Fazliddin o‘taganov


jamiyatimizda ahillik, muravvat, mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik qaror topdi


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana27.10.2023
Hajmi80 Kb.
#1725914
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Punktuatsiya savol-javob

jamiyatimizda ahillik, muravvat, mehr-oqibat, tinchlik va osoyishtalik qaror topdi. 
Vergulning qoʻyilish sabablarini toping. 
J: kirish soʻz va uyushiq boʻlak sabab 
12. Vergul tinish belgisi sifatida G'arbiy Yevropada qaysi asrdan boshlab ishlatila boshlangan? 
J: XV asrdan boshlab 
13. – Uxlayin, bolam, men qari narsa yarim kechagacha o'tirolamanmi? 
Vergul nima sababdan ishlatilgan? 
J: Undalma bois 
14. Tasdiq, ta'kid, inkor va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi soʻzlardan soʻng vergul qoʻyilishidan xabardorsiz. Siz esa bunday 
soʻzlarga misollar keltiring. 
J: … rahmat, xo'sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi 
15. Sizlar, yosh-yalanglar, o'ynab-kulib ko'ngillarni yozinglar. Men orom olay... (A. Cho'lpon) 
Yuqorida berilgan gapda vergul nima uchun qoʻllangan? 
J: Ajratilgan boʻlak borligi uchun 
16. Do'sting mingta bo'lsa ham oz, dushmaning bitta bo'lsa ham kо'p. Yurgan – daryo, o'tirgan – boʻyra. 
Berilgan ikkita gapda vergulning ishlatilish sababini toping. 
J: Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida qoʻllangan. 
17. Ey, menga bir minutga qarab qoʻying. 
Bundagi vergul nechta sababga koʻra bu oʻringa qoʻyilgan va qanday sababga koʻra? 
J: 2 xil: undalma yoki his-hayajonsiz aytilgan undov soʻzdan soʻng 
18. Yo biz boraylik, yo siz keling. 
Yuqorida berilgan gapda vergul nima uchun qoʻllangan? 
J: Bog'langan qo'shma gapdagi sodda gaplar orasiga. 
19. «Inson qalbi javohirlardek toza, роk bo'lmog'i lozim», – deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy. 
Bu koʻchirma gap gapning ifoda maqsadiga koʻra qaysi turi boʻlganligi uchun undan soʻng vergul ishlatilgan? 
J: Darak, buyruq 
20. 
Qalay
, – dedi va sap-sariq qamishzorning u tomonida oqarishib turgan daryoni 
ko'rsatdi bahavo
 joylar ekanmi?
A. Qahhor 
Berilgan gapda necha turli tinish belgisi tushirib qoldirilgan va ular qaysilar? 
J: 3 xil: tirelar, vergul va qavslar 
21. Afandi bir kuni boyga: 
– Siz odam emassiz, eshak! – deb aytdi. 


Telegram kanalimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 
Ushbu dialogsifat gapda Afandi boyni haqoratladi. Boy esa uni qoziga berdi. Afandi nima deb jazodan qutildi? (Bunda tinish 
belgilarining oʻrni almashib qolishi kerak) 
J: Siz – odam, emassiz eshak 
22. Soʻroq belgisi qaysi tildagi qaysi soʻzdan kelib chiqqan va qay holda? 
J: lotincha questio – so'roq degani; Bu soʻzning bosh harfi (Q) oʻzgartirilib. 
23. Soʻroq o'zbekcha matnlarda qachondan uchraydi, muntazam ravishda-chi? 
J: 1885-yildanboshlab uchraydi. 1900-yildan so'ng muntazam ishlatila boshlangan. 
24. Navoiyning tilshunoslikka bag'ishlangan qanday asari bor? 
J: “Sab᾽atu abhur” 
25. Gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla qanday ma᾽no bildirsa, undan soʻng qoʻyilgan soʻroq “Toping” degan 
ma᾽noni bildiradi? 
J: So'z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo'lsa 
26. – Qayerdansiz? – so'radi kimdir Nazir otadan. Nazir ota aytdi: 
– O'zinglar-chi? 
Nazir otaning javobida nima uchun soʻroq qoʻyilgan? (Grammatik jihatdan javob bering) 
J: Soʻroq yuklamasi –chi qatnashgan . 
27. – Bir narmdek (?) yoy bila bir kiyikning qo'ltig'iga otdim. («Boburnoma») 
Qavs ichidagi tinish belgisi qanday mazmun uchun qoʻllanmoqda? 
J: “Toping” degan mazmunda. 
28. – Nimalarni ko'rdingiz? – dedi Charos jilmayib. 
– So'rilaringizning panjarasi chiroyli ekan. 
– Yana? 
– Oshxonangizdagi derazaning bir ko'zi sinibdi. 
– Yana? 
– Vodoprovodingiz muzlab qolibdi. 
– Uni eritdik... Yana? (O'. Hoshimov) 
Bu dialogda soʻroq nima sababdan qoʻllangan? 
J: So'roq gaplarning oxirida qoʻllangan. 
29. Vazifani bajarib bo'ldim
Yuqoridagi gapda nima qatnashgani uchun gap soʻnggida soʻroq qatnashgan? 
J: Ohang.
30. – Ana tuproq, mana tuproq! – deydi. – Bo'rsildoq tuproq, mag'izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq! (Tog'ay 
Murod) 
Gapda undov nega qoʻllangan? 
J: Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplar so'nggida 
31. ―Siz ham oyoqni ishlating! – deb buyurdi. Suv ostida о 'pqonlar kо 'р. Tortib ketmasin! (P. Qodirov) 
Bu oʻrinda undov nega qoʻyilganini qoida boʻyicha javob bering. 
J: Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma'nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi. 
32. Ha, yo 'q, xo'p, uzr, mayli, xayr, salom kabi …lar hayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng undov qo'yiladi. 
Nuqtalar oʻrnini toʻldiring. 
J: soʻz-gap 
33. Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan оʻt, mening qo'limni tut, belimni bog'la, muqaddas fotihangni ber! (A. Fitrat) 
… arsloni soʻzidan soʻng nega undov qoʻyilganini yozing. 
J: So'z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmadan 
so'ng qoʻyilgan. 
34. «Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga oid g'oyat qimmatli 
ma'lumotlarni uchratish mumkin. 
Berilgan gapda qaysi kelishikdagi soʻzdan soʻng undov belgisi qavs ichida berilishi kerak va bu ishora gapdagi qaysi soʻzdan 
soʻng tushirilgan? 
J: Joʻnalish kelishigidagi soʻz, yani tabobatga. 
35. Charos kafti bilan yuzini to'sgancha о'zini orqaga tashladi. 
– A-a-a!!! – dedi chinqirib. (0'. Hoshimov) 
– Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar. 
– Xanjarimiz qonsirag 'on! (A. Qodiriy) 
Dialogda uchta undov ketma-ket qoʻyilishining boisi nima? 
J: Aytilishi lozim bo'lgan fikr o'ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo'yiladi. 
36. Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog'insang, qanday baxt bu! (O'. Hoshimov) 
Bu oʻrinda undov nega qoʻyilgan? 
J: His-hayajon bilan aytilgan ritorik so'roq gapdan so'ng. 
37. Uyqudan ko'z ochinglar! Urununglar! Ilm-ma'rifat va hunar izlanglar! Vaqt yetdi, balki o'tdi() (A. Cho'lpon) 
Qavslar oʻrniga qanday tinish belgisi qoʻyilishi kerak? 
J: Koʻp nuqta 


Telegram kanalimiz: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 
38. – Iqrorsan, tonmaysan, o'bdon ish! – dedi zaharxanda qilib xon, – o'luvdan ham qaytmaysan() 
– Men sizdan marhamat so'rab kelgan emasman! – dedi Anvar iljayib. 
Qavslar oʻrniga qanday tinish belgi(lari)si qoʻyilishi kerak? 
J: soʻroq va undov 
39. Qavs o'zbek yozuvida … boshlab ishlatila boshlangan. 
Nuqtalar oʻrnini toʻldiring. 
J: XIX asrning oxirgi choragidan 
40. Qavs qachon va qaysi gazetada ishlatila boshlangan? 
J: «Turkiston viloyatining gazeti» da 1873-yilda ishlatilgan 
41. (Dilnavoz boshini ko'tarib) Oh... Ey ko'k tovushi, to'g'ri so'ylading! Dunyoda kuchsizlikdan yomonroq narsa yo'q. (A. 
Fitrat) 
Tagiga chizilgan gap nega qavs ichida berilmoqda? 
J: Chunki u remarka. 
42. O'zbekiston paxta ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi davlatlardan bin hisoblanib 
Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan 
keyin beshinchi o'rinda turadi
, eksport bo'yicha AQSHdan so'ng ikkinchi о'rinda turadi. 
Qavsi tushirilgan kiritma gapni pastga yozing. 
J: 
Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o'rinda turadi
43. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendiumga) 
qo'yiladi. 
Bu gapda referendiumga soʻzi nima uchun qavsga olingan? 
J: Izoh ma'nosidagi so'z vazifasini bajargani bois. 
44. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. 
Bu qoidaning misolini yozing. 
J: «Qutadg'u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»). Shuhrat (G'ulom Aminjonovich Olimov) 
45. Birjada yetkazib berish vaqti o'tib ketgan tayyor molni sotish va sotib olish 
forvord
bitimlari, bir qolipdagi mollarni sotish 
yoki sotib olish 
fyuchers
bitimlari hamda kelajakda sotib olish bo'yicha oldi-sotdi 
opsion
bitimlari tuziladi. 
Ushbu gapda izoh ma᾽nosidagi qaysi soʻzlar aslida qavsda berilgan? 
J: f
orvord, fyuchers, opsion 
46. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash fondi (Biznesfond)ni tashkil qilish haqida Prezident Farmoni 
(1995-yil 26-iyul) ni amalga oshirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. 
Tagiga chizilgan soʻzlar nega qavs ichida berilmoqda? 
J: Chunki ular kiritmalardir. 
47. Biz oltmish student dorulfununning adabiyot bo'limida besh yil (!) tahsil ko'rdik, lekin Alisher Navoiyni bilmasdan 
ketaverdik. (E. Vohidov)
Bu gapdagi qavsda undov qanday mazmunni bildirish uchun qoʻllangan? 
J: Matn ichida alohida ta'kidlangan, ajratib ko'rsatilgan so'zlardan keyin 
48. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn («lkki til muhokamasi») asarida fors-tojik va turkiy tillar bir-biriga 
solishtiriladi. 
Bu oʻrinda qavs nega qoʻllangan? 
J: Asarning ikkinchi varianti berilgani uchun. 
49. Mavlоnо (eshikka qarab). G'ulom Nabi! G'ulom Nabi!

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling