Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet28/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
SPITAMEN
Dilimizga  yaqin  bo‘lgan  yana  bir  o'tmishdoshimiz  Spitamendir. 
Spitamen deganda bizning ko‘z o‘ngimizga el-yurtning erkini, ozodligini 
o'ylab xalqni vatan himoyasiga undagan vatanparvar bahodir namoyon 
boladi. Antik davrlardayoq vatanparvarlikni yuksak tuyg‘u deb ko‘ngliga 
tukkan bu xalq haloskori katta erksevarlar qo‘shin to‘plab,  «yengilmas» 
deb nom olgan Aleksandr qo'shiniga bir necha bor qaqshatqich zarba 
beradi. 0 ‘zi ham qayta-qayta talafotlar ko‘rsa ham yana kurashni davom 
ettiradi. Uning bunday jasoratiga hatto Aleksandr ham qoyil qoladi.
Spitamen  katta jur’at  egasi  edi.  U  Aleksandrning  ustidan  g'alaba 
qozonish  uchun  kurashadi.  Aleksandr unga bir necha bor odamlarini 
yuborib, sulh tuzishga harakat qiladi. So‘g‘diyonaning hokimligini va’da 
qiladi, biroq Spitamen o‘z xalqiga xiyonat qilishni istamaydi.
Grek va  Rim tarixiy nasri namunalarida Spitamenning qaysi shahar 
yoki qishloqdan ekanligi aniq ko‘rsatilmagan. U asosan Politimet daryosi 
bo‘ylarida,  Maroqand shahri  atrofida kechgan  voqealar tasvirida  ko‘p 
tilga olinadi.
Aleksandr qo‘shinlari qanchadan qancha hokimliklarni qo‘lga kiritgan 
bo‘lsa-da,  hali  hech  qachon  So‘g‘diyona  yerlaridagidek  tahlikaga 
tushmagan, katta talafotlar bermagan edi. Spitamen hech kimning xayoliga 
kelmagan joylarda  tasodifan  paydo  bo‘lib,  qo‘qqisdan  hujum  boshlar 
yoki  dushmanni pistirmada turib tuzoqqa ilintirardi.  Uning o‘ziga xos 
jang taktikasi bor edi. Qilichbozlikda unga teng keladigani topilmasdi.
Skiflar Spitamenga katta qo‘shin berolmasligini aytadi.  Chunki ular 
o‘z qabilalarini himoya qilib qo‘shin to'playotgan edilar. Bundan tashqari 
skiflar Aleksandr bilan hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzishgandi. 
Bu  shartnoma  buzilsa,  Aleksandrning qahri  kelib,  ular yeriga bostirib 
kelishi mumkinligini aytadi.  Spitamen ularni birlashishga, katta kuchni
325

bir joyga yig'ishga, so'ngra Aleksandrga zarba berishga chaqiradi.  Biroq 
skifshohlari Spitamenga aloqani Lizmaslik uchun kam sonli qo'shin beradi. 
Yana  tayinlaydiki,  bosqinchilarni  quvib  chiqarishda  Spitamenga  ular 
hamma vaqt madadkorbo'ladi. Shuningdek, Spitamen do'stlik niyatida 
hamma vaqt skiflar eliga kelishi, mabodo yolg'iz qolsa yoki hayoti tahlikaga 
tushsa,  boshpana topishi  mumkinligini  ham  bildirishadi.  Skiflar shohi 
Spitamenning  ko‘nglini  ko‘tarishga  har  qancha  harakat  qilmasin,  u 
yaralangan burgutday So‘g‘diyonaga ruhan tushkun holda qaytadi.
Kursiy Rufning ta’kidlashicha, greklar qadimdan skiflar haqida ko‘p 
narsalarni bilishgan. Hatto «skif cho‘llari haqida greklar ko‘plab maqollar 
bitishgan»1.
Kursiy Ruf So‘g‘diyonaga ta’rif berib, «suv yetishmas, 400 stadiygacha 
bo‘lgan yerlarda namlik yo‘q edi. Jazirama cho'l issig'i hartomonga olov 
purkardi»2  - deb yozadi.
Bundayjazirama cho'llarda yurishga Spitamen va lining qo‘shini o'rganib 
qolgandi.  Aleksandr  qo‘shinlari  esa  bunday  cho‘l  yerlardan  yurishga 
qiynalardi. Ko‘pincha adashib ketib, Spitamen qo‘ygan tuzoqqa ilinardi. 
Spitamen ochiq jangda Aleksandr qo‘shiniga teng kelolmasligini bilardi. 
Chunki ular juda puxta qurollangan, qirg'in janglarni ko'raverib, pishib 
ketgandi. Spitamen safdoshlari ichida esa hali biron marta jang ko‘rmagan, 
jangning  dahshatini  his  etmagan  kishilar  ham  bor  edi.  Aleksandr 
jangchilari  bir  xil  kiyingan,  qo'liga  bir  xil  jang  qurollarini  salobat 
bilan tutgan bo‘lsa, Spitamen jang-chilarining ko'pchiligi janda-junda, 
yirtiq-yamoq  kiyimlarini  kiyib,  ayrimlari  qoliga  cho‘qmor,  tayoq, 
tesha,  o‘roq,  panshaxa  ko‘tarib  olishgan  edi.  Shu  tufayli  Spitamen 
dushmanga  qo‘qqisdan  hujum  qilib,  cho‘l  ichkarisiga  qochishni  eng 
qulay usiil deb bilardi. Bir kun Yaksart cho'llarida, boshqa kuni Baqtriya 
tomonlarda,  yana  bir  kuni  Politimet  bo‘ylarida  turib  dushmanga 
talafotlar  keltirardi.  Ular  massaget,  skif,  dak,  sak,  So‘g‘d  qabilalari 
bilan  mustahkam  aloqalar bog‘laydi.  Skiflar  keyinchalik  Spitamenni 
o'zlarining haqiqiy haloskori deb biladi va unga necha bor katta qo‘shin 
bilan yordam berib, g‘alabaga erishishida ko‘makdosh boMadi.
Spitamen hech boylik yig‘masdi.  Boylik to^plashga qiziqmasdi ham. 
Qo‘liga mabodo katta oMjalar tushib qolgudek bo‘lsa,  uni jangchilariga
1
  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  283-  bet.
2 Kursiy  Ruf.  O'sha asar,  263- bet.
326

bcrarva jangda madadkor bo‘lgan qabila 
oqsoqollariga  hadya  ctardi.  Spitamen 
ba’zan izmiga yurmay, sotqinlik yo'liga 
o‘tgan qishloq beklarining xonadonlariga 
ham  bostirib  kirib,  boyliklarini  talab 
ketardi.  Shu  tufayli  Spitamenning 
do‘stlari  ham  dushmanlari  ham 
ko'payadi.
U bir joyda muqim qarorgoh qilishga 
hech 
ko‘nikmagandi. 
Bunday 
qarorgohning bo'lishini xavfli deb bilardi. 
Shu  tufayli  dushmanga  mudom  chap 
berib  yuradi.  Uni  topolmay  sarson- 
sargardon  yurgan  dushman  ustidan 
zavqlanib  kulardi.  Aleksandr  butun 
So"g‘diyona,  Baqtriya,  Girkaniya bilan 
emas,  yolg'iz  Spitamen  bilan 
kurashavotgan  edi.  Shohning  nazarida  Spitamenni  bir amallab  qolga 
tushirsa yoki uni jangda o'ldirsa bas, bu yowoyilar olkasida urush tugaydi. 
Haqiqatan  ham,  shunday edi.  Antik o‘tmishdoshimiz  Spitamen jasur, 
aqlli, farosatli,  ayni chog'da,  hushyor va ziyrak edi.
Grek va Rim adiblari Spitamen haqida qiziq voqealarni bayon qiladi. 
Arrianning  yozishicha,  Spitamen  Maroqand  qo‘rg‘onida  qoldirilgan 
makedon  qo‘shinlarini  chekinishi  haqidagi  xabarni  Yaksart  bo‘ylarida 
eshitadi.
Aleksandr Spitamenga Andromax,  Menedem va  Karanni jo'natadi. 
Unga qarshi 60 ga yaqin chavandoz jangchilarini va 800 yollanma askarni 
Karan qo'mondonligida yuboradi. Yollanma piyoda askarlardan esa  1500 
ga yaqini yordamga jo'natilgan edi. Lekin keyingi kelgan xabarlar sholmi 
ancha tashvishga soladi.  Menedem Spitamenni qurshab olishga ketgandi. 
Buni sezgan Spitamen qurshovda qolmaslik uchun yo‘lga pistirma qo'yadi. 
Yo4  o'rmon  ichidan  o'tgan  bolib,  pistirma  uchun juda  qulay edi.  U 
verga daklar yashirinadi.  Ular dushmanga to‘satdan hujum qilib otlarga 
ikkitadan qurollangan chavandozni mindirishadi.
Makedon jangchilari qanchadan qancha janglarda bo‘lib, bunday usulni 
hali ko'rishmagan edi.  Bir otga minib olgan ikki jangchi ikki taraflama
6-  rasm. 
Qadimgi  skiflar, 
hattoki,  Spetamen  safdosh- 
larini ham bir otda ikki kishilab 
jang  qilgan.  Mil.av  IV  asr 
yodgorligi
327

hujum qilardi. Bunday usul dushmanni ancha shoshirib qo‘yadi. Bundan 
tashqari, oldingi qatordagi jangga kirgan jangchilarning orqasida qo‘lga 
tosh  ushlab  olgan jangchilar  ham  bor  edi.  Ular  orqadan  turib,  hali 
jangga kirmasdanoq, dushman ustiga tosh yog‘diradi.
Qo‘liga qilich tutgan yoki nayza otishga hozirlanayotgan dushmanning 
boshigato‘xtovsiz  toshlar  borib  tegib,  ulami  qip-qizil  qongabo‘yab 
tashlaydi. Bu narsa jangga kirgan safdoshlariga ham ancha madad berar, 
ularning ruhini  ko‘tarardi.
Ikki o‘rtadashiddatlijangboshlanadi. Makedonlar chekinib, qaytadan 
jangga kirishga qaror qiladi. Biroq orqa tomonda Spitamen otliqlari kutib 
turardi. Ular boyagidek bir otga ikkitadan minib olishgandi. Qahr-g‘azabi 
to‘lib-toshgan spitamenchilar shunday dahshat bilan dushman hujumini 
qaytaradilarki,  ular  bunday  qattiq  qarshilikka  hech  qachon  duch 
kelmagan  edi.  Qolshin  oldida  kelayotgan  Menedemning  ham jangga 
kirmasdanoq boshiga tosh tegib,  yuzidan qon oqa boshlaydi.  Shunday 
bo‘lsa-da,  sarkarda safdoshlariga pand bermaslik  uchun  o‘zini  o‘nglab 
olib, jangga kiradi.
Menedem har tomondan qurshab olingandi. Jangchilar dushmannikiga 
qaraganda oz bo‘lib, tiriklay qo‘lga tushgandan ko‘ra o‘lim afzaldir, deb 
jangni davom ettiradi.
Uning kuchli oti bo‘lib, dushman orasiga bir necha bor yorib kiradi- 
da,  ancha  talafotlar  yetkazardi.  Lekin  daklar  ko‘pchilik  bo‘lib  unga 
tashlanib,  bir  nechajoyidan  yaralaydi.So'ngrau do‘sti  Gipsidgaotini 
qoldirib,  o‘zi  jon  beradi.  Gipsid  dushmanni  yorib  o‘tib  qochishi 
mumkin edi, lekin do‘stini yo‘qotganidan g‘azabi toshib, o‘ch olmoqchi 
bo'lib, shiddatli jangga kirdi. Biroq u ham halok bo'ladi.
Bu dahshatli ahvolni ko‘rgan tiriklari esa tepalikka chiqib oladi. Spitamen 
ularni  o‘rab  olib  ochlikdan  sillasini  quritmoqchi  bo‘ladi.  Jangda 
makedonlardan  2000  piyoda  va  300  otliq  askar  halok  bo‘ladi.  Bu 
mag‘lubiyatni  Aleksandr  boshqalardan  sir  tutib,  kim  bu  sirni  ochsa, 
o‘limga mahkum etiladi, deb qo‘rqitadi.
Charchagan  shoh  o‘zini  bosish  uchun  daryo  yoqasidagi  maxsus 
chodir tomon ketadi.  Bu yerda yolg‘iz o‘zi chuqur o‘yga tolib, kechasi 
bilan mijja qoqmay skiflar yoqqan gulxanlarga tikilib, ularning taxminiy 
sonini  aniqlardi.  Eng  ishongan,  jasur  jangchisi  Menedemdan  ajrab 
qolganiga  goh  kuyinardi,  goh  o'zboshimchalik  qilgani  uchun  g‘azabi 
kelardi.  Nahotki  Spitamen  bilan  sulh tuzish yoki  uni  qo‘lga tushirish
328

mumkin  etnas,  degan  o‘y  tinchlik  bermasdi.  Spitamenni  bir  yoqli 
qilmasdan  Sobg‘diyona  va  Baqtriyani  tinchitish  mumkin  emasligini  u 
yaxshi  bilardi.  Shoh  tezroq  Yaksart  bo‘ylaridagi  mojaroni  bostirib,  bu 
ycrdagi urushga chek qo‘yib, Spitamenning izidan tushishga qaror qiladi. 
l ong otishi bilan shoh kiyinib, qo‘shin oldiga chiqadi. Jangchilar shohni 
liida hurmat qilar,  uni ko‘rgach, qo‘rquvni va xavfni unutardilar.  Ular 
ko'zlarida xursandchilik yoshi bilan har qanday jangga tayyor ekanliklarini 
aytadilar.
Aleksandr tezlik bilan parom tayyorlab birinchi otliq va piyodalarni 
narigi qirg‘oqqa oltkazishni tayinlaydi. Qolgan gapni o'zlari tushungan 
jangchilar uch  kurtda  12000 sol tayyorlashadi.
Kursiy Rufning ta'kidlashicha, shunday qilib shoh  4 kunlik yo‘ldan 
kevin  2000  jangchisini  va  Menedem  boshchiligidagi  300  otlig‘ini 
yo'qotgan  joyga  yetib  keladi.  Ularning  suyaklarini  yig‘ib  ko‘mishni 
buyuradi. 0 ‘lganlarga milliy odatga ko‘ra qurbonlik keltiradi. Krater ham 
yetib kelib, unga qo‘shiladi.
Aleksandr opining hamma harbiy kuchlarini qishloqlarni yoqishga, 
katta yoshdagi odamlami oldirishga jo‘natadi.
So‘g‘diyonaning ko‘p joyi cho‘llardan iborat mamlakat edi. Haqiqatan, 
bu  ulkan  davlat  boMib,  lining  o‘rtasidan  Politimet  deb  ataluvchi  suv 
oqimi o‘tar, ma’lum joyga borib, yer qa’riga singib ketardi. Yer tagidagi 
daryoning  oqimi  uning  ovozidan  bilinib  turardi.  Lekin  uning  namligi 
yoki  bug‘i  bilinmasdi.  Kursiy  Ruf daryoning  yer tagidan  oqish  holati 
Girkaniyada ham borligini ta’kidlab o‘tgan edi.  Biz bu haqda yuqorida 
to‘xtalgandik.
So^'diyonalik asirlar orasidan eng kuchli, mashhur 30 tasini shohning 
huzuriga olib kirishadi.  Shoh ularni qatl etishga buyuradi.  Bu buyruqni 
larjimon orqali tushungan asirlar o‘limdan qo‘rqmasdan qo‘shiq aytib, 
o'yinga tushadilar.
Shoh ularning jasurligiga, o‘limdan qo‘rqmasligiga hayrat bilan qarab, 
orqaga qaytaradi va buning sababini so‘raydi.
Agar bizni boshqa shoh  qatl qilganda qayg‘uli boMardi,  lekin sizday 
mashhur shohning qo‘lida o‘lish biz uchun sharafdir, deydi ular. Shunda 
shoh  so‘raydi:  Agar  sizlarga  hayot  baxsh  etsam,  menga  sodiq 
bo‘lasizlarmi?
«Biz hech qachon sizga dushman bo‘lmaganmiz, faqat bunga urush 
sababchi, biz hamisha sodiq qolamiz».
329

Zarafshon bo‘ylarida yashovchi clat vakillari  shohga mana shunday 
dcbjavob beradilar. Yana ular Aleksandrga sodiq ckanliklarini, ularning 
qalbi g‘araz va yovuzlikdan mustasnoligini aylib, o'z hayotlarini garovga 
bcrib,  kcrak  bo‘lganda  Aleksandr  uchun  o'limga  tayyor  ekanliklarini 
ayladi.  Ular  va’dalarining  ustidan  chiqib,  to'rttasi  shohning  shaxsiy 
soqchisi, qolganlari mahalliy xalqni boshqaruvchi  qilib tayinlanadi.  Bu 
ishlami sodiqlik bilan bajarishda hatto makedonlardan ham qolishmaydilar.
So'g'diyonada Pebxolayni 3000 jangchi bilan qoldirib, shoh Baqtriya 
tomon ketadi.
Arrianning  ta’kidlashicha,  Aleksandr  So‘gldiyona  yerlarini  ishg'ol 
ctish  bilan  band  bo‘lgan  bir  paytda,  Spitamen  600  ta  massagetdan 
iborat otliq askarlar bilan Baqtriyadagi birqal’aga keladi. Na hokimlardan 
Frurax, na soqchilar uning bu hujumini kutmagan edi. Qal’a jangchilarini 
oldirib, makedonlar sarkardasi Fruraxni esa asirga olib, qamab qo‘yishadi. 
Qal’ani qolga kiritganlari uchun mamnun bolib, Zariasp shahriga yaqin 
kelishadi. Lekin shaharga hujum qilishga botina olishmaydi. Shunga qaramay, 
katta o'lja bilan orqalariga qaytishadi.
Zariasp  shahrida  kasal  bo‘lgan bir-ikkita otliq  askarlar qolishgandi. 
Ular bilan  Sosiklning  o‘g4i  Peyfon  va  Kifader Aristonik  birga  edilar. 
Skiflarning hujumi  haqida eshitib,  ular oyoqqa turadi.  80 ta yollangan 
otliqni  olib,  massagetlarning  orqasidan  quvishadi.  Hech  narsani 
o'vlamasdan beparvogina ketavotgan skiflarga hujum qilib, ulardan o'ljani 
toilib oladi va bir-ikkitasini oldirishadi.  Bunday tartibsizlik bilan orqaga 
qaytayotganida ogohlantiruvchi odamlari boiganligi sababli,  Spitamen 
skiflar bilan qurshovda qoladi. Bu yerda ular 7 doLstidan va 60 ta yollangan 
otliq  askarlaridan judo  bo'lishadi.  Arketonlik  Kifader  ham  shu  yerda 
halok boMadi. Peyfon esa yaralanadi va uni asirga olishadi.
Peyfonning asirga tushgani Aleksandmi ancha tashvishga soladi. Chunki 
Peyfon  Aleksandrning  yaxshi  kolrgan  jangchilaridan  biri  edi.  U 
Aleksandrning qo'liga navkar bo‘lib kelganida juda yosh edi.
Otasi  Sosikl  esa Filippning  mashhur  sarkardalaridan  biri  bolib, 
Aleksandrni juda yaxshi ko‘rar, ba’zan ovga birga olib chiqardi. Ov qilishda 
bu keksa jangchiga teng keladigani yo‘q edi. Sosikl ancha qarib, jangga 
yaramay  qolsa  ham  keksayganini  sira  tan  olgisi  kelmas,  xuddi  yosh 
jangchilardek o'zini  bardam  tutardi. Keksasafdoshi  shoh  Filippning 
hurmati  uchunmi,  yoki  Aleksandrga  ixlosi balandligidanmi,  qo‘shinga 
ergashib Persapolgacha birga kelgandi. Uning niyati bir necha yillardan
330

buyon Yunonistonga tahdid solib, tinchlik bermay yurgan eronliklarning 
mag'lubiyatini o'z ko'zi bilan ko'rish edi.  Persopolda Aleksandrni katta 
g'alaba bilan qutlagach, yolg‘iz o'g'li Peyfonning taqdirini Aleksandrning 
qo'liga topshiradi. Aleksandrning hamma vaqt g'alabaga erishishiga tilakdosh 
boiib,  yosh  Peyfonga  hushyor  boiishni,  lining  sog‘-omon  qaytib 
kelishini  Aleksandrdan  o'tinib  so'raydi.  Shoh  keksa  jangchi  Sosiklni 
qimmatbaho sovg'a-salomlar berib yurtiga qaytaradi.
Peyfon yosh boMishiga qaramasdan dovyurak edi. Qirg‘in janglarning 
oldida  bolishini  Aleksandrdan  olzi  so‘rardi.  Peyfonning  qo'rqmas  va 
botirligini sezgan Aleksandr uni kichkina bir yordamchi qo'shinga bosh 
qilib qo'ygandi.  Biroq Sosiklni otasi kabi hurmat qilgani uchun Peyfonni 
avaylashga harakat qilardi.  Peyfonning asirga tushganini eshitib, shohning 
ko'z  o'ngiga  Sosikl  keladi.  Keksa jangchining  ko'zga  surtgan  yolg'iz 
farzandini yo‘qotish Aleksandr uchun katta judolik edi.  Bulling ustiga, 
Sosikl Peyfonni Aleksandrga jangchi sifatida emas, ini sifatida topshirgan 
edi.  Aleksandrning  ukasi  bo'lmagani  uchun  Peyfonni  o'ziga  ini  qilib 
olgandi.Peyfon ham Aleksandrni o'z og‘asidekko'rardi.«Men  Filippga 
xiyonat  qilmadim,  sen  ham  o'z  shohingga  sadoqatli  bo‘l,  bolam»,-  - 
dcgan edi o‘shanda Sosikl. Sosiklningbu gaplari esiga tushib, Aleksandr 
Peyfondek bir jangchisini emas, o'z inisini yo‘qotgandek boMgandi. Peyfon 
esa otasining o'gitlari uchunmi, Aleksandrga butun vujudi bilan berilib, 
sadoqat bilan xizmat qilardi.
Aleksandr  asirga  tushgan  Peyfonni  ozod  qilish  uchun  Ptolomeyni 
Spitamenning  oldiga  elchi  qilib  yuboradi.  Ptolomey  shoh  bergan  bir 
qancha sovg'a-salomlar bilan massagetlar qarorgohiga kelganda, ularning 
oqsoqoli  Spitamenning skiflar bilan  Maroqand tarafga ketganini aytib, 
shoh bergan sovg'a-salomlarni oladi-da, yaralangan sarkardaning tog'dagi 
bir qishloqda  qolganini  aytadi.  Ptolomey  massagetlar oqsoqoli  bergan 
to‘rtta  yo'l  ko'rsatuvchi  bilan  Peyfonning huzuriga  keladi.  Ozib-tuzib 
ketgan  Peyfon  yara  azobida  isitmasi  baland  edi.  Peyfonga  tog‘liklar 
dushmanlik ko'zi bilan qaramay, bu ham xudoning bir kimsasi-da, deb 
shifobaxsh giyohlar berib turishgandi. Ammo Peyfonning yarasi sovuqdan 
gazak olib, kundan-kun ahvoli og'irlashayotgan edi. Chap yelkasiga qilich 
og'ir botgan,  suyakning singan joyi  yiring bog'lab  ketgandi.
Ptolomey o'z safdoshining ahvoli achinarli ekanini ko‘rib, o'sha kuni 
tundayoq yo'lga tushib, kuni bilan to'xtamasdan yo'l yurib, ertasi kuni 
tunda  shoh  qarorgohiga  yetib  keladi.  Og‘ir  yo'l  yurib  kelgan  bemor
331

butunlay  holdan  toygan,  shoh  uning  qoshiga  kelganda  nim alardir  deb 
alahsirardi.  Aleksandr  eng  m ashhur  tabiblarini  chaqirib,  Peyfonning 
yarasiga  m alham   berishni  buyuradi.  Tabiblar  Peyfonga  yaralangan 
zahotiyoq yordam berganlarida davolashi  mumkinligini aytadi.  Endi esa 
butunlay  kech  bo'lgandi.  Kurak  suyagini  olib  tashlashning  hech  ilojini 
topolmaydi.  Shu taxlitda o ‘n sakkiz kun yara azobini tortib, goh  hushiga 
kelib, gohida behush  olam dan ko‘z yumadi.  Peyfon bir hushiga kelganda 
Spitam enning  mardligi  haqida  gapiradi.  Peyfonni  kaltaklay  boshlagan 
jangchilarga qarata  Spitam en  «yaralangan  kishiga azob berish  m ardning 
ishi  emas.  Hali  yosh  yigit  ekan,  xudo  um r  bersa  sog'ayib  ketar»  deb, 
qishloq oqsoqoliga bemorga qarashni qattiq tayinlabdi.  Spitamenning bunday 
mardligi  haqida  eshitib,  shoh  «xudo  unga  aqldan  ham   bergan  ekan-da» 
deb q o ‘yadi.
Peyfonni  Yaksart  daryosining  yoqimli  epkini  urib  turgan  tepalik 
yonbag‘riga  dafn  qilishadi.  Aleksandr  bu  m ash’um   xabarni  otasi  kabi 
m ehribon  Sosiklga  qanday  yetkazishni  bilmay,  o ‘ylanib  qoladi.  Peyfon 
o ‘lgandan so‘ng esa A m m on sharafiga qurbonlik keltiradi.
K rater  bu  vaqtda  Politemit  daryosi  b o ‘ylarida  katta  q o ‘shin  bilan 
S p ita m e n g a   q a rsh i  y u rish n i  b o sh lag an   edi.  M a ssa g e tla r  u n in g  
kelayotganini  bilib,  c h o ‘lga  qarab  qocha  boshladilar.  K rater  Spitam en 
otryadining orqasidan c h o ‘lga kirib borm asdanoq yetib oladi.  Bu paytda 
Spitam enda  mingta  massagetlardan  tashkil  topgan  otliq  askar  bor  edi. 
M akedoniyaliklar  va  skiflar  o ‘rtasida  qattiq  jang  b o ‘ladi.  Bu  jangda 
makedoniyaliklar g‘alaba qozonishadi.  Skiflardan  150 kishi h alo k b o ‘ladi. 
Qolganlari  esa c h o ‘lning  ichkarisiga  makedoniyaliklar topa  olmaydigan 
yerlarga berkinishadi.
Aleksandr So‘g‘diyona va  Baqtriyada qolgan dushm anlarni yo‘q qilish 
uchun q o ‘shinini  uch qism gabo'ladi.  Birqismiga Gefestion,  ikkinchisiga 
Ken,  qolganlariga  o ‘zi  boshchilik  qiladi.  Biroq  hali  bosib  olinm agan 
viloyatlarda  ham   q o ‘zg‘olonlar  bollib  turadi.  Shu  vaqtda  baqtriyaliklar 
800 otliq  massagetlar bilan birikib,  atrofdagi qishloqlami  vayron qilardi. 
Viloyat  hukm dori  Attin  ularga  qarshi  300  otliq  askarini  yuboradi.
Massagetlar esa pistirma q o ‘yadi.  Bir necha  kishi hayvonlar to ‘dasini 
haydab, o ‘rm ondan chiqadi. Ana shu hayvonlar to ‘dasiga A ttin tartibsiz 
ravishda hujum qilib,  pistirmaga duch keladi va ancha talafot ko‘radi.
Bu  xabar  darrov  Kraterga  yetib,  u  chavandozlari  bilan  yordamga 
shoshiladi.  Lekin  massagetlar  allaqachon  bu  yerdan  jo ‘nab  qolishga
3 32

ulgurgan  edilar.  Shu bilan viloyatda biroz tinchlanish  boMadi.
Bu  xabarni  Aleksandrga yetkazishganda  u dargkazab  bo'lib,  shunday 
baqiradiki, o ‘zini tuta olmay Kenga nayza sanchib olishiga sal qoladi.  Ken 
epchillik qilib o ‘/,ini chetga olmaganida nayza uning ko'kragiga sanchilardi. 
Shoh  otgan  nayza  zarb bilan  chodirga  urilib,  uni  teshib chiqadi.
«Spitamen keyingi  kunlarda pistirma qo‘yishni kuchaytiryapti.  Fistirma 
uning  uch un   eng  qulay  yo‘l  bo'lib  qoldi.  O chiq  jangga  chiqishga 
botinolm ayapti.  Hali  shoshmay  tursin,  Spitam enga  m en  ham   shunday 
tuzoq  q o ‘yayki,  qopqongatushgan  bo‘riday  tipirchilab  qoladi»,  -  deb 
o'ylaydi  shoh.  Aleksandr  ehliyotsizlik  qilgan  A ttinni  nafrat  bilan  esga 
oladi  va  Kenga  shunday  deb  buyuradi:  «M en  ham   A ttinni  viloyat 
hokimligidan olib tashlayman.  N echa  marta aytdim  unga,  mahalliy xalq 
odam lari  bilan  aloqani  m ustahkam la,  Spitam en  q o ‘shini  orqasidan 
ayg'oqchilarni  ko'paytir  deb.  U  bo‘lsa,  Spitam enni  osongina  q o ‘lga 
tushiram an  deb  o ‘ylaydi.  Qanday  uyat,  qanday  sharm andalik  bu.  Ular 
endi  pistirmani  kuchaytiraveradi,  biz esa tuzoqqa tushaveram iz.  K rater 
qayerda  edi,  Krater!  Axir  u  Attinga  tajribali  jangchilardan  q o ‘shib 
yubormaydimi?  Oxirgi kunlarda u qo‘lga kiritgan ozgina g‘alabalari bilan 
taltayib  ketdi.  H am m a  vaqt  skiflarning  hujum ini  kutib  turadi,  tuzoqqa 
ilinadi.  Zudlik  bilan  Kraterga  borib  ayt,  Spitam enga  qarshi  kurashni 
kuchaytirsin.  Menga  Spitam enning yo tirigi, yo o ‘ligi  kerak.  Spitam enni 
biryoqlik  qilm aguncha  sen  ham ,  Krater ham   mening  huzurim ga qaytib 
kelma».
U  topshiriqni,  albatta,  bajarajagiga  so‘z  berib,  shohning  chodiridan 
chiqadi.  Aleksandr  hali  ham   o ‘zining  g‘azabini  bosa  olmay,  Spitamen 
haqida  o ‘ylay  ketadi:  «Nahotki,  Osiyoning  shunday  chekka  o ‘lkasida 
yashayotgan yovvoyilar orasida Spitamen  kabi tadbirkor, aqlli o ‘g‘lonlar 
boisa.  Hatto mening ishongan, tajribali sarkardalarimni ham  chalg‘ityapti 
u.  N ahotki,  uning  q o ‘shini  shu  darajada  ko‘p  b o is a .  Bir  qaraysiz, 
B aqtriyadagi  ja n g d a   h am   S p itam en   b o r,  b ir  qaraysiz  u  Y aksart 
bo‘ylaridagi skiflar bilan birga hujum boshlaydi.  Bir qarabsizki,  Politimet 
bo‘ylariga pistirma qo‘ygan yoki  Maroqandni bizdan tortib olgan.  Nahotki, 
uni  tutib  olishning  iloji  b o ‘lmasa».
Aleksandr  Spitam enning  orqasidan  endi  o ‘zi  borishga  qaror  qiladi. 
Q achonlardan  buyon  ne-ne  qirg‘in janglarni  ko'rgan  atoqli  sarkardalari 
ham   Spitam enni  q o ‘lga tushirolm ay qanchadan-qancha jangchilarning 
hayotiga  zavol  b o ‘lmaydi.  Mening  ham   Spitam en  kabi jasur va  epchil
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling