Faza rotorli asinxron motorning statik tavsiflarini taqdim qilish
Download 319.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqFAZA ROTORLI ASINXRON MOTORNING STATIK TAVSIFLARINI TAQDIM QILISH
M = f (s) tavsifiga ta’siri
Ifoda (7.10) dan ko‘rinadiki, motorning maksimal momenti rotorning aktiv qarshiligi ga bog‘liq emas ekan. Kritik sirpanish esa, (7.9)ga ko‘ra qarshilk ga proporsional. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, asinxron motorning rotor aktiv qarshiligini asta-sekin oshirilsak, maksimal momentning qiymati o‘zgarishsiz qolar ekan, kritik sirpanish esa ortib borar ekan (9.2-rasm). Bunda ortishi bilan ishga tushirish momenti ma’lum miqdorgacha ortib boradi. 9.2-rasmda bu holat qarshilikka mos kelmoqda va ishga tushirish momenti maksimal momentga teng bo‘layapti. Qarshilik ning ortishi davom etaversa ishga tushirish momenti kamayadi. 9.2-rasmda keltirilgan grafikning tahlili ko‘rsatadiki, qarshilikning o‘zgarishi bilan birga rotor aylanish chastotasi xam o‘zgaradi: o‘zgarmas yuklanish momenti bo‘lganda ( ) sirpanish ortadi, ya’ni rotor aylanish chastotasi kamayadi (1, 2, 3, va 4 nuqtalar). Ishga tushirish reostatini rotor chulg‘amiga ulash sxemasi 3,a-rasmda keltirilgan. Dastlab motor 1-tavsif (3,b-rasm) bo‘yicha ishga tushiriladi. Bu holda ITRning qarshiligi Ri.t R1 R2 R3 bo‘lib, aylantiruvchi moment maksimal momentga teng bo‘ladi (MMmax). Motorning aylanish chastotasi oshib borgan sari aylantiruvchi moment M ham kamaya boradi va Mi.t.min momentdan kichik (M< Mi.t.min) bo‘ladi. MMi.t.min bo‘lganda ITRning bir qismi (R1) sxemadan chiqariladi. Shu onda aylantiruvchi moment keskin Mi.t.max qiymatgacha yana ortadi, so‘ngra aylanish chastotasining ortishi 2-tavsif (qalin chiziq) bo‘yicha o‘zgaradi. Bu holda ishga tushirish reostatining qarshiligi Ri.t.2 R2 R3 bo‘ladi. 3-rasm. faza rotorli asinxron motorini ishga tushirirsh sxemasi (a) va ishga tushirish momentining sirpanishiga bog‘liqlik grafigi (b) Aylantiruvchi moment Mi.t.min gacha kamayib boradi, shu vaqtda R2 qar-shilikni uzadilar, bunda motor 2-tavsif bo‘yicha ishlaydi. Bunda ishga tushirish reostatining qarshiligi Ri.t.1 R3 bo‘ladi. Ishga tushirishning so‘ngida ishga tushirish reostati sxemadan butkul chiqariladi va rotor chulg‘amlari qisqa tutashadi. Bu holda motor tabiiy tavsif bo‘yicha ishlaydi (3,b-rasm). Sirpanish gacha kamayadi va N nuqtada muvozanat ( ) holatiga erishiladi. Download 319.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling