Fazalar muvozanati termodinamikasi ikki komponetli suyuq sistemalar
Download 23.34 Kb.
|
Fazalar muvozanati termodinamikasi ikki komponetli suyuq sistema-fayllar.org
(simob, CC14, suv va benzinlar)
Har bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat bo‘lib, bu moddalar sistemasining tarkibiy qismlari deb ataladi. Sistemadan ajratib olinganda uzoq vaqt davomida mavjud bo‘la oladigan tarkibiy qism (individual kimyoviy birikma) komponent deyiladi. Komponentlar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Misol: C+CO2 ↔ 2CO Termodinamik sistemadagi har qaysi fazalarning kimyoviy tarkibini to‘la ifodalash uchun yetarli bo‘lgan modda xillarining eng kichik soni sistemaning mustaqil tarkibiy qismlari yoki komponentlar soni (K) deb ataladi. Har bir komponent boshqa komponentlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘la oladi va o‘zgarishi mumkin. Muvozanatdagi sistemalar komponentlar soniga qarab – bir, ikki va ko‘p komponentli bo‘ladi. Komponentlar sonini aniqlashda sistemaning hamma tarkibiy qismlari hisobga olinmaydi. Masalan: - osh tuzining suvli eritmasida H2O, H+, OH¯, Na+, Cl¯ zarrachalari bor, lekin komponentlar soni 2 ta - H2O, NaCl. - kalsiy karbonat (CaСO3) ning ajralishida, muvozanat vaqtida sistemada uchta tarkibiy qism (CaO, CaСO3, CO2) bo‘lishiga qaramay, komponentlar soni 2ga teng, chunki biz ikki modda borlini bilsak, uchinchisini ular orasidagi bog‘lanishdan hisoblab topa olamiz. Agar sistemaning komponentlari bir-biri bilan ta’sirlashmasa (m: fizikaviy sistemada), komponentlar soni sistemadagi moddalar soniga (tarkibiy qismlar soniga) teng bo‘ladi. Sistemadagi moddalar bir – biri bilan kimyoviy ta’sirlashsa, unda komponentlar soni moddalar sonidan sistemada borayotgan kimyoviy reaksiyalar soni ayirmasiga teng bo‘ladi: CaCO3 = CaО + CO2 K = 3 – 1 = 2 Demak, komponentlar soni 2 ga teng. Yana bir misol keltirsak KNO3 + NaCl ↔ NaNO3 + KСl Tarkibiy qism – 4 ta Reaksiya soni – 1 ta Komponentlar soni - K=4 – 1 = 3 ta. Demak, kimyoviy sistemalarda komponentlar soni doim sistemadagi tarkibiy qismlar sonidan kam bo‘ladi. Sistemaning termodinamik holati erkinlik darajasi bilan xarakterlanadi (F). Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling