Fazoviy shakllar. Ko‘pyoqlar shu paytgacha asosan yassi, ya’ni bitta tekislikda yotadigan shakllarni (1-rasm) o‘rganib keldik. Lekin, quyi sinflarda fazoviy shakllar


Download 1.9 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#232702
Bog'liq
FAZOVIY SHAKLLAR Zarifa


FAZOVIY SHAKLLAR. KO‘PYOQLAR

Shu paytgacha asosan yassi, ya’ni bitta tekislikda yotadigan shakllarni (1-rasm) o‘rganib keldik. Lekin, quyi sinflarda fazoviy shakllar (jismlar) bilan ham tanishgansiz (2-rasm). Ularning yassi shakllardan farqi – ular to‘liqligicha bitta tekislikda yotmaydi. Fazoviy jismlar uch o‘lchamlidir.




2-rasmda tasvirlangan jismlarni quyidagi xususiyatiga ko'ra ikkita sinfga ajratish mumkin: b), f) va g) jismlarning chegarasi yassi bo'laklardan, ya'ni ko'pburchaklardan iborat. a), d) va e) jismlarning chegarasi esa unday emas.

Chegarasi yassi ko'pburchaklardan iborat fazoviy jism ko'pyoq deb ataladi.

Yassi ko'pburchaklarko'pyoqning yoqlari, ko'pburchaklarning uchlari ko'pyoqning uchlari, tomonlari esa ko'pyoqning qirralari deb ataladi (3-rasm).

Prizma deb ikki yog'i teng ko'pburchakdan, qolgan yoqlari esa to'rtburchakdan iborat ko'pyoqqa aytiladi (4-rasm). Teng yoqlar prizmaning asoslari, to'rtburchaklar esa uning yon yoqlari deb ataladi.

Asosining tomonlari soniga qarab prizmalar uchburchakli, to'rtburchakli va hokazo n-burchakli prizmalar deb yuritiladi.

Piramida deb bir yog'i ko'pburchakdan, qolgan yoqlari esa bitta uchga ega uchburchaklardan iborat ko'pyoqqa aytiladi. Ko'pburchak piramidaning asosi, uchburchaklar esa uning yon yoqlari deb ataladi.

5-rasmda uchburchakli piramida tasvirlangan.



Hamma fazoviy jismlarning chegarasi ko‘pburchak bo‘lavermaydi. Masalan, silindr (6-rasm) , konus (7-rasm) va shar (8-rasm) ning chegarasi yassi ko‘pburchak emas. Sharning sirti sferadan iborat (9-rasm).









Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling