Ferdinand de sossyurning lingvistik nazariyasi. Tilshunoslikda strukturalizm


Download 152.04 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi152.04 Kb.
#1127947
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-seminar topshiriqlari Umarova Charos

2-TOPSHIRIQ:
TEZKOR SO’ROV


1. Kopengagen strukturalizm maktabi - Kopengagen strukturalizmi XX asrda - 30 yillarning boshlarida Daniyada tashkil topdi. Tilshunoslikdagi bu yo`nalish glossematikadeb ham ataladi.
2. Praga strukturalizm maktabi - Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926 yilda Chexoslavakiyadagi Praga lingvistik to'garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929 yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib, o'z qarashlarini 10 yil mobaynida muntazam nashr qilingan “Praga lingvistik to'garagining asarlari”da ifoda qilingan.
3. Amerika strukturalizm maktabi - Ushbu lingvistik maktab Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942) ilmiy qarashlari asosida 1933-1957 yillarda AQShda vujudga keldi.
4. Sharl Balli kim? F.de Sosyurning shogirdi.
Umumiy tilshunoslik kursi” asarni Sossyur vafotidan keyin 1916 yilda uning shogirdlari Sharl Balli va Albert Setselar o‘z konspektlari asosida chop ettirishgan.
5. Struktural lingvistika qachon paydo bo’lgan?
XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi.
6. “Umumiy grammatika prinsiplari” asari qachon paydo bo’lgan?
1928-yilda L. Yelmslev
7. Kopengagen strukturalizmi maktabi vakillarini sanab bering
Lui Yelmslev, V.Bryondal, X. Uldal, L.Elmslev
8. Distributsiya nima? Muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir. Distributsiya lisoniy birliklarning nutqda qo‘llanish, joylashish o‘rni, boshqa unsurlar bilan birika olish qobiliyati, ya’ni potensialdagi qurshovi bo‘lib, uning morfologik, leksik-semantik, sintaktik turlari bor.

TUSHUNCHALAR TAHLILI METODI

3-TOPSHIRIQ: GLOSSARIYNI TO`LDIRING:





TUSHUNCHALAR, ATAMALAR

TUSHUNCHA QANDAY MA’NONI ANGLATADI??

Paradigmatik

Paradigmatik munosabatlarda belgilar boshqa belgilar bilan birlashganda ma'noga ega bo'ladi.

Sintagmatik

Til birliklarining yotiq chiziq bo‘yicha birin-ketin o‘zaro bog‘lanib munosabat hosil qilishidir.

Aksioma

Ayonligi sababli isbotsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr.

Sinxron

Tilni har qanday vaqtda, odatda hozirgi vaqtda o'rganishdir.

Diaxron

Tillni tarixning turli davrlari orqali o'rganishni anglatadi. ( Faqat tarixi)

Deskriptiv

matnni eng ixcham va tugal ifoda qilishni talab qiladigan tasvirlash

Distributsiya

bu ma`lum til birligi qo`llanishi mumkin bo`lgan va qo`llanishi mumkin bo`lmagan doiralar (kontekstlar) yig`indisidir

h) Glossematika

Glossematiklarda til sinxron - hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi.

i) Uzus

Til uzusi muayyan ijtimoiy jamoada qabul qilingan va kuzatilayotgan voqelikdagi faktlar bilan aniqlanuvchi malakalarning jamidir.

j) Strukturalizm

Tilni ishoralar (belgilar) sistemasi sifatida o`rganadi.Hozirgi davrda strukturalizmning asosiy maktablari uchta bo`lib, ular Praga strukturalizmi, Amerika strukturalizmi va Kopengagen strukturalizmi nomi bilan ataladi.




Download 152.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling