Fe'l mayllari
Fe'llar qanday usullar bilan yasaladi?
Download 20.1 Kb.
|
Fel maylligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fel nisbatlan. Shaxs-son va zamoni. Xoslangan shakllari. Tuzilishigakoraturlari.
Fe'llar qanday usullar bilan yasaladi? Fe'l yasovchi qo'shimchalar qaysilar? Qanday fe'llar murakkab fe'llar hisoblanadi? Antaliy mashqlar Fe'llarni tahlil qilish tartibi l.Fe'lningo'timli, o'timsizligi, bo'lishli, bo'lishsizligi.
Fe'l nisbatlan. Shaxs-son va zamoni. Xoslangan shakllari. Tuzilishigako'raturlari. Tub va yasamaligi. Yasalish usuli. Gapdagivazifasi. Namuna: Qorong'i tushgandan keyin tor ko'chaning qoq o'rtasi ham bir oz oqardi. (A.Q.) Tushgandan - fe'l, o'timsiz, boiishli, aniq nisbat, III shaxs, birlik, o'tgan zamon, sifatdosh, sodda, tub, hoi. Mashq. Fe'llarni topib o'timli va o'timsiz, bo.'lishli va boiishsiz fe'llarni aniqlang. Ular kirgan joy-baland tepalikning yon bag'riga yo'yib kirilgan katta g'or bo'lib, ikki yonida yana ikkita kichikroq ungurlar ko'rinar edi. Yo'lakdan uskunalari, bosqon va sandon, uning tagida og'ir bolg'a va cho'kichlar, uzun temir qisqichlar, omburlar yotar, chap tomondagi g'orda qozon-tovoq, qumg'on, choydish, har xil obdastalar va boshqa ro*zg'or buyumlari terib qo'yilgan edi. Katta g'orning to'rida, po'stak yozilgan supada, boshiga chambarak qizil qalpoq kiygan, ko'pdan beri qaychi tegmagan soqoli ko'ksiga tushgan chol qo'y terisiga tikilgan keng po'stiniga o'ralib, chordona qurib o'tirardi.(O.Yo) 35- mashq. Ravishdosh, sifetdosh va harakat nomi shaklidagi fe'llarni topib, tahlil qiling? 1. Mirzo Ulug'bek kechasi tong otguncha mijja qoqmay ming xil rejalar tuzib chiqdi. (O.Yo.) 2. Choy ichib o'tirgan odamlarning dilida qandaydir og'ir o'y'ar bor edi.(S..A.)3. Bugun ham yomg'ir quyib turgandan odamlar ishga chiqishmadi. (S. A.) 4. Ular hovliga chiqqanda quyosh bulutlar orasiga kirib ketgan shamol izg'irinday achchiq bo'lib qolgan edi. (P.Q.) 5.Kishi o'zini gunohkor his qilsa, beg'am quvnayotganlarga havasi keladi. (P.Q.) 6. Jo'nab ketayotganida ko'nglim tinchimadi-yu, borib qaray dedim. (A.Q.) 36-mashq. Fe'llarni toping. Fe'l zamonlarini aniqlab, ma'no jihatidan turini ayting. 1. Lekin ko'p o'tmay yana qo'ng'iroq jarangladi, yana hamma eshiklar ochildi, yana atrof xushchaqchaq g'ala-g'ovurga to'ldi.(P.Q.) 2. Bu gaplarning o'zlariga ham aloqador ekanligini sezishdi-da, birpas jim borishdi.(P.Q.) 3. Qishloqdan chiqulguncha yana bir necha joy da to'xtaladi (A.Q.) 4. Oy tikkaga kelib qoldi.(A.Q.) 5. Batareyasi topilmaydi. Tugab qolsa olamdan bexabar qolamiz.(S.A.) 6. Ishlaydi, ishlab charchamaydi. (S.A.) 7. O'qtin-o'qtin uzoqda momaqaldiroqning qarsillagani eshitiladi, chaqmoq ko'rinadi. (O.) 8. Men ham ko'rganman, sayraganini ham eshitganman, -deyman jiddiy tusda. (O.) 37-mashq. Fe'llarni topib, shaxs va sonini aniqlang. 1. Qo'rqmang siz emas, boshqalarni aytamen. (O.Yo.) 2. Qo'rqma, bolam. Tezda qaytamen. (O.Yo.) 3. O'zing aytding-ku, o'g'lim, bulbul gul ochilganda kelarmish, deb. (0.) 4. Men ketayapman. Xavotir olmay o'tir. Kelganimdan keyin cho'lga birga chiqib ketasan. (S.A.) 5. Jannat xola eshik halqasini qanday tushirganini bilmaydi. (S.A.) 6. Yotig'i bilan gaplashish endi esingizga keldimi? 7. O'tiring, tezroq boraylik bo'lmasa. (P.Q.) To'g'ri aytasizjo'ra, endi qattiq o'tirmasam bo'lmaydi. (P.Q.) 8. - Rost, kun isib ketdi, yuring, parkka boramiz bo'lmasa.(P.Q.) 9. Ijozat bersangiz, ketamen. hazratim. (O.Yo.) 10. - Xo'sh, shuncha tentib yurib nima orttirganingni ko'rib turibman.(S.A.) 38-mashq. Yasama fe'llarni topib yasalish usullarini ayting. Fe'l yasovchi qo'shimchalarning tagiga chizing. 1. Zamona zo'rlariga yaqin bo'lgan Hamida yakkalanib, noqulay ahvolga tusha boshladi.(P.Q.) 2. Otabekning bu javobidan yolg'iz Akram hojigina emas balki, majlisning boshqa a'zolari ham ajablandilar. (A.Qod.) 3. Aziz bir oz ruhi yengillashganday bo'lib ishiga unnadi. (O'.U.) 4. Bog'-rog' qildi, yer-suv ko'paytirdi.(Ch.) 5. O'zimni oqlamayman.Mayli sen ham oqlama. (T.Mai.) 6.Kundan-kun imkoniyat doirasi toraymoqda.(A.Q.) 7. Huvillab qolgan uyda yolg'iz yashash qiyin.(S.A.) 8. Bobur ko'zlari miltirab nimadir demoqchi bo'ldi, ammo behad og'irlashib ketgan tilini qimirlatolmadi.(P.Q.) 9. Ular Mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida qal'a tashqarisida birdan karnay va nog'ora chalingani, yuzlab navkarlarning qichqiriqlari eshitildi.(P.Q.) 39-mashq. Fe'llami topib to'liq morfologik tahlil qiliiig. 1. Oldinda borayotgan suvorrylar darvishning ustiga ot soldirib, uni yo'ldan haydashga urinishdi.(O.Yo.) 2. Beruxsat kirgizmang deb buyurgan edilar, dedi-da, darvozani ochmadi: —Men hozir ichkariga kirib ruxsat so'rab chiqgayman.(P.Q.) 3. Boyag'iga qaraganda anchagina yengillanib ichkariga kirdi, harakatlari ham bir muncha o'zgargan edi.(A.Qod.)4. U shoir tabiat bo'Igani uchun ham salga ezilar, salga suyunar, salga qanotlanib, salga bo’shar edi, ayrimlar bir shiddat bilan oladigan ishni bu ba'zan rosa mijg'ovlanib, ming o'ylab, ikkilanib oxiri ko'ngliga o'tirishgandagina bir yoqlik qilardi.(0'.U.) 5.Kampir qizlarning kulishini eshitganidan keyin, mehmonlarning kimligini angladi.(Ch.) Download 20.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling