Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet23/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34

249

fitnaningboshlig'i ekan.  U o'g'li Filotni,  Pefkolayni,  Dem etrni va Dimnni 
shu jinoyatga boshladi».
Bu  shum   xabarni  eshitganlar  qalbida  qahr-g‘azab  uyg‘onadi.  Keyin 
N ekom axni,  Kebalinni,  M itronni  olib  kelishdi,  ular  bo'lgan  voqeani 
aytib  berishdi.  Shunda  shoh  davom  etib:  «Bu  xabarni  yashirgan  odam  
haqida  nim a  deysiz.  D im n  bekorga  o ‘lmaydi.  Kebalin  qiynoqlardan 
cho'chim adi,  M itron  esa bu  xabarni  o 'z  vaqtida yetkazadi.  Faqat,  Filot 
o'zini  bu  xabarga  ishonmaslikka  solib,  mening  hayotim   xavf  ostida 
ekanligidan  beparvo  bo'ladi.  C hunki  u  yovuz  m aqsadni  ko'zlagan  edi. 
Midiyani  boshqarib  turgan  otasi  yordam ida  m ening  o'rn im ga  shoh 
bo'lm oqchi edi.  H atto u  mening farzandim yo'qligini yuzimga solardi.
Lekin  u  xato  qiladi,  farzandim  o'rniga  m ana  sizlar  m enga  farzand, 
qarin do sh  va  aka-uk asizlar,  sizlar  bilan  m en  o 'z im n i  yolg'iz  his 
etmayman.
Shoh  keyin  Parm enionning o 'z  o'g'illari  N ikanor va  Filotga yuborgan 
xatini o'qib beradi. Xatda shunday deyilgan edi:  «Awal o'zlaringni,  keyin 
o'zlaringga  qarashli  odam larni  o'ylang,  shunda  biz  istagan  narsamizga 
erishamiz».  Bu maktubning mazmunini faqat o'g'illari tushunadi, boshqa 
odam  esa uning m azm uni nima haqda ekanligiga tushunm aydi, deb shoh 
qo'shimcha qiladi. «Dimn va boshqalar ham uning ismini aytishga, sotishga 
q o 'rq ar  edi,  lekin  hayotning  o'zi  Filotning  sotqinligini  ko'rsatdi.  Filot 
M akedoniyada menga qarshi fitna uyushtirgan A m inta bilan do'stlashdi, 
mening dushm anim  bo'lgan Attayaga singlisini berdi.  Bularning hammasi 
uning menga  nisbatan dushmanligini, shon-shuhratim ni ko'rolmasligini 
isbotlab turibdi.  Endi  esa  meni  o'ldirm oqchi  bo'ldi.  M en  esa  unga juda 
ishonib eng yaxshi qo'shinga boshliq qilib qo'yib,  undan ko'p yaxshiliklar 
kutgan  edim.  Sizlar  meni  qanday yuksakka  ko'targan  bo'lsalaring,  men 
ham uning otasini shunday oliy darajaga ko'tardim .  Eng boy mamlakatga 
hukm dor  qilib  qo'ydim .
Shunday qabiladoshning qo'lida qurbon bo'lgandan ko'ra, bir arzimas 
dushm an qo'lida o'lganim  afzaldir.  Faqat sizlar mening hayotimni saqlab 
qolishingiz  m um kin»1.  S hundan  so'ng  Filotni  ham m aning  oldiga  olib 
chiqishadi.  Y aqindagina  unga  havas  bilan  qarab  yurgan  odam lar  endi 
unga qahr-g'azab bilan qarar edi.  Kechagina otliq qo'shinga sarkarda bo'lib 
yurgan  Filot,  bugun esa boshini  egib turardi.
1  Kursiy  Ruf.  2 2 5 - 2 2 6 -   betlar.
250

Yaqindagina ikki o ‘g‘li G ektorva Nikanom i yo‘qotgan Parmenionning 
ham   uchinchi  o ‘g‘li  Filot  bilan  birga  taqdiri  yom on  b o ‘lishini  ham m a 
sezib  turardi.  A m inta  esa jangchilarni  chalg'itm oqchi  b o ‘lib,  shunday 
dedi:  «Bizni  dushm anga  sotishibdi,  endi  biz  ularni  yenga  olmaymiz. 
Qurshovda qolib vatanimizga, oilamizga qayta olmaymiz».
A m intaning bu so‘zlari shohga yoqmadi.
Shundan keyin  Ken  Filotning azob chekib o ‘lganidan ko‘ra osongina 
o ‘z qo‘lida o ‘lishini afzal bilib, qo‘l ko‘targan edi, biz unga hali gapirishga 
imkoniyat  berishimiz  kerak  deb,  shoh  uning  q o ‘lini  ushlab  qoladi.
Lekin  Filot  gapirish  u  yoqda  tursin,  hatto  boshini  ko‘tarib,  og‘zini 
ham   ocholmaydi.  Keyin  u  ko‘z  yoshlarini  oqizib,  hushidan  ketadi, 
birozdan  so‘ng  o ‘ziga  keladi.  Shunda  shoh  unga  qarab  dedi:  «Seni 
makedoniyaliklar sud qiladi, ular bilan o ‘z ona tilingda gaplasha olasanmi? 
Shunda  Filot  javob  qaytardi:  «M akedoniyaliklardan  tashqari  boshqa 
odam lar  ham   ko‘p.  M en  o ‘shalarning  tilida  gapiram an.  0 ‘ylaymanki, 
meni  ular  tushunadi.  Shunda  shoh  dedi:  «Ko‘ryapsizlarmi  hatto  u  o ‘z 
ona tilini tan olmaydi».
-  «Aybsiz gapira  olmaydi,  aybdor -  xohlaganicha gapirishi  m um kin,
-  dedi  Filot,  -  shuning  uchun  m en  vijdonimni  saqlagan  holda  bunday 
og‘ir ahvolda o ‘z his-tuyg‘ularimni ifoda eta olm ayapman.  M eni himoya 
qiladigan, eshitadigan biron-bir odil sud yo‘q.  M en nim a uchun aybdor- 
ligimga  hayronm an.  Fitnachilar  qatorida  meni  hech  kim  tilga  olmadi. 
Kebalin  ham ,  Nikolax  ham   ismimni  tilga  olm adi,  Agar  m en  fitnachi 
bo ‘lsam,  D im n  aytishi  kerak edi-ku!  Axir,  u jinoyat  ochilm asdan  oldin 
so‘roq qilingan-ku.  Axir  Kebalin bu xabarni  menga aytm aganida,  hozir 
men bu ahvolga tushm agan bo'lardim . Agar D im n tirik b o ‘lganida,  meni 
himoya qilgan bo‘lar edi.  Boshqalar esa o‘zini himoya qilish uchun ham m a 
aybni menga ag‘darmoqda. Nahotki, aybdorlardan birontasi bor haqiqatni 
aytmasa,  dem ak,  ular  hech  kimni  ayamaydi.  T o ‘g‘ri,  m en  hali  ham  
aytmaganligimni b o ‘ynimga olaman.  Lekin sen, Aleksandr,  menga o ‘ng 
q o ‘lingni  berib  kechirgan  eding-ku!  H atto  bayram da  ham   m en  bilan 
birga b o ‘lding. Agar sen menga ishonganingda edi,  shubhalanishga o ‘rin 
qolmasdi.  Qanday narsa seni bu qarordan qaytardi?  M eni ushlaganlarida 
qattiq  uxlab  yotgan  edim.  Q anday  qilib  fitnachi  shunday  uxlaydi? 
Jinoyatchi  tinch  uxlay  olmaydi.
Bu  x ab arn i  y etkazgan  yig itch an in g  an iq   dalillari  y o ‘q.  M eni 
kechirganing  uchun  afsuslanma.
251

Baxtga qarshi  o ‘sha buziiqi  haqida har xil  m ish-m ishlar eshitib,  yana 
o'zi  kelib  aytmay,  akasini  yuborgani  uchun  undan  shubhalandim .
Keyinchalik u Kebalinga aytgan gapidan tonishi mumkin,  men boisam  
yolg'onchi  b o'lib  qolishdan,  shoh  do'stlarida  shubha  tu g ‘dirishdan 
c h o 'ch id im .  H atto   m en  hech  kim ga  teginm asam   ham   o 'lim im n i 
xohlovchilar chiqib qolishdi. Aybsizni aybdor deb yolg‘on gapirganim da 
o Lzimga qancha dushman orttirgan bo'lardim. Agar m en ataylab yashirgan 
bo isa m ,  Kebalinni  darhol  yo'q  qilishim  kerak edi-ku!
Agar  shohni  yo‘q  qilish  niyatida  b o isa m ,  nega  uning  huzurida  bir 
o'zim   bir  necha  bor bo'lib,  uni  yo‘q  qilmadim.  Dimnsiz  o'zim   hal  qila 
olmasmidim.  D em ak,  u  fitna  boshlig'i,  Filot  esa  uning  soyasida  turib 
M akedoniya taxtini  egallamoqchi  bo'libdimi!  Qaysi bir boshliqni  qo'lga 
oldim yoki  ularga sovg‘a  in ’om   qildim.  Meni  yana o ‘z tilini,  urf-odatini 
yo‘qotgan deb ayblashyapti. Axir, bizning tilimiz allaqachon  muloqotdan 
chiqqan.  Hozir ham ma boshqa tillami o‘rganyapti. Aminta bilan do‘stligimni 
inkor  etm aym an.  Shunday  m artabali  odam   bilan  do'stlashganim ga 
aybdormanmi?
H aqiqatan ham ,  Yupiter o ‘g‘li deb hisoblangan odam ning qo'l ostida 
qiynalasizlar deb  ularga  yozgan  edim.  O,  d o ‘stlikka bo'lgan  ishonchim  
chin dildan bergan  m aslahatlarim   uchun shu ahvolga tushdim m i?
Shoh  haqida  em as,  shohning  o'ziga  yozganimni  tan   olam an.  M en 
unga  nisbatan  nafrat  uyg'otish  uchun  emas,  balki  uning  hayoti  xavfli 
ekanligidan  qo'rqardim .  Y upitem i  tan   olish  Aleksandr  uchun  loyiq  ish 
deb  o'ylardim .  Agar  ham m a  Orakulga  ishonsa,  unda  m enga  xudoning 
o'zi  guvoh  bo'lsin.  Jinoyat  qilm oqchi  bo'ldim m i,  yo'qm i  bu  haqda 
A m m ondan so'ragunlaringcha meni kishanda ushlab turinglar.
Agar xudodan  ko'ra azoblash qulayroq bo'lsa, haqiqatni bilish  uchun, 
men unga ham  tayyorman.
Bunday  jinoyatda  ayblanganlar,  odatda,  qarindoshlarini  olib  kela 
olmaydi,  chunki  u  ham   shu jinoyatda ayblanyapti.
S huncha  o 'g'lidan  ajralgan  otam ga  endi  bu  ham   borm idi.  Uni  men 
bilan birga ko'misharmidi?!
Shunday  qilib,  aziz  otam ,  sen  ham   men  uchun  va  m en  bilan  birga 
o'lasan.  N im a uchun meni bu dunyoga keltirding?
Bilmayman,  afsuslanishga nim a loyiqligini:  m ening yoshligimmi yoki 
sening qariligingmi?  M en ayni kuchga to'lgan vaqtim da o'lyapm an, seni 
esa tu h m at  kutyapti. Axir,  Parm enion  Filipp  shohgazahar  tayyorlaga-
252

nini bilib qolib, unga bu haqda xat yozgan edi-ku! 0 ‘shanda ham  otamga 
ishonishmagan  edi.  M en  ham   ko‘p  narsani  yetkazganim da  ustim dan 
kulishardi.  Bizdan shunday qilib shubhalanardi.  N im a qilishimiz kerak?
Turganlardan  biri:  « 0 ‘z  homiylariga  fitna  uyushtirm aslik  kerak» 
deganda,  Filot  dedi:  «To‘g‘ri  aytasan.  Shunday qilib,  agar m en  fitnachi 
b o ‘lsam ,  m ening  gaplarim   sizlarga  yoqm ayotgan  b o ‘lsa,  gapim ni 
tugataman».
Q o ‘riqlab turganlar  uni  olib  ketishdi.
Sarkardalar  ichida  Belon  ismli  oddiy  xalq  ichidan  chiqqan,  jasur 
sarkarda bor edi.  H am m a jim  turganida,  u  Filotning boshqa kirdikorlarini 
ham ayta boshladi.
Filotning oltin ortilgan aravalari turganida u yerga hech kim yaqinlasha 
olmasdi.  U  uxlaganida hech kim xalaqit bermasligi kerak edi.  Qishloqdan 
chiqqan jangchilam i  Frigiytslar va paflogonlar deb mazax qilardi.
N im a  uchun u endi A m m onni so'rayapti.  U axir A leksandm i o ‘g‘lim 
deb  tan  olgan  Yupiterni  yolg‘onchilikda  ayblagan  edi-ku!  Bu  fitnani 
o'ylaganim da  Y upiter bilan  m aslahatlashm agan  edi-ku,  endi  u   nimaga 
kerak  b o ‘lib  qoldi?  Bu  hiyla  bilan  faqat  u  vaqtdan  yutm oqchi,  otasi 
yuboradigan  yaramaslarni  kutmoqchi.
Shunda ham m a hayajonlanib qoldi va birinchi bo'lib shaxsiy qo‘riqchilar 
bu yaramasni hoziroq tilka-pora qilish  kerak deb baqirdilar.  Shoh qaytib 
kelib,  bu  ishni  yanada  chuqurroq  o ‘rganish  uchun  yig‘ilishni  boshqa 
kunga qoldirdi va kech bolganiga qaramay, do‘stlarini huzuriga chaqirdi. 
Deyarli ham m a Filotni eski Makedoniya odati bo‘yicha toshbo‘ron qilishni 
aytdi.  Lekin  G efestion,  K rater  va  Ken  uni  azoblab  haqiqatni  bilish 
kerak,  deb  turib  olishdi,  boshqalar  ham   ularga  q o ‘shilishdi.
M aslahatdan  keyin  Gefestion,  Krater,  K en  Filotni  so‘roq  qilishni 
davom  ettirishadi.  Shoh  yana bir bor  K rater bilan  m aslahatlashib,  dam  
olish  uchun  xonasiga  ketdi  va  so‘roq  natijasini  kutdi.  Jallodlar  Filotga 
ham m a azoblash qurollarini ko‘rsatdi.  Shunda Filot dedi:  «N im a uchun 
shohning qotilini o ‘ldirishga shoshilmayapsizlar? N im a qilasizlar azoblab?»
Keyin  uning  ko‘zini  bog‘lab,  chidab  bo‘lmaydigan  azob  beradilar. 
Shunda u xudoning nom ini tilga olib, qonunlarga m urojaat qiladi.
Uni  har  qancha  qiynashmasin,  hatto  ovozini  ham   chiqarm adi.  Sen 
m endan  nim a  eshitishni  istaysan,  K rater,  deb  uning  ustidan  kula 
boshlaganida g‘azablangan  Krater jallodni chaqirib yana qiynoqni davom 
ettirdi.  Shunda Filot biroz dam  berishini so‘ray boshladi va ham m a narsani
253

aytib berishga va’da berdi. Shu payt  Parmenionga yaqin bo'lgan otliqlaming 
bir qismi o'zlarini o'zlari o'ldiradilar, bir qismi qochib ketishadi.  Chunki 
odat  bo'yicha  Filot  o'ldirilsa,  unga  qarindosh  otliqlar  va  askarlar  ham  
o'limga mahkum etilar edi.  Bundan hamma, butun lager vahimaga tushadi. 
H atto shoh  bunday qilmasligini  aytishga  ham  ulgurmay qoldi.
S h u n ch a  azo b d an   keyin  h am   Filot  h aq iq atn i  ay tarm id i  yoki 
aytmasmidi  -  bu  narsa  qorong'i  edi.  Baribir  Filot  bir  narsani  aytdi: 
«Mening  otam   Gegelox  bilan  d o ‘st  edi.  Bizning  ham m a  baxtsizligimiz 
shu  G egeloxdan  boshlandi.  Shoh  o'zini  Y upiterning  o 'g 'li  deb  tan 
olishlarini  buyurganida,  Gegelox  shunday  degan  edi:  «Nahotki  biz  o 'z 
otasidan voz kechgan shohni tan olamiz?  Bunday qilsak biz halok bo'lamiz. 
Bu  bilan  biz  xudoni  ham   haqorat  qilgan  bo'lam iz.  Aleksandr  ilgarigi 
Aleksandr  em as,  balki  u  endi  yovuz  bosqinchidir.  Agar  kim  undan 
o 'ch   olsa,  yaxshi  ish  qilgan  bo'lardi».
Gegelox shunday dedi va ertasi kuni bundan xafa bo'lgan otam  meni 
chaqirdi.  Biz  ikkovimiz  ham   hayajonda edik.  Gegelox balki  bu gaplarni 
mastlikda aytdimi, deb undan yana bir bor so'radik,  u esa h am m a gapni 
qaytardi  va  agar  biz  bu  ishni  boshlasak,  u  ham   bizga  yordam   berishini 
aytdi.
Gegelox  aytgan  reja  Parm enionga yoqmaydi,  chunki  hali  D oro tirik 
edi. Agar buni  D oro qilmasa, unda shohni kim o'ldirsa evaziga  Osiyo va 
Yevropaga ega bo'lardi.  Mana shu reja kelishib olinadi.
Dimn haqida hech narsa bilmayman.  Lekin u qatnashchi emas, deganim 
bilan  foydasi  yo'q.
Jallodlar  uni  yanada  qiynashib,  undan  yana  ko'proq  narsa  bilishni 
istashadi.
Rejani  qanday  qilib  amalga  oshirish  yo'llarini  ham   aytib  beradi.  Bu 
reja amalga oshishi qiyin bo'lgani uchun  Filotning o'zi darhol o'ziga reja 
tuzadi va bundan  Parm enionning xabari yo'qligini  aytadi.
Filot  jinoyati  uchun  o 'z  jazosini  olgan  bo'lsa-da,  ilgari  nafrat  bilan 
qaragan jangchilarda uning o'lim idan keyin achinish hissi paydo bo'ladi. 
Bunga  uning  yoshligi,  shon-shuhrati  va  otasining  qariligi  sabab  edi. 
Parm enion birinchi bo'lib shohga Osiyo yo'lini ochib berdi.  U janglarda 
sarkarda bo'lib,  barcha qiyinchiliklami  yengar  edi.  U  Filippning  eng 
yaqin do'sti bo'lgan.  Shunday m a’lum otlar jangchilar orasida tarqaldi va 
ular tayyorlayotgan qo'zg'olon haqidagi xabar yana shohga yetadi,  lekin
2 54

shoh  bundan  hayajonlanm adi,  ham m ani  chodiriga  yig'di.  Atariy  shoh 
bilan  kelishgani  bo'yicha  Aleksandr  Linkestani,  ya’ni  Filotdan  oldin 
shohni  o'ldirm oqchi  bo'lgan  odam ni  olib  kelishni  buyuradi.  U  ikkita 
guvohning ko‘rsatmasiga binoan qo'lga olinib,  uch yildan buyon  kishanda 
saqlanar  edi.  Keyinroq  Fillipni  o'ldirishda  ham   qatnashgani  m a’lum 
bo'ladi.  Aleksandrni  shoh  bo'lgani  uchun  birinchi  bo'lib  tabrikladi, 
shuning uchun Aleksandr uni qatl etmadi, lekin aybdorligini kechirmaydi. 
O 'sh an d aq ayn otasi  A ntipatrning  iltimosiga k o 'ra,  shohning  g'azabi 
pasaygan  edi.  Lekin Aleksandrning g'azabi  yana kuchaydi,  bunga bo'lib 
o'tgan  voqealar  sabab  edi.
Shunday  qilib,  Aleksandr  uni  olib  kelib  so 'z  berishadi.  U ch  yil 
d a v o m id a   o 'z i n i   o q la sh   u c h u n   ta y y o rla b   q o 'y g a n   g a p la r in i 
hayajonlanganidan  ayta  olmaydi.  H am m aga  m a ’lum   ediki,  uni  vijdon 
azobi qiynardi.  Shundan so'ng uni jangchilar nayza sanchib o'ldirishadi.
U ning jasadini olishganida shoh Am inta va Simiyani  olib kelishlarini 
buyuradi.  Ularning ukasi  Palemon qochishga ulgurgandi.  Bular Filotning 
eng yaqin do'stlari bo'lgani  uchun, eng yuqori m ansablarga qo'ygan edi. 
Shuning uchun  ular ham   fitna qatnashchilari deb gum on qilinadi.  Shoh 
ulardan  shubhalanishini,  shuning  uchun  qo'llarini  bog'lab  qo'yishni 
buyuradi.  Shubha  yo'qki,  Filot  bilan  ular  yashirin  ravishda  uchrashib 
turgan,  ularning  ukasi  Filotni  tergov  qilish  vaqtida  qochdi  va  bu  bilan 
nima  uchun qochganligini  bilardi.  O 'zlari  esa yaqinda  Filotga yaqinroq 
bo'lish  uchun,  har  qanday  to'siqqa  qaram ay  unga  intilishadi.  Jinoyat 
ochilishidan  sal  oldinroq  Antifan  A m intadan  yo'qolgan  otlar  o'm iga 
qonuniy  ravishda  ot  berishni  so'raydi,  lekin  u  bermagan.
M ana shu  faktlaming ham m asini tekshirib ko'rib,  agar to 'g 'ri  chiqsa 
ularni  ham   o'ldirish,  bo'lm asa  oqlash  kerak.  Keyin  A ntifanni  olib 
kelishganda,  u,  haqiqatan  ham ,  ot  berm aganini  aytadi.
Aminta gapirishga ruxsat olib, kishanni yechishlarini ham  iltimos qiladi. 
Shoh  ikkovining qo'lini yechib,  nayzalarini ham  beradi.  Shunda A minta 
dedi:  «Agar  bizning  hayotim izni  saqlab  qolsang,  sendan  m inn atd or 
bo'lam iz,  o'lsak taqdirim izdan  ko'ram iz.  Biz ozod odam   sifatida sudda 
lavob beramiz.  Sen hatto bizga qurolimizni ham  qaytarding.
Antifanga  o 'sh a  kuni  otni  berm aganim iz  uchun  aybdor  bo'lsak,  u 
luim xuddi  o'sh a kuni  so'ragani  uchun javob berishi  kerak.
Kim  aybdor,  kim  aybsiz  ekanligini  hal  qilish  qiyin.
255

Aytganday,  m enda  bor-yo‘g ‘i  10  ta  ot  b o ‘lib,  8  tasini  iigari  bergan 
edim.  Qolgan 2 tasini o ‘zim piyoda qolmaslik uchun bergim kelmadi.  M en 
bu  ishyoqmas  bilan  bemalol  gaplashganimni  inkor  etmayman».
M ana endi Aleksandr va Antifanning oldida hisobot berishga vaqt keladi.
«Lekin onang o 'z  xatida bizni senga dushman deb ko‘rsatgan.  Bekorga 
tashvishlangan.  N im aga  bizdan  xavfsirash  sabablarini  aytmagan.  Unga 
bizn i  so tg a n   o d a m n in g   ism in i  h a m   a y tm a g a n .  B iz n in g   qaysi 
harakatlarimizga asoslanib senga bu tashvishli xatni yozgan.  O nangning 
uyidagi  yigitlarni  olib  kelishga  o ‘zing  yubording-ku,  M akedoniyaga. 
Buyruqni  bajarishga  m ajbur qilding va men bu topshiriqni a ’lo darajada 
bajardim.  U  yoqdan  xizm atdan  qochib  yurgan  Gorgiya,  G ekaten  va 
Gorgilani  va  boshqa  yigitlarni  olib  keldim.  U lar  hozir  yaxshi  xizmat 
qilyapti.  M ana shu buyruqlami bajarganim uchun qatl qilmoqchi bo‘lsang
-  bu  nohaqlikdir.  Agar  bajarm aganim da,  jazolanar  edik.  M en  6000 
makedoniyalik  piyoda  askar  va  600  otliq  olib  keldim.  Agar  yom on 
b o ‘lganim da ular orqam dan ergashmagan b o ‘lardi.
Shuning  uchun  onangni  tinchlantir,  bizdan  g‘azablanm asin.  Bunga 
o ‘zing sababchi bonding».
A m inta  gapirib  turganda jangchilar  uning  ukasi  Polem onni  q o ‘lini 
bog1 lab  ushlab  keladilar.  G ‘azablangan  xalqni  uni  toshbo‘ron  qilishdan 
zo‘rg‘a to ‘xtatishadi.
Polem on  qo ‘rqm asdan  dedi:  «Meni  kechirishlaringni so‘ram aym an, 
lekin  qochishim ga  akam   aybdor  b o ‘lmasin.  Agar  uni  oqlab  b o ‘lmasa, 
ham m a jinoyat  meniki b o ‘lsin».
H am m a bu gapni  m a’qullab yig‘lab yuboradi.
Filotning azobidan sarosimaga tushgan otliqlar qatori  Polem on ham  
ikkilanib  qochishga  tushgan  edi.  0 ‘zining  taqdiri  uchun  emas,  akasini 
aybdor  qilganligi  uchun  betini  yulib  yig‘lay  boshlaydi.
Bu  narsa  hatto   shohni  ham   to ‘lqinlantirib  yuboradi.  Faqat  akasi 
o ‘zgarmay so‘zida davom etdi: - Axmoq, sen otga minib qochgan vaqtingda 
yig‘lashing kerak edi.  Qayerga va nima uchun qochding?
U  ko‘proq  akasi  oldida  gunohkorligini  ta n   oldi.  Shunda  odam lar 
shohdan  ularni  kechirishni  so‘ray  boshlaydi.
H am m a tinchlangandan  keyin  shoh  dedi:  «Mayli,  ularni  kechirdim . 
Iigari  qanday  ishongan  b o ‘lsam,  shunday ishonch bilan  qabul  qilaman. 
Agar  m en  sizlarni  teksh irm ag anim da,  o ‘zim ga  n isbatan  sh ub h an i 
orttirgan b o ‘lardim.  S h u b h ad ab o ‘lg an d ank o ‘ra, oqlangan  m a’qul.
256

Faqat sudda o'zini himoya qila oladigan odamgina oqlanadi.
Aminta,  sen  ham   ukangni  kechir».
Keyin shoh yig'inni tarqatib,  Polidamantni chaqiradi.  U  Parmenionga 
juda xiisliomadgo'vlik qilar va jangda doimo uning yonida bo'lar edi.  Unga 
aka-ukalarini  olib kelish buyurilganida,  ancha bezovta bo'lib qoladi.
Ularni darhol olib kelishdi va qo‘rquvdan qaltirayotgan  Polidamantni 
chaqirib,  shoh  dedi:  «Parm enionning jinoyati  ham m aga,  shuningdek, 
ko'proq sen bilan bizga tegishli.
Uni  ta ’qib  qilish  va jazolashni  senga  ishonib  topshiram an.  Bu  ishni 
bajarib kelguningcha ukalaring menda garov sifatida qoladi.  Midiyaga borib, 
mening  harbiy  boshliqlarim ga  m ana  bu  xatni  berasan.  M ish-m ish 
tarqalm asdan  bu  ishni  tez.  bajarish  kerak.  Yana  bir  xatni  Parmenionga 
berasan.  Bu xatda  Filotning uzugi bor va bunga  Parm enion  ishonadi».
Polidam ant  q o ‘rquvdan  holi  b o lib ,  albatta,  bu  topshiriqni  qoyil 
qilib bajarishini  aytadi  va arablar kiyimini kiyadi.  U nga yo‘ldosh  qilib 2 
ta arab beriladi.  Ularning  xotin va bolalari  ham garovga qoldiriladi.
Suvsiz c h o ‘llarni kezib, o ‘n bir kunda belgilangan joyga keldilar. Yana 
o ‘z  k iy im in i  kiyib,  P o lid a m a n t  K lean d r  ch o d irig a   k elad i.  Xat 
topshiiilgandan keyin  Kleandr va Polidamant ertalab  Parmenion huzurida 
uchrashishga qaror qilishadi.  Boshqa harbiy boshliqlarga xat beriladi.
Polidam antning  kelganidan  xabar  topgan  Parm enion  uni  chaqirib, 
shoh  to 'g ‘risida  so‘ray  boshlaydi.  Bu  m am lakat  vodiylarida  q o ‘l  bilan 
yaratilgan  igna  bargli  o ‘rm onlar  mavjud  boMib,  shunday  o'rm onning 
birida  Parm enion  harbiy boshliqlar himoyasida sayr qilardi.  Parm enion 
xatlarni o ‘qish vaqtida uni oldirishga kelishiladi.
Polidam ant xursand holda  Parm enionni  quchoqlash  uchun u tom on 
yugurdi  va  borib  xatni  beradi.  Xatni  ochayotib  shohning  hol-ahvolini 
so‘raydi.  Bu haqda xatdan bilasiz - dedi  Polidamant.  Birinchi xatni o ‘qib, 
shoh dam olishni ham  yoqtinnaydi-ya.  Endi u araxoziylarga qarshi yurish 
qilmoqchi,  dedi u.  Keyin u  Filot  nomidan yozilgan xatni o ‘qiy boshlaydi 
va yuzida xursandchilik paydo bo‘ladi.  Shu vaqtda Kleandr uning biqiniga 
qilich  sanchib,  boshini  uzib  tashlaydi.  Qolganlari  esa  o ‘lgandan  keyin 
vetib  keladi1.
0
‘rmonga kirishda turgan soqchilarbu o ‘lim haqida sezib qolib, hamma 
langchilarni oyoqqa turg'azadilar.  Ular qotilni berishlarini, bo‘lmasa o ‘ch
1  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha  asar,  2 5 3 -  bet.
257

olishlarini  aytadi.  Shunda  K leandr  ular  boshliqlarini  yig‘ib  shohning 
iltimosini  o'qib beradi.  Shohning buyrug‘i bilan o ‘ldirilganini tushungan 
jangchilar tarqalishadi. Ayrimlari  Parmenionning jasadini ko‘mish  uchun 
ruxsat  so‘raydi.
K leandr  zo‘rg‘a  jasadni  beradi.  Parm enionning  boshi  esa  shohga 
yuboriladi.
Parm enionning  o iim i  shunday  sodir  b o ‘lgandi.  U  shohsiz  k o lp 
magMubiyatga  uchrar,  shoh  esa  usiz buyuk  ishlar qila olmasdi.
U  70 yoshda bo‘lishiga qaramay, harbiy boshliq vazifasini yosh yigitday 
bajarardi.  Askarlar uni  yaxshi  ko‘rardi, jasur,  chaqqon  va tadbirkor edi. 
Haqiqatan  ham ,  u  shoh  hokimiyatini  egallamoqchi  b o ‘ldimi  yoki  bu 
shunchaki shubhami - buni aniqlash qiyin edi.  Filot esa haligacha haqiqatni 
aytmasdi.  Parmenionga motam tutgan otryadni alohida qilib, unga boshliq 
etib  Leonid tayinlanadi1.
Xuddi shunday, Aleksandrga uyushtirilgan fitna tafsilotlari haqida Arrian 
ham   «Aleksandrning  yurishi»  asarida  qiziqarli  lavhalami  keltirib  o4adi. 
Biroq,  A rrianda  bu  fitna  tafsilotlari  Kursiy  R uf asaridagi  kabi  keng  va 
batafsil  hikoya qilinmaydi. Arrian bu haqda shunday yozadi:
Aleksandr  o ‘ziga  qarshi  uyushtirilgan  fitnaning  aybdorlari  sifatida 
Parm enion  va  uning  o ‘g‘li  Filotni jazolagani  haqida  aniq  m a’lum otlar 
beruvchi  ko‘plab tarixiy dalillarni keltirib o ‘tishimiz m um kin.  Bu haqda 
Y ustinning  «P om pey  Trog  epitom i»  asarida  ham   a n c h a   fikrlarni 
uchratamiz.
Parm enion va  Filot fojiasi  Plutarx asarida kengroq yoritib berilgan.
Parm enionning  o'g'li  Filot  makedoniyaliklar o ‘rtasida  katta  hurm at 
qo/.ongandi.  U juda dovyurak va saxiy bo‘lib, Aleksandrdan keyin ikkinchi 
o 'rin d a  turardi.  Aytishlaricha,  Filot  bir  kuni  d o ‘stidan  pul  so'rabdi. 
Xizmatkori  pul  berishdan  bosh  tortibdi.  Shunda  Filot  unga:  «N im a 
deyapsan?  N ahotki  senda  hech  bo'lm asa  biron-bir  kiyim  ham   yo‘q 
boisa?»
0
‘zini tuta bilishi boy-badavlatligi, o‘ziga oro berib qim matbaho liboslar 
kiyib  yurgani  uchun  Filot bir qancha  dushm an  orttirgandi.  H atto  otasi 
bir  kuni:  « 0 ‘g‘lim,  sal  pastroq  tush!»  -  deb  aytgan  ekan.  Aleksandr esa 
uni  yoqtirmasdi.  U lar  D am ashqda,  Kilikiyada  mag‘lubiyatga  uchragan 
Doroning boyliklarini qo‘lga kiritishganda lagerga juda ko‘p asirlami olib
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling