Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


  Kursiy  Ruf.  O 'sha asar,  3 19-  bet


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet30/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

1  Kursiy  Ruf.  O 'sha asar,  3 19-  bet.
342

Shahar  ahli  m ehm onlarni  izzat-hurm at  bilan  qarshi  oladi.  Ilgari 
Aleksandr  bu  shaharga  kelgan,  shahar  hokimi  bilan  d o ‘stlashgandi. 
Shuning  uchun  ham ,  shahar  ahliga  ziy o n -zah m at  yetkazm aslikni 
jangchilariga qattiq tayinlaydi.
Shaharga  sig'magan jangchilarga  esa,  yaqin  atrofdagi  tog"  etagidan 
liar  qanday  sovuqlarni  ham   pisand  qilmaydigan  so‘g‘diyonaliklarning 
o'tovidan qurib beradi. 0 ‘zi esa go‘zal xotini  Roksana bilan qish o'tguncha 
ichkarida b o ia d i.  Yangi  kelin-kuyovni  qutlab,  bu  yerga shahar kishilari 
tcz-tez  kelib  turishardi.
Awaliga shahar ahli Aleksandrdan q o iq ib ,  shohning ko‘chadan o iib  
qolganlarini ko‘rishsa, eshiklarini berkitib,  ichkariga yashirinib olishardi. 
Ular  A leksandr  xalqning  bor-budini  talab,  xonavayron  qiladi,  deb 
o 'y lard i.  S h u n in g   u c h u n   h am ,  k o ‘p  k ish ilar,  u y larin i  b erk itib , 
vashirinish uchun qo'shni viloyatlarga ketib qoladilar.  Shaharliklar motam 
lutgandek g‘am -g‘ussaga botgan edi.
Biroq Aleksandr shahar ahliga ozor yetkazmaydi.  Ba’zan yerli xalqdan 
bironta kishini uchratib qolsa, so‘g‘diyonaliklaiga xos salomlashardi. Nautak 
shahri  Baqtriyaga  yaqin  b o ig an i  uchun  bu  yerda  saklar  ham   ko‘p  edi. 
Shuning uchun ham , sak va so"g‘dlar bir-birining tiliga bem alol tushuna 
olar,  shahar  ahli  ikki  tilda  ham   so‘zlashaverardi.  Aleksandr  ikki  tilda 
so'zlashishga harakat qilardi.  Shahar ahli asta-sekin Aleksandrga koiiikib 
qoladi.  Hatto ular shohning oldiga hol-ahvol so‘rab yoki arz qilib kelishga 
odatlanadilar. Aleksandr iloji boricha ularga yordam berishga harakat qilardi.
Nautakliklar  Oksiartning  qizi  b o ‘lgan  Roksanani  aw ald an   yaxshi 
bilishardi.  Roksana  shaharga  chiqishdan  dastlab  istihola  qilgan  b o isa, 
keyinchalik ko‘nikib ketib,  Aleksandr bilan bemalol  shahar aylanadigan 
boiadi.
Shahar  ahli  o ‘z  dardini  ko‘proq  Roksanaga  aytar,  u  bilan  suhbat 
qurardi.  Bir kuni  bir xotin  tovugini  Aleksandrning jangchilari  o 'g irla b  
ketganini,  tovuqni  eng chekkadagi  o ‘tovga olib  kirganini  o ‘z  ko‘zi  bilan 
ko'rganini  Roksananing qulogiga yetkazadi.  Roksana bu xabarni shohga 
aytadi.  Aleksandr bu  voqeadan  darg‘azab  b o iib ,  tovuq  o ‘g iisin i  topib 
oladi.  So‘ngra  shahar ahli  oldida  uni  rosa  kaltaklaydi.  H atto  tovuqning 
egasi  b o ig a n   ayol,  o ‘g‘ri jangchining aybidan  kechganligini  aytsa  ham , 
shoh o ‘z hukmini bekor qilm ayjangchini qattiq jazolaydi. Aleksandrning 
qo‘shinlari o ‘rtasida tartib-intizom  shunday qattiq edi.
343

Xuddi  shunga o ‘xshash  voqea o ‘sha yili  Baqtriyada ham   ro‘y beradi. 
Hindiston  tom onga  yo‘l  olayotgan Aleksandr  Baqtriyaning  eng  chekka 
qishloqlariga qo‘nadi.  Shoh yaqin sarkardalari bilan qishloq oqsoqolining 
boshpanasida  tunab,  katta  q o ‘shin  mevalari  g‘arq  pishgan  bir  bog‘da 
qoladi.  Bog'ning bor-budidan ayrildim, endi bog'da meva tugul daraxtning 
shohi  ham   qolm asa  kerak,  deb  o ‘ylagan  edi  u.  E rtalab   borsaki, 
d a ra x tla rn in g   ho sili  o ‘z  jo y id a   tu rib d i,  b o g 'g a   u m u m a n   ziyon 
yetkazilmagan.  Bog‘ning  xo‘jayini  xursand  boMganidan,  jo'nayotgan 
lashkarlarga  pishgan  m evalardan  ulashadi.  0 ‘sh and a  qishloq  ahli 
Aleksandrning qo'shinida intizomning kuchliligiga qoyil qolishadi.
H aqiqatan  ham ,  Aleksandr  qo‘shinida  intizom juda  kuchli  b o ig a n . 
Aleksandr,  ayniqsa,  o ‘g ‘rilik qilgan  kishilarni juda yom on  ko‘rgan.  Agar 
q o ‘shinlari  orasida  o ‘g‘irlik  qilgan  kishilar borligini  sezib  qolsa,  bunday 
o LgLrilarm butun lashkar oldida og‘ir jazolarga tortgan.  Burni yoki qulog‘ini 
kesib tashlagan, oyog‘ini osmonga qilib osib qo'vgan,  hatto o ‘lim jazosiga 
m ahkum etgan.  Shuningdek, qaysi shahar yoki qal’agaborib qo‘nsa ham  
tunash  uchunm i  yoki qishlash uchunm i,  «Bo‘ri o ‘z ovuliga teginmaydi» 
deb  q o ‘yardi.  Shu  tufayli  A leksandr  nautakliklarga  ziy o n -zah m at 
yetkazmaydi.
Q ish  d av o m id a  A leksand r  N a u tak d a  a y sh -ish rat  surish  bilan  
kifoyalanib qolmaydi.  Balki u jangchilari bilan harbiy m ashqlar o ‘tkazar, 
harbiy intizom ga tayyorlar,  chavandozlik o'yinlarini qilar,  mahalliy xalq 
hofizlarini  chaqirib kelib qo'shiqlar ayttirar edi.  U  ko‘pincha yangi jang 
rejalarini tuzar,  Makedoniyaga maktub yollar, karvonlami jo ‘natib turardi. 
M akedoniya bilan 0 ‘rta Osiyo o ‘rtasida karvon to'xtovsiz qatnab turardi. 
Karvon  yoki yangi  kuch yetib kelgan kun Aleksandrning kayfiyati ancha 
ko‘tarilib,  behad  sevinardi.  Tezda  karvon  boshlig‘ini  yoki  sarkardani 
huzuriga  cho rlab ,  o ‘z  yurti  haqida  so‘rab -surishtirardi.  K arvonni 
Makedoniyaga jo ‘natayotganda esa, biroz xomush b o ‘lib qolardi.  Kelgan 
yoki  ketgan  karvonni,  albatta,  kutib  olar  yoki  kuzatardi.
Bundan tashqari, Aleksandr N autak shahrida qishlaganida bosib olgan 
o ‘lkalarning  tarixi  va  jug‘rofiyasi  bilan  ham   tanishadi.  Q o‘l  ostidagi 
hokimliklarni qaytadan ko‘rib chiqadi.  Bu o ‘lkalarga yordam chi qo ‘shin 
yuboradi  yoki  q o ‘shin  so‘raydi.  Ozgina  qaltis  yo‘l  tutgan  sarkardalarni 
almashtiradi  yoki jazolab,  yangilarini tayinlaydi.  Shu o ‘rinda Arrianning 
quyidagi  fikrlarini  keltirib  o ‘tishimiz  mumkin.
344

Ken  N autakka,  Aleksandrning  oldiga jo ‘naydi.  Bundan  tashqari  bu 
yerga  K rater  odam lari  bilan  Fratafern,  hokim   Parfiy  va  Stasanar, 
ariylarning  hokim i  kelishadi.  Ular  A leksandrning  buyrug‘ini  bajarib 
kelishgandi.  Qish  fasli  bo‘lgani  uchun  Aleksandr  q o ‘shinlarini  N autak 
shahri  yonida  dam   olish  uchun  joylashtiradi.  Fratefernni  m ardlar  va 
lapurlar  oldiga  bir  necha  marta  chaqirilishiga  qaram ay,  o ‘zini  ko‘rsat- 
may yurgan  hokim Avtofradatni olib  kelish  uchun  yuboradi.  Stasanorni 
dranglarga  hokim  qilib  yuboradi.  Midiyaliklarga  hokim  qilib  Atropatni 
ta y in lay d i,  ch u n k i  ilgarigi  h o k im   O ksidat  unga  qarsh i  n im a d ir 
uyu shtiray otgan lig i  h aq ida  esh itad i.  S ta m en n i  esa  Bobil  gip arx i 
M azeyning o ‘limini eshitib,  Bobilga yuboradi.  Sopol,  Epokill va  M enid- 
ni  Makedoniyaga  q o ‘shin  olib  kelish  uchun  yuboradi1.
Shunday qilib, qish davomida Nautak bilan Aleksandrning q o ii yetgan 
dunyoning  barcha  o ‘lkalari  o ‘rtasida  bordi-keldi,  serqatnov  yo‘llar 
boshlanadi.  N autakka uzoq ellardan savdogarlar kelib q o ‘nadi.  Karvonlar 
to ‘xtaydi.  Ular bilan birga turli mamlakatlarning donishm and va fozillari 
ham  kelib  ketar,  Baqtriya  va  So'g'diyonaning  ilm -u  donishlari  bilan 
m uloqotda b o ‘lar,  uchrashuv kechalari  uyushtirardi.  A leksandr davrida 
N au tak   shahri  karvonlar,  savdogarlar,  d o n ish m a n d lar,  ajnabiylar 
to'xtaydigan joyga aylanadi.  Shahar hayoti  iqtisodiy va  m adaniyjihatdan 
ancha  vuksaladi.  Balki  shu  voqealar sababdir,  Qarshi  shahri  o ‘tm ishda 
O 'rta  Osiyodagi eng  yirik shaharlardan  biri b o ‘lib,  iqtisodiy  va  madaniy 
jihatdan ancha yuksak edi.  Keyinchalik shu shahardan m o‘g‘ul istilochilariga 
ilk  bor zarba beriladi.  Erksevar sarbadorlar harakati  paydo b o ‘ladi.  Shu 
yerda  A m ir Tem ur tug‘ilib,  ulg‘ayadi.
Shunday qilib,  Aleksandr erta bahorda N autak shahridan  Baqtriyaga 
qarab yo'l  oladi.
Janglarda  A leksandr  o ‘zini  ham isha  xavf-xatarlar  ostiga  q o ‘yadi. 
N atijada,  bir  necha  m arta  og‘ir  yaralanadi.  Q o ‘shin  esa  iqlimning 
yom onligidan  va  oziq-ovqatning  yetishm aganligidan  qiynalar  edi. 
Aleksandr o ‘z  taqdirini  q o ‘pollik bilan  yengmoqchi  bo'lsa,  dushm anini 
mardlik  bilan  yengmoqchi  b o ‘lardi.  Uning  aytishicha,  m ardlar  uchun 
to'sqinlik,  qo‘rqoqlar  uchun  esa  hech  yerda  tayanch  b o ‘lmas  ekan. 
Aytishlaricha, Aleksandr ancha vaqtgacha Sisimifr mudofaa qilgan qoyani 
qam al  qilib  tu radi.  Jan gch ilarnin g  ruhi  tush g an d ag in a  A leksandr
1  Arrian.  O 'sh aasar,  151-  bet.
345

Oksiartdan  Sisimifr botir  yoki  qo‘rqoq  odamligini  so'raydi.  Oksiart  esa 
Sisimifrning eng qo‘rqoq odam  ekanligini aytadi.  Shunda Aleksandr:  «Biz 
qoyani  bosib  olishimiz  m um kin,  chunki  uning  cho'qqisi  m ustahkam  
emas»,  - deydi. Aleksandr qoyani  Sisimifrni qo‘rqitib zabt etadi.  Ikkinchi 
marta esa, Aleksandr qo‘shini boshqa bir qoyani bosib olmoqchi bo'lganda 
oldinga  yoshlarni  yuboradi.  Bular orasida Aleksandr ismli  yigit  ham  bor 
edi.  Aleksandr  unga:  «Sening  isming  seni  mard  b o lish g a  undaydi»,  - 
deydi.  Lekin  shu  yigitning jangda  halok  b o ‘lganini  eshitib  qattiq  xafa 
boldi.
SO ‘G‘D  TOG‘I
Bu  voqealarning  So‘g‘diyonada  b o ‘lib  o ‘tganligini  tarixchilar  qayd 
qilishadi.  So‘gbd  tog'idagi  bu  qal’aning  So‘g‘diyonaning eng chekkasiga 
joylashganini  va oxirgi  qal’a b o ‘lib,  qolgan qal’alam ing  ham m asi  q o ‘lga 
olinganini Arrian o‘zining «Aleksandrning yurishi» asarida keltirib o ‘tadi. 
Biroq qal’aning  nomi  tarixiy asarlarda tilga olinmaydi.  A rrian  qal’aning 
hokimi  Oksiart  edi  desa,  Kursiy  R uf Arimoz  b o ‘lganligini  tilga  oladi. 
M uhimi shundaki,  har ikkala qal’adagi hujum tasviri  bir xil  ifodaga ega. 
So‘g‘diyonalik  Oksiart  qal’a  hokimlari  Sisimifr  va  Xerionga  Aleksandr 
to m o n id a n   elch i  qilib  yu bo rilg an   edi.  Q a l’ad a  esa,  A rrian n in g  
ta ’kidlashicha,  Oksiartning xotini va qizlari yashiringan b o ‘ladi.  Bundan 
bir anglashilmovchilik kelib chiqadi. Aleksandrning yaqin kishisi sifatida 
Nautak hokimiga elchi bo'lib borgan Oksiart nega xotini va qizlarini So‘g‘d 
tog‘idagi qal’aga joylashtiradi?  Ikkinchidan, bu narsa So‘g‘d tog‘i N autak 
qal’asiga yaqin ekanligidan ham  dalolat beradi.
Bobokalonlarimizning  ruhini  yod  etuvchi  yana  bir tarixiy joy  So‘g‘d 
q al’asidir.  Bu  q al’aning  qayerga  joylashganini  ta d q iq o tch ilar  aniq 
aytishmaydi.  Ularning ayrimlari bu qal’ani  N autak bilan chalkashtiradi. 
Boshqa birlari bu qal’a Oks daryosi bo‘ylaridagi baland tog‘larida joylashgan 
edi  deyishadi.  Arrian qal’a So‘g‘d tog‘iga ekanini aytadi.  Muallifning  bu 
o 'rnida qaysi tog‘ni  nazarda tutayotgani aniq emas.
Aleksandr tog‘ga yaqinlashganda, osma ko‘prik va devorlarni ko‘radi. 
U larbu yo‘l orqali oziq-ovqatlarini tashib kelishgandi, qalin qor yoqqandi. 
Bu  qor  makedoniyaliklarning yurishiga  xalaqit  berardi.  Tog‘liklarni  esa 
suv  bosish  xavfi  bor  edi.  Shunga  qaram ay,  Aleksandr  bu  yerni  bosib
346

olishga qarorqiladi. Togliklarning m ag'rurgapirgan so‘/.lari Aleksandrga 
qattiq botib, jahlini chiqaradi.  U so'g'diyonaliklarga muzokara o ‘tkazishni 
taklif qiladi.  Agar  ular shu  yerni  topshirishsa  uylariga  sog‘  qaytishlarini 
va’da  beradi.  U lar  Aleksandrning  ustidan  kulib,  bu  tog‘ni  zabt  etish 
uchun  qanotli  askarlar  qidirib  topishni  maslahat  berishadi.  Busiz  esa 
qal’ani  egallashni  o'ylamasliklarini  aytishadi.  Shunda  A leksandr  kimki 
tog'ga birinchi bo'lib chiqsa,  mukofotga  12 talant olishini,  ikkinchi bo'lib 
chiqqan  odam   ikkinchi  mukofotni,  uchinchisi  -  uchinchini  va  hokazo, 
oxirgi  ch iqq an  odam   esa  oxirgi  m ukofotni  -  300  d raxm ni  olishi 
mumkinligini  e ’lon  qilishni  buyuradi.  Bu  e ’lon jangga  shaylanib  turgan 
makedoniyaliklarni  yanada ruhlantirib yuboradi.
Q urshov paytida tog‘ga chiqib o'rgangan 300 ga yaqin askar yig'iladi. 
Ular tem ir tayoqlar tayyorlashadi.  Bu tayoqlar qordan  muzga aylangan 
joylarda  o'tishga  yordam  berardi.  Tayoqlarga  m ustahkam   to'qilgan, 
uzilmaydigan  arqon  bog‘lashadi.  Kechga  yaqin  esa  tog‘ning  dushm an 
qo'riqlamagan tomoniga yetib kelishadi va tayoqlar yordamida birin- ketin 
tog'ga chiqa boshlashadi.  Y o‘l-yo‘lakay 30 ga  yaqin  odam   halok bo'ldi. 
Qorga  ko'm ilib  ketganliklari  sababli,  ularning  jasadlarini  ham   topib 
bo'lm aydi.  Qolganlar  erta  tongda  tog‘  c h o ‘qqisini  zabt  etishadi.  Tog‘ 
tepasidan marra egallanganini bildirib,  ro'molchalarini silkita boshlashadi.
Aleksandr  darrov  jarchini  chaqirib,  dushm an  soqchilariga,  qanotli 
askarlar  topilganini  va  ular  tog'  cho'qqisini  zabt  etishganini  aytishini 
buyuradi. Jarchi bu gaplarni dushman soqchilariga yetkazadi va tog'  ustida 
turgan  odam larni  ko'rsatadi.
H imoyachilar bunday bo‘lishini  kutmagan edi.  U larto g 1 qurollangan 
odam lar bilan zabt etilgan deb o'ylab, taslim bo'lishadi.  Farqi shundaki, 
Arrian  bu qal’ada  asirga olinganlar orasida  Roksana  ham  bor edi  deydi. 
Arrian asaridagi  S o'g'd tog'ining ishg‘ol etilishi haqidagi bu tasvir Kursiy 
R uf  asarida  ham   berilgan.  Bu  ikki  tasvir  bir-biriga  ko ‘p  jih atd an  
o'xshashdir.  Kursiy  R uf shunday  sharhlaydi:
Shoh  qolgan  viloyatlarni  ham   zabt  etgan,  faqatgina  30  000 jangchisi 
bo'lgan  so'g'diyonalik Arimaz egallab turgan  bittagina  qoya  qolgan  edi. 
Ular qoya tepasida 2 yilga yetadigan oziq-ovqat g'am lab olishgandi.
Qoya ham m a tom ondan tik bo'lib,  faqatgina chiqish  uchun bitta tor 
yo'lakcha  bor  edi.  Qoya  yarmida  qorong‘i  g 'o r  bo'lib,  undan  suv  oqib 
turardi.
347

Shoh avvaliga bu joyni egallash  qiyin deb o'ylab ketmoqchi b o ‘lgandi, 
lekin  baribir  tabiatni  o'ziga  b o ‘ysundirish  niyatida  qal’ani  zabt  etishga 
qaror  qiladi.
Shoh  Artabazning  o lg‘li  Kofni  Arimazga  elchi  qilib  yuboradi.  Kof 
Arimazga  qal’ani  topshirish  kerakligini  ayladi.  Bunga  javoban  Arimaz 
shohning  ustidan  inazax  qilib,  Aleksandr  uchishni  bilsa,  qal’ani  qo'lga 
olishi  m um kin  deb  kuladi.  Bu  so'zlam i  eshitgan  shoh  darg‘azab b o ‘lib, 
m aslahatchilarini  chaqiradi  va  kengashda  m akedoniyaliklar  h am m a 
narsaga,  hatto  uchishga  ham   qodirligini  yaqin  kunlarda  A rimazga 
ko'rsatishini  e ’lon  qiladi.
Shoh  sarkardalarni  yig‘ib  kengash  o ‘tk azar  ekan,  ularga  qarab 
shunday deydi:  «Har qaysingiz 300 tadan eng chaqqon, epchil, qoyalarga 
chiqa oladigan yigitlardan olib keling!
Sizlar  bilan  yengilmas  shaharlarni,  o ‘tib  b o ‘lmas  to g‘  c h o lqqilarini, 
H indiston  sovuqlarini  yengdik.  Men  sizlarga  o 'rn ak   b o ‘ldim,  sizlar esa 
jasorat  ko'rsatdingiz.
Qarshingizda  turgan  qoyaga  faqat  bitta  chiqish  yo‘li  bor.  U ning  bir 
to m o n i  b o s q in c h ila r   to m o n id a n   q o 'r iq la n ib ,  q o lg a n   to m o n i 
q o ‘riqlanmaydi.  Uni  har tom onlam a  chuqur o ‘rganib chiqib,  eng qulay 
chiqish yo'lini topasiz. Tabiatda yengib bo‘lmas tepalik boim aydi. 0 ‘zgalar 
zabt  eta  olm agan  Osi pni  ham  zabt  etdik.
Tepalikka  chiqqanlar  oq  m ato  ko4arib  menga  belgi  berishsin.  M en 
qolgan kuchim bilan qal’adagilami chalgMtib turam an.  Kim birinchi bo'lib 
qoyaga chiqsa,  10 talant, keyingisi 9 talant va qolganlar ham  shunchadan 
m u k o fo t  o la d i,  u la r  faq at  m ukofot  u ch u n   em as,  balki  m en in g  
buyrug‘imni  bajarishlari  shart».
Qoyaga chiquvchilar qal’ani egallaganday zavq bilan shohning hukmini 
eshitib,  keyin tem ir ushlagichlar taqib tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.  Shoh 
ularga  eng qulay chiqish joyini  ko‘rsatadi.  Ikki  kunlik ovqat  olib qoyaga 
chiquvchilar qilich va nayza bilan qurollanib yuqoriga chiqa boshlaydilar.
U lar  aw aliga  hushyorlik  bilan  bir-biriga  yordam lashib,  arqonlar 
yordamida kun bo‘yi yuqoriga qarab ko'tarila boshlaydi.
N o to ‘g‘ri  qadam   qo4yganlar  pastga  tushib  ketar,  bunday  dahshatli 
holat boshqalarni vahimaga solardi.  Baribir og‘ir to ‘siqlami yengib tepaga 
chiqib  borar,  holdan  toygan  jangchilar  uyquga  ketardi.  U lar  ertalab 
dushm an joylashgan  qal’ani  izlay  boshlaydilar.  N ihoyat,  ular  pastlikda 
g‘ordan  chiqavotgan  tutunni  ko‘rishadi.
348

U lar  kelishilgan  signalni  berib,  o 'z   safdoshlarini  sanab  ko'rsalar, 
qoyaga chiqish jarayonida 32 kishi halok bo'libdi.
Shoh  diqq at-e’tibor  bilan  ertalabdan  kechgacha  qoyani  kuzatardi. 
Yigitlar taqdiri  uni  o'ylantirardi.  Ertasi  kuni shohning o ‘zi birinchi  bo'lib 
signalni  ko'rib,  Kofni  zudlik bilan chaqirib,  qal’adagilar huzuriga taslim 
bo'lishlarini  aytish  uchun  yuboradi.  M abodo  ular  taslim   bo'lm asa, 
qoyadagi  yigitlarni  ko'rsat  deb tayinlaydi.
S hunda  K of  unga  qoyaga  chiqib  olgan  yigitlarni  k o 'rsatad i  va 
makedoniyaliklar  ucha  oladi,  deb  uning  ustidan  kuladi.
Makedoniyaliklar lageridan truba ovozlari, jangchilarning baqirishlari 
eshitiladi.
Qal’a himoyachilari sarosimaga tushib, qoyaga chiqqanlar oz ekanligini 
ham  sezmay taslim bo'lishadi.
S hundan  so'ng  ular  Kofni  tezda  orqaga  qaytarib,  o'zlarining  30 
elchisini  ham   qoyani  topshirish  va  bu  yerdan  talafot  ko‘rm ay  chiqib 
ketish  uchun  ruxsat  so'rashga  shohning  oldiga  yuboradilar.
Shoh  qoyaga  chiqqan  yigitlari  oz  ekanligini  bilsa  ham ,  Arimazning 
birinchi  javobidan  g'azablanib,  bunday  shartnom aga  rozi  bo'lm ay, 
ularning  butunlay  taslim  bo'lishini  talab  qiladi.  Buni  eshitgan  Arimaz 
o'zining  eng  yaqin  odam lari  bilan  Aleksandrning  oldiga  tushib  keladi. 
Aleksandr esa  ularning  ham masini  bog'lab  qoyaga  osib qo'yadi.  Q o'lga 
kiritilgan  ham m a  o'lja  sovg'a tariqasida  yangi  shaharlar aholisiga  bo'lib 
beriladi.  S hundan  so'ng  A rtaboz  qoyaga  va  viloyatga  hokim   qilib 
tayinlanadi1.
O 'rta Osiyoning antik davrlari tasvirlangan asarlarda aynan bir-birining 
takrori  bo'lgan  ko'plab  lavhalarga  duch  kelamiz.  Bu  holat,  ayniqsa, 
K ursiy  R u fn in g   « A lek san d r  M a k e d o n sk iy   ta rix i» ,  A rria n n in g  
«Aleksandrning yurishi» asarlarida yaqqol  ko'zga tashlanadi.  Kursiy  Ruf 
asaridan yuqorida keltirilgan parchaga Arrian asarida keltirilgan lavha juda 
yaqin turadi.  Bu o'rinda biz o'quvchiga tushunarli bo'lishi uchun ataylab 
har  ikkala  asardan  bir  xil  tasvirni  keltirdik.
1  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  2 9 3 -  bet.
349

ROKSANA
D onishmand adiblar  Aleksandr  Filipp  o ‘g‘li  umrining oxirgi soniyasi 
haqida juda ta ’sirli, o'quvchini  hayajonga soluvchi,  kishi vujudini larzaga 
kcltiruvchi  sahifalar  bitishgan.  Bu  lavhalarni  o ‘qib,  bor-yo"g‘i  o ‘ttiz 
uch  yil  um r ko‘rgan  makedoniyalik Aleksandr bilan vidolashar ekanm iz, 
shu  qisqa  umri  davom ida  qanchadan-qancha  ishlami  qilib  ulgurganiga 
hayrat  bilan  qaraymiz.  G oh  qirg'inbarot  jang  bilan,  goh  sulh  tuzib, 
gohida esa do‘stlik yo‘li bilan qanchadan qancha o lkalarni bosib olmadi, 
deysiz.  IJ  bizning o ‘rta osiyolik bobokalonlarimiz boshiga ne-ne kulfatlar, 
qanchadan-qancha  qirginliklar  keltirgan  b o ‘lsa-da,  navqiron  yoshida 
olamdan ko‘z yumganiga achinamiz. Zam ona zayliga ko‘ra bizning qadim 
yurtimizda  u  dastlab  qirg'in  urushlar qilgan  bo‘lsa-da,  oxirgi  dam larda 
ajdodlarim iz  bilan  do'stlashadi.  Bu  do'stlik  ipini  abadiy  m ustahkam  
bog‘lash  uchun  u go‘zal  Roksanaga hukm  yo‘li bilan em as,  ko‘ngil  yo‘li 
bilan  qonuniy  uylanadi.  A m m o  ikki  q it’a  podshohini  o ‘ziga  asir  etgan 
Roksananing  ham   umri  qisqa  b o ‘ldi.  U ndan  farzand  qolm adi.  Jahon 
donishm andlari  Aleksandr  haqida  so'z  yuritganda,  albatta,  Roksanani 
ham  tilga  olishadi.  Aleksandrning  onasi  Olim piada  ham ,  saroy  ahllari 
ham 
Roksanani  hech  kamsitmadi,  osiyolik  yovvoyi  qiz  deb  uning 
sh a’nini  yerga  urm adi.  B utun  M akedoniya,  y u n o n lar,  A leksandr 
qo‘shinida  xizmat  qilgan  xalqlarning  lashkarlari  Roksanani  ulug‘lar, 
uning  nom ini  e ’zozlardi.
Xudo  singari  o ‘zini  muqaddas  bilgan  Aleksandr  Roksanaga  xiyonat 
qilmadi.  Osiyo shohlaridek o ‘nlab go‘zallarni  xotin  qilib olish  huquqiga 
ega  b o ‘lgan  Aleksandr  yolg‘iz  qonuniy  xotini  Roksanaga  sodiq  qoladi. 
Aleksandr ju da k o ‘plab ellarni,  elatlarni o ‘ziga b o ‘ysundirgan b o ‘lsa-da, 
yolg‘iz  Roksananing ishqi bilan yashadi. Chunki  Roksana dunyoda tengsiz 
go‘zal edi.  Shohning sadoqatli sarkardasi  Loga o ‘g‘li Ptolom ey so‘zi bilan 
aytganda,  u  butun  Osiyoni  kezib  bunday  go‘zalni  hali  uchratm aganini 
aytgandi.
Roksanani  go‘zallik  m a’budasi  Afroditaga  teng  q o ‘yamiz.  D unyo 
xalqlari Afroditani qanchalik tanisalar,  Roksana nom ini ham  shunchalik 
yaxshi  biladilar.  D arhaqiqat,  Aleksandrni  o ‘ylaganimizda,  eng  aw alo , 
Roksana ko‘z o ‘ngimizga keladi.
350

So‘g‘d tog‘ida asosan ayollar va bolalar asirga olingan  bo'lib,  ularning 
orasida Oksiartning xotini va bolalari bor edi.  Oksiartning  Roksana degan 
bo‘yi  yetgan  qizi  bor edi.
Jangchilar  D oroning  xotinidan  keyin  bunday  go'zal  qizni  hech 
qayerda,  hattoki  butun Osiyoda  ko'rm aganliklarini aylishadi.  Aleksandr 
qizni  ko‘rib  sevib qoladi.  Unga o ‘z asiriga emas, balki xotiniga  m uom ala 
qilganday gapira boshlaydi.
Oksiart  bolalarining  va  xotinining  asir  tushib  qolganini,  ayniqsa, 
qizi  R oksananing  A leksandrga  yoqib  qolganini  eshitib,  q o 'rq u v d an  
o 'z in i  b o sib   o lib ,  sh o h n in g   h u z u rig a  k e lad i,  A le k s a n d r  u nin g  
hurm atini joyiga q o ‘yib  kutib oladi.  S hundan  so ‘ng shoh o ‘z qaynota- 
siga So'g'diyonaning hokimligini topshiradi.  Shunday qilib, Y unoniston 
va  M akedoniya bilan  S o‘g‘diyona  o 'rtasid a yaqin  q arindoshlik  ipi 
bo g ‘la n ad i.  A lek san d r  b o shlab  bergan  u ylanish  va  n ik o h   qilish 
udum ini  uning boshqa ko‘pgina jangchilari  davom   ettiradi.  A leksandr 
Hindistonga borganda ham  uning ko‘pgina jangchilari mahalliy qizlarga 
uylanib qolib  ketadi.  S o‘g‘diyona,  G irkaniya,  B aqtriya o ‘g‘lonlari esa 
uzoq Aleksandriyaga  haydab ketilib,  o ‘sha yurtlarda qolib ketadi.  «M en 
bu  yerda  A leksandrni  ayblam aym an,  balki  q o llab -q u v v atlay m an ,  - 
deydi  A rrian  o 'z   asarida,  -  chunki  u  q a n c h a d a n -q a n c h a   m ulozam at 
qilgan  D oroning g o ‘zal xotini oldida ham  bosh  egm agandi.  Bu  ayolga 
u  hurm at va achinish bilan  m uom ala qiladi.  Bu  bilan  u yosh  boMishiga 
qaram ay,  o ‘zini  tu ta  olishini  k o ‘rs a ta d i» '.
Hikoya qilishlaricha,  Doroning xotiniga qo'yilgan soqchi qochib ketib, 
D oroning  huzuriga  boradi.  Sobiq  sadoqatli jangchisini  ko‘igan  zahoti 
Doro xotini va bolalarining taqdiri haqida so'ray boshlaydi.  Shunda soqchi 
h a m m a la rin in g   sog ‘-sa lo m a t  e k a n lik la rin i,  u la r  o ‘z larin i  xuddi 
uylaridagidek his qilayotganliklarini,  xotini  unga sodiq qolganini  aytadi. 
Doro xotinining sodiq qolganini, Aleksandr ularga azob bermayotganligi, 
zulm o ‘tkazmayotganligini eshitgach ko‘ngli joyiga tushadi.  Shunda soqchi 
qasam  ichib:  «Shoh!  Xotiningni  sen  qanday  hurm at  qilgan  b o ‘lsang, 
Aleksandr  ham   shunday  hurm at  qilmoqda.  Aleksandr  jud a  olijanob, 
ayniqsa,  xotinlar  oldida  o ‘zini  tuta  oladigan  yaxshi  odam dir»2  deydi. 
Shunda  D oro ikki qo ‘lini  ko‘kka ko‘tarib, duo qila boshlaydi:  «Zevs-
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling