Ferma 4-fasl


Download 409.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana16.04.2020
Hajmi409.05 Kb.
#99705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FERMA 4


Lord Lyuvisning shtabi 
Har doimgiday klassik musiqa eshitib, dam olib o'tirgan Lord 
Lyuvisning eshigini taqillatib, bezovta ahvolda "4488" raqamli vampir 
Albert kirib keldi. 
–Milord,-tiz cho'kdi Albert,-Huzuringizga bir qochoq vampir kirishni 
istayapti... 
–Qachondan beri "qochoq vampir" degan atama paydo bo'lib qoldi? 
Keyin uning menda nima ishi bor ekan? 
–Juda ham muhim! Eshitib biroz dahshatga tushdim, milord. 
–Yaxshi, kirishi mumkin. 
 
Albert eshikni ochib, ichkariga egniga qora plash kiyib olgan, ko'zlari 
qizil va oppoq yuzli vampir yigitni kirgazdi. U Lyuvisga ta'zim qilib, 
gap boshladi: 
–Milord, mening ismim Mikael. Men Nimmerlandga yaqin bo'lgan 
shtablardan birida yashardim. U yerni Anabella ismli vampir 
boshqarardi... 
–Anabella? Uni taniyman. Ammo ko'rishmaganimizga ancha yillar 
bo'lib ketdi. 
–Sizning fermangizdan 15 nafar bola hamda Piter Minervaga 
shogirdlikka olingan xodim qochib ketgan ekan. Shu rostmi? 
 

Lyuvisning yuziga jiddiy qiyofa kirib, orkestrga bas qilish ishorasini 
berdi. 
–Xo'sh? 
–Biz o'sha bolalarni tutib oldik... 
–Rostdanmi? Hozir ular qayerda?-Lyuvis darhol o'rnidan turdi. 
–Ular Anabella xonimga sizning shtabingiz xaritasini chizib berib, bir 
nechta sirlarni aytib berishdi. Evaziga esa Anabella ularni qo'yib 
yubordi. 
–Nima?!-Lyuvis g'azab va dahshat ichida baqirib, Mikaelning yonida 
paydo bo'lib qoldi. Keyin esa uni bo'g'ib, tepaga ko'tardi. 
–Bu gaplarim yolg'on deb ayt! Hoziroq! 
–Milord...ammo bu rost... 
–Hoziroq yolg'on deb ayt! 
–Agar chora ko'rmasak...Anabella shtabingizni butunlay egallab oladi... 
 
Lyuvis qaltirayotgan qo'llari bilan Mikaelni yerga uloqtirib, ortiga 
o'girildi. 
–Yaramas Emma...sen boshimga bigan balo bo'lding! Albert, hoziroq 
menga Piter Minerva hamda shtab buvisini boshlab kel! Sen esa 
Mikael...senga ishonishim mumkinligini qanday isbotlay olasan? 
–Men shu paytgacha Anabellaning boshqaruviga qarshi chiqib 
kelganman. Ammo so'nggi kunlarda mening tarafdorlarim ham mendan 
butunlay yuz o'girib, Anabella tomonga o'tib ketishdi. Yagona 
maqsadlari esa sizning shtabingizdan olinadigan boylik. Milord, men bu 
yerga yaxshi niyat bilan keldim. Menga ishonish yoki ishonmaslik 
sizning qaroringiz... 
 
 
 

* * * 
«YSM» 
Janob Rozvald bilan bo'lib o'tgan uchrashuv tugagach, William hech 
narsa demay, bolalarni yana ular uchun vaqtinchalikka ajratib berilgan 
xonaga tashlab ketdi. U chiqib ketgach esa, Mayk, Rey, Don, Luna va 
Roza darhol uni savolga tuta boshladi: 
–Nega bunday qilding?!-asabiylasha boshladi Mayk,-Axir Anabellaning 
shtabiga ketib qolishimiz ham mumkin edi-ku! Bu yerda qolishdan nima 
foyda? 
–Hali ham tushunmadingmi?-so'radi Rey,-Emma o'sha Rozvald 
deganlarining aybini isbotlovchi dalil topmoqchi. 
–To'ppa-to'g'ri,-tasdiqladi Emma,-Dalilni hammaga ko'rsatib, uni albatta 
fosh qilamiz. "YSM" ga esa William Minerva prezident bo'lib qoladi. 
–Endi tushundim!-jonlanib ketdi Mayk,-Shuning uchun ham aynan 
William Minerva bilan yashashimizni istading, shundaymi? 
–Ha. Biz uni albatta o'zgartiramiz. U biz tarafda bo'ladi. Bu uchun esa 
shunchaki vaqt kerak, xolos. "YSM" albatta vampirlarga qarshi urushni 
boshlaydi... 
 
 
3-QISM 
JURNALIST MARTA 
 
Emma "YSM" prezidenti bilan kelishib, William Minervaning uyida 
yashashga qaror qilganidan beri oradan 8 oy o'tib ketdi. O'tgan oylar 
davomida bolalar shaharga ham, undagi odamlarga ham, yangi hayotga 
ham ancha ko'nikib qolishdi. Ammo bu degani ular ferma va vampirlarni 
unutdi deganimas. Hali ularning oldida juda katta rejalar va ishlar 
turibdi. 
 

–Reymond Minerva, shundaymi?-so'radi William Minervaning uyiga 
ruxsatsiz kirib kelgan jurnalist ayol. Umuman olganda, bunday 
jurnalistlar William bolalarni asrab olgandan beri kelishadi. Ular 
beradigan savollarning mazmuni esa deyarli bir xil: Bolalar qayerdan 
paydo bo'lib qolishdi? William nega ularni asrab oldi? Shaharda bitta 
ham yetimxona yo'q, William bolalarni qayerdan topib kelgan? U 
bolalarni ancha yillardan beri yashirib kelganmi? Axir "YSM" da "Bitta 
oila uchun bir nafar bola" siyosati qo'llanilib kelinadi-ku? Oilada bir 
nafardan ziyod bola boqish mumkin emas. Nega William Minerva 
"YSM" qonun-qoidalarini buzyapti? Bunga prezident Rozvald qanday 
qarayapti?... 
 
Barcha savollar mana shunday bir-biridan jirkanch. Bu shaharda hamma 
bir-birini yomon ko'radi. Hamma xudbinlashib ketgan. 
–Ha, Reymond Minervaman!-javob berdi Rey asabiy ohangda,-Agar 
sizlar ham janob William bizni qanday boqib olgani haqida so'ragani 
kelgan bo'lsangiz, hoziroq tuyog'ingizni shiqillating. 
–Bu qo'pollikni qanday tushunish mumkin?-so'radi jurnalist ayol,-Bosh 
vazirning o'g'liman deb o'zidan ketishmi bu? Yoki o'ta darajadagi 
kiborlikmi? 
–Iltimos, uyimizdan chiqib keting!-dedi eshik tagida turgan Emma,-
Agar dadamiz kelib qolsa, yana jahli chiqadi. Bu yerga ruxsatsiz 
kirdinglar. 
–O, menimcha siz Emma Minervasiz, shundaymi? Balki siz bilan savol-
javob o'tkazganim ma'qulroqdir? 
–Uning gapini eshitmadingizmi?-baqirdi Mayk,-Hoziroq chiqib keting! 
Bu yerga ruxsatsiz bostirib kirishga nima haqqingiz bor? 
–Jurnalistlarning hamma narsaga haqqi bor, azizim. Keling, tanishib 
qo'yamiz. Mening ismim Marta Gudmen. Siz uchun oddiygina Marta. 
"YSM" dagi eng mashhur va tajribali jurnalist. 
–Kimligingizga tupirdim,-dedi Rey,-Hoziroq chiqib ketmasangiz, 
dadamni chaqiramiz! Keyin sizga qonuniy jazo ko'riladi. 

–Yo'q Rey. Shart emas,-ichkaridan qo'liga simsiz, tugmachalari ko'p, 
xuddi g'ishta o'xshaydigan katta uy telefoni ko'tarib olgan Roza chiqib 
keldi-da, bolalarga yuzlandi,-Dadamizni jurnalistlar darvozadan kirib 
kelishgan paytdayoq ogohlantirganman. U hozir politsiya bilan birga 
yetib keladi. 
–Bu bilan meni qo'rqib ketdi deb o'ylaysizmi, xonimcha?-so'radi Marta. 
–Yo'q-yo'q, menda umuman bunday niyat yo'q,-Roza qo'llarini tepaga 
ko'tarib jilmayib qo'ydi,-Sizni qancha ko'p ushlab tursak, bizga shuncha 
yaxshi. Dadamiz hozirgina prezident Rozvalddan uyimizga bostirib 
kirgan jurnalistlarni xohlagancha jazolash huquqini olibdi. Rey, ozroq 
chidab tursang, mashhur jurnalistimizni o'zing jazolaysan. Ungacha 
kelinglar, issiq choy damladim. Birgalikda pishiriq yeb, mazza qilib gap 
sotamiz. 
–Sizlar...sizlar meni qo'rqitmoqchimisiz? William Minerva bosh vazir 
bo'lsada, birovning hayoti bilan o'ynashishga haqqi yo'q! 
–Axir siz o'ynashyapsiz-ku?-Roza yana jilmaygancha javob berdi,-Sizga 
mumkin, bizga mumkin emasmi? 
–Men...men faqat adolat qaror topishini istayman! 
–Istasangiz shu yerda qoling. Hozir bir necha daqiqalardan so'ng adolat 
o'z-o'zidan qaror topadi. Ammo jazolanuvchi kim bo'larkin? Bizmi, yoki 
siz? 
–Men buni shunday qoldirmayman!-Marta jahl bilan o'rnidan turdi,-Hali 
ko'rasiz, barchangizni fosh qilaman! "YSM" qonunlarini nafaqat siz va 
William Minerva, balki prezident Rozvaldning o'zi ham buzyapti! 
Prezident ham qonun oldida javob beradi! 
 
Marta gapini tugatgach, Roza qo'lidagi uy telefonining qizil tugmasini 
bosdi. Shu zahoti telefondan Martaning tovushi eshitildi: 
 "YSM" qonunlarini nafaqat siz va William Minerva, balki prezident 
Rozvaldning o'zi ham buzyapti! Prezident ham qonun oldida javob 
beradi!" 
 

–Yangi Sivilizatsiya Markazi qonunlar to'plamining 7-moddasi,-eslatdi 
Mayk,-Hech qachon prezident va uning siyosatiga ta'na toshlari 
otilmasligi kerak. Agar ushbu tanqidlar qup-quruq tuhmat bo'lib chiqsa, 
ularni aytgan odam o'limga hukm qilinadi. 
 
Martaning yuzidagi qahr birdaniga g'oyib bo'lib, asta jilmayishga urindi 
va titroq ovozda eshik tomonga qarab ketdi: 
–Bolalar...keling yaxshi gaplashib olamiz, xuddi do'stlardek. Ko'rib 
turibman, ancha aqlli va dono bolalar ekansiz...qoidalarni ham 
yodlabsiz...kelinglar, hammasini unutamiz. Men bu yerdan ketaman, 
sizlar esa bu yozuvni o'chirib tashlaysiz. Maylimi? 
–U holda hoziroq daf bo'ling,-dedi Emma eshikni ko'rsatib. Marta 
yuzidan oqayotgan terni artib tashladi-da, hech narsa demay chiqib 
ketdi. U ketishi bilan barcha bolalar g'olibona ohangda kula boshlashdi. 
–Barakalla, Roza!-Emma Rozaning yoniga borib, yelkasini qoqib qo'ydi. 
–Qoyil, borgan sari bizga o'xshab boryapsan,-dedi Rey,-Faqat taltayib 
ketma. 
–Diqqat, diqqat! Tinchlaning!-Mayk baland ovozda nutq boshladi,-Tom 
va Leny, yana qachongacha chaynalib turmoqchisiz? Menda muhim 
e'lon bor. 
–Kechirasiz...-Tom ham Leny ham birdaniga javob berdi. 
–Demak boshladik. Biz "YSM" da yashay boshlaganimizga ham 8 
oydan oshibdi. Ammo bu biz fermadagi oilamizni va hayotimizni unutib 
yubordik degani emas. 
–Maqsadga o't,-aralashdi Rey. 
–Xullas ertaga 6-noyabr. Tasavvur qilyapsizmi? Emmaning tug'ilgan 
kuni! 
 
Emma tug'ilgan kuni haqida unutib ham yuborgandi. Chunki u tug'ilgan 
kunini yomon ko'radi. Aynan tug'ilgan kunida Maykni olib ketishgan. 

O'sha kuni Mayk o'ldi deb o'ylab rosa yig'lagan va 6-noyabrni 
la'natlagan. 
 
–Men...menga tug'ilgan kun marosimi kerak emas. Axir o'zingiz ham 
bilasiz, xuddi shu kuni bir yil avval Maykning o'limiga aza tutganman. 
–Ammo u kunlar o'tmishda qoldi,-dedi Mayk,-Tasavvur qilyapsizmi, bir 
yil avval xuddi shu kuni fermadan qochish uchun reja tuzib yurgandik. 
Endi hozirgi ahvolimizga qarang. Biz uddaladik! Bu hali hammasi emas. 
Hali qolgan do'stlarimizni ham shu yerga olib kelamiz va kelgusi yildagi 
tug'ilgan kunni albatta bir oila bo'lib kutib olamiz. 
–U holda tezroq harakatni boshlash kerak,-dedi Rey,-Yana qachongacha 
bayram qilib yashab yurmoqchisiz? Menimcha vaqti keldi deb 
o'ylayman. 
–Buning rejasini hozirgina o'ylab topdim,-dedi Mayk,-Biz hozirgi 
usuldan foydalanamiz. 
–Bu bilan nima demoqchisan? 
–Prezident Rozvaldning jahlini uning o'ziga qarshi ishlatamiz. Uni 
shunday ahvolga keltirib qo'yish kerak-ki, ichidagi bor haqiqatni o'z 
og'zi bilan aytib qo'ysin. Jahl ustida barcha aybini tan olsin. Ammo o'sha 
payt uning ovozi yozib olinayotganini bilmasligi kerak. 
–Bu oson ish emas,-dedi Emma,-Mana oradan 8 oy o'tgan bo'lsa hamki, 
haligacha uni jahldor holatini ko'rmadim. U doim boshqalar bilan 
muloyim gaplashadi. O'zini oliyjanob inson qilib ko'rsatishni juda ham 
zo'r eplaydi. Uning bu soxta oliyjanobligidan aksincha bizning jahlimiz 
chiqishi mumkin, uniki emas. 
–Bu haqida yana batafsil reja tuzib olamiz. Hozir esa oldimizda turgan 
navbatdagi vazifa Emmaning tug'ilgan kunini nishonlash. Bayram 
qilamiz! 
Emmaning tug'ilgan kuniga ko'rilayotgan tayyorgarlik avj ola boshlagan 
payt hammaning e'tiborini chalg'itib, qo'liga har doim olib yuradigan to'q 
jigarrang yaltiroq hassasini ko'tarib olgan William Minerva kirib keldi. 

Unga ham allaqachon Emmaning tug'ilgan kuni haqidagi xabar yetkazib 
bo'lingan ekan. Aniqrog'i Mayk aytib bergan. 
–Hammaga salom,-dedi shlyapasini yechib, kiyim ilgichga ilib qo'ygan 
William. 
–Salom dadajon!-hamma bir ovozda javob berdi. 
–Ertaga qanday kunligini juda yaxshi bilaman. Emma opangizning 
tug'ilgan kuni, shundaymi? 
–Dada...men tug'ilgan kunimni nishonlamoqchi emasman. Chunki bir yil 
avval xuddi shu kuni fermada nima bo'lganini juda yaxshi bilasiz. 
–Yana qachongacha bu haqida eslab yurmoqchisan, Emma? Senga 
necha marta aytdim, ferma haqida ham, shtab haqida ham unut! 
Prezident Rozvaldga bergan va'dang esingdan chiqmasligi kerak. 
–Rozvaldning o'zi jinoyatchi ekanligini siz ham biz ham yaxshi bilamiz. 
Uni yo'qotib, siz o'zingiz "YSM" prezidenti bo'lishingiz kerak. Keyin 
esa 30 yil bajara olmagan ishingizni amalga oshirish imkoniyatiga ega 
bo'lasiz. Vampirlardan barchamiz birgalikda qasos olamiz. Oilamizni 
qutqaramiz. Hozir sizning qo'lingizda butun insoniyat kelajagi turibdi. 
Biz o'z yurishimizni bajardik, dada. Agar tug'ilgan kunimga sovg'a 
bermoqchi bo'lsangiz, bizga Rozvaldni fosh qilishda yordamlashing. 
–Rozvaldni fosh qildik ham deylik, men ham prezident bo'ldim deb 
hisoblab turamiz. Xo'sh, keyin-chi? Keyin nima qilamiz? Vampirlarni 
yo'q qiluvchi qurol hali kashf qilinmagan. Kumush nayza va qilichlar 
bilan esa oddiy odam vampirga qarshi jang qilolmaydi. 
–Dada, axir o'zingiz ham bilasiz-ku! Yovvoyi sarimsoq kuli olib 
kelinsa... 
–Agar buning imkoni bo'lganida, "YSM" olimlari allaqachon o'ylab 
topishgan bo'lardi. Bo'ldi Emma, jahlimni chiqarma. Undan ko'ra 
tug'ilgan kuningga boshqa biror foydaliroq narsa so'ra. 
–O'sha olimlaringiz ham Rozvaldga bo'ysinmasligiga kim kafolat 
beradi?-so'radi Rey,-Aqlingizni ishlating, janob Minerva. Rozvald 
vampirlar bilan hamtovoq! Nafaqat u, balki undan oldingi prezidentlar 
ham shunday qilib kelishgan. Xuddi shtabdagi buvi va onalarga o'xshab, 

"YSM" prezidentlari ham o'ziga voris tayyorlaydi. O'ziga o'xshagan 
xudbin va ochofat voris. 
–Bu hali hammasi emas,-dedi Mayk,-Men bir hafta avval "YSM" tarixi 
kitobini o'qib chiqdim. Har safar prezidentlikka qo'yilgan nomzodlar 
saylov kunidan bir necha kun avval sirli tarzda o'ldirilgan. Ba'zilari esa 
o'z ixtiyori bilan lavozimidan voz kechgan. Rozvald bilan bo'lgan 
saylovda ham shu holat takrorlangan. U bilan birga qo'yilgan 3 ta 
nomzoddan biri o'ldirilgan, yana biri o'z ixtiyori bilan voz kechgan. 
Oxirgisini esa jamiyatda unchalik faol bo'lmagani uchun saylashmagan. 
Bu fitna! "YSM" ning yovvoyi va vaxshiyona siyosati. Siz ham buni 
juda yaxshi bilib turibsiz, ammo tan olishga va kurashishga qo'rqyapsiz. 
Dada, qo'rqoqlik qilmang. Hammasini to'xtatish vaqti kelmadimi? 
 
William hech narsa demay o'rnidan turdi. Keyin esa oshxona tomonga 
qarab ketdi. Bolalarning gapini ataylab javobsiz qoldirdi... 
 
–Mayli, u shunday o'z qobig'iga o'ralib yuraversin,-dedi Emma,-
Kelinglar yaxshisi Rozvaldni qanday fosh qilish haqida kelishib olamiz. 
–Balki Rozvald chindan ham aybdor emasdir?-so'radi Luna,-Balki 
adashayotgandirmiz? Agar u chindan ham jinoyatchi bo'lganida, bizni 
yo'q qilgan bo'lmasmidi? Axir biz uning sirini bilamiz-ku. 
–Gap faqat bundamas,-javob berdi Mayk,-Agar u birinchi hujumga o'tsa, 
chindan ham jinoyatchi ekanligini tan olgan bo'ladi. Unda esa bunday 
niyat yo'q. O'zini oliyjanob qilib ko'rsatish bilan ovora. Agar biz ilk 
zarbani bermasak, u ham indamaydi. 
 
Emma jilmayib o'rnidan turdi va stol ustida turgan pishiriqdan tishladi: 
–U holda zarba beriladi!... 
 
 
Lord Lyuvisning shtabi 

Atrofi vampirlar bilan qo'riqlanadigan ulkan, qorong'i, hashamatli va 
qo'rqinchli bo'lgan, ichkariga faqat katta temir darvoza orqali kirish 
mumkin bo'lgan shtab omborxonasiga yuzlab miltiqlar tartib bilan, 
ohista terib qo'yilgan. Ana shu miltiqlarni birma bir ko'zdan kechirib 
chiqayotgan Lord Lyuvis yonida turgan Mikael, Albert va Elizabet 
buviga qarab, birma-bir buyruq berib chiqdi: 
–Albert, omborxonaga hech kim hech qachon kira olmasligini 
ta'minlaysan. Tushunarlimi? 
–Ha, milord. O'z jonimni o'rtaga qo'yib bo'lsada, omborxonaga hech 
kimni kirgazmayman. 
–Mikael, sen "B32" ga, Piter Minervaning yoniga borib, yana ham 
ko'proq qurol yasashini buyurasan va Anabellaning shtabi xaritasini 
yana ham to'liq va nuqsonsiz tuzib berasan. 
–Ho'p bo'ladi, milord. 
–Elizabet, sen esa shtabdagi onalarni oddiy miltiq bilan shug'ullantir. 
Nafaqat vampirlar, balki ular ham shtabimizni himoya qilishi kerak. Biz 
jangga to'liq tayyorlanib olishimiz shart! 
–Buyrug'ingiz bajariladi, milord. Barcha onalarni harbiy tayyorgarlikka 
jamlayman. 
–Yaxshi...-Lyuvis chuqur nafas olib, qo'llarini qarsillatib qo'ydi,-Albert 
va Mikael, hoziroq buyruqni bajarish uchun jo'nang. Men esa Elizabet 
bilan yolg'iz gaplashib olmoqchiman. 
 
Albert va Mikael ta'zim qilib, omborxonadan chiqib ketishdi. Ular g'oyib 
bo'lishi bilan Lyuvis qip-qizil va dahshatli ko'zlari bilan qo'rquv ichida 
dag'-dag' titrab, miltiqlar joylangan javonga suyanib qolgan Elizabetning 
yuziga tikildi. 
–Xo'sh, Elizabet xonim...menimcha sizga buvi bo'lishingizdan avval bir 
nechta buzib bo'lmaydigan qoidalar haqida tushuntirib bergandim, 
shekilli? 
–Ha, milord...biror muammo tug'ildimi? 

Lyuvis hech narsa demay, shiddat bilan Elizabetni javonga tirab, qattiq 
bo'g'ib oldi. Uning qo'lidan o'sib chiqqan uzun tirnoqlari Elizabetning 
bo'yniga botib, u yerdan qon oqib ketdi. 
–Senga shtab arxiviga umuman yaqinlashmaysan demaganmidim? Javob 
ber, 1041! 
–Ha milord...kechiring...hammasini tushuntirib beraman... 
–Nimani xohlaysan, Elizabet? Senga nima yetmayapti o'zi? Axir seni 
buvi lavozimiga ko'tardim-ku! Senga yana nima kam?! Yoki sen ham 
1418 ga o'xshab o'lib ketishni istab qoldingmi? Agar xohlasang, buni 
hoziroq bajaraman! 
–Yo'q milord...iltimos kechiring!-Elizabet borgan sari so'nib borayotgan 
ovozi bilan yalina boshladi,-Boshqa qaytarilmaydi! So'z beraman... 
–Qaytarilib ham ko'rsin-chi, barmoqlaringni bitta-bitta sug'urib olaman!-
Lyuvis Elizabetni yerga uloqtirdi. Keyin esa tirnog'idagi qonni yalab, 
omborxona eshigi tomonga yo'l oldi: 
–Bu so'nggi imkon, 1041. Boshqa bunday xatolar bo'lmaydi degan 
umiddaman... 
 
 
«YSM» 
Bolalar bilan o'tgan omadsiz suhbatdan so'ng jurnalist Marta o'z 
barmoqlarini o'zi uqalab, ularni qanday mahv etish rejasini tuzib 
o'tiribdi. 
–Shunday maqola yozishim kerak-ki, bu orqali William Minervaning 
ham, u asrab olgan notavon bolalarning ham sharmandasi chiqsin. 
Ularga barcha bir oyoqdan bosh ko'tarib, o'limga hukm qilinishini 
so'rashsin. Meni tahqirlaganlari uchun javob berishadi! 
Ammo...ammo ular o'sha yozuvni o'chirib yubormagan bo'lishsa-chi? 
Yo'q! Nima bo'lsa bo'ldi! Jurnalistga o'lim yo'q. Ularning barchasini fosh 
qilaman!... 
 

Marta qo'liga harf teradigan mashinasini ushlab olib, "YSM" bosh vaziri 
William Minerva va uning noqonuniy bolalari haqida tuhmat va 
bo'xtonlarga to'la maqola yoza boshladi... 
 
4-QISM 
TUG'ILGAN KUN 
 
Mana nihoyat uzoq kutilgan 6-noyabr ham kirib keldi. Kara Emmaning 
oyog'ini sindirib, Maykni vampirlarga jo'natib yuborgan va Acaciani 
o'ldirgan dahshatli kundan beri yana 365 kun o'tib ketdi. Mana shu 
o'tgan yillar davomida Emma butunlay o'zgardi. U ulg'aydi. Doimo 
oilasini o'ylaydigan, ularni hech kim va hech narsaga alishmaydigan 
kuchli va jasur qizga aylandi. U endi hech narsadan qo'rqmaydi. Uning 
eng katta orzusi esa oilasini fermadan qutqarib kelish. 
Ertalabdan barcha bolalar Emmani birma bir tabriklab chiqishdi. Unga 
har xil bir biridan chiroyli sovg'alar-u, shirinliklar ulashishdi. Bu ham bir 
baxt! Emma o'zi bilan olib keta olgan bolalar hozir u bilan baxtli hayot 
kechirishyapti. Shu sabab ham qolgan bolalarni ham qutqarishlari shart. 
Qolgan bolalar bu baxtdan mosuvo bo'lmasliklari kerak. 
–Hammamiz bir dasturxon atrofiga yig'ilgan ekanmiz, Emmani birinchi 
o'zim tabriklamoqchiman,-dedi o'rnidan turib olgan Mayk. U qo'liga 
muzdek olma sharbati to'ldirilgan stakanni ushlab olgancha, nutq 
so'zladi: 
–Bundan bir yil-u, 2 oy avval biz Emma bilan yetimxona qoidasini 
buzib, oyimizning ruxsatisiz darvoza yoniga bordik. Albatta Reyning 
aldovi sharofati bilan. U yerda nima bo'lgani hammaga ma'lum, 
ishtahangizni buzishni istamayman. O'sha dahshatli manzaraning guvohi 
bo'lgan paytimiz men ham, Emma ham yig'lab yubordik. Keyin esa u 
yerdan qochib ketdik. Men o'z hayotimdan, o'z jonimdan ajralib 
qolishdan qo'rqib yig'lagandim. O'lib ketishni xohlamagandim. Emma 
esa bunday qilmadi. U o'z jonini yo'qotib qo'yishdan emas, oilasini ham 
mana shunday dahshatli qismat kutib turganidan qo'rqib yig'lab yubordi. 

U bizni jonidan ortiq ko'radi. Shunday ekan biz ham uni yaxshi 
ko'rishimiz kerak. Tug'ilgan kuning bilan, Emma! 
 
Emma qo'lidagi shirinligidan ozgina tishlab qo'yib, barchaga birma bir 
rahmat aytib chiqdi. Keyin esa Luna tabrik so'zini boshladi: 
–Emma, sen mening eng yaqin dugonamsan. Sensiz bu yerlarga yetib 
kela olmagan bo'lardik. Yetimxonada ham Reyning tuxmatlariga 
qaramay, menga ishonishda davom etding. Mening josus emasligimga 
ishonding. Meni yolg'iz tashlab qo'ymading. Bizning hammamizni 
oyoqqa turg'azib, shu yergacha olib kelganing uchun senga katta rahmat. 
Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin! 
–Rahmat senga Luna,-Emma o'rnidan turib, Lunani quchoqlab qo'ydi. 
Keyin esa Don o'z tabrik so'zini qisqagina qilib aytib qo'ydi: 
–Har bir jamoaning o'z yo'lboshchisi bo'ladi. Bizning yo'lboshchimiz 
sensan. Bizni hech qachon tashlab ketmaydigan yo'lboshchi. Tug'ilgan 
kuning muborak bo'lsin, Emma! 
–Men yo'lboshchi emasman. Bu yerda barcha teng. Nima bo'lganda ham 
tabrik so'zlaring uchun minnatdorman. 
–Men esa meni o'zgartirganing uchun minnatdorman,-dedi Roza 
o'rnidan turib,-Sizlar mening hayotimni qutqarib qoldingiz. Agar sizlar 
bo'lmaganinglarda, o'sha zerikarli hayotimda o'lib ketavergan bo'lardim. 
Barchangizdan minnatdorman. Emma, tug'ilgan kuning muborak bo'lsin! 
 
–Emma...-William o'rnidan turib, Emmaga tilladan yasalgan medal 
uzatdi,-Bu oddiy medal emas. Haqiqiy tilladan, o'z qo'llarim bilan 
yasadim. Undagi belgini ko'ryapsanmi? Atirgul. 
–Bu vampir gulining belgisi emasmi? 
–Xuddi shunday. Sen vampirlardan qochib keta olding. Bu ham 
yetmaganday o'zing bilan oilangni ham olib ketding. Bu hammaning 
ham qo'lidan kelavermaydi. Masalan men uddalay olmaganman. 
Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin, qizalog'im... 

 
–Ruxsat bersangiz endi men tabriklasam. Indamasam barcha o'z 
tabrigida meni birma bir yomonlab chiqyapti,-Rey o'rnidan turib, 
bolalarga yuzlandi,-Emma bolaligidan quvnoq, hazilkash va 
xushchaqchaq qiz bo'lgan. Ba'zida bu asabimga tegardi. Agar yetimxona 
sirini bilib qolsa, u qay darajada o'zgarar ekan deb o'zimga o'zim savol 
beraverardim. U sirni bilib qolgach esa umuman men kutmagan ishni 
qildi. U tentaklarcha barcha bolalarni olib ketishga qaror qildi. 
Qanchalik ahmoqona, telbalarcha tuzilgan reja va o'xshamagan 
sinovlar...avvaliga uni ahmoqqa chiqardim. Rejalarini va gaplarini 
nazarga ilmadim. Uni yosh bolaga qiyoslardim. Ammo adashgan 
ekanman. Juda ham qattiq yanglishuv. Agar u bo'lmaganida men ham 
haligacha xudbin bo'lib o'tiravergan bo'lardim. Yo'q, biroz adashdim. 
Allaqachon o'zimni o'ldirib yuborgan bo'lardim. Chunki men uchun 
yashashdan ma'ni qolmagandi. Ammo endi bor! Bitta emas, juda ham 
ko'p. Men eski xatolarmni to'g'irlashim kerak. Barcha do'stlarimni o'sha 
mahluqlar changalidan qutqarishim kerak. Menga esa bu yo'lda 
faqatgina Emma ruhiyat baxsh eta oladi. Faqatgina u. Uning so'zlari, bir-
biridan ahmoqona aytilgan gaplari, fikrlashi...ko'zlari, yuzi... 
Men seni sevaman, Emma. Bunga boshqalar qanday qarashi, qanday fikr 
bildirishi yoki nima qilishi bilan ishim yo'q. Tug'ilgan kuning bilan! 
 
Reyning tabrigidan so'ng hech kim qarsak chala olmadi. Hech kim hech 
narsa deyolmadi ham. Hamma og'zini ochgancha, biror nuqtaga tikilib 
turardi, xolos. Oradagi sukunatni buzish uchun William tomoq qirib 
qo'yib, o'rnidan turdi. 
–Mayli...men ishga ketdim. Dasturxonni kechgacha yig'ishtirmay turing. 
Ishdan kelishimda albatta yana biror shirinlik va tort olib kelaman. 
Ko'rishguncha... 
 
William ketib bo'lgach, bolalar yana hech narsa bo'lmaganday ovqatlana 
boshlashdi. Chunki hamma negadir Reydan butunlay qo'rqib turgandi... 
 

 
Download 409.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling