Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet3/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

SKIFLAR
G erodot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib 
ko‘rsatuvchi  yetuk  ijodkordir.  Uning skiflar haqidagi  asarlari  nihoyatda 
bebaho va qadrli. Ayniqsa, skiflarning hayoti haqidagi hikoyalari,  ularning 
urf-odatlari va udumlari haqidagi badiiy lavhalar shunday jonli va hayotiy 
tarzda ifodalanganki,  ularni o'qigan o'quvchi bevosita hayajonga tushadi.
G erodotning  «Skiflar»  asari  jahon  adabiyoti  xazinasidan  munosib 
o ‘rin  egallagan.  Bu  asar juda  ko'plab  tillarga  taijim a  qilingan.  Skiflarni 
birinchi b o lib  jahonga tanitgan ham Gerodotdir. X V ll-X V Ill asrlardayoq 
rus im peratorlari  G erodotning «Skiflar» asarini juda katta qiziqish  bilan 
o'qiganligi va juda ko'p nusxalarda taijim a qilishga buyruq berganligining 
guvohimiz.  Natijada asar bir necha marta taijima qilinib, qayta-qayta nashr 
etiladi1.  Skiflar haqida  G erodotdan  iigari  yunon  adiblari  H om er,  Esxil 
ham yozganlar.  Lekin skiflarning haqiqiy va birinchi targ‘ibotchisi Gerodot
G erodotning  «Skiflar»  asarining badiiy  uslubi,  undagi  hikoyalarning 
xarakterli  xususiyatlari  haqida  bir  qancha  ilmiy  tadqiqot  ishlari  yuzaga 
keldi.  Bu  ilm iy-tadqiqotlar  ichida,  ayniqsa,  I.Ya.  T im oshenkoning 
«Gerodot va uning asari»2,  Vitold  Klingeming «Hikoyachilik  motivlari»3 
asarlari,  shuningdek,  «Sharq  xalqlarining  tarixiy hikoyalari»4  kabi juda 
katta ahamiyatga  ega b o ‘lgan  ijod durdonalari  yuzaga keldiki,  bu asarlar 
bilan  chuqur  tanishsak,  G erodotning  badiiy  so‘z  san ’atkori  ekanligiga 
yana  bir  bor  ishonch  hosil  qilamiz.
Eng xarakterli  tom oni  shundaki,  G erodot  o ‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgan  va 
eshitgan  voqealarini  qalamga  oladi,  yolg‘on-yashiq,  soxta  m a’lum otlar 
bilan  ish  ko‘rmaydi.  Tarixiy  haqiqatni  aniq va  real  tasvirlashga  harakat
1 G ero d o t.  Skifiya.  S.  P eterburg  1883;  G erodotova  Skifiya.  O dessa,  1842,  Slovar 
G ero d o tu   Skifiya,  Kiyev,  1876;  G ero d o t,  V ostochniye  narodi.  М .,  1887.
2  I.  Ya.  T om oshenko.  G ero d o t  i  yego  sochineniye,  P oltova,  1899.
'  V.  Klinger.  S kazochniye  m otivi  G ero d o ta ,  Kiyev,  1903.
4  G ero d o t  i  istoricheskiye  rasskazi  vostochnix  narodov.  М .,  1887.
36

i|il;idi.  Shuningdek,  G erodot  ijodida  mifologik  xarakteridagi  hikoyalar 
hum  berilgan.
( ierodot juda katta bilim va chuqur iroda ham da m atonat egasi bo‘lgan.
11  juda  ko'plab  ellar-elatlarni,  bir  talay  m am lakatlam i  piyoda  kezgan.
( )'/i ko'rgan-bilgan voqealarni qalamga olgan.  Hamma vaqt odamlar orasida 
bo'lgan,  qayerda  bo'lm asin,  insonlarning  qalbiga  yo‘l  topgan.  Ellar  va 
clal laming hayotiga kirib borgan.  Ular bilan yaqindan tanishgan.  Uzoq- 
n/oq qabilalar bilan  ham  do'stlashgan.  Begona odam larni ham  o'zining 
samimiyligi  va  dilkashligi  bilan  rom  etgan.  O 'zining  ziyrakligi  bilan  bir 
qabilaning  u rf-o d a tla rin i,  o 'zig a  xos  yashash  sh a ro itin i  ikkinchi 
<|abilanikidan farqlay olgan.  Erinmasdan olam  kezgan. Jahongashta adib 
billun  um rini  ijodga  bahshida  etgan.  K o 'p   qaram a-qarshiliklarga, 
qiyinehiliklarga,  azoblarga  duch  kelgan.  Biroq,  q o 'lid an   qalam ini 
lushirmagan. Tahlikaga va umidsizliklarga berilmagan.  U insoniyat uchun 
xayrli  ish  qilayotganini  chuqur  his  etadi.
( ierodot  katta  ishga  qo'l  uradi.  Faqat  skiflarning  emas,  Yevropa  va 
Osiyodagi  h a tto   A frikadagi  k o 'p g in a   q a b ila la m in g   h ay o tig a  oid 
ina'lum otlarni  badiiy  aks  ettiradi.  G erodotni  biz,  eng  aw alo ,  tarixchi 
Mlalida  emas,  badiiy  ijodkor  sifatida  taniymiz.  A m m o  uning  ijodidagi 
цо7л1 badiiy tasvir vositalari hali yetarlicha tatbiq qilinganicha yo'q. Gerodot 
nisiklopedist  olim  ham  edi.  Uning  ijodi  tarix,  etnografiya,  geografiya, 
Inmiyatshunoslik va falsafa fanlari uchun ham  zarur m anba bo'lib xizmat 
qiladi
( ierodot hikoyalarida skiflarning kelib chiqishi haqida turli xil rivoyatlar 
bililgan.  Ju m la d a n ,  to 'rtin c h i  kitob  to 'la lig ic h a   skiflar  hayotiga 
hnn’ishlangan.  Bu  kitobning  beshinchi  hikoyatida  aytilishicha,  skiflar 
bllnn  go‘yo  yunon  m a’bud  va  m a’budalari  o'rtasida  yaqin  qarindoshlik 
iiloqalari  bo'lganligi,  greklar  muqaddas  bilgan  m a’budlar  m a ’budi  Zevs 
go'yoki  skiflar  uchun  ham   m a’bud  bo'lgan  emish.  G o 'y o   skiflar  ham  
/cvsni  o'z  m a’budi  sifatida qabul etgan.  Bu fikr shuni ko'rsatadiki, antik 
iliivrlarda ko'pgina xalqlaming qismati bir-biriga juda o'xshash va uyg'un 
Im'lgan.  Faqat  xalqlar  qismatigina  emas,  balki  ularning  orzu-o'ylari, 
kurash  va  intilishlari ham  bir-biriga juda yaqinlashgan.
Skillar  o'zlarining  kelib  chiqishlari  haqida  shunday  hikoya  qila- 
ililiu  Aylishlaricha,  ham m ayoq  dastlab  yap-yalang'och  ch o 'l  bo'lgan. 
Hu  cho'lda  Targ'itoy  degan  bir  odam   paydo  bo'lgan.  Targ'itoy  Zove 
bilan  daiyo qizi  Borisfenesadan tug'iladi.
37

Targ'itoydan  uch  o ‘g ‘il  paydo 
boiadi:  Lipoksay,  A фaqsay  va  eng 
k ic h ig i  Q o lo q say .  Bu  o ‘g ‘illa r 
h ay o tlig id a,  k u n la rd a n   b ir  kun 
osm ondan  oltin  narsalar  yog‘iladi. 
Bular  quyidagilar:  om och,  arqon, 
bolta  va tovoq.  Bu  oltin  narsalarga 
katta  o ‘g ‘il  yaqinlashganda,  ular 
o ‘z larid an   s h u n d a y   n u r  ta ra tib  
yarqiraydiki,  orqaga  chekinishga 
m ajbur  b o 'lad i.  0 ‘rta n c h a   o ‘g ‘il 
yaqinlashganda ham shunday hodisa 
yuz  b e ra d i.  E n g   k ic h ik   o ‘g ‘il 
yaqinlashganda  bu  oltin  buyum lar 
o'zid an   yarqiroq  nu r  taratish d an  
to'xtaydi.  N atijada,  u  bu  oltinlarni 
olib,  uyigaravonabo'ladi. Shundan  so‘ng  katta o'g'il  Lipoksay  kichik 
ukasi  Qoloqsayga shohlikni  in ’om  etad i1.
H ikoyaqilishlaricha,  Lipoksaydan  tarqalgan  skiflarni  «Avxatovlar» 
deb atashgan.  O 'rtancha o'g'il Arpaqsaydan tarqalgan skiflarni «Katiaram» 
va «Traspiyamlar» deyishgan.  Kichik o ‘g‘il, shoh  Qoloqsaydan tarqalgan 
skiflarni  «Paralatam lar» deb  nomlaganlar.  Skiflar shohi  ularni  Skolotlar 
deb atashgan.  Skiflar esa ularni ellinlar deb atashgan.  «Bu voqea  Doroning 
skiflar yeriga  hujum idan  ming  yillar  iigari  b o iib   o'tgan  edi»2.
Panta viloyatida yashagan greklar ham skiflar haqida turli xil hikoyatlar 
bitganlar. G reklar o'zlarini skiflar bilan qon-qarindosh deb biladi.  Chunki 
Panta viloyatidagi Olviya o'lkasiga skif vakillari kelib turishadi.
G ero do tning   P anta  yurtidagi  ellinlar  tilidan  eshitgan  hikoyalari 
o'quvchining e’tiborini beixtiyor o'ziga tortadi.  Hikoya qilinishicha, Gerakl 
G elion  buqalarini  haydab,  o'sha  zam onlarda  kimsasiz  yurt  bo'lgan, 
keyinchalik skiflar egallagan joylarga kelib qoladi. Gerakl sovuqdan o'zini 
saqlash  uchun  yo'lbars terisini  yopinib  olgan  edi.  K unlardan  bir kuni  u 
qattiq  uyquga ketganida, oti g'oyibona yo'qolib qoladi.
1 G ero d o t.  Istoriya  v  devyati  knigax.  K niga  chetvertax.  V  2-x tom ax,  tom   I,  М ., 
1985,  str.  299.  B undan  keyingi  m an b alar ham   shu  kitobdan  olinadi.
2  G ero d o t.  Istoriya v devyati  knigax.  Kniga  chetvertaya,  str.  299.
2-  rasm. 
Turli  xil  sabablarga 
k o 'r a   S u riy a g a   b o rib   q o lg a n  
ajdodlarim iz  vakili  Skif  qiyofasi 
ta sv irla n g a n   m isd a n   yasalgan 
haykal  hozirgi  k u n d a  K em brij 
muzeyida saqlanmoqda.
38

Gerakl  (yunonlarning afsonaviy pahlavoni)  otini  qidirib k o 'p   ellarga 
boradi.  So'ngra Galeey degan joyga keladi.  Bu yerda u odamsifat lion qizga 
yo'liqadi.  Ilon  qizning  yuqori  qismi  ayol  zotiga  o'xshasa,  quyi  qismi 
ilonga o'xshaydi. Taajjubga tushgan G erakl undan  «Begona otga ko'zing 
lushmadimi?»  deb  so'raydi.  Ilon  qiz  Gerakl  agar  o ‘zi  bilan  qovushsa, 
otini  berajagini  aytadi.
Chorasiz qolgan  Gerakl  Ilon  qizning bu taklifiga  rozi  b o ‘ladi.
Biroq  Ilon qiz otni tezda qaytarib bermaydi.  U  G erakl bilan yana tan 
mahramlikni davom ettirishni xohlaydi.  Gerakl  undan otni qaytarib olib, 
tezroq  o 'z   yurtiga  ketish  uchun,  qizning  h am m a  shartlarini  bajarishga 
rozi  bo'ladi.
Nihoyat,  qiz  Geraklga  otni  qaytarib  berar  ekan,  shunday  deydi: 
«Selling  oting  biz  tom onga  kelganda,  m en  uni  ehtiyot  qilib  yashirib 
qo'ygandim .  Evaziga  sen  meni  mukofotlading.  Endi  m en  sendan  uch 
o'g'il  tug'am an.  A yt-chi,  ular  ulg'aygandan  so'ng  nim a  qilishi  kerak? 
Ilon  qizning  savoliga  Gerakl  shunday javob  beradi:  «Sen  o'g'illaringga 
sluinday  shall  qo'yasan,  ulardan  qaysi  birisi  bu  yoyni  m en  kabi  kuch 
bilan torta olsa,  unga mening qayishim bilan o 'z  yeringni berasan.  Qolgan 
ikkisini bu yerlardan haydab yuborasan».  Shunday qilib,  G erakl o'zining 
yoyi  bilan oltin tovoqsim on to'qali qayishini  Ilon qizga qoldiradi.
Kunlardan bir kuni  Ilon qiz uchta o'g'il tug'adi.  Ulardan biriga Agafirs 
deb  nom  qo'yadi,  ikkinchisini  G elon  deb ataydi.  U chinchisi,  eng  keyin 
lug'ilganini  Skif deydi.  Uch  o'g'ildan  ikkitasi,  ya’ni  Agofirs  va  G elon 
olusi  Gerakl  qo'ygan  shartni  bajara  olmagani  uchun,  Ilon  qiz  ularni 
uiiimlakatdan quvib yuboradi.  Eng keyin tug'ilgan kichik o'g'il  Skif otasi 
С 
ierakl shartlarini bajargani uchun,  Ilon qiz unga tovoqsimon oltin to'qali 
qayisli  bilan  bepoyon  yerlarni  beradi.  Shundan  buyon  skiflar bu  ellarda 
paydo bo'ladilar»1.
Bu  hikoyalarning  m azmuniga  diqqat  bilan  e’tibor  bersak,  G erodot 
skiflarga  bir  qadar  xayrixohlik  bilan  qaraganligining  guvohi  bo'lam iz.
I In,  o 'z   navbatida,  olviyalik  greklar  bilan  skif  qabilalari  o'rtasidagi 
niunosabatning  ijobiy  bo'lganligidan  ham   dalolat  beradi.  Albatta,  bu 
iilsonalardagi voqealarga fantastik bo'yoqlar bilan jilo berilgan.  Shunday 
bo'lsa-da,  bu  afsonalarning g'oyaviy  ruhi  xalqlar dilidagi  tilak  va  orzu- 
luiga  hamohangdir.
1 C ierodot.  Istoriya v d ev y ati  knigax.  K niga c h e tv e rta y a ,  str.  3 0 1 -3 0 2 .
39

G erodotning shoir Aristey haqidagi hikoyalari  ham  g'oyat qiziqarlidir. 
Hikoya qilinishicha, yoshlik yillari  Prokonnesda o ‘tgan Aristey nihoyatda 
talantli shoir b o ‘lib,  u skiflar haqida ajoyib poem a yozgan.  K anstrobiya 
o ‘g ii  Aristey xohishiga binoan  Issedonlar yurtiga  kelib  qoladi.  Aristey 
Issedonlar yurtida  birm uncha  vaqt  b o ‘lib,  A rim asplar bilan  tanishadi. 
Bir ko‘zli odam lar va oltin qo‘riqlovchi odamsifat qushlar haqida hikoya 
qiladi.  Dengiz  bo'yida  yashovchi  G iperbarivlar  haqida  to'xtaladi. 
Skiflarga o 'z  yerlarini tashlab ketgan  kim m eriyanlar haqida h am  A ris­
tey poem asida  qiziq  epizodlar b o r edi.
Aristeyning  bu  o'lkalardagi  skiflar  haqidagi  hikoyalari  G erodotni 
hayajonga soladi.
Aristey  haqida  prokonnesliklar  va  qiziqliklar  G erodotga  qiziqarli 
voqealarni hikoya qilib beradi.  Bu hikoyalardan birida aytilishicha, Aristey 
Prokonnes  shahrining  m o'tab ar  kishilaridan  biri  bo'lgan.  K unlardan 
bir kuni  u  tegirm onga  boradi-da,  o'sha  yerda  o'lib  qoladi.  Bu  fojiadan 
x ab ar  to p g a n   te g irm o n c h i  te g irm o n n i  y o p a d i-d a ,  m a rh u m n in g  
qarindosh-urug'lariga  xabar  berish  uchun  ketadi.  Butun  shahar  ahli 
m otam  tutib, Aristey nomiga duolar o'qib, xudoga iltijo qiladi.  Bu voqea 
ustiga  qandaydir  bir  shahardan  yo'lovchi  kelib  qoladi-da,  Aristeyning 
tirik ekanligini, yo'lda u bilan ham roh bo'lganligini aytadi.  Shunda butun 
Prokonnes shahrining ahli va marosimga hozirlik ko'rayotgan qarindosh 
urug'lari tegirm on tom on chopadilar.  Bu yerdan Aristeyning na tirik,  na 
o'lik jasadi  topiladi.  Shundan  so'ng,  Aristeyni  ko'p  yillar  qidirib,  hech 
qayerdan topisholmaydi.  O radan yetti yil o'tgandan so'ng, Aristey paydo 
bo'lib,  Prokonnesda ijodini davom ettiradi.
Bu  yerda  u  «Arimaspnoma»  poemasini  yozib  qoldiradi-da,  ikkinchi 
m arta g'oyib bo'ladi.
G erodot  ijodida  shoir  Aristeyning  keyingi  hayoti  haqida  g'aroyib 
sarguzashtlar beriladi.  U nda hikoya qilinishicha, Aristey ikkinchi  m arta 
pinhona  g'oyib  bo'lgandan  so'ng,  oradan  ikki  yuz  qirq  yil  o'tgach,  u 
Italiyaning  M etapont degan joyida paydo bo'ladi. Aristey metapontliklaiga 
bashorat qilib, Apollon sharafiga ibodatxona qurib, qurbonliklar qilishini 
aytadi  va  bu  ibodatxonaga  prokonnelik  Aristey  nom ini  yozib  qo'yishni 
buyuradi.  Shunday  qilib,  m etapontliklar  Aristeyni  o 'z   shoirim iz  deb 
faxrlanadilar.  Shunday  ajoyib  kunlam ing  birida,  Aristey  qarg'a  bo'lib 
osmonga  uchib  ketadi.  Taajjubga  tushgan  m etapontliklar bu voqeaning 
sirini  bilish  uchun  o 'z   vakillarini  Delfa  ibodatxonasiga  yuboradilar.
40

Ibodatxona  kohini  Pifini  m etapont  xalqining  vakillariga,  bu  voqea 
xndoning  izmi  bilan  bo'lganligini  bashorat  qiladi1.
Cierodot hikoyasida qayd etilishicha, «Aristey sharafiga qurilgan Apollon 
ibodatxonasi  bor.  Uning  atrofiga  eng go'zal  va  xushbo'y  D afna  daraxti 
o'lqazilgan.  Y unonlar  bu  daraxtni  g'oyat  qadrlagan.  D afnalar  daraxti, 
H‘;ilaba 
yoki  shuhrat  toji  degan  ramziy  m a’noga  ega.  Dafna  yaprog'i  va 
novdalaridan  qadimgi  yunonlar  gulcham barlar  yasab,  bo'yniga  osib 
yurishgan.  Quvonchli kunlarda,  katta g'alaba, yutuqlarga erishgan kunlari 
shunday  qilishgan.  Bu  yerda  odam lar  m udom   gavjum  bo'ladi.  Ular 
Aristcydan  m innatdordirlar»2.
Bu  hikoyalarning  ko'pchiligida  greklar  bilan  skiflarning  e ’tiqodlari 
bn  xil  ekanligi  ifodalanad.  Q adim -qadim   zam onlarda,  ko'pgina xalqlar 
ilcyarli  bir  xil  narsaga  sig'inganlar,  uni  m uqaddas  bilganlar.  M asalan, 
quyosh,  olov, osm on va hokazo.  Bundan tashqari, tabiat go'zalliklarining 
ramziy m a’budalari ham  mavjud bo'lgan.  Masalan, Olov m a’budi Gefest, 
Qi lyosh  m a’budi Gelios, go'zallik m a’budi Afrodita va hokazo. Gerodotning 
hikoyalarida bundan  tashqari  Gerakl,  Apollon,  H era  kabi pahlavonlar, 
m a’bud  va  m a’budalar  nomi  ham   bo'lganki,  ular  skiflarning  ham  
ma'budalariga aylangan.
( ireklar m a’bud va m a’budalami faqat o'zlarinigina emas, yer yuzidagi 
barcha  m avjudotlar-insonlar uchun  ham   muqaddas bilgan.
( ierodot hikoyalarining ayrimlari o'ziga xos ilmiy xarakter kasb etadi. 
lo 'rtin ch i  kitobning  36-37-  hikoyatlarida  shunday  fikrlarni  o'qiym iz.
< ierodotning  ta ’kidlashicha,  Yer  xuddi  sirkul  bilan  chizib  qo'ygandek 
aylana shaklida.  U nda Osiyo o'zining kengligi jihatidan Yevropaga teng 
luradi.
Yerning  aylana  shaklda  ekanligini  izohlagan  G erodot  o 'z   davrining 
donishmandi bo'lganligidan dalolat beradi.  O 'sha davrlarda  insonlar Yer 
Icp-tekis  shaklda  bo'lsa  kerak,  deb  tasaw u r  qilganlar.  H atto  yunonlar 
quyosh  chiqadigan  tom on  -  Osiyo  tarafda  bir  sir bor,  deb  o'ylaganlar. 
Y unonlar  X itoygacha  b o rg an,  am m o   yerning  «oxirgi  nuqtasi»ga 
yctolmagan.  Quyosh  esa  tobora  uzoqlashib  ketavergan.  So'ngra  bu  sir 
xndoning  karomati  bo'lsa  kerak,  deb  o'ylaganlar.  Osiyoliklar  ham ,  o 'z 
navbatida,  Quyosh botish tom onda bir m o'jiza bo'lsa kerak, deb taxm in 
qtlnanlar.
1 ( ierodot.  Istoriya v devyati  knigax.  K niga chetvertaya, str.  303.
'  ( ierodot.  Istoriya  v devyati  knigax.  Kniga  chetvertaya, str.  313.
41

Yigirma to ‘qqizinchi hikoyatda yozilishicha, issiq o ‘lkalarda mollaming 
shohi tez o'sadi.  Sovuq o'lkalarda esa juda sekin yoki um um an shoh o ‘sib 
chiqmasligi  mum kin.
Shunday  qilib,  G erodotning  ijodiy  merosi  to ‘qqiz  kitobdan  iborat 
bo‘lib,  har  bir  kitob  yuz  ellik  va  undan  ziyod  hikoyatlarni  o ‘z  ichiga 
mujassam etgan.  Tadqiqotchilar va taijim onlar bu hikoyatlarni boblarga 
b o ‘lishgan.  G erodotning  ta ’kidlashicha,  ularning  har  qaysisi  o ‘ziga xos 
alohida hikoyatlardir.
G erodot skiflar taom iga ham  qiziqish bilan qaraydi.  Oltmish birinchi 
hikoyatda  bu  haqda  shunday  deyiladi:  «Jonliqning  go‘shtini  suyagidan 
ajratadi-da, qozonga soladi.  Suyagini o ‘choqqa qalab yoqadi va shu bilan 
qozonni  qaynatib,  go'shtni  pishiradi,
M abodo  qozon  topolm asa,  go'shtni  jonliqning  qom iga  soladi-da, 
suv quyadi. Tagiga suyak qalab yoqadi. Suyak juda yaxshi yonadi.  Suyakdan 
tozalangan  go‘sht  tez  pishadi.  Taom   tayyor b o ‘lgach  qassob  bir b o ‘lak 
go‘shtni va pishirilgan qorinni xudo yo‘liga bag‘ishlaydi.  Uy hayvonlarining 
ham m asini  ham   qurbonlik  qilaverish  m um kin,  ayniqsa,  otni  qurbonlik 
qilish alohida buyurilgan.
Xudoga  ishonuvchi  skiflarning  ham m asida  ham   shunday  qurbonlik 
qilish  odati  bor. Ayniqsa, Arey sharafiga qurbonlik qilish alohida odatga 
aylangan.  H ar  bir  skif  shohligi  Arey  sharafiga  alohida  chiroq  yoqadi. 
Uzunligi 3 stadiy keladigan uzun xodalami qalab, uncha baland b o ‘lmagan 
qo'rg'on yasaydi.  Bu qo'rg'onning tepasini to ‘rt burchakli maydon qiladi. 
Q o'rg'onning uch tom oni to 'g 'ri tushgan b o ‘lib, to ‘rtinchi tom oni yassi 
holda yasaladi.  Q o‘ig‘on nobop ob-havoda buzilib ketmasligi uchun yassi 
holda  yasaladi.  Q o‘rg‘on  ob-havodan  buzilib  ketmasligi  uchun  har  yili 
yuz ellik arava xoda keltirilib, uni qaytadan mustahkamlaydi.  Q o‘rg‘onning 
tepasiga buyuk Arey siymosi va uning temirdan yasalgan qilichini qo'yadi. 
Bu  qilichga  skiflar  h ar  yili  sig'inib,  shohdor  m ollar  va  otlam i  qurbon 
qiladilar.  Bundan  tashqari,  asir  olingan  qullarni  q ato r  qilib  q o ‘yib 
sanaydilar,  ularning yuzinchisini  mol  kabi  so'yib,  ularning  qonini  Arey 
siymosiga  q o ‘yilgan  tem ir  qilich  ustidan  q o ‘yadilar.  So'ngra  qurbon 
qilingan  odam ning  o ‘ng  yelkasini  q o ‘li  bilan  birga  kesib  olib,  osmonga 
otadilar.  Q o‘l qayerga borib tushsa,  o ‘sha yerda qoladi.  Q urbon qilingan 
odam ning jasadi alohida yotadi  ...»1.
1 G e ro d o t.  Is to riy a  v d ev y ati  knigax.  K n  c h e tv e rta y a ,  str.  224.
42

G erodotning keyingi hikoyalarida ham  qiziq voqealar bayoniga duch 
kelamiz.  Bir  hikoyada  shunday  rivoyat  qilinadi.  Boshliq  har  yili  vino 
tayyorlaydi.  D ushm anni o ‘ldirgan skiflar bu vinodan bir kosadan ichadi, 
skiflardan  ayrimlari  jasorat  ko‘rsatmagan  b o ‘lsa,  davradan  chetroqda 
o'tiradi.  Ular  uchun  bunday  munosabat  og‘ir jazo  edi.  Agar  davradagi 
skiflar  orasida  juda  ko‘p  dushm an  o'ldirganlari  b o ‘lsa,  bundaylar  ikki 
kosa vinoni birdan ichadilar.
G erodot antik dunyodagi boshqa ijodkorlardan shu bilan farq qiladiki, 
n  fidoyi  adib  edi.  0 ‘z  hayotini  tahlikaga  qo‘yib  b o ‘lsa-da,  ijod  dardida 
uzoq yurtlami kezdi. Jahongashta adib bu safarlarda ne-ne xavf-xatarlarga 
duch  kelmadi.  U  aw al  o ‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rib,  qulog‘i  bilan  eshitgach, 
keyin  ijod  qilardi.  H ar qanday  faraz  va  taxm inlar  uning  uchun  begona 
edi.  U  minglab qabila va elatlarda bo‘ladi. Yuzlab daiyolami kechib o ‘tadi. 
Baland  tog‘lardan  oshadi.  O 'sha  paytda  hech  bir  ijodkorning  qadami 
yetmagan uzoq o'lkalami kezadi.  Hali qo‘l  urilmagan mavzularni birinchi 
bo'lib yoritadi.  Shuning uchun ham ,  G erodot nom i tarixim izda alohida 
ahamiyat  kasb  etadi.  Jahon  adabiyotida  m o ‘tabar  o ‘rin  olgan  G erodot 
nomini  biz o 'rta  osiyoliklar ham  juda  qadrlaymiz.  Negaki,  bu  ulug'  zot 
tarixchilardan  b irinchi  b o 'lib   bizni  bobokalonlarim iz  hayoti  bilan 
lanishtiradi.
G erodot  bir  qancha  Osiyo  m amlakatlarida  bo'lib,  so'ngra  muqim 
istiqomat qilish  niyatida Afina  davlatining qo'l  ostidagi  Furiya  shahriga 
keladi.  Italiyaningjanubiga joylashgan  Furiya shahri o'zgo'zalligijihatidan 
dunyoda tengsiz edi.  Gerodot birmuncha muddat  Furiya shahrida yashab, 
eramizdan awalgi 430- yilda o'sha yerda vafot etadi.
43

KVINT  KURSIY  RUF
Kvint  Kursiy  R uf  eram izning  oltinchi  yilida  Rim   imperatorligiga 
qarashli Tira shahrida tug‘ildi.  Uncha katta bo‘lmagan bu shaharning tabiati 
nihoyatda go'zal  edi.  Kursiy  Ruflar xonadoni  uncha  badavlat  b o ‘lmasa 
ham ,  o'ziga yarasha to ‘q edi.  Bo‘lg‘usi yozuvchining yoshligidan bilimga 
chanqoqligini sezgan xonadon egalari uni lotin maktabiga o ‘qishga berishadi. 
Savodi chiqqandan so‘ng u lotin tilida yozilgan asarlarni  ixlos bilan o ‘qiy 
boshlaydi.  Biroq  bu  vaqtda  lotin  tilida  yozilgan  badiiy  asarlar  barchaga 
birdek yetishmasdi.  K o'pgina yunon  adabiyoti  nam unalarini  lotin tilida 
o'qib  qoniqm agandan  keyin  u grek tilini  o'rganishga  zo ‘r berib  intiladi. 
22-23  yoshida  Afina  safariga  jo'naydi.  Afinaning  qadim iy  adabiyot, 
madaniyat  yodgorliklariga  qiziqish  bilan  qaraydi.  Afina  safari  sayohat 
shinavandasining dunyoqarashiga juda katta ta ’sir ko'rsatadi.
K ursiy  R u f  A finadan  to 'g 'ri  G retsiyaga  q o 'sh n i  b o 'lg a n   sharq 
mamlakatlariga yo'l oladi.
U qayerda bo'lm asin,  xalq og'zaki ijodi durdonalarini yig'ib yuradi.  U 
Aleksandr Makedonskiy haqida qiziq-qiziq hikoyat va rivoyatlar eshitadi. 
Shundan so'ng u Aleksandr Makedonskiyning tarixiga juda qiziqib qoladi. 
Afinaga qaytib kelib Aleksandr Makedonskiyning hayotiga oid manbalami 
to 'p lay   boshlaydi.  Ayniqsa,  Aleksandriya  shahri  Kursiy  Rufda  katta 
taassurot  qoldiradi.  Aleksandrning  Osiyo  m am lakatlari  bo'ylab  yurishi 
yozib borilgan  maxsus «Shoh jurnali» yoki «Efemerida» bilan tanishadi. 
Aleksandr bilan  harbiy yurishga  otlangan,  shohning  eng  yaqin  kishilari 
bo'lgan  Ptolom ey va Aristobulning «kundalik»larini sinchiklab o'qiydi.
Bundan  tashqari,  Kursiy  R uf  A leksandr  haqida  yozilgan  tarixiy 
asarlar  bilan  ham   diqqat  bilan  tanishib  chiqadi.  Ayniqsa,  Klitarx  va 
Magasfen  rom anlarini  qayta-qayta  m utolaa  qiladi.  Chunki  bu  adiblar 
Aleksandrning zamondoshlari edi.  Klitarx va Magasfen bayon qilgan sharq 
mamlakatlariga oid voqealaming tafsilotlari bilan yaqindan tanishadi.
Kursiy Ruf eramizning 30-yillari oxirlarida Rimga qaytib keladi.  Rimdagi 
adabiy guruhlar bilan aloqa bog'laydi.  Notiqlik san’atiga oid asarlar yoza 
boshlaydi.  U ning  bu  asarlari  o'sh a  davrdagi  adabiy  jam oatchilikning 
e ’tiborini  o'ziga  tortgan  edi.  Biroq  Kursiy  Rufning  o 'z   oldiga  qo'ygan 
maqsadi  butunlay  boshqa  narsa  edi.  U  «Aleksandr  M akedonskiyning 
tarixi»  nomli  rom anini  nihoyasiga  yetkazish  uchun  tinim siz  ijod  bilan 
mashg'ul  bo'ladi.
44

Buning uchun  u  uzoq  yillar zarur m anbalar yig‘ishga kirishadi.  O 'rta 
Osiyoning  tarixiga  oid  m a’lum otlarni  o'rganish  Kursiy  R uf  uchun 
birm uncha qiyinchiliklar tug'diradi.  Uzoq va begona o'lkalarning tarixini 
yozish yozuvchini ancha yillar o'ylantirib yuradi.  O 'rta Osiyo va Hindiston 
tafsilotlari  yozuvchini  tashvishga  soladi.  M uhim i  shundaki,  Kursiy  Ruf 
kelajak avlod oldida javobgar bo'lib qolishidan cho'chiydi.  Shuning uchun 
ham, tarixiy dalillaiga juda xushyorlik bilan m unosabatda bo'ladi. Tarixiy 
voqealar bayonining aniq bo'lishiga intiladi.
H a tto   A le k san d r  bilan  y o n m a -y o n   yurib ,  ja n g la rd a   b ev o sita 
q a tn a s h g a n ,  v o q e a la rn in g   jo n li  g u v o hi  b o 'lg a n   P to lo m e y n in g  
«Kundalik»lariga ham bir qadar shubha bilan qaraydi.  U bu haqda to'xtalib, 
«P tolom ey  o 'z   «kundaligi»da  A leksandm i  h a d d an   ziyod  m aqtab 
yuborgan» degan fikmi aytadi.  Kursiy Rufning tarixiy manbalarga bunday 
smchkovlik bilan qaraganligining sababi, yozuvchi tarixiy asar yozishning 
o'ta  mas’uliyatli bir ish ekanligini chuqur his etganligidan dalolat beradi. 
larixiy  asar  yozishning  naqad ar  m urakkab  ekanligini  Kursiy  R uf 
lushunib  yetgan.  Ayniqsa,  Aleksandr  M akedonskiy  haqida  asar  yozish 
yo/.uvchidan  tinim siz  izlanish  va  og'ir  m ehnatni  talab  etadi.  Yozuvchi 
laqatgina  tarixiy  dalillarga,  tarixiy  asarlarga  yoki  «K undalik»larga 
tayanibgina qolmasdan, O 'rta Osiyo va Hindiston safarida bo'lgan ko'pgina 
sayyohlar bilan  ham   suhbatlashadi.  Aleksandr  M akedonskiyning  Osiyo 
mamlakatlariga  qilgan  harbiy  yurishidan  aw al  ham ,  keyin  ham   O 'rta 
( )siyoga juda ko'plab Gretsiya va Rim sayyohlari kelardi.
Ikkinchi  tom ondan,  rimliklar Aleksandr  M akedonskiyning  hayotiga 
juda  qiziqish  bilan  qarashardi.  H ar bir rimlik  sarkarda  o'zini  Aleksandr 
Makedonskiyga qiyos qilardi,  hatto uning tarixiga havas bilan qarardi.
Milodiy,  I  asrning  40-  yillarida  Rim da  im peratorlik  qilgan  Klavdiy 
Aleksandr Makedonskiyga nihoyatda hurm at bilan m unosabatda bo'ladi. 
Shuning  uchun  bo'lsa  kerak,  Kursiy  R uf  o 'z   asarining  bir  sahifasida 
nnperator  Klavdiyni  m aqtab  o'tadi.
Kaligulning imperatorlik davri ancha notinch edi.  Bu davrda Rim adabiy 
muhitida  notinchlik  paydo  bo'ladi,  adabiy  va  siyosiy  guruh  a ’zolariga 
c’tiborsizlik bilan qarala boshlanadi.  Biroq, 41- yilda Klavdiy imperatorlik 
Inxtiga o'tirgandan so'ng,  Rim adabiy m uhitida ancha ijobiy jonlanishlar 
se/ildi.  Klavdiy savodxon bo'lgani uchun ham  Rimda ilm-fanning rivojiga 
nstoydil e ’tibor bilan qaraydi.  H atto o'zi ham  ilm-fan va badiiy ijod bilan
45

m ash g ‘ul  b o ia d i.  Im p e ra to r,  ay n iqsa,  b ad iiy   ad ab iy o tn i  sevar, 
zam ondoshlari va o'tm ishdoshlari asarlarini o'qishga qiziqardi.
Im perator Klavdiy yunon adabiyoti  namunalarini ham  berilib o ‘qiydi. 
Shuningdek,  H om er  poem alari,  Esxil,  Safokl,  Yevripid  tragediyalari 
uning  sevgan  asarlaridan  edi.  H atto  Klavdiyning  o ‘zi  ham   tragediyalar 
yozishga kirishadi.  Uning tragediyalari  Rim teatrlarida to'xtovsiz namoyish 
etilar  edi.
Kursiy  R uf m ana shunday adabiyot va san’atga e ’tibor ortgan  Klavdiy 
imperatorligi  davrida  qizg'in  ijod  og'ushiga  cho'm iladi.  Biroq  Kursiy 
Rufning bu asari o 'z davrida mashhur bo'lmadi. Yozuvchining o'zi bunga 
e ’tibor bermagan bo'lsa kerak.  Kursiy Ruf nihoyatda ehtiyotkor yozuvchi 
edi.  O 'zi  uchun  nihoyatda bebaho bo'lgan bu asarning o'zgalar nazariga 
tushgandan so'ng qanday bahoga sazovor bo'lishi yozuvchini o'ylantirardi. 
Klavdiy  imperatorligi  tugatilib  68-69-  yillarda  Rim  taxtiga  Vespasian 
o'tirgandan  so'ng,  yana adabiy muhitga e ’tiborsizlik boshlanadi.  Kursiy 
R ufning  h ay o ti  b iro z  m u rak k ab lash ad i.  U  o 'z in in g   «A leksandr 
M akedonskiy tarixi» asarini  yakunlab,  78-yilda  Rim da vafot  etadi.
Kursiy  R uf  oldiga  qo'ygan  ezgu-m aqsadga,  niyatiga  erishadi.  U 
Aleksandr  M akedonskiyning  tarixiga  bag'ishlangan  o 'n ta   kitob  yozadi. 
O 'nta kitobni o 'z ichiga olgan bu asarning keyingi taqdiri g'oyat achinarlidir. 
Asarning birinchi va ikkinchi kitoblari yo'qolib ketgan.  Beshinchi kitobning 
oxiri  va  oltinchi  kitoblarning  boshlanishi  saqlanm agan.  Shuningdek, 
asarning o'ninchi kitobidagi ayrim sahifalar ham  yirtilib ketgan. Asarning 
O 'rta   Osiyoga  b ag'ishlangan  kitobidagi  sahifalardan  ayrim   satrlar 
o'chganligini hisobga olm aganda,  asar bizgacha to'liq yetib kelgan.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling