Fazalar muvozanati termodinamikasi ikki komponetli suyuq sistemalar
FAZALAR MUVOZANATI TERMODINAMIKASI IKKI KOMPONETLI SUYUQ SISTEMALAR
REJA
Massalar ta’siri qonuni bir jinsli gomogen moddalar orasida bo‘ladigan muvozanatlar uchungina tadbiq etiladi.
Ko‘p jinsli moddalar orasidagi yuzaga keladigan muvozanat geterogen yoki fazaviy muvozanat deyilib, bunday muvozanat massalar ta’siri qonuniga bo‘ysunmaydi. Ko‘p fazali geterogen sistemalardagi muvozanatni xarakterlash uchun Gibbs (amerika fizigi) 1873-1878 yillarda fazalar qoidasini yaratdi. Bu qoida – geterogen sistemaning alohida olingan gomogen qismlari qanday sharoitda ( P, T, C va h.z.) o‘zaro termodinamik muvozanatda turishini ifodalaydi.
Geterogen sistemadagi moddalar bir-biridan chegara sirtlari bilan ajralgan bo‘ladi.
Geterogen sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirt bilan ajralgan va bir xil kimyoviy, fizikaviy hamda termodinamik xossaga ega bo‘lgan gomogen qismi faza (F) deyiladi.
Misol: chin eritmalar, gazlar aralashmasi (masalan - havo) bir fazani tashkil etadi.
To‘yingan eritmaning o‘zi birgina fazadan iborat, lekin uning ustidagi to`yingan bug` ham nazarga olinsa, albatta ikki fazalidir.
Eritma tagida cho‘kma (qattiq tuz) ham bo‘lsa, bu sistema uch fazali bo‘ladi
Аgar bir qattiq jism ikkinchi qattiq jismda eritilib bir jinsli aralashma hosil qilinsa, bu ham bir fazali bo‘ladi.
Demak, moddalar sistemani har xil agregat holatda (gaz, suyuq, qattiq) tashkil etishi mumkin. Shunga ko‘ra sistemalar bir fazali, ikki fazali, uch fazali va ko‘p fazali bo‘ladi.
Bu sistema to‘rt fazali sistema bo`lib, barcha fazalar suyuq holatda
Do'stlaringiz bilan baham: |