Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet32/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

360

A rtabaz  a n c h a   keksayib  qolgan  n u ro n iy   ch ol  boMgani  u ch u n  
keyinchalik Aleksandr uni  Baqtriya hokimligidan ozod qiladi.  Biroq unga 
b o lg a n   hurm atini  yo‘qotmaydi.
Arrianning  yozishicha,  Aleksandr  Baqtriyaga  birinchi  bor  yurishida 
Parapam isodlar  yerida  barpo  etilgan  A leksandriya  shahriga  keladi. 
Aleksandriyashahrining  hokimi  bu  payt  G ipparx e d i1.
M anashu  fikrdan ham  ko‘rinibturibdiki,  Parapam isodlar  Baqtriyaga 
yaqin joylashgandi. Arrian ham  Parapamisodlami Baqtriyaga chegaradosh 
edi,  deydi.  A rrian  bergan  tasvir  o ‘sha  «Iskandar  ko‘l»  atrofidagi  tabiat 
tasvirini esga soladi.
Kursiy  R uf ham   Aleksandrning  Parapam isodlar  yeriga  kelganligini, 
bu yerlar Baqtriyaga yaqin joylashgan b o ‘lib,  nihoyatda sovuq ekanligini 
ta ’kidlaydi.  Bu haqda adib shunday bir tasvirni beradi.
A lek san d r  k a tta   q o ‘sh in   b ila n   u n c h a   riv o jla n m a g a n   va  z a if 
parapam isodlar  qabilasiga  bostirib  boradi.  Ularning  m am lakati  shimol 
tom onda, sovuq o ‘lkada joylashgan bo‘lib, g‘arbda Baqtriya bilan, janubda 
Hind  dengizi  bilan  chegaradosh  edi.  Parapam isodlar  uylarini  asosan 
g‘ishtdan  qurgan  b o ‘lib,  u  yerlarda,  hatto tog‘da  ham   o ‘rm on  yo‘q edi. 
Uylar  pastdan  yuqoriga  qarab  torayib  qurilar  edi.  U zum   va  daraxtlar 
sovuqdan zo‘rg‘a saqlanardi. To‘xtovsiz sovuq bolgani uchun qor erimasdi. 
Osm onni har doim  qora ko‘lanka qoplab olganday edi.
Bu yerga kirgan q o ‘shinlar albatta sovuqdan, ochlikdan, charchoqdan 
holdan ketardi.  K o‘plar sovuqdan o ‘lar, oyoqlarini sovuq uchirar,  ko‘zlari 
kasal  b o ‘lardi.  Sovuqda  qotib  qolganlarni  o ‘rtoq lari  isitar,  ularni 
harakatlanishga majbur qilishardi.  Kim dushman hujrasiga kirishga ulgursa, 
darrov o ‘ziga kelardi.
H ech  q a ch o n   kelgindilarni  ko ‘rm agan  yerli  aholi  qurollangan 
odam larni  ko‘rganida,  q o ‘rqqanlaridan  ularga  b o r  narsalarini  bera 
boshlaydi,  faqat  o ‘ldirmasalaring b o ‘ldi  deb  aytishadi.
Shoh  qo‘shinni  piyoda  aylanar,  sovuqdan yotib  qolganlarga yordam 
bererdi. Nihoyat, yaxshiroq joyga yetib kelib, yetarlicha oziq-ovqat oldilar2.
D iodor ham   Parapam isodlar yerining nihoyatda sovuq b o ‘lganligini, 
odam lam ing  asosan  qishloqlarda  yashashini  ta ’kidlab,  Kursiy  Rufning 
tasviriga yaqin ifodani beradi va shunday yozadi:
1 Arrian.  O 'sh a  asar,  153- bet.
2  K ursiy  Ruf.  O 'sh a  asar,  259-  bet.
361

«Aleksandr  esa  shu  vaqtda  Parapam isodlar  qabilasi  to m o n   yurish 
qiladi.  Bu yerlar juda sovuq bo'lib, odam lam ing asosiy qismi qishloqlarda 
yashar edilar.  U lar  uylarini  o ‘zlari  xom  g‘ishtdan  qurgan  edilar.  Sovuq 
juda  qattiq  bo'lgani  uchun,  bir  necha  oylik  oziq-ovqatni  yig‘ib  olib 
uylaridan chiqm ay o ‘tirar edi.  M ana shunday qiyinchilikka qaram asdan, 
Aleksandr  bu  yerlam i  ham   egallaydi,  lekin  sovuq  tufayli  ko‘p  odam ini 
yo'qotadi1.
Grek va Rim tarixiy nasrida Baqtriya va Parapamisodlarga yaqin bo'lgan 
Arimasplar  o ‘lkasi  haqida  ham   hikoya  qilingan.  A rim asplar  o'lkasida 
yashovchi  qabilalarni  evergetlar  deb  ham   atashgan.  Bu  o ‘lka  bizning 
taxm inim izcha,  Issiqko‘l  atrofida,  hozirgi  Qirg‘iziston  yerlarida  b o ‘lsa 
kerak. Arrian evergetlar haqida shunday yozadi:
«Bundan tashqari,  u qo'shinini ikki qismga bo'ladi.  Chunki jud a katta 
bo'lgan  otliq  qo'shinga  qo'm ondonlik  qilishni  bir  kishiga,  h atto   eng 
yaqin  kishisi  bo'lsa  ham   bergisi  kelmasdi.  Shuning  uchun  u  qadim da 
arimasplar, endi esa everget deb nomlangan xalqning oldiga keladi.  U lar 
Kambizning o'g'li  Kirga, skiflar ustiga qilgan yurishida yordam berishgandi. 
Aleksandr Kirga yordam berganlarga izzat-ehtirom bilan murojaat qiladi. 
Ularni  Elladaning eng yaxshi odamlari bilan aloqada bo'lishlarini istaydi. 
Hayotlari endi badaviylar hayotiga o'xshamasligiga ishonch hosil qilgach, 
ularga xohlaganlaricha yer bo'lib beradi.  Bu yerda u Apollonga qurbonlik 
keltiradi.  Shaxsiy  soqchisi  Demetriyni  esa  Filotga  qarshi  uyushtirilgan 
fitna qatnashchisi deb, asirga oladi.  So'ngra uning o'm iga Laganing o'g'li 
Ptolomeyni  shaxsiy  soqchi  qilib tayinlaydi»2.
Diodor ham Arrianning mana shu fikriga yaqin gapni aytib, Arimasplar 
yoki  Everget deb atalgan qabila va ular joylashgan o'lk a haqida shunday 
ta ’rifberadi:
«Shundan  keyin  shoh  Aleksandr  A rim asp,  to m o n   yurish  qiladi. 
Arimasp  ilgari  Evergeta  deb  ham   atalgan.  Buning  sababi  quyidagicha: 
Eron  shohi  K ir  o ‘z  qo'shini  bilan  m ana  shu  yerda  ochlikka  duchor 
bo'ladi.  Arimaspliklar  K im i  bu  ochlikdan  saqlab  qoladi.  Shunda  Kir 
ularni  Evergetlar deb ataydi.  Shunday qilib A leksandr o 'z  qo'shini bilan 
mana shu yerga yetib keladi va yaxshi kutib olinganligi uchun ularga juda
1  D iodor.  0 ‘sh a a s a r,  114-  bet.
2 A rrian.  O 'sh a  asar,  128- bet.
362

katta boylik va sovg'alar beradi.  Ular bilan qo‘shni bo‘lgan Gedrosanliklami 
ham   m unosib  taqdirlaydi.  Shu  ikki  xalqqa  T irid atn i  boshliq  qilib 
tayinlaydi»1.
Arrian  ham   Baqtriya va  Parapam isodlar o'lkasiga yaqin chegaradosh 
yerlarda  arim asplar  o'lkasida  Everget  qabilasining  yashashini  aytib, 
ularga  yaqin jo yda Aroxoziylar degan  m am lakat  b o ‘lganJigini  m a’lum 
qiladi.  E htim ol,  bu  o ik a   Afg‘onistonga  yaqindir.  Kursiy  Rufning 
ta ’kidlashicha:
«Aleksandr ariylar o ‘lkasiga hokim  tayinlab,  qolgan ishlarini  tugatib, 
arimasplar mamlakatiga yurish boshlaydi.  Ularning yangi nomi  Evergetlar 
boMib,  ular  bir  paytlar  Kir  qo‘shiniga  oziq-ovqat  va joy bergandi.
Bu viloyatga Aleksandr beshinchi  kuni  yetib keladi.  Satibarzon  Bess 
tom onidan  o ‘tganidan  keyin  yana  ariylar  yeriga  bosib  kirganini  bilgan 
shoh  u  tom onga  K aran,  Erigiy,  Artabaz  va  A ndroniklar  bilan  birga 
6000 grek  piyodasini  va 600  otliqni yuboradi.  Shohning o ‘zi  esa 60  kun 
ichida  Evergetlar qabilasida  tartib  o ‘m atib,  Kirga  sodiq b o ‘lgani  uchun 
katta  mukofot beradi.
Ularga A m edinani boshliq qilib qo‘yib,  o ‘zi esa  Pontiy dengizigacha 
cho'zilgan  araxoziylar  mamlakatini  ishg‘ol  qiladi.  U  yerda  bir  vaqtlar 
P arm enion  boshliq  b o ‘lgan  q o ‘shin  bilan  uchrashadi.  Bular  6000 
makedoniyalik,  200  yuqori  tabaqali,  5000  grek,  600  otliq  q o ‘shin  edi.
Araxoziylarga shohning yordamchisi  M enon  hokim qilib tayinlanadi. 
H im oya uchun 4000 piyoda va 600 otliq askar qoldirildi.»2
HINDISTONGA  YURISH
Aleksandr Osiyoning eng go‘zal o ‘lkalarini bosib oladi.  Bular Eron, 
M id iy a ,  P a r f iy a ,  M a r g ‘iy o n a ,  G ir k a n iy a ,  K a s p iy   b o ‘y la ri, 
So‘g‘diyona,  B aqtriya  va  hokazo.  A leksandr  bu  o ‘lkalarga  kelishni 
bolalikdanoq  orzu  qilardi.  Ayniqsa,  skiflar  haqidagi  rivoyatlar  q attiq 
hayajonga  soluvchi  tafsilotlar,  ch u q u r  o ‘yga  to ld iru v ch i  voqealar 
bo‘lg‘usi shohning qalbini o‘ziga sehrlab olgandi.  Bu afsona va tasodiflarga
1  D iodor.  0 ‘sha  asar,  115- bet.
2
  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  257-  bet.
363

boy o ‘lkalarni ko‘rish orzusi haqiqatga aylanib,  n e-ne m ashaqqatlardan 
so‘ng,  yana  bir  boshqa  orzu  og‘ushida  uzoq  o ‘yga  tolardi.  Bu  H in d  
o ‘lkasini ishg‘ol  etish orzusi edi.  H ind diyori  o ‘zining qalin o ‘rm onlari, 
to ‘lqintirib  oquvchi  daryolari,  ulkan  ilonlari,  shifobaxsh  giyohlari, 
jangovar  fillari-yu,  b ebah o  zeb-u  ziynatlari  bilan  dunyoga  m ash h u r 
edi.  0 ‘zining  afsonalardagidek g o ‘za!  tabiati  bilan  A leksandr  qalbini 
m aftun  etgandi.  A m m o  uzoq  H indistonga  tuya,  ot,  xachir,  eshak 
kabi  ulovlar bilan  yetish  am rim ahol  edi.  B uning  ustiga,  o sm o n o ‘par 
to g ‘lard an,  eshilib  oquvchi  daryolardan  o ‘tish  va  dovul,  b o 'ro n , 
sham ol  xatarlarini  tah lik a  ostida  yengib,  m anzilga  yetish  oson  ish 
em as.  S h u n d ay   b o ‘lsa -d a   A leksandr  H in d isto n n i  q o ‘lga  kiritish 
orzusidan  voz  kechm aydi.  Axir,  b u tu n  dunyoga  h u k m ro n   b o ‘lish 
uning  birdan  b ir  orzusi.  Axir,  hali  u  hech  kirn  yetolm agan  sh o n - 
shuhrat  egasi b o ‘lishni  yoshligidan  o ‘ylardi.  Bunday orzuning so‘nggisi 
hali  H indiston  em as.  Biroq,  H indiston  ulkan  m am lakat.  U ni  q o ‘lga 
kiritsa,  qolgan  m ayda  o lk a la r   o ‘z  ixtiyorlari  bilan  taslim   b o iis h i 
turgan  gap.  Biroq,  hali  bu  uzoq  o ‘lkaga  yetish  qiyin  edi.
Hindiston to m o n  yurish davom etar ekan, bu yurishda ko‘pgina o ‘rta 
osiyoliklar  ham   ishtirok  etgandi.  Ularning  ko‘pi  m ana  shu  og‘ir  yo‘l 
m ashaqqatlarini  tortib,  H indistonga  yetm asdanoq  nobud  b o ‘lgandi. 
A diblar  bu  og‘ir  yo‘l  m ashaqqatlari  haqida  qiziq-qiziq  hikoyatlar 
bitishgan.
Kursiy  R uf  asarida  Hindiston  tom on  yurish  shunday  ta ’riflanadi. 
Toshloq  yo‘l  b o ‘lgani  uchun  otlar  tuyog‘i  og'rib,  bir-biridan  orqada 
qola boshlaydi.  Borgan sari otliqlar safi kamayib boradi.
Lekin  shoh,  otlarini  alm ashtirib  b o ‘lsa-da,  qochoqlam i  quvishda 
davom  etadi.  H atto  atoqli jangchilar orqada qoladi.  Lisimaxning ukasi 
F ilipp  jud a qobiliyatli  edi.U   og‘ir  qurollanganiga  qaram ay  shohdan 
orqada  qolm asdi.  T o ‘satdan o ‘rm onda  ro ‘y bergan  og‘ir jangda  Alek- 
sandrni dushm an  ham lasidan o ‘z gavdasi bilan him oya qilib qoladi.
S h u n d a  ja n g   tu g ash i  b ilan   F ilip p   d a rm o n s iz la n ib ,  d arax tg a 
suyanganicha hushidan ketadi.
Buni  ko‘rgan  shoh  unga  yordamga  yetib  boradi.  Shoh  uni  q o ‘liga 
olishi bilan  F ilipp  jon  beradi.
Bu  voqeadan  xafa  b o ‘lib  turganida  yana  b ir  noxush  xabar  yetib 
keladi,  y a’ni  eng ja su r  safdoshi  Erigiy  h am   o ig a n d i.  Shu  yerda  ikki
364

q ah ram o n n i  ham   izzat-ikrom   bilan  k o ‘m ish a d i'.  Bu  voqea  H isor 
to g ‘laridan  o ‘tayotganda  ro ‘y bergandi.  T o g‘  orasi  qalin  o ‘rm on  edi. 
T o g iik la r to ‘satdan hujum   qilib,  ikki o ‘rtada shiddatli jang boshlanadi. 
A leksandr  ham  janga  kirishib  ketadi.  Y on  to m o n d a n   nayza  k o ‘tarib 
A lek san d rg atash lan g an   to g ‘likni  F ilip p   ch o p ib   tashlaydi.  F ilip p 
m a h o ra tli  ja n g c h i  b o ‘lib,  sh o h   u ni  yaxshi  k o ‘rard i.  0 ‘sh a n d a  
A leksandr  F ilipp n in g   bir  yo‘la t o ‘rtta to g ‘lik  bilan  olishayotganini 
k o ‘rgan  b o ‘lsa  h a m   q ay tish n in g   m avridi  em asd i.  C h u n k i  shoh 
togMiklarni  t a ’qib  etib  borardi.  N ih o y at,  sarkarda  Erigiy  yetib  kelib, 
shoh  t a ’qib  etib   b o rayo tg an   togM iklarni  q uv ish d a  d avo m   etadi. 
A leksandr  orqagaqaytib,  F ilipp  jan g  qilayotgan  o ‘rm on   oralig‘iga 
keladi.  F ilipp   hali  tirik e d i.U   en tik a-entik ak elib   daraxtga  suyanadi. 
Buni  k o ‘rgan  A leksandr  zudlik  bilan  u  to m o n   yuradi.  F ilip p n in g  
og‘zidan  laxta-laxta qon  oqardi.  Shoh  uning egilgan boshini ko'taradi. 
U  n im ad ir  dem oqchi  b o ‘ladi-yu  jo n   beradi.  F ilip pn in g  q o ‘lidagi 
qonli  yoy yerga tushadi.  A leksandr sezadiki,  bu yoy o ‘qi jangchisining 
k o ‘kragiga  sanchilgan  b o ‘lib,  aftidan  uni  o ‘zi  sug‘urib  olgan.  Shoh 
jangchisining  jasadini  k o ‘tarib ,  yura  boshlaydi.  Bir  zu m d a  ularni 
jangchilar  o ‘rab  olishadi.F ilippning jasadini  q o ‘lm a -q o ‘1 k o ‘tarishib, 
o ‘rm o n nin g  siyrak joyiga  olib  kelishadi.  H alok b o ‘lganlar  anchagina 
edi.  U larning  ham m asini  bir joyga  yig‘ishadi.  Shu  m ahal  sarkarda 
E rigiyning  y aralan gan i  h aqida  xabar  keladi.  A leksandr  o ‘n  besh 
chog‘lik jangchilari bilan  Erigiy tom on chopib ketadi.  Biroq safdoshlari 
Erigiyning  ham   jasadini  o ‘rm on  ichidan  k o ‘tarib  kelishadi.  Erigiyni 
F ilip p n in g   yoniga  q o ‘yishadi.  Vidolashuv  m arosim ida  A leksandr 
ta ’sirli  va hayajonli  nutq so‘zlaydi.  Bu  nutq jangchilarni sergaklikka va 
hushyorlikka chaqirardi.  Vidolashuv m arosim i shunday ta n ta n a  bilan 
o ‘ta d ik i,  o ‘lg a n la r  n o m i  s h a ra fla n ib ,  u la rn in g   ru h in i  e ’zo zlab  
m adhiyalar  o ‘g ‘iladi.  Bu  ikki  sarkardaning  va  boshqa  fidoyilarning 
nom larini  «Efem erida»ga  yozib q o ‘yish  m uarrihlarga tayinlanadi.  Bu 
m arosim  jan gch ilarnin g   ruhini  an ch a  k o ‘taradi.  B unday  ulug‘  yurish 
ch o g ‘ida  kim da  kim   fidoyi  b o ‘lsa,  shunday  izzat-ik ro m   bilan  dafn 
qilinajagi  t a ’kidlanadi.  H atto  A leksandr  o ‘lganlarning  ruhini  shod 
qilish uchun  mavridini topib,  ularning yaqinlariga va oilalariga yordam  
berajagini  v a’da qiladi.  Boshqa bir  m anbalarda esa F ilip p   bu  jangda
1  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha  asar.  3 09-  bet.
365

olm ag an i,  yengil yaralangani qayd etiladi.  H atto u  H indistonda b o ‘lgan 
janglarda katta jaso ratlar ko‘rsatadi.  Shuning uchun  ham ,  Plutarxning 
ta ’kidlashicha,  F ilip p   H indistondagi  eng  k attaviloyatlarning  biriga 
hokim   qilib ta y in lan a d i1.
Bu  o ‘rin d a  P lutarxning  fikriga  q o ‘shilish  o ‘rinlidir.  C h u n k i  u 
Aleksandrning  o ‘z  q o ‘li  bilan  yozgan  m aktubdan  foydalangan.
Shunday  qilib,  ulkan  q o ‘shin  tobora  H indiston  tom on  yaqinlashib 
borardi.  H isor tog'larining baland ch o ‘qqilari  osha taqdir taqozosi bilan 
uzoq  ellarga  ketayotgan  O lrta  Osiyoning  m arg‘iyon,  girkan,  xarasp, 
massaget,  sak,  skif,  shak  qabilalarining  bahodir  o ‘g ‘lonlari  orqalariga 
o ‘girilib  qarab,  o ‘z  yurtlarining  jam olini  so‘nggi  b or  ko‘rayotgandek, 
firoq  dardining  og‘irligidan  o ‘rtanib,  ko‘zlariga  beixtiyor  yosh  quyilib 
kelardi.  Hisortoglaridan o‘tgach, tog‘ etagida katta bazm kechasiboshlanadi. 
Q o‘shinning  ruhi  baland  edi.
Arrian  asarida  Aleksandrning  H indistonga  jo ‘nash  safari  shunday 
ifodalanadi.  Bu  voqea  Baqtriya  yerlarining  oxirgi  chegaralarida  bo ‘lib 
o ‘tgandi.
Aleksandr qo‘shiniga yon-atrofdan odam lar kelib qo‘shiladi. Xizmatga 
yaroqsiz bo'lgan askarlami esa shu yerda qoldirib, d o ‘stlaridan biri bo‘lgan 
N ikonorga  shaharni  obodonlashtirishlari  topshiriladi.  Tiriyesni  Kofeya 
daryosigacha b o ‘lgan yerga hokim  qilib tayinlaydi.  Nikeya shahrida katta 
tantana bilan Afinaga qurbonlik keltirgandan so‘ng,  Kofen daryosiga qarab 
yuradi.  Bu yerda u Taksilga uni kutib olish uchun odam  yuboradi. Taksil 
va boshqa aslzodalar uning oldiga chiqishadi.  Bundan tashqari shohga fil 
sovg‘a qilmoqchi ekanliklarini aytishadi.  Ularda 25 taga yaqin fil bor edi.
Shunda u qo‘shinini ikkiga bo'ladi:  Gefestion va Perdikka Gorgiyaning 
qo'shinini  berib,  Indu  daryosi  b o ‘yida  joylashgan  pevkelaotlar  yeriga 
jo ‘natadi.  Klit va  M ileagraga qolgan otliq va yollanm a otliq askarlarni 
beradi. Aleksandr ularga yo‘lida uchragan barcha yerlarni bosib olishni, 
In d u   daryosiga  yetganda  daryodan  o ‘tish  u c h u n   h a m m a   narsani 
tayyorlashni  buyurdi.  U lar bilan  birga Taksil  h am   o ‘z  q o ‘shinini  olib 
jo ‘nagandi2.
Kursiy  R uf asarida  H indistonga yurish  safari  shunday tasvirlanadi.
Kursiy  R uf Aleksandrning  o ‘z  q o ‘shiniga  nisbatan  o ‘ta  qattiqqo‘l  va 
ayni chog‘da,  m ehribon boiganligini aytadi.  Bir lavhada Aleksandr d o ‘l
1  Plutarx.  O 'sh a  asar, 440-  bet.
2  Arrian.  O 'sh a  asar,  232-  bet.
366

va  yom g‘ir  bo'lishiga  qaram asdan,  og‘ir  yo‘1  m ashaqqatlarini  yengib 
bo'lsa ham   m atonat bilan olg‘a yurishga d a ’vat etsa, boshqa bir sahifada 
shoh  o 'z  jangchilariga  nihoyatda  g 'a m x o 'r b o 'lib ,  ularga  yaxshiliklar 
qilganligiga guvoh b o ‘lamiz.
H am m a  hokim liklarni  joyiga  q o ‘yib,  uch  oylik  qishdan  chiqib, 
Aleksandr g'abaza viloyatiga qarab yo'l oladi.  Birinchi kuni yurish osoyishta 
o'tadi,  keyingisi sal yom onroq bo'lib,  uchinchi kuni osm onda chaqm oq 
chaqib, jangchilarga xalaqit beradi. To'xtovsiz mom aqaldiroq va chaqmoq 
yurishni juda  qiyinlashtirib yuboradi.
Birdaniga  do 'l  aralash  kuchli  yom g'ir  yog'adi.  Jangchilar  oldiniga 
qo'lidagi qurollari va asbob-anjomlari bilan o'zlarini himoya qilishga kirishadi. 
Biroq  kuchli  b o 'ro n   boshlanib,  ular  katta  talafot  k o 'ra  boshlaydilar. 
H oldan  toygan jangchilar  dara bo'ylab  tarqalib  ketadi.  K o'plari  daraxt 
tagiga  yashirinadi.  Holsizlikdan  ko'plari  halok  bo'ladi.  C harchagan 
jangchilar vaqtincha bo'lsa-da, biroz orom olish zarur edi.  B o'ron yomg'ir 
aralash tobora kuchayardi.
Faqat  shoh  bu  kulfatni  m ardonavor  yengib,  jangchilarga  yordam 
berar,  yig'ilganlarni turg'izardi.  U  uzoqdan chiqayotgan tutunni  ko'rib, 
boshqalarga taskin beradi.
S h o h d an   q o 'rq q a n id a n   ja n g ch ila r  b o r  k u ch larin i  yig'ib  y o 'ld a 
davom   etardilar.  N ihoyat,  ular sovuqdan  saqlanish  ch orasini  topadi. 
O 'rm o n d ag i  daraxtlarni  kesib  yoqa  boshlaydi.  B utun  o 'rm o n  bo'ylab 
gulxanlar  yoqiladi.  Jangchilar  sovuqdan  qotgan  b adanlarini  isitar, 
ayrim lari  o 'rm o n   chekkasidagi  uylarga  kirib  sovuqdan  saqlanishar, 
qolganlari  h am   nam   yerga  cho dir  qurardilar.  Sovuq  biroz  pasayib, 
tabijy ofatdan 200 jangchi halok bo'lgandi.  K o'plari  daraxtlarga suyanib 
turgan joylarida qotib qolgandilar.
Tasodifan bir makedoniyalik jangchi qo'lida quroli bilan oyog'ida zo'rg'a 
turgan holda shoh qarorgohiga yetib keladi.  Isinib o'tirgan shoh,  qaltirab 
hushidan ketayotgan jangchini o 'z  joyiga o'tqazadi.
U  ancha  vaqt  o'ziga  kelolmay,  qayerga va  kim  o'tqazganini  bilmay 
o'tirardi.  Hushiga kelganida birdan sapchib o'm idan turib, shohning joyida 
ekanligini  bilib  hijolat  chekadi.  S h unda  shoh  unga  qarab:  «endi 
anglayapsanm i,  fors  shohidan  k o 'ra   m ening  qo 'l  ostim da  yashash 
yaxshiroqligini.  U  yerda shoh o'm iga o'tirgan odam  qatl etiladi».  Shunda 
shoh  ertasi  kuni  o 'z   do'stlarini,  harbiy  boshliqlarini  chaqirib,  ham m a 
yo'qotilgan  narsalar tiklangan  deb  e ’lon  qilishlarini  buyuradi.  Shundan
367

so'ng  shoh  6  kunlik  oziq-ovqat  tayyorlab  olishlarini,  saklarga  qarshi 
yurish ni  m o ‘ljallab bu  m am lakatni talon-taroj  qiladi.
Kursiy  R uf o ‘z  asarida  Aleksandrning  H indiston  safariga  ham   keng 
o ‘rin  ajratg an 1.  Parfiya,  M idiya,  G irkaniya,  S o‘g ‘diyona,  Baqtriya 
yerlarida bo‘lib, o ‘zini ulkan Makedoniya va ulkan Ahmoniylar davlatining 
shohi deb atagan Aleksandr ham  adolat, ham jaholat yorlig‘iga ega b o ‘lib, 
H indiston to m o n  o t soladi.
Shu  orada  shoh  Hindistonga,  undan  keyin  esa  okeanga  borishni 
m o‘ljallaydi. Orqa tom oni xavf-xatarsiz bolishi uchun ham m a viloyatlarni 
garovga  q o ‘yib,  jang  qilishi  uchun  ularga  30000  yigitni  olib  kelishni 
buyurdi.  Qo‘shinning orqa tom onida qolgan sarkardalar Gefeston va Katen 
bosqinchilik bilan shug‘ullanib, katta boylikto‘plashga, o ‘zlarining kuchini 
mustahkam lashga kirishadi.  H atto Aleksandr tutgan siyosatga qarshi ish 
yuritadi.  Bu  xabarni  eshitgan  Aleksandr  darg‘azab  b o ‘lib,  H indiston 
safariga ketayotganda bunday sotqinlarni yo‘q qilish lozimligini  o ‘yladi. 
Kratemi katta qo‘shin bilan sotqinlarni ushlab kelishga yuboradi. Gefeston 
q o lg a tushadi,  Katen esa jangda halok bo‘ladi.
H am m a narsani hal qilgan Aleksandr endi H indiston bilan b o ‘ladigan 
uaish haqida o ‘ylay boshlaydi.  Bu m am lakat o ‘zining oltin va javohirlari 
bilan  dunyoga  m ashhur  edi.  O dam lam ing  aytishicha,  u  yerda  ham m a 
narsa oltin va fil  suyagi kabi yarqirar edi.  Bunday boy o ‘lkaga Aleksandr 
jangchilarining ruhini  ko‘tarib borishni o ‘ylardi.  Shunday qilib,  ulardan 
qolishmaslik  uchun Aleksandr ham  qalkonlarini  kum ushdan,  otlarining 
egar-jabduqlarini  oltindan  yasab  urushga  tayyorlanadi.  U ning  12  000 
qurollangan lashkari urushga otlangandi.
Ilgari o ‘ylab q o ‘ygan niyatini amalga oshirish uchun u o ‘zini xudolar 
safiga qo‘shm oqchi b o ‘ldi.
Uni  faqat  Yupiterning o ‘g ‘li debgina  qolm asdan,  balki  endi  ham m a 
ishonishi  kerak deb aytadi.  Shuning uchun ham ,  endi m akedoniyaliklar 
forslar odatiga ko‘ra unga egilib ta ’zim qilishlarini buyuradi.  Sababi, shoh 
xushom adgo‘ylam i juda  yoqtirar  edi.  Bu  narsa  shoh  obro‘sini  yanada 
ko‘tarish  o ‘rniga,  unga  putur  yetkaza  boshlaydi.  O dam lar  ikkiyuzlama 
b o ‘lib qolishgandi».
Bu  narsada  m akedoniyaliklardan  ko‘ra  k o ‘proq  greklar  aybdor  edi. 
Q andaydir shoir Agis va o ‘ta yolg‘onchi  Kleon  shohning eng yaqin
1  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  3 17-  bet.
368

odam i b o ‘lib olib,  uni ko‘klarga ko‘tarib m aqtab,  h atto  Gerkules,  Liber, 
Kastorlardan  h am   yuqori  q o ‘yib,  shohning  boshini  aylantirardi»1.
S h u n d ay   qilib,  b u n d ay   x u sh o m ad lard a n   boshi  k o ‘kka  yetgan 
A leksandr  dabdabali  bayram   tan tanasini  qilib,  unga  greklarni  ham , 
h a tto   m ash h u r m ahalliy kishilarni  h am  ta k lif qiladi.  B unday bayram  
kechalari  katta dabdaba bilan o ‘tardi.  T ash rif buyurganlar b irin-ketin 
egilib  kelib shoh nin g  etagini  o ‘p ard i-d a,  lavozim iga  m unosib  o 'rn in i 
egallardi.  Bunday bayram  tantanalarida shohning ra’yiga qarshi birontasi 
ham ,  h a tto   u rug ‘lari  h am   gap  aytolm asdi.  A gar  m ab o d o   b iro n ta 
qatn ash ch i  zarrach a  n o jo ‘ya  ishga  y o ‘l  q o ‘ysa,  yo  keyingi  tan tan ag a 
ta k lif  etilm asd an  yoyinki  o ‘sha  kuniyoq  jazoga  tortilard i.  Shohga 
x ushom ad  qilishni  xohlam agan,  unga  egilib,  etagidan  o ‘pm aydigan 
kishilar ta n ta n ag a  kelm asdi.  B unday kishilar shoh ning   yangi  odatiga 
q a r s h i  d e b   h is o b la n ib ,  a l b a tta ,  ja z o g a   t o r t i l a r d i .   A y n iq s a , 
m akedoniyaliklar  b u   yangi  odatn i  avvaliga  jirkanib  qabul  qilishadi. 
K e y in c h a lik   u la r   h a m   x u s h o m a d g o ‘y lik n i  o ‘rg a n ib   o lis h a d i. 
X ushom adgo‘y  va  laganbardorlarning  oshig‘i  olchi  b o ‘lib  chiqadi. 
S hunday  qilib,  shoh  qarorgohida  xu sh om adgo‘ylik  avjiga  chiqadi. 
Bunday  ta n tan ali  kechalarida  shoir  Agis  bilan  m adh iy abo z  notiq 
Kleon,  albatta,  ishtirok etardi.  Bu ikki badihago‘yning m aqtov so‘zlari 
shohning  qulog‘iga  yoqib  tushardi.  U lar  o ‘zlarining  balandparvoz 
so ‘zlari  bilan   A leksandrni  ulug‘lar,  ta k ro r-ta k ro r  egilib,  q o iid a n , 
etagidan  o ‘par,  xudoga  iltijo  qilgandek  oyog‘iga  bosh  urib,  k o ‘zida 
yosh h o ‘ng -h o ‘ng y ig iardi.  Bu ikki badihago‘yga q o ‘shilib,  yig'ilganlar 
ham   k o ‘zlariga yosh  olib,  iltijo qilar va sig‘inardi.  B unday ta n ta n a la r 
b a ’zan tonggacha davom  etardi. X ushom ad va m aqtov so‘zlardan boshi 
osm onga yetgan shoh o ‘ziga yoqqan kishilarni qarorgohida olib qolib, 
bir x onada tun ard i.  B unday  ishonchli  kishilar ich ida osiyoliklar ham  
b o r  edi.  A leksandr  faqat  m akedoniyaliklar  va  greklargagina  em as, 
balki  q o i   ostidagi  b a rc h a   xalqlardan  h a m   ishonchli  o d am lar  topib, 
ularga h a m  yaqin m unosabatda bo ‘la boshlaydi.  K o ‘p in c h a eronliklar 
b ilan   forsiy tilda,  so ‘g‘diyonaliklar bilan  esa  so‘g ‘d  tilid a gaplashadi. 
Qaysi  o ‘lkaga  borsa  o 'sh a   o ‘lkaning  u rf-o d atin i,  tilini  o ‘rganishga 
harakat qiladi. Zardushtiylik dini tug‘i ostida yashayotgan osiyoliklaming
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling