdan  Stivoit  daryosi  boshlanib,  uch 
stadiydan  keyin  yuqoridagi  ulkan  toshga  urilib,  sharshara  bo'lib  yer 
tagiga  singib  ketar  va  300  stadiy  yer  osti  bo'ylab  oqib,  yana  yer  ustiga 
chiq ar  edi.  X uddi  shu  yerdan  A leksandr  yurishini  davom   ettirib, 
G irkaniya  hududiga  kiradi  va  Kaspiy  dengizigacha  b o'lgan  ham m a 
shaharlami o'ziga bo'ysundiradi. Aytishlariga qaraganda, bu yetti dengizda 
ulkan ilonlar va baliqlar bo'lgan ekan.  Bu yerlar ham  ju d a boy va hosildor 
yerlar  bo'lib,  asosan  uzum zorlarni  tashkil  qilar  va  vino  yetishtirilardi. 
Shuningdek,  bug'doyzorlar  va  barglaridan  asal  oqib  turuvchi  daraxtlar 
ham  ko'p edi. Y ana Anfridon deb ataluvchi uchar hayvonlar va asalarilar 
ham   ko'p  edi.  Aleksandr  G irkaniya  va  unga  qo'shni  bo'lgan  xalqlar 
orasida  yurganida  D oro  bilan  qochgan  sobiq  harbiy  boshliqlar  unga 
ixtiyoriy  ravishda  bo'ysunadilar.  Aleksandr  D oro  qo'shinining  sobiq 
harbiylaridan  1500 ga yaqin kishini yaxshi kutib olib,  ularni jazolamaydi.
Kursiy ta ’kidlashicha,  D oro  Girkaniyaga  qarashli  bo'lgan  D ranglar 
yurtida o'ldiriladi.  D ranglar yurtining hokimi o'sh and a Barzaent bo'lib, 
u  Bess bilan pinhona til biriktirib,  D oroni o'ldirishda ishtirok etgan  edi. 
Keyinchalik  Barzaent  Aleksandrning  xoin  Bessni  ta ’qib  qilayotganini 
eshitib,  D oroga qilingan  suiqasdning ishtirokchisi bo'lganligi uchun siri 
fosh  bo'lib  qolishidan  qo'rqib,  H indiston  to m o n   qochib  ketadi.2
1 K ursiy  Ruf.  O 's h a  asar,  207- bet.
2 Kursiy  Ruf.  O 'sh a  asar,  217- bet
242

Boshqa bir m anbalarda  Girkaniya yerlarida,  xususan,  uning  Drongis 
sliahrida yaqin jangchilaridan biri  Dimi Aleksandrga fitna uyushtirilgani 
iifkidlanadi1.
Boshqa bir manbada esa, Aleksandr Girkaniya yerlarida o'z jangchilariga 
qarata  nutq  so'zlab,  ularni  Osiyoning  ichkarisi  tom on  jangni  davom 
ritirishga undaydi.  Bu haqda Plutarxning fikrlari diqqatga sazovordir.
Aleksandr ham isha makedoniyaliklarning  ruhi tushib,  safarni  davom 
cttirishdan bosh tortm asa,  deb qo‘rqardi.  U o ‘zi bilan  G irkanda bo'lgan 
eng yaxshi yigirma ming piyoda va uch ming otliq askarga murojaat qiladi. 
Varvarlar,  makedoniyaliklarni  xuddi  tushlarida  k o ‘rganday  ko‘rishadi. 
Agar  endi  ular  Osiyoni  o ‘z  safar  rejalariga  kiritsa,  varvarlar  ularga 
xuddi  xotinlarga  hujum  qilganday  dahshat  bilan  hujum   qilishadi.  Agar 
kimning  ketgisi  kelsa,  uning  yo‘li  to ‘silmaydi.  Lekin  xudolar  m akedo- 
iiivaliklar uni o ‘z xohishlari bilan tashlab ketishganiningguvohi b o ‘lishsin. 
11
  makedoniyaliklarga  butun  dunyoni  bosib  olm oqchi  ekanligi  haqida 
^apiradi.Taxminan shu gaplami Aleksandr  xatidaAntipatragaham yozadi. 
lining  yozishicha,  shoh  o ‘z  gaplarini  tugatgandan  so‘ng,  jangchilar 
unga dunyoning chetigacha b o isa ham u bilan birga borishlarini aytishibdi. 
langchilaming  bu  qismini  ko‘ndirgandan  keyin,  qolgan  askarlar  ham 
slioh  ortidan  borishga tayyor ekanliklarini  bildirishadi.
Albatta,  qo ‘shinni  bunday  bardam likka,  ruhan  tetiklikka  undovchi 
nutqlami Aleksandr ko‘p m arta so‘zlagan.  Ularning ayrimlarigina tarixiy 
hiijjatlarda saqlanib qolgan, xolos.
Aleksandr Girkaniyada turib, yaqindagina bosib olgan  Parfiya,  Midiya 
o'lkalari  va  Eron  bilan  ham   aloqasini  uzmaydi.  Bu  o'lkalarga  yangi 
liokimliklar tayinlar, qo‘shim cha kuchlar yuborib, to ‘plangan boyliklarni 
o'zi  asos solgan Aleksandriya shahriga yuborib turar,  M akedoniya bilan 
< iirkaniya o'rtasida to ‘xtovsiz karvon qatnay boshlagan edi.
Aleksandr So‘g‘diyona tom on yurish boshlashdan aw al  G irkaniyada 
katta  q o ‘shin  to ‘plab,  o ‘z  kuchlarini  a n ch a  m u stah k am lab   oladi. 
Makedoniya  va  G retsiyadan  yangi  kuchlar  kelib  q o ‘shiladi.  Chunki 
N o'g'diyonadagi  qabilalam ing   nih o yatd a  jan g o v ar  va  v atan p arv ar 
i-kanliklari  haqida  Aleksandr ko‘plab  rivoyatlar eshitgandi.
Girkaniya  yerlari  ham   bepoyon  bo ‘lib,  bu  o'lkada  asosan  massaget 
qabilalari  yashardi.  M assagetlar  bir  vaqtlar  hatto  Parfiya  va  Midiyani
1  I )iodor.  O 'sha asar,  110-  bet.
243

ham o ‘zlariga qaram qilib olgan edi.  Keyinchalik Parfiya va Midiya shohligi. 
ajralib chiqadi.
Aleksandr mahalliy xalqning  urf-odatini  qabul  qilishni  G irkaniya va 
hatto Midiya,  Parfiya yerlaridanoq boshlagan edi.  Keyinchalik So'g'diyona 
va  Baqtriyada  bu  ishni  oxiriga  yetkazadi.  Shuning  uchun  ham ,  ayrim 
tarixchilar A leksandr mahalliy xalqning urf-odatini  faqat  S o'g'diyonada 
joriy  etgan  edi,  deganda  haq  emas.  Fikrimizning  dalili  uchun  quyidagi 
dalilga murojaat qilishimiz mumkin.  Kursiy  Rufning ta ’kidlashicha,  dam 
olish va harakatsizlikdan ko'ra ko'proq harbiy ishlami yoqtirgan Aleksandr 
ko'p vaqtlarini  maishatga sarf qiladigan bo'lib qoladi. Vaqt-bevaqt kechasi 
bilan  ichkilikbozlik va aysh-ishratni odat qiladi.
Bu  odatni  yaxshi  qabul  qilmayotgan  qabiladoshlarini  shoh  urishar, 
bu  esa  ularga  yoqmas  edi.  O 'z  urf-odatlariga  sodiq  odam larni  shoh 
bo'ysundirilgan  o'zga  qabilalar  ichiga  aralashtiradi.  Shuning  uchun 
jangchilar tom onidan  norozilik va shikoyatlar bo'ladi.  Bundan Aleksandr 
goh  gum onsirar,  goh  g'azablanar  edi.  Shoh  G retsiyadan  keltirilgan 
xushovozlarga qanoat qilmasdan, asirga olingan ayollami qo'shiq aytishga 
majbur qilar edi.  Shu ayollar ichida bittasi o'zining go'zalligi,  kamtarligi 
bilan shohni o'ziga jalb etadi,  uning ko'zlaridan, yuzidan yuqori tabaqa- 
dan ekanligi bilinib turar edi.  Shoh so'rab bildiki, u forslar shohi  O hning 
nabirasi  G ustaspning xotini  ekan.  G ustasp  D oroning qarindoshi  bo'lib, 
katta qo'shinni boshqarar edi.  Buni eshitgan shoh bu ayolni tutqunlikdan 
ozod qiladi va erini topishda yordam beradi.  Ertasi kuni shoh Gefestionga 
asirlami  saroyga  yig'ishni  aytadi.  Bu yerda  u  yuqori tabaqali  odam larni 
ajratadi.  Bundaylar  1000  ta  bo'lib,  ular  ichida  D oroning  ukasi  Oksafr 
ham  b o r edi.  Q o'lga  tushirilgan  o'lja  26000  talant  puldan  iborat  bo'lib, 
12000
  ini  shoh  lashkarlariga  sovg'a  uchun  sarf  qiladi,  xuddi  shuncha 
pulni  qo'riqlayotgan odam lam ing o'zlari  o'g'irlab ketgandi.
Oksidat  eronlik  shahzoda  bo'lib,  D oro  uni  qatl  etish  uchun  ushlab 
turgan  edi.  Aleksandr  uni  ozod  qilib,  Midiyaga  hokim   qilib  qo'yadi. 
D oroning  ukasi  Oksafmi  esa o 'z  do'stlari  safiga  qo'shib oladi.  Shoh  bu 
yerdan  ilgari  unchalik  m ashhur  bo'lm agan,  hozir  esa  Tigr  va  Efrat 
daryosidan to Qizil dengizigacha bo'lgan joydagi xalqlar ustidan boshchilik 
qilayotgan Parfiyaga qarab jo'naydi.  Bu yerlardagi tekis va hosildorjoylami 
skiflar  egallab  olgan  bo'lib,  ular  xavfli  qo'shni  ed i1.  U lar  Y evropa  va
1  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha  asar,  197-  bet.
24 4

( )siyoda yashar edilar.  Bosforning narigi tom onidagilar osiyoliklar bo'lib, 
Yevropada yashaydiganlar esa Frakiya chegarasidan  Borisfengacha va undan 
l anais  daryosigacha  ch o ‘zilgan  edi.  Tanais  Yevropa  va  Osiyo  o'rtasida 
oqar  edi.
Shunday qilib,  Aleksandr Girkaniya  yerlarida  uzoq  turib  qolm asdan 
( )ks daryosi tom on yurishni davom ettiradi.  Girkaniya yerlarida mahalliy 
(|abilalarning  qattiq  qarshiligiga  uchram agan  A leksandr  q o ‘shinlarini 
So'g'dlar katta tayyorgarlik bilan  kutib turishardi.
Yustinning «Pompey Trog epitomi» asarida Parfiya haqida ham  qiziq 
cpi/odlarni  o ‘qiymiz.  M a’lumki,  Midiya va  Parfiya yerlari  Girkaniyaga 
yaqin  edi.  «H atto  parfiyaliklar  tili,  -  deb  yozilgan  yuqoridagi  asarda  - 
midiyaliklar bilan skiflar tilining aralashmasidan  iborat  edi».  M a’lumki, 
skiflar Girkaniya va Midiya yerlarida ham yashar edi. Tarixiy manbalarda 
la’kidlanishicha,  hatto   qachonlardir  Parfiya,  M idiya,  G irkaniya  yerlari 
lurlashib,  bir shohlikka  qaram   b o ‘lgan.
Shuningdek,  parfiyaliklar bilan skiflar o'rtasida tez-tez jang-u jadallar 
b o ' l i b  
turgan.
Bu o'rinda «Pompey Trog epitomi» asaridagi lavhalarga alohida to ‘xtalib 
o ' t i s h g a  
to 'g ‘ri keladi.
Parfiyaliklar  otlarda  shiddat  bilan jang  qiladilar.  G o h   dushm anga 
lo 's a td a n   h am la  q ilib,  goh  o rqag a  c h e k in ib ,  k o ‘p in c h a   orqag a 
i|o c h g a n la rid a   m a h o ra t  bilan   h a ra k a t  q ilish ard i.  C h u n k i  quvib 
kiiavotganlar, 
odatda, ehtiyotsiz bo‘lishadi, ularga favqulodda zarba berish 
qulayroqdir.
Parfiya  podshosi  M itridat  oMimidan  keyin  uning  o ‘g‘li  Fraat  taxtga 
o'liradi.  Parfiya  podsholigini  egallagan  Fraat  A ntioxdan  qasos  olish 
m aqsadida  Suriyaga  qarshi  urush  boshlashga  q aro r  qiladi.  A m m o 
\killarning hujurni uni o ‘z davlatini himoya qilish uchun  Parfiyaga qaytishga 
m ajbur  qiladi.  A ntioxga  qarshi  urushga  qatnashish  u ch u n   skiflar
I ui livaliklar qo'shiniga yordamga chaqirilgan edi. Ammo skiflar belgilangan
II и icldatdan ancha kechikib yetib kelishdi.  Skiflarni shartnom a muddatini 
Im/.ib,  kechikib  kelganligi  uchun  ayblashib,  urushga  qatnashish  uchun 
Ivlgilangan haqni to ‘lashmaydilar.  Norozi b o ‘lgan skiflar o ‘z haqini talab 
qilib  urush  boshlaydilar.  Shuning  uchun  Fraat  ularga  qarshi  yurish 
qilib, davlatniboshqarib turish uchun G im em i qoldiradi.  G im er vaqtincha 
liokimiyatni boshqarib turganini  unutib, zolimlik yo‘liga o ‘tadi va  Bobil 
bilan  boshqa  shaharlar  aholisini  siqib  talay  boshladi.  Fraatning  o ‘zi
245

qo'shiniga Antiox bilan b o ‘lgan jangda asirga tushgan greklami olgan edi.
U  qo‘shinidagi  grek  asirlarining  o ‘ziga  b o ‘lgan  dushm anlik  kayfiyatini 
unutgandi.  Shuning  uchun  greklar  parfiyaliklarning jangovarlik  holati  i 
susayganini  sezib,  d u sh m an   tarafga  qochib  o ‘ta d ilar  va  sh iddatli 
to ‘qnashuvda  parfiyaliklami  to r-m o r qilib,  Fraatni  o ‘ldiradilar.
Fraat  o'rniga  Parfiya  podshohligiga  uning  otasi  to m o n d an   amakisi  ; 
Artaban qo'yiladi.  Skiflar esa o 'z g'alabalari bilan chegaralanib qolmasdan, 
Parfiyani  talon-taroj  qilib,  o ‘z  yurtlariga  qaytadilar.  A rtaban  toxarlar 
eliga hujum qilib,  ikki o ‘rtada b o ‘lgan og‘ir jangda q o iid a n  yaralanadi va 
tez orada vafot etadi.
U ndan  keyin  shohlik  taxtiga janglarda  qahram onlik  k o ‘rsatib  ulug‘ 
sarkarda  laqabini  olgan  o ‘g‘li  M itridat  chiqadi.  Q o‘shni  davlatlar bilan 
bo‘lgan ko'pgina urushlarda g‘olib chiqib,  u Parfiya podsholigiga ko‘plab 
elatlarni  birlashtiradi.  Bir  necha  bor  skiflar  bilan  ham   muvaffaqiyatli 
janglar qilib,  o 'z  avlodlari  uchun qasos oladi.  N ihoyat u arm an podshosi 
Artoasdo  bilan  urush  boshlaydi.  Bu  o 'rin d a  keltirilgan  qiyosiy  misollar 
bir-biriga  o'xshashligidan  o 'qu vchi  ajablanm asligi  kerak.  Biz  turli 

m anbalardan  olingan  bir  mavzu  haqidagi  m a’lum otlam i  aslida  qanday 
bo'lsa, shundayligicha keltirishni lozim topdik.
FITN A
Aleksandrning  hayoti  hech bir qaram a-qarshiliksiz,  silliqqina o 'tg an  
deya  olmaymiz.  F aqat  o'lkalarni  bosib  olish,  xalqlam i  bo'ysundirish 
uning hayotining m azm uni bo'lib qolmay,  balki taqdiri  keskin  qaram a- 
qarshiliklar,  xavf-xatarlar girdobida  aylanardi.  H ar  qadam da  uni  fojia,  ■
 
dahshatli  o'lim   kutib  turardi.  Biroq  u  bu  qaram a-qarshilik,  pinhoniy 
fitna to'siqlarni yengib, xoinlik hanjarlarini sindirib olg'a to m o n  harakat 
qilardi.  Shu  jihatdan  Aleksandr  kuchli  iroda  egasi  bo'lgan.  Ayniqsa, 
xarakteridagi  ruhiy bardoshlilik va  m atonat  uni  ham m a  vaqt  g'alabaga 
yetaklagan.
Bu o 'rin d a Aleksandmi o'ldirish uchun tayyorlangan bir fitna tarixiga 
to'xtalib o'tishim iz mumkin.
Kursiy  Rufning ta ’kidlashicha, Aleksandr G irkaniyadan  Baqtriyaga 
o'zini Artakserks deb  nom lagan  Bessga qarshi jangga b o rar ekan, unga 
yana  q o 'sh im ch a  kuchlar  yetib  keladi:  Z onl  o 'zi  bilan  G retsiyadan 
500  jangchi;  A n tip air  esa  Illiriyadan  300  jangchi  yuboradi.  F ilipp  ,
246

bilan  130  fessal  chavandozi,  Lidiyadan  2600  piyoda  jangchi  va  300 
otliq  askar keladi.  Bu  kuchni  qabul  qilgan shoh  dranglar yurtiga qarab 
jo'naydi.  0 ‘rta  Osiyoda  A leksandr  faqat  tashqi  dushm an  xavfi  ostida 
bo'lm asdan  o ‘z  q o ‘shini  ichida  ham   fitnachilar borligini  sezib  qoladi. 
Jum ladan,  shohga  qarshi  tayyorlangan  fitnani  Kursiy  R uf o ‘z  asarida 
g'oyat  hayajonli  lavhalarda bayon  qiladi.  Q uyida  shu  xususdagi  tarixiy 
voqeaga qism an to ‘xtalib o ‘tamiz.
Dranglar yurtida shoh to ‘qqiz kun  dushm an xavfi bilan yashar ekan, 
o ‘z  lashkarlari  orasidan  ichki  dushm an  ham   chiqadi.  Bu  shohning 
yaqinlaridan biri  Dimn edi.  U bir kuni Nikomaxni chaqirib, agar sotqinlik 
qilmasa,  unga bir sirni ochishini aytadi.  N ikom ax xudoni  o ‘rtaga q o ‘yib 
qasamyod qiladi.  Shunda  Dimn shohga qarshi fitna uyushtirilayotganini 
va bu yo‘lda uning ham  ko‘magi kerakligini aytadi.  Buni eshitgan Nikomax 
rozi bo‘lmaydi. Shunda Dimn unga yalinaboshlaydi va mabodo qatnashmasa 
ham bu haqda hech kimga aytmasligini iltimos qiladi.
H atto u N ikom axni qo‘rqitib, agar u sotsa, yoki qatnashm asa birinchi 
bo'lib uni o ‘ldirishlarini, agar qatnashsa katta boylik berajagini va’da qiladi.
D im n jahl qilib, qilich bilan goh o ‘zini, goh N ikom axni o ‘ldirmoqchi 
bo'lib,  nihoyat  uni  ko‘ndiradi.  Yuzaki  rozilik bildirgan N ikom ax undan 
boshqa fitnachilarni ham  so‘rab oladi.  Dimn fitnachilami birm a-bir aytib 
beradi.
Bular  D em etriy  -  shohning  shaxsiy  qo‘riqchisi,  Pevjolay,  Afobeta, 
lolay,  Dioksen, Arxetopis va Am inta edi.
Shundan so‘ng Nikomax ham m a gapni akasi Kebalinga aytadi.  Shunda 
Kebalin  N ikomaxga boshqalarda shubha paydo b o ‘lmasligi  uchun shoh 
chodiriga yaqin bormaslikni tayinlaydi.  Kebalinning shoh bilan uchrasha 
olmasligi tayin edi.  Shunda u bu gapni Filotga aytib,  shohga yetkazishga 
buyuradi.  Filot uni maqtab Aleksandr huzuriga kiradi, lekin boshqa gaplar 
bilan  chalg‘ishib,  dardini  aytmay chiqadi.  Ikkinchi  m arta  ham   shoshib 
qolib esdan chiqaradi.
Kebalin yana bir bo r Filotga eslatsa ham  baribir aytolmaydi.  Shunda 
Kebalin  Filotdan  xavfsirab,  bu sirni  -  om bor mudiri  M etrenga m a ’lum 
qiladi.
U  Kebalinni  om borga yashirib,  fitna haqidagi xabarni  darrov shohga 
yetkazadi,  bu  sirni  Kebalin  aytganligini bildiradi.
Shoh  D im nni hibsga olishni buyurib, o ‘zi  Kebalinning oldiga boradi. 
Kebalin  uni  xursand  holda  kutib  olib,  «M en  seni  tirik  ko‘rganim dan
247

xursandman»  deydi.  Aleksandr  ham m a  narsani  batafsil  undan  so‘rab 
oladi.  Bunga necha kun bo ‘lgan degan savolga,  Kebalin  3  kun deb javob 
beradi.  Shuncha  kundan  buyon  aytmagani  uchun  Kebalinni  shoh  yana 
qam ab qo'yadi.  Lekin  Kebalin darrov Filotga aytgan edim ,  u esa aytmay 
yuribdi,  undan  so‘rang deb  qichqira  boshlaydi.
Shoh  qayta-qayta  Kebalindan  so‘raganida  ham   Filotga  aytganini 
ta ’kidlaydi.  S hunda  shoh  qachonlardir  d o ‘sti  b o ‘lgan  Filotning  bu 
xoinligiga chiday olmay osmonga qarab nola qila boshlaydi.
Shoh  nim a  uchun  chaqirganini  bilgan  D im n  qilich  bilan  o ‘zini 
yarador  qiladi.  Shunda  menga  qarshi  qanday  jinoyat  o'ylab  topding, 
D im n,  - deydi shoh,  unga g‘azab bilan qarab,  - mening o ‘m im ga  Filotni 
Makedoniyaga hukm dor qilmoqchi b o ‘ldingmi?  D im n esa gapira olmay, 
hushidan  ketib o'ladi.
Shoh  Filotni  huzuriga  chaqirib,  Kebalinning  fitna  haqida  aytgan 
xabarini  nega yashirib yuigani sababini so‘raydi.  Kebalin, haqiqatan ham , 
fitna haqida unga aytganini Filot tan olib, bu gapga unchalik ishonmagani, 
chaqimchilik qilmaslik uchun aytmaganini m a’lum qiladi va shohni quchib 
yig‘lamsirab,  bu  xatosi  uchun  kechirim  so‘raydi.
Shoh do'stlar yig‘iniga Filotni chaqirm asdan N ikom axni taklif qiladi. 
U akasi  Kebalinning gaplarini to ‘la-to‘kis qaytaradi,  K rater ham   Filotni 
unchalik  yoqtirm as  edi.  C hunki  u  Filotning  shoh  oldida  m aqtanib 
dimog‘dorlik qilishini bilar, unga xavf ostida qarardi. Krater o ‘zining Filotga 
nisbatan  nafratini  yashirib,  shohga  qarab,  agar  sen  bu  haqda  aw alro q  
biz bilan  maslahatlashganingda edi, biz seni ogohlantirar edik.  Filotga bu 
gaplam i  eslatish  kerak  emasdi,  deydi.  U  har  doim   senga  qarshi  fitna 
uyushtirishga tayyor.  Endi sen unga ishonmasligingni u juda yaxshi biladi.
Yaxshiliging  tufayli  m abodo  u  seni  tushunib  tinchlansa  ham ,  lekin 
uning  otasi  Parm enion  -  ya’ni  sen  qatori  katta  armiyaga  ega  b o ‘lgan 
ulug‘  odam   -  o ‘g‘lining  hayoti  uchun  sendan  qarzdorligiga  beparvo 
qaramaydi.  B a’zi bir narsalardan biz  nafratlanam iz.  H atto o'lim ni ham  
tan olishga uyalamiz.
Filot  seni  kechirdi  deb  emas,  balki  xo‘rladi  deb  o ‘ylaydi.  Bilginki, 
bunday  odam lar bilan butun  hayoting  davom ida  kurashishingga to ‘g‘ri 
keladi.  Hali  senda bizni  quvg‘in  qilishga tayyor  dushm anlar yetarlicha. 
0 ‘zing, eng aw alo,  ichki dushm anlardan saqlan. Agar sen ularni uddalay 
olmasang,  tashqi  dushm aning  bundan  foydalanishi  hech  gap  emas.
248

Shunday  deb  K rater  shohga  Filot  fitna  boshlig‘i  yoki  qatnashchisi 
ekanini,  shuning  uchun  ham ,  bu  shum  xabarni  shohga  atay aytm agan- 
ligini  m a’lum  qilib  ham m ani  ishontiradi.  Filot  shohning  m en  bilan 
gaplashishga vaqti yo‘q deb  Kebalinni aldagan edi.  N ikom ax esa qasam 
ichgan  b o ‘lsa  ham   darhol  bu xabarni  akasiga yetkazdi,  Filot  b o ‘lsa,  shu 
ikki og‘iz so'zni shohga aytishga vaqt topa olmabdi.  Uning aytishicha, bu 
gaplarga unchalik ishonmabdi.  Unda yolg‘on xabari uchun  Kebalinni yo‘q 
qilish  kerak  edi.  Shohning  hayotiga  xavf soladigan  h ar  qanday  mish- 
.m ishni  ham   diqqat  bilan  eshitib,  uning  tagiga  yetish  kerak  ekanligini 
Filot  tushunm abdi,  shekilli.  Shunday  qilib,  Filot  va  fitnaning  boshqa 
qatnashchilarining  ustidan  nazorat  o ‘rnatishga qaror qilindi,  Bu qaror- 
ni hech kimga aytmaslikni tayinlab, go'yo yig‘inda ertangi yurish to'g'risida 
gap  boMdi  degan  xabarni  chiqardilar.  H atto  Filot  oxirgi  kechaga  taklif 
qilinganda ham  shoh u bilan ilgarigiday d o'stona gaplashardi.
Keyin  chiro qlar  o ‘chib,  shohning  huzuriga  d o ‘stlari  G efestion, 
Krater,  Ken,  Erigey  bilan  birga  bir  necha  kishi  kirdi,  shuningdek, 
shohning shaxsiy qo‘riqchilari  Perdikka va  Leonnat ham  kiradi.  H am m a 
soqchi  va q o ‘riqchilarga hech kimni  Parm enion  tom onga chiqib ketishi 
uchun  yo‘l  qo‘yilmasin,  deb  topshiriq  berildi.  Afarriy  shoh  chodiriga 
300  ta  qurollangan jangchilar bilan  kiradi.
Sodiq  jangchilar  fitna  qatnashchilarini  ushlab  kelishga,  Afarriy  esa 
300 odam i bilan  Filotni  ushlashga yuboriladi.
Filotni  uxlab yotgan joyida ushlashadi.  Q o'liga kishan  solingan  Filot 
shohga  qarab:  «M ening  yovuzligimni  baribir  sening  mehribonliging, 
shafqating  yengdi,  о  shoh!»  -  deb  boshqa  hech  narsa  dem aydi.  Ertasi 
kuni  6000 jangchi  shoh  huzuriga yig‘iladi.  Qurollangan  askarlar  Filotni 
to ‘sib  tu rar  edi.  M akedoniyaning  urf-odatiga  ko‘ra  urush  hukm ini 
qo'shinlar, tinchlik vaqtida esa xalq chiqarar edi, shungacha shoh hukmi 
kuchga kirmasdi.
Shunday  qilib,  birinchi  Dim nning  jasadini  o ‘rtaga  q o ‘yishdi,  lekin 
ko‘pchilik uning qanday va nim a uchun o ‘lganini bilmasdi.
Shoh  g‘amgin  holda  uzoq  vaqt  jim   turdi,  keyin  jangchilarga  qarab 
shunday dedi:  «Ba’zi  birovlarning jinoyati  tufayli  sizlaming  orangizdan 
yo'q  b o ‘lishimga  sal  qoladi.  Bu  yig‘inda  sotqinlarga  nisbatan  qahr- 
g'azabim ni,  meni  saqlab  qolganlarga  m innatdorchiligim ni  bildiraman. 
H atto  bu  jinoyatchilarning  nomlarini  aniq  aytishga  ham   tayyorm an. 
M endan va mening otam dan juda  ko‘p yaxshilik ko‘rgan  Parm enion bu
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling