Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet6/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

QO‘SHALOQ  IIAYOTNOMALAR
Plutarx ijodida biografik xarakterdagi «Aleksandr» nomli romani alohida 
m
'
i i i i
 
tu ta d i.  X a rak te rli  to m o n i  sh u n d a k i,  bu  a s a rd a   yo zu vch i 
Ali'ksandrning hayotiga oid muhim  sanalarni birm a-bir sanab o'tirm aydi, 
Aleksandrning  hayoti  bilan  bog'liq  voqealarni  ko'proq  badiiy  yo'sinda 
hikoya  qilishga  e ’tibor beradi.  Shu jihatdan,  «Aleksandr»  tarixiy  rom an 
ho*Isa  ham ,  tarixda  qayd  etilgan  sanalarni  biz  bu  asarda  deyarli
65

uchratmaymiz. Asosan Aleksandrning xarakteriga oid xislatlarni teranroq, 
ochib berish yozuvchining asosiy diqqat markazida turganligini sezamiz. 
Shuning  uchun  bo'lsa  kerak,  kitobda  0 ‘rta  Osiyo,  jum ladan,  hozirgi 
O'zbekiston tasviriga kamroq e’tibor berilgan.  Bu roman 0 ‘rta Osiyoning, 
shuningdek,  O'zbekistonning antik davrlarini tasvirlovchi boshqa grek va 
Rim  rom anlaridan  shu  jihati  bilan  farq  qiladi.  Kvint  Kursiy  Rufning 
«A leksandr  M akedonskiyning  tarixi»,  A rrianning  «A leksandrning 
yurishi»  kitoblarida o'lkam izdagi  qadimiy shaharlarning  nom lari,  daryo 
va tog‘lar  tasviri,  geografik  m uhit  belgilari  keng tasvirga  olingan  bo'lsa, 
Plutarxning «Aleksandr»  romanida bu masalalarga unchalik katta e ’tibor 
bilan qaralmaydi. Yozuvchi Aleksandrning 0 ‘rta Osiyodagi hayotini uning 
xarakteri  bilan bog'lab o'rganishga  harakat  qiladi.  M asalan,  Kursiy  Ruf 
Aleksandr va  Klit  fojiasi  bilan  bogliq  voqeaning qayerda bo'lganligi,  bu 
voqeaning  tafsiloti  nim adan  iborat  ekanligini  atroflicha  bayon  qilishga 
harakat qilsa,  Plutarx bu hodisaning qanday kechganligini,  Klit fojiasining 
sababini  ochib  berishga  harakat  qiladi.  Bu  voqeani  ifodalashda  Arrian 
uslubi  Kursiy  R uf tasviriga  yaqin  turadi.
Bundan  ko‘rinadiki,  Kursiy  R uf  va  Arrian  asarlarida  narsalar  va 
joylarning  tafsilotlari  bayoni  va  peyzaj  yetakchi  o 'rin d a  tursa,  Plutarx 
romanida qahram onlar xarakterini ochish va ularga xarakteristika berish 
masalasi  birm uncha  ustuvor aham iyat  kasb  etadi.
Kursiy R uf va Arrian asarlarida bayon yetakchilik qilsa,  Plutarx romani 
dram atizm ning  chuqurligi  bilan  xarakterlanadi.  0 ‘z  qahram onlaridan 
m u m k in   q a d a r   ijo b iy   x is la tla rn i  a x ta ris h ,  m u h im   f a z ila tla rn i 
qahram onlariga  hadya  etish  Plutarx  ijodining  bosh  xususiyatini  tashkil 
qiladi.  Bunday badiiy uslub  Plutarx nom ini jahonga tanitdi.  Plutarxning 
biografik  xarakterdagi  asarlari  bilan  yaqindan  tanishsak,  qator  tarixiy 
shaxslar  yozuvchining  ijodida  o'zining  badiiy  ifodasini  topganligining 
guvohi bo'lam iz.  Bular quyidagilardir: Tesey va  Ramul,  Likurg va N um a, 
Solon va  Poplikola,  Femikstokl va  Kamill,  Perikl va Fabiy  Maksim,  G ay 
Marsiy  Koriolan  va  Alkiviad,  Emiliy  Pavel  va  Tim oleont,  Pelopid  va 
Marsell,  Aristid  va  katta  K aton,  Filopemen  va  Tit  Kvintiy  Filam inin, 
Pirr va  Mariy,  Lisandr va  Sulla,  Kimon va  Lukull,  Nikiy  Krass,  Evmen 
va  Sertoriy,  Agesilay va  Pampey,  Aleksandr va  Sezar,  Fakion va  kichik 
K aton,  A gid-K leom an  va  Tiberiy  Grakx,  G ay  G rakx,  Demosfen  va 
Sitseron,  Dem etriy  Poliokret  va  Antoniy,  Dion  va  Brut,  shuningdek, 
yana  to 'rtta   biografiya:  Artakserks,  Arat,  G olba,  O ton.  Bu  nomlarga
66

diqqat  bilan  e ’tibor  bersak,  ular  grek  va  Rim  tarixida  yashab  o ‘tgan 
m ashhur  tarixiy  shaxslardir.  Q arangki,  yozuvchi  ularning  deyarli 
harchasini bir-biriga qiyoslab tasvirlaydi.  Shuning uchun bu xildagi asarlar 
majmuasi umumiy nom ostida «Qo'shaloq hayotnomalar» deb nomlanishi 
bejiz emas.
«Q o‘sh a lo q   h ay o tn o m a»   m ajm u asid an   faxrli  o ‘rin  eg allag an  
«Aleksandr» xarakter jihatdan «Sezar» asariga yaqin turadi.  Undagi bosh 
qahram onlar bir-biriga qiyoslanib,  solishtiriladi.  H ar ikkala asar umumiy 
nom  ostida  «Aleksandr va  Sezar»  deb ataladi.  M uhim i shundaki,  Sezar 
liayoti Aleksandr hayotiga qiyos qilinadi.  Sezar o 'z  davrining Aleksandri 
bo'lib gavdalanadi.  Yozuvchi o ‘z qahram onini shunday deb atashga ju r’at 
qiladi.  Har ikkala qahram onning xarakterlaridagi m uhim  fazilatlarni bir- 
biriga muqoyasa qiladi.
ikinday muqoyasa qilish,  qiyoslash  usuli  Plutarx ijodining o'ziga xos 
xnsusiyatlaridan  bo'lib,  uning  m azkur  badiiy  uslubiga  grek  va  Rim 
adabiyotidagi  hech  bir  adib  teng  kelolmaydi.
Plutarx  «Aleksandr»  rom anida  Aleksandr  M akedonskiy  obrazini 
yaratishga  harakat  qilar ekan,  Aleksandrning  So‘g‘diyonadagi  hayotiga 
alohida to'xtalib o'tadi.  Shu orqali so'g'diyonaliklarning hayoti, bu yerda 
bo'lib  o 'tgan  m uhim   voqealar,  sh ahar  va  qishloqlar  bilan  bog'liq 
epi/odlarni  berishga  harakat  qiladi.  Asarni  o 'q ir ekanm iz,  xalqimizning 
qadim tarixi bilan qisqacha bo'lsa-da tanishib,  muhim estetik zavq olamiz. 
So'g'diyonaning  antik  hayoti  haqida  yozilgan  qisqa  bir satr ham   butun 
hir  rom anning  kuchiga  tatiydi.  C hunki  buning  sababi,  o'sha  davrdan 
ilaiak beruvchi badiiy ijod nam unalarining juda kamligidadir.
«Aleksandr»  hayotnom asining  sahifalarini  varaqlasak,  (varvarlar) 
Nkillar 
hayotiga  oid  m a ’lum otlar  bilan  ham   yaqindan  tanisham iz. 
Ma'Iumki, bu qabilalar qadimdan So'g'diyona yerlarida yashab kelganlar.
Romanda  Eron shohi  Doro va uning qotili  Bess haqidagi sarguzashtlar 
pula qisqa berilgan. Arrianning asarida Doro Kavkaz tog'larida o'ldiriladi1. 
lU ss esa  So'g'diyonada,  M aroqand yaqinidagi bir qishloqda  Spitamen va 
I >alafcrn  yordamida,  Aleksandr sarkardasi  Ptolom ey tom onidan  qo'lga 
nlinadi7.
1 Arrian.  Poxod  Aleksandra.  Izd.  A N   SSSR ,  M -L .,  1962.  str.  126.  (B undan
krvingi  manbalar  ham   shu  asardan  olinadi).

Arrian.  O 'sha asar,  131-  bet.
67

Kursiy  R uf ham   «Aleksandr  M akedonskiyning tarixi»  kitobida  Doro 
va  Bess bilan  bog'liq voqealarga  keng o‘rin ajratgan1.
Plutarx bu temaga alohida to ‘xtalib o'tirmaydi.
H ayotnom ada  tasvirlanishicha,  Aleksandr  Bessni  qo ‘lga  olgandan 
so'ng,  uni o lim  jazosiga m ahkum etib,  Girkaniya tom on yurishni davom 
ettiradi.  Y o‘lda  girkanlar  Aleksandrning  Bukefal  nomli  otini  o ‘g‘irlab 
ketishadi. Aleksandr bundan juda darg'azab bo'ladi.  Boshqa tarixiy asarlarda 
tasvirlanishicha ham ,  Bukefalga teng kcladigan ot o ‘sha paytda yo'q edi. 
Aleksandr  uni juda  sevardi.  Bukefalning  o ‘g‘irlab  ketilishi  Aleksandmi 
chuqur qayg‘uga soladi,  chunki  u  bu  go'zal  otga  m ehr qo'yib  qolgandi. 
Aleksandr  butun  Osiyoni  m ana  shu  bebaho  va  tengsiz  tulpori  bilan 
aylanib chiqishni orzu qilardi.
Bukefalni  topish  am rim ahol  bo'ladi.  Skiflar  Aleksandrning  bu  otni 
qanchalik sevishini yaxshi bilardi.  Ular Bukefalni o'g ‘irlab, Aleksandrning 
yo'lini  kesib qo'yishm oqchi bo'lgandi.  Biroq Aleksandr turli tom onlarga 
choparlar  yuborib,  agar  skiflar  Bukefalni  qaytarib  berishm asa,  butun 
skif bolalarini  va  xotin-qizlarini  qiynab  oMdirajagini  m a’lum  qiladi.  Bu 
shum xabardan so'ng, skiflar Bukefalni egasiga qaytarib beradi.  Aleksandr 
bundan  behad  xursand  bo'ladi.  H atto  Bukefalni  olib  kelgan  skiflarga 
katta pul ham hadya qiladi2.
Roman sahifalarida varvarlarning urf-odatlariga  keng o ‘rin ajratilgan. 
Asarda yozilishicha, Aleksandr varvarlarning urf-odatiga rioya qiladi.  Hatto 
varvarlarning  milliy  kiyimlarini  kiyib  yurishni  m a’qul  ko‘radi.
M ana  shu  m a’lum otdan  ham   ko‘rinib  turibdiki,  eram izdan  aw algi 
329-327-  yillardayoq  So‘g‘diyonada  yashagan  elatlarning  o ‘z  milliy 
kiyimlari,  o'ziga  xos  urf-odatlari  mavjud  b o ‘lgan.  H atto  ularning  urf- 
odatlari va  milliy kiyimlari  makedonlarga ham   m anzur bo‘lgan.
Ularning  milliy  kiyimlarini  kiyib,  urf-odatlariga  am al  qilganliklari 
uchun ham  varvarlar Aleksandrga asta-sekin ko‘nika boshlaydilar.  H atto 
shoh  makedon jangchilariga ham  yerli xalqning urf-odatlarini o'rganishni 
ta ’kidlaydi.
Yozuvchi o ‘z asarida So‘g ‘diyonada yashovchi elatlarning barchasini 
um um iy  nom   ostida  «varvarlar»  deb  ataydi.  Boshqa  asarlardagi  kabi
1  Kvint  Kursiy  Ruf.  Istoriya A leksandra  M akedonskogo.  Izd -v o   M G U ,  1963.  Str. 
269-274.
2
  Plutarx.  «Sravuitelnoye jizn eop isan iye»,  v trex tom ax,  tom   11.  Izd -vo A N   S SSR . 
M.  1968. Str. 428.
68

So'g'diyonada yashovchi elatlarning hayotiga alohida to ‘xtalib o'tirmaydi. 
Biroq Aleksandrning varvarlarning urf-odatlariga qiziqishi masalasi boshqa 
asarlarda bunchalik keng ifodalanmagan.
A leksandr  varvarlarning  kiyimini  dastlab  ularning  vakillari  bilan 
uchrashganda,  ularning  uylariga  tashrif  buyurganda,  xullas,  ahyon- 
ahyonda  kiygan  b o ‘lsa,  keyinchalik  u  butunlay  «varvarchasiga»  kiyinib 
yurishga ko'nikib qoladi1.
Kitobning  keyingi  sahifalarida  yanada  m uhim roq  voqealarga  duch 
kelamiz.  Aleksandr  o ‘z  hokimiyatini  kuch  va  zo'ravonlik  bilan  emas, 
balki  varvarlar  bilan  yaqin  aloqa  bog‘lash  orqali,  h atto   ular  bilan 
t|o‘shilish orqali bu ishni amalga oshirish  m um kin,  deb o'ylardi.  Shuning 
uchun  ham ,  u jangchilarini  mahalliy  xalqning  urf-odatini  o'rganishga 
nndasa, varvarlarni esa makedonlaming odatiga ko‘nikishga chorlardi.  Shu 
maqsadda  o ‘ttiz  ming  mahalliy  bolalarga  grek  m adaniyatini  o ‘rgatish 
maqsadida  m axsusjoy va ularga saboq berish  uchun  m a’rifatli  kishilarni 
layinlaydi.
M ana  shundan  ham   ko‘rinib  turibdiki,  O 'rta  Osiyoda,  jum ladan, 
so'g'diyonalik  bu  o ‘ttiz  ming  bola  faqat  tildan  emas,  balki  grek  urf- 
odatlaridan,  m adaniyatidan ham  saboq olgan.  Biroq A leksandr bu o ‘ttiz 
ming  so‘g‘diyonalikdan  o'zining  harbiy  m aqsadlarida  foydalanishni 
mo'ljallaydi.  H atto  Hindistonga  yurish qilganda  ularni  o 'z   lashkarlariga 
qo'shib oladi. Aleksandrning Hindistonga yurishi chog'ida so'g'diyonaliklar 
ham  faol  qatnashgan edi.
Demak, greklar bilan so'g'diyonaliklar, Yevropa bilan Osiyo o'rtasida 
o '/a r o   ad ab iy -m ad an iy   aloqa  bog'langan.  G rek lar  osiyoliklarning 
madaniyatiga,  osiyoliklar  esa  greklarning  madaniyatiga  qiziqish  bilan 
qaray  boshlagan.  Bu  o'rin da  shuni  alohida  ta ’kidlab  o'tish  kerakki, 
Aleksandr bilan birga O 'rta Osiyoga bosqinchilik, jaholat va qirg'in urush 
ilahshatlari kelgan bo'lsa, yana shu bilan birga, o'ziga xos grek madaniyati 
ham  кirib kelgandi.
Asarda  qayd  etilishicha,  Aleksandr «Oreksart  daryosi  bo'yiga  keladi. 
Bn  yerda  skiflar  bilan  to'qnashadi»2.
1 Plutarx.  0 ‘sha asar, 4 2 8 -  bet.
'  Yaksart  -  «Asl  inju»  degan  m a ’noni  anglatadi.
69

Balki bu o'rinda yozuvchi Yaksart daryosini Oreksart deb nomlagandir. 
Boshqa grek va rim romanlarida Oreksart1  degan daryoning yo'qligi  m a’lum.
Plutarx kitobida uning o'tmishdoshlari bo'lgan ko'plab tarixchilarning 
nomlarini  ham  keltirib o'tadi.  Bular Klitarx,  Poliklit,  Onesikrit, Antigen, 
Istr,  Aristobul,  X aret,  Ptolomey,  Antiklid,  Filon  Fivanskiy,  Teangellik 
Filipp,  G ekatey  Elektriyskiy,  Filipp  Xolkidskiy,  D urid  Samosskiy va 
boshqalar.  Bu tarixiy shaxslarning ayrimlari  Aleksandrning sarkardalari 
va  uning  yaqin  kishilari  bo'lgan.  Masalan,  Aristobul,  Ptolom ey,  Xaret, 
Antiklid Aleksandr bilan birga O 'rta Osiyoga kelgan,  So'g'diyona tuprog'ida 
yuz bergan  voqealarni  o 'z  ko'zlari  bilan  ko'rgan.  O 'zlari  guvoh bo'lgan 
voqealarni  maxsus «Kundalik»larida qayd qilib borgan.  Bundan tashqari, 
Klitarx,  Poliklit,  Onesikrit,  Antigen,  Istr  A leksandr  haqida  maxsus 
badiiy asarlar yozgan  adiblardir.  Bundan  ko'rinadiki,  Plutarx Aleksandr 
haqida  asar  yozishdan  aw al  juda  ko'plab  tarixiy  va  badiiy  asarlarni 
sinchiklab  o'rganib  chiqqan.  Ayniqsa,  O 'rta  Osiyo  xususidagi  dalillarni 
to'plashda aniq fikrlarga ega bo'lish uchun So'g'diyonadagi voqealarning 
shohidi  b o 'lg an   P tolom ey,  A ristobul,  X aret  «K undalik»lari  bilan 
yaqindan  tanishgan.
Aristobul  Aleksandrning  yaqin  kishisi  edi.  Ptolom ey  atoqli  sarkarda 
bo'lgan.  Xaret esa Aleksandrning shaxsiy qo'riqchisi edi.  Plutarx ularning 
shu tarixiy asarlarini o'qish bilangina cheklanib qolm agan, butun umrini 
tarixni o'rganishga bag'ishlagan. Gretsiya va Rimda yashagan zamondoshlari 
orasida tarix ilmini  nazarda tutadigan bo'lsak,  Plutarxga teng keladigan 
adib yo'q edi.  Plutarx tarixning haqiqiy bilimdoni bo'lgan.
Shuning  uchun  ham ,  Plutarxni  qomuschi  adib sifatida tilga  olishlari 
ham  bejiz emas.
H ayotnom ada  tasvirlanishicha,  Aleksandr  m akedon  qo'shinlarining 
«ruhan tushkunlikka tushib qolishlaridan doim o cho'chirdi. Agar varvarlar 
makedoniyaliklarda  tushkunlik  kayfiyatini  sezsa,  ular  turli  tom ondan 
hujum ni  kuchaytirishlari  m um kin  deb  o'ylardi»2.
Shuning uchun  bo'lsa  kerak,  u  o 'z   yurtlariga  qaytib  ketishni  istagan 
ko'pgina jangchilariga  ruxsat  beradi.  Ikkinchi  tom ondan,  jahongir  o 'z 
jangchilarining ko'ngli xush bo'lishi va ruhan tushkunlikka tushmasliklari
1  Oreksart  -  G erod otn in g  «Tarix»  yoki  «Tadqiqot»asarida  M assaget  diyorida 
Araks  degan  daryo  tilga  olinadi.  U  G irkaniyadan  oqib  o'tadi.  K o ‘p  o'rinlarda  Araks 
daryosi  Oks  deb  yuritilishi  ta ’kidlanadi.  Lekin  u  Oks  daryosi  em as.
2  Plutarx.  O 'sha asar,  4 2 9 - bet.
70

uchun mahalliy aholi bilan aloqani  mustahkamlashga intilaredi.  Buning 
uchun  yerli  xalqning  urf-odatini  qabul  qilish  eng  qulay  yo‘l  edi.  H atto 
makedon jangchilarining mahalliy xotin-qizlarga uylanishiga ham   ruxsat 
berilgan edi.  Lining bu siyosati ayrim  makedoniyaliklarga xush  kelmasa, 
boshqa birlari uni qo‘llab-quwatlashardi.  Sarkarda  Krater m akedon-grek 
madaniyatini yerli xalqqa singdirish, yerli xalqning urf-odatini  esa qabul 
qilmaslik  masalasini  yoqlab  chiqsa,  boshqa  bir  sarkarda,  m asalan, 
Gefestion  yerli  xalqning  madaniyatini  va  urf-odatlarini  m akedonlarga 
cjabul  qilish  haqidagi  A leksandrning  bu y ru g ‘ini  astoydil  q o 'lla b - 
quvvatlardi.
Bularning har ikkalasi  ham Aleksandrning yaqin  kishilaridan  edi.  Bu 
liaqda  y o zuvchi  qiziq  b ir  o 'x sh atish   keltirib   o 'ta d i.  « G efestio n  
Aleksandrning  d o ‘sti,  Krater  esa  shohning  do'stidir»1.
Aleksandrning  Roksanaga uylanish  masalasiga ham   rom anda alohida 
lo'xtab o'tilgan.
Roksananing  chiroyli  va  go‘zal  bo'lganligini  yozuvchi  alohida  qayd 
rladi.  Aleksandr  bu  go'zalni  sevib  qoladi  va  unga  uylanadi.  Roksana 
Aleksandrning  xayoli  va  orzusidagi  qiz  edi.  Unga  uylangandan  so‘ng 
•■vaivarlar bilan yanada yaqin aloqa bog'lanadi, varvarlar ham  Aleksandrga 
ishonch  bilan  qaray  boshlaydi»2.
Bu epizoddan ochiq-oydin  m a’lum bo'ldiki, Aleksandr varvarlarning 
u rf-o d a tin i  qabul  qilish  kerakligi  h aqidagi  g ‘o yasini  sh u n ch ak i 
la’kidlabgina  qolm asdan,  unga birinchi  b o ‘lib  o ‘zi  am aliy javob beradi, 
so'g'diyonalik go‘zal  Roksanaga uylanishi buning yorqin  isboti bo ‘ldi.
G rek va  Rim tarixiy nasrining ayrim sahifalarida, o‘rta osiyolik turli xil 
i|abilalarni  um um iy  nom   ostida  varvarlar  deb  ataganliklarining  guvohi 
bo'lamiz.  Jum ladan,  Kvint  Kursiy  R uf  «Aleksandr  Makedonskiyning 
larixi»1, Arrian  «Aleksandrning yurishi»4  asarlarida  So‘g‘diyona  hayotini 
lasvirlar ekan, bu yerdagi qabilalarni varvarlar deb nomlaydi. Tarix fanlari 
ilokiori  O.O.  Kryugeming ta’kidlashicha, greklar o'zlaridan boshqa ham ma 
xalqlarni  varvarlar  deb  atashgan5.
1 Plutarx.  0 ‘sha asar,  4 3 0 -  bet.
'
  O 'sha joyda.
1  Kursiy  Ruf.  Istoriya Aleksandra M akedonskogo.  Izd-vo  M G U ,  1963, str.  303-315.
'Arrian.  Poxod  A leksandra.  Izd-vo A N   S S S R ,  M -L .,  1962,  str.  143-149.
'  O .O .  Kryuger.  Kratkiy slovar  im en   i  nazvaniy,  Arrian,  Poxod  A leksandra.  Izd- 
vo  SSSR .  M - L ,  1962,  str.  389.
71

Tarix  tad qiqo tch ilari  V .G .  Boruxovich,  I.E.  Frolov  ham   0 . 0 .  
Kryugerning  varvarlarga  bergan  yuqoridagi  izohiga  yaqin  fikrni  aytib, 
greklar  grek  tilida  so'zlashmaydiganlarni  varvarlar  deb  nom lashgan, 
deydi1.  Xuddi  m ana shunday fikrni taniqli tadqiqotchi  F.N .  Arskiyning 
ilmiy qarashlarida ham   uchratam iz2.
Bundan  ko‘rinib turibdiki,  varvar atamasini  faqat  o ‘rta  osiyoliklarga 
tegishli deb qarashim iz unchalik to'g'ri  emas.  Chunki greklar grek tilida 
so'zlashmagan barcha xalqlami varvarlar deb atashgan.  M uhimi shundaki, 
o ‘sha davrlarda juda ko'plab xalqlar grek tilida so‘zlashgan.  Ulkan yunon 
davlati  bosib  olgan  o'lkalarda  grek  tili  va  yozuvini  joriy  etgan.  H atto 
Aleksandr  ham  o 'ttiz  ming  so'g'diyonalik  farzandlarga,  grek  tili  va 
m adaniyatini  o'rgatuvchi  maxsus  m arkaz  tashkil  e ta d i3.  A leksandr 
istilosidan so'ng to arablarningbosqinchilik davrigacha (eram izning VII 
asrigacha) O 'rta Osiyoda grek yozuvi  mavjud edi4.  Arablar O 'rta  Osiyoni 
bosib  olgandan  so'ng,  ular  milliy  m adaniyatim izni,  grek  yozuvi  va 
madaniyati  nam unalarini  ham  tub  ildizi bilan yo'q qilib tashlashga qattiq 
kirishdilar.
Eram izdan  aw alg i  329-327-  yillarda  grek-m akedonlarning  o 'rta  
osiyoliklarga  varvarlar deb qarashi turli xil  m a’no kasb etadi.  Birinchisi, 
bu yerdagi qabilalarni  um um iy nom ostida varvarlar deb atagan bo'lsalar 
(bu  shunchaki  qabila  nomiga  nisbatan  berilgan  atam a),  ikkinchidan, 
varvar so'zi  tilga  daxldor bo'lib,  greklar ajnabiy tilda  so'zlashuvchilarni 
varvarlar  deb  ataganlar.  U chinchidan,  grek-m akedonlar  osiyoliklarga 
m a’lum darajada past  nazar bilan qaraganlar.
Bu  yerdagi  xalqlarni  vaxshiy  va  madaniyatga jahl  bilan  qarovchilar 
deb  tushunishgan.
S.I.  Ojegovning ta ’rificha,  varvar so'zi grek va  rimliklarga xos bo'lib, 
«ajnabiy  kishilarni  mensimaslik,  ko'zga  ilmaslik,  pisand  qilmaslikdir. 
M adaniy boyliklarga qo'pol, vahshiylarcha m unosabatda bo'lishdir»5.
G rek-m akedon  bosqinchilari  o 'rta  osiyoliklarni  varvarlar,  yow oyi, 
vahshiy kishilar deb ataganlar.  Ikkinchidan, o 'rta  osiyoliklarga past nazar
1  K sen ofon t.  K iropediya,  izd -v o   «N auka»,  М .,  1976,  str.Yu  296.
2  F .N .  Arskiy.  «Strabon»,  lz d -v o   «M isl».  М .,  1978, str.  23.
1  Plutarx.  Sravnitelnoye jizn eop isan iye.  Izd-vo A N   S S S R ,  М .,  1963,  str.  430.
4  N .  M allayev.  O 'zbek  adabiyoti  tarixi,  «O 'qituvchi»  nashriyoti,  1963,  3 4 -  bet.
5  S.M .  Ojegov.  Slovar russkogo yazika.  Moskva.  Izd -vo  «R usskiy yazik»,  1983,  str.
63.
72

bilan qaraganlar. Aslida, grek-makedon bosqinchilari zolimlik vajaholatni 
avj  oldirgan.  Vahshiylik va zolimlik olovini alangalantirgan,  shahadarni 
vayron  qilgan,  qishloqlarga o ‘t  qo‘rgan.  M adaniy boyliklarimizni talab, 
o‘z yurtlariga olib ketgan.  Holbuki,  0 ‘rta Osiyodagi m adaniyat greklar va 
Rim  m adaniyatidan  qolishmas edi.  M ustahkam   devorlar bilan  o'ralgan 
m uhtasham   shaharlar  grek-m akedonlarni  lol  qoldirgandi.  0 ‘rta  Osiyo 
o'sha davrlardayoq «Shaharlar o ‘lkasi» deb nom  olgan.
0 ‘rta osiyoliklarning temirdan yasalgan qurol-aslahalari,  oltin idishlari 
juda go‘zal  b o ‘lgan.  0 ‘rta osiyoliklarning g‘oyaviy-siyosiy tushunchalari 
ham  yuksak edi. Ayniqsa, vatanparvarlik g‘oyat ulug‘langan.  Plutarx ham 
о7. asarida o ‘rta osiyoliklar madaniyatini yuksak baholaydi.
Plutarx  asarida  Filot  va  Klit  fojiasi  bilan  bog‘liq  voqealar  hayajonli 
i/pi/.odlarda  ifodalangan.  Filot Parmenionning o ‘g‘li,  Parm enion  Filipp- 
iiing eng  yaqin  kishisi,  Aleksandrning esa  eng keksa  m aslahatchilaridan 
edi. Aleksandrning Osiyoga yurishini ham   Parm enion maslahat bergandi.
I  luing  uch  o ‘g‘li  bo ‘lib,  ularning  ikkitasi  otasining ko‘zi  o ‘ngida jangda 
halok bo‘ladi.  Kichik o‘g‘il  Filotni Aleksandrning o ‘zi qurbon qiladi.  Buning 
sababi,  D am ashqda  D oro boyliklari  q o ‘lga kiritilgandan  so‘ng,  Kilikiya 
jangida  asir  tushganlarni  M akedon  lageriga  olib  kelishadi.  Bu  asir 
olinganlar orasida  Pianlik Antigona ismli ayol ham  bor edi. Antigonaning 
luisn-jamoli  Filotning e ’tiborini o ‘ziga tortadi.  Bu ayol bilan sharob ichib, 
kayfi  oshib  q o lad i-da,  o 'zin in g   jangdagi  k o ‘rsatgan  ja so ratlarid an  
hikoyalar aytib  m aqtanadi,  Aleksandrni  kamsitadi.  K unlardan  bir  kuni 
Antigona  Filot  aytgan  gaplarni  o ‘zining  bir jazm aniga  aytadi.  Bu  gap 
avlanib  K raterning qulog‘iga yetib keladi.  K rater A ntigonani chaqiradi- 
da,  pinhona  Aleksandrning  oldiga  olib  kiradi.  Aleksandr A ntigonaning 
bo'lgan voqeani  og‘zidan eshitadi,  Filot bilan aloqani uzmaslik, bo ‘lgan 
gapdan  o ‘zini  pinhona-xabardor  qilib  turishligini  tayinlaydi.
Filot yana Antigona bilan uchrashishni davom ettirib,  kayfi oshganda 
Aleksandrni kamsitib ko‘rsatishga urinadi.
Shu vaqt ichida boshqa bir makedon, Xalastr shahrilik  D im n o'zining 
yaxshi ko‘rgan qizi Aleksandrga qarshi fitna tayyorlayotganini Nikomaxga 
aytadi.  N iko m ax bu  voqeani akasi  Kebalinga yetkazadi.  Kebalin  Filotga 
muhim gapi borligini aytib,  ukasi ikkalasini Aleksandr huzuriga kiritishni 
so'raydi.  Filot  turli  xil  bahonalar  bilan  Aleksandrning  ban d  ekanligini 
aytadi.  U lar  ikkinchi  m arta  keladi.  Biroq  Filot  ularni  Aleksandrning 
huzuriga  q o ‘ymaydi.  Filotga  nisbatan  ularda  shubha  b o ‘lgandan  so‘ng,
73

boshqa  bir  kishiga  m urojaat  qiladi.  Kebalin  ukasi  bilan  Aleksandrning 
oldiga kirgandan so'ng, aw al  Dimn haqida gapiradi, keyin Filotga nisbatan 
ko'ngillarida  shubha borligini  m a’lum   qiladi.  Aleksandr  D im nni  hibsga 
olish  haqida  buyruq  beradi.  Biroq,  D im n  hibsga  olish  uchun  kelgan 
jangchilarga  qarshilik  qilgani  uchun  jangchilar  uni  o'ldirib  qo'yadi. 
D im ndan  boshqa  guvohlar  yordam ida  Filotning  fitnaga  aralashgani 
tasdiqlanadi.  N ihoyat,  Filot  hibsga  olinib,  o'lim ga  m ahkum   etiladi1. 
Shundan so'ng,  Aleksandr M akedoniyaga elchi jo 'n atib ,  Filotning otasi 
P arm enionni  h am   o'ldirish  haqida  buyruq  yuboradi.  N atijada  esa, 
Aleksandrning yaqin kishilari o'rtasida shohga nisbatan qo'rqinchli shubha 
paydo bo'ladi.
Shundan  so'ng  Plutarx  asarida  Klit  fojiasi  bilan  bog'liq  epizodlar 
boshlanadi.  W it  fojiasidan  uch  kun  aw al  A leksandr  qiziq  bir  tush 
ko'rgan  edi.  Tushida  «Klit  Parm enionning o'g'illari bilan  qora  kiyimda 
o'tirardi,  ularning ham masi o'lik holda edi»2.
H ar  ikkala  asarda bu voqealar shunchaki  quruq bayon tarzida  emas, 
balki  keskin  badiiy  situatsiyalar  fonida  beriladi.  Filot  fojiasi  boshqa 
rom anlarda  berilmagan  yoki  qisqagina  ta ’kidlab  o'tilgan.  Bu  fojia  esa 
Aleksandr  haqidagi  deyarli  barcha  asarlarda  qayd  qilinadi.  Plutarx  o 'z 
romanida  Klit fojiasining qayerda sodir bo'lganligini ham aytm aydi.  Kvint 
Kursiy  R uf asarida ta ’kidlanishicha,  Klit o'sha vaqtda  M aroqand hokimi 
edi.  Aleksandr  katta  ishonch  bildirib,  o'zining  yaqin  kishisi  Klitga  eng 
katta o'lka-So'g'diyona hokimligini topshirgandi3.
Shunday  qilib,  Plutarxning  «Aleksandr»  asari  O 'rta  Osiyo  haqida, 
qadimiy So'g'diyona tarixi va bu yerlarda bo'lib o'tgan qiziq-qiziq voqealar 
haqida anchagina  m a’lum ot beradi.  Bu asar ona yurtimizning,  qadrdon 
elim izn in g ,  jo n a jo n   sh ah rim iz,  h atto k i  q ish lo q larim izn in g   an tik  
davrlaridan  hikoya qiluvchi  nodir adabiy yodgorlikdir.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling