Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


 O 'sh a  asar,  136-  bet


Download 9.54 Mb.
Pdf просмотр
bet9/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34

1 O 'sh a  asar,  136-  bet.
г  P olitim et  -  Zarafshon  daryosi bo'lib, grekcha  «Hurm atli»  degan  n om n i anglatadi.
96

qo'yadi.  Makedoniyaliklar daryoning o ‘rtasidagi orolchaga to ‘planishadi. 
Spitamen  qo'shinlari  ularni  har  tom ondan  o ‘rab  olib,  qirib  tashlaydi.
I .ashkaming asir tushgan qismini ham o'ldiradi.  Bu fojiali voqeani eshitgan 
Aleksandr juda darg'azab bo'ladi va Spitam enning orqasidan boradi.
Aleksandr  qo'shinlari  yengilmas,  ular  g'oyat  qudratli  kuchga  ega, 
deb  butun  Osiyoga tarqalgan  shov-shuv gaplar shu jangdan  so'ng bekor 
bo'lib  chiqadi.  Skiflar  o'zlarining  tadbirkorligi  va  jasurligini  namoyish 
eladi.  Shunday qilib,  Politim et  daryosi  bo'ylarida  m akedon  qo'shinlari 
ikki  marta katta talafot ko'radi.  Skif qabilalari qadim dan bosqinchi yovga 
slialqatsiz, vatanga sadoqatli bo'lganligi asarda alohida tasviiga olinadi. Arrian 
o '/   rom anida bunday voqealarni batafsil yoritib berishga harakat qilgan.
Aleksandrning  So'g'diyonadagi  hayoti  nihoyatda  og'ir  kechgan.  U 
Kiropil shahrini zabt etish chog'ida boshidan va bo'ynidan yaralangandan 
s o ' n g  
ancha  azob  chekkan.  Karan  boshliq  qo'shinning  qirib  tashlanishi 
ham  Aleksandrning  ko'ksiga  hanjardek og'ir botadi.  Skiflarning  ketm a- 
kel  hujumi,  o'zining ikki  m arta yaralanishi Aleksandrning ruhida keskin 
holatlarni  yuzaga  keltiradi.  Skiflar yeridagi  bunday  qaram a-qarshiliklar 
Aleksandrni  ancha shoshirib qo'yadi.  So'g'diyonadagi  keskin ziddiyatlar 
Aleksandrni  asabiy  bir  holga  solgandi,  hatto   uning  xotirasi  ancha 
/aiflashadi1.  N atijada,  u  sarkarda  Klitni  o 'z   qo'li  bilan  achchiq  ustida 
o'klirib  qo'yadi.  Klit  D ronidning  qizi  Lanikaning2  ukasi  edi.  Lanika 
Aleksandrni tarbiyalab, voyaga yetkazgan,  unga ko'krak suti bergan ayol 
edi.  Aleksandr  Osiyoga  yurish  boshlaganda  Lanika  o 'z   ukasi  Klitni 
citiakdosh o'g'li Aleksandrga qo'shib yuboradi.  Aleksandr Klitni o'ldirib, 
cluiqur ruhiy azob  chekadi,  o'zini  Lanika  oldida gunohkor sezadi.  Uch 
kecha-yu  k u n d u z  h ech  narsa  yem asdan ,  ic h m a sd a n ,  tash qariga 
chiqmasdan  xonaning ichidan berkitib olib yotadi.  Klitning fojiali o'limi 
haqidagi voqealar rom anda hayajonli  epizodlarda berilgan.
Klit  fojiasi  tarixiy  voqea  bo'lib,  yozuvchi  bu  fojia  orqali  ko'nglidagi 
dardini aytadi.  Grek urf-odatlariga xos voqealar, Zevsva  Dionis sharafiga 
bag'ishlangan  m arosim lar  haqidagi  m uhim   gaplar  ham   Klit  fojiasi 
hnhonasida  aytiladi.  Bundan  ko'rinib  turibdiki,  A rrian  faqat  tarixiy 
il.ilillarga,  ularning tarixiy tafsilotlariga suyanib qolm asdan, balki ulardan 
ymigicha g'oyaviy m azm un topishga harakat qiladi.
1  Y efrem ov  I.  Tais  A finskaya,  izd -v o   IR ,  O rjonikidze,  1985,  str.  258.
'  I  anika  -  Kursiy  R u f asarida G allanika deb berilgan.
97

Bu  o ‘rinda Tanais  daryosi  bo ‘ylarida yashovchi  yevropalik skiflar va 
xorazmliklar elchisi bilan suhbat epizodlarini eslash o ‘rinlidir.  Bu davrda 
Aleksandr Politimet daryosi yaqinidagi qo‘rg‘onida edi. Tanais daryosining 
narigi  qirg‘og‘idagi  skiflar  o ‘zlarining  shohlari  yaqinda  vafot  etgani  va 
taxtga o ‘tirgan uning ukasi Aleksandrning buymg‘iga m untazir ekanligini, 
kerak bo‘lsa, do‘stlikni  mustahkamlash uchun o ‘z qizini berishga roziligini 
ham   m a ’lum   qiladi.  Aleksandr  skiflar  o ‘ziga  taqdim   etm oqchi  b o ‘lgan 
shoh  qizini  rad  etadi.
X orazm   shohi  F arazm en  So‘g ‘diyona  va  B aqtriyada  yashovchi 
birodarlariga  yordam   berishdan  bosh  tortadi.  U  A leksandrga  1500 
jangchidan  iborat  qo'shin  va  sovg‘a-salom lar  berib,  o ‘z  mustaqilligini 
saqlab  qoladi.  Shoh  Farazm en  m ana  shunday  xoinlik  yo‘liga  qadam  
bosm asdan  Spitam en  q o ‘shinlariga  yordam  berganida,  grek-m akedon 
qo‘shinlariga yanada ko‘proq talafot yetkazilishi m um kin edi.
Elchilar  X orazm   shohi  Farazm en  Pantu  viloyatiga  hujum   boshlash 
niyatida  ekanligini  bildirib,  Aleksandrga  yordam  so‘rab  m urojaat  etadi. 
Aleksandr Pantu viloyatiga hujum boshlashning hozir mavrudi emasligini 
bayon qiladi.
Shundan  so‘ng  Aleksandr  Oks  (Amu)  daryosi  b o ‘yiga  qaytadi  va 
yana  So‘g‘diyona  tom on  yurishini  danom   ettiradi.  Bu  Aleksandrning 
elimizga  ikkinchi b o r yurishi  edi.
Shunday  qilib,  birinchi  m arta  So‘g‘diyonani  q o ig a   kiritolm agan  va 
katta talafot  ko‘rgan Aleksandr endi  katta qo‘shin bilan o ‘zi M aroqandga 
yo‘l  oladi.  G efestion  sarkardaligidagi  qo‘shinni  So‘g‘diyona  shahriga 
yuboradi.  Ken va Artabaz qo‘mondonligidagi katta qo‘shinni skiflar tom on 
jo‘natadi. Aleksandr bu safar So‘g‘diyona davlatiga katta kuch bilan keladi. 
So‘g‘diyonaga keyingi yurishi Aleksandrga om ad keltiradi.  Skiflar ustidan 
ustm a-ust  g ‘alaba  qozonadi.  Skif xalqining  milliy  qahram oni,  jasur  va 
mardonqvor o ‘g‘loni,  So‘g‘diyonaning sadoqatli farzandi Spitamen o ‘limi 
bilan bog‘liq voqealar asaming to ‘rtinchi kitobida tasvirlanadi. Aleksandr 
So‘g‘d tog‘ida bo'lgan so‘nggi jangda hiyla ishlatadi. Ularning qabila boshlig‘i 
Oksiartning  xotini  va  bolalarini  asir  oladi.  Aleksandr  Oksiartning  qizi 
Roksanaga  oshiq  b o ‘lib  qoladi.  Jangchilar  D oroning  xotinidan  keyin 
Osiyoda bunday go‘zalni  uchratmaganliklarini aytib,  Roksananing husn- 
jamoliga  m aqtov so‘zlar  aytishadi.
Aleksandr  Roksanani asir sifatida ushlab turm asdan, uni o ‘ziga faxriy 
xotinlikka oladi.
98

Kitobni o 'q ir ekanmiz, antik davrlardayoq 0 ‘rta Osiyo hududida juda 
ko‘plab shaharlar mavjud boMganligining guvohi b o ‘lamiz. A rrian skiflar 
ycridagi M aroqand shahrini va So'g'diyona shahrini alohida-alohida tilga 
olib o ‘tadi.  Shaharlarning ko‘pligi 0 ‘rta Osiyoda qadim dan madaniyat va 
ilm-fanning rivojlanganidan dalolat beradi.
Shu  b ilan   birga,  0 ‘rta  O siyoda  yashovchi  skiflar,  saklar,  dax 
qabilalarining  o ‘ziga  xos  yashash  tarzi  ularning  jasurligi,  tadbirkorligi 
vntanparvarligi haqida ham  keng m a’lumotga ega b o ‘lamiz. Arrianning bu 
romani 0 ‘rta Osiyoning, jum ladan,  So'g'diyonaning antik davrlariga doir 
chuqur  m a’lum ot  beruvchi  yirik  badiiy  polotnodir.  Asarni  varaqlagan 
o'quvchi  o ‘z  xalqining  tarixi,  o ‘z  ona  yurtining  qadimgi  o ‘tm ishi  bilan 
tanishib,  hayajonga tushadi.  Axir kim  o ‘zining o ‘tm ishiga qiziqish bilan 
qaramaydi  deysiz?  Bizga  m ana  shunday  uzoq  tarixim izdan  bir  necha 
yorqin sahifani Arrian taqdim  etdi.  Bu sahifalarga bitilgan tafsilotlaming 
ayrimlari haqiqatdan bir qadar uzoq.  Biz bu haqda to'xtalib o ‘tirmadik. 
Ammo  asar  sujetining  asosiy  qismini  Arrian  xuddi  qadim da  o ‘zi  0 ‘rta 
Osiyoda b o ‘lgandek tasvirlaydi.  Uzoq  rimliklar, greklar o ‘lkasidan turib 
( )‘rta  Osiyoning qadimgi tarixi  haqida bunday m em uar asarlarni  yozish 
o'ziga xos jasoratdir.
DIODOR
Bizga yana antik dunyodan uch ulug‘  adibning nomi yaqindan tanish. 
IJular  D iodor,  Pom pey  Trog  va  Yustindir.
Diodoming hayotiga doir juda kam m a’lumotga egamiz.  Uning qachon 
lug'ilgani n o m a’lum ,  am m o eramizgacha b o ‘lgan  I asrda yashab o ‘tgani 
aniq.
D iodor  ijodini  chuqur  o ‘rgangan  va  bu  haqda  tadqiqot  ishlari  olib 
borgan adabiyotshunos M.  M andes1  ham   D iodom ing hayotiga  oid keng 
va batafsil  m a’lum otlar berolmaydi.  Shunday b o ‘lsa-da,  D iodom ing kim 
ekanligini aniqlashga, unifig ijodi haqida kitobxonlarga m a’lumot berishga 
harakat qilamiz.
D iodor  yoshligidanoq  grek  tili  va  grek  adabiyotini  puxta  o ‘rganadi. 
klitarxning tarix va notiqlik san’atiga oid asarlarini berilib o ‘qiydi.
1 M. M andes.  Opit  istoriko-kriticheskogo kom m entariya grecheskoy istorii  Diodora. 
Odessa.  1901.
99

D iodor  G retsiya,  hatto  Kichik  Osiyo b o ‘ylab  sayohatga  chiqadi,  bu 
sayohat taassurotlari uning dunyoqarashiga kuchli ta ’sir ko'rsatadi. Afinaga 
kelib, grek xalqi tarixiga alohida qiziqish bilan qaraydi.  Afinadagi  adabiy 
oqim lar bilan yaqindan  m uloqotda bo'ladi.  Ellinizm davrini o'rganishga 
kirishadi.  Bu  davrni  boshlab  bergan  Aleksandrning  hayotiga  va  uning 
harbiy yurishlariga  oid  kerakli  m a’lum otlarni  to'playdi.  Biroq,  Afinada 
Aleksandr  tarixiga  oid  chuqur  m a’lumotga  ega  bo'lm agach,  u  M isr 
tom on  yo'l  oladi.  M isrda joylashgan  m uhtasham   va go'zalligi jihatidan 
Afinadan qolishmaydigan Aleksandriya shahriga boradi.  Bu yerda u oltin 
tobutda  m o'm iyolangan  Aleksandrning  qabrini  va  uning  m aqbarasini 
ziyorat  qiladi.  Bu  shaharni  eram izdan  awalgi  332-  yilda Aleksandrning 
o'zi  qurdirgan edi.
M a’lum ki,  A leksandr  eram izdan  aw algi  323-  yilning  11-  iyunida 
Bobilda  vafot  etgan.  U ning  shaxsiy  qo'riqchisi  va  atoqli  sarkardasi 
Ptolom ey  Aleksandriya  podshohi  bo'lgandan  so'ng,  A leksandrning 
tobutini shu shaharga olib kelgan va unga muhtasham m aqbara qurdirgan
Diodor Aleksandriya shah ridagi jahonga nomi ketgan katta kutubxona 
bilan  tanishadi.  Bu  kutubxonada  ellinizm  m am lakatlaridan  keltirilgan 
yetti  yuz  m in g d an   ziyod  n o d ir  q o 'ly o z m a la r,  b e b a h o   k ito b la r 
saqlanm oqda  edi.  D iodor  bu  noyob  nusxalar  bilan  tanishish  sharafiga 
muyassar  bo'ladi.  Bu  kutubxonaga  asos  solgan,  M akedoniya  tarixida 
o'chm as iz qoldirgan Aleksandrning taijimayi holiga oid tarixiy dalillarni 
yig'a boshlaydi.
D iodor  «Shoh jurnali»  yoki  «Efemerida»  sahifalarini  diq qat-e’tibor 
bilan o'qib chiqadi.  Bu jumalda Aleksandrning qadim So'g'diyonada bo'lgan 
davrlariga oid m uhim   m a’lum otlar saqlanm oqda edi.
Aleksandr bilan Osiyoga kelgan,  tarixiy voqealarning shohidi bo'lgan 
Ptolomey,  Aristobul,  Kallisfenning  «Kundalik»lari  bilan  ham   batafsil 
tanishadi.
Diodorda  Klitarxning Aleksandr haqidagi asari, ayniqsa, katta taassurot 
qoldiradi, Biroq  Klitarxning ijodida tarixiy haqiqat o'zining haqqoniy va 
aniq  ifodasini topm agan edi.  Bu  holat  Diodorning  «Tarixiy kutubxona» 
romaniga salbiy ta ’sirini  ko'rsatdi.
Diodorning «Tarixiy kutubxona» romanida O 'rta Osiyo tasviriga uncha 
keng  o 'rin  berilmagan.  Shuningdek,  qadimgi  So'g'diyonadagi jug'rofiy
100

nuihit, shaharlar va qishloqlar bilan bogiiq hodisalar, tarixiy voqealarning 
qayerda  kechganligi  haqidagi  m a’lum otlar  rom anda  aniq  detallarda 
yoritilm agan.  Bu  jih a td a n   D iod om in g   «Tarixiy  kutubxona»  asari 
Aleksandr  haqidagi  Ruf,  Plutarx,  Arrian  asarlaridan  farq  qiladi.  Biz, 
albatta,  bu  o ‘rinda  rom andagi  S o 'g 'd iy o n a  tarixiga  bag‘ishlangan 
epizodlami  nazarda tutyapmiz. Asarning tarixiy va badiiy xususiyatlarini 
e’tiborga  olsak,  bu  asar  o ‘sha  davrlardayoq  grek  adabiyotida  munosib 
<>'rin  egallagan  edi.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  D io do r'n o m in i  jahonga 
tanitgan  uning  «Tarixiy  kutubxona»  asaridir.  U  asar  ustida  o ‘ttiz  yil 
mehnat qilgan.
D iodor  ijodini  keng  tadqiq  qilgan  M. M andes,  u  o ‘z  asarida  tarixiy 
v oqealarga  ta rix c h i  sifatid a  em as,  yozuv ch i  n u q ta y i  n a z a rid a n  
yondashganligini  ta ’kidlaydi1.  M asalaga  M.  M andes  fikriga  asoslanib 
voiidashadigan b o ‘lsak,  haqiqatan ham,  rom anda tarixiy sanalarga emas, 
voqealar bayoniga  kengroq  e ’tibor berilganligini  ko'ram iz.  Rom anning 
badiiy  ifodasi  D iodor qalamining o'tkirligini  ko'rsatadi.
Kitobda tasvirlangan voqealar tafsilotining bayoni xususida e ’tirozimiz 
yo'q,  biroq  bu  voqealarning  qayerda  kechganligi-Baqtriyadam i  yoki 
So'g'diyonadam i,  Oks  daryosi  bo'yidam i  yoki  Yaksart  yoqasidam i, 
ajratish ancha qiyinchilik tug'diradi.
Kitobda  Eron va H indiston voqealariga keng o 'rin  berilgan.  Bu holat 
asar  muallifining  tarixiy  dalillarga  m unosabatini  belgilaydi.  D iodor 
o'rgangan  tarixiy  asarlarda  O 'rta  Osiyo  tasviri  uncha  keng  berilmagan. 
<  lumonchi,  Klitarx ijodida ishonchsiz o'rinlar ko'p.  Klitarxning Aleksandr 
haqida  yozgan  asaridan  O 'rta  Osiyoga  kelgan  va  bu  yerdagi  tarixiy 
voqealarning  shohidi  b o 'lg an   P tolom ey  biroz  ranjiydi.  P tolom ey 
k e y in c h a lik   M a k e d o n iy a   s h o h lig in i  e g a lla g a n d a n   s o 'n g ,  o 'z  
<'Kundalik»lariga tayangan holda,  badiiy asar yozadi.
Diodor esa Klitarx an’anasini davom ettiradi.  Muhimi shundaki,  Klitarx 
iiodiga  Diodor katta ishonch bilan qaraydi.  Buning sababi,  Klitarx ellinizm 
davrining atoqli  adiblaridan biri edi.
D iodom ing  «Tarixiy  kutubxona»  asari  keyinchalik  Yustin,  Plutarx 
iiodiga katta ta ’sir ko'rsatganligini  ko'ram iz.  Bu adiblar D iodor ijodidan 
loydalanganligini  o 'z  asarlarida  qayd  qilib  o'tadi.  Ayniqsa,  Plutarxning
1 M .M andes.  Opit  istoriko-kriticheskogo kom m entariya, grecheskoy istorii didora.
( Hlessa,  1901,  str.  2.
101

«Aleksandr  va  Sezar»  nomli  «Qo'shaloq  hayotnom a»sida  D iodorning 
badiiy tasvirlash  uslubi ta ’sirini  ko‘ramiz.  Plutarxning  «Aleksandr» asari 
Diodorning «Tarixiy kutubxona»siga juda yaqin turadi.
D iodor o'zining XVII kitobdan iborat asarini Aleksandr Makedonskiy 
davriga  bag'ishlaydi.  D iodor  romanining  ko‘p  boblari  yo'qolib  ketgan. 
Ayniqsa,  So'g'diyona  tarixiga  tegishli  boblam ing  anchagina  sahifalari 
yirtilib,  yo'qolgan.  Shuning  uchun  ham ,  bu  kitobning  69-bobidan  97- 
bobigacha bo'lgan 28 bobdagi sahifalami o'rganib chiqamiz.  Bu boblardagi 
voqealaming ko'pchiligi  So'g'diyonada va unga qo'shni o'lkalarda bo'lib 
o'tadi.
Kitobda Oks (Amu) daryosi Araks deb nomlanadi.  G erodotning «Tarix 
yoki tadqiqot» asarida ham  Amudaryo Araks deb nomlanadi. Arrianning 
«Aleksandrning yurishi»  rom anida esa Amudaryo  Oks deb atalganining 
guvohi bo'lam iz.  Bundan taxm in qilish  mum kinki,  D iodor O 'rta  Osiyo 
tarixini o'rganishda G erodot ijodiga murojaat etgan.
Aleksandr Araks daryosidan o'tgandan keyin,  dahshatli va qo'rqinchli 
voqeaning guvohi  bo'ladi.  Eron  shohi  Doro  sakkiz  yuzga  yaqin  kishini 
bu yerlarga haydab yuborgan,  qolganlarini shafqatsiz qirib tashlagan edi. 
Bu  odam larning  birining  qo'li  qirqilgan,  boshqasining  oyog'i  kesilgan, 
birining  burni,  boshqasining  qulog'i  yo'q  edi.  Ularning  ham m asining 
ahvoli ayanchli edi.  Ularning ichida bironta ham  jazo olmagani yo'q edi. 
Ular yordam so'rab Aleksandrga yalinadilar. Aleksandr ularning ahvolini 
ko'rib, juda achinadi.  H atto ko'ziga yosh keladi.
Aleksandr ularga yordam beradi.  Rom anda tasvirlanishicha, Aleksandr 
bu m uhtoj kishilaming har qaysisiga 3000 dirham  pul, beshtadan kiyim,
2  juftdan  poyabzal,  50  tadan  qo'y,  50  puddan  bug'doy  va  boshpana 
beradi.
Bu epizodda Aleksandrning rahmdilligi, oddiy odamlarga g'amxo'rligi, 
insonparvarligi tasvirlansa, bundan keyingi epizodda uning shafqatsizligi, 
m ol-u  dunyoga  o'chligi,  inson  bolasiga  jabr-jafo  keltiruvchi  q o nxo'r 
bosqinchi  ekanligi tasvirlanadi.
A leksandr  Osiyo  shaharlaridan  biri  Persapol  (E ron  shohligining 
poytaxti)ni  bosib  olgandan  so'ng,  o 'z   jangchilariga  shoh  saroyidan 
tashqari  shaharning  ham m a  boyliklarini  talashni  buyuradi.  Bu  shahar 
Osiyodagi  eng boy  shaharlardan  biri  edi.  M akedoniyaliklar shaharning 
barcha  erkaklarini  o'ldiradi.  Juda  ko'plab  kumush,  oltin,  qim m atbaho 
buyumlar,  dengiz  javohirlari  (m arvarid)ni  o'lja  qilib  oladilar.  Butun
102

jahonga  m ashhur  bo‘lgan  shoh  saroyining  ham m a  boyliklari  talanib, 
ayanchli holga keltiriladi.
«M akedoniyaliklar  kun  bo'yi  talon-taroj  bilan  m ashg‘ul  b o ‘ladilar. 
M ol-dunyoga  ruju  qo'ygan  bosqinchilar,  boylikka  m ukkasidan  ketib, 
talashib,  bir-birini  o 'ldira  boshlaydilar.  U larning  ko'pchiligi  o 'zaro  
kelisholmay o'lib ketadi.  Hatto onalar ham  qilich domiga tortiladi. Xotin- 
qizlarga zo'ravonlik ko'rsatilib, qul qilib olinadi»1.
Mana shu epizoddan ham ko'rinib turibdiki, romanda bir-biriga qarama- 
qarshi  bo'lgan  ikki  xil  tasvirga  duch  kelmoqdamiz.  Bu  epizodlam ing 
birida odillik,  insoniylik haqida hikoya qilinsa,  ikkinchisida bosqinchilik, 
qonxo'rlik,  vahshiylikni  ifodalovchi  voqealarning  guvohi  bo'lam iz. 
Darhaqiqat,  D iodor  o 'z   asarining  qahram oni  Aleksandr  xarakterida 
ikki  holatni-ijobiy va salbiy xislatlarni jamlaydi. Asarni o 'q ir ekansiz, bir 
epizodda  Aleksandr  g 'am xo 'r,  m ehribon  kishilarni  adolatga,  tinch- 
totuvlikka undovchi obraz sifatida gavdalansa, boshqa bir epizodda u o 'ta 
qonxo'r,  shahar va qishloqlarga o 't  qo'ygan,  qirg'in  urushlarning asosiy 
sababchisi qilib ko'rsatiladi.
Asarda,  ayniqsa,  Kavkaz  o'lkasi  manzaralariga  keng  o 'rin   berilgan, 
Girkaniya,  Kaspiy  dengizi  bo'ylarida  yuz  bergan  voqealarni  yozuvchi 
jonli  m anzaralarda  tasvirlaydi.  Aleksandr  bu  o'lkalarga  tez-tez  tashrif 
buyuradi.  Aleksandrga  Girkaniya  sohillarining  go'zal  tabiatigina  emas, 
odam lari  ham   yoqadi.  G irkaniyaliklar  A leksandrga  jiddiy  qarshilik 
ko'rsatm asdan,  ayrim  viloyatlar  o 'z  ixtiyorlari  bilan  taslim  bo'ladilar. 
So'g'diyona esa dahshatli jang maydoniga aylanadi.
So'g'diyona tabiati  Girkaniya tabiati kabi go'zal qilib tasvirlanmaydi. 
Biroq  girkaniyaliklar  qarshiliksiz,  o 'z   ixtiyorlari  bilan  vatanini  grek- 
makedonlarga topshirsalar, so'g'diyonaliklar bosqinchilarga qarshi qattiq 
kurashadilar.  Q o'zg'olonlar  ko'taradilar.  Bir  necha  bo r grek-m akedon 
qo'shinlariga  hujum  qilib,  tinchlik  bermaydilar.  R om anda  so'g'diyo- 
naliklarning  vatanparvarlik  xislatlari  k o 'p   jih atd an   ustun  darajada 
tasvirlanadi.  S o 'g 'd iy o n alik lar  o 'z   el-e latin i  b o sq in ch i  yovlardan 
mardonavor turib himoya qiladilar.  So'g'diyona yerlariga yovuzlik niyatida 
qadam bosgan istilochilarga qarshi tinimsiz kurash olib boradilar.  Bunday 
vatanparvarlik  kurashiga  Spitam en  boshchilik  qiladi.  Spitam en  butun 
S o 'g 'd iy o n an i,  qolaversa  B aqtriyani,  h atto   T anais  (D o n )  daryosi
1 Diodor.  Istoricheskaya biblioteka,  str.  98.
103

bo'ylarida yashovchi skiflarni ham  oyoqqa turg‘azadi.  Ularni birdamlikka 
chaqiradi.  M a’lumki, 0 ‘rta Osiyoda o'sha davrlarda to ‘rtta yirik mamlakat 
mavjud edi.  So'g'diyona,  Girkaniya,  Baqtriya va Xorazm.  G re k v a   Rim 
tarixiy  nasri  n am u n alarin ing   deyarli  h am m asida  xorazm liklarning 
Aleksandrga qarshi kurashmaganligi,  ularning o 'z ixtiyorlari bilan taslim 
bo'lganligi tasvirlanadi.  Lekin So'g'diyona va Baqtriya yerlarida bevosita 
Spitam en  harakatidan  tashqari  yana  bir  qancha  boshqa  vatanparvarlik 
kurashlari davom  etib turgan.  Ularning deyarli ham m asi  Spitam en bilan 
aloqada bo'lgan.  C hunki,  Spitam en  harakati  nihoyatda  kuchayib  ketib, 
hatto  Aleksandr qo'shinlarini  ham   ikki  m arta to r-m o r keltiradi.
D iodor  asarida  Satibarzon  haqida  ham   keng  m a’lum otlar  berilgan. 
Qolgan  ham m a grek va  Rim  rom anlarida  Spitam en  nom i  tilga  olinadi. 
Ko'pgina  joylar  nom ining  ham   o'zgartirib  atalishi  D iodor  rom anida 
uchraydi.  Bu shuni ko'rsatadiki,  yozuvchi joylar masalasiga diqqat bilan 
e ’tibor  berm agan  yoki  o'rgangan  m anbalarda  shunday  chalkashliklar 
bo'lgan  bo'lishi  mumkin.
Masalaga ikkinchi tom ondan yondashadigan bo'lsak,  haqiqatan ham , 
Satibarzon  degan  tarixiy  shaxs  bo'lgan.  U  grek-m akedon  qo'shinlari 
ichida  xizmat  qilib  yurib,  vatanparvarlik  harakatiga  yaqindan  yordam 
beradi.  So'g'diyona va  Baqtriyadagi birodarlari bilan pinhona bog'lanib, 
Aleksandrga qarshi kurash olib boradi.  Bu o'rinda, asarda tasvirlanishicha, 
Satibarzon  Bess bilan  birgalikda  makedoniyaliklarga  qarshi  kurash  olib 
borishga kelishadilar.  Bundan xabar topgan Aleksandr katta qo'shin bilan 
ularga qarshi boradi.  Satibarzon Xartakanaxda qo'shin to'play boshlaydi. 
Bu shahar tabiatining go'zalligi jihatidan ajralib turadi.  Bu o'rinda yozuvchi 
Xartakanax deganda Maroqand (Samarqand) shahriga yaqin joyni nazarda 
tutadi.  Chunki  boshqa grek va  Rim tarixiy asarlarida X artakanax degan 
shaharning  nom ini  uchratmaym iz.  Ikkinchi  to m on dan   olib  qaragani- 
mizda,  boshqa grek va  Rim  romanlarida  Spitamenning, haqiqatan ham , 
M aroqandda kuch to'plagani m a’lum  qilinadi.
S pitam en  o 'z in in g   2000  otliq  jangchisi  b ilan  Bess  q o 'sh in la ri 
joylashgan  o'lkaga  (Baqtriyaga)  keladi.  U  qolgan  jangchilariga  tog'ga 
qochishni  buyuradi.  Bu  o'rind a  tog'ning  nom i  aniq  aytilmagan.  Urgut 
tog'lari bo'lishi  ehtim oldan  holi  emas.  Rom an  muallifming fikricha,  bu 
tog'lar yashirinish  va jo n   saqlash  uchun juda  qulay  edi.
Aleksandr  shundan  so'ng  yana  G irkaniya-Kaspiy dengizi  bo'ylariga 
boradi,  Drangen  viloyatida bo'lib,  Arimasp  yurtiga keladi.  Asarda qayd
104

etilishicha,  bu  yurtning  ikkinchi  nom i  «muruvvatli»  degan  m a ’noni 
anglatardi.  Buning boisi bor. Yozuvchining hikoya qilishicha,  Eron shohi 
Kir o'zining bir harbiy yurishida fojiaga duch  keladi.  U  o'zining qo'shini 
bilan sahroni kesib o'tayotganda ochlikka, suvsizlikka yo'liqadi.  Bu sahro 
(K arm ana va Qizilqum cho'llari bo'lsa kerak deb taxm in qilinadi)dan na 
ovqat,  na  suv topish  am rim ahol  edi.  Kirning jangchilari  ochlikdan bir- 
birining  go'shtini  yeya  boshlaydilar.  Kir  o'zining  30000  qo'shini  bilan 
Arimasp  viloyatiga  kirib  keladi.  Armaspliklar  Kir  qo'shinlariga  oziq- 
ovqat  va  suv  hadya  etadilar.  Bu  m uruw ati  uchun  Kir  arimaspliklarni 
itirli  ja zo lard an   va  shu n ingdek,  h a r  xil  so liq lard an   o zo d   qiladi. 
Arimaspliklar  Aleksandrni  ham   xush  qabul  qiladilar.  Arimasp  elatiga 
qo'shni bo'lgan gedrospevlar ham  Aleksandrga qarshilik ko'rsatmaydilar. 
Aleksandr  o'ziga  xayrixoh  bo'lgan  bu  ikki  qo'shni  yurtda  xavf-xatarsiz 
yurganda,  uning  ayg'oqchilari  S atibarzonning  k atta  q o 'sh in   bilan 
kelayotganini  m a’lum   qiladi.  Aleksandr  Satibarzonga  qarshi  o'zining 
sarkardalaridan  Erigiya va Stasanarni katta qo'shin bilan yuboradi1.
M uhim i  shundaki,  biz  bu  o 'rin d a  D iodor  asarini  boshdan  oyoq 
ko'chirib emas, balki  uning boshqa tarixiy asarlardan farqli tom onlarini, 
hatto o'zga kitoblarda uchramaydigan epizodlarni berishga va tarixiy-badiiy 
xususiyatlarini  tahlil  etishga  harakat  qilyapmiz.  Boshqa  rom anlarda 
uchram aydigan  yana  bir  epizodni  D iodor  o 'z   asarida  shunday  hikoya 
qiladi.
Bu  voqea  greklar  tili  bilan  aytilganda,  113-  O lim piada  yilida,  ya’ni 
cramizgacha  328-  yilda  sodir  bo'lgan  edi.  M a’lumki,  bu  tarixiy  sana 
so'g'diyonaliklar  boshiga  og'ir  kunlar,  ko'p  kulfatlar  keltirgan  edi.  Bu, 
tarixiy yilda So'g'diyonadagi ko'plab shahar va qishloqlar vayron qilingan, 
son-sanoqsiz begunoh insonlar qatl etilgan edi.  Boshqa grek va rim  nasriy 
asarlarida bu tarixiy sana qayd etilmaydi.  Ifoda va ta ’kidlaming yo'nalishiga 
qarab, bu voqea qachon sodir bo'lganligini anglash m um kin.  D iodor esa 
o'z  rom anida voqeaning eram izdan aw algi  328- yilda bo'lib o'tganligini 
(ya’ni  113-  Olim piada  yili)  aniq  ta ’kidlaydi.  Kitobda  voqeaning  qaysi 
yilda  bo'lib  o'tganligiga  izoh  berilishi  biz  uchun  aham iyatlidir.  D iodor 
romani  kabi  qadimgi  davrlarda yaratilgan  asarlarning tarixiy aham iyati, 
lining  badiiy-estetik  ahamiyatiga  nisbatan  ustun  turishi  tabiiydir,  ya’ni 
bunday asarlarda tarixiylik o'ziga xos badiiylik kasb etsa, badiiylik tarixiylikni
1 O 'sh a asar,  313-  bet.
105

ta’min etib turadi.  Bu holat faqatgina qadimgi grek va rim nasrigagina xos 
bo ‘lib  qolm asdan,  um u m an   tarixiy  mavzudagi  adabiy  asarlarga  ham  
tegishlidir.  Bu ikki holat bir-biri bilan uyg'un keladi.  Ba’zi bir epizodlarda, 
gohida ayrim romanlarda tarixiylik bilan badiiylik uyg‘un keladi yoki ba’zan 
tarixiylikning salmog‘i ortib ketadi. Y a’ni adib badiiy ifodaga berilib ketib, 
tarixiy  voqelikni  unutib  qo‘yadi.  Yoki  tarixiy  sanalar  atrofida  aylanib 
qolib, badiiy tasvirga e ’tibor bermaydi.  Bu o ‘rinda tarixiylik so‘zini tarixiy 
voqea  m a ’nosida  qo ‘llayapmiz.  Biroq  tarixiylik,  aslida,  keng  m a ’noli 
tushunchadir.
Eram izgacha 328- yilda b o ‘lib o ‘tgan voqealarga diqqat bilan e’tibor 
b ersak ,  A le k s a n d rn in g   N a ra p a m is a d la r  b ila n   b o ‘lgan  ja n g i  va 
So'g'diyonaning shimoliy qismida joylashgan bu o'lkaning tasviri rom anda 
o'zining ancha keng ifodasini topgan.
K itobda tasvirlangan N arapam isad o'lkasi  So'g'diyonaning shimoliy 
qismida  joylashgan.  Bu  o ik a n in g   tabiati  shunday  quyuq  bo'yoqlarda 
chiziladi: «Bu yerlarda qor nihoyatda ko'p yog'adi. Qish o 'ta sovuq bo'ladi. 
Uylaming tom i sopol bilan yopilgan.  U y teshiklaridan tutun chiqib turadi. 
Bu  yerlarda  yashovchilar  o'zlarini  sovuqdan  saqlash  u ch u n   uylarini 
h am m a  to m o n d an   o 'rab   olgan.  Yerda  qor  k o 'p   saqlanganligi  sababli 
aholi o'ziga oziq-ovqatlami g'amlab olib, yilning katta qismini xonadonlarida 
o'tkazadilar.  U zumzorlami va mevali daraxtlami sovuqdan saqlash uchun 
tuproq bilan berkitib qo'yadilar.  K unlar isib ketgandan so'ng yana ularni 
ochadilar.  A holi  yerga  ishlov  berish  va  ekish-tikish  bilan  unchalik 
shug'ullanm aydi.  H am m a  yerni  qorliklar  va  m uzliklar  qoplab  yotadi. 
K o 'p g in a   ja n g c h ila r  sovuqqa  dosh  b ero lm a sd an   d arm o n sizlan ib , 
kuchsizlanib  qoldilar.  Quyosh nuridan yarqirab tovlangan qor ko'pgina 
m akedoniyaliklam ing  ko'zini  olib  qo'yadi.  Shunday  qiyinchiliklarga 
qaram asdan,  shoh  bu  yerlarni  ham   bosib  oladi»1.
K itobdan keltirilgan ushbu  epizod bilan yaqindan tanishsak,  m uallif 
bu o'rinda Yevropada, Tanais daryosi qirg'oqlarida yashovchi xalqlaming 
yashash  sharoiti,  turm ushi haqida gapirayotganligini payqab  olish  qiyin 
emas.  Tarixiy  m anbalar  Aleksandrning  rus  o ik alarid a  bo'lm aganidan 
darak beradi2.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling