Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


  Tanais  -  D on   daryosi


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet8/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34

1  Tanais  -  D on   daryosi.
1
  Aleksandriya shahri  -  T anais  (D o n ) daryosi  yoqasiga em as,  Yaksart  (Sir)  daryosi 
yoqasiga,  Xo'jand  shahriga  yaqin  joyda,  B ekobod  tarafda  qurilganligi  m a ’lum dir.
1 Strabon.  Istoriya sem nadsati knigax.  Kn.  Sed’maya.  Str.  521.
1  A leksandrning  yurishi,  3 3 3 -  bet.
'  O 'sha  asar,  13 3 -  bet.
87

Bunday qayta-qayta qilingan hujum lar Aleksandrni dastlab shoshirib 
q o ‘yadi.  Ayniqsa,  varvarlar,  so‘g‘diyonaliklar  va  boshqa  elatlarning 
birlashganini  eshitgan  A leksandr  kuch  to ‘plab,  zudlik  bilan  harbiy 
yurishni  davom  ettiradi.
Piyoda  askarlarga  baland  narvonlar  tayyorlashni  buyurib,  o ‘zi  otliq 
askarlar bilan G ‘aza shahri tom on yuradi. Aleksandrning maqsadi,  G ‘aza 
shahrida to ‘plangan varvarlaming katta qo‘shiniga zarba berish edi.  Biroq 
varvarlar G ‘aza shahrini tashlab, allaqachon yaqin oradagi yetti shaharga 
joylashib olgan  edi.
Shunday qilib,  «ikki kun ichida Aleksandr qo‘shinlari yetti shahardan 
beshtasini  q o ‘lga  kiritadi.  Oltinchi  shahar  ulardan  eng  kattasi  b o ‘lib,  u 
Kir  shahri  deb  nom langan  edi.  Bu  shahar  Kir  tom onidan  qurilganligi 
uchun  Kiropil  deb ataladi»1.
Kitobda  tasvirlanishicha,  Kiropil  shaharni  qo‘lga  kiritish  nihoyatda 
qiyin bo‘lgan.  N ihoyat,  shahar o ‘rtasidan o ‘tuvchi  daryo Aleksandrning 
diqqatini o'ziga tortadi.  Bahor va yoz oylarida bu daryo qor va sel suvlari 
bilan to ‘lib oqsa, hozir esa juda sayoz bo‘lib qolgan edi. M ana shu daryoning 
o ‘zani  orqali  shaharga  kirib  olish  mumkin.  Shahar  him oyachilarining 
butun  diqq at-e’tibori  tashqarida-qal’a  devorlariga,  m ahsus  m ashinada 
otilayotgan  ulkan toshlarda edi.  Aleksandr o ‘z qo‘shinlarining bir qismi 
bilan  orqa  tom on dan   daryo  o ‘zani  orqali  shaharga  kirib  oladi.  Shahar 
ichkarisida jang boshlanadi.
Toshdan  yasalgan  qurol  Aleksandrning  boshi  va  b o ‘ynini  yaralaydi. 
Jarohat Aleksandrni ancha dovdiratib qo‘yadi.  Shoh b o ‘ynini ushlagancha 
hushidan  ketadi.
K rater va boshqa qo‘shin boshliqlari kam ondan otilgan o ‘qdan halok 
b o ‘ladi.  Bosqinchilardan ko‘p kishi yaralanadi.  Ikki o ‘rtada shiddatli jang 
chog‘ida  shahar him oyachilaridan  8000ga yaqin  kishi  halok  b o ‘ladi.  15 
mingga  yaqin  him oyachilar  shahar  ichkarisidagi  qal’aga  kirib  oladi. 
Aleksandr ularni  bir kun  davom ida o ‘rab turadi.  N ihoyat him oyachilar 
suv tanqisligi  tufayli  taslim  b o ‘ladilar.
Bu Aleksandrning ikkinchi m arta yaralanishi edi.  Bu yara unga ancha 
azob beradi.
Aleksandrning maxsus tosh otadigan mashinasi haqidagi tasvir A rrian 
rom anida bir necha epizodlarda qayd etib o ‘tiladi.
1  0 ‘sha  asar,  134-  bet.
88

Bunday  m ashinaning  yaratilishi  eram izdan  aw al  IV -III  asrlardayoq 
( iretsiyada ilm-fanning nihoyatda rivojlanganligidan dalolat beradi.
A le k s a n d rn in g   to s h o ta r   m a sh in a si  o ‘s h a   d a v rd a y o q   O siyo 
mamlakatlariga m a’lum va  m ashhur bo'ladi. Xitoyliklar A leksandr bilan 
iimshmaslik  to ‘g‘risida  ahdnom a  tuzib,  unga  k o 'p d a n -k o 'p   yorliqlar, 
behisob  m ol-dunyolar berib,  nihoyat bu  m ashinani  ham   qo'lga  kiritgan 
edi.
Xitoyliklardan  bu  m ashinani  C hingizxon  to rtib   olib,  Osiyo  va 
Yevropadagi  bir  qancha  mamlakatlarni  ishg'ol  etadi.  Chingizxonning 
toshotar  mashinasi  haqidagi jonli  tasvimi  badiiy adabiyotda V.Yanning 
«C hingizxon»,  « B otuxon»,  «S o'nggi  d en g izg ach a»   ro m a n la rid a  
uchratamiz.  Keyinchalik bu mashinadan Amir Tem ur ham o 'm i kelganda 
loydalangan.  Bu  haqda  S.Borodin  o'zining  «Sam arqand  osm onida 
yulduzlar» rom anida to'xtalib o'tgan.
Bundan  ko'rinadiki,  yunonlarning  Suqrot,  Platon,  Aristotel  kabi 
ilonishmandlari,  ular haqidagi  falsafiy  mazm undagi  hikoyalar,  ularning 
ilg'or  fikrlari  bilan  birga,  insoniyat  boshiga  qirg'in  keltiruvchi  harbiy 
maqsadlarda ishlatiladigan mashinalari ham Osiyoga o'sha davrdayoq yetib 
kelgan edi.
Aleksandr  Makedonskiyning m ana shu mashinasi bo'lm aganda uning 
O 'rta   O siyoni  ishg'ol  etishi  qiyin  edi.  C h u n k i  A rrian   ro m an id a 
lasvirlanganidek,  So'g'diyonadagi deyarli h am m a shaharlar hatto  ayrim 
qishloqlar  ham   m ustahkam   devor  bilan  o'ralgandi.  Bu  devorlardan 
toshotar  m ashinasiz  A leksandrning  o 'tish i  am rim ah o l  edi.  A rrian 
romanida  tasvirlangan  Kiropil  shahri  ham   Eron  shohi  Kir  tom onidan 
shunday  mustahkam   qurilgandi.  Bu  m ustahkam   devor  bilan  o'ralgan 
shaharni  yoy,  nayza yoki  qilich  kabi  oddiy qurollar bilan  qo'lga  kiritish 
mumkin bo'lmagan.
O 'sh a  davrlarda  va  un dan   iigari  h am ,  R im   hukm ron lig ig ach a 
Yevropadagi  gullab yashnagan  shaharlardan biri  bo'lgan  Afinada  ishlab 
ehiqilgan bu mashina Yevropaning g'arbiy mamlakatlariga nisbatan ham  
( )siyoga tezroq yetib keldi.
M uhim i  shundaki,  grek  ilm -fanining  b u n d ay   nam u n alari  faqat 
lM)sqinchilik urushlari maqsadlarida bizgacha yetib kelmasdan, balki bunday 
bosqinchilik urushlaridan bir necha asrlar iigari ham  G rek -R im  va Osiyo 
aclabiy aloqalari mavjud edi. Gerodot asarlarida berilgan O 'rta Osiyo tasvirlari
89

buning  yorqin  nam unasidir.  Yoki  b o ‘lmasa,  0 ‘rta  Osiyoda  yashovchi 
massaget,  shak  qabilalari  haqidagi  fikrlarning  G erodot,  Polien  ijodida 
tasvirlanishi bunga yaqqol misol b o ‘la oladi.  Suqrot,  Platon, Arastu kabi 
grek donishmandlari haqida yaratilgan xalq afsona va rivoyatlari yunonlar 
bilan so‘g ‘diyonaliklar o ‘rtasida qadim dan turli xil aloqalar mavjudligini 
isbotlaydi.
Bizning  uzoq  o ‘tm ishim izdan  hikoya  qiluvchi  «To‘maris»  afsonasi 
o'zining tarixiy asosiga ega ekanligi sir emas.  Eron shohi K ir massagetlar 
qabilasi  ustiga bostirib  keladi.  Zolim   Kir massagetlar qabilasiga  ayovsiz 
zulm  o ‘tkazadi.  Bosqinchi  Kirning  zolimligidan  ko‘p  azob  chekkan 
massegetlar nihoyat  «To‘maris» afsonasini yaratadilar.  Xalq  qahram oni 
T o ‘m aris  K irning  ustidan  g‘alaba  qozonadi.  M ana  shu  «To‘maris» 
afsonasining  asosida  tarixiy  haqiqat  yotadi.  G erodotning  «Tarix  yoki 
tadqiqot»  asarida  ta ’kidlanishicha,  o ‘sha  davrlarda  h aqiqatan   ham  
massagetlar  qabilasiga  T o ‘maris  degan  jasur  ayol  shoh  b o ‘lgan  ekan. 
Arrian  rom anida  Kir  bilan  bog‘liq  voqealar  birinchi  b o r  takrorlanadi. 
M asalan,  rom anning bir epizodida  Kirni qo‘llab-quw atlagan,  qadim da 
A riaspom   deb  atalgan,  keyinchalik,  Everget  deb  n o m lan gan   elga 
Aleksandr keladi.  Evergetlar skiflar bilan b o ‘lgan jangda  Kirga  yordam  
bergan edi.  A leksandr ularga hurm at bilan m unosabatda b o ia d i.  Ularni 
Ellin  odam lari  bilan  teng  huquqli  deb  e ’lon  qiladi.  U larning  yaxshiroq 
hayot kechirishlari uchun qo‘shni yerlardan istagancha joy beradi.  Chunki 
Aleksandr  ham   Kir  kabi  skiflarning  qarshiligiga  uchrab,  bir  nech a  bor 
so‘g‘diyonaliklarning to ‘satdan qilingan hujumlari dahshatini tortm oqda 
edi.  G erodot  ijodida  «To‘maris»  hikoyasi  va  u  bilan  bog‘liq  tafsilotlar 
bayoni  berilgan.  G erodotning  ta ’kidlashicha,  Kir haqiqatan  ham   Eron 
shohi bo'lgan.  Eram izdan awalgi V-VI asrlarda yashab o'tgan  Ksenofont 
K ir  haqida  epopeya  yozadi.  Bu  epopeyani  « 0 ‘n  m inginchilar  yurishi» 
deb  ham   ataymiz.  Bu  epopeya  K irning  butun  taijim ayi  holini  yoritib 
bergan.  H atto Aleksandr Makedonskiy Eron shohi  Kirning qabrini ochib 
ko‘rganligini  A rrian  ham   ta ’kidlab  o ‘tadi.  Bundan  chiqadiki,  Kirning 
massagetlar qabilasi  ustiga,  ya’ni  0 ‘rta  Osiyoga bostirib  kelganligi  ham  
tarixiy  haqiqat.  Bu  yerda  sh a h ar1  qurganligi  va  unga  K ir  deb  nom

Kir  shahri  Yaksart  (Sir)  daryosi  yaqinida,  Arrian  asarida  esa  T anais  daryosiga 
yaqin  deb  beriladi.
90

berilganligi  haqidagi Arrianning tafsilotlari  ham   haqiqatga yaqindir.  Bu 
shaharni  Kir yoki  Kiropil deb ham  ataganlar.  Kiropil shahri  0 ‘ratepaga, 
yaqin joydan topilgandi.
H atto,  Arrian  kitobining  bir  sahifasida  K am biz  va  Kirning  skiflarga 
qarshi  kurashi  haqida to ‘xtalib o ‘tadi.
«Massagetlarga qarshi yurish va Kirning o ‘limi» hikoyasida aytilishicha, 
Kir  Bobilni  bosib  olib,  massagetlami  o'ziga  bo'ysundirm oqchi  b o ‘ladi. 
Massagetlar Kaspiy dengizining sharq va g‘arb o'lkalari b o ‘ylab cho‘zilgan 
keng o ‘lkalarga joylashgan juda ko‘p sonli qabilalardan edi.  Kaspiy boshqa 
dengizlar bilan qo‘shilmaydi.  Uni uzunasiga  15 kunda suzib o ‘tish mumkin. 
Dengizning  g'arbiy  tom oni  Kavkazning  baland  tog‘lari  bilan  o'ralgan. 
Kavkazda  turli  xalqlar  yashaydi.  Ular  yowoyi  daraxtlarning  hosilini 
iste’mol  qiladilar.  D engizning  sharq  to m o n id ag i  keng  tekisliklar 
massagetlar  yerlaridir.
Ular  ham  otliq,  ham   piyoda jang  qiladilar.  Yoy,  nayza  va  dastalari 
uzun oyboltalar bilan qurollangan. Tilla va misni juda ko‘p ishlatadi.  Misdan 
yasalgan  nayza, yoy va oyboltalarni bo'yniga yelka aralash osib yuradigan 
kamar  va  tasm alari  tilla  bilan  bezatilgan.  Shuningdek,  otlarga  misdan 
sovut taqar, yuganlar va suliqlarga bezaklar taqishgan, tem ir va kumushni 
ishlatmaganlar.  Ekin  ekish  bilan  shug'ullanm aganlar.  G o 'sh t,  baliq  va 
sut  mahsulotlari bilan oziqlanganlar. Quyoshni xudo o'm ida ko'rib, otlami 
uning nomiga qurbonlik qilganlar.
Kir ularga qarshi urushni xohlab qoladi.  U ju d a m ag'ru r edi,  shuning 
uchun ham ,  o'zgalarni  nazarga ilmasdi.
Massagetlarning podshohi  malika To'm aris edi.  U nga uylanish  niyati 
borligini  izhor etish  uchun  Kir  o 'z  odam larini  m alikaning  qarorgohiga 
yuboradi. To'm aris Kirning yovuz niyati borligini sezib,  unga rad javobini 
beradi.  Shundan so'ng Kir mamlakat hokimligini o'g'li  Kambizga qoldirib, 
o'zi To'marisga qarshi jangga otlanadi.
To'm aris barcha  qo'shinlarini  yig'ib,  Kirni  qarshi  oladi,  ikki  o 'rtad a 
qirg'in jang boshlanadi.  V atanparvarlar m ardonavor turib jang qiladilar, 
a v v a l 
ular  uzoqdan  dushm an  ustiga  yoy  o'qlarini  yog'diradilar.
So'ngra  nayza  va  xanjar bilan  olishuv boshlanadi.  Jang  uzoq  davom 
etadi.  Yon  berishni  hech  bir  tom on  xohlamasdi.  N ihoyat,  massatetlar 
g olib keladilar,  yigirma to'qqiz yil  (eramizgacha bo'lgan 558-529- yillar) 
podshohlik  qilgan  Kir  o'ldirilib,  dushm an  lashkarlari  qirib  tashlanadi.
91

Kirning o ‘limi haqidagi hikoyalardan eng haqiqatga yaqini  m ana shu.
Shuning  uchun  ham ,  «To‘maris»,  «Shiroq»  afsonalarini  xalqimiz 
tarixidan hikoya qiluvchi  n o d ir asarlar deb bilamiz.  0 ‘rta  Osiyo hu du- 
dida yashovchi massaget,  shak qabilalari hayoti bilan bog‘liq voqealarni 
o ‘rganishda  bu  asarlar  m uhim   m anba  b o ‘lib  xizm at  qiladi.  «Shiroq» 
afsonasida tasvirlangan  voqealam ing  ham  tarixiy asosi  bor.  H aqiqatan 
ham ,  Eron  shohi  D oro  shak  qabilalari  ustiga  bostirib  kelib,  ularga 
behad  azoblar  beradi.  T o ‘m aris  singari  Shiroq  ham   xalq  qahram oni, 
oddiy  bir  c h o ‘pon  zolim   D oroning  butun  boshli  katta  b ir  q o ‘shini 
ustidan g‘alaba qozonadi.  Xalqimiz qadim dan shunday b o lish in i orzu 
qilgan.  Bosqinchilar hech q achon muvaffaqiyat egasi b o ‘lib qolm agan. 
Kirga qarshi  ham ,  D oroga qarshi ham  tinim siz kurash olib borgan.  0 ‘z 
vatanini,  qabilasini jon-dilidan sevgan,  uni  m ardonavor him oya qilgan. 
Polienning «Harbiy hiylalar» asaridan tashqari,  G erodotning ham   D oro 
haqida hikoyalari  mavjud.
A hm oniylar  sulolasi:  Kir  I  (558-530),  Kambiz  II  (530-522),  Doro 
I  (522-486),  Kserks  I  (486-465),  Artakserks  I  (465-424),  Sog‘dian  II 
(424-423),  D oro  II  (423-404),  Artakserks  II  (404-358),  Artakserks
III  (358-338),  Arses  (338-336),  D o ro   III  (336-330).  A hm oniylar 
sulolasining  hukmronligini  Aleksandr  M akedonskiy  tugatadi.
Eron  podshohliklari  bilan  yunonlar o ‘rtasida  ham   qadim dan  qirg‘in 
urushlarjuda ko‘p b o ‘lgan.  M asalan,  Esxilning «Eroniylar» tragediyasida 
Salamin  orolida  b o ‘lib  o ‘tgan  eroniylar  bilan  greklar  o ‘rtasidagi  urush 
tafsilotlari tasvirlanadi. Tragediya tarixiy asosga ega.  Bu asar Esxil tomonidan 
eram izdan aw algi 472- yilda yozilgan.
M uhim i  shundaki,  bu  tarixiy  haqiqatga  ega  Eron-Y unon  urushida 
Esxilning  o ‘zi  bevosita  ishtirok  etadi.  Ko‘rgan-bilgan  voqealari  asosida 
tarixiy asar yaratadi. «Eroniylar» tragediyasi antik davrda yaratilgan birinchi 
tarixiy tragediya edi.  Bu tragediyadagi ko‘pgina obrazlar real hayotda b o ‘lib 
o ‘tganligi bilan e ’tiborga loyiqdir.
Esxilday buyuk tragediyanavisning mamlakatda ro‘y berayotgan m uhim  
ijtimoiy-siyosiy  voqealardan,  o ‘z  zamonasidagi  keskin  situatsiyalardan 
chetda turishi  m um kin  emasdi.  U ning «Eroniylar»dan tashqari  ham m a 
tragediyalari mifologik xarakterga ega.  Esxil antik adabiyotda birinchi bo'lib 
tarixiy  mavzuga  q o ‘l  urar  ekan,  bunday  asarlarning  kuchli  g‘oyaviy- 
estetik ahamiyatga ega ekanligini amalda isbot etadi.
92

lisxilning  «Eroniylar»  tragediyasida  tasvirlangan  voqealar,  ayniqsa, 
Kserksning  otasi  shoh  D oro  obrazi  «Shiroq»  afsonasidagi  D oroni  esga 
soladi.  Darhaqiqat, Doro o ‘sha davrlarda nihoyatda boyib, harbiy jihatdan 
kuchayib ketgandi.  0 ‘sha davrlarda Ahmoniylar davlati ham  eng yirik va 
markazlashgan davlatlardan biri bo'lgan.
Doro  Osiyo  m amlakatlaridan, jum ladan,  O 'rta   Osiyodan  ham   son- 
sanoqsiz  kishilarni  qul  qilib,  m ol-dunyolarini  talab,  boshiga  n e-ne 
kulfatlar yog'dirm agan  deysiz?  So'g'diyonaliklardan  keyinchalik harbiy 
askar sifatida foydalangan.  D orodan qolgan dunyo uning o 'g'li Kserksni 
Yunonistonday buyuk davlat bilan bellashishga d a ’vat etadi.  Bu davrda, 
y a’ni  e r a m iz d a n   a w a lg i  V -IV   a s rla rd a   Y u n o n is to n   k u c h li  va 
markazlashgan davlat bo'lib, Afina shahrining dovrug'i olam ga yoyilgan 
edi.
Eron  shohi  Doro  ham   Osiyodagi  ko'pgina  qo'shni  m am lakatlarni 
qo'lga kiritgandan so'ng Yunonistonni bosib olishga shaylangandi.  Keyingi 
davrlarda  iqtisodiy  jihatdan  va  harbiy  ustunlikka  ega  b o 'lg an   Eron 
podshohliklari  O 'rta   Osiyoga  b ir  necha  m arta  hujum   qilib,  bu  yerdagi 
qabilalarni  talagan.  Eron  bilan  So'g'diyona  o'rtasida ju da  k o 'p   qirg'in 
urushlar  bo'lgan.  Siyovush,  Afrosiyob  afsonalari  o 'sh a  eng  qadimgi 
davrlardan  qolgan yorqin  sahifadir.
Q adim da  Eron  shohligi  So'g'diyona  yerlariga  ju da  k o 'p   hujum lar 
qilgan,  aholidan  katta-katta o'lpon,  soliqlar yig'ib olgan.  A rrian asarida 
tasvirlangan Kiropil shahri va shunga o'xshash bir necha shaharlar qurib, 
ularda o 'z kishilarini saqlagan.
Ikki  asarda  tasvirlangan,  ya’ni  Esxilning  «Eroniylar»  nomli  tarixiy 
t ragediyasida tasvirlangan Doro bilan Arrianning «Aleksandrning yurishi» 
tarixiy asarida berilgan  D oro obrazini bir tarixiy shaxs deb tushunm aslik 
kerak.  Ulardan biri eramizdan awalgi V asrda, ikkinchisi III asrda yashagan. 
Biroq  har  ikkala  Doro  ham   So'g'diyonaga  hujum   qilib,  bu  yerlarni 
bosib  olgan.  H ar ikkala  D oro  h am   o'zlarini  S o'g'diyonaning  podshohi 
deb c ’lon qilganlar.
Arrian  asarida vatanparvarlik,  qahram onlik go'zal  badiiy lavhalarda 
ifodalangan.  Kitobni o 'q ir ekansiz,  Vatanga bo'lgan  m uhabbat tuyg'usi 
o'quvchi qalbida alangalanadi.
Kitobda tasvirlanishicha, varvarlaming vatan him oyasida skiflar ham  
qatnashgan edi.  Ularning ko'pchiligi m ardonavorjang qilib, qirilib ketadi. 
Biiodarlarining bunday fojiali qismatiga skiflar befarq qarab turishmaydi.
93

Arrian  asari  antik  davr  grek  va  Rim  adabiyotidagi  ko'pgina  yuksak 
saviyadagi asarlar bilan teng turadi. Voqealarni hikoya tarzida bayon qilish 
grek va  Rim adabiyotining antik davrlariga xos an ’ana edi.
Kitobda ifodalanishicha, Tanais daryosining narigi qirg‘og‘ida osiyolik 
skif q o ‘shinlari  paydo b o la d i.  U lar daryoning berigi qirg‘og‘idagi varvar 
birodarlarining qo‘zg‘oloni haqidagi xabarni eshitib,  makedonlarga qarshi 
kurashga  shay  tu ra r  edilar.  K o ‘p  bosqinchilik  urushlarini  boshidan 
kechirib,  V atanni jon-dildan  sevish  va  uni  qattiq  turib  him oya  qilishni 
yaxshi tushungan skif elatlari makedonlaiga qarshi katta qo‘shin to ‘playdilar. 
«Spitam enning  M aroqandda  katta  qo‘shin  to ‘plaganligi  haqidagi  xabar 
Aleksandrning qulog‘iga yetib keladi.  So‘ngra Spitamenga qarshi o'zining 
eng  m ash h u r  lashkarboshilari  A ndram axa,  M enedem   va  K aranni 
saralangan  askarlari  bilan  yuboradi»1.
Albatta, o ‘sha davrlarda So‘g‘diyonada yashovchi elatlar millat sifatida 
shakllanm agan  edi.  Skif,  sak,  dax,  so‘g‘d  elatlarining  qaysi  millatga 
m ansub ekanligini aniqlash qiyin.  Lekin ularning qismati bir xil b o ‘lgan. 
U rf-odati,  tili,  turm ush tarzi bir-  biriga yaqin edi.  Bosqinchilarga qarshi 
kurashda  ular  bir jo n  bir  tan  b o ‘lib  ishtirok  etganlar.
Aleksandr o ‘zining harbiy yurishi  davom ida turli  xil tillarni biladigan 
tilm ochlarni  ham   o ‘zi  bilan  birga  olib  yuradi.  «M aroqand  himoyasini 
mustahkam layotgan  Spitamenga  qarshi  yuborilgan  Aleksandr  qo‘shini 
orasida  skif tillarini  yaxshi  biladigan  Farnux  degan  Likeyts  qabilasiga 
mansub bir tilm och  ham   bor edi.  U  mahalliy tillarni,  ular bilan  qanday 
m unosabatda b o ‘lishni yaxshi bilgan»2.
Kitobda  skiflar  hayotiga  oid  yana  bir  qator  m uhim   m a ’lum otlar 
berilgan.  Tanais daryosining narigi qirg‘og‘iga to ‘plangan skif qo‘shinlari 
qaram a-qarshi  qirg‘oqda turgan  makedoniyaliklarga qarab qichqirishar, 
haqoratlar,  «biz  skiflar  bilan  hazillashmanglar»,  deb  baqirishar  edi. 
G ohida daryoning to r o ‘zanidan turib m akedon q o ‘shinlariga qarshi yoy 
o ‘qlarini yog‘dirardilar.  Ularga qarab «Osiyolik elatlar bilan skiflar o'rtasida 
farq  yo'q»3,  deb  q o ‘yishardi.
M ana  shu  epizoddan  ham  ko‘rinib  turibdiki,  boshqa  qabilalar bilan 
skiflar o ‘rtasida  d o ‘stona  munosabat  b o ‘lgan.  Bir elatning boshiga og'ir
1  A leksandrning  yurishi,  131-  bet.
2  O 'sha  asar,  135-  bet.
'  O 'sha asar,  1 3 5 -1 3 6 -  betlar.
94

musibat tushsa,  ikkinchisi yordamga kelgan. Adibning m ahorati shundaki, 
bu o'rinda varvar va skif qabilalari orqali 0 ‘rta Osiyodagi boshqa qabilalar 
o'rtasida ham  o'sh a vaqtlarda m ustahkam  do'stlik aloqalari bo'lganligiga 
ishora qilyapti.  Ikkinchi tom ondan, Arrian Osiyodagi bu qabilalar o'rtasida 
vatanparvarlik tuyg'usi  kuchli bo'lganligini ham  ta ’kidlayapti. Yuqorida 
Kiropil  shahrini  him oya  qilishda  varvarlar  orasida  skiflar ham   b o r edi, 
degan  fikrni  aytgan  bo'lsa,  keyingi  epizodda  skiflarning  boshqa  bir 
qo'shinlari varvarlaiga yordamga kelganligini ta ’kidlaydi.  Bunday epizodlar 
rom anning m a’lum  darajada g'oyaviy mundarijasini boyitgan.
So'g'diyona  va  Baqtriyada  yashagan  antik  davrdagi  ellar  va  elatlar, 
ularning  hayoti  va  turm ushi  haqida  to'xtalgandi,  birini  ikkinchisidan 
ustun  qo'yish  yoki  kamsitish  xatodir.  Ayrim  tadqiqotchilar  bu  yerdagi 
barcha g'alaba yoki  muvaffaqiyat yaxlit bir urug', yoinki b ir elatniki deb 
qarashgacha borib yetadilar. Jum ladan,  O 'rta  Osiyo tarixini o'rganishda 
И ida katta ahamiyatga ega bo'lgan, ulkan tadqiqot ishlaridan biri hisoblangan 
«Tojiklar»  kitobining  muallifi,  yirik tadqiqotchi  olim  Bobojon  G 'afurov 
O 'rta  Osiyodagi  barcha  yutuq  ham da  yuksalishlaming  tepasida birgina 
xalq  turganligiga  ishora  qiladi1.  M asalaga  bunday  yondashish  boshqa 
xalqlarni kamsitishga olib keladi.  Aleksandr M akedonskiy davrida O 'rta 
( Xsiyoda yashagan ko'plab qabilalaming yoki urug'larning qaysi millatga 
tegishli  bo'lganligini  ajratish  qiyin.  Chunki bu davrdan bizgacha yozm a 
yodgorliklar  yetib  kelm agan.  Agar jonli  guvoh-yozm a  m anbalar  yetib 
kelganda  edi,  biz  ularning  yozuvi  yoki  nutqiga  qarab  qaysi  millatga 
daxldor  ekanligini  aniqlashim iz  m um kin  edi.  Tarixiy  m anbalarda  bu 
yerdagi elatlarning tillari bir-biriga ju d a yaqin bo ig anlig i ta ’kidlanadi2. 
Aleksandr  M akedonskiyning  O 'rta   Osiyoga  bostirib  kelgan  davrlarini 
aks  ettiruvchi  Kvint  Kursiy  Rufning  «Aleksandr  M akedonskiyning 
tarixi»,  A rrianning  «Aleksandrning  yurishi»,  Plutarxning  «Aleksandr», 
D iodoming  «Tarixiy  kutubxona»,  Pom pey  Trogning  «Filipp  tarixi», 
Yustinning  «Pom pey Trog epitomi»  asarlari  va boshqa adiblar:  Klitarx, 
Strabon,  N earx,  Megasfen,  Psevdo  Kallisfen  asarlari  bilan  yaqindan 
tanishsak, ular O 'rta Osiyodagi qabila va elatlar haqida gapirgan-u, lekin
1  B .G afurov.  Tadjiki,  Izd -v o   «N auka»,  М .,  1972.
'
  X .Tursunov,  N .  B eknazarov.  0 ‘zbekiston  S S R  Tarixi,  T o sh k en t,  «O 'qituvchi», 
nashriyoti,  1982-  yil,  3 1 -  bet.
95

ularning qaysi millatga m ansub ekanligini tilga olishmagan.  G rek va Rim 
adiblarining  tarixiy  rom anlarini  o'qib  chiqsak,  So‘g‘diyonaning  antik 
davrida  yashagan  tarixiy  shaxslarga  duch  kelamiz.  Bu  tarixiy  shaxslar, 
Spitam en,  Oksiart,  Roksana,  Datafern,  Sisimifr  va  boshqalar  b o ‘lib, 
ularning qaysi millatga, hatto qaysi urug‘ yoki qabilaga m ansub ekanligini 
ham  aniqlashimiz qiyin.  M uhimi, ular So‘g‘diyonada yashagan.  Spitamen 
qo'shinlari ichida ham  turli ellar va elatlaming vakillari bo'lishgan.  Bulami 
falon millatga tegishli deyishimiz bir yoqlamalikka olib boradi.  Biz ularni 
bir ibora bilan vatan him oyachilari, vatanparvarlar deb atashim iz to 'g 'ri 
bo'ladi.
Aleksandr Tanais daryosidan o'tib, skiflarga zarba berm oqchi bo'ladi. 
Biroq  skiflar  osonlikcha  yon  berishmaydi.  Aleksandr  qo'shinlarining 
daryodan  o'tishi  ju d a  qiyin  kechadi.  Skiflar  ularga  kecha-yu  kunduz 
tinchlik bermaydi. Makedon qo'shinlari daryodan o'tishda yana katta talafot 
ko'radi.  Sarkarda  A ristandr  k o 'p   yo'qotish  bo'layotganligini,  skiflar 
qattiq hujum qilayotganini, daryodan o'tishga hech imkon bermayotganini 
aytganda, Aleksandr unga:  «Kserksning otasi  D oro kabi butun  Osiyoga, 
skiflarga  kulgi  bo'lguncha,  o'lganing  yaxshi»1,  -  deydi.
Asarda  b undan  keyingi  voqealar  yanada  keskinroq,  shiddatliroq, 
chuqur  dram atizm   bilan  boyitilgan.
Spitam en  o'zining jangchilari  bilan  M aroqandga  hujum   boshlaydi. 
M aroqandni  egallab  turgan  m akedon  qo'shinlarining  m a’lum   qismiga 
talafot  berib,  shaharning  ichidagi  markaziy qal’a to m o n   intiladi.  Biroq 
Aleksandr tom onidan  yuborilgan  yordam chi  qo'shinning  M aroqandga 
yaqin kelib qolganini eshitib,  So'g'diyonaning shimol tom oniga chekinadi. 
Aleksandrning tilm ochi va otryad boshlig'i  Farnux uni  So'g'diyonaning 
chegarasigacha quvib boradi.  Spitam en  600  otliq jangchini  yig'ib,  yana 
qarshi  hujum ga  o 'tish  to'g'risida  skiflar  bilan  kengash  o'tkazadi.  Bu 
safar Spitam en qo'qqisdan hujum boshlash  rejasini ishlab chiqadi.  U ning 
bu  harbiy  rejasi  Politim et2  bo'yidagi  jangda  q o 'l  keladi.  K aran  otliq 
qo'shinlari sarkarda A dramaxni ogohlantirm asdan  Politim et daryosidan 
o 'ta   boshlaydi.  Buni  sezgan  Spitam en  daryoning boshqa bir  o'zanidan 
narigi qirg'oqqa o'tib olib,  Karan qo'shinlarining orqa tom onidan hujum  
boshlaydi.  Q o'qqisdan boshlangan  hujum  K aran qo'shinlarini shoshirib
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling