Felning zamon kategoriyasi. Felning shaxs -son kategoriyasi


Download 261.29 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi261.29 Kb.
#1446285
Bog'liq
FELNING ZAMON KATEGORIYASI . FELNING SHAXS -SON KATEGORIYASI

FELNING ZAMON KATEGORIYASI . FELNING SHAXS -SON KATEGORIYASI

  • FELNING ZAMON KATEGORIYASI . FELNING SHAXS -SON KATEGORIYASI

  • Ta’limiy: O`quvchilarga shaxs-son shakllari bo`yicha bilim berish.
  • Tarbiyaviy: O`quvchilarda tabiatga muhabbat uyg`otish.
  • Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish

Darsning maqsadi:
  • Dars turi: amaliy va nazariy
  •  

  • Dars uslubi: Aralash (suhbat, ma’ruza, savol-javob, bahs-munozara, musobaqa, )
  •  

  • Darsning jihozlanishi: tarqatma materiallar, slayd, darslik
  • Dars usuli: Yozma matnlar, chizmalar asosida

I. Tashkiliy qism:

I. Tashkiliy qism:

a) sinf ikki guruhga bo`lingan

b) salomlashish:

s) navbatchi hisoboti:

d) kun yangiliklari:

e) dars davomida o`quvchilar kartochkalar bilan baholanib boriladi

Dars shiori:


Ko`ngil maxzanining qulfi til,
Va ul maxzanning kalitin so`z bil.

II. Asosiy qism:

  • II. Asosiy qism:
  • 1. O`tgan mavzuni so`rash:
  • Bunda o`quvchilardan fe’l mavzusi bo`yicha o`tilganlar yuzasidan quyidagi atamalarni izohlab beradilar:
  • 1-guruh 2-guruh
  • Nisbat Sifatdosh

    Harakat nomi Ko`makchi fe’l

    Qo`shma fe’l O`tgan zamon

    Hozirgi zamon Xabar mayli

    Buyruq-istak mayli Shart mayli

O`tilgana mavzularni mustahkamlash uchun quyidagi fe’llarni qo`shimchalarga ajratib izohlaydilar:

  • O`tilgana mavzularni mustahkamlash uchun quyidagi fe’llarni qo`shimchalarga ajratib izohlaydilar:
  • 1-guruh 2-guruh
  • eslattiraman gapirgansan

    yashayapman sochgandim

    bilmay qolasan o`yladim

    o`ynayapman yugurib-yelardi

    kelayotir o`qib chiqyapman

Yangi mavzu bayoni:

  • Yangi mavzu bayoni:
  • Tuslovchi qo`shimchalar 2 xil shaklda bo`ladi: -m, -ng, -k,
  • -ingiz shakli va –man, -san, -miz, -siz shakli.

  • -sa va –di shakllari -m, -ng, -k, -ingiz qo`shimchalari bilan tuslanadi.
  • Birlik Ko`plik

    I shaxs: bordim, borsam bordik, borsak

    II shaxs: bording, borsang bordingiz, borsangiz

    III shaxs: bordi, borsa bordilar, borsalar

  • -ib, -gan, -ar, -yap, -moqchi,-yotib, -yotir kabi shakllar
  • –man, san, -miz, -siz shakli bilan tuslanadi.

    Birlik Ko`plik

    I shaxs: boribman boribmiz

    II shaxs: boribsan boribsiz

    III shaxs: boribdi boribdilar

Ushbu shaklda fe’l tuslang:

  • Birlik sonda Ko‘plik sonda
  • I sh. fe’l + zamon + man, + m fe’l + zamon + miz,+k
  • II sh. fe’l + zamon + san, + ng fe’l + zamon + siz,+ ngiz
  • III sh. fe’l + zamon + ti, - fe’l + zamon + ti,+ lar

Mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar bajaramiz.

Mashqlarni “Gul” o`yini tarzida bajaramiz: 247-mashq.

  • Berilgan fe’llarga shaxs-son shakllari qaysi vaqtda –m, -ng shaklida, qaysi vaqtda –man, -san shaklida qo`shilishini tushuntiradilar

248-mashq.

  • Fe’l asoslariga qavs ichidagi shaxs-son qo`shimchalaridan mosini qo`yib ko`chiring va ularni izohlang.

249-mashq.

  • Fe’llarni tarkibiy qismlarga ajrating. Shaxs-son qo`shimchalarining asosga qo`shilishiga diqqat qiling.
  • Yur+ing+lar

Mavzuni mustahkamlash:

1. Shaxs-son qo`shimchalari deb nimaga aytiladi?

2. I va II shaxsni bildiruvchi shaxs-son qo`shimchalari qaysilar?

3. III shaxsda shaxs-son qo`shimchalari qanday ifodalanadi?

4. Shaxs-son qo`shimchalari fe’llarga qanday shakllarda qo`shiladi?

Uyga vazifa:

  • 250-mashq. “Men kamtarman” degan odamni kamtar ekan deb o`ylamang. (Asqad Muxtor) Shu mavzuda hikoya tuzing. Fe’llardagi shaxs-son qo`shimchalarini izohlang.

Download 261.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling